www_karsu_uz | Unsorted

Telegram-канал www_karsu_uz - KARSU.UZ

21011

Официальный новостной канал КГУ 🌐: karsu.uz

Subscribe to a channel

KARSU.UZ

#Qabıllaw2025 #Kásiplik #Dóretiwshilik #Imtixan

◾️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde abiturientler ushın dóretiwshilik imtixanlar dawam etpekte

🟢Búgin, 10-iyul kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "Vokal kórkem óneri: estrada qosıqshılıǵı" tálim baǵdarına hújjet tapsırǵan abiturientler ushın kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar bolıp ótpekte. Bul áhmiyetli process paytaxtımız Nókis qalasındaǵı Esjan baqsı atındaǵı 1-sanlı balalar muzıka hám kórkem óner mektebinde shólkemlestirildi. Imtixanlar dóretiwshilik baǵdardıń ózine tán ózgesheliklerin esapqa alǵan halda, joqarı dárejede, ashıq-aydınlıq principleri tiykarında ótkerilmekte.

➡️Tolıq oqıw

#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

◾️Qoraqalpoq davlat universitetida abituriyentlar uchun ijodiy imtihonlar davom etmoqda

🟢Bugun, 10-iyul kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Vokal san’ati: estrada qo‘shiqchiligi" ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim jarayon poytaxtimiz Nukus shahridagi Esjon baxshi nomidagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etildi. Imtihonlar ijodiy yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, yuksak saviyada, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

◾️Qaraqalpaq mámleketlik universiteti hám Germaniyanıń ACQUIN shólkemi arasındaǵı xalıqaralıq birge islesiw jańa basqıshta...

🤔Búgingi kúnde Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti xalıqaralıq birge islesiw sheńberinde Germaniyanıń ACQUIN (Akkreditierungs-, Certifizierungs- und Qualitätssicherungs-Institut) menen birge islesiwdi jolǵa qoyǵan. Házirgi kúnde universitetimizde 10 bakalavr tálim baǵdarları hám 10 magistratura qánigeliklerin, atap aytqanda, fizika, matematika, ximiya, biologiya, turizm, ekonomika, buxgalteriyalıq esap, menejment, finans hám finanslıq texnologiyalar, yurisprudenciya tálim baǵdarların xalıqaralıq akkreditaciyadan ótkeriwge tayarlıq jumısları alıp barılmaqta.

🤔Usı tiykarda 9-iyul kúni Germaniyanıń ACQUIN shólkemi tárepinen universitet professor-oqıtıwshıları, akkreditaciya processlerinde qatnasıp atırǵan juwapker xızmetkerler hám fakultetler wákilleri ushın onlayn seminar-trening shólkemlestirildi. Seminar dawamında Bilimlendiriw baǵdarlamaların xalıqaralıq akkreditaciyaǵa tayarlaw, ACQUINniń bahalaw kriteriyaları hám metodologiyası, Xalıqaralıq tán alınǵan diplom hám sertifikatlar beriwdiń abzallıqları sıyaqlı tiykarǵı máseleler dodalandı.

🤔Seminar qatnasıwshıları ACQUIN ekspertlerinen akkreditaciya processleri boyınsha zárúr usınıslar, ámeliy kórsetpeler hám xalıqaralıq tájiriybeler menen tanıstı. Bul trening universitet jámááti ushın júdá áhmiyetli hám paydalı bolıp, xalıqaralıq dárejedegi sapanı támiyinlew jolında jańa imkaniyatlar esigin ashtı. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti administraciyası bul xalıqaralıq birge islesiwdi jáne de rawajlandırıw, bilimlendiriwdiń sapasın xalıqaralıq standartlar tiykarında jetilistiriw hám universitettiń xalıqaralıq reytinglerde múnásip orın iyelewi ushın bul baǵdardaǵı jumıslardı dawam ettiredi.

➡️Tolıq oqıw

◾️Qoraqalpoq davlat universiteti va Germaniyaning ACQUIN tashkiloti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik yangi bosqichda...

🤔Bugungi kunda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti xalqaro hamkorlik doirasida Germaniyaning ACQUIN (Akkreditierungs-, Certifizierungs- und Qualitätssicherungs-Institut) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda universitetimizda 10 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 10 ta magistratura mutaxassisliklari, xususan, fizika, matematika, kimyo, biologiya, turizm, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, menejment, moliya va moliyaviy texnologiyalar, yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🤔Shu asosda 9-iyul kuni Germaniyaning ACQUIN tashkiloti tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari, akkreditatsiya jarayonlarida ishtirok etayotgan mas’ul xodimlar va fakultetlar vakillari uchun onlayn seminar-trening tashkil etildi. Seminar davomida Ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash, ACQUINning baholash mezonlari va metodologiyasi, Xalqaro tan olingan diplom va sertifikatlar berishning afzalliklari kabi asosiy masalalar muhokama qilindi.

🤔Seminar ishtirokchilari ACQUIN ekspertlaridan akkreditatsiya jarayonlari bo‘yicha zarur tavsiyalar, amaliy ko‘rsatmalar va xalqaro tajribalar bilan tanishdi. Ushbu trening universitet jamoasi uchun juda muhim va foydali bo‘lib, xalqaro darajadagi sifatni ta’minlash yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rahbariyati ushbu xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va universitetning xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashi uchun bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettiradi.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#ǴXQ_QMU_haqqında

◾️Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde jaslardı jumıs penen támiyinlew hám olardıń isbilermenlik potencialın rawajlandırıw maqsetinde "Káryera kúni" bos jumıs orınları miynet yarmarkası hám "Biznes marafon" seminar-treningleri shólkemlestirildi.


#OAV_QDU_haqida

◾️Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish maqsadida "Karyera kuni" bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va "Biznes marafon" seminar-treninglari tashkil etildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Áhmiyetli_90_kún

⚡️Qurılıs fakultetinde studentlerdiń ata-anaları menen ushırasıw ótkerildi

🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Qurılıs fakultetinde oqıp atırǵan studentlerdiń ata-anaları menen ushırasıw shólkemlestirildi. Ilajda fakultet dekanı T.Uzaqov sózge shıǵıp, studentlerdiń jazǵı demalıs waqıtların mazmunlı shólkemlestiriw, usı tiykarda elimiz boylap ótkerilip atırǵan «Áhmiyetli 90 kún» ilajlarınıń áhmiyeti, jaslar tálim-tárbiyası máseleleri haqqında ata-analar menen pikir almastı.

🤔Sonıń menen birge, házirgi waqıtta mámleketimizde jaslardıń isbilermenlik hám startap ideyaların qollap-quwatlaw maqsetinde olarǵa jeńilletilgen kreditler beriw jolǵa qoyılǵanlıǵı, atap aytqanda, «Keleshekke qádem» baǵdarlaması sheńberinde ámelge asırılıp atırǵan keń kólemli jumıslardıń áhmiyeti haqqında tolıq maǵlıwmatlar berildi.

#Dolzarb_90_kun

⚡️Qurilish fakultetida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

🤔Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qurilish fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani T.Uzaqov so‘zga chiqib, talabalarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shu asosda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Dolzarb 90 kun" tadbirlarining ahamiyati, yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalalari haqida ota-onalar bilan fikr almashdi.

🤔Shu bilan birga, hozirgi vaqtda mamlakatimizda yoshlarning tadbirkorlik va startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli kreditlar berish yo‘lga qo‘yilganligi, xususan, "Kelajakka qadam" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Muratbaeva Aziyza Bazarbaevnaning tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Joriy yilning 15-iyul kuni soat 14:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 raqamli Ilmiy kengash majlisi universitetning Axborot-resurs markazining 3-qavatida bo‘lib o‘tadi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti Muratbaeva Aziyza Bazarbaevnaning “Qoraqalpog‘iston matbuotida millatlararo totuvlik munosabatlari: tarix va tendensiyalar (1991-2021-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tadi.


⚡️Muratbaeva Aziza Bazarbaevnanıń tariyx ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) dissertaciya jumısı qorǵalıwı haqqında

Usı jıldıń 15-iyul kúni saat 14:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 sanlı Ilimiy keńestiń gezektegi májilisi univesitettiń málimleme-resurs orayınıń 3-qabatında ótkeriledi. Májiliste Ózbekstan Respublikasi Ilimler akademiyası Qaraqalpaqstan bólimi Qaraqalpaq gumanitar ilimler ilim-izertlew institutınıń tayanısh doktorantı Muratbaeva Aziyza Bazarbaevnanıń “Qaraqalpaqstan baspasózinde milletler aralıq tatıwlıq qatnasıqları: tariyx hám tendenciyalar (1991-2021-jıllar)” atamasındaǵı tariyx ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın tayarlanǵan dissertaciyasınıń qorǵawı bolıp ótedi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Qabıllaw_2025
#Magistratura

🎓Magistraturaǵa qabıllaw dawam etpekte


Respublikamızdaǵı mámleketlik joqarı oqıw orınlarınıń magistratura qánigeliklerine onlayn dizimnen ótiw dawam etpekte.

2025-2026-oqıw jılı ushın mámleketlik joqarı oqıw orınlarınıń magistratura qánigeliklerine oqıwǵa kiriw ushın hújjetlerdi tapsırıw procesi ministrliktiń rásmiy my.edu.uz platforması arqalı 30-iyulǵa shekem (sol kúni de) dawam etedi.

❗️Maǵlıwmat ornında atap ótiw kerek, magistratura qánigeliklerine tańlawlarda belgilengen talap dárejesindegi milliy yamasa xalıqaralıq sertifikatqa iye bolǵan adamlar qatnasıwı múmkin.


📹Arza tapsırıw boyınsha videoqollanba

🔖Sertifikatlar dizimi


◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#Qabul_2025
#Magistratura

🎓Magistraturaga qabul davom etmoqda

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.

2025-2026-oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.


📹Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

🔖Sertifikatlar ro‘yxati
nmpi1934/">
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda Búgin 9-iyul kúni bolıp ótken kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlarınıń nátiyjeleri

Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde búgin, 9-iyul kúni Dene mádeniyatı tálim baǵdarınıń kúndizgi rus hám ózbek toparlarına ótkerilgen kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlarınıń nátiyjeleri.
➡️ Nátiyjeler menen tanısıń.

Esletip ótemiz, Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde 9-iyul kúni Dene mádeniyatı tálim baǵdarınıń kúndizgi rus hám ózbek toparlarına ótkerilgen kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlarınıń nátiyjeleri boyınsha apellyaciyalıq shaǵımlar imtixan nátiyjeleri járiyalanǵan waqıttan baslap 24 saat ishinde qabıl etiledi.

⚡️QDUda Bugun 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarining natijalari

Qoraqalpoq davlat universitetida bugun 9-iyul kuni Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi rus va o‘zbek guruhiga o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarining natijalari.
➡️ Natijalar bilan tanishing.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpoq davlat universitetida 9-iyul kuni Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi rus va o‘zbek guruhlariga o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarining natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

⚡️Qoraqalpoq davlat universitetida Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Jismoniy madaniyat, ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar tizimli ravishda o‘tkazilmoqda. Ushbu imtihonlar Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabi (manej) da tashkil etilgan bo‘lib, har kuni ertalabki soat 06:00 da va kunning ikkinchi yarmida 15:00 da bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlari abituriyentlarning jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va kasbiy qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan maxsus mezonlar asosida o‘tkazilmoqda. Nomzodlarga belgilangan talablar asosida yondashilib, har bir bosqichda ularning individual salohiyati va tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Eng muhimi, ushbu imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, tegishli jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar vakillari jarayonga bevosita kuzatuvchi sifatida jalb etilgan.

Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan abituriyentlarga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilib, sport inshootlarining texnik holati, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi ham doimiy nazorat ostida saqlab kelinmoqda. Ushbu kasbiy (ijodiy) imtihonlar yosh avlod vakillarining kelajakda jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassislar sifatida shakllanishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Imtihon natijalari esa tanlov asosida eng munosib nomzodlarni aniqlab, ularga oliy ta’lim olish yo‘lini ochib beradi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Fotoreportaj

◾️QMUda pitkeriwshilerge diplom tapsırıw keshesi bolıp ótti

┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄

◾️QDUda bitiruvchilarga diplom topshirish kechasi bo‘lib o‘tdi

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

◾️Graduation Ceremony Held at Karakalpak State University

🟢On July 5, a graduation ceremony took place at Karakalpak State University named after Berdakh, where diplomas were formally awarded to graduating students who had successfully completed their studies. This event stands as one of the most memorable occasions in the university’s history and is held annually as part of its traditions. The ceremony was attended by Sh.Utemisov, Chairman of a Committee of the Jokargy Kenes of the Republic of Karakalpakstan, along with university staff, honored guests, professors, graduates, and their parents.

🟢The event was opened by the university’s rector, academician A.Reymov, who warmly congratulated the graduates. In his speech, he said: “Today, you are completing your academic journey at this center of knowledge and stepping into a new stage of life. There is no doubt that the knowledge and experience you have gained from your teachers will serve your future well.” He also expressed his confidence that the graduates would play an important role in the development of the country and the progress of society.

🟢Following the rector’s remarks, Sh.Utemisov, Chairman of a Committee of the Jokargy Kenes of the Republic of Karakalpakstan, took the floor. He congratulated the graduates and their parents, emphasizing that the achievements of the students also reflected the guidance and support of their families. During the ceremony, honorary certificates and commemorative gifts were awarded to top-performing graduates from various faculties. The students, in turn, expressed their heartfelt gratitude by offering kind words and best wishes to their professors, parents, and friends. The event concluded in a festive atmosphere with musical performances and artistic presentations prepared by the students themselves.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#QDU
#Bitiruvchi_2025

◾️QDUda bitiruvchilarga diplom topshirish kechasi bo‘lib o‘tdi

🗣Bugun, 5-iyul kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchi talabalarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu marosim universitet tarixidagi eng yorqin sahifalardan biri bo‘lib, har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Sh.O‘temisov, universitet jamoasi, faxriy mehmonlar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

🗣Tadbirni universitet rektori, akademik A.Reymov ochib berdi va bitiruvchilarni samimiy tabrikladi. U o‘z so‘zida:
- Bugun sizlar ushbu bilim dargohida bosib o‘tgan yo‘lingizni muvaffaqiyatli yakunlab, hayotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqdasiz. Bu yo‘lda ustozlaringizdan olgan bilim va tajriba sizlarning kelajagingiz uchun xizmat qilishi shubhasiz, - deya ta’kidladi. Shuningdek, u bitiruvchilar mamlakat taraqqiyoti va jamiyat rivojida munosib o‘rin egallashiga ishonch bildirdi.

🗣Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Sh.O‘temisov so‘zga chiqib, bitiruvchilar va ularning ota-onalarini tabriklab, farzandlarining bugungi yutuqlarida ularning ham o‘rni borligini ta’kidladi. Tadbir davomida turli fakultetlardan eng yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.Shuningdek, talabalar o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirib, universitetdagi ustozlariga, ota-onalariga va do‘stlariga ezgu tilaklarini bildirdi.Bayramona ruhda o‘tgan tadbir so‘ngida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, qo‘shiqlar ijro etildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlardı ótkeriw kestesi tastıyıqlandı

Imtixanlar tómendegi kórsetilgen (geolokaciya) orınlarda ótkeriledi:

┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄

⚡️QDUda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish jadvali tasdiqlandi


Imtihonlar quyidagi ko‘rsatilgan(geolokaciya)
joylarda o‘tkaziladi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMU Professor-oqıtıwshıları, texnikalıq taraw xızmetkerleri Xiywa qalasına sayaxat etti

🤔Ishki turizmdi rawajlandırıw, xızmetkerlerdiń bos waqıtların mazmunlı ótkeriw, olardıń mádeniy-ruwxıy dárejesin arttırıw maqsetinde Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti rektoratı hám universitet kásiplik awqamı komitetiniń baslaması menen gezektegi sayaxat shólkemlestirildi. Bul saparǵı mánzil eski hám náwqıran, biytákirar arxitekturası menen dúnya civilizaciyasına úlken úles qosqan Xiywa qalası boldı.

🤔Bul sayaxatqa universitette jumıs alıp barıp atırǵan professor-oqıtıwshılar, texnikalıq taraw xızmetkerleri qatnastı. Sapar dawamında qatnasıwshılar Xiywa qalasınıń biybaha tariyxıy estelikleri menen jaqınnan tanısıw imkaniyatına iye boldı. Olar Xiywa qalasınıń arxitekturalıq kompleksi hám basqa da bir qatar zıyarat orınlarına bardı. Olardıń hár biri xalqımızdıń bay tariyxıy miyrası, ózine tán arxitekturalıq usılı hám diniy-mádeniy qádiriyatların sáwlelendirip, sayaxashılarda ózgeshe tásir qaldırdı.

🤔Sayaxat qatnasıwshıları bul baslama ushın universitet basshılıǵına hám kásiplik awqamı komitetine minnetdarshılıq bildirip, bunday mádeniy-aǵartıwshılıq ilajlar xızmetkerlerdiń keypiyatın kóteriwde, olarda tariyxqa, watanǵa bolǵan súyispenshilikti bekkemlewde áhmiyetli faktor bolıp xızmet etetuǵının atap ótti. Rektorat hám kásiplik awqamı tárepinen keleshekte de usınday sayaxatlardıń dawamlı shólkemlestiriliwi rejelestirilgen.

⚡️QDU professor-o‘qituvchilari, texnik soha xodimlari Xiva shahriga sayohat qildi

🤔Ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning madaniy-ma’naviy saviyasini oshirish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorati va universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan navbatdagi sayohat tashkil etildi. Bu galgi manzil qadimiy va navqiron, betakror me’morchiligi bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan Xiva shahri bo‘ldi.

🤔Ushbu sayohatda universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, texnik soha xodimlari ishtirok etdi. Tashrif davomida ishtirokchilar Xiva shahrining bebaho tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Ular Xiva shahrinig me’moriy majmuasi va boshqa bir qator qadamjolarni ziyorat qildi. Ularning har biri xalqimizning boy tarixiy merosi, o‘ziga xos me’moriy uslubi va diniy-madaniy qadriyatlarini aks ettirib, sayyohlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

🤔Sayohat ishtirokchilari ushbu tashabbus uchun universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga minnatdorlik bildirib, bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning kayfiyatini ko‘tarishda, ularda tarixga, vatanga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi. Rektorat va kasaba uyushmasi tomonidan kelgusida ham shunday sayohatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Ómirge qaytqan mákan

*****

Hayotga qaytgan zamin

©️Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń Málimleme xızmeti

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Oliy taʼlim tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2025-yil 3–9-iyul kunlari “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etmoqda. Bugun malaka oshirish kursining ilk mashg‘ulotlariga start berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/65839

#malaka_oshirish #matbuot_kotiblari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

◾️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde abiturientler ushın dóretiwshilik imtixanlar dawam etpekte

🟢Búgin, 10-iyul kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "Vokal kórkem óneri: estrada qosıqshılıǵı" tálim baǵdarına hújjet tapsırǵan abiturientler ushın kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar bolıp ótpekte. Bul áhmiyetli process paytaxtımız Nókis qalasındaǵı Esjan baqsı atındaǵı 1-sanlı balalar muzıka hám kórkem óner mektebinde shólkemlestirildi. Imtixanlar dóretiwshilik baǵdardıń ózine tán ózgesheliklerin esapqa alǵan halda, joqarı dárejede, ashıq-aydınlıq principleri tiykarında ótkerilmekte.

🟢Onda abiturientler estrada qosıqshılıǵı baǵdarı boyınsha ózleriniń vokal potencialın, saxnadaǵı ózin tutıwı, dawıs tembri, repertuar tańlawı hám atqarıw usılların kórsetiwi zárúr. Kásiplik imtixanlar arqalı abiturientlerdiń tek ǵana texnikalıq imkaniyatları emes, al muzıkalıq talǵamı, saxna mádeniyatı hám dóretiwshilik kózqarası da tereń úyrenilmekte. Bul bolsa keleshekte estrada kórkem óneri wákillerin tańlawda ayrıqsha áhmiyetke iye.

🟢Dóretiwshilik imtixanlardı tájiriybeli pedagoglar, kórkem ónertanıwshılar, professional vokal ustazları hám muzıkalıq baǵdar wákillerinen ibarat komissiya baqlap barmaqta. Olar abiturientlerge qalıs baha beriw hám eń qábiletli jaslardı tańlap alıwdı maqset etken. Dóretiwshilik imtixan nátiyjeleri universitettiń rásmiy veb-saytı hám sociallıq tarmaqlar arqalı járiyalanadı.

➡️Tolıq oqıw

◾️Qoraqalpoq davlat universitetida abituriyentlar uchun ijodiy imtihonlar davom etmoqda

🟢Bugun, 10-iyul kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Vokal san’ati: estrada qo‘shiqchiligi" ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim jarayon poytaxtimiz Nukus shahridagi Esjon baxshi nomidagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etildi. Imtihonlar ijodiy yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, yuksak saviyada, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.

🟢Unda abituriyentlar estrada qo‘shiqchiligi yo‘nalishi bo‘yicha o‘zlarining vokal salohiyatini, sahnadagi o‘zini tutishi, ovoz tembri, repertuar tanlovi va ijro uslublarini namoyish etishlari zarur. Kasbiy imtihonlar orqali abituriyentlarning nafaqat texnik imkoniyatlari, balki musiqiy didi, sahna madaniyati va ijodiy dunyoqarashi ham chuqur o‘rganilmoqda. Bu esa kelgusida estrada san’ati vakillarini tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🟢Ijodiy imtihonlarni tajribali pedagoglar, san’atshunoslar, professional vokal ustozlari va musiqa yo‘nalishi vakillaridan iborat komissiya kuzatib bormoqda. Ular abituriyentlarga xolis baho berish va eng iqtidorli yoshlarni tanlab olishni maqsad qilgan. Ijodiy imtihon natijalari universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Áhmiyetli_90_kún

Usı jıldıń 10-iyul kúni elimiz boylap ótkerilip atırǵan «Áhmiyetli 90 kún» joybarı sheńberinde Geografiya hám tábiyiy resurslar fakulteti neft hám gaz tálim baǵdarı studentleri ushın fakultettiń oqıtıwshıları U.Batirova, Q.Patualiyevalar tárepinen Xojeli rayonında jaylasqan Gáwir qala hám Mazlumxan sulıw tariyxıy komplekslerine student-jaslarǵa sayaxat shólkemlestirildi. Tariyxıy orında student-jaslar elimizdiń bay tariyxına jáne bir márte gúwa boldı. Sonday-aq, olar usı arxitekturalıq esteliklerdiń qurılısı tariyxı, áhmiyeti, óz dáwiriniń qurılıs materialları hám olar menen baylanıslı arxeologiyalıq izertlewler sıyaqlı bir qansha maǵlıwmatlarǵa iye boldı. Bunday ilajlar studentlerdiń tárbiyasında áhmiyetli orın iyeleydi hám olardıń hár tárepleme jetik, sanalı shaxs bolıp qáliplesiwine xızmet etedi.


#Dolzarb_90_kun

Joriy yilning 10-iyul kuni mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti neft va gaz ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun fakultet o‘qituvchilari U.Batirova, Q.Patualiyevalar tomonidan Xo‘jayli tumanida joylashgan Gavir qal’a va Mazlumxon suluv tarixiy majmualariga talaba-yoshlarga sayohat tashkil etildi. Tarixiy maskanda talaba-yoshlar yurtimizning boy tarixiga yana bir bor guvoh bo‘ldi. Shuningdek, ular mazkur me’moriy yodgorliklarning qurilish tarixi, ahamiyati, o‘z davrining qurilish materiallari va ular bilan bog‘liq arxeologik tadqiqotlar kabi bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday tadbirlar talabalarning tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi va ularning har tomonlama yetuk, ongli shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Qabıllaw2025 #Kásiplik #Dóretiwshilik #Imtixan

⚡️QMUda kásiplik (dóretiwshilik) imtixanları dawam etpekte

🔵Aldın xabar bergenimizdey, Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde 2025/2026-oqıw jılı ushın abiturientlerdi oqıwǵa qabıllaw sheńberinde usı jıldıń 7-16-iyul kúnleri aralıǵında kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar belgilengen keste tiykarında ótkerilmekte.

🔵Bul imtixanlar universitettiń bir qatar bilimlendiriw baǵdarları boyınsha, sonıń ishinde, Dizayn: lipas hám gezlemeler tálim baǵdarında da shólkemlestirilgen bolıp, búgin, 10-iyul kúni usı baǵdar boyınsha kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar ótkerilmekte. Bul process abiturientlerdiń tańlaǵan tarawına baylanıslı teoriyalıq bilimleri hám ámeliy kónlikpelerin anıqlaw, olardıń qábileti menen potencialın bahalawǵa qaratılǵan.

🔵Imtixanlardı shólkemlestiriwde qalıslıq, ashıq-aydınlıq hám ádillik principlerine ayrıqsha itibar qaratılmaqta. Imtixan ótkeriletuǵın barlıq aymaqlar zamanagóy baqlaw kameraları menen úskenelengen bolıp, processler internet arqalı onlayn tárizde baqlap barılmaqta. Bul bolsa ata-analar, keń jámiyeshilik wákillerine imtixanlar ashıq-aydın túrde ótip atırǵanına tikkeley baqlap barıw imkaniyatın jaratadı.

🔵Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti abiturientlerge barlıq sharayatlardı jaratqan halda, talantlı hám potenciallı jaslardı tańlap alıwǵa umtılmaqta. Imtixanlar dawam etip atırǵan dáwirde barlıq abiturientlerge áwmet hám tabıslar tileymiz.

#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

⚡️QDUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

🔵Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish doirasida joriy yilning 7-16-iyul kunlari oralig‘ida kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan jadval asosida o‘tkazilmoqda.

🔵Ushbu imtihonlar universitetning bir qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, shu jumladan, Dizayn: libos va gazlamalar ta’lim yo‘nalishida ham tashkil etilgan bo‘lib, bugun, 10-iyul kuni ushbu yo‘nalish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda. Bu jarayon abituriyentlarning tanlagan sohasiga oid nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlash, ularning qobiliyati va salohiyatini baholashga qaratilgan.

🔵Imtihonlarni tashkil etishda xolislik, ochiqlik va adolat tamoyillariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Imtihon o‘tkaziladigan barcha hududlar zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, jarayonlar internet orqali onlayn tarzda kuzatib borilmoqda. Bu esa ota-onalar, keng jamoatchilik vakillariga imtihonlar ochiq va shaffof tarzda o‘tayotganini bevosita kuzatib borish imkonini yaratadi.

🔵Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti abituriyentlarga barcha sharoitlarni yaratgan holda, iqtidorli va salohiyatli yoshlarni tanlab olishga intilmoqda. Imtihonlar davom etayotgan davrda barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Babayeva Zuxra Davronbek qizining tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Joriy yilning 15-iyul kuni soat 16:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 raqamli Ilmiy kengash majlisi universitetning Axborot-resurs markazining 3-qavatida bo‘lib o‘tadi. Majlisda Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti Babayeva Zuxra Davronbek qizining “Xorazm viloyati chorvachilik tarixi (1925-2021 yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tadi.


⚡️Babayeva Zuxra Davronbek qızınıń tariyx ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) dissertaciya jumısı qorǵawı haqqında

Usı jıldıń 15-iyul kúni saat 16:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05 sanlı Ilimiy keńes májilisi universitettiń Málimleme-resurs orayınıń 3-qabatında bolıp ótedi. Májiliste Qaraqalpaq mámleketlik universiteti tayanısh doktorantı Babaeva Zuxra Davronbek qızınıń "Xorezm wálayatı sharwashılıq tariyxı (1925-2021-jıllar) " atamasındaǵı tariyx ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın tayarlaǵan dissertaciyasınıń qorǵalıwı bolıp ótedi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Áhmiyetli_90_kún

⚡️"Áhmiyetli 90 kúnlik" sheńberinde jaslar ushın gezektegi ruwxıy-aǵartıwshılıq ilaj bolıp ótti

🤔Aldın xabar bergenimizdey, Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Málimleme-resurs orayında jaslardıń bos waqıtların mazmunlı ótkeriw, olardıń bilim dárejesin arttırıw hám kitapqumarlıq mádeniyatın úgit-násiyatlawǵa qaratılǵan "Áhmiyetli 90 kún" joybarı dawam etpekte. Usı baǵdarlama sheńberinde "Bir háptede bir kitap" atamasında gezektegi ilaj shólkemlestirildi.

🤔Ilajdıń tiykarǵı maqseti - jaslar arasında kórkem hám ilimiy ádebiyatqa bolǵan súyispenshilikti kúsheytiw, olardı turaqlı kitap oqıwǵa shaqırıw, sonday-aq, dóretiwshilik hám intellektuallıq potencialın jáne de rawajlandırıwdan ibarat boldı. Ilaj dawamında Málimleme-resurs orayı tárepinen arnawlı kitaplar kórgizbesi shólkemlestirildi. Kórgizbede klassikalıq hám zamanagóy kórkem shıǵarmalar, ilimiy-ǵalabalıq kitaplar, belgili jazıwshılar qálemine tiyisli jańa basılımlar hám jaslar ushın usınıs etilgen ádebiyatlar kórsetildi.

🤔"Áhmiyetli 90 kún" joybarı jaslar arasında intellektuallıq ortalıqtı kúsheytiwge, olardıń erkin pikirlewge, durıs málimleme dáreklerinen paydalanıwǵa hám ruwxıy jetik shaxs bolıp jetilisiwine xızmet etpekte. Joybardıń hár bir kúni jaslardıń turmısında jańa ideya, jańa motivaciya hám jańa bilim dáregi bolıp xızmet etpekte. Bunday ilajlar keleshekte de dawam ettirilip, jas áwladtı bárkamal etip tárbiyalaw jolında nátiyjeli qádemler bolıp qaladı.

#Dolzarb_90_kun

⚡️"Dolzarb 90 kunlik" doirasida yoshlar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

🤔Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Axborot-resurs markazida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning bilim darajasini oshirish va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi davom etmoqda. Ushbu dastur doirasida "Bir haftada bir kitob" mavzusida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

🤔Tadbirning asosiy maqsadi - yoshlar o‘rtasida badiiy va ilmiy adabiyotga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirish, ularni muntazam kitob mutolaasiga chorlash, shuningdek, ijodiy va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida Axborot-resurs markazi tomonidan maxsus kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada mumtoz va zamonaviy badiiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar, taniqli adiblar qalamiga mansub yangi nashrlar hamda yoshlar uchun tavsiya etilgan adabiyotlar namoyish etildi.

🤔"Dolzarb 90 kun" loyihasi yoshlar o‘rtasida intellektual muhitni kuchaytirishga, ularning mustaqil fikrlashiga, to‘g‘ri axborot manbalaridan foydalanishiga va ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda. Loyihaning har bir kuni yoshlar hayotida yangi g‘oya, yangi motivatsiya va yangi bilim manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday tadbirlar kelgusida ham davom ettirilib, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yo‘lida samarali qadamlar bo‘lib qoladi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#ǴXQ_QMU_haqqında
#ÓzA

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar dawam etpekte


Ózbekstan Milliy málimleme agentligi ➡️- ÓzA

◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#OAV_QDU_haqida
#OʻzA

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda


Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ➡️ OʻzA


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Kásiplik_dóretiwshilik_imtixan
#QMU◾️

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti tárepinen 2025/2026-oqıw jılı ushın kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlardı ótkeriw boyınsha usı jıldıń 7-16 iyul kúnleri aralıǵında arnawlı keste tastıyıqlanǵan edi. Usı kestege muwapıq, búgin Dene mádeniyatı tálim baǵdarı boyınsha kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlarınıń úshinshi kúni dawam etpekte.

Bul imtixanlardıń ashıq-aydın ótkerilip atırılǵanlıǵı hám abiturientler hám olardıń ata-anaları ushın jaratılǵan sharayatlar haqqında "Milliy tiklanish" demokratiyalıq partiyası Qaraqalpaqstan Respublikası Keńesiniń baslıǵı, Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń deputatı Tajibay Romanov óz pikirlerin bildirdi.



#Kasbiy_ijodiy_imtihon
#QDU◾️


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan 2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha joriy yilning 7-16 iyul kunlari oralig‘ida maxsus jadval tasdiqlangan edi. Ushbu jadvalga muvofiq, bugun Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning uchinchi kuni davom etmoqda.

Ushbu imtihonlarning ochiq-oshkora o‘tkazilayotganligi hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar haqida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputati Tojibay Romanov o‘z fikrlarini bildirdi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#QMU
#Pitkeriwshi_2025

◾️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde pitkeriwshilerge diplom tapsırıw keshesi bolıp ótti

#QDU
#Bitiruvchi_2025

◾️Qoraqalpoq davlat universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish kechasi bo‘lib o‘tdi

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

◾️QMUda pitkeriwshilerge diplom tapsırıw keshesi bolıp ótti

┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄

◾️QDUda bitiruvchilarga diplom topshirish kechasi bo‘lib o‘tdi

┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄

◾️В КГУ прошла церемония вручения дипломов выпускникам

┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄

◾️Graduation Ceremony Held at Karakalpak State University

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

◾️В КГУ прошла церемония вручения дипломов выпускникам

🗣Сегодня, 5 июля, в Каракалпакском государственном университете имени Бердаха состоялась торжественная церемония вручения дипломов выпускникам, успешно окончившим университет. Эта церемония является одной из самых ярких страниц в истории университета и проводится ежегодно по традиции. В мероприятии приняли участие председатель комитета Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан Ш.Утемисов, коллектив университета, почетные гости, профессора-преподаватели, выпускники и их родители.

🗣Мероприятие открыл ректор университета, академик А.Реймов и сердечно поздравил выпускников. В своём выступлении он сказал: "Сегодня вы успешно завершаете путь, пройденный в этом учебном заведении, и вступаете в новый этап жизни. Знания и опыт, полученные от ваших наставников на этом пути, несомненно, послужат вашему будущему". Он также выразил уверенность, что выпускники займут достойное место в развитии страны и общества.

🗣После этого, выступил председатель комитета Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан Ш.Утемисов и поздравил выпускников и их родителей, отметив, что они также внесли свой вклад в сегодняшние успехи своих детей. В ходе мероприятия выпускникам различных факультетов, добившимся наивысших результатов, были вручены почетные грамоты и памятные подарки. Кроме того, студенты выразили свою благодарность и добрые пожелания своим преподавателям, родителям и друзьям в университете. В завершение мероприятия, прошедшего в праздничном духе, гостям и участникам церемонии была представлена концертная программа, организованная студентами университета.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#QMU
#Pitkeriwshi_2025

◾️QMUda pitkeriwshilerge diplom tapsırıw keshesi bolıp ótti

Búgin, 5-iyul kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde pitkeriwshilerge diplom tapsırıw keshesi bolıp ótti. Onda universitetti tabıslı tamamlaǵan pitkeriwshi studentlerge diplomlar saltanatlı túrde tapsırıldı. Bul máresim universitet tariyxındaǵı eń jarqın betlerden biri bolıp, hár jılı dástúriy tárizde ótkerilip kelinbekte. Ilajǵa Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń komitet baslıǵı Sh.Ótemisov, universitet jámááti, húrmetli miymanlar, professor-oqıtıwshılar, pitkeriwshiler hám olardıń ata-anaları qatnastı.

Ilajdı universitet rektorı, akademik A.Reymov ashıp berdi hám pitkeriwshilerdi qızǵın qutlıqladı. Ol óz sózinde:
- Búgin sizler usı bilim dárgayında basıp ótken jolıńızdı tabıslı juwmaqlap, ómirdiń jańa basqıshına qádem qoymaqtasız. Bul jolda ustazlarıńızdan alǵan bilim hám tájiriybe sizlerdiń keleshegińiz ushın xızmet qılıwı sózsiz, - dep atap ótti. Sonday-aq, ol pitkeriwshiler mámlekettiń rawajlanıwı hám jámiyettiń rawajlanıwında múnásip orın iyeleytuǵınına isenim bildirdi.

Bunnan soń, Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń komitet baslıǵı Sh.Ótemisov sózge shıǵıp, pitkeriwshiler hám olardıń ata-anaların qutlıqlap, perzentleriniń búgingi jetiskenliklerinde olardıń da ornı bar ekenligin atap ótti. Ilaj dawamında hár qıylı fakultetlerden eń joqarı nátiyjelerge erisken pitkeriwshilerge húrmet jarlıqları hám estelik sawǵaları tapsırıldı.Sonday-aq, studentler ózleriniń minnetdarshılıqların bildirip, universitettegi ustazlarına, ata-analarına hám doslarına jaqsı tileklerin bildirdi.Bayram ruwxında ótken ilaj sońında student-jaslar tárepinen tayarlanǵan kórkem shıǵıwlar, qosıqlar atqarıldı.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlardı ótkeriw kestesi tastıyıqlandı

2025-2026-oqıw jılı qabıllawında Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde ótkeriletuǵın kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar kestesi tastıyıqlandı. Kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar usı jıldıń 7-16-iyul kúnleri aralıǵında ótkeriliwi belgilengen.

┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄

⚡️QDUda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish jadvali tasdiqlandi

2025-2026 o‘quv yili qabulida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali tasdiqlandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 7-16 iyul kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi belgilangan.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde gezektegi májilis bolıp ótti

🔘Búgin, 4-iyul kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde rektor, akademik A.Reymov basshılıǵında gezektegi májilis bolıp ótti. Onda universitet prorektorları, barlıq fakultet dekanları, kafedra baslıqları hám tiyisli bólim baslıqları qatnastı. Májiliste jıl basında universitet rektorı tárepinen bilimlendiriw sistemasınıń sapasın arttırıw, ilimiy potencialdı bekkemlew, sırt el investiciyaların tartıw hám bilimlendiriw eksportı potencialın keńeytiw boyınsha belgilep berilgen wazıypalardıń orınlanıwı boyınsha dodalawlar bolıp ótti.

🔘Sonıń ishinde, pitkeriwshilerdiń bántligin támiyinlew, sırt el joqarı bilimlendiriw mákemeleri menen eki tárepleme birge islesiw baylanısların bunnan bılay da rawajlandırıw, qospa bilimlendiriw baǵdarlamaların jolǵa qoyıw hám xalıqaralıq grantlarda belsene qatnasıw máseleleri májilis kún tártibiniń tiykarǵı baǵdarlarınan biri boldı. Sonday-aq, májiliste ilimiy-izertlew jumısın kommerciyalastırıw, bar ilimiy potencialdı real sektor menen integraciyalaw, xojalıq shártnamaları tiykarında qosımsha qarjılar tartıw zárúrligi ayrıqsha atap ótildi.

🔘Májilis dawamında universitet jumısında baqlanǵan ayırım kemshilikler, atap aytqanda, belgilengen tapsırmalardıń óz waqtında orınlanıwı, xalıqaralıq birge islesiwdegi jaǵdayları kórip shıǵılıp, olardı saplastırıw boyınsha prorektorlarǵa, fakultet dekanlarına anıq wazıypalar tapsırıldı. Ushırasıw sońında universitet rektorı A.Reymov barlıq juwapkerlerge belgilengen wazıypalardıń orınlanıwın támiyinlew, bilimlendiriw hám ilimniń rawajlanıwına úles qosıw boyınsha óz pikir-usınısların bildirip, universitet aldında turǵan áhmiyetli máselelerdi sheshiw ushın birgelikte nátiyjeli jumıs alıp barıw zárúrligin atap ótti.

┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄

⚡️Qoraqalpoq davlat universitetida navbatdagi majlis bo‘lib o‘tdi

🔘Bugun, 4-iyul kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida rektor, akademik A.Reymov rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet prorektorlari, barcha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda yil boshida universitet rektori tomonidan ta’lim tizimi sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ta’lim eksporti salohiyatini kengaytirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

🔘Jumladan, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro grantlarda faol ishtirok etish masalalari yig‘ilish kun tartibining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Shuningdek, yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tijoratlashtirish, mavjud ilmiy salohiyatni real sektor bilan integratsiya qilish, xo‘jalik shartnomalari asosida qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.

🔘Majlis davomida universitet faoliyatida kuzatilgan ayrim kamchiliklar, xususan, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi, xalqaro hamkorlikdagi holatlari ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha prorektorlarga, fakultet dekanlariga aniq vazifalar topshirildi.
Uchrashuv yakunida universitet rektori A.Reymov barcha mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, universitet oldida turgan muhim masalalarni hal etish uchun birgalikda samarali ish olib borish zarurligini ta’kidladi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

💵 “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlar tanlovi

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlatlararo kengash shafeligida, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa hamkor davlatlar prokuratura idoralari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” nomli yoshlar o‘rtasidagi xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilindi.

👥 Tanlovda 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha davlatlar fuqarolari qatnashish huquqiga ega.

✔️Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

➡️Eng yaxshi plakat – kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan holda.
➡️Eng yaxshi rasm – qo‘lda chizilgan ijodiy ish, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan.
➡️Eng yaxshi video – mp4 formatda, 3840x2160 pikseldan ortiq bo‘lmagan, hajmi 300 MB gacha.

🏅Tanlov g‘olib va sovrindorlari tanlov ramzlari tushirilgan faxriy medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikat va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.

🗓 Tanlovga arizalar joriy yining 1-oktabrigacha qabul qilinadi.
🌐 Ariza yuborish: www.anticorruption.life

➡️ Ishtirokchi ariza namunasi

➡️ Batafsil tanlov nizomi

📣 Barchani ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlardı ótkeriw kestesi tastıyıqlandı

Imtixanlar tómendegi kórsetilgen (geolokaciya) orınlarda ótkeriledi:

┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄

⚡️QDUda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish jadvali tasdiqlandi


Imtihonlar quyidagi ko‘rsatilgan(geolokaciya)
joylarda o‘tkaziladi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel