207
Abdulaminxon Haydarov ning shaxsiy telegram kanali. #OpenToWork LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/abdulaminxonhaydarov Instagram: https://www.instagram.com/webdastur.uz/
Hayot qiziq o'zimni experiment projectlarimda cost ko'pligi uchun ko'p optimizatsiya qildim. Server harajatlarini 25% atrofida tejala boshlagan edi. Hetzner birinchi apreldan 30% atrofida narxlarni ko'tarayapti ekan 😂
Читать полностью…
"Don't over-engineer for scale you don't have yet. Build the product, get users, optimize later."
AI dan shu kunlarda olgan eng zo'r maslahatim.
https://www.anthropic.com/news/claude-sonnet-4-5
Читать полностью…
Hammaga salom!
Oxirgi paytlarda o'zimni side projectlarim uchun ishlatayotgan project strukturani open source qilib qo'ydim. Hozircha faqat flutter uchun vaqt topsam FastAPI backendni ham chiqarib qo'yaman. Maximum documentation bilan share qildim.
https://github.com/webdastur/flutter-starter-kit
Xullas.....
Apple(iOS, MacOS, iPadOS)ga qaytib olganimga ham bir necha oylar bo'ldi. Yuqorida yozganlarimni inkor qilgan holatda Apple ekosistemasi bari bir boshqacha ekan. Android qurilmalar zo'r faqat Apple qurilmalarini ishlatmaganlar uchun.
Desktop deyilganda Swift/C# da yozadigan engineerlar kerak.
Читать полностью…
Hammaga 2025 - yil barakali yil boʻlsin.
El qatori 2024 sarhisobi.
- 6 dona kitob oʻqidim. Deyarli hammasi texnik kitoblar. Vaqt boʻlmadi oʻqishga.
- Oʻzimga birinchi moshinamni oldim.
- Computer Science ga koʻproq eʼtiborni qaratdim. Bir nechta kichik ishlar qildim. 2025 da koʻproq oʻrganaman.
- Githubda bir nechta open source proyektlarga contribute qildim.
- Engaged.
2024 - yil omadli boʻldi. Barcha 2024 - yilda menga yordami tekkan insonlarga rahmat.
Rust
Sal kam bir(aktiv emas) yil Rust bilan shug'ullandim ozroq o'rgandim. O'zimni fikrlarimni bildiraman. Pros/Cons lar bilan.
Rust qiyin til ko'rinadi ko'p ishlatsangiz oson lekin bunday emas. Vaqt o'tishi bilan o'rganib ketiladi. Vaqt muhim.
Web proyektlar uchun Rust agar kichik jamoa vaqt kam resurs muammo bo'lsa. Ishlatishga bo'lmaydi. Project kattalashgan sari kompilatsiya vaqti ham oshib boradi. Development sekin ketadi. Bu holatda Rust beradigan tezlik muhim bo'lsa menimcha Go yaxshiroq variant. Rustda 2 ta proyekt qildim bunga ketgan vaqtda Go/Python da 50 marotaba yozib tugatgan bo'lar edim. Balkim Rust bilan bilim kamligi uchun bo'lsa kerak. Web uchun o'zim qilgan benchmarklarda Golang Rustdan ko'ra yaxshiroq natija berdi.
Social botlar uchun python yaxshi bunga ortiqcha izoh kerak emas.
System Tools yoki Microservice uchun toollarga Rust yaxshi agar vaqt bo'lsa.
Ish(Job Demand). Ish yetarli lekin yangi Rust developerlarga emas oyog'ingizni osmondan qilib tashlashadi. Pul topish biroz qiyin.
Xullas. Rust oddiy hype agar siz uni Web uchun ishlatmoqchi bo'lsangiz.
Nimadir qilib GPU ni ishlatdim oxiri )
Читать полностью…
Uzoq ikki haftalik dam olishdan so'ng yana ertadan ishga. Dam olish yaxshi lekin qanchadir muddatdan so'ng zerikishni boshlaydi odam. Dam olgani chiqib ikkita kitob o'qidim bu yaxshi lekin faqat ishga aloqador kitoblar. Badiiy kitob o'qigisi keladi odamni lekin doim bahona bor.
Читать полностью…
Assalomu alaykum.
Kanal ananasiga sodiq qolgan holatda sal kam bir yilda yana post yozyapman. Kanalni arxivdan olib qo'ysangiz bo'ladi. Endi aktiv bo'lishga harakat qilaman. Buni oldin ham aytgan edim dangasalik sababli ko'p qolib ketdi. Kanalda qolganlar uchun rahmat.
Assalomu alaykum. Uzoq tanaffusdan so'ng kanalga yana qaytdim. Vaqt yo'qligidan emas qandaydir kanalga biron nima yozishni hohlamaganim uchun to'xtab qolgan edi. Endi aktiv hayotiy blog sifatida ushbu kanalni davom ettirmoqchiman. Ilojini qilsam live ham bo'lib turadi. Asosan IT olami hamda ishdagi muammo, qiziqarli holatlar haqida post joylab boraman. Kanalda qolganlar uchun rahmat.
Читать полностью…
educative.io dan birinchi kursimni o'qib tugatdim.
Читать полностью…
Assalomu alaykum!
Kanalda deyarli hech nima yozmay qo'yibman. Ish ko'pligidan va bir nechta muammolar sababli vaqt bo'lmadi. Bu orada ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Ta'limga doir bepul platforma ustida ishlayapman yaqin orada (dangasalik bo'lmasa) ishga tushadi. Faqat bu uchun bir necha oy kerak.
Ishdan: bir necha kun avval "Beeline Club" ni yangi versiyasini ishga tushirdik. O'zim boshidan oxirigacha turgan, eng ko'p useri bor proyektim shu bo'ldi(statistika bera olmayman).
O'qishni tugatdim. Diplomim yo'lda yaqin orada qo'limga keladi. Universitetdan diplomni remote olishni o'zi bo'lmadi. O'qish davomida chet eldan ko'p do'stlar ortirdim. Lekin shuni bilish kerak ekan hayotda faqat odamlar sizga ishi tushishini bilsagina yordam beradi.
2 oy sport bilan shug'ullandim. Nimalardir bo'lib to'xtab qoldi.
Rust ni o'rganyapman 😉
Xullas shular aktiv bo'lishga harakat qilaman.
Rahmat hammaga!
Useful Information:
Agar proyektingizda AI ishlatsangiz, memory ni o'zingiz boshqarsangiz. Ma'lum bir oraliqda misol uchun haftada bir yoki o'zingizni proyektingizda memory qancha ko'p yozilishiga qarab summarize qilishni qo'shishingiz kerak.
Men proyektimda mem0 ishlataman memory managementga. Men o'zim boshida bunga e'tibor bermagan edim. Bir necha oy o'tgach context ko'p bo'lib ketdi. Bu qo'shimcha tokenga olib keldi -> user dasturni ishlatadi, yangi memory qo'shiladi context kattalashib token soni oshadi. Hozirda active dastur ishlatadigan userlarga qarab cronjob ishlaydi. Misol uchun: Cronjob agar user bir kunda N+ memory yozgan bo'lsa hamda M+ token bo'lgan bo'lsa kun oxirida summarize qiladi. Bu orqali token economy qilsangiz bo'ladi.
FYI: summarize ham qo'shimcha token ishlatadi. Lekin siz summarize ga arzonroq model ishlatsangiz bo'ladi.
Projectlarga oxirgi 6 oyda railway ishlatishni boshlagan edim. Sababi server configlari bilan aralashib yurgim kelmagan edi, ortiqcha vaqt asab sarflashdan ko’ra railway orqali UI dan boshqarib yurish osonligi sababli shuni ishlatdim. Boshida yaxshi edi, hammasi sotib olingan plan creditlari bilan qoplanib ketayotgan edi. Rasxod $20 dan oshmagan fixed summa to’lar edim. Serverda foydalanuvchilar soni oshgani sababli Egress network narxini o’zi $300 ga yetib qoldi. Bu userga nisbatan geometric progressiyada ko’tarilar ekan. Bitta user qancha ko’p dasturdan foydalansa shuncha ko’p network fee bo’ladi.
Keyin research qilgan edim Coolify degan open source service bor ekan bu bilan server ko’tarib projectlarni migrate qildim. Hozir serverga to’lov ≈$36 atrofida. Network o’rtacha 6tb consume qiladi.
Railway agar startupingiz bo’lsa tezda start berib yurgizib olish uchun zo’r, lekin keyinchalik narxlar qimmatlashib ketar ekan.
P.S: The project is not available in the Central Asia region.
Muzlatkichdan muz olgani kelib muzlatkichni ochib nimaga kelganingiz esingizdan chiqib qolishi boshqacha hissiyot.
Читать полностью…
😎 I'm back.
Barchaga salom.
Shu kanalda yozish juda ham qiyin qandaydir. Doim nimadir yozmoqchi bo'lib yarmida o'chirib yuboraman.
Men barchani fikrini bilish uchun yozyapman. Menda shu kunlarda ADHD maksimum darajaga yetdi. Ishda doim chalg'ib qolaman. Fokus ushlash qiyinlashdi. Hayotda ham shunday kitob o'qishni boshlab youtubega kirib video ko'rish boshlanib ketadi. Instagramni bir necha bor o'chirib yubordim. Bir necha kundan keyin qaytib o'rnatib olaman. Ushbu o'qiyotganingizni ham yozish davomida boshqa chatlardan xabar kelsa javob berib yozyapman. Kimda shu holatga yechim bo'lsa menga yordamingiz kerak.
Hozircha bu holat productive ishlashga katta ta'sir qilmayapti. Lekin bunga yechim kerak. Internetda berilgan ma'lumot ko'p menga aniq yechim kerak.
Assalomu alaykum.
Kontrakt asosida soatbay ishlay oladigan.
- Senior Flutter
- Senior Android
- Senior iOS
- Desktop(MacOS/Windows)
Yoki Android va iOS da 3-5 yildan ortiq bilimga ega. Hamda Flutter ni biladigan engineer kerak. Agarda tanishingiz bo'lsa @webdasturuz ga yoki ushbu post tagida belgilab ketsangiz xursand bo'lar edim.
Random gaplar uchun o'zim kanal ochib qo'ydim, u yerda hech qanday bilim olmaysiz faqat kundalik gaplar qiziq bo'lsa kanal linkini qoldirib ketaman.
/channel/+_jmipdp8bfA5ZWJi
Rust da bir yangi framework ko'rib qoldim. Java da ishlaganlar Spring Framework ni yaxshi bilishadi. Huddi shunga o'xshash spring-rs framework ni yozishibdi. Hali juda yosh framework lekin qulay ishlangan. tokio runtime ustiga qurilgani uchun juda tez.
https://github.com/spring-rs/spring-rs
#springrs
Shu kunlarda Appledan ozroq uzoq bo'lish uchun Samsung ishlatib ko'ryapman oldin o'ylab qolgan edim so'nggi ikki yilda Apple ekosistemasiga chuqur kirib ketdim chiqa olmasam kerak deb. Lekin bunday emas ekan iPhone ni bemalol Samsung ga o'zgartira oldim. Bu orada dam olish vaqtimda Windows ishlatib deyarli MacBook ishlatmadim. Developmentga Windows yaxshi emas edi(men uchun). Lekin hozir WSL2 Linux Sub-System orqali bemalol Linux hamda Windows ni ishlatsa bo'ladigan bo'libdi.
O'zim sinab ko'rganim: proyektlarni wsl da ochdim Jetbrains barcha editorlarini wsl da ishlashga moslashtirib qo'yibdi. wsl dan turib Windows dasturlarni chaqirsangiz bo'ladi. Xullas development uchun juda qulay.
Windows ishlatishni boshlaganim sababi bor. Ba'zida PlayStationda o'yin o'ynab turaman ba'zi o'ynamoqchi bo'lgan o'yinlarim PlayStation uchun yo'q shunga Windows ishlatyapman bu degani MacBook umuman ishlatmayman deganim emas paralel ikkilasi ham o'z o'rniga ega.
Ish ko'paysa odatda mayda narsalarni ko'p kishi shanba-yakshanba qilib tugataman deb o'ylaydi. Aslida shanba-yakshanba bu bir kunga ham teng emas shanba uyg'onib nimadir qilaman desangiz dushanba bo'lib qoladi.
Читать полностью…
Relocation
Revolut Poland dan vakansiya boʻyicha chiqishgan edi. Meni Polshada deb oʻylashibdi. Screening call oʻtdi. Technical Interview da keyin soʻrab qoldi hozir qayerdasiz deb Oʻzbekistondaman desam unda relocation ni aniqlashtirishimmiz kerak deb. Uzur Oʻzbekistondan relocation qila olmaymiz positionni tez toʻldirish kerak deyishdi. Xullas shunday gaplar.
Shu kunlarda Meta Quest 3 ni sinab ko'ryapman. VR texnologiyalari anchagina oldinlab ketibdi. Ayniqsa mixed reality. Albatta sinab ko'rishga arziydi.
Читать полностью…
Odatda nimadir qilmoqchi bo'lsam yoki o'rganmoqchi bo'lsam sherik topib birga o'rganishga harakat qilar edim. Lekin tajribadan kelib chiqqan holatni bo'lishmoqchiman. Ingliz tilida bitta ibora bor "If you want to go fast, go alone". Siz nimadir o'rganish yoki qilish uchun sherik topishingiz kerak emas. Sababi hamma sizchalik harakat qilishi qiyin yoki sizdan yaxshi qiladi yoki yomon. Ikkala holatda ham sizda noto'g'ri emotsiya shakllanishi mumkin. Shunga plan tuzib harakatni o'zingiz boshlang. Har qanday holatda yaxshi natija bo'lishi uchun agar konfidensial ma'lumot bo'lmasa siz o'zingiz biladigan insonlarga nima qilayotganingiz haqida ma'lumot berib boring. Shunda siz shu ishni oxiriga yetkazishga majburiyatingizni oshirasiz.
Читать полностью…
Windows ishlatishni to'xtatgan edim. Sabab bor edi. Ko'p o'yin o'ynab qo'yar edim, ayniqsa PUBG. Kuniga Abror aka (Uzinfocomda Software Engineer) kuniga 4 soatgacha o'ynar edik. Keyin buni to'xtatishni o'ylab yurib Mac olganman. 1 yildan ko'proqdan beri Mac ishlatib yuribman hammasi zo'r. Faqat yana Windows ga ishim tushdi. O'yin Mac da deyarli o'ynab bo'lmaydi. Shu sababli kompyuterni ko'paytirishni xohlamadim. PlayStation 5 bilan PlayStation VR2 oldim. Zerikkan vaqtimda yoki charchagan vaqtimda o'yin o'ynab turibman. VR shunchalik rivojlanib ketibdiki PSVR2 huddi sizni o'yinni ichiga kirgizib qo'yayapti. To'g'ri o'yinlar kam, media VR qo'llab quvvatlash yo'q. Lekin bir marotaba sinab ko'rishingizga yetarli hissiyot beradi. Yozib tushuntirib bo'lmaydi buni.
Ba'zi tanishlarimda "motion sickness" bor ekan.
P.S: VR uchun virtual turizm app qilsangiz yaxshi daromad ko'rsangiz bo'ladi. Yo'l boshlovchi 3D Camera orqali qiziqarli joylarni tushuntirib borsa. Yaxshi auditoriya qilsa bo'ladi.
Yangi ish stolim:
Monitor: Mi Surface Display 34
Keyboard: Keychron K4
Laptop: Macbook Pro 14 (M1 Pro) va Macbook Pro 16 (i9)
Mouse: Logitech MX Master 3S
Stand: Awei
Mousepad: Oddiy A5 size pad.
Earphone: Airpods Pro 2
@webdastur