webdev07 | Unsorted

Telegram-канал webdev07 - Web Dasturlash kanali

10958

🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar! ⁉️IT blog: @javohir_webdev 😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17

Subscribe to a channel

Web Dasturlash kanali

✨Web Share API

🟨Web Share API veb-sayt ichidan multimedia kontenti yoki matnni almashish imkonini yaratadi.

— IOS asosida almashish dialog oynasi ochiladi va foydalanuvchi istalgan ilovasi yordamida ma'lumotlarni almashishi mumkin.

To'liq kod, bu yerda. 😉

👉 @WebDev07 ✅ | #Amaliyot

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Yuqoridagi jonli efirning "PODCAST" ko'rinishi. ☺️

👉 @WebDev07 ✅ | #Podcast

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Qachon dasturlashda sizda talant borligini bilsangiz bo'ladi ?

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

📌 2023 yil holatiga ko'ra hozircha eng ko'p foydalanilgan dasturlash tillari Top 5.

🔖 Bundan tashqari ushbu dasturlash tillarini o'rganish uchun manbaalar.

• JavaScript 👉 https://shorturl.at/kpyKX

• Python 👉 https://shorturl.at/lns27

• Java 👉 https://shorturl.at/flpR7

• Swift 👉 https://shorturl.at/aCLP1

• C++ 👉https://youtu.be/VQo6gj7-hw8?si=b_avS-uOy1_5F-Lq

P/s: Ushbu manbalardan foydalanib o'zingiz uchun manfaatli bilimlarni olishingiz mumkin. ☺️

👉 @WebDev07 ✅ | #Foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

O'rganish uchun dangasalik qilayapsizmi? Unda quydagi metod sizga yordam beradi.

⏱ Vaqtni to'g'ri boshqarish, Pomodoro metodi

Pomodoro metodi bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi.

Batafsil: https://bit.ly/2OJ6Z3x

✅ @webdev07

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

🤣

✅ @webdev07

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Pul haqida gaplashamiz.
Nima pul mavzusida kam gaplashamiz bu yomonmi?

Men yoshligimdan eng ko‘p eshitgan narsalardan biri pul baxt olib kelmaydi, pul hamma narsa emas, pul haqida ko'p o'ylasang pulni qo‘li bo‘lib qolibsan... shunga o‘xshash pul ustida qo‘riladigan negativ so‘zlar. Hatto ertaklarimizda yoki multfilm qahramonlari ham kambag‘al obrazi yaxshi boy esa doim zolim va adolatsiz bo‘ladi, shu qatori podshohlar ham? nimaga bunday? aslida pul shuncha yomonmi? Nimaga unda bizga 16 yoshdan dan so‘ng to‘satdan pul topishmiz kerakligini va bu muhimligini aytishadi. Shunday bo‘lishini biz bilamiz lekin yoshlarga bu haqida oldinroq ko‘proq ma’lumot bermaymiz nima uchun qo'rqamizmi bu haqida aytishdan? (Hamma emas.)

Aslini olganda pulga qarashlarni yoshlikdan to‘g‘rilab olsak yaxshi bo‘lardi menimcha. To‘g‘ri pulga baxt sog‘lik sotib olib bo‘lmaydi. Misol uchun oilangiz uchun ehtiyojlari yaxshi moshina shinam uy olishing(dang‘illama uy emas shinam uy) bolalaringiz o‘zingiz yaxshi joylarda yashashingiz o‘qishingiz mumkin. To‘g‘ri pul bor odamlar siqilmay maza qilib yashamasligi mumkin ha siqilishlari bor lekin qarzdor odamdek emas. Sog‘lik sotib olib bo‘lmaydi lekin yaxshi tibbiyotdan foydalanish va sifatli taomlar yeyish imkoniyati bo‘ladi. Yaxshi Pul topgan odamlar yaxshi ehsonlar qila oladilar.

To‘g‘ri pul hamma narsa emas lekin ko‘p narsa. Nafaqat uni topish uni sarflash to‘g‘ri joyga investitsiya qilish o‘rgatilish kerak(shuning uchun bizda yillar ishlab topgani to‘ylarga tikib yuborishadi va hatto qarz ham bo‘lib chiqadi bunga sabab ham pul boshqaruvini to‘g‘ri sarflashni bilmaslikdan deb bilaman).

Pul topishdagi birinchi yo‘l bu yaxshi bir kasb yoki bir bilimni o‘rganishdir. Shunging uchun pulingizni qimmat telefonlar olishga emas sifatli yaxshi kurslar sotib olishga yaxshi universitetlarga o‘qishga saflang.

Biling eng asosiy qism bu pulni topish emas uni to‘g‘ri sarflashdir. agar sizda bor yo‘g‘i 100 ming pul uni nima qilish mumkin, yeb ichib yuborish yoki 2 ta kitob olib o‘qib kelajagiga sarmoya qilishingiz mumkin. yoki internetga pul tashlashingiz va unda elektron kitoblar va darslar o‘qishingiz(ijtimoiy tarmoqlarda vaqt yo‘qotishingiz mumkin ) pul pulni qo‘liga ayalishingizga olib kelishi mumkindir lekin pulsizlik va bilimsizlik qo‘llikka aniq olib keladi.

Ko‘proq pul topishga harakat qiling, yaxshilab o‘qing o‘qigan bilimlaringizni amaliyotda tezda qo‘llang,  bir kasbni egallang. yo‘limni izlamoqdaman deb yillar yo‘qotib qo‘yman. O‘z kasbingizda mutaxassisi bo‘ling va o‘zingizni to‘g‘ri sota olishni o‘rganing. pul deb o‘zligingizni ham unutib qo‘ymang.  Ertaklar bilan o‘zingizni aldashni bas qiling.

✅ @javohir_webdev

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

😁

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Qiziqganlar uchun kurs haqida to'liq malumotni qo'ydagi linkdan ko'rishingiz mumkin

https://www.youtube.com/watch?v=qf8RJ0KkAaE

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Online darsda qanday offline darsdagidek effect olsa bo'ladi, shu savolga javob 👆

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Dam olish kunlarini foydali va qiziqarli o'tishini hohlaysizmi? Unda sizni Frontend dasturlash bo'yicha bo'ladigan online musobaqaga taklif qilamiz.

Ushbu musobaqada siz HTML, CSS va Javascript bo'yicha o'z bilimlaringizni tekshirib ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Musobaqada barcha hohlovchilar qatnashishi mumkin. Musobaqa ikki bosqichdan iborat:

1. CPython.uz Frontend Cup | Arena
1-oktabr soat 20:00 da bo'lib o'tadi. Bunda qatnashuvchilar bir birlari bilan frontend sohasidagi bilimlari bo'yicha bellashishadi. Davomiyligi: 90 daqiqa.

2. CPython.uz Frontend Cup | Contest
2-oktabr soat 20:00 da bo'lib o'tadi. Bunda ishtirokchilarga sanoat dasturlashda kelib chiqgan muamollardan tuzilgan topshiriqlar beriladi. Ularni ishlash uchun 4 soat vaqt ajratiladi. Umumiy topshiriqlar soni 6 dan 10 gacha bo'lishi mumkin.

Ikki bosqich natijalaridan kelib chiqib g'oliblar aniqlanadi. G'oliblarga sovg'alar:

    1-o'rin: 400'000 so'm + 150 🟡 (tizimdagi valyuta)
    2-o'rin: 250'000 so'm + 100 🟡
    3-o'rin: 100'000 so'm + 50 🟡

    Barcha ishtirokchilarga: 20 🟡

Frontend yo'nalishida o'tkazilgan avvalgi musobaqada tushgan topshiriqlar ko'rib chiqishni istasangiz - havola

Musobaqani kim tashkillashtiryapti?

Nazarbek Boltaboyev. Hozirda Uzinfocom kompaniyasida Frontend Team Lead lavozimida ishlaydi. Web dasturlash sohasida 248 million yillik tajribaga ega. CPython.uz platforma asoschisi. Musobaqada beriladigan topshiriqlar kompaniyada biz duch kelgan muammolardan kelib chiqib tuzilgan.

CPython.uz - O'zbekistonda ilk bor dasturlashni barcha yo'nalishlarida o'z bilimingizni sinab ko'rish va musobaqalarda qatnashish mumkin bo'lgan platforma.

Tizimdan ro'yhatdan o'tish hozircha faqat Google/Github akkauntlari orqali qilingan.

Rasmiy havolalar:

💬 Rasmiy guruh: @CPythonUZChat
💬 Rasmiy kanal: @CPythonUZChannel
🌐 Sayt: CPython.uz

Murojat uchun: @archon1999

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

#Foydali #effect

Ajoyib animatsion ko'rinish. Hoziroq sinab ko'ring. 😊

Source code 👉 Link

👉 @WebDev07 ✅

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

⚡ChatGPT-ning imkoniyati kengaymoqda

Endi rasmlarni Midjourney sun'iy intelekt orqali emas DALL-E orqali ChatGPT-da tasvir yaratish mumkin.

Har doimgidek tekst orqali buyruqni jo'natasiz, ChatGPT esa ushbu buyruqni DALL-E ga uzatgan holda sizga rasmlarni tayyorlab beradi!

👉 @WebDev07 ✅ | #news

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

💥 Dasturchilar yirik kompaniyalarga ishga kirish jarayonida intervyu vaqtida yo'l qo'yadigan Top 5 xatolar.

1.
Kommunikatsiya xatosi: Bu xato intervyu davomida aniq va to'g'ridan-to'g'ri gapirish, savollar va javoblar orasidagi mosliklarni ta'minlashda yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun, dasturchi savolni tushunmaydi yoki savolga noto'g'ri javob beradi.

2. Kodlash xatosi: Bu xato dasturchining kodni yozish va uni tahlil qilish jarayonida paydo bo'ladi. Misol uchun, sintaksis xatosi, funksiya nomlarining noto'g'ri ishlatilishi yoki algoritmda kamchiliklar bo'lishi mumkin.

3. Loyiha bilan bog'liq xato: Bu xato dasturchining biror loyiha yoki muammoga oid ma'lumotlarni tushunmaganligi yoki noto'g'ri tushunishidan keladi. Misol uchun, loyihada ishlatiladigan kutubxona yoki freymvorkni bilmaslik.

4. Algoritma xatosi: Bu xato dasturchining muammoga mos algoritmani tuzmaganligi yoki noto'g'ri algoritmdan foydalanishi bilan bog'liq bo'ladi. Misol uchun, muammoga mos bo'lgan algoritmni tuzmaganlik yoki muammoga mos bo'lmagan algoritmdan foydalanish.

5. Ehtiyojlar va talablar xatosi: Bu xato dasturchining kompaniya tomonidan belgilangan ehtiyoj va talablarni tushunmaganligi yoki ularga javob berishda kamchiliklar ko'rishidan keladi. Misol uchun, kompaniya tomonidan talab qilingan texnologiyalarni bilmaganlik yoki sohalardagi sohasiga yetarli tajribaga ega bo'lmaganlik.

👉 @WebDev07 ✅ | #foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

#ebook

📌 JavaScript va jQuery'ga asoslangan Elektron kitob.

— Oramizda endigina Frontend sohasini boshlagan do'stlarimizga ushbu kitoblarda HTML, CSSga doir ko'pgina qo'llanmalar ham berilgan.

👉 @WebDev07 ✅ | #foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

🤔 Bu inson haqida hech eshitganmisiz ?

U dasturchilarning joniga oro kirgan "Redux" kutubxonasi, hamda "Create React App" ham-muallifi Dan Abramov.

— Dasturlashga kirishi

Abramovning dasturlashga qiziqishi Rossiyada 12 yoshida Microsoft PowerPoint dasturi orqali paydo bo'lgan. Keyinchalik esa "VB" dasturlash tilini kitoblardan o'rgangan, 14 yoshida esa "JS" o'rganishni boshlagan.

Maktabni tugatgandan so'ng, Abramov universitetda o'qishni boshladi, lekin DataArt kompaniyasida C# dasturchisi sifatida ishga kirishgach, universitetni tark etgan.

— Karyeraning boshlanishi

U 2015-yili esa Londondagi Facebook(Meta) ning ofisida React Core jamoasi tarkibida, React JSni ishlab chiqish jarayonida qatnashgan.

Dan Facebookda ishlash mobaynida "Andrew Clark" bilan birgalikda Reduxni ishlab chiqarishgan. Keyinroq esa u "Joe Haddad" bilan Create React App ga ham asos solgan!

Siz, Dan haqida uning rasmiy blogi orqali batafsilroq ma'lumot olishingiz mumkin: https://overreacted.io/

👉 @WebDev07 ✅ | #Qiziqarli

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

🔥 Suhbat hamma uchun manfaatli bo'ldi degan fikirdamiz.

P/s: reaksiya qoldirishni unutmang.

👉 @WebDev07 ✅ | #Foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Agar shu post 200 ta 🔥 yig'sa bugungi suhbatni to'liq tashlab beraman ( video xolatini ham )

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Dasturlashni oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun eng yaxshi maslahatlar.

1. Vaqt kelishini kutmang — Bunday zamonaviy kasblarni oʻrganish uchun hozirgi zamonda aniq bir vaqtni kutish kerak emas. Harakatni hozirdan boshlang.

2. Qoʻlda kod yozing — Har doim ham kompyuter orqali kod yozmang. Qoʻlda ham kod yozib turing. Buning oʻziga yarasha foydali tomonlari bor.

3. Onlayn resurslardan foydalaning — Koʻplab yangi dasturchilar internet resurslaridan foydalanmaydilar yoki bilmaydilar... Dasturlashni yana ham chuqurroq oʻrganish uchun doimo onlayn resusrslardan foydalaning.

👉 @webdev07

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Maqtanish emasu darslarimga xatto Ronaldo yozilgan 😁

Siz ham yozilsangiz bo'ladi bugun dars boshlanadi

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Yosh dasturchilarning TOP-3 xatosi

Hozir dasturlash olamiga endi kirib kelgan dasturchilar ko'p xato qilishadi. Shulardan top-3 tasini taqdim etamiz

1. Dasturlashni o'rganishdagi ishtiyoqsizlik

Ayrimlar dasturlashni boshlashadi, ertasiga esa yoqmaydi. Keyin o'rganarman deb qo'yishadi. Lekin shular qattiq adashishadi. Keyinga qolgan ish oxirigacha bormaydi. Kunning grafigini tuzish kerak, kuniga 2 soat yetadi.


2. So'rashishni bilishmaydi

Ayrimlar dasturida xato chiqsa, telegramdagi ayrim gruppalarga shunchaki tashab qo'yishadi. Xuddi meni o'rnimga qilib ber degandek. Lekin ular StackOverFlowni bilishmaydi.

3. Faqat bitta narsani o'rganishadi.

Siz masalan Javani o'rganyapsiz. Bu degani faqat Java emas. To'g'ri, qolganlari haqida ham ma'lumot kerak. Ular haqida tasavvurga ega bo'lish kerak. Ya'ni Python nima, Frontend nima deganda, hayolga oz-muncha ma'lumot kelishi kerak!

#consultation

✅ @webdev07

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Yomon yangilik sizning vaqtingiz uchib ketmoqda
Yaxshi yangilik siz unda uchuvchisiz 😁

Michael Altshuler

👉 @webdev07 ✅

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Destructuring ishlatish bo'yicha masterclass )

✅ @webdev07

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

⚠️ Ortga surishni bas qiling!
Dasturlashni oʻrganish vaqti keldi!

Biz bilan Web-dasturlashni 0 dan O‘RGANING!

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

👨‍💻 6 yillik tajribaga ega, ko‘plab loyihalarda faoliyat yuritgan Javohir Berdiyev bilan 7 oylik onlayn kurs davomida Siz dasturlashning:
▫️ HTML5, CSS3, Sass;
▫️ BootStrap, jQuery;
▫️ JavaScript(ES6);
▫️ ReactJS, Redux, Typescript
▫️ Birinchi dars tekin )
▫️ Kurs narxi 60$ oyiga (boshlang'ich 5 kishi uchun 20% chegirma 48$ )

📌 Kurs yakunida eng yaxshi tinglovchilar qatorida boʻlsangiz, Ish topishguncha yordam qilamiz.

Dasturlashni o‘rganib, kelajagingizni o‘zgartirish uchun hoziroq murojaat qiling
)

Administrator: @frontend_admin

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

👨‍💻 Dasturchilar va boshqa IT-mutaxassislari uchun foydali saytlar

— IT'shniklar uchun foydali bo'lgan, ruscha va inglizcha saytlar ro'yxatini taqdim qilamiz.

• tproger.ru
• itProger.com
• medium.com
• habr.com
• codewars.com

👉 @WebDev07 ✅ | #foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

🧐 Nimaga dasturlashni pul uchun o'rganmaslik kerak?

— O'zingizga savol bering: Dasturlashni nima uchun o'rganyapsiz? Pul yoki shu sohaga chindan qiziqasiz. Javob 1-chisi bo'lsa, dasturlashni tashlang.

— Dasturlash pul manbayi emas. Hech kim sizga shunchaki 1000$ bermaydi. Bunday pulni faqat tajribalilar ko'rishadi. Ko'zingizni oching, Siz dasturlashmi o'rganib bo'lganingizdan keyin ishga kirasiz, u yerdagi oylik 200-300$ ko'pi. Bunday holatda juda ko'pchilikning motivatsiyasi tushib ketadi.

— Agar dasturlashga chindan qiziqsangiz, hatto pul ishlay olmagan paytlari ham o'zingizni yo'qotmaysiz va marraga intilasiz. Marrada esa - kutilgan natija.

©️ IT Mavzu

👉 @WebDev07 ✅ | #Foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

📌 Dunyodagi eng birinch Web sayt haqida bilasizmi ?

— Eng
birinchi web sayt 1991-yilda Tim Berners-Lee tomonidan yaratilgan "WorldWideWeb" web sayti hisoblanadi.

— Bu saytning asosiy funksiyalari faqat matnlarni ko'rsatishdan iborat edi.

— Sayt yaratish uchun HTML texnologiyasidan foydalanilgan.

Link 👉 http://info.cern.ch/

👉 @WebDev07 ✅ | #qiziqarli

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

📌 ReactJS ni o'rganish uchun Top 5 YouTube videolar.

— ReactJs yordamida ko'plab qiziqarli amallar bajarish mumkinligini bilarmidingiz ? Agar siz hali ham ushbu Javascript kutubxonasida kod yozishda qiynalsangiz ushbu YouTube manbaalar orqali o'rganib olishingiz mumkin.

👉 https://youtu.be/b9eMGE7QtTk?si=1iL57yqRBNauMpXC

👉 https://youtu.be/SqcY0GlETPk?si=iXI0JqNAjLZMW5Cl

👉 https://youtu.be/Rh3tobg7hEo?si=TuBhZ3iYm6LlpNzT

👉 https://youtu.be/bMknfKXIFA8?si=S87Tp352MShPcu5F

👉 https://youtu.be/j942wKiXFu8?si=E7Lxe7INBdIKH0Sw

⚠️ Barcha darsliklar Ingliz tilida !

👉 @WebDev07 ✅ | #Foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

📌 Shopify nima va u qanday ishlaydi?

— Shopify
- bu elektron va tijorat platformasi bo'lib, siz o'zingizning do'koningizni onlayn va oflayn rejimida yaratishingiz mumkin bo'ladi.

— Shopify bizda unchalik ommalashmagan lekin Sharqiy Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika davlatlarida ko'plab foydalanuvchilarga ega platforma hisoblanadi.

— Bu platforma orqali internet do'koningiz uchun chiroyli dizayndagi shablon, mahsulotlar qo'shish imkoniyati, saytingiz uchun domen, boshqaruv paneli va shunga o'xshash imkoniyatlardan foydalana olasiz.

— Agarda siz Shopifyni yaxshilab o'rganib olsangiz, xorijiy davlatlarda "Freelancer" sifatida faoliyat olib borishingiz mumkin. Shopifyning imkoniyatlari qisman WordPress'ga ham o'xshab ketadi.

🔥Ushbu video orqali Shopifydan dan qanday foydalanish mumkinligi haqida bilib olishingiz mumkin.

👉 https://youtu.be/29WA73Ilq4g?si=s1DjY08VnAuiOImx

↗️ Shopify rasmiy saytiga o'tish: shopify.com

👉 @WebDev07 ✅ | #Sayt

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

🤔 Qanday qilib koʻpchilik kursdoshlaringiz va hamkasblaringizdan koʻra muvaffaqiyatliroq boʻlish mumkin?

📈 Iqtisodiyotning jadal oʻsishiga qaramay, Oʻzbekistonda ishsizlik hali hamon dolzarb muammo boʻlib qolmoqda, mehnat bozoridagi raqobat esa soʻnggi yillarda faqat kuchaymoqda.

📚 IT Park va Coursera qoʻshma loyihasi — Uzbekcoders.uz sizga eng ishonchli vosita — bilim orqali raqobatbardoshligingiz va talabgirligingizni oshirishga yordam beradi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, Coursera bitiruvchilarining 91 foizi yangi ishga joylashadi yoki lavozimi oshiriladi.

Bundan tashqari, Uzbekcoders.uz platformasida roʻyxatdan oʻtganingizda har bir kursni alohida sotib olishingiz shart emas. Bir martalik restoranda ovqatlanish narxi evaziga barcha kurslarga kirish imkoniga ega boʻlasiz.

❗️ Stenford universiteti yoki Microsoft sertifikati bilan ish beruvchilarni hayratda qoldirish imkoniyatini boy bermang. Hoziroq Uzbekcoders.uz saytida roʻyxatdan oʻting!

Читать полностью…
Subscribe to a channel