O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida tashkillashtirilgan "WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali. Rasmiy bot: @WikiStipendiya_marafoni_bot
Zamonaviy kasblarga qiziqasizmi?
Zamonaviy kasblar bugungi kunning eng ko'p talab qilinadigan sohalaridir. Ayniqsa, raqamli dunyo bu kasblarni ish bozorida yetakchi o‘ringa olib chiqayotgani — yoshlar uchun ayni muddao.
Vikipediyada esa allaqachon zamonaviy kasblar haqida batafsil ma’lumotlar bor:
Sun’iy intellekt
Kiberxavfsizlik
Veb-dizayn
Data analitika
Siz yana qaysi kasblarni zamonaviy deb hisoblaysiz? Qaysi kasblarga qiziqasiz — izohlarda yozib qoldiring, sizga yangiligimiz bor.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Onna-mushalar haqida eshitganmisiz? 🤔
Onna-musha — bu yapon tarixida muhim o‘rin tutgan ayol jangchilar sinfi. Ular samuraylar orasida katta hurmatga sazovor bo‘lgan va yurtlarini, oilalarini himoya qilish uchun jangga kirgan. Yaponiyaning urush va tinchlik davrlarida ayol jangchilar ko‘p hollarda erkak jangchilar bilan bir qatorda jang qilishgan.
🏆 WikiStipendiya paramarafonida qatnashing va 45 million so‘mlik sovrinni qo‘lga kiriting!
WikiStipendiya loyihasi doirasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan paramarafon — imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun 1-iyundan 1-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi (30-noyabr 23:59 gacha). Ishtirokchilar individual tarzda qatnashadilar.
Sovrin jamg‘armasi 45 million so‘mni tashkil qiladi:
🥇 1-o‘rin — 20 million so‘m;
🥈 2-o‘rin — 15 million so‘m;
🥉 3-o‘rin — 10 million so‘m.
✍️ Ishtirok etish uchun Vikipediyada o‘z sahifangizni yarating va maqola yozishni boshlang! Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — ishtirok etish uchun ayni muddao.
Sizning ishtirokingiz Vikipediyada yangi marralarni zabt etishga yordam beradi. Har qanday cheklov faqatgina yangi yutuqlar sari yo‘l ochishi mumkin! Ishtirok etishdan oldin nizom bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun “WikiStipendiya marafoni” aloqa boti yoki 330007133 raqamiga murojaat qiling.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maqolangizni qanday qilib mukammal qilish mumkin? 💳
Vikipediyada maqola yozish — bu oddiy insho yozish emas, balki tahrirlash san’ati.
Maqolalaringizni yaxshiroq qilish uchun bir nechta maslahat:
1. Sodda tilda yozing: Fikringizni sodda va tushunarli uslubda ifodalashga harakat qiling. Keraksiz murakkab jumlalardan qoching. Vikipediya betartib ma’lumot uyumi emas.
2. Manbalarni to‘g‘ri ko‘rsating: Har bir faktni nufuzli manbaga asoslangan holda yozing va havolalarni to‘g‘ri joylashtiring.
3. Neytral ohangni saqlang: Vikipediyadagi maqolalar har doim neytral ohangda bo‘lishi kerak. Shaxsiy fikringizni yoki “pasofga yo‘g‘rilgan” gaplarni emas, ma’lumotni faktlarga asoslangan tarzda keltiring.
4. Ensiklopedik ahamiyatni e’tiborga oling: Maqolangiz Vikipediya foydalanuvchilari uchun foydalimi, yozishga arziydimi — buni hisobga oling.
5. Betaraf nuqtai nazarni saqlang: Biror mavzu bo‘yicha ko‘p nazariyalar bo‘lsa, ularning barchasini keltiring, lekin birortasiga yon bosmang.
6. Hurmatni saqlang: Tahrir urushlaridan saqlaning, munozarada bir-biringizni haqoratlamang va konsensusga erishishga harakat qiling.
7. Vandalizmga yo‘l qo‘ymang: Sahifalarning nomini noto‘g‘ri yoki mavzuga aloqasi bo‘lmagan nom bilan o‘zgartirish, o‘chirish, noto‘g‘ri axborot kiritish kabi vandallardan saqlaning. Aks holda, sahifangiz yoki IP manzilingiz bloklanadi.
8. Xato qilishdan qo‘rqmang: Vikipediyadagi barcha maqolalarning versiyalari saqlanadi, shuning uchun ma’lumotni keyinchalik tiklash mumkin. Kelajak avlod ongida “AT tarjimachi” degan xunuk nom bilan qolmang — sifatli kontent yarating.
🌎 OAV biz haqimizda
Oʻz maqolalarini Vikipediyaga joylashni xohlovchi yoshlar uchun mahorat darslari boʻlib oʻtdi.
Bu haqida Renessans telekanalining "OVOZA" informatsion dasturida maxsus lavha efirga uzatildi. 🎤
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌎 OAV biz haqimizda
Информaционная программа «Poytaxt»
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
WikiStipendiya mahorat darslari: fotolavhalar
WikiStipendiya mahorat darslaridan eksklyuziv suratlarni taqdim etamiz! Ishtirokchilarning bilim olish va tajriba orttirish jarayonlaridan lavhalar bilan tanishing.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maqolaga manba topishda qiynalyotganlar,
VikiOmbor bilan ishlashda — rasm joylashda muammoga uchrayotganlar uchun administrator Jamshid Nurqulov tomonidan mahorat darsi boshlandi.
Do’stlar
Bugungi mahorat darslarini jonli ravishda quyidagi manzildan ham kuzatib borishingiz mumkin:
https://youtube.com/live/5TttzeKP3lo?feature=share
Mahorat darslariga viloyatdaligi sabab kela olmaganlar ham endi jonli efirda tadbirimizni kuzata olasiz.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mahorat darsi qayerda bo’ladi? (Haliyam manzilni aniq bilmayotganlar uchun)
📍Demak, manzil bilan tanishing: 41.3520823,69.1228387,12z/data=!4m8!4m7!1m0!1m5!1m1!1s0x38ae8dfc54f36e01:0xb42b47383fce729d!2m2!1d69.2052709!2d41.3521114?hl=en&entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MDkyOS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Toshkent yoshlar markazi binosi
(Mo’ljal: O‘zMU hovlisi)
⌛Ertaga, shanba, 5-oktyabr 14:00
P/S: Aytgancha, kiyimga talab — imkon qadar milliy kiyimda keling.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#taklifnoma
Hurmatli viki-faollar, yangi ishtirokchilar va umuman loyihamizga qiziquvchilar!
Sizni WikiStipendiya: Mahorat darslari tadbiriga taklif qilamiz.
Katta masshtabda bo‘lishi kutilayotgan tadbirning qisqacha dasturi bilan tanishing:
— WikiStipendiya loyihasi va kelgusi rejalar;
— Administratorlardan Vikipediya saboqlari:
— Hamkorlar va ulardan "yog‘li" takliflar;
— Tansiq tanaffus (coffee-break);
— Lotereya.
Lotereya o‘yinlarida esa Tilmoch platformasidan 50 dona bepul obuna, 5 dona WikiOromgoh yo‘llanmasi, loyiha logotipi tushirilgan to‘plam va boshqa qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Mahorat darslariga kirish bepul bo‘lib, oldindan ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishingiz talab qilinadi.
P/S: Mahorat darslarida qatnashish uchun shaxsiy noutbuk bilan keling!
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎤Markaziy va Sharqiy Yevropa Vikimedia Anjumani — 2024
Vikimediya loyihalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman haqida eshitganmisiz?
Markaziy va Sharqiy Yevropa Vikimedia Anjumani (Wikimedia CEE Meeting) bu mintaqadagi Vikimedia faollari o‘rtasida bilim va tajriba almashish, yangi loyihalarni birgalikda rivojlantirish maqsadida har yili o‘tkaziladi.
🏰 “Viki yodgorliklarni sevadi” (Wiki Loves Monuments) xalqaro fotosurat tanlovida O‘zbekiston 2024-yilda ham ishtirok etadi.
2010-yildan beri 40 dan ortiq mamlakatlar qatnashadigan tanlov tarixiy inshootlar va diqqatga sazovor joylarni suratga olishga qaratilgan.
Daniya operatsiyasi — “Yaxshi maqola” statusi
Rusiyzabon bo‘lishiga qaramasdan, o‘zbekcha Vikipediyaning eng tajribali administratori Nikolay Artemev tomonidan yaratilgan maqola, tarix ishqibozlari uchun juda qimmatli manbadir. Unda Ikkinchi jahon urushidagi Daniyaning strategik ahamiyati va Germaniyaning 1940-yil 9-apreldagi hujumi yoritilgan.
Maqolaning ahamiyati shundaki, u Daniyaning urush davridagi tezkor taslim bo‘lishi haqida to‘liq ma’lumot beradi. Shuningdek, Daniya Qirolining insoniy yondashuvi ham keng yoritilgan.
P/S: Siz ham “Yaxshi maqola”larni tahlil qilib, o‘z mukammal maqolangizni yarata olasiz!
#bilganingni_ulash #yaxshi_maqola
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Do‘stlar, bugundan sizga O‘zbekcha Vikipediyadagi eng go‘zal maqolalarning tahlili bilan tanishtiramiz. 🔖
1. Maqola
Oʻzbekcha Vikipediya mezonlariga mos ravishda yaratilgan,
ya’ni grammatika va stil jihatidan toʻgʻri yozilgan va umumiy qoidalarga mos keladi.
2.
Maqola sur’atlar bilan boyitilgan.
Rasmlar shaxsan maqola muallifi tomonidan olingan va joylangan, bu esa ishonchlilikni yanada oshiradi.
3.
Maqolani audio formatda ham tinglash mumkin,
bu esa Vikipediya uchun noyob imkoniyat hisoblanadi va maqolani kengroq auditoriyaga taqdim etishga xizmat qiladi.
4.
Manba sifatida turli xil izlanishlar, videolar va boshqa media manbalar keltirilgan,
bu maqolaning ilmiy va ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.
5. Maqola ichidagi tegishli tushunchalar va joylar bilan bog‘liq
Vikipediyadagi boshqa maqolalarga ichki havolalar berilgan.
Bu esa maqolani yanada boyitib, o‘quvchilarga kengroq ma’lumot olish imkonini beradi.
6.
Maqola neytral va obyektiv tilda yozilgan
bo‘lib, hech qanday shaxsiy fikrlar yoki hissiyotlar ifodalanmagan. Bu Vikipediya mezonlariga mos keladi va maqolaning ilmiyligi saqlanadi.
7.
Manbalar ishonchli va dolzarb
bo‘lib, maqola mavzusi bo‘yicha chuqur izlanish o‘tkazilgan. Bu esa maqolaning haqiqatga mosligini ta’minlaydi.
8.
Maqola aniq tuzilishga ega.
Sarlavhalar va kichik bo‘limlar orqali ma’lumotlar tartibga solingan, bu esa o‘quvchilarga maqolani oson tushunish va qabul qilishda yordam beradi.
Yangi foydalanuvchilar uchun ixcham qo‘llanma 🔖
Ushbu qo‘llanma yangi foydalanuvchilarga O‘zbekcha Vikipediya va boshqa platformalarda matnlarni formatlashda yordam beradi.
III tur yakunlanmoqda: Eslatma ⌛
Hurmatli ishtirokchilar!
WikiStipendiya jamoaviy marafonining uchinchi turida ro‘yxatdan o‘tish va maqola qabul qilish jarayoni 16-oktyabr soat 23:59 gacha davom etadi.
Hali 2 kuningiz bor — tayyorlab qo‘ygan sifatli maqolalaringizni joylashga ulguring.🤓
Shundan keyin yangi jamoalar ro‘yxatga olinmaydi va boshqa tur bo‘lmaydi. Navbatdagi bosqich – grand final bahslari.
Omad tilaymiz!
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nega WikiNations loyihasida ishtirok etishingiz kerak?
1. O‘zbekistonni keng targ‘ib qilish 🇺🇿
WikiNations orqali siz O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosini dunyoga tanitish imkoniga ega bo‘lasiz. Yangi maqolalar yozib, xalqaro miqyosda mamlakatimiz haqidagi bilimlarni kengaytirasiz.
2. Sun’iy intellektga to‘g‘ri ma’lumot yetkazish 🤖
Sun’iy intellekt tizimlari ko‘pincha O‘zbekiston naqshlarini Eron yoki Hindiston madaniyati bilan aralashtirib talqin qiladi. Sizning maqola/rasmlaringiz orqali to‘g‘ri va aniq ma’lumotda ishlay boshlaydi.
3. Bir maqola bilan dunyo sahnasiga chiqish 🌍
Bitta maqola yozib Ozarbayjon kabi boshqa davlatlar madaniyati bilan tanishasiz. Hamda Samarqand, Xiva va Buxoro kabi tariximizni o‘zingiz uchun qayta kashf qilasiz.
Eslatma: WikiNations minimarafoni 25-oktyabrda tugaydi. @WikiNations_bot dan ro‘yxatdan o‘tib, bitta maqola yozish orqali ishtirok eting.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🤔 Maqola yozishni nimadan boshlash kerak?
Vikipediyada maqola yozishda birinchi qadam — to‘g‘ri mavzu tanlash. Maqolangiz nafaqat qiziqarli mavzuda, balki Vikipediya foydalanuvchilari uchun katta hissa qo‘shuvchi material bo‘lishi lozim.
Mavzuni tanlashda quyidagilarga e’tibor bering:
1. Qiziqarli mavzu tanlang: O‘zingiz yaxshi biladigan va qiziqadigan mavzuni tanlash muhim. Bu sizga maqolani sifatli yozishda ancha qo‘l keladi.
2. Ishonchli-nufuzli manbalarni toping: Ochiq va rasmiy manbalardan foydalanish maqolangizning ishonchliligini oshiradi, chunki Vikipediga hech qachon birlamchi manba hisoblanmaydi.
🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining yangi sonida tarix va bugunga nazar solamiz
🟢Wikistipendiyada yangi marafon;
🟢Bo‘stonliqni siz bilmagan ajoyibotlari;
🟢Surxondaryoning kitobxon oilasi;
🟢Mahallada yangi futbol maydoni;
🟢Eng namunali yoshlar yetakchisi.
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Video lavha
“Temur tig‘i yetmagan joyni, Qalam bilan Klaviatura bilan oldi vikichilar”
Zerikarli leksiyalardek emas, balki xilma-xil emotsiyaga boy tadbirimizdan video lavhani tomosha qiling! 🎬
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Emotsiyaga boy lotereya o‘yinlari boshlandi:
Tilmoch platformasidan 20 dona bepul obuna,
5 dona WikiOromgoh yo‘llanmasi,
loyiha logotipi tushirilgan to‘plam,
5 dona Medkomiks kitobi
va boshqa esdalik sovg‘alari o’ynaladi.
Vikipediyada sahifa ochish, tahrir qilish va maqola yozishga oid darslar boshlandi.
Читать полностью…🤔
Joy tayyor,
sahna tayyor,
Siz tayyormisiz?
1-qavat, faollar zalida
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▶️ YouTubega yuklangan ilk videorolik nima haqida ekanligini bilarmidingiz?
"Me at the zoo" — YouTube platformasiga yuklangan ilk videorolik sifatida tarixga kirgan videodir. Ushbu video YouTube asoschilaridan biri Jawed Karim yuklagan bo‘lib, videoning davomiyligi 19 soniyani tashkil etadi.
Ushbu tarixiy voqea haqida maqola yozib, uni "Xushsifat" maqola darajasigacha olib chiqqan Muzaffar Murodovich xizmatlari esa tahsinga sazovor. Ko‘proq "Xushsifat" maqolalarni shu yerdan o‘qishingiz mumkin.
🔍 Birinchi video qachon yuklanganligini bilmoqchimisiz — unda maqolani o‘qing.
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
WikiStipendiya jamoaviy marafoni va WikiNations
🌀 Tushunmovchiliklarni hal qilish maqsadida WikiStipendiya va WikiNations loyihalari orasidagi
8 ta asosiy farqni quyida keltiramiz:
1. Jamoaviy ishtirok:
• WikiStipendiyada ishtirokchilar guruhlarda ishlaydi, ya’ni jamoa tuzib, ishtirok etadi.
• WikiNationsga esa yakka tartibda — individual ishtirok etiladi.
2. Marafon muddati:
• WikiStipendiya yillik marafon — maydan-noyabrgacha davom etadi. III turdan iborat bo’lib, hozir III tur va u 16-oktyabrgacha ishtirok etish mumkin.
• WikiNations esa 1 oylik minimarafon bo’lib, 25-sentyabrdan 25-oktyabrgacha bo‘lib o’tadi.
3. Loyiha doirasi:
•WikiStipendiya jamoaviy marafonida hamma ishtirok etishi mumkin.
• WikiNations minimarafonida ham har kim ishtirok eta oladi.
4. Maqola:
• WikiStipendiya jamoaviy marafonida maqola yozish bilan bir qatorda tarjima va tahrirlashni ham o‘z ichiga oladi.
• WikiNationsda esa O‘zbekistonga oid bir dona maqola yozish kifoya.
5. Baholash mezoni:
• WikiStipendiyada maqolalar soni va sifati muhim. Mavzusi esa cheklanmagan.
• WikiNationsda esa bir dona sifatli maqola yozish kifoya. Mavzu esa O‘zbekistonga oid bo‘lishi kerak.
6. Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
•WikiStipendiya nogironligi bo‘lgan ishtirokchilar uchun maxsus marafon – “Paramarafon”ni o‘z ichiga oladi.
• WikiNations esa tajribali va yangi foydalanuvchilar alohida raqobatlashishiga sharoit yaratadi.
7. Mukofotlar turi:
• WikiStipendiyada WikiOromgoh yo‘llanmasi va pul mukofotlariga ega bo’lasiz:
— Jamoaviy marafon mukofot jamgʻarmasi 375 million soʻm:
1-oʻrin — 150 mln soʻm;
2-oʻrin — 125 mln soʻm;
3-oʻrin — 100 mln soʻm.
— Paramafonda umumiy sovrin jamg‘armasi 45 million so‘m:
1-o‘rin — 20 million so‘m;
2-o‘rin — 15 million so‘m;
3-o‘rin — 10 million so‘m.
• WikiNationsda bir haftalik tur paket yutib olishingiz mumkin: 3 kishi Ozarbayjon uchun, 3 kishi ichki turizm uchun saralanadi.
8. Ro‘yxatdan o‘tish:
• WikiStipendiya jamoaviy marafoni uchun bot: @WikiStipendiya_registratsiya_bot
• WikiNations uchun bot: @WikiNations_bot
WikiStipendiya: Mahorat darslari
Vikipediya administratorlaridan mahorat darslari, maqola yozish, jamoa shakllantirish, manbalar bilan ishlash, WikiNations va boshqa imtiyozlar haqida ma'lumot olasiz.
⌛Sana: Shanba, 5-oktyabr 14:00
📍Manzil: 41.3520823,69.1228387,12z/data=!4m8!4m7!1m0!1m5!1m1!1s0x38ae8dfc54f36e01:0xb42b47383fce729d!2m2!1d69.2052709!2d41.3521114?hl=en&entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MDkyOS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Toshkent yoshlar markazi binosi
Barcha vikifaol va yangi foydalanuvchilarni taklif etamiz! ☄️
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Jamoaviy marafon: III tur uchun ro'yxatdan o'tgan jamoalar (alifbo tartibida)
Ro‘yxatda jamongiz yo‘qmi? Siz hali ham jamoa tuzishga ulgurishingiz mumkin! 5 kishilik jamoa tuzing va ro‘yxatdan o‘ting. WikiOromgoh hamda Grand finalga yo'llanma olish imkoniyatlariga ega bo'ling.
420 millionlik stipendiya sizni kutmoqda
⏰ Diqqat, 3-tur 16-oktyabrgacha davom etadi!
#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ovozli chatni eshitib chiqdingizmi?
🔈 Hali ulgurmagan bo‘lsangiz, suhbatda berilgan savollarni osongina topib, javobini ham eshitishingiz mumkin.
Savollar:
00:03:03 - 1. 3-turda g‘oliblar qanday aniqlanadi?
00:03:40 - 2. Grand final qanday bo‘ladi?
00:04:25 - 3. WikiNations nima?
00:05:59 - 4. Nechta odam g‘olib bo‘lishi mumkin?
00:06:25 - 5. Men Vikipediyaga endi kirib kelgan bo‘lsamchi?
00:08:12 - 6. 3-g‘olib qanday aniqlanadi?
00:09:32 - 7. Vikipediyaga joylanadigan maqola nima (qanday bo‘lishi kerak)?
00:11:54 - 8. Maqola aynan O‘zbekiston haqida bo‘lishi shartmi?
00:13:20 - 9. Vikipediyaga ko‘p maqola joylasak, tanlovdan tashqari pul yoki boshqa mukofotlar beriladimi?
00:15:36 - 10. Maqola faqat o‘zbek tilida bo‘lishi kerakmi?
00:16:14 - 11. WikiNations va jamoaviy marafonning farqi nimada?
00:17:54 - 12. WikiNationsda maqolalar soni muhimmi?
00:18:23 - 13. Maqola mavzusini qayerdan topish mumkin?
00:22:54 - 14. Nizomdagi foydalanuvchilar qanday ajratiladi va maqolalar qayerga joylanadi?
00:24:15 - 15. 6 ta sovrindordan nechtasi tajribali, nechtasi yangi foydalanuvchilar orasidan olinadi?
00:24:26 - 16. Ko‘p maqola yozganmi yoki bitta sifatli maqola yozgan kishi yutishi ehtimoli yuqorimi?
00:24:39 - 17. O‘zbekiston haqida maqola deganda, boshqa davlatda faoliyat olib borgan, lekin O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxs haqida yozish mumkinmi?
00:27:09 - 18. Vikipediyani qanday joylaydi va tanlov haqida to‘liq ma‘lumot bera olasizmi?
00:28:30 - 19. Maqola kamida ikkita nufuzli manbaga ega bo‘lishi kerak degani nimani anglatadi?
00:30:58 - 20. Jamoada ishtirokchilar soni minimal va maksimal miqdorda belgilanganmi?
00:31:52 - 21. Ishtirokchilarni o‘zgartirish mumkinmi?
00:32:20 - 22. Ichki turizm deganda aynan qayerga boriladi?
00:32:55 - 23. Jamoa bo‘lib qatnashish haqida ham kengroq ma‘lumot bering.
00:34:21 - 24. Maqola aynan nimalarga qarab saralab olinadi?
00:36:11 - 25. Kitoblardan foydalansa, iqtibos keltirsak bo‘ladimi?
00:37:11 - 26. Vikipediyaga qanday a‘zo bo‘lsam bo‘ladi?
00:37:50 - 27. Maqolani baholash mezonlari qanday?
00:39:55 - 28. Agar ikki ishtirokchining maqolasi bir xil bo‘lib, lekin mukammal bo‘lsa, bu vaziyatda ikkala ishtirokchi ham Ozarbayjonga borishi mumkinmi?
00:40:55 - 29. Bitta maqolani ham jamoaviy marafon, ham WikiNationsga biriktirsa bo‘ladimi?
00:41:24 - 30. Maqola nechta so‘zdan iborat bo‘lishi kerak?
00:42:24 - 31. Maqolani yuklay olmayapman, oldin yuklab ko‘rmaganman, tushuntirish bersangiz.
00:43:26 - 32. Ensiklopediyadan ham yozsak bo‘ladimi?
00:44:08 - 33. WikiNations uchun maqola yozganda, mavzusiga ham ahamiyat beriladimi?
00:45:07 - 34. WikiNations uchun Vikipediya ochish kerakmi, maqolani qayerga joylaymiz?
00:45:52 - 35. Maqola mavzusi O‘zbekiston bo‘lishi kerakmi yoki boshqacha nomlasa ham bo‘ladimi?
00:47:20 - 36. Vikipediyada hisob yaratishda muammo bo‘lyapti, maqolani botga joylasa ham bo‘ladimi?
00:49:46 - 37. 1) Maqola yozganda ko‘rsatilgan manba chala bo‘lsa, uni to‘ldirildi deyishim kerakmi? Agar uni ko‘rsatmasam, plagiatga chiqadimi?
2) Maqola joylashda uni erta yoki kech joylanishi saralash jarayonida ta’sir qilmaydimi?
00:52:32 - 38. Maqolaning texnik taraflariga, masalan, shriftlariga qanday talablar qo‘yilgan?
00:58:02 - 39. Maqola qayerdadir e’lon qilingan bo‘lishi shart emasmi?
00:59:14 - 40. Jamoaviy marafonda maqolani har birimiz alohida yozishimiz kerakmi yoki hammamiz bitta maqola yaratishimiz kerakmi?
01:03:04 - 41. Obidalarning rasmlarini yuklash qanday tartibda bo‘lishi kerak?
P/s: Diqqat bilan o’qing. Javob berilgan savollarni qayta so’ramang.
#bilganingni_ulash #WikiNations
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Master-klass 🏛
Vikipediya jamoasiga yangi ishtirokchilar kirib kelayotgan bir paytda, katta formatdagi master-klass uyushtirish lozim, deb o’ylaymiz.
Bu katta imkoniyat — tasavvur qiling, o‘zbekcha Vikipediyaning eng tajribali administratorlari o‘z bilim va tajribalarini siz bilan baham ko‘rishmoqda. Maqola yozish, va tahrir qilish san’ati bo‘yicha jonli dars - jonli muhit yaratiladi.
Soha mutaxassislari va Vikipediya ustalari bilan jonli uchrashuv o‘tkazib, o‘zbekcha Vikipediya sifati sari birinchi qadamni birga tashlashga nima deysiz? ➖
#bilganingni_ulash #master_klass
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube