www_karsu_uz | Unsorted

Telegram-канал www_karsu_uz - KARSU.UZ

21108

Официальный новостной канал КГУ 🌐: karsu.uz

Subscribe to a channel

KARSU.UZ

⚡️KORRUPCIYAǴA QARSÍ GÚRESIWGE BAYLANÍSLÍ NÍZAM HÚJJETLERINIŃ MAZMUNÍ HAQQÍNDA

🔘Búgingi kúnde mámleketimizde korrupciyaǵa qarsı gúresiw boyınsha bir qansha is-ilajalar ámelge asırılmaqta. Tiykarınan bul «Korrupciyaǵa qarsı gúresiw haqqında»ǵı Nızamı bolıp tabıladı. «Korrupciyaǵa qarsı gúresiw haqqında»ǵı Nızamnıń maqseti korrupciyaǵa qarsı gúresiw tarawındaǵı qatnasıqlardı tártipke salıwdan ibarat. Korrupciyaǵa qarsı gúresiw haqqındaǵı nızamshılıq bul Nızam hám basqa nızamshılıq hújjetleri menen tártipke salınadı.

🔘Eger Ózbekstan Respublikasınıń xalıq aralıq shártnamasında korrupciyaǵa qarsı gúresiw haqqındaǵı nızamshılıqta názerde tutılǵanınan basqasha qaǵıydalar belgilengen bolsa, xalıq aralıq shártnama qaǵıydaları qollanıladı.

🔘Bul Nızamda tómendegishe tiykarǵı túsinikler qollanıladı:
korrupciya – shaxstıń óz lawazım yaki xızmet dárejesinen jeke máplerin yamasa ózge shaxslardıń máplerin kózlep (materiallıq yaki materiallıq emes) payda alıw maqsetinde nızamǵa qılap ráwishte paydalanıwı, sonday-aq bunday paydanı nızamǵa qayshı túrde usınıw;

➡️Tolıq oqıw

⚡️KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA DOIR QONUN HUJJATLARI MAZMUNI TO‘G‘RISIDA

🔘Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Asosan bu "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun hisoblanadi. "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

🔘Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

🔘Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab (moddiy yoki nomoddiy) foyda olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek bunday foydani qonunga xilof ravishda taqdim etishi;

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda Student jaslar ushın “Ideyadan startapqa shekem” atamasında seminar-trening ótkerildi

🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde universitet student jaslarınıń ilimiy hám innovaciyalıq ideyaların, dóretiwshilik sheberliklerin arttırıw, usı tarawdaǵı perspektivalı joybarlardı dáslepki basqıshta anıqlaw hám olardı qollap-quwatlaw, respublikada student-jaslar ushın járiyalanǵan tańlawlar (“Bolajaq alım”, “InnoX biznes inkuvator” baǵdarlaması h.t.b.) hám olardıń ótkeriliw tártipleri menen tanıstırıw maqsetinde Ilimiy innovaciyalıq islenbelerdi kommerciyalizaciyalastırıw bólimi baslıǵı Jangabaev Jumabek hám Nókis jaslar texnoparki jetekshi qánigesi Kereev Erlan tárepinen “Ideyadan startapqa shekem” atamasında seminar-trening shólkemlestirildi.

🤔Seminar-treningde búgingi kúnde mámleketimizde student-jaslardıń innovaciyalıq ideyaların, olardıń kreativ pikirlewleri nátiyjesinde jaratılǵan islenbelerin qollap-quwatlaw boyınsha ámelge asırılıp atırǵan jumıslar, student-jaslar ushın járiyalanıp atırǵan startap joybarları tańlawları, olarda qatnasıw shártleri boyınsha maǵlıwmatlar berildi. Seminar-trening dawamında student-jaslar startaplardı jaratıw basqıshlarındaǵı áhmiyetli máseleler, óz ideyaların usınıw, tájiriybeli mentorlar menen pikir almasıw hám óz joybarların ámelge asırıw boyınsha sorawlarına tiyisli juwapların aldı.

⚡️QDUda Talaba yoshlar uchun "G‘oyadan startapgacha" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

🤔Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida universitet talaba yoshlarining ilmiy va innovatsion g‘oyalarini, ijodiy mahoratlarini oshirish, ushbu sohadagi istiqbolli loyihalarni dastlabki bosqichda aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, respublikada talaba yoshlar uchun e’lon qilingan tanlovlar ("Bo‘lajak olim," "InnoX biznes inkubator" dasturi va h.k.) va ularni o‘tkazish tartiblari bilan tanishtirish maqsadida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Jangabaev Jumabek va Nukus yoshlar texnoparki yetakchi mutaxassisi Kereev Erlan tomonidan "G‘oyadan startapgacha" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🤔Seminar-treningda bugungi kunda mamlakatimizda talaba-yoshlarning innovatsion g‘oyalarini, ularning kreativ fikrlashlari natijasida yaratilgan ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, talaba-yoshlar uchun e’lon qilinayotgan startap loyihalar tanlovlari, ularda ishtirok etish shartlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Seminar-trening davomida talaba-yoshlar startaplarni yaratish bosqichlaridagi dolzarb masalalar, o‘z g‘oyalarini taqdim etish, tajribali mentorlar bilan fikr almashish va o‘z loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha savollariga tegishli javoblarini oldi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#qabul2025 #super_kontrakt

Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

➖qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

#qabul2025 #imkoniyat

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;

🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Jas_jurnalistler_klubı
#Dayjest◾️

Dayjest: Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetindegi eń sońǵı jańalıqlar menen tanısıp barıń.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Avtomobilsiz_kun

Faqat manzilga emas, ekologik toza kelajak tomon yuring!

Hurmatli davlat xizmatchisi, siz har kuni ishga avtomobilda kelasizmi? Biroz to‘xtab, o‘ylab ko‘ring.

Jamoat transporti — faqat manzilga emas, balki yanada yaxshiroq hayot tarziga olib boradi:

1️⃣ Sog‘lom hayot — piyoda yurasiz, ko‘proq harakatda bo‘lasiz;

2️⃣ Toza havo — shaxsiy avto mashinalar kamaysa, atrof-muhit sog‘lomlashadi, bu esa kislorodli havodan nafas olishingizga yordam beradi;

3️⃣ Kamroq stress — tirbandliklarsiz, xuddi maroqli sayohat kabi o‘z manzilingizga yetib olasiz;

4️⃣ Iqtisod — mashinangiz uchun yoqilg‘i, ta’mirlash va boshqa xarajatlardan xalos bo‘lasiz, daromadingizning bu qismini yanada foydali maqsadlarga yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi.

Unutmang, siz namunasiz!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

«Jańa Ózbekstannıń keleshegi ushın hámmemiz juwapkermiz» atamasında ruwxıy-aǵartıwshılıq ilajı ótkerildi

Student-jaslardı Watansúyiwshilik ruwxında tárbiyalaw, elimizdiń tınıshılıǵın, xalqımızdıń abadanlıǵın, milletleraralıq  doslıq hám tatıwlıqtı támiyinlew, tálim-tárbiyanı úgit-násiyatlawǵa qaratılǵan «Jańa Ózbekstannıń keleshegi ushın hámmemiz juwapkermiz» atamasında ruwxıy-aǵartıwshılıq ilajı ótkerildi.


➡️Tolıq oqıw

"Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Talaba-yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, millatlararo do‘stlik va totuvlikni ta’minlash, ta’lim-tarbiyani targ‘ib etishga qaratilgan "Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde voleybol boyınsha jarıs bolıp ótpekte


⚡️Qoraqalpoq davlat universitetida voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Shet tilleri fakulteti studentleri Respublika kitapxanasına bardı

🔘Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Shet tilleri fakulteti Inglis tili hám ádebiyatı kafedrası 1-kurs studentleri Respublikalıq kitapxanaǵa bardı. Ekskurciya kafedra oqıtıwshıları G.Kewlimjaeva hám K.Qurbanbaevalar basshılıǵında ótkerildi. Sapar dawamında student-jaslar kitapxananıń bay kitap fondı, zamanagóy elektron resurslar, ilimiy-izertlew jumısları ushın jaratılǵan imkaniyatlar menen tanıstı.

🔘Ásirese, shet el ádebiyatları bólimine ayrıqsha itibar qaratılıp, inglis tilindegi kitap hám jurnallar orın alǵan bolıp, bul studentlerdiń bilimin tereńlestiriw hám olardıń lingvistikalıq kompetenciyasın rawajlandırıwǵa xızmet etedi. Kitapxanaǵa keliw birinshi kurs oqıwshılarınıń bilimlendiriw hám mádeniy turmısında áhmiyetli waqıya boldı.

🔘Studentlerdiń atap ótiwinshe, sayaxat olardıń dúnyaǵa kózqarasın keńeytti, ilimiy ádebiyatlardı oqıwǵa hám óz betinshe úyreniwge qızıǵıwshılıǵın arttırdı. Oqıtıwshılar bunday ilajlar bolajaq qánigelerde derekler menen islesiw kónlikpelerin qáliplestiriw, izertlew qábiletin rawajlandırıw hám kitapqumarlıqtı tárbiyalawǵa xızmet etetuǵının atap ótti.

⚡️Chet tillari fakulteti talabalari Respublika kutubxonasiga bordi

🔘Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillari fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 1-kurs talabalari Respublika kutubxonasiga tashrif buyurdi. Ekskursiya kafedra o‘qituvchilari G.Kewlimjaeva va K.Kurbanbaevalar rahbarligida o‘tkazildi. Tashrif davomida talaba-yoshlar kutubxonaning boy kitob fondi, zamonaviy elektron resurslar, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

🔘Ayniqsa, xorijiy adabiyotlar bo‘limiga alohida e’tibor qaratilib, ingliz tilidagi kitob va jurnallar o‘rin olgan bo‘lib, bu talabalarning bilimini chuqurlashtirish va ularning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kutubxonaga kelish birinchi kurs o‘quvchilarining ta’lim va madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi.

🔘Talabalarning ta’kidlashicha, sayohat ularning dunyoqarashini kengaytirdi, ilmiy adabiyotlarni o‘qishga va mustaqil o‘rganishga qiziqishini oshirdi. O‘qituvchilar bunday tadbirlar bo‘lajak mutaxassislarda manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirish va kitobxonlikni tarbiyalashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Ámiwdárya rayonında pitkeriwshilerdiń bántligin támiyinlew jumısları alıp barılmaqta

Usı jıldıń 19-sentyabr kúni Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Ózbek filologiyası fakulteti dekanı professor-oqıtıwshılar menen birgelikte Ámiwdárya rayonında bolıp, Kámbaǵallıqtı qısqartıw hám bántlikke kómeklesiw bólimi xızmetkerleri, máhálle baslıǵı, hákim járdemshileri, jaslar jetekshileri hám pitkeriwshi jaslar menen ushırastı.

Fakultet dekanı M.Kurbaniyazov hám professor-oqıtıwshılar - O.Boltaboyev, A.Bobojonovlar “Qipchoq”, “To‘lqin”, “Oq oltin”, “Tosh-yop”, “Qilichboy”, “Xizreli”, “Ayoqchi”, “Xolimbeg” sıyaqlı awıl puqaralar jıyınlarına, sonday-aq, “Navoiy”, “Farovon”, “Yangiobod”, “Beruniy”, “Olmazor” sıyaqlı máhállelerge barıp, máhálle baslıǵı, hákim járdemshileri, jaslar jetekshileri hám pitkeriwshi jaslar menen ushırasıw ótkerdi.

M.Kurbaniyazov basshılıǵındaǵı jumısshı topar 2024-2025-oqıw jılında universitetti pitkergen, biraq túrli sebeplerge bola usı kúnge shekem bántligi támiyinlenbegen pitkeriwshiler máselesin máhállelerde dodaladı. Bul baǵdarda jaslarǵa jaratılǵan sharayatlar úyrenildi, máhálle juwapkerlerine tiyisli usınıslar berildi. Nátiyjede universitettiń bir topar pitkeriwshi jaslarınıń bántligi támiyinleniwine tiykar jaratıldı.


⚡️Amudaryo tumanida bitiruvchilar bandligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda

Joriy yilning 19-sentabr kuni Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda Amudaryo tumanida bo‘lib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari, mahalla raisi, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdilar.

Fakultet dekani M.Kurbaniyazov va professor-o‘qituvchilar – O.Boltaboyev, A.Bobojonovlar “Qipchoq”, “To‘lqin”, “Oq oltin”, “Tosh-yop”, “Qilichboy”, “Xizreli”, “Ayoqchi”, “Xolimbeg” kabi ovul fuqarolar yig‘inlariga, shuningdek “Navoiy”, “Farovon”, “Yangiobod”, “Beruniy”, “Olmazor” singari mahallalarga borib, mahalla raisi, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

M.Kurbaniyazov boshchiligidagi ishchi guruh 2024-2025-o‘quv yilida universitetni tamomlagan, biroq turli sabablarga ko‘ra shu kunga qadar bandligi ta’minlanmagan bitiruvchilar masalasini mahallalarda muhokama qildilar. Bu borada yoshlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi, mahalla mas’ullariga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Natijada universitetning bir guruh bitiruvchi yoshlarining bandligi ta’minlanishiga zamin hozirlandi.


Ózbek filologiyası fakulteti Jaslar menen islesiw boyınsha dekan orınbasarı S.Serikbaev

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Tyutorlardıń qánigeligin arttırıwǵa qaratılǵan oqıw seminarı bolıp ótti

🟢Student hám oqıwshılardıń sociallıq belsendiligin arttırıw orayında joqarı bilimlendiriw shólkemlerinde jumıs alıp barıp atırǵan tyutorlardıń kásiplik mamanlıǵın arttırıwǵa qaratılǵan oqıw seminarı shólkemlestirildi. Bul seminarda Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń tyutorları da belsene qatnastı. Seminarda qatnasıwshılar bilimlendiriw procesinde student-jaslardıń bilim alıwǵa bolǵan qızıǵıwshılıǵın arttırıw, olardı sociallıq turmısqa jedel tartıw, sonday-aq, zamanagóy pedagogikalıq qatnaslar tiykarında tyutorlıq jumısın nátiyjeli shólkemlestiriw boyınsha jańa tájiriybeler menen tanıstı.

🟢Qánigeler tárepinen ótkerilgen lekciya hám ámeliy sabaqlarda student-jaslardıń jeke rawajlanıwına járdemlesiw, olardıń bos waqtın mazmunlı ótkeriwde tyutorlardıń ornı, sonday-aq, sanlı bilimlendiriw qurallarınan paydalanıw imkaniyatları keńnen sáwlelendirip berildi. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti tyutorları seminarda belsene qatnasıp, alıp barılıp atırǵan jumısları haqqında maǵlıwmat berdi. Olar universitette studentler menen islesiwde qollanılıp atırǵan innovaciyalıq kózqaraslar, sonıń ishinde, sociallıq joybarlar hám ruwxıy-aǵartıwshılıq ilajlardıń nátiyjelerin usındı. Bul seminar tyutorlardıń bilim hám kónlikpelerin jańalaw, olar arasında tájiriybe almasıwdı jolǵa qoyıw, bilimlendiriwdiń sapasın arttırıwǵa xızmet etetuǵın áhmiyetli qádem boldı.

⚡️Tyutorlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

🟢Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining tyutorlari ham faol ishtirok etdi. Seminarda ishtirokchilar ta’lim jarayonida talaba-yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yangi tajribalar bilan tanishdi.

🟢Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda talaba-yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda tyutorlarning o‘rni, shuningdek, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari keng yoritib berildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tyutorlari seminarda faol ishtirok etib, olib borilayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi. Ular universitetda talabalar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, jumladan, ijtimoiy loyihalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar natijalarini taqdim etdi. Mazkur seminar tyutorlarning bilim va ko‘nikmalarini yangilash, ular o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi

Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:

➖yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

➖kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

➖o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

➖kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;

➖fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;

➖bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;

➖dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;

➖reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Muhandislik tanlovlari oliy ta’limning har bir yo‘nalishida o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi

O‘tgan yili muhandislik oliygohlari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda ixtirochilar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Kuni kecha to‘qqizta yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga elektromobil berildi. Ikkinchi o‘rin sohiblari xorijga stajirovkaga yuboriladi, uchinchi o‘rinni egallaganlar esa pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Endi bunday tanlovlar oliy ta’limning har bir yo‘nalishida, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi. G‘oliblarga 250 million so‘mgacha pul mukofoti beriladi.

Respublika tanlovida eng ko‘p g‘oliblari bo‘lgan oliygohlarga zamonaviy laboratoriya, ilmiy adabiyotlar va boshqa jihozlar uchun 1 milliard so‘mdan beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

So‘nggi sakkiz yilda oliygohlar soni 77 tadan 202 taga, jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi.

Oliy ta’limda “o‘qishga kiritib qo‘yish” degan o‘ta salbiy illatga to‘liq barham berildi. Yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.

Professor-o‘qituvchilarning oyligi salmoqli darajada oshib, oliygoh muallimi bo‘lish ko‘pchilikning orzusiga aylandi.

Keyingi paytlarda aniq va tabiiy fanlarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda “ToshTech”, Bauman universiteti filiali, Olmaliq davlat texnika institutini ochish bo‘yicha qarorlar imzolandi. Xorazmda Al-Xorazmiy universitetiga tamal toshi qo‘yildi. Qolgan hududlarda ham uning filiallari bo‘ladi.

Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv ishlari faqat 2,5-3 ming metr chuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinchi marta Ustyurtda 6,5 ming metr yer qa’rini burg‘ilab, juda katta gaz zaxirasi topildi.

Yangi industrial davr – “to‘rtinchi sanoat inqilobi”ni amalga oshirish uchun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir necha karra ko‘paymoqda. Tahlillarga ko‘ra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10-15 foizi mintaqamizga to‘g‘ri keladi.

“Ushbu ulkan resurslarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirish uchun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak”,

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi

O‘tgan hafta imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.

Ular 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishi bo‘yicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yo‘naltiradi.

Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga o‘tib, maktabda o‘qish fikridan qaytgan yoshlar ham ta’limni texnikumda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi.

“Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning ro‘zg‘ori but bo‘ladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi”,

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Djoldasov Akbar Batirovichning arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Joriy yilning 27-sentyabr kuni soat 11:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD/03/30.07.2024.A.20.11 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash majlisi universitetning Axborot-resurs markazining 3-etajida bo‘lib o‘tadi. Majlisda Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Djoldasov Akbar Batirovichning «Quyi Amudaryo mintaqasi karvon yo‘llaridagi inshootlar tipologiyasi» mavzusidagi arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tadi.


⚡️Djoldasov Akbar Batirovichtiń arxitektura ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) dissertaciya jumısı qorǵalıwı haqqında

Usı jıldıń 27-sentyabr kúni saat 11:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı PhD/03/30.07.2024.A.20.11 sanlı Ilimiy keńeste 18.00.01 – Arxitektura teoriyası hám tariyxı. Arxitektura esteliklerin restovraciyası qánigeligi (PhD) boyınsha Ilimiy keńes májilisi universitettiń málimleme-resurs orayınıń 3-etajında ótkeriledi. Májiliste Qaraqalpaq mámleketlik universiteti erkin izleniwshisi, Djoldasov Akbar Batırovichtıń «Tómengi Ámiwdárya regionı kárwan jollarındaǵı inshoatlar tipologiyası» degen temadaǵı arxitekura ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın tayarlanǵan dissertaciyasın qorǵaw bolıp ótedi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

📣📣📣 DÍQQAT! DAǴAZA!📣📣📣

Usı jıldıń 24-sentyabr kúni saat 15:00 de Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 sanlı Ilimiy keńesi qasındaǵı 10.00.03 – Qaraqalpaq tili qánigeligi boyınsha Ilimiy seminar májilisi Málimleme resurs orayında bolıp ótedi. Májiliste Qaraqalpaq til bilimi kafedrasınıń erkin izleniwshisi Serikbayeva Akmaral Saxratdinovnanıń «Taxtakópir rayonı toponimleriniń semantikası hám qurılısı» temasındaǵı filologiya ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın tayarlanǵan dissertaciyasınıń talqılawı bolıp ótedi.


Zoom:
https://zoom.us/j/97038167271?pwd=LKbFPisS9Sz7sSUTk2Nx5OgjfmsKqz.1

📣📣📣DIQQAT! E’LON!📣📣📣

Joriy yilning 24-sentabr kuni soat 15:00 da Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengashi huzuridagi 10.00.03 – Qoraqalpoq tili mutaxassisligi bo‘yicha Ilmiy seminar majlisi Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tadi. Majlisda Qoraqalpoq davlat universiteti erkin izlanuvchisi Serikbayeva Akmaral Saxratdinovnaning «Taxtako‘pir tumani toponimlarining semantikasi va tuzilishi » mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Zoom: https://zoom.us/j/97038167271?pwd=LKbFPisS9Sz7sSUTk2Nx5OgjfmsKqz.1

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️«Jas jurnalistler» klubında ushırasıw

🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Jurnalistika kafedrası hám Ózbekstan jurnalistler awqamı Qaraqalpaqstan bólimi menen birgelikte shólkemlestirilgen «Jas jurnalistler» klubında jańa oqıw jılınnıń birinshi ushırasıwı bolıp ótti. Klubǵa miymat etip bıyılǵı 2025-jılǵı «Oltin qalam» milliy sıylıǵınıń jeńimpazı telejurnalist, Ózbekstan teleradio kompaniyası Qaraqalpaqstan telekanalı bas redaktorı Zulfiya Jabbarbergenova hám "Do‘stlik" ordeni iyesi, Nókis tele orayı vedio montaj bólimi aǵa elektromexanigi Rayxan Amangeldieva mirát etildi.

🤔Ushırasıwda «Jas jurnalistler» klubı baslıǵı docent Ziyada Qojıqbaeva, Ózbekstan jurnalistler awqamı Qaraqalpaqstan bólimi baslıǵı Dawıt Abibullaev ótkerilip atırǵan ushırasıwdıń áhmiyeti hám mámleketimiz tárepinen jurnalistika baǵdarındaǵı jańa ózgerisler tuwralı aytıo ótti. Telejurnalistikanıń jazılǵan hám jazılmaǵan qaǵıydaları, kadr artındaǵı mashaqatlı miynet, operator, redaktor hám rejisser ortasındaǵı dóretiwshilik process. Ásirese, efir juwapkershiligi boyınsha aytılǵan pikirler soraw-juwaplarǵa tiykar boldı.

➡️Tolıq oqıw

⚡️"Yosh jurnalistlar" klubida uchrashuv

🤔Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Jurnalistika kafedrasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan "Yosh jurnalistlar" klubida yangi o‘quv yilining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Klubga mehmon sifatida joriy yilgi 2025 yilgi "Oltin qalam" milliy mukofoti sovrindori telejurnalist, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston telekanali bosh muharriri Zulfiya Jabborbergenova va "Do‘stlik" ordeni sohibasi, Nukus tele markazi video montaj bo‘limi katta elektromexanigi Rayxon Amangeldiyeva taklif etildi.

🤔Uchrashuvda "Yosh jurnalistlar" klubi raisi dotsent Ziyoda Qo‘jiqboyeva, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi Dawıt Abibullaev o‘tkazilayotgan uchrashuvning ahamiyati va davlatimiz tomonidan jurnalistika yo‘nalishidagi yangi o‘zgarishlar haqida so‘zlab o‘tdi. Telejurnalistikaning yozilgan va yozilmagan qoidalari, kadr ortidagi mashaqqatli mehnat, operator, muharrir va rejissyor o‘rtasidagi ijodiy jarayon. Ayniqsa, efir mas’uliyati yuzasidan bildirilgan fikrlar savol-javoblarga asos bo‘ldi.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabrikladi. Davlatimiz rahbari Namangan viloyatining ijtimoiy va sanoat infratuzilmasi rivoji bilan tanishdi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev muǵallim hám ustazlardı jaqınlasıp kiyatırǵan kásiplik bayram menen qutlıqladı. Mámleketimiz basshısı Namangan wálayatınıń sociallıq hám sanaat infrastrukturasınıń rawajlanıwı menen tanıstı.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев поздравил педагогов с предстоящим профессиональным праздником. Глава государства ознакомился с развитием социальной и промышленной инфраструктуры Наманганской области.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev congratulated teachers on their upcoming professional holiday. The Head of State reviewed the development of social and industrial infrastructure in Namangan region.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Yosh_jurnalistlar_klubi
#Dayjest◾️

Dayjest: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishib boring.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Keleshekke_qádem
#Jas_jurnalistler_klubı

Xabarıńız bar, Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2025-jıl 14-fevraldaǵı PQ-61-sanlı "Joqarı oqıw orınları pitkeriwshileriniń jumısqa jaylasıwına kómeklesiw boyınsha qosımsha is-ilajlar haqqında"ǵı qararı tiykarında "Keleshekke qádem" orayı óz iskerligin alıp barmaqta.
#Kelajakka_qadam
#Yosh_jurnalistlar_klubi

Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli "Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida "Kelajakka qadam" markazi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Qayumova Mohinur Murodullo qızınıń filologiya ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) dissertaciyasın qorǵawı haqqında

Qayumova Mohinur Murodullo qızınıń 10.00.06 – Salıstırmalı ádebiyattanıw, salıstırmalı til bilimi hám awdarmatanıw qánigeligi boyınsha “O‘zbek va ingliz tillarida “o‘gay” konseptining lingvopragmatik aspekti” temasındaǵı filologiya ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın usınılǵan dissertaciyasın qorǵawı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı ilimiy dárejeler beriwshi DSc. 03/30.04.2022.Fil.20.07 sanlı Ilimiy keńestiń 2025-jıl 26-sentyabr kúngi saat 11.00 degi májilisinde (Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Málimleme-resurs orayı bas studiyasında) bolıp ótedi.


⚡️Qayumova Mohinur Murodulla qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilishi to‘g‘risida

Qayumova Mohinur Murodullayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillarida “o‘gay” konseptining lingvopragmatik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan dissertatsiya ishini himoya qilish Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.04.2022.Fil.20.07 son Ilmiy kengashining 2025-yil 26-sentyabr kungi soat 11.00 dagi majlisida (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Axborot-resurs markazida) bo‘lib o‘tadi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde voleybol boyınsha jarıs bolıp ótpekte

🔘Búgin, 20-sentyabr kúninen baslap Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "1-oktyabr - Muǵallimler hám ustazlar kúni" múnásibeti menen bir qatar mádeniy-aǵartıwshılıq hám sport ilajları ótkerilmekte. Bul bayram muǵallimler hám ustazlardıń bilimlendiriw hám ilim tarawındaǵı miynetin qádirlew, olardıń jámiyetlik rawajlanıwdaǵı ornı hám abırayın arttırıwǵa qaratılǵan joqarı húrmet belgisi bolıp esaplanadı.

🔘Usı múnásibet penen universitet kásiplik awqamı komitetiniń baslaması menen professor-oqıtıwshılar hám xızmetkerler (erler) arasında sporttıń voleybol túri boyınsha jarıs ótkerilmekte. Bul jarıstıń tiykarǵı maqseti - universitet jámááti arasında salamat turmıs tárizin úgit-násiyatlaw, fizikalıq belsendilikti arttırıw, awızbirshilik hám doslıq ortalıǵın jáne de bekkemlewden ibarat.

🔘Jarısta universitettiń barlıq fakultet hám bólimlerinen qáliplestirilgen komandalar qatnaspaqta. Hár bir komanda jeńis ushın bar sheberligin jumsap, qızıqlı oyınlar kórsetpekte. Ushırasıwlar dawamında óz-ara húrmet, jámiyethilik hám salamat báseki ruwxı anıq kózge taslanbaqta.

🔘Bunday jarıslar universitette salamat ortalıqtı qáliplestiriw, jámáát aǵzalarınıń óz-ara jaqınlasıwı hám birgelikte islewin támiyinlewde úlken áhmiyetke iye. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde ótkerilip atırǵan bul sport jarısı tek ǵana sport bayramına emes, al ustaz hám trenerlerge bolǵan húrmettiń kórinisine aylandı.

⚡️Qoraqalpoq davlat universitetida voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda

🔘Bugun, 20-sentyabr kunidan boshlab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "1-oktyabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir qator madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu bayram o‘qituvchi va murabbiylarning ta’lim va ilm-fan sohasidagi mehnatini qadrlash, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan yuksak ehtirom ifodasidir.

🔘Shu munosabat bilan universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar (erkaklar) o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi - universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, hamjihatlik va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat.

🔘Shu munosabat bilan universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar (erkaklar) o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi - universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, hamjihatlik va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat.

🔘Musobaqada universitetning barcha fakultet va bo‘limlaridan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etmoqda. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor mahoratini ishga solib, qiziqarli o‘yinlar namoyish etmoqda. Uchrashuvlar davomida o‘zaro hurmat, jamoatchilik va sog‘lom raqobat ruhi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Mainzli professor studentler menen ushırastı

🟤Qaraqalpaq mámleketlik universiteti shet tilleri fakultetinde World University Rankings kriteriyası boyınsha TOP-300 orında turıwshı Germaniya mámleketiniń Mainz universiteti professorı Dr. Misha Gabovitsch hám onıń doktorantı N.Uralova miymanda boldı. Germaniyalı professor Dr. Misha Gabovitschtı fakultet dekanı Dj.Kurbanbaev hám universitetimizdiń xalqara baylanıslar bólimi xızmetkeri Q.Aybatovlar kútip aldı.

🟤Bunnan soń, nemis tili hám ádebiyatı kafedrası professor-oqıtıwshıları hám studentleri professorı Dr.Misha Gabovitsch penen ushırasıw ótkerdi. Ushırasıwda professor studentlerimizge Mainz universitetinde bilim alıw imkaniyatları, oqıw ushın qoyılatuǵın talaplar haqqında tolıq maǵlıwmat berdi.

🟤Sonday-aq, professor M.Gabovitsch qánigelik studentleri hám magistrantlarına professional awdarmashılıq sırları haqqında lekciya oqıdı. Ushırasıw dawamında studentler ózlerin qızıqtırǵan sorawlarına juwap aldı hám sırt el bilimlendiriw imkaniyatları menen jaqınnan tanıstı. Bunnan tısqarı, professor M.Gabovitsch studentlerimizge DAAD baǵdarlamalarına qatnasıp óz oqıwların TOP-300 likke kiriwshi Mainz universitetinde dawam etiwdi usınıs etti.

🟤Ushırasıw sońında professor M.Gabovitsch qánigelik professor-oqıtıwshıları menen ádebiy shıǵarmalardı nemis tilinen qaraqalpaq tiline yaki qaraqalpaq tilinen nemis tiline awdarma etiw máseleleri haqqında sóylesti. Nemis tili hám ádebiyatı kafedrası baslıǵı wazıypasın atqarıwshı A.Mambetniyazova menen eki tárepleme birge islesiw perspektivaları dodalandı.

⚡️Mainzli professor talabalar bilan uchrashdi

🟤Qoraqalpoq davlat universiteti xorijiy tillar fakultetida World University Rankings kriteriyasi bo‘yicha TOP-300 o‘rinda turuvchi Germaniyaning Mainz universiteti professori Dr. Misha Gabovitsch va uning doktoranti N.Uralova mehmon bo‘ldi. Germaniyalik professor Dr. Misha Gabovichni fakultet dekani Dj.Kurbanbayev va universitetimizning xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Q.Aybatovlar kutib oldi.

🟤Shundan so‘ng, nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari professor Dr.Misha Gabovitsch bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda professor talabalarimizga Mainz universitetida ta’lim olish imkoniyatlari, o‘qish uchun qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🟤Shuningdek, professor M.Gabovich mutaxassislik talabalari va magistrantlariga professional tarjimonlik sirlari haqida ma’ruza qildi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi va xorijiy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Bundan tashqari, professor M.Gabovich talabalarimizga DAAD dasturlarida qatnashib o‘z o‘qishlarini TOP-300 likka kiruvchi Mainz universitetida davom ettirishni taklif qildi.

🟤Uchrashuv yakunida professor M.Gabovich mutaxassis professor-o‘qituvchilari bilan adabiy asarlarni nemis tilidan qoraqalpoq tiliga yoki qoraqalpoq tilidan nemis tiliga tarjima qilish masalalari haqida suhbatlashdi. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi A.Mambetniyazova bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

A.Taekeeva Nemis tili hám ádebiyatı kafedrası assistenti

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#IjtimoiyLoyihaTanlovi

Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun
ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha loyihalar tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi eng dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ijtimoiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga kimlar ishtirok etishi mumkin?
Nodavlat notijorat tashkilotlari.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
➖taʼlim tizimini rivojlantirish va sifatini oshirish;
➖ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash;
➖innovatsiyalarni joriy etish va tarqatish;
➖taʼlim jarayonini raqamlashtirish;
➖yosh olimlar va talabalarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
➖inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
➖taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish.

Ishtirokchilarga quyiladigan ➡️talablar.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
♦️ariza;
🔹ijtimoiy buyurtmani bajarishning batafsil tasnifi;
🔹davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
🔹NNT ustavining nusxasi;
♦️qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma;
🔹litsenziya nusxasi.

Tanlov uchun loyihalar ariza namunasi bo‘yicha 2025-yil 1-oktyabrga qadar taqdim etiladi.

▶️Batafsil tanlov nizomida.

Hujjatlarni yuborish manzili:
ijtimoiy-loyiha@edu.uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

“Ikki Renessans davomida bashariyatga muallimlik qilgan xalqimiz orasida ustozlarni e’zozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish eng go‘zal va qadimiy an’analarimizdan biriga aylangan.

Bugun Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bag‘oyat ulug‘ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, siz – aziz ustozlar hamda iste’dodli shogirdlaringizga tayanamiz.

Ishonchim komil, sizlar bilan birga chin dildan harakat qilsak, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot mo‘jizasini albatta yarata olamiz. Oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birga albatta yetamiz!”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz so‘zining yakunida o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, g‘oyat mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tiladi.

Tadbir davomida o‘qituvchi va talabalar, ta’lim tashkilotlarining rahbarlari bilan muloqot qilinib, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Oliy ta’limdagi islohotlardan asosiy maqsad — O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va ilm-fan habiga aylantirish

Masalan, hozirda 3 ta oliygoh dunyodagi TOP-mingtalikka kirgan. Yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi.

Shu bilan birga, oliygohlarimizda xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi.

Bu maqsadlarga erishish uchun kelgusi yilda 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi.

Xorijlik talabalar soni 5 barobarga oshirilib, ta’lim eksporti 200 million dollarga yetkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi

“Izlanib, aniq natijaga erishayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-o‘qituvchilar tashkil etayotgani menga mamnuniyat bag‘ishlaydi”,

– dedi Prezident.

Misol uchun, Irrigatsiya universiteti o‘qituvchisi E’zozbek Ozodov ixtiro qilgan “Yaroqsiz suvlarni tozalash raqamli uskunasi” mavjud analoglaridan 25 foiz samarali ishlashi xalqaro darajada tan olindi. Hozirda bu uskunaga AQSHning yirik korxonalaridan ko‘plab buyurtmalar olingan.

Yoki Transport universiteti professori Ziyoda Odilova lokomotivlar uchun dizel generatori va elektr tortish motoridan iborat gibrid tizimni ixtiro qildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” loyihani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.

“Ko‘rib turibsiz, oliygohdagi olimlarda iqtisodiyotimizni rivojlantiradigan zo‘r-zo‘r ilmiy ishlanmalar, loyihalar bor. Shuning uchun, ilm-fan va biznes vakillarini bir-biri bilan uchrashtirib, manfaatli hamkorlikda ishlaydigan tizim qilamiz. Bundan ilm ham, biznes ham yutadi. Shu bois, ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratamiz”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi

Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Shu bilan birga, texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi.

Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Muloqotda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi ta’kidlandi

Hamkor korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual ta’lim orqali ishlayotgan o‘quvchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov ikki barobar qisqartiriladi.

Ayni paytda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, xorijiy investorlar bilan erkin muloqot qilish uchun chet tillarini o‘qitish juda muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi.

Umuman, kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi.

Unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi barcha ma’lumotlar nafaqat o‘zimizning, balki xorijiy ish beruvchilar uchun ham ochiq-oshkora bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel