Официальный новостной канал КГУ 🌐: karsu.uz
◾️QMUda "Keleshekke qádem" orayı sheńberinde gezektegi seminar shólkemlestirildi
➡️Tolıq oqıw
◾️QDUda "Kelajakka qadam" markazi doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi
➡️To‘liq o‘qish
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
◾️QDUda "Kelajakka qadam" markazi doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi
🌀Bugun, 12-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli "Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan "Kelajakka qadam" markazlari doirasida navbatdagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan tashkil etilib, uning asosiy maqsadi bitiruvchi yoshlarni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash, ularni o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda doimiy va samarali ishga joylashishiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
🔘Tadbir universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori O.Duysenbayevning kirish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z nutqida Prezidentimiz tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, PQ-61-sonli qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, ushbu qaror nafaqat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, balki butun jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan muhim hujjatdir. Seminar davomida ishtirokchilar uchun tegishli soha mutaxassislari tomonidan bir qator ma’ruzalar tashkil etildi. Jumladan, bitiruvchilar uchun mavjud imkoniyatlar, davlat tomonidan yaratilgan qulay sharoitlar, "Kelajakka qadam" markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔘Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish bo‘lim boshlig‘i, Begali Xolmirov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bo‘lim boshlig‘i Elyor Ikramovlar ishtirok etdi. Ular o‘z chiqishlarida yoshlar bandligini ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar, oliy ta’lim bilan amaliyot uzviyligi, moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va bitiruvchilarni real sektorga yo‘naltirish mexanizmlari haqida fikr bildirdi. Shu bilan birga, seminar ishtirokchilari universitet qoshida faoliyat yuritayotgan "Kelajakka qadam" markazining ish faoliyati bilan tanishdi, markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, u yerda olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
🔘Mazkur seminar yoshlarga amaliy ko‘nikmalarni egallash, bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda o‘zini o‘zi rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishiga xizmat qildi.
➡️To‘liq o‘qish
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#Xalıq_aralıq_birge_islesiw
Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Sanaat texnologiyaları fakultetiniń stajyor-oqıtıwshıları Nurlan Sarsenbaev hám Nursultan Karimbaev Al-Farabiy atındaǵı Qazaq milliy universitetinde arnawlı qánigeligin arttırıw kursında qatnastı. Oqıw dawamında zamanagóy texnologiyalardıń teoriyalıq hám ámeliy tárepleri menen tanısıp, laboratoriyalıq hám ámeliy jumıslarda belsene qatnastı. Sonday-aq, bilimlendiriw hám óndiristegi zamanagóy metod hám texnologiyalardı ózlestirip, kásiplik sheberligin arttırıp, zamanagóy pedagogikalıq texnologiyalar, innovaciyalıq bilimlendiriw kózqarasları hám xalıqaralıq ilimiy joybarlardı alıp barıw boyınsha ámeliy bilim hám kónlikpelerge iye boldı.
#Xalqaro_hamkorlik
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Sanoat texnologiyalari fakultetining stajyor-o‘qituvchilari Nurlan Sarsenbayev va Nursultan Karimbayev Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida maxsus malaka oshirish kursida ishtirok etdi. O‘qish davomida zamonaviy texnologiyalarning nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishib, laboratoriya va amaliy ishlarda faol ishtirok etdi. Shuningdek, ta’lim va ishlab chiqarishdagi zamonaviy metod va texnologiyalarni o‘zlashtirib, kasbiy mahoratini oshirib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion ta’lim yondashuvlari va xalqaro ilmiy loyihalarni olib borish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
📣📣📣 Dıqqat! Daǵaza!📣📣📣
Usı jıldıń 14-may kúni saat 15:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı ilimiy dárejeler beriwshi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 sanlı Ilimiy keńes janındaǵı 10.00.03 ‒ Qaraqalpaq tili qánigeligi boyınsha Ilimiy seminar májilisi Málimleme resurs orayı bas studiyasında bolıp ótedi. Májiliste Qaraqalpaq mámleketlik universiteti tayanısh doktorantı Kosımbetova Aygúl Esbosınovnanıń «Saģınbay Ibragimov shıģarmalarınıń lingvopoetikalıq analizi» temasındaǵı filologiya ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın usınılǵan dissertaciya jumısınıń dodalawı bolıp ótedi.
Joriy yilning 14-may kuni soat 15:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 10.00.03 ‒ Qoraqalpoq tili mutaxassisligi bo‘yicha Ilmiy seminar majlisi Axborot resurs markazi bosh studiyasida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti Kosimbetova Aygul Esbosinovnaning "Sog‘inboy Ibragimov asarlarining lingvopoetik tahlili" mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
◾️QMU Student-jasları “Talaba — yugur” kewilliler juwırıw sport jarısında jeńimpaz boldı
🤔Búgin, 11-may kúni Nókis qalasında student-jaslar arasında sport hám salamat turmıs tárizin úgit-násiyatlaw maqsetinde “Talaba — yugur” kewilliler juwırıw sport jarısı ótkerildi. Bul ilajda Nókis qalasındaǵı barlıq joqarı oqıw orınlarınan student-jaslar qatnastı. Jarıs, sporttıń tek ǵana fizikalıq salamatlıq emes, al birlesiw hám doslıqtıń kórinisi ekenin jáne bir márte kórsetti. Jarısta qatnasqan qatnasıwshılar salamat turmıs tárizin bekkemlewge úlken itibar qarattı. Bul jarıs elimizde jaslar arasında sportqa bolǵan qızıǵıwshılıqtıń artıp atırǵanın hám salamat áwlad tárbiyasına bolǵan itibardıń áhmiyetli ekenligin jáne bir márte tastıyıqladı.
🤔Jarıs juwmaǵında erler ortasında Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti studentleri Rashidbek Iskandarov, 1-orındı, Javoxir Urazmatov 3-orındı, qızlar arasında Diana Dawılbaevalar 3-orındı iyelegen bolsa, al Para jeńil atletika boyınsha Diyarbek Orınbaev 2-orındı, sonday-aq, kewilliler arasında (Ekomarafonda) Saxibjamal Shukurullaevalar 1-orındı qolǵa kirgizdi. Studentlerdi jarısqa B.Djumanov hám M.Utepovlar tayarladı. Bizde óz gezeginde universitet jámááti sportshılarımızdı qolǵa kirgizgen jeńisleri menen qutlıqlaymız hám aldaǵı ótkeriletuǵın jarıslarda tabıslar tileymiz.
◾️QDU talaba-yoshlari "Talaba - yuguruvchi" ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasida g‘olib bo‘ldi
🤔Bugun, 11-may kuni Nukus shahrida talaba-yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "Talaba - yugur" ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Nukus shahridagi barcha oliy o‘quv yurtlaridan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa, sportning nafaqat jismoniy salomatlik, balki birdamlik va do‘stlik ifodasi ekanini yana bir bor namoyon etdi. Musobaqada ishtirok etgan ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga katta e’tibor qaratdi.Ushbu musobaqa yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani va sog‘lom avlod tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborning muhimligini yana bir bor tasdiqladi.
🤔Musobaqa yakunida erkaklar o‘rtasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari Rashidbek Iskandarov 1-o‘rinni, Javohir Urazmatov 3-o‘rinni, qizlar o‘rtasida Diana Dovilbayevalar 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Para yengil atletika bo‘yicha Diyarbek Orinbayev 2-o‘rinni, shuningdek, ko‘ngillilar o‘rtasida (Ekomarafonda) Saxibjamal Shukurullayevalar 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Talabalarni musobaqaga B.Djumanov va M.Utepovlar tayyorladi. Biz ham o‘z navbatida universitet jamoasi sportchilarimizni qo‘lga kiritgan g‘alabalari bilan tabriklaymiz va oldinda o‘tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️QMU Professor-oqıtıwshıları, texnikalıq taraw xızmetkerleri Samarqandqa sayaxat etti
🤔Ishki turizmdi rawajlandırıw, xızmetkerlerdiń bos waqıtların mazmunlı ótkeriw, olardıń mádeniy-ruwxıy dárejesin arttırıw maqsetinde Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti rektoratı hám universitet kásiplik awqamı komitetiniń baslaması menen gezektegi sayaxat shólkemlestirildi. Bul saparǵı mánzil eski hám náwqıran, biytákirar arxitekturası menen dúnya civilizaciyasına úlken úles qosqan Samarqand qalası boldı.
🤔Eki kúnlik bul sayaxatqa universitette jumıs alıp barıp atırǵan professor-oqıtıwshılar, texnikalıq taraw xızmetkerleri qatnastı. Sapar dawamında qatnasıwshılar Samarqandtıń biybaha tariyxıy estelikleri menen jaqınnan tanısıw imkaniyatına iye boldı. Olar Samarqandtaǵı Registan maydanı, Góri Ámir maqbasarı, Islam Kárimov arxitekturalıq kompleksi hám basqa da bir qatar zıyarat orınlarına bardı. Olardıń hár biri xalqımızdıń bay tariyxıy miyrası, ózine tán arxitekturalıq usılı hám diniy-mádeniy qádiriyatların sáwlelendirip, sayaxashılarda ózgeshe tásir qaldırdı.
🤔Sayaxat qatnasıwshıları bul baslama ushın universitet basshılıǵına hám kásiplik awqamı komitetine minnetdarshılıq bildirip, bunday mádeniy-aǵartıwshılıq ilajlar xızmetkerlerdiń keypiyatın kóteriwde, olarda tariyxqa, watanǵa bolǵan súyispenshilikti bekkemlewde áhmiyetli faktor bolıp xızmet etetuǵının atap ótti. Rektorat hám kásiplik awqamı tárepinen keleshekte de usınday sayaxatlardıń dawamlı shólkemlestiriliwi rejelestirilgen.
⚡️QDU professor-o‘qituvchilari, texnik soha xodimlari Samarqandga sayohat qildi
🤔Ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning madaniy-ma’naviy saviyasini oshirish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorati va universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan navbatdagi sayohat tashkil etildi. Bu galgi manzil qadimiy va navqiron, betakror me’morchiligi bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan Samarqand shahri bo‘ldi.
🤔Ikki kunlik ushbu sayohatda universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, texnik soha xodimlari ishtirok etdi. Tashrif davomida ishtirokchilar Samarqandning bebaho tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Ular Samarqanddagi Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Islom Karimov me’moriy majmuasi va boshqa bir qator qadamjolarni ziyorat qildi. Ularning har biri xalqimizning boy tarixiy merosi, o‘ziga xos me’moriy uslubi va diniy-madaniy qadriyatlarini aks ettirib, sayyohlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
🤔Sayohat ishtirokchilari ushbu tashabbus uchun universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga minnatdorlik bildirib, bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning kayfiyatini ko‘tarishda, ularda tarixga, vatanga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi. Rektorat va kasaba uyushmasi tomonidan kelgusida ham shunday sayohatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Rus tili hám ádebiyatı kafedrası tárepinen "Eslew hám qádirlew kúni"ne baǵıshlanǵan ádebiy keshe ótkerildi.
◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi.
◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️
Кафедрой русского языка и литературы Каракалпакского государственного университета имени Бердаха был проведен литературный вечер, посвященный «Дню памяти и почести»
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
❗️“Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur”
©️Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bizni kuzating:
⚡️Akademiyalıq birge islesiw sheńberinde tájiriybe arttırıw
Al-Farabiy atındaǵı Qazaq milliy universiteti hám Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti arasındaǵı birghe islesiw memorandum tiykarında usı jıldıń jıldıń 14-aprel - 2-may kúnleri aralıǵında universitettiń Qazaq tili hám ádebiyatı kafedrası aǵa oqıtıwshısı Roza Kenjebaeva Al-Farabiy atındaǵı Qazaq milliy universitetiniń Qazaq ádebiyatı hám ádebiyat teoriyası kafedrası bazasında qánigeligin arttırıw kursın ótti. Roza Kenjebaeva "Qazaq ádebiyatı hám ádebiyat teoriyası" kafedrası baslıǵı, filologiya ilimleriniń doktorı, professor Alua Berikbaevna avtorlıǵındaǵı "Ádebiyat poetikası" baǵdarlamalıq kursı boyınsha bayanatlar tıńlap, ámeliy tapsırmalardı orınladı.
Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida joriy yilning 14-aprel - 2-may kunlari oralig‘ida universitetning Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Roza Kenjebayeva Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetining Qozoq adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi bazasida malaka oshirish kursini o‘tkazdi. Roza Kenjebayeva "Qozoq adabiyoti va adabiyot nazariyasi" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Alua Berikbayevna muallifligidagi "Adabiyot poetikasi" dasturiy kursi bo‘yicha ma’ruzalar tinglab, amaliy topshiriqlarni bajardi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#Eslew_hám_qádirlew_kúni
Dene mádeniyatı fakulteti tyutorı Q.Urazbaev ózine biriktirilgen topar studentleri menen birgelikte "9- may Eslew hám qádirlew kúni" múnásibeti menen Nókis qalasında jaylasqan «Hásiretli ana» esteligi hám "Watansúyiwshiler baǵı" boylap sayaxat shólkemlestirdi.
#Xotira_va_qadrlash_kuni
Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori Q.Urazbayev o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan hamkorlikda "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Nukus shahrida joylashgan “Motamsaro ona” haykali va "Vatanparvarlar bog‘i" bo‘ylab sayohat uyushtirdi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️ÓMIR JOLÍ JASLARǴA ÓRNEK
🤔Hár jılı mámleketimizde 9-may – Eslew hám qádirlew kúni múnásibeti menen ótkenlerdi yad etiw, jası úlkenlerdiń halınan xabar alıw jaqsı dástúrge aylanǵan. Mine, usınday ushırasıwlardıń biri Ekinshi jáhán urısı qatnasıwshısı Mariya Ivanovnanıń shańaraǵında bolıp ótti. Ushırasıwǵa universitettiń Tariyx fakultetiniń bir topar studentleri hám fakultet tyutorları B.Esemuratova, G.Esboganovalar qatnastı.
🤔Bizler veteran apamızdı 9-may – Eslew hám qádirlew kúni ulıwmaxalıqlıq bayramı, sonday-aq, Ekinshi jáhán urısında fashizm ústinen erisilgen jeńistiń 80 jıllıǵı menen qızǵın qutlıqladıq. Ushırasıw dawamında Mariya Ivanovna urıstaǵı basınan keshirgen waqıyalardı bayan etti.
➡️Tolıq oqıw
⚡️HAYOT YO‘LI YOSHLARGA IBRAT
🤔Har yili mamlakatimizda 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tganlarni yod etish, keksalarning holidan xabar olish yaxshi an’anaga aylangan. Ana shunday uchrashuvlardan biri Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mariya Ivanovnaning xonadonida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitetning Tarix fakultetining bir guruh talabalari va fakultet tyutorlari B.Esemuratova, G.Esboganovalar ishtirok etdi.
🤔Biz faxriy onamizni 9 may - Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan samimiy tabrikladik. Uchrashuv davomida Mariya Ivanovna urushdagi boshidan kechirgan voqealarni so‘zlab berdi.
➡️To‘liq o‘qish
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#Jas_jurnalistler_klubı
#Kún_tariyxı_joybarı◾️
Búgin 10-may hápteniń shembi kúni. Usı kúnde júz bergen áhmiyetli waqıyalar menen tanısıń.
Bugun 10-may haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde gezektegi májilis bolıp ótti
🟡Búgin, 8-may kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde rektor, akademik A.Reymov basshılıǵında gezektegi májilis bolıp ótti. Onda universitet prorektorları, barlıq fakultet dekanları, kafedra baslıqları hám tiyisli bólim baslıqları qatnastı. Májilis dawamında usı jıldıń 3-yanvar kúni Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń "Respublika máhállelerinde qáwipsiz ortalıqtı jaratıw hám huqıqbuzarlıqlardıń erte aldın alıw sistemasınıń nátiyjeliligin bunnan bılay da arttırıw boyınsha ilajlar haqqında"ǵı PQ-1-sanlı qararınıń mazmun-mánisi hár tárepleme dodalandı.
🟡Rektor A.Reymov usı qarardıń orınlanıwın támiyinlew universitet kóleminde de áhmiyetli másele ekenin ayrıqsha atap ótip, bilimlendiriw mákemelerinde qáwipsizlikti támiyinlew, studentler arasında huqıqbuzarlıqlardıń aldın alıw, salamat ruwxıy ortalıqtı qáliplestiriw baǵdarında sistemalı jumıs islew zárúrligin atap ótti. Sonday-aq, báhárgi semestr juwmaqları aldında universitette ótkeriletuǵın juwmaqlawshı imtixan processleri ashıq-aydın hám ádil ótiwin támiyinlewge ayrıqsha itibar qaratıldı. Rektor bul dáwirde imtixan processlerinde hár qanday korrupciyalıq jaǵdaylarǵa jol qoymaw, bunday illetlerdiń aldın alıw boyınsha úgit-násiyat jumısların kúsheytiw zárúrligin atap ótti.
🟡Bul baǵdarlarda anıq ilajlardı ámelge asırıw ushın rektor universitet prorektorları, fakultet dekanları hám bólim baslıqlarına tiyisli tapsırmalar berdi. Sonıń ishinde, hár bir fakultette huqıqıy-aǵartıwshılıq sáwbetler shólkemlestiriw, studentler arasında jat ideyalarǵa qarsı immunitetti qáliplestiriw, imtixan aldınan professor-oqıtıwshılar hám studentler menen ashıqtan-ashıq sóylesiwler ótkeriw boyınsha rejeler belgilendi. Májilis juwmaǵında rektor A.Reymov universitet jámáátin Prezidentimiz tárepinen belgilep berilgen tiykarǵı wazıypalardı orınlawda belsendilikke shaqırdı.
➡️Tolıq oqıw
⚡️ Qoraqalpoq davlat universitetida navbatdagi majlis bo‘lib o‘tdi
🟡Bugun, 8-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida rektor, akademik A.Reymov rahbarligida navbatdagi majlis bo‘lib o‘tdi. Unda universitet prorektorlari, barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida joriy yilning 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi.
🟡Rektor A.Reymov mazkur qaror ijrosini ta’minlash universitet miqyosida ham muhim masala ekanini alohida ta’kidlab, ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash, talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida tizimli ish olib borish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, bahorgi semestr yakunlari arafasida universitetda o‘tkaziladigan yakuniy imtihon jarayonlari shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Rektor bu davrda imtihon jarayonlarida har qanday korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday illatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
🟡Bu yo‘nalishlarda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun rektor universitet prorektorlari, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlariga tegishli topshiriqlar berdi. Jumladan, har bir fakultetda huquqiy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etish, talabalar o‘rtasida yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, imtihon oldidan professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish bo‘yicha rejalar belgilandi. Yig‘ilish yakunida rektor A.Reymov universitet jamoasini Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bajarishda faollikka chaqirdi.
➡️To‘liq o‘qish
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️Húrmetli Prezidentimizdiń baslaması menen qabıl etilgen Párman hám qararlardıń mazmun-mánisi keń túrde túsindirildi
🟢Búgin, 8-may kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti rektorı, akademik Axmed Reymov mákan puqaralar jıyınlarında jumıs alıp barıp atırǵan isbilermenler hám "Máhálle jetiligi" menen ushırasıw ótkerdi. Onda Nókis qalası hákiminiń birinshi orınbasarı M.Kannazarov, Ózbekstan Sawda-sanaat palatasınıń Qaraqalpaqstan Respublikası basqarması baslǵı orınbasarı A.Seytaxovlar qatnastı. Ushırasıwdıń tiykarǵı maqseti - sońǵı jılları mámleketimizde, atap aytqanda, Qaraqalpaqstan Respublikasında isbilermenlikti qollap-quwatlaw, jergilikli baslamalardı rawajlandırıw hám jańa jumıs orınların jaratıw boyınsha ámelge asırılıp atırǵan reformalar, sonday-aq, mámleket basshısınıń baslaması menen qabıl etilgen Párman hám qararlardıń mazmun-mánisin túsindiriwden ibarat boldı.
🟢Májilis dawamında rektor A.Reymov mámleketimiz basshısınıń Qaraqalpaqstanǵa bolǵan ayrıqsha itibarı nátiyjesinde sońǵı jılları 15 ten aslam áhmiyetli párman hám qararlar qabıl etilgenligin atap ótti. Haqıyqatında da bul normativlik-huqıqıy hújjetler arqalı aymaqtı sociallıq-ekonomikalıq rawajlandırıw, infrastrukturanı jaqsılaw, xalıqtıń turmıs dárejesin arttırıw hám eń áhmiyetlisi, jergilikli isbilermenlikti keńnen qollap-quwatlaw maqset etilgen. Rektor A.Reymov bul hújjetlerde isbilermenler ushın jaratılǵan keń imkaniyatlar - salıq jeńillikleri, kredit resurslarına qolaylı shártlerde kiriw, jer ajıratıw tártibiniń ápiwayılastırılıwı, mámleketlik-jeke menshik sheriklik tiykarında joybarlar baslamasın alǵa qoyıw sıyaqlı baǵdarlarǵa ayrıqsha itibar qarattı. Ushırasıw dawamında A.Reymov qatnasıwshılarǵa hár bir qarar hám pármannıń tiykarǵı bántlerin jarıtıp, ámelde qalay qollanılıwı boyınsha túsinikler berdi. Isbilermenler óz gezeginde, bar imkaniyatlar hám onnan qalay paydalanıw boyınsha pikir alıstı. Ushırasıw ashıq hám qızǵın sóylesiw tárizinde ótti.
➡️Tolıq oqıw
⚡️Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi
🟢Bugun, 8-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, akademik Axmed Reymov mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Nukus shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Kannazarov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Seytaxovlar ishtirok etdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi - so‘nggi yillarda mamlakatimizda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy tashabbuslarni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, davlat rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
🟢Majlis davomida rektor A.Reymov davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori natijasida so‘nggi yillarda 15 dan ortiq muhim farmon va qarorlar qabul qilinganini ta’kidladi. Darhaqiqat, ushbu normativ-huquqiy hujjatlar orqali hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish va eng muhimi, mahalliy tadbirkorlikni keng qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Rektor A.Reymov ushbu hujjatlarda tadbirkorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar - soliq imtiyozlari, kredit resurslariga qulay shartlarda kirish, yer ajratish tartibining soddalashtirilishi, davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalar tashabbusini ilgari surish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuv davomida A.Reymov ishtirokchilarga har bir qaror va farmonning asosiy bandlarini yoritib, amalda qanday qo‘llanilishi bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Tadbirkorlar o‘z navbatida, mavjud imkoniyatlar va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha fikr almashdi. Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tdi.
➡️To‘liq o‘qish
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⛈Jınayatshılıq hám huqıqbuzarlıq, AIJSqa qarsı gúresiw hám náshebentliktiń aldın alıw boyınsha úgit-násiyat ilajı ótkerildi
Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń Sanaat texnologiyası fakultetinde student-jaslar arasında jınayatshılıq hám huqıqbuzarlıqtıń aldın alıw, sonday aq AIJSqa qarsı gúresiw , náshebentlik, psixotrop zatlardıń tarqalıwına qarsı gúresiw boyınsha úgit-násiyat ilaji bolıp otti. Ilajǵa universitet profilaktika inspektorı mayor I.Erejepov, Qaraqalpaqstan Respublikası AIJSqa qarsı gúresiw orayınıń shıpakeri A.Djanbekova hám fakultet dekan orınbasarı Sh.Musirov, tyutorlar hám student-jaslar qatnastı. Ilajdıń tiykarǵı maqseti student-jaslar arasında jınayatshılıq hám huqıqbuzarlıq, kiber jınayatshılıqtıń aldın alıw, sonday-aq, náshebentlik hám psixotrop zatlardıń zıyanlı aqıbetleri, AIJS sıyaqlı qáwipli keselliklerdiń aldın alıw haqqında túsinikler beriwden ibarat.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Sanoat texnologiyasi fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, shuningdek OITSga qarshi kurashish, giyohvandlik, psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet profilaktika inspektori mayor I.Erejepov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi shifokori A.Djanbekova va fakultet dekan o‘rinbosari Sh.Musirov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, kiberjinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararli oqibatlari, OITS kabi xavfli kasalliklarning oldini olish haqida tushunchalar berishdan iborat.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#Xalıq_aralıq_birge_islesiw
✔️Nókis qalasında jumıs alıp barıp atırǵan One Cloud Akademiyasınıń qıtaylı professorı Su Yuhang Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde boldı. Bul jerde ol universitet rektorı, akademik A.Reymov penen ushırasıp, ilimiy, bilimlendiriw hám ámeliy birge islesiw baǵdarları boyınsha pikir alıstı.
🌀Bunnan soń, universitet rektorı, akademik A.Reymov Qıtaydıń Dong Win Vacational college wákilleri menen onlayn ushırasıp, sáwbetlesiw alıp bardı. Ushırasıwda Dong Win Vacational college wákilleri ózleriniń bilimlendiriw mákemesi hám kompaniyasınıń jumısı haqqında tolıq maǵlıwmat berdi. Olar xalıqaralıq kólemde ámelge asırılıp atırǵan iri joybarlar, sırt el joqarı oqıw orınları menen birgelikte alıp barılıp atırǵan ámeliy hám ilimiy qollanbalar, sonday-aq, studentler ushın jaratılıp atırǵan imkaniyatlar haqqında toqtap ótti.
🤔Sáwbetlesiw barısında tárepler keleshekte ilimiy izleniwler, birgeliktegi izertlewler, sonday-aq, professor-oqıtıwshılar hám studentler almasıwı tiykarında ámeliy joybarlardı birgelikte jolǵa qoyıw boyınsha pikirlesti. Bul bolsa, tek ǵana eki mámleket arasındaǵı bilimlendiriw baylanısların bekkemlew emes, al jaslar ushın xalıqaralıq maydanda jańa imkaniyatlar jaratıwda áhmiyetli qádem boldı.
🤔Bul birge islesiwler Ózbekstan hám Qıtay arasındaǵı bilimlendiriw hám ilim tarawındaǵı strategiyalıq birge islesiwdi bekkemlew, sonday-aq, globallıq tájiriybelerdi óz-ara almasıw arqalı zamanagóy bilimlendiriw sistemasın bunnan bılay da jetilistiriwge xızmet etedi.
#Xalqaro_hamkorlik
✔️Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan One Cloud Akademiyasining xitoylik professori Su Yuhang Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Bu yerda u universitet rektori, akademik A.Reymov bilan uchrashib, ilmiy, ta’lim va amaliy hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi.
🌀Shundan so‘ng, universitet rektori, akademik A.Reymov Xitoyning Dong Win Vacational college vakillari bilan onlayn uchrashib, suhbat olib bordi. Uchrashuvda Dong Win Vacational college vakillari o‘zlarining ta’lim muassasasi va kompaniyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Ular xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan amaliy va ilmiy ishlanmalar, shuningdek, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi.
🤔Suhbat davomida tomonlar kelgusida ilmiy izlanishlar, qo‘shma tadqiqotlar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi asosida amaliy loyihalarni birgalikda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdi. Bu esa, nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlash, balki yoshlar uchun xalqaro maydonda yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘ldi.
🤔Ushbu hamkorliklar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim va fan sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, global tajribalarni o‘zaro almashish orqali zamonaviy ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
◾️QMUda "Keleshekke qádem" orayı sheńberinde gezektegi seminar shólkemlestirildi
🌀Búgin, 12-may kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde, Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2025-jıl 14-fevraldaǵı PQ-61-sanlı "Joqarı oqıw orınları pitkeriwshileriniń jumısqa jaylasıwına járdemlesiw boyınsha qosımsha ilajlar haqqında"ǵı qararınıń orınlanıwın támiyinlew maqsetinde joqarı bilimlendiriw mákemelerinde jumıs alıp barıp atırǵan "Keleshekke qádem" orayları sheńberinde gezektegi ámeliy seminar bolıp ótti. Bul seminar respublikalıq jumısshı topardıń baslaması menen shólkemlestirilip, onıń tiykarǵı maqseti pitkeriwshi jaslardı zamanagóy miynet bazarına tayarlaw, olardı ózin-ózi bánt etiwge baǵdarlaw, isbilermenlikke tartıw jáne turaqlı hám nátiyjeli jumısqa jaylasıwına járdem beriwden ibarat boldı.
🔘Ilaj universitettiń oqıw isleri boyınsha prorektorı O.Duysenbaevtıń kiris sózi menen baslandı. Ol óziniń shıǵıp sóylegen sózinde Prezidentimiz tárepinen jaslardıń bántligin támiyinlew, olardı qollap-quwatlaw baǵdarında ámelge asırılıp atırǵan keń kólemli reformalar, atap aytqanda, PQ-61-sanlı qarardıń mazmun-mánisi hám áhmiyetine toqtap ótti. Atap ótilgenindey, bul qarar tek ǵana joqarı bilimlendiriw mákemeleriniń pitkeriwshileri emes, al pútkil jámiyettiń ekonomikalıq rawajlanıwına unamlı tásir kórsetiwge qaratılǵan áhmiyetli hújjet bolıp esaplanadı. Seminar dawamında qatnasıwshılar ushın tiyisli taraw qánigeleri tárepinen bir qatar bayanatlar shólkemlestirildi. Sonıń ishinde, pitkeriwshiler ushın bar bolǵan imkaniyatlar, mámleket tárepinen jaratılǵan qolaylı sharayatlar, "Keleshekke qádem" orayınıń jumısınıń tiykarǵı baǵdarları haqqında tolıq maǵlıwmatlar berildi.
🔘Ilajda Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalar ministrliginiń Bilimlendiriw shólkemleriniń jumısın monitoring etiw boyınsha bólim baslıǵı Begali Xolmirov, Ózbekstan Respublikası Oraylıq banki bólim baslıǵı Elyor Ikramov hám Ózmilliybank bas ofisindegi "Keleshekke qádem" orayı Isbilermenlikke tartıw bóliminiń baslıǵı Shoxzamon Erkinovlar qatnastı. Olar ózleriniń shıǵıp sóylegen sózlerinde jaslardıń bántligin támiyinlewge baylanıslı áhmiyetli máseleler, joqarı bilimlendiriw menen ámeliyattıń úzliksizligi, finanslıq sawatlılıq, isbilermenlik kónlikpelerin qáliplestiriw hám pitkeriwshilerdi real sektorǵa baǵdarlaw mexanizmleri haqqında pikir bildirdi. Sonıń menen birge, seminar qatnasıwshıları universitet janında jumıs alıp barıp atırǵan "Keleshekke qádem" orayınıń jumıs iskerligi menen tanıstı, orayda jaratılǵan sharayatlardı kózden ótkerip, ol jerde alıp barılıp atırǵan jumıslardı joqarı bahaladı.
🔘Bul seminar jaslarǵa ámeliy kónlikpelerdi iyelew, bazar ekonomikası talaplarına sáykes túrde ózin-ózi rawajlandırıw, sonday-aq, elimizde isbilermenlikti qollap-quwatlaw boyınsha alıp barılıp atırǵan sistemalı jumıslar haqqında tereńirek túsinikke iye bolıwına xızmet etti.
➡️Tolıq oqıw
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#ǴXQ_QMU_haqqında
⚡️QMUda Texnika ilimleriniń doktorı, professor K.Baymanovtıń 75-jıllıq yubileyine arnalǵan konferenciya bolıp ótti
#OAV_QDU_haqida
⚡️QDUda Texnika fanlari doktori, professor K.Baymanovning 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
◾️QMU Student-jasları “Talaba — yugur” kewilliler juwırıw sport jarısında jeńimpaz boldı
◾️QDU talaba-yoshlari "Talaba - yuguruvchi" ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasida g‘olib bo‘ldi
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️QMU Professor-oqıtıwshıları, texnikalıq taraw xızmetkerleri Samarqandqa sayaxat etti
◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️
⚡️QDU professor-o‘qituvchilari, texnik soha xodimlari Samarqandga sayohat qildi
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#Xalıq_aralıq_birge_islesiw
🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti rektorı Axmed Reymov hám Túrkiyanıń jetekshi joqarı oqıw orınlarınan biri - Balıkesir universiteti rektorı professor Yücel Oğurlu qatnasıwında Zoom platforması arqalı onlayn ushırasıw shólkemlestirildi. Bul ushırasıwdıń tiykarǵı maqseti eki tárepleme ilimiy-akademiyalıq baylanıslardı bekkemlew, óz-ara birge islesiwdi rawajlandırıw, tájiriybe almasıw, professor-oqıtıwshılar hám studentler almasıw baǵdarlamaların jolǵa qoyıwdan ibarat boldı. Ushırasıw waqtında tárepler joqarı bilimlendiriw sistemasındaǵı zamanagóy kózqaraslar, ilimiy-izertlew jumısın rawajlandırıw hám xalıqaralıq reytinglerde birge islesiw boyınsha óz-ara pikir alıstı.
🤔Ushırasıw sońında Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti hám Balıqesir universiteti arasında Ilimiy-izertlew joybarların birgelikte ámelge asırıw, professor-oqıtıwshılar hám studentlerdiń akademiyalıq mobilligin támiyinlew, qospa ilimiy konferenciyalar, seminar hám treningler shólkemlestiriw boyınsha birge islesiw haqqında eki tárepleme memorandumǵa qol qoyıldı. Bul birge islesiw eki joqarı bilimlendiriw mákemesi arasındaǵı akademiyalıq baylanıslardıń jańa basqıshqa kóteriliwine xızmet etedi hám jas áwladqa xalıqaralıq tájiriybe tiykarında zamanagóy bilimler beriw imkaniyatın jaratadı.
#Xalqaro_hamkorlik
🤔Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Ahmed Reymov va Turkiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri - Balikesir universiteti rektori professor Yücel Og‘urlu ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi ikki tomonlama ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar oliy ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va xalqaro reytinglarda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.
🤔Uchrashuv yakunida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Balikesir universiteti o‘rtasida Ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminar va treninglar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama memorandum imzolandi. Ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi hamda yosh avlodga xalqaro tajriba asosida zamonaviy bilimlar berish imkoniyatini yaratadi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
📣📣📣 Dıqqat! Daǵaza!📣📣📣
Usı jıldıń 16-may kúni saat 14:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 sanlı Ilimiy keńes qasındaǵı Ilimiy seminardıń gezektegi májilisi universitettiń málimleme-resurs orayınıń 3-qabatında ótkeriledi. Májiliste Ózbekstan Respublikası Ilimler akademiyası Qaraqalpaqstan bólimi Qaraqalpaq gumanitar ilimler ilim-izertlew institutınıń doktorantı Ismetov Raxman Allambergenovichtiń “Qaraqalpaqstandaǵı muqaddes orınlar: tariyx hám transformaciyalıq ózgerisler” atamasındaǵı tariyx ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın tayarlanǵan dissertaciyasınıń talqılawı bolıp ótedi.
Joriy yilning 16-may kuni soat 14:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi majlisi universitetning axborot-resurs markazining 3-qavatida o‘tkaziladi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Ismetov Raxman Allambergenovichning "Qoraqalpog‘istondagi muqaddas qadamjolar: tarix va transformatsion o‘zgarishlar" mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Usı jıldıń 16-may kúni saat 16:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleket universiteti janındaǵı DSc.3/06.04.2024.Tar.20.05 sanlı Ilimiy keńes qasındaǵı Ilimiy seminar jıynalısı universitettiń málimleme-resurs orayınıń 3-qabatında ótkeriledi. Mırza Ulıǵbek atındaǵı Ózbekstan Milliy universitetiniń erkin izleniwshisi Abdullaeva Mushtariy Maxmud qızınıń "Ózbek shańaraqlarında gender stereotipleriniń ornı" atamasındaǵı tariyx ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın tayarlaǵan dissertaciyasınıń dodalawı kórip shıǵıladı.
Joriy yilning 16-may kuni soat 16:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.3/06.04.2024.Tar.20.05 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi universitetning axborot-resurs markazining 3-qavatida o‘tkaziladi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi Abdullayeva Mushtariy Mahmud qizining "O‘zbek oilalarida gender stereotiplarining o‘rni" mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi ko‘rib chiqiladi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⛈9-may "Eslew hám qádirlew kúni" múnásibeti menen ótkerilgen ilaj
🤔Shımbay fakulteti student-jasları 9-may "Eslew hám qádirlew kúni" múnásibeti menen Shımbay fakulteti Jaslar awqamı baslanǵısh shólkemi tárepinen Shımbay rayonında jaylasqan "Hásiretli ana" hám "Watansúyiwshiler baǵı" boylap sayaxat shólkemlestirildi. Sayaxat dawamında studentler áskeriy texnikalardıń kórgizbesin tamashalap, ózlerin qızıqtırǵan maǵlıwmatlarǵa iye boldı.
⛈9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir
🤔Chimboy fakulteti talaba-yoshlari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Chimboy fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Chimboy tumanida joylashgan "Motamsaro ona" va "Vatanparvarlar bog‘i" bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida talabalar harbiy texnikalar ko‘rgazmasini tomosha qilib, o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️Bayram múnásibeti menen urıs veteranı Qádirbay atanıń halınan xabar alındı
🤔“9-may Eslew hám qádirlew kúni” múnásibeti menen Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Ximiya-texnologiya fakulteti professor-oqıtıwshıları, hayal-qızlar máselesi boyınsha dekan másláhátshisi, Jaslar máselesi boyınsha dekan orınbasarı, tyutorlar, jaslar awqamı jetekshisi hám student-jaslar ekinshi jáhán urısı qatnasıwshısı Qadirbay Narmanovtıń halınan xabar aldı.
🤔Sonday-aq fakultet jámááti Qadirbay aǵa Narmanov penen sáwbet qurıp, «Eslew hám qádirlew kúni» bayramı menen qutlıqladı hám sawǵaların tapsırdı. Sawbetlesiw dawamında Qadirbay aǵa Narmanov fakultet jámáátine óz minnetdarshılıǵın bildirip, búgingi elimizdiń tınıshlıǵına, mámleketimiz tárepinen jaratılıp atırılǵan imkanyatlardan tuwrı paydalanıwǵa, jaslarǵa óz aqıl násiyatların berdi.
⚡️Bayram munosabati bilan urush veterani Qodirboy otaning holidan xabar olindi
🤔"9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Qoraqalpoq davlat universiteti Kimyo-texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, xotin-qizlar masalasi bo‘yicha dekan maslahatchisi, Yoshlar masalasi bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlar, yoshlar ittifoqi yetakchisi va talaba-yoshlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qodirboy Narmanovning holidan xabar oldi.
🤔Shuningdek, fakultet jamoasi Qodirboy aka Narmanov bilan suhbatlashib, "Xotira va qadrlash kuni" bayrami bilan tabrikladi va sovg‘alarini topshirdi. Suhbat davomida Qodirboy aka Narmanov fakultet jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, bugungi yurtimiz tinchligi, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga, yoshlarga o‘z maslahatlarini berdi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#Eslew_hám_qádirlew_kúni
Fizika fakulteti student- jasları, fakultet tyutorları menen birgelikte "9- may Eslew hám qádirlew kúni" múnásibeti menen Nókis qalasında jaylasqan «Hásiretli ana» esteligi hám "Watansúyiwshiler baǵı" boylap sayaxat shólkemlestirdi. Sayaxat dawamında studentlerimiz "Ullı watandarlıq urıs" ta qatnasıp, erlik kórsetken ata- babalarımızdı eslew menen birgelikte áskeriy texnikalar kórgizbesi menen de tanıstı. Bunday ilajlardı shólkemlestiriwden gózlengen maqset jaslarımız sanasın watansúyiwshilik ruwxında tárbiyalaw bolıp tabıladı.
Fizika fakulteti talaba-yoshlari, fakultet tyutorlari bilan birgalikda "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Nukus shahrida joylashgan “Motamsaro ona” haykali va "Vatanparvarlar bog‘i" bo‘ylab sayohat uyushtirdi. Sayohat davomida talabalarimiz "Buyuk vatan urushi"da ishtirok etib, qahramonlik ko‘rsatgan ota-bobolarimizni xotirlash bilan birga harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar. Bunday tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad yoshlarimiz ongini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
📣📣📣 Dıqqat! Daǵaza!📣📣📣
Joriy yilning 12-may kuni soat 09:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi РhD.03/30.04.2022.Fil.20.07 raqamli Ilmiy kengash majlisi universitetimizning Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Raximova Laylo Muminboyevnaning 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha “Og‘zaki diskursning funksional-formal va lingvokulturologik xususiyatlari (o‘zbek va ingliz tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Usı jıldıń 12-may kúni saat 09:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı ilimiy dárejeler beriwshi RhD.03/30.04.2022.Fil.20.07 sanlı Ilimiy keńes májilisi universitetimizdiń Málimleme resurs orayında bolıp ótedi. Májiliste Abu Rayhon Beruniy atındaǵı Úrgensh mámleketlik universiteti Fakultetleraralıq shet tilleri kafedrasınıń erkin izleniwshisi Raximova Laylo Muminboyevnanıń 10.00.06 - Salıstırmalı ádebiyattanıw, salıstırmalı tiltanıw hám awdarmashılıq qánigeligi boyınsha “Og‘zaki diskursning funksional-formal va lingvokulturologik xususiyatlari (ózbek hám inglis tilleri mısalında) " atamasındaǵı filologiya ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın usınıs etilgen dissertaciya jumısı talqılawı bolıp ótedi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#Jas_jurnalistler_klubı
◾️9-may "Eslew hám qádirlew kúni"
Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti jas jurnalistler klubı jámááti 9-may - "Eslew hám qádirlew kúni" múnásibeti menen gúllan xalqımızdı qutlıqlaydı.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yosh jurnalistlar klubi jamoasi 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan butun xalqimizni tabriklaydi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️Ximiya-texnologiya fakultetiniń baslaması menen "Biz bir shańaraq perzentlerimiz" atamasında ilaj bolıp ótti
⚡️Kimyo-texnologiya fakulteti tashabbusi bilan "Biz bir oila farzandlarimiz" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️QMUda "Ózbekstan - ulıwma úyimiz" súreni astında "Biz bir shańaraq perzentlerimiz" atamasında festival bolıp ótti
Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Yuridika fakulteti tárepinen "Ózbekstan - ulıwma úyimiz" súreni astında "Biz bir shańaraq perzentlerimiz" atamasında milletler aralıq tatıwlıq hám doslıq festivalı shólkemlestirildi. Bul ilaj elimizde jasap atırǵan túrli millet hám xalıq wákilleriniń óz-ara awızbirshiligi, doslıǵı hám keńpeyilliginiń tımsalına aylandı.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti tomonidan "O‘zbekiston - umumiy uyimiz" shiori ostida "Biz bir oila farzandlarimiz" mavzusida millatlararo totuvlik va do‘stlik festivali tashkil etildi. Bu tadbir yurtimizda yashayotgan turli millat va elat vakillarining o‘zaro hamjihatligi, do‘stligi va bag‘rikengligining ramziga aylandi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
📣📣📣 Dıqqat! Daǵaza!📣📣📣
Usı jıldıń 12-may kúni saat 11:00 de Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07 sanlı Ilimiy keńesi qasındaǵı 10.00.06 – Salıstırmalı ádebiyattanıw, salıstırmalı til bilimi, awdarmatanıw qánigeligi boyınsha Ilimiy seminar májilisi Málimleme resurs orayında bolıp ótedi. Májiliste Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı tayanısh doktorantı Berdambetova Aygul Paraxatovnanıń «Insan kognitivlik ózgesheliklerin ańlatıwshı lingvomádeniy ayrıqshalıqlar (inglis ham qaraqalpaq tilleri mısalında)» temasındaǵı filologiya ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın tayarlanǵan dissertaciyasınıń talqılawı bolıp ótedi.
Joriy yilning 12-may kuni soat 11:00 da Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07 raqamli Ilmiy kengashi huzuridagi 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha Ilmiy seminar majlisi Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tadi. Majlisda Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Berdambetova Aygul Paraxatovnaning "Inson kognitiv xususiyatlarini ifodalovchi lingvomadaniy o‘ziga xosliklar (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida) " mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń: