webdev07 | Unsorted

Telegram-канал webdev07 - Web Dasturlash kanali

10958

🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar! ⁉️IT blog: @javohir_webdev 😎 Reklama: http://t.me/techno_ads/17

Subscribe to a channel

Web Dasturlash kanali

🎓 Dasturlashni to’xtatib qo’yganimning sababi - bu o’qishga kirishga tayyorlanishim edi.

👨‍🎓 TATU talabasi bo’lganimdan keyin universitetdan o’zim qatori dasturchi bollarni topganman va shular bilan boshlaganman.

Lekin menda:
- dasturlashni o’rgatadigan aniq bir ustoz bo’lmaganligi;
- internet muammosi bo’lganligi uchun o’rganish vaqtim uzoqqa cho’zilgan.

📆 Men o'rganib loyihaga kirib ketishimgacha 2 yildan ko'p vaqt yo'qotganman.

🛜 O’qish joyimda internet bo’lardi. Men esa ertalab o’qir edim. Kechasi xohlovchilar universitet kompyuterlari va internetdan foydalanar edik. Shu-shu kechalari uxlamasdan hattoki yoz vaqtimni TATUda dasturlashni o’rganish bilan o’tkazardim.

⌨️ 1-loyihamizga bir tanishim orqali taklif bo'lgan. Kamroq oylikka, lekin praktika bo'ladi deb o'tganmiz va Akmacard loyihasini boshlaganmiz.

🛠️ 2022-yilda Natija degan kompaniyaga ishga kirdim. Unda asosiy Frontentd dasturchisi bo'ldim. U yerda School System, AUS degan katta loyihlarni jamoa bilan yaratdik.

😅 Ishonasizmi men hatto 50 tacha kompaniyaga ishga topshirib ko’rganman.

🤔 Topingchi shulardan nechtasi meni suhbatga chaqirgan?

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

❗️Bugun sizlarga o’zim bosh dasturchi bo’lib qatnashgan TrastPay startapi haqida qisqacha post tayyorladim.

Bu loyihada mening vazifam nimadan iborat edi?
💻 Startapning frontend (adminka) tarafini 0 dan boshlab o’zim dasturlaganman. Arxitekturalarini umumiy 0 dan ko’tarib, to’liq ishga tushgungacha bo’lgan versiyasini jamoa bo’lib qurganmiz.

🤯 Bu startapni qancha muddat ichida tugatganimiz va hozirda foydalanuvchilar soni nechtaligi sizga qiziq bo’lsa blogimga o’ting!

BLOGga QO’SHILISH

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

📝So’rovnomada qatnashgan barchaga. Endi tashlaydigan postlarim yanada foydali bo’ladiz.

👩‍💻 So’rovnomada ko’pchilik dasturlashda daromad qilishni xohlashini va frontendga qiziqish bildiribdi.

Avvalambor nima uchun o’zi Frontendni o’rganish kerak?

1️⃣Frontend dasturchilari dizaynerlar bilan yaqindan hamkorlik qilishlari kerak….

👉 davomini o’qish

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

🤯 Oxxoo shuncha odam yozganidan xursandman.

📌 Yuqorida aytib o’tkanimdek sizlar juda ko’psiz, men esa bitta o’zimman. Shuning uchun hammaning savoliga javob bera olmayman. Orangizdan 10 kishini tanlab olib qo’limdan kelgancha konsultatsiya beraman.

Savoliga javob ololmaganlar “biz shunday qolib ketaveramizmi?”
😎 10 kishini savoliga javob bersam ham, boshqalarni savollarini bilib oldim. Endi postlarni shunga yarasha tashalayman. O’rnimda boshqa odam bo’lganida shunday bo’lishi mumkin edi, lekin men boshqalarning savollariga postlar orqali javob beraman.

❗️Ushbu postlarni esa o’zimning BLOGIM‘ da joylab boraman!

👉BLOGGA KIRISH👈

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Inha kontrakti 2017-yilda 22 million so'm edi.

Inflatsiyani hisobga olsak bu hozirgi 42 million so'mga to'g'ri kelsa kerak.

18 yoshda hech qanday qarzlarsiz, hech kimning yordamsiz kontraktda 1 semester o'qiganman. Ammo butun hayolim o'qish uchun pul topishda bo'lgan, o'qishda emas.

Buni anglaganimdan so'ng o'qishdan ketishga qaror qilganman. U paytlar o'qishdan ketgan hech kim haqida bilmasdim, o'zim uchun birinchisi bo'lganman. Ko'pchilik maslahatiga kirganimda, hozir Uzmobileda ishlayotgan bo'lardim.

Universitetga ishonmang, kurslarga ishonmang, odamlarga ishonmang. 42ga ham ishonmang meni dasturchi qiladi deb. Sizni dasturchi qiladigan yagona odam – o'zingiz.

Universitetga 33 million to'lab qo'yishingiz sizga kasb bermaydi. Minglab soatlar shug'ullanish beradi. Agar u universitet uchun pulni topaman deb, o'qish uchun vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, 2x yutqazyapsiz.

Bollar, biz yutqazyapmiz.

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

consolega nima chiqadi?

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Qanday qilib hayotingizni 2 barobar yaxshilash mumkin?

1. Delete Facebook
2. Delete Instagram

qanday qilib 4 barobar yaxshilash mumkin?

3. Delete Tiktok
4. Delete Snapchat

qanday qilib 5 barobar yaxshilash mumkin?

etc…

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

javob nimaga shunday ekanligni 15:30 da video orqali tushintiraman

ungacha hamma o'z javobini bersin

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

One day my life. Kunlardan bir kunim )

https://www.youtube.com/watch?v=GBbJC5u6opM

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Bunday dam olishdan so'ng yana bir kun dam olish kerak 😁

Sizda ham shundaymi 🫠

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Bugun mehmonlarni oldida men 😁

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

"Maqsad qo'yish" haqidagi darsimiz chiqdi! Xohlaganlar ko'rishlari mumkin 👉 https://youtu.be/vI6jG2YPUKw

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

🤔 PWA dasturi haqida hech eshitganmisiz ?

— Ushbu maqola orqali PWA haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

😉 Do'stlarga ham ulashib qo'yishni unutmang

👉 @WebDev07 ✅ | #foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

video tayyor 💥🥳

https://youtu.be/uf1pnXTGkRc?si=sS9RYSPNv7uE14Zk

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

2024-yilda qanday tekinga dasturlashni o'rganish mumkin? va qanday to'g'ri o'rganish mumkin

Shular haqida bir ozdan so'ng youtube kanalimizda yangi video chiqadi

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Bu sohaga qanday kirib kelganman?

🤓 Dasturlashga ustozim Zarif Naxorov taklifi bilan kirib kelganman. U kishi litseyda algoritmlash orqali bo’ladigan musobaqalarga tayyorlar edilar. O’sha guruhga qatnashib boshlaganman.

💻 Shu yili ya’ni 2013-yili boshlaganimda kompyuterim yo’q edi. Shu sababli litsey kompyuterlaridan foydalanib o’rganardim.

❗️O’rganishda qanday qiyinchiliklarga duch kelganman?
•
birinchidan kompyuterim yo’q edi.
•
ikkinchidan o’sha paytda manbaa ya’ni internetimiz yo’q edi. Bo’lsa ham juda sekin ishlagan va o’zbek tilida ma’lumotlar deyarli bo’lmagan. Men esa tilni yaxshi bilmaganman.
• O’rgatadigan ustozlar ham yo’q edi.

🏆 O’sha yili hattoki MDH davlatlari o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqada ham qatnashganmiz. Eng qizig’i savollar ham rus tilida edi. O’rin ololmagan bo’lsak ham o’zimiz uchun juda katta praktika bo’lgan edi. (rasmdagi men va jamoam)

🙁Lekin orada dasturlashni o’rganishni to’xtatib qo’yganman.

❓Nima deb o’ylaysiz o’rganishni nima uchun to’xtatib qo’yganman.

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Demak davom etamiz.
• Nima uchun men Frontendni tanlaganman va sizga ham shuni maslahat beraman.👇

3️⃣Frontend rivojlanishi analitik fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Dasturchilar doimo ijodiy fikrlashni va optimal yechimlarni topishni talab qiladigan muammolarga duch kelishadi.

4️⃣Aksariyat biznes va shaxsiy aloqalar onlayn rejimga o'tgan zamonaviy dunyoda frontend rivojlantirish mashhur va istiqbolli sohadir. Yaxshi karyera istiqbollari va yuqori maoshni ta'minlovchi malakali frontend dasturchilarga talab ortib bormoqda.

👨‍💻Turli hisob-kitoblarga ko'ra, dunyoda bir necha milliondan 10-15 milliongacha frontend dasturchilari bor.
💰 O’zbekistondagi frontend dasturchilarining o’rtacha oyligi
esa $350 dan $2.000+ gacha yetadi.

📌 Umuman olganda agar siz tezroq natijaga chiqishni xohlasangiz Frontendni o’rganganingiz ma’qul.

Postim foydali bo’lgan bo’lsa reaksiya qoldirib, izohlarda o’z fikringizni bildiring 😊

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Yomg’irdan zerikmagan bo’lsangiz, menga sizning yordamingiz kerak 😅

Hozir o’z blogimda bir nechta «oprosnik» ya’ni savol tashlayman. O’shalarga javob bersangiz xursand bo’lar edim.

❓Bu nima uchun kerak?
– Sizlarga tashlaydigan kontentni yaxshilash maqsadida shunday qilayapman.

Agar dasturlashga qiziqsangiz pastdagi ssilka orqali BLOGIMga o’ting👇

BLOGga QO’SHILISH

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

👋 Dasturchilarga alangali Assalomu alaykum!

🤓 Sezgan bo’lsangiz kanalimga kontent anchadan beri joylamadim. Shu narsani to’girlamasam bo’lmaydi. Endi buyog’iga tashlaydigan postlarim 2x foydaliroq bo’ladi.

DIQQAT ❗️
- Men Javohir Berdiyev dasturlashning frontend yo’nalishi bo’yicha 6 yillik tajribaga egaman. Shuning uchun o’z obunachilarimga yordam berish maqsadida zo’r narsa o’ylab topdim.

👨‍💻 Bilaman bu yerda dasturlash bilan shug’ullanib yurganlar va endi o’rganmoqchi bo’lganlar bor. Men sizlarning orangizdan 10 kishini tanlab olaman.

Nima uchun?
1️⃣ Dasturlash bilan shug’ullanib kelayapsiz lekin ba’zi bir muammolarga duch kelgansiz (ish topish, loyiha bo’yicha muammolar, daromadingiz bir nuqtada qotib qolgan va hk).
2️⃣ Yoki endi shu soha bilan shug’ullanmoqchisiz, lekin shubhalanasiz, ustoz topishda qiynalasiz, qaysi dasturlash tilini tanlashni bilmaysiz.

🤩 Shunaqa muammolari borlar uchun men BEPUL KONSULTATSIYA berishga qaror qildim.

📌 Konsultatsiyamda qatnashish uchun - shaxsiy blogimga obuna bo’lishingiz va @javohircoder ga + qoldirishingiz SHART!

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

MacBook foydalanuvchilari Windows noutbukni qanday tasavvur qilishadi 😄

✅ Bizning barcha loyihalar | #battle

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Telegram BOT yasab yaxshi daromad korish imkoniyati bormi?

Batafsil ma'lumot 👇
https://www.instagram.com/reel/C1rc3lFoSo1/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA==

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Yuqoridagi savolni tahlili 👇

https://www.youtube.com/watch?v=cuJAN7buVco

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

console ga nima chiqadi?

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Yangi yilda qo'ygan maqsadingizga erisha olmaysiz

2024chi yil ham kirib keldi. Hamma o'zi oldiga falon-falon maqsadlarni qo'ydi. Astoydil ularga erishish uchun harakatga tushdi. Lekin haqiqat shundaki ularning ~10% gina yilning ohirigacha shu maqsadlarga erishadi. Qolganlari esa yaqin orada ularni tashlab qo'yishadi.

Bu maqsadlarning asosiy muammosi shundaki ular yangi va qiyin bo'lgan odatlarni (habitlarni) rivojlantirishni va shundoq ham to'laligicha band bo'lgan kuningizdan yana qanchadir vaqt ajratishni talab qiladi. Bu, albatta, imkonsiz emas. Shunchaki juda ham qiyin masala.

Lekin bir narsa ko'pchilikda o'zgarmasdan qoladi. Ular ishda 8 soat ishlashda davom etishadi. Haftasiga 40 soat. Yiliga tahminan 2000 soat. Ana endi tasavvur qiling, shu vaqtning atigi 10 foizini o'z ishingizda yaxshiroq bo'lishga sarflasangiz.

Faoliyatim haqida o'ylab qarasam, mening o'sishimning katta qismi aynan ish paytida bo'lgan ekan.

Dasturlashni olaylik. Biz biror bir muammoni yechish uchun yoki yangi xususiyatlar qo'shish uchun juda ko'p kod yozamiz. Tajribamiz orqali ko'p qismlarini biz bilgan yo'llar, usullardan foydalanib tez-tez qilib ketamiz. Ba'zida o'ylab ham o'tirmaymiz. Bu potensial tuzoq.

Faqat bilgan usullarimizdan foydalansak, bilgan yo'limizdan yuraversak bizda katta o'sish bo'lmaydi. Shuning uchun ham nima ish qilayotganimizdan qatiy nazar doimo yanada yaxshiroq qilishga initilish zarur.

Men o'zim uchun bu yilga shuni maqsad qilib qo'ydim. Endi men faqatgina ishlaydigan kod yozmayman. Endi men yozgan kodimni, ustida ishlayotgan loyihalarimni estetik tarafdan iloji boricha chiroyli qilishga harakat qilaman. Darajasini oshiraman. Yanada professionalroq bo'lishga harakat qilaman. Amazon tilida aytadigan bo'lsak: I will raise the bar.

Buni men shu ishimga har kuni sarflaydigan 8 soat ichida qilishga harakat qilaman. Menimcha maqsadni shu tarzda qo'ysam uni tashlab qo'ymayman.

Bu post uchun ilhom DHH gaplaridan keyin keldi va qaysidir qismlari shu postdan tarjima qilindi: https://world.hey.com/dhh/commit-to-competence-in-this-coming-year-feb7d7c5.

@jakhonrakhmonov

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Nima ko’pchilik yangi yil kechasi 12:00 gacha uxlashmaydi?

Chunli uxlab bo'lmaydi, osmon portalamoqda 💥

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

Aytgancha, Microsoft imi-jimida Co-pilot mobil ilovasini chiqarib yuboribdi. Qizigʻi, ichida GPT-4 bepul (ChatGPT da pullik).

p.s. yuqoridagi post boʻyicha video kechroq chiqadi. Yozildi, siqilayapti.

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

📌 Masofaviy ish topish 7 ta platforma

— Ushbu platformalar orqali masofaviy ish qidirishingiz mumkin. Quyidagi saytlarning ba'zilari Linked In menyulariga o'xshash, biroq ko'plab ish beruvchi va ish qidiruvchilar tomonidan foydalaniladi.

— djinni.co
— flexjobs.com
— hired.com
— stackoverflow.com/jobs
— justremote.co
— simplyhired.com
— weworkremotely.com

P/s: Sizga qanday ishlash ma'qulroq ? "Ofline, Online" ?

👉 @WebDev07 ✅ | #foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

inshaAlloh ko'pchilikga foydasi tegadi o'ylayman videoni. youtubeda 4k formatda ham chiqdi )

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

🥳 CSSda elementni markazga o'tkazish usullari.

Ushbu maqolada sizlar bilan 2-rasmdagi hosil qilingan HTML elementni, CSSdagi bir nechta usullar orqali markazga o'tkazishni ko'rib chiqamiz.

O'ylamanki loyihalaringizda ushbu usullar ancha qo'l keladi! 😊

P/s: Aytgancha siz yana qanday usullarni bilasiz?

👉 @WebDev07 ✅ | #foydali

Читать полностью…

Web Dasturlash kanali

👨🏻‍💻 Yodlash emas, tushunish kerak... Muhimi amaliyot.

Dasturlashga endigina qadam qo'ygan dasturchi do'stlarimiz, asosan dasturlashdagi termin va boshqa vositalarni yodlash orqali mukammal o'rganishga harakat qiladi. Aslida esa, yodlash emas, aksincha, uni tushunish samaraliroqdir.

Oliy ta'limda ham asosan nazariy o'qish bo'ladi. Amaliyot esa qisqa, keraksiz mavzularda bo'ladi. Bunday holatda talaba 4 yil emas, 40 yil o'qisa ham, agar amaliyot bo'lmasa, undan arziydigan natija kutish qiyin...

Iloji boricha kengroq va yangi mavzularda amaliyot o'tagan yaxshi. Ya'ni eski, bir necha yil oldingi keraksiz mavzular deyarli natija bermasligi mumkin.

💬 P.s: Ho'sh, bu mavzuda sizning fikrlaringiz qanday? Biz bilan bo'lishing...

👉 @webdev07

Читать полностью…
Subscribe to a channel