Официальный новостной канал КГУ 🌐: karsu.uz
#IjtimoiyLoyihaTanlovi
Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha loyihalar tanlovi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi eng dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ijtimoiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga kimlar ishtirok etishi mumkin?
Nodavlat notijorat tashkilotlari.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
➖taʼlim tizimini rivojlantirish va sifatini oshirish;
➖ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash;
➖innovatsiyalarni joriy etish va tarqatish;
➖taʼlim jarayonini raqamlashtirish;
➖yosh olimlar va talabalarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
➖inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
➖taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish.
Ishtirokchilarga quyiladigan ➡️talablar.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
♦️ariza;
🔹ijtimoiy buyurtmani bajarishning batafsil tasnifi;
🔹davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
🔹NNT ustavining nusxasi;
♦️qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma;
🔹litsenziya nusxasi.
Tanlov uchun loyihalar ariza namunasi bo‘yicha 2025-yil 1-oktyabrga qadar taqdim etiladi.
▶️Batafsil tanlov nizomida.
Hujjatlarni yuborish manzili:
ijtimoiy-loyiha@edu.uz
Bizni kuzating
“Ikki Renessans davomida bashariyatga muallimlik qilgan xalqimiz orasida ustozlarni e’zozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish eng go‘zal va qadimiy an’analarimizdan biriga aylangan.
Bugun Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bag‘oyat ulug‘ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, siz – aziz ustozlar hamda iste’dodli shogirdlaringizga tayanamiz.
Ishonchim komil, sizlar bilan birga chin dildan harakat qilsak, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot mo‘jizasini albatta yarata olamiz. Oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birga albatta yetamiz!”,
Bizni kuzating
Oliy ta’limdagi islohotlardan asosiy maqsad — O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va ilm-fan habiga aylantirish
Masalan, hozirda 3 ta oliygoh dunyodagi TOP-mingtalikka kirgan. Yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi.
Shu bilan birga, oliygohlarimizda xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi.
Bu maqsadlarga erishish uchun kelgusi yilda 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi.
Xorijlik talabalar soni 5 barobarga oshirilib, ta’lim eksporti 200 million dollarga yetkaziladi.
Bizni kuzating
Ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi
“Izlanib, aniq natijaga erishayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-o‘qituvchilar tashkil etayotgani menga mamnuniyat bag‘ishlaydi”,
“Ko‘rib turibsiz, oliygohdagi olimlarda iqtisodiyotimizni rivojlantiradigan zo‘r-zo‘r ilmiy ishlanmalar, loyihalar bor. Shuning uchun, ilm-fan va biznes vakillarini bir-biri bilan uchrashtirib, manfaatli hamkorlikda ishlaydigan tizim qilamiz. Bundan ilm ham, biznes ham yutadi. Shu bois, ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratamiz”,
Bizni kuzating
Texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi
Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.
Shu bilan birga, texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi.
Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.
Bizni kuzating
Muloqotda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi ta’kidlandi
Hamkor korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual ta’lim orqali ishlayotgan o‘quvchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov ikki barobar qisqartiriladi.
Ayni paytda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, xorijiy investorlar bilan erkin muloqot qilish uchun chet tillarini o‘qitish juda muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi.
Umuman, kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi.
Unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi barcha ma’lumotlar nafaqat o‘zimizning, balki xorijiy ish beruvchilar uchun ham ochiq-oshkora bo‘ladi.
Bizni kuzating
2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi
“Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki bo‘ladi”,
Bizni kuzating
Maktab bitiruvchilari yakuniy imtihon natijasi bilan xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi
“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”,
– dedi Prezident.
Hozirda maktablarda 6,5 million o‘quvchi ta’lim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. Shu bois, so‘nggi sakkiz yilda 500 ga yaqin yangi maktablar qurilgani, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 million o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Xususiy maktablarga katta sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugun 200 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz xususiy maktablarda o‘qiyapti.
Maktab ta’limida yana bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi.
O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi.
Bizni kuzating
Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!
O‘tgan sakkiz yilda ta’lim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz O‘zbekiston tarixida ilk bor 50 milliard dollarlik marradan oshdi.
"Iqtisodiyotimiz barqaror o‘syapti, resurs va zaxiralarimiz ham yetarli.
Bu – bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlar qurish, ta’lim va ilm dargohlarini zamonaviy jihozlash, ustoz va murabbiylarning moddiy manfaatdorligini muntazam oshirib borishning kafolati emasmi?!
Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!",
Bizni kuzating
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda
Tadbirga barcha hududlardan 40 mingdan ziyod pedagoglar ulangan.
So‘zining avvalida davlatimiz rahbari o‘z hayotini yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishdek dunyodagi eng ulug‘ ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha muallim, professor va o‘qituvchilarni – bir millionlik pedagoglar jamoasini ana shu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
O‘tgan hafta jonkuyar o‘qituvchi va murabbiylar, ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlash haqida Prezident farmoni imzolandi.
Ular orasida soha xodimlari bilan bir qatorda o‘z mablag‘i hisobidan ta’lim maskanlari qurgan, ta’mirlagan saxovatpesha tadbirkorlar, ta’limdagi ilg‘or yutuqlarni joriy qilishga ko‘maklashayotgan xorijiy hamkorlarimiz, hududida ta’lim rivoji uchun zarur sharoit yaratib berayotgan hokimlar ham bor.
Davlatimiz rahbari yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga topshirdi.
Bizni kuzating
2025-yil 13-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
➖ Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
➖ Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
➖ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
➖ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining akademik mobilligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Bizni kuzating
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev FIFA rahbarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Davlatimiz rahbariga fintex sohasini rivojlantirishga oid rejalar taqdimot qilindi. O‘zbekiston va Qatar yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev FIFA basshısın «Dóstlik» ordeni menen sıylıqladı. Mámleketimiz basshısına fintex tarawın rawajlandırıwǵa baylanıslı rejeler tanıstırıldı. Ózbekstan hám Qatar jetekshileri telefon arqalı sóylesti.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев наградил главу ФИФА орденом «Дўстлик». Главе государства доложено о планах по развитию финтеха. Лидеры Узбекистана и Катара провели телефонный разговор.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev awarded the FIFA President with the “Dustlik” Order. The Head of State was briefed on plans for the development of fintech.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
Nókis qalasında Qol urısınıń R1 jónelisi boyınsha Professional sportshılar arasında «Aralboyı kubogı» xalıqaralıq turniri ótkerildi
Nókis qalasındaǵı oraylıq amfiteatrda Qol urısınıń R1 jónelisi boyınsha Professional sportshılar arasında «Aralboyı kubogı» xalıqaralıq turniri jarısları bolıp ótti.
Onda Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń Baslıǵı Amanbay Orınbaev shıǵıp sóylep, barlıq qatnasıwshılarǵa áwmet tiledi.
Bunnan soń turnir bellesiwlerine start berildi. Onda Ázerbayjan, Belarus, Qırǵızstan, Rossiya, Túrkiya hám Italiya mámleketlerinen profesional sportshılar qatnastı
Tolıq oqıw
—
Nukus shahrida Qo‘l jangining R1 yo‘nalishi bo‘yicha Professional sportchilar orasida «Orolbo‘yi kubogi» xalqaro turniri o‘tkazildi
Nukus shahridagi markaziy amfiteatrda Qo‘l urushining R1 yo‘nalishi bo‘yicha Professional sportchilar o‘rtasida «Orolbo‘yi kubogi» xalqaro turniri musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Bundan so‘ng turnir bellashuvlariga start berildi. Unda Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va Italiya davlatlaridan professional sportchilar ishtirok etdi.
To‘liq o‘qish
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde gúz-qıs máwsimine tayarlıq jumısları úyrenildi
🟡Búgin, 13-sentyabr kúni Ózbekstan Respublikası Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalar ministrligi tárepinen joqarı bilimlendiriw mákemelerinde gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq processlerin úyreniw maqsetinde shólkemlestirilgen Respublikalıq jumısshı topar aǵzası B.Boboxujayev Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde boldı.
🟡Bul jerde Respublikalıq jumısshı topar wákilinen tısqarı Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalar ministrliginiń bas qánigesi B.Ótambetov hám universitettiń juwapker xızmetkerleri de qatnastı. Olar birgelikte studentlerdiń qolaylı sharayatlarda bilim alıwın támiyinlew maqsetinde studentler turaq jaylarında bar infrastruktura hám qáwipsizlik sistemaları menen tanıstı.
🟡Sonıń ishinde, ısıtıw sistemalarınıń tayarlıǵı, tábiyiy gaz hám elektr energiyası támiynatında úzilislerdiń aldın alıw boyınsha ámelge asırılıp atırǵan jumıslar, ishimlik suwı sistemasınıń jaǵdayı, órt qáwipsizligi úskeneleri hám signalizaciya qurallarınıń islew dárejesi kózden ótkerildi.
🟡Sonday-aq, máwsimlik ońlaw jumısları, jıllılıqtı saqlap turıw ilajlarınıń kórilgeni, studentler hám xızmetkerler ushın qolaylı sharayatlardıń jaratılıw jaǵdayları ayrıqsha itibarǵa alındı. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde gúzgi-qısqı máwsimge tayarlıq jumısları izbe-iz dawam ettirilmekte.
⚡️Qoraqalpoq davlat universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
🟡Bugun, 13-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi a’zosi B.Boboxo‘jayev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.
🟡Bu yerda Respublika ishchi guruhi vakilidan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bosh mutaxassisi B.O‘tambetov va universitetning mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi. Ular birgalikda talabalarning qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash maqsadida talabalar turar joylarida mavjud infratuzilma va xavfsizlik tizimlari bilan tanishdi.
🟡Jumladan, isitish tizimlarining shayligi, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minotida uzilishlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ichimlik suvi tizimining holati, yong‘in xavfsizligi uskunalari va signalizatsiya vositalarining ishlash darajasi ko‘zdan kechirildi.
🟡Shuningdek, mavsumiy ta’mirlash ishlari, issiqlikni saqlab turish choralari ko‘rilgani, talabalar va xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan holatlar alohida e’tiborga olindi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⛈Isbilermenler dıqqatına!
Isbilermenlerdiń múrájatların hám mashqalaların úyrenip, unamlı sheshimin tabıw maqsetinde arnawlı múrájat botı ashılǵanlıǵın xabarlaymız.
Tadbirkorlarning murojaatlari va muammolarini o‘rganib, ijobiy yechim topish maqsadida maxsus murojaat boti ochilganligini ma’lum qilamiz.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
⚡️Tyutorlardıń qánigeligin arttırıwǵa qaratılǵan oqıw seminarı bolıp ótti
🟢Student hám oqıwshılardıń sociallıq belsendiligin arttırıw orayında joqarı bilimlendiriw shólkemlerinde jumıs alıp barıp atırǵan tyutorlardıń kásiplik mamanlıǵın arttırıwǵa qaratılǵan oqıw seminarı shólkemlestirildi. Bul seminarda Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń tyutorları da belsene qatnastı. Seminarda qatnasıwshılar bilimlendiriw procesinde student-jaslardıń bilim alıwǵa bolǵan qızıǵıwshılıǵın arttırıw, olardı sociallıq turmısqa jedel tartıw, sonday-aq, zamanagóy pedagogikalıq qatnaslar tiykarında tyutorlıq jumısın nátiyjeli shólkemlestiriw boyınsha jańa tájiriybeler menen tanıstı.
🟢Qánigeler tárepinen ótkerilgen lekciya hám ámeliy sabaqlarda student-jaslardıń jeke rawajlanıwına járdemlesiw, olardıń bos waqtın mazmunlı ótkeriwde tyutorlardıń ornı, sonday-aq, sanlı bilimlendiriw qurallarınan paydalanıw imkaniyatları keńnen sáwlelendirip berildi. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti tyutorları seminarda belsene qatnasıp, alıp barılıp atırǵan jumısları haqqında maǵlıwmat berdi. Olar universitette studentler menen islesiwde qollanılıp atırǵan innovaciyalıq kózqaraslar, sonıń ishinde, sociallıq joybarlar hám ruwxıy-aǵartıwshılıq ilajlardıń nátiyjelerin usındı. Bul seminar tyutorlardıń bilim hám kónlikpelerin jańalaw, olar arasında tájiriybe almasıwdı jolǵa qoyıw, bilimlendiriwdiń sapasın arttırıwǵa xızmet etetuǵın áhmiyetli qádem boldı.
⚡️Tyutorlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
🟢Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining tyutorlari ham faol ishtirok etdi. Seminarda ishtirokchilar ta’lim jarayonida talaba-yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yangi tajribalar bilan tanishdi.
🟢Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda talaba-yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda tyutorlarning o‘rni, shuningdek, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari keng yoritib berildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tyutorlari seminarda faol ishtirok etib, olib borilayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi. Ular universitetda talabalar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, jumladan, ijtimoiy loyihalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar natijalarini taqdim etdi. Mazkur seminar tyutorlarning bilim va ko‘nikmalarini yangilash, ular o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
Kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi
Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:
➖yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;
➖kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;
➖o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
➖kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;
➖fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;
➖bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
➖dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
➖reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.
Bizni kuzating
Muhandislik tanlovlari oliy ta’limning har bir yo‘nalishida o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi
O‘tgan yili muhandislik oliygohlari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda ixtirochilar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi.
Kuni kecha to‘qqizta yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga elektromobil berildi. Ikkinchi o‘rin sohiblari xorijga stajirovkaga yuboriladi, uchinchi o‘rinni egallaganlar esa pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Endi bunday tanlovlar oliy ta’limning har bir yo‘nalishida, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi. G‘oliblarga 250 million so‘mgacha pul mukofoti beriladi.
Respublika tanlovida eng ko‘p g‘oliblari bo‘lgan oliygohlarga zamonaviy laboratoriya, ilmiy adabiyotlar va boshqa jihozlar uchun 1 milliard so‘mdan beriladi.
Bizni kuzating
So‘nggi sakkiz yilda oliygohlar soni 77 tadan 202 taga, jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi.
Oliy ta’limda “o‘qishga kiritib qo‘yish” degan o‘ta salbiy illatga to‘liq barham berildi. Yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.
Professor-o‘qituvchilarning oyligi salmoqli darajada oshib, oliygoh muallimi bo‘lish ko‘pchilikning orzusiga aylandi.
Keyingi paytlarda aniq va tabiiy fanlarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda “ToshTech”, Bauman universiteti filiali, Olmaliq davlat texnika institutini ochish bo‘yicha qarorlar imzolandi. Xorazmda Al-Xorazmiy universitetiga tamal toshi qo‘yildi. Qolgan hududlarda ham uning filiallari bo‘ladi.
Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv ishlari faqat 2,5-3 ming metr chuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinchi marta Ustyurtda 6,5 ming metr yer qa’rini burg‘ilab, juda katta gaz zaxirasi topildi.
Yangi industrial davr – “to‘rtinchi sanoat inqilobi”ni amalga oshirish uchun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir necha karra ko‘paymoqda. Tahlillarga ko‘ra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10-15 foizi mintaqamizga to‘g‘ri keladi.
“Ushbu ulkan resurslarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirish uchun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak”,
Bizni kuzating
Bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi
O‘tgan hafta imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Ular 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishi bo‘yicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yo‘naltiradi.
Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga o‘tib, maktabda o‘qish fikridan qaytgan yoshlar ham ta’limni texnikumda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi.
“Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning ro‘zg‘ori but bo‘ladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi”,
Bizni kuzating
“Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ularning eng ilg‘or kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilinishi belgilandi.
Bundan tashqari, kasbiy ko‘nikmasi bor istalgan talabgor ushbu texnikumlarda xorijiy davlatlarning malakani baholash tizimi orqali imtihondan o‘tib, xalqaro sertifikat olishi mumkin bo‘ladi.
Joriy o‘quv yilidan Angliyaning “Pearson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BTEC” xalqaro dasturi boshlandi. Bu orqali yoshlar xalqaro standartlar asosida turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qurilish, logistika, elektrotexnika, energetika, mashinasozlik, biotexnologiya, kreativ iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda talab yuqori kasblarni egallaydi.
Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
Korxonalar bilan aniq loyihalari bo‘lgan texnikumlar o‘rtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qilish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga ustaxona uchun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.
Bizni kuzating
Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish
Har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olyapti.
Masalan, 2016-yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili birgina xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.
Endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.
“Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘g‘il-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti.– dedi Prezident.
Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan bo‘lgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.
Yoki Oksford universiteti doktoranti Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyatini yo‘qotgan o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha innovatsion metodika yaratdi. Germaniya va AQSHdagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari bu metodikadan foydalanayotgani bizni quvontiradi.
Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish. Buning uchun har qanday sharoitlarni yaratib berishga tayyorman”,
Bizni kuzating
Yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi
Hozirda 7 mingdan ortiq davlat bog‘chalarida 120 mingga yaqin pedagoglar bo‘lgani bilan ularning atigi 34 foizi oliy ma’lumotga ega. Lekin hozirda tarbiyachilarning maktab o‘qituvchilari kabi toifa olishi uchun oliygoh diplomi talab etiladi. Shu sababli oliy ma’lumotli bilan o‘rta ma’lumotli tarbiyachining oyligida farq bor.
Shu bois, davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi.
Yana bir yangilik. Xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.
Eng muhimi, yangi metodikalarni o‘rganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bog‘cha tarbiyachilariga ham doimo ochiq bo‘ladi.
Bizni kuzating
Iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!
So‘nggi sakkiz yilda ta’lim va tarbiya sohasida ham o‘n yillarga teng keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishilgani ta’kidlandi.
O‘tgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra o‘sdi, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi ham yil oxirigacha 130 milliard dollar bo‘ladi.
Barcha tarmoqlarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar kirib kelayotgani hisobiga bu yil eksport 25 milliard dollarga olib chiqiladi. O‘tgan 8-yilda esa mamlakatimizga 130 milliard dollar xorijiy sarmoya kiritildi.
E’tiborlisi, ilgari investitsiya asosan xomashyo resurslariga kiritilgan bo‘lsa, hozir har bir sohada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirilyapti.
“Men bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nima uchun ko‘p to‘xtalyapman? Chunki iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!”,
Bizni kuzating
2025-yil 13-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
➖ Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
➖ Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
➖ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
➖ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining akademik mobilligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Bizni kuzating
⚡️Bilimlendiriw: Keshe hám búgin
*****
⚡️Ta’lim: Kecha va bugun
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi hamda o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
Tadbirda davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi hamda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va murabbiylarni yanada qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
Tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga!
Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Bizni kuzating
⚡️QMUda "Quwnaqlar hám ziyrekler" tańlawınıń saylap alıw basqıshı bolıp ótti
🟢Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde jaslardıń dóretiwshilik qábiletlerin hám házil-kúlki sheberligin kórsetiw, olardıń erkin pikirlewin qollap-quwatlaw hám jámiyetshilik ruwxın bekkemlew maqsetinde "Quwnaqlar hám ziyrekler" tańlawınıń saylap alıw basqıshı festivalı bolıp ótti.
🟢Bul ilajda Nókis qalasındaǵı joqrı oqıw orınlarınan, sonday-aq, mákeme shólkemlerden dúzilgen komandalar óz-ara bellesip, saxnalıq kórinisler, házil shıǵıwlar hám dóretiwshilik baǵdarlamalar arqalı qatnasıwshılar hám tamashagóylerge kóterińki keypiyat baǵıshladı.
Onda Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń "Jayhun" komandası da, belsene qatnasıp, ózine tán jámiyetlik turmıstaǵı áhmiyetli máselelerdi házil arqalı sáwlelendiriwge háreket etti.
Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining "Jayhun" jamoasi ham faol ishtirok etib, o‘ziga xos ijtimoiy hayotdagi muhim masalalarni hazil orqali yoritishga harakat qildi.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
#Studentke_qolaylıq
#Jas_jurnalistler_klubı
#Imkaniyat_joybarı◾️
Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinıń Studentler turaq jayında student-jaslar ushın jaratılǵan sharayatlar.
️Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Talabalar turar joyida talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar.
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń: