O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida tashkillashtirilgan "WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali. Rasmiy bot: @WikiStipendiya_marafoni_bot
❗️"WikiStipendiya" loyihasi rasman tugatildi!
🌎 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘zbekcha Vikipediyani rivojlantirish orqali jahon internet olamida o‘zbek tilidagi kontentni ko‘paytirishga qaratilgan "WikiStipendiya" loyihasi rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
🌎 Yillar davomida minglab yoshlarni bir nuqtaga yig‘gan hamda ularning o‘z iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishga, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilgan loyiha ko‘plab yutuqlarga erishdi. Loyiha davomida faollik ko‘rsatgan yuzlab yoshlarga pul mukofotlaridan tortib, turli imkoniyatlarni hadya etuvchi sovg‘alar taqdim etildi.
🌎 Raqamlarga yuzlanadigan bo‘lsak, aynan loyiha sabab o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni chorak milliondan oshdi, jahon vikireytingida 23 pog‘ona yuqorilab, o‘z o‘rnini mustahkamladi. Turkiy tillar vikireytingi orasida uchinchi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi o‘ringa chiqdi.
🌎 Yuqorida sanab o‘tilgan asosiy yutuqlar nafaqat, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning, balki dunyo axborot makoni uchun asos bo‘lib kelayotgan Vikipediyaning ham yutug‘idir. Ishonamizki, o‘zbekcha Vikipediya bundan keyin ham rivojlanishdan to‘xtab qolmaydi.
✅ Do‘stlar, bizdan uzoqlashmang, tez orada tandirdan uzilayotgan issiq yangiliklarni siz bilan bo‘lishamiz!..
Telegram | uzwiki">YouTube | X (Twitter) | Facebook
#WikiStipendiya_kashf_qilgan_vikimediachi
🌟WikiStipendiya loyihasida kashf qilingan vikimediachilarni tanishtirishda davom etamiz! O‘zbekcha Vikipediyaning faol foydalanuvchilaridan biri, xulosa chiqaruvchi, patrullovchi va eski holiga qaytaruvchi statuslari egasi Kamoliddin Azzamov (Foydalanuvchi:Kamol Azzam). Umumiy hisobda
1 500 dan ortiq tahrir qilgan. Shundan 1 400 dan oshig‘i o‘zbekcha Vikipediyaga to‘g‘ri keladi.
💫2022-yil noyabr – 2024-yil mart davrida WikiStipendiya loyihasida tashkiliy jamoa aʼzosi boʻlgan. WikiStipendiya marafonining I va II mavsumlarida hakamlik qilib, Vikipediya administratorlariga faol yordam bergan.
✨Kamol Azzam shuningdek „Yangi a’lo tahrirchi“ ordeni hamda „O‘zbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ yulduzi bilan taqdirlangan. Umid qilamizki, bundan keyin ham faol vikimediachilar qatorida Vikipediyaga salmoqli hissa qo‘shib boradi. Kamoliddinning Vikipediyadagi faoliyatiga ulkan yutuqlar hamda yoqimli tahrirlar tilaymiz.
Telegram | uzwiki">YouTube | X (Twitter) | Facebook
Xamidovich effekti 😎
Ba’zan bir insonning mehnati butun jamiyatga ilhom manbai bo‘lishi mumkin. Hasan Xamidovichning Paramarafondagi g‘alabasi ana shunday voqealardan biri bo‘ldi. U nafaqat birinchi o‘rinni egalladi, balki o‘z yutuqlari orqali boshqalarga ilhom bag‘ishladi.
Hasanning mana bu videosidan keyin qoldirilgan anonim izohda:
“Hasan aka, siz meni g‘aflat va nolish ko‘r qilib qo‘ygan ko‘zlarimni ochib yubordingiz. Bugun sizning g‘alabangizni ko‘rib, yuzimga xuddi shapaloq tushgandek bo‘ldi hamda fikrlashim 180 darajagacha o‘zgardi.”
🌎 WikiStipendiya loyihasi III mavsumi yakunlandi.
May oyida boshlangan ushbu mavsum mana bugun yakunlandi.
🌎Loyiha men uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyihada 10 000 000 soʻm miqdorida pul mukofoti oldim.
✅Loyiha tashkilotchilari va administratorlarga tashakkur.
🕊@axadjonsblog
🌎 Ochiqlik yaxshi, ammo erkinlik baridan muhim!
🌎 Barchamizga yaxshi ma’lumki, Vikipediya — onlayn ensiklopediya hamda u hech bir davlat, hukumat, siyosiy yoxud harbiy tashkilotga tegishli emas. U butun insoniyat tomonidan to‘ldirilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan ochiq ma’lumotlar maydoni bo‘lib, bir-biridan mustaqil odamlar tomonidan erkin tarzda istifoda etiladi.
🌎 Yaqinda 21 yoshni qarshilagan o‘zbekcha Vikipediyada katta muddat — 20 yil davomida “ochiq ensiklopediya” tushunchasi iste’molda bo‘ldi. Ammo ochiqlik Vikipediyaning boshqa tamoyillarini to‘liq ifodalab berishda yetarli tushuncha emasligi inobatga olinib, so‘nggi bir yil ichida “ochiq” so‘zini “erkin” tushunchasi bilan almashtirishga tayyorgarlik ko‘rildi. Va bugunga kelib o‘zbekcha Vikipediyaning bosh sahifasi, logotipi, ichki sahifalarida ushbu “Vikipediya, erkin ensiklopediya” shiorini ko‘rish mumkin. Bu har tomonlama mos, boshqa tillardagi vikipediyalarga muvofiqlashtirilgan va asil mohiyatni ochib bera oladigan eng muqobil versiyadir!
✅ Vikipediya shaffofligi, ochiqligi, mustaqil va erkinligi barcha ishlarimizga namuna bo‘lsin, do‘stlar. Barchaga yoqimli tahrirlar tilaymiz.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌎 Vikipediyaga 2022-yilda “WikiStipendiya” loyihasining I mavsumi sabab kirib kelganman. Va ro‘yxatdan o‘tganimdan beri hayotim Vikipediya bilan bog‘langan, — Hasan Alimov
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌎 Yoshlar ishlari agentligining ikki ulkan loyihasi — 1000KITOB va WikiStipendiyaning yopilish marosimi qanday oʻtganiga qiziqyapsizmi?
✅ Ushbu videolavha orqali hisobot-taqdirlash marosimi atmosferasini his qiling. Tadbirning batafsil videosini bu yerda koʻrishingiz mumkin.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌎 “WikiStipendiya III”ning taqdirlash marosimidan qaynoq lavhalar bilan yakshanbani o‘tkazishga nima deysiz?
🌎 Suratlarning hammasi bu yerda. Yorqin hissiyotlar va qadrdon chehralarni izlashni hoziroq boshlang.
✅ #bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2024-YIL UCHUN YAXSHI SOVGʻA!
🌎 Avvalroq Wikistipendiya 3 marafonida jamoamiz bilan grand finalga chiqqanimiz haqida aytgan edim.
🌎 Yakunda esa, grand finalga ayrim oʻzgartirishlar kiritildi. Natijada grand final bosqichi jamoaviy emas, balki yakka tartibda oʻtkazildi.
🌎 Grand finalga esa Panda va uning doʻstlari jamoasidan toʻrt nafar ishtirokchi saralab olindi.
Xayriniso Joʻrayeva, Ibrohimjon Abdufattohov, Sayinbek Teshayev va men.
WikiStipendiya loyihasi: qoraqalpoq qizining ilhomi
WikiStipendiya loyihasi haqida eshitgan qoraqalpoq qizi ilhomlanib, qoraqalpoqcha Vikipediyani rivojlantirishga bel bog‘ladi. Endi u Qoraqalpoq madaniyatini dunyoga tanitishga intilmoqda.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Esingizdami, bugun 15:00 da tadbir bo‘ladi!
📍 Yoshlar ijod saroyi (2-qavat katta zalda)
⏰ 15:00
Tashrif buyuring va WikiStipendiya loyihasining uchinchi mavsumini birgalikda yakunlaymiz!
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diqqat, 33 ta bahodirga murojaat! ))
🎯 Grand finalda ikki asosiy vazifaga qaratishingiz kerak:
1. Maqolangizni TM darajasigacha yetkazing:
— Mavzuni chuqurroq o‘rganing.
— Kamida 5 ta manba toping va g‘alizlikdan butunlay voz keching.
2. ATchilar safidan chiqish uchun hissangizni to‘liq ko‘rib chiqing:
— Har bir maqolangizni aynan o‘zingiz qayta ko‘rib chiqishingiz va kerakli tahrirlarni kiritishingiz zarur.
— Va munozarada xabar bering.
— Busiz grand finalda g'olib bola olmaysiz.
⌛ Deadline: Dashboardni diqqat bilan kuzatib boring va muddatni o‘tkazib yubormang!
Unutmang, Grand Finalda g‘olib bo‘lish sizning ushbu ikki vazifani qanday uddalashingizga bog‘liq. Hozirdan ishni boshlang va o‘z salohiyatingizni to‘liq namoyon qiling!
G‘alaba sifatga bog‘liq, bahodirlar!
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌎 Xushxabar yolgʻiz boʻlmaydi, toʻgʻrimi? Keling, biz ham sizga yaxshi yangiliklar ulashishda davom etamiz.
🌎 Hakamlar hayʼati — Vikipediya administratorlar tomonidan amalga oshirilgan qoʻshimcha tahlillar natijasiga koʻra quyidagi foydalanuvchilar ham grandfinalda gʻoliblik uchun kurashadilar:
23. Oqsaqol
24. Farhodovna 074
25. Wonmirzo
26. Komilkhuja
27. Tewayev
28. Zarifboyev
29. Visola Tangirova
30. Diwikiped
31. 7Devona
32. Lillimor
33. Ibrohimjon
✅ Barcha finalchilarga omad tilaymiz! Biz bilan birgalikda #bilganingni_ulash shiori ostida birlashing.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
WikiStipendiya: Grand final shartlari
Jamoaviy bahs va ishtirokchilarning natijalari.
Grand final formati.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nihoyat
5-qism.
Grand final shartlari… g‘oliblik va mukofot summasi kimga nasib etadi?!
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#WikiStipendiya_kashf_qilgan_vikimediachi
💡Yana bir faol vikimediachimiz bilan tanishing! Wikistipendiya loyihasi III mavsumining rosmanasiga kashfiyoti va g‘olibi — Otabek Abdusattorov (Foydalanuvchi:Bekipediya).
💎Otabek Vikipediyaga roppa-rosa bir yil oldin WikiStipendiya loyihasi orqali kirib kelgan. Ushbu qisqa muddat mobaynida Vikipediyada umumiy hisobda 24 500 ga yaqin tahrir qilgan. Shundan 16 000 dan oshig‘i o‘zbekcha Vikipediyaga, 4 500 ga yaqini Vikiiqtibosga hamda 4 000 ga yaqini Vikima’lumotlarga to‘g‘ri keladi.
✨Vikimediachilarimiz safi tobora kengayib borayotganidan xursandmiz. Otabekka esa Vikipediyadagi faoliyatida ulkan marralarni zabt etishini tilab qolamiz.
(Izoh: o‘ngdan birinchida Otabek Abdusattorov)
Telegram | uzwiki">YouTube | X (Twitter) | Facebook
„Markaziy Osiyo vikianjumani — 2025“ loyihasi uchun volontyorlar kerak!
🌠 „Markaziy Osiyo vikianjumani — 2025“ loyihasining koʻngillilardan iborat jamoasidan oʻrin egallamoqchimisiz? U holda bu post/xabar aynan sizga tegishli.
💱 Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan ilk xalqaro vikianjuman volontyorligi uchun soʻrov yuborish va qatnashish tajribali vikichilardan tortib, bu borada tajribaga ega boʻlmagan, ammo qiziqish bildirgan barcha uchun ochiq va mumkin.
💬 Anjumanga foydangiz tegishiga ishonasizmi? U holda bu imkonni qoʻldan boy bermang, shoshiling!
🖨 Unutmang, volontyorlik istagida boʻlgan koʻngillilar ushbu Google formani toʻldirishlari lozim.
Telegram | Facebook | uzwiki">YouTube | X (Twitter)
🌎 Vikipediya biz uchun tom ma’noda katta g‘oya bo‘la oladi, — Kamola Abdug‘aniyeva
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
WikiStipendiya: Vini, Vidi, Vici!
Xabaringiz bor, mamlakatimizda o‘zbek tilida sifatli ma'lumotlarni ko‘paytirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekcha Vikipediyada maqolalarni soni va sifatini oshirishga qaratilgan "WikiStipendiya" marafoni o'tkazilib kelinmoqda.
Bunda deyarli 1 yildan beri marafon doirasidagi turli loyihalarda ishtirok etdim. "WikiNations" loyihasida g'olib bo'lib, 🇦🇿Ozarbayjonga tekinga sayohat yutib oldim. Marafonning asosiy bosqichi bo'lgan Grand finalda ham g'olib bo'lib, 15 million so'm miqdorida mukofot bilan taqdirlandim.
Qisqa qilib aytganda, g'alaba oson bo'lmadi, uyqusiz tunlar va to'xtovsiz intilishlar natijasini berayapti. #tilimiz_uchun qilayotgan ishlarimiz bardavom bo'lsin, barcha tashkilotchilarga tashakkur!
@Mirfayzbek_blog
🌎 Raqamlar, rekordlar va maqsadlar — WikiStipendiya loyihasining III mavsumidagi asosiy yutuqlarni o‘ziga xos talqinda tinglang!
🎞Barchasini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/VoWjEiT5WyY?si=ffE591l9LR62bx5J
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
"Viki yodgorliklarni sevadi"
Bugun "WikiStipendiya" loyihasi ofisida O'zbek tilida so'zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Viki yodgorliklarni sevadi" fototanlovi g'oliblari taqdirlandi.
G'oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar bilan bir qatorda O'zbekistondagi sakkiz mingdan ortiq muzeylar va madaniy meros obyektlariga bir yil davomida bepul kirish imkoniyati taqdim etilgani e'tiborlidir.
G'alabaga munosib ko'rilgan fotosuratlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
#ko'rganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌎 “Har bitta odam boshqa tilni o‘rganishdan oldin o‘zining ona tilini o‘rganishi kerak! Vikipediya menga “avval oʻz ona tilingni oʻrganishing kerak” degan narsani bergan,” — Shahriyor Muhammedov.
🌎 Xoʻsh, sizga-chi, loyiha oʻtgan mavsumlar davomida nima bera oldi? Izohlarda shaxsiy tajribangiz bilan boʻlishing ⬇️
✅ #bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O'zbekcha vikipediya rivojlanishdan to'xtamaydi.
“Pul uchun bir martagina maqola yozganman” — Muzaffar Jo‘raboyev
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1000kitob va WikiStipendiya loyihalari yakuniga bag‘ishlangan tadbirning jonli efiri shu yerda:
https://youtube.com/live/HTpMk7_lr54?feature=share
E'lon! WikiStipendiya loyihasining uchinchi mavsumi yakunlari
Hurmatli tilimiz jonkuyarlari! Sizni WikiStipendiya loyihasining uchinchi mavsumi bo‘yicha yakuniy hisobot va taqdirlash marosimiga taklif etamiz.
📍Yoshlar ijod saroyi
📆20.12.2024
⏰ 15:00
Tadbir davomida loyihaning eng faol ishtirokchilari taqdirlanadi va kelgusi rejalar muhokama qilinadi. Siz ham jamoamizning bir qismi sifatida tashrif buyuring.
✅ Taklifnomani qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Random natijasi
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tanishing, Grand finalchilar
*ishtirokchilar shu paytgacha Vikipediyani rivojlantirish uchun qo‘shgan hissalari va faolligi inobatga olingan holda tanlandi (to‘rtta hakam tasdiqlagan foydalanuvchilargina Grand final bosqichiga o‘tishdi).
O‘zbekcha Vikipediya administratori Mirzoulug‘bek Karimovning WikiStipendiya loyihasi haqidagi fikrlari
Umuman olganda bu loyiha juda yomon oʻtmadi:
— Oʻzbek yoshlari vikipediya nima ekanligini bilmas edi, bildi. Maqolalar yozishni oʻrgandi.
— Xalqaro konferensiyalarda ishtirok etdi va kerak boʻlsa yana ishtirok etishadi.
— Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi.
— Boshqa tilli vikipediyachilar bizga havas qilib hukumatingizga rahmat aytishdi.
— Ingliz tilidagi Vikipediyaning bosh sahifasiga oʻzbek tilidagi boʻlim borligini koʻrsatuvchi ishora qoʻshildi.
Paramarafon: g‘oliblar aniqlandi
WikiStipendiya tarixida birinchi marotaba o‘tkazilgan paramarafonning muvaffaqiyatli yakunlanganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. Ishtirokchilarimiz cheklangan imkoniyatlariga qaramay, o‘zbekcha Vikipediyani boyitishga qo‘shgan hissalari tahsinga loyiq.
Paramarafonning eng yaxshi uchligi:
Hasan Xamidovich — birinchi o‘rin;
Umide — ikkinchi o‘rin;
Surayyoo — uchinchi o‘rin.
Ushbu yutuqlar bilan barcha g‘oliblarni tabriklaymiz! Sizning sa'y-harakatlaringiz biz uchun juda qadrli. Kelajakda ham Vikipediyaga qo‘shilgan qimmatli ma'lumotlaringiz bilan bizni xursand qilishingizni umid qilamiz.