www_karsu_uz | Unsorted

Telegram-канал www_karsu_uz - KARSU.UZ

21108

Официальный новостной канал КГУ 🌐: karsu.uz

Subscribe to a channel

KARSU.UZ

#Yosh_jurnalistlar_klubi
#Dayjest◾️

Dayjest: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishib boring.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Keleshekke_qádem
#Jas_jurnalistler_klubı

Xabarıńız bar, Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2025-jıl 14-fevraldaǵı PQ-61-sanlı "Joqarı oqıw orınları pitkeriwshileriniń jumısqa jaylasıwına kómeklesiw boyınsha qosımsha is-ilajlar haqqında"ǵı qararı tiykarında "Keleshekke qádem" orayı óz iskerligin alıp barmaqta.
#Kelajakka_qadam
#Yosh_jurnalistlar_klubi

Xabaringiz bor, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli "Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori asosida "Kelajakka qadam" markazi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Qayumova Mohinur Murodullo qızınıń filologiya ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) dissertaciyasın qorǵawı haqqında

Qayumova Mohinur Murodullo qızınıń 10.00.06 – Salıstırmalı ádebiyattanıw, salıstırmalı til bilimi hám awdarmatanıw qánigeligi boyınsha “O‘zbek va ingliz tillarida “o‘gay” konseptining lingvopragmatik aspekti” temasındaǵı filologiya ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın usınılǵan dissertaciyasın qorǵawı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı ilimiy dárejeler beriwshi DSc. 03/30.04.2022.Fil.20.07 sanlı Ilimiy keńestiń 2025-jıl 26-sentyabr kúngi saat 11.00 degi májilisinde (Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Málimleme-resurs orayı bas studiyasında) bolıp ótedi.


⚡️Qayumova Mohinur Murodulla qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilishi to‘g‘risida

Qayumova Mohinur Murodullayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillarida “o‘gay” konseptining lingvopragmatik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan dissertatsiya ishini himoya qilish Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.04.2022.Fil.20.07 son Ilmiy kengashining 2025-yil 26-sentyabr kungi soat 11.00 dagi majlisida (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Axborot-resurs markazida) bo‘lib o‘tadi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde voleybol boyınsha jarıs bolıp ótpekte

🔘Búgin, 20-sentyabr kúninen baslap Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "1-oktyabr - Muǵallimler hám ustazlar kúni" múnásibeti menen bir qatar mádeniy-aǵartıwshılıq hám sport ilajları ótkerilmekte. Bul bayram muǵallimler hám ustazlardıń bilimlendiriw hám ilim tarawındaǵı miynetin qádirlew, olardıń jámiyetlik rawajlanıwdaǵı ornı hám abırayın arttırıwǵa qaratılǵan joqarı húrmet belgisi bolıp esaplanadı.

🔘Usı múnásibet penen universitet kásiplik awqamı komitetiniń baslaması menen professor-oqıtıwshılar hám xızmetkerler (erler) arasında sporttıń voleybol túri boyınsha jarıs ótkerilmekte. Bul jarıstıń tiykarǵı maqseti - universitet jámááti arasında salamat turmıs tárizin úgit-násiyatlaw, fizikalıq belsendilikti arttırıw, awızbirshilik hám doslıq ortalıǵın jáne de bekkemlewden ibarat.

🔘Jarısta universitettiń barlıq fakultet hám bólimlerinen qáliplestirilgen komandalar qatnaspaqta. Hár bir komanda jeńis ushın bar sheberligin jumsap, qızıqlı oyınlar kórsetpekte. Ushırasıwlar dawamında óz-ara húrmet, jámiyethilik hám salamat báseki ruwxı anıq kózge taslanbaqta.

🔘Bunday jarıslar universitette salamat ortalıqtı qáliplestiriw, jámáát aǵzalarınıń óz-ara jaqınlasıwı hám birgelikte islewin támiyinlewde úlken áhmiyetke iye. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde ótkerilip atırǵan bul sport jarısı tek ǵana sport bayramına emes, al ustaz hám trenerlerge bolǵan húrmettiń kórinisine aylandı.

⚡️Qoraqalpoq davlat universitetida voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda

🔘Bugun, 20-sentyabr kunidan boshlab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "1-oktyabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir qator madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu bayram o‘qituvchi va murabbiylarning ta’lim va ilm-fan sohasidagi mehnatini qadrlash, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan yuksak ehtirom ifodasidir.

🔘Shu munosabat bilan universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar (erkaklar) o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi - universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, hamjihatlik va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat.

🔘Shu munosabat bilan universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar (erkaklar) o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi - universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, hamjihatlik va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat.

🔘Musobaqada universitetning barcha fakultet va bo‘limlaridan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etmoqda. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor mahoratini ishga solib, qiziqarli o‘yinlar namoyish etmoqda. Uchrashuvlar davomida o‘zaro hurmat, jamoatchilik va sog‘lom raqobat ruhi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Mainzli professor studentler menen ushırastı

🟤Qaraqalpaq mámleketlik universiteti shet tilleri fakultetinde World University Rankings kriteriyası boyınsha TOP-300 orında turıwshı Germaniya mámleketiniń Mainz universiteti professorı Dr. Misha Gabovitsch hám onıń doktorantı N.Uralova miymanda boldı. Germaniyalı professor Dr. Misha Gabovitschtı fakultet dekanı Dj.Kurbanbaev hám universitetimizdiń xalqara baylanıslar bólimi xızmetkeri Q.Aybatovlar kútip aldı.

🟤Bunnan soń, nemis tili hám ádebiyatı kafedrası professor-oqıtıwshıları hám studentleri professorı Dr.Misha Gabovitsch penen ushırasıw ótkerdi. Ushırasıwda professor studentlerimizge Mainz universitetinde bilim alıw imkaniyatları, oqıw ushın qoyılatuǵın talaplar haqqında tolıq maǵlıwmat berdi.

🟤Sonday-aq, professor M.Gabovitsch qánigelik studentleri hám magistrantlarına professional awdarmashılıq sırları haqqında lekciya oqıdı. Ushırasıw dawamında studentler ózlerin qızıqtırǵan sorawlarına juwap aldı hám sırt el bilimlendiriw imkaniyatları menen jaqınnan tanıstı. Bunnan tısqarı, professor M.Gabovitsch studentlerimizge DAAD baǵdarlamalarına qatnasıp óz oqıwların TOP-300 likke kiriwshi Mainz universitetinde dawam etiwdi usınıs etti.

🟤Ushırasıw sońında professor M.Gabovitsch qánigelik professor-oqıtıwshıları menen ádebiy shıǵarmalardı nemis tilinen qaraqalpaq tiline yaki qaraqalpaq tilinen nemis tiline awdarma etiw máseleleri haqqında sóylesti. Nemis tili hám ádebiyatı kafedrası baslıǵı wazıypasın atqarıwshı A.Mambetniyazova menen eki tárepleme birge islesiw perspektivaları dodalandı.

⚡️Mainzli professor talabalar bilan uchrashdi

🟤Qoraqalpoq davlat universiteti xorijiy tillar fakultetida World University Rankings kriteriyasi bo‘yicha TOP-300 o‘rinda turuvchi Germaniyaning Mainz universiteti professori Dr. Misha Gabovitsch va uning doktoranti N.Uralova mehmon bo‘ldi. Germaniyalik professor Dr. Misha Gabovichni fakultet dekani Dj.Kurbanbayev va universitetimizning xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Q.Aybatovlar kutib oldi.

🟤Shundan so‘ng, nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari professor Dr.Misha Gabovitsch bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda professor talabalarimizga Mainz universitetida ta’lim olish imkoniyatlari, o‘qish uchun qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🟤Shuningdek, professor M.Gabovich mutaxassislik talabalari va magistrantlariga professional tarjimonlik sirlari haqida ma’ruza qildi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi va xorijiy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Bundan tashqari, professor M.Gabovich talabalarimizga DAAD dasturlarida qatnashib o‘z o‘qishlarini TOP-300 likka kiruvchi Mainz universitetida davom ettirishni taklif qildi.

🟤Uchrashuv yakunida professor M.Gabovich mutaxassis professor-o‘qituvchilari bilan adabiy asarlarni nemis tilidan qoraqalpoq tiliga yoki qoraqalpoq tilidan nemis tiliga tarjima qilish masalalari haqida suhbatlashdi. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi A.Mambetniyazova bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

A.Taekeeva Nemis tili hám ádebiyatı kafedrası assistenti

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#IjtimoiyLoyihaTanlovi

Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun
ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha loyihalar tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi eng dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ijtimoiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga kimlar ishtirok etishi mumkin?
Nodavlat notijorat tashkilotlari.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
➖taʼlim tizimini rivojlantirish va sifatini oshirish;
➖ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash;
➖innovatsiyalarni joriy etish va tarqatish;
➖taʼlim jarayonini raqamlashtirish;
➖yosh olimlar va talabalarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
➖inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
➖taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish.

Ishtirokchilarga quyiladigan ➡️talablar.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
♦️ariza;
🔹ijtimoiy buyurtmani bajarishning batafsil tasnifi;
🔹davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
🔹NNT ustavining nusxasi;
♦️qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma;
🔹litsenziya nusxasi.

Tanlov uchun loyihalar ariza namunasi bo‘yicha 2025-yil 1-oktyabrga qadar taqdim etiladi.

▶️Batafsil tanlov nizomida.

Hujjatlarni yuborish manzili:
ijtimoiy-loyiha@edu.uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

“Ikki Renessans davomida bashariyatga muallimlik qilgan xalqimiz orasida ustozlarni e’zozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish eng go‘zal va qadimiy an’analarimizdan biriga aylangan.

Bugun Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bag‘oyat ulug‘ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, siz – aziz ustozlar hamda iste’dodli shogirdlaringizga tayanamiz.

Ishonchim komil, sizlar bilan birga chin dildan harakat qilsak, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot mo‘jizasini albatta yarata olamiz. Oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birga albatta yetamiz!”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz so‘zining yakunida o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, g‘oyat mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tiladi.

Tadbir davomida o‘qituvchi va talabalar, ta’lim tashkilotlarining rahbarlari bilan muloqot qilinib, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Oliy ta’limdagi islohotlardan asosiy maqsad — O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va ilm-fan habiga aylantirish

Masalan, hozirda 3 ta oliygoh dunyodagi TOP-mingtalikka kirgan. Yaqin yillarda ularning soni 10 taga yetkaziladi.

Shu bilan birga, oliygohlarimizda xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi.

Bu maqsadlarga erishish uchun kelgusi yilda 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi.

Xorijlik talabalar soni 5 barobarga oshirilib, ta’lim eksporti 200 million dollarga yetkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi

“Izlanib, aniq natijaga erishayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-o‘qituvchilar tashkil etayotgani menga mamnuniyat bag‘ishlaydi”,

– dedi Prezident.

Misol uchun, Irrigatsiya universiteti o‘qituvchisi E’zozbek Ozodov ixtiro qilgan “Yaroqsiz suvlarni tozalash raqamli uskunasi” mavjud analoglaridan 25 foiz samarali ishlashi xalqaro darajada tan olindi. Hozirda bu uskunaga AQSHning yirik korxonalaridan ko‘plab buyurtmalar olingan.

Yoki Transport universiteti professori Ziyoda Odilova lokomotivlar uchun dizel generatori va elektr tortish motoridan iborat gibrid tizimni ixtiro qildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” loyihani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.

“Ko‘rib turibsiz, oliygohdagi olimlarda iqtisodiyotimizni rivojlantiradigan zo‘r-zo‘r ilmiy ishlanmalar, loyihalar bor. Shuning uchun, ilm-fan va biznes vakillarini bir-biri bilan uchrashtirib, manfaatli hamkorlikda ishlaydigan tizim qilamiz. Bundan ilm ham, biznes ham yutadi. Shu bois, ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratamiz”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi

Davlatimiz rahbari texnikumdagi muallim va ustalarning malakasini, jamiyatdagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Shu bilan birga, texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi.

Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Muloqotda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshirilishi ta’kidlandi

Hamkor korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilib, dual ta’lim orqali ishlayotgan o‘quvchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov ikki barobar qisqartiriladi.

Ayni paytda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, xorijiy investorlar bilan erkin muloqot qilish uchun chet tillarini o‘qitish juda muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, texnikumlardagi xorijiy tillar uchun ajratilgan soatlar 4 karra ko‘paytiriladi.

Umuman, kelgusi yildan yangi raqamli platforma ishga tushiriladi.

Unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi barcha ma’lumotlar nafaqat o‘zimizning, balki xorijiy ish beruvchilar uchun ham ochiq-oshkora bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi

“Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki bo‘ladi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Iqtisodiyotimizga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yo‘nalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelyapti, minglab korxonalar ishga tushyapti. Shuning o‘zidan yiliga 250-300 ming atrofida yuqori daromadli ish o‘rinlari paydo bo‘lyapti.

Bu joylar, eng avvalo, yoshlarimiz ishli bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyat. Lekin ular zamonaviy texnologiya va xorijiy tillarni bilishi, kasbiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘lishi qayd etildi.

Shu maqsadda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinmoqda. Ushbu agentlik va hokimlarning asosiy vazifasi barcha 598 ta texnikumga yangi muhit olib kirish va xalqaro standartlarni joriy qilishdan iborat bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Maktab bitiruvchilari yakuniy imtihon natijasi bilan xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi

“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”,
– dedi Prezident.

Hozirda maktablarda 6,5 million o‘quvchi ta’lim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. Shu bois, so‘nggi sakkiz yilda 500 ga yaqin yangi maktablar qurilgani, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 million o‘quvchi o‘rni yaratildi.

Xususiy maktablarga katta sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugun 200 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz xususiy maktablarda o‘qiyapti.

Maktab ta’limida yana bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi.

O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!

O‘tgan sakkiz yilda ta’lim va ilm-fanga xarajatlar 6 karra oshirilib, 378 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz O‘zbekiston tarixida ilk bor 50 milliard dollarlik marradan oshdi.

"Iqtisodiyotimiz barqaror o‘syapti, resurs va zaxiralarimiz ham yetarli.

Bu – bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlar qurish, ta’lim va ilm dargohlarini zamonaviy jihozlash, ustoz va murabbiylarning moddiy manfaatdorligini muntazam oshirib borishning kafolati emasmi?!

Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!",

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda

Tadbirga barcha hududlardan 40 mingdan ziyod pedagoglar ulangan.

So‘zining avvalida davlatimiz rahbari o‘z hayotini yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishdek dunyodagi eng ulug‘ ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha muallim, professor va o‘qituvchilarni – bir millionlik pedagoglar jamoasini ana shu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘tgan hafta jonkuyar o‘qituvchi va murabbiylar, ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlash haqida Prezident farmoni imzolandi.

Ular orasida soha xodimlari bilan bir qatorda o‘z mablag‘i hisobidan ta’lim maskanlari qurgan, ta’mirlagan saxovatpesha tadbirkorlar, ta’limdagi ilg‘or yutuqlarni joriy qilishga ko‘maklashayotgan xorijiy hamkorlarimiz, hududida ta’lim rivoji uchun zarur sharoit yaratib berayotgan hokimlar ham bor.

Davlatimiz rahbari yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga topshirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Avtomobilsiz_kun

Faqat manzilga emas, ekologik toza kelajak tomon yuring!

Hurmatli davlat xizmatchisi, siz har kuni ishga avtomobilda kelasizmi? Biroz to‘xtab, o‘ylab ko‘ring.

Jamoat transporti — faqat manzilga emas, balki yanada yaxshiroq hayot tarziga olib boradi:

1️⃣ Sog‘lom hayot — piyoda yurasiz, ko‘proq harakatda bo‘lasiz;

2️⃣ Toza havo — shaxsiy avto mashinalar kamaysa, atrof-muhit sog‘lomlashadi, bu esa kislorodli havodan nafas olishingizga yordam beradi;

3️⃣ Kamroq stress — tirbandliklarsiz, xuddi maroqli sayohat kabi o‘z manzilingizga yetib olasiz;

4️⃣ Iqtisod — mashinangiz uchun yoqilg‘i, ta’mirlash va boshqa xarajatlardan xalos bo‘lasiz, daromadingizning bu qismini yanada foydali maqsadlarga yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi.

Unutmang, siz namunasiz!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

«Jańa Ózbekstannıń keleshegi ushın hámmemiz juwapkermiz» atamasında ruwxıy-aǵartıwshılıq ilajı ótkerildi

Student-jaslardı Watansúyiwshilik ruwxında tárbiyalaw, elimizdiń tınıshılıǵın, xalqımızdıń abadanlıǵın, milletleraralıq  doslıq hám tatıwlıqtı támiyinlew, tálim-tárbiyanı úgit-násiyatlawǵa qaratılǵan «Jańa Ózbekstannıń keleshegi ushın hámmemiz juwapkermiz» atamasında ruwxıy-aǵartıwshılıq ilajı ótkerildi.


➡️Tolıq oqıw

"Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Talaba-yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, millatlararo do‘stlik va totuvlikni ta’minlash, ta’lim-tarbiyani targ‘ib etishga qaratilgan "Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun barchamiz mas’ulmiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde voleybol boyınsha jarıs bolıp ótpekte


⚡️Qoraqalpoq davlat universitetida voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Shet tilleri fakulteti studentleri Respublika kitapxanasına bardı

🔘Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Shet tilleri fakulteti Inglis tili hám ádebiyatı kafedrası 1-kurs studentleri Respublikalıq kitapxanaǵa bardı. Ekskurciya kafedra oqıtıwshıları G.Kewlimjaeva hám K.Qurbanbaevalar basshılıǵında ótkerildi. Sapar dawamında student-jaslar kitapxananıń bay kitap fondı, zamanagóy elektron resurslar, ilimiy-izertlew jumısları ushın jaratılǵan imkaniyatlar menen tanıstı.

🔘Ásirese, shet el ádebiyatları bólimine ayrıqsha itibar qaratılıp, inglis tilindegi kitap hám jurnallar orın alǵan bolıp, bul studentlerdiń bilimin tereńlestiriw hám olardıń lingvistikalıq kompetenciyasın rawajlandırıwǵa xızmet etedi. Kitapxanaǵa keliw birinshi kurs oqıwshılarınıń bilimlendiriw hám mádeniy turmısında áhmiyetli waqıya boldı.

🔘Studentlerdiń atap ótiwinshe, sayaxat olardıń dúnyaǵa kózqarasın keńeytti, ilimiy ádebiyatlardı oqıwǵa hám óz betinshe úyreniwge qızıǵıwshılıǵın arttırdı. Oqıtıwshılar bunday ilajlar bolajaq qánigelerde derekler menen islesiw kónlikpelerin qáliplestiriw, izertlew qábiletin rawajlandırıw hám kitapqumarlıqtı tárbiyalawǵa xızmet etetuǵının atap ótti.

⚡️Chet tillari fakulteti talabalari Respublika kutubxonasiga bordi

🔘Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillari fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 1-kurs talabalari Respublika kutubxonasiga tashrif buyurdi. Ekskursiya kafedra o‘qituvchilari G.Kewlimjaeva va K.Kurbanbaevalar rahbarligida o‘tkazildi. Tashrif davomida talaba-yoshlar kutubxonaning boy kitob fondi, zamonaviy elektron resurslar, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

🔘Ayniqsa, xorijiy adabiyotlar bo‘limiga alohida e’tibor qaratilib, ingliz tilidagi kitob va jurnallar o‘rin olgan bo‘lib, bu talabalarning bilimini chuqurlashtirish va ularning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kutubxonaga kelish birinchi kurs o‘quvchilarining ta’lim va madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi.

🔘Talabalarning ta’kidlashicha, sayohat ularning dunyoqarashini kengaytirdi, ilmiy adabiyotlarni o‘qishga va mustaqil o‘rganishga qiziqishini oshirdi. O‘qituvchilar bunday tadbirlar bo‘lajak mutaxassislarda manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tadqiqotchilik qobiliyatini rivojlantirish va kitobxonlikni tarbiyalashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Ámiwdárya rayonında pitkeriwshilerdiń bántligin támiyinlew jumısları alıp barılmaqta

Usı jıldıń 19-sentyabr kúni Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Ózbek filologiyası fakulteti dekanı professor-oqıtıwshılar menen birgelikte Ámiwdárya rayonında bolıp, Kámbaǵallıqtı qısqartıw hám bántlikke kómeklesiw bólimi xızmetkerleri, máhálle baslıǵı, hákim járdemshileri, jaslar jetekshileri hám pitkeriwshi jaslar menen ushırastı.

Fakultet dekanı M.Kurbaniyazov hám professor-oqıtıwshılar - O.Boltaboyev, A.Bobojonovlar “Qipchoq”, “To‘lqin”, “Oq oltin”, “Tosh-yop”, “Qilichboy”, “Xizreli”, “Ayoqchi”, “Xolimbeg” sıyaqlı awıl puqaralar jıyınlarına, sonday-aq, “Navoiy”, “Farovon”, “Yangiobod”, “Beruniy”, “Olmazor” sıyaqlı máhállelerge barıp, máhálle baslıǵı, hákim járdemshileri, jaslar jetekshileri hám pitkeriwshi jaslar menen ushırasıw ótkerdi.

M.Kurbaniyazov basshılıǵındaǵı jumısshı topar 2024-2025-oqıw jılında universitetti pitkergen, biraq túrli sebeplerge bola usı kúnge shekem bántligi támiyinlenbegen pitkeriwshiler máselesin máhállelerde dodaladı. Bul baǵdarda jaslarǵa jaratılǵan sharayatlar úyrenildi, máhálle juwapkerlerine tiyisli usınıslar berildi. Nátiyjede universitettiń bir topar pitkeriwshi jaslarınıń bántligi támiyinleniwine tiykar jaratıldı.


⚡️Amudaryo tumanida bitiruvchilar bandligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda

Joriy yilning 19-sentabr kuni Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda Amudaryo tumanida bo‘lib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari, mahalla raisi, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdilar.

Fakultet dekani M.Kurbaniyazov va professor-o‘qituvchilar – O.Boltaboyev, A.Bobojonovlar “Qipchoq”, “To‘lqin”, “Oq oltin”, “Tosh-yop”, “Qilichboy”, “Xizreli”, “Ayoqchi”, “Xolimbeg” kabi ovul fuqarolar yig‘inlariga, shuningdek “Navoiy”, “Farovon”, “Yangiobod”, “Beruniy”, “Olmazor” singari mahallalarga borib, mahalla raisi, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

M.Kurbaniyazov boshchiligidagi ishchi guruh 2024-2025-o‘quv yilida universitetni tamomlagan, biroq turli sabablarga ko‘ra shu kunga qadar bandligi ta’minlanmagan bitiruvchilar masalasini mahallalarda muhokama qildilar. Bu borada yoshlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi, mahalla mas’ullariga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Natijada universitetning bir guruh bitiruvchi yoshlarining bandligi ta’minlanishiga zamin hozirlandi.


Ózbek filologiyası fakulteti Jaslar menen islesiw boyınsha dekan orınbasarı S.Serikbaev

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Tyutorlardıń qánigeligin arttırıwǵa qaratılǵan oqıw seminarı bolıp ótti

🟢Student hám oqıwshılardıń sociallıq belsendiligin arttırıw orayında joqarı bilimlendiriw shólkemlerinde jumıs alıp barıp atırǵan tyutorlardıń kásiplik mamanlıǵın arttırıwǵa qaratılǵan oqıw seminarı shólkemlestirildi. Bul seminarda Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń tyutorları da belsene qatnastı. Seminarda qatnasıwshılar bilimlendiriw procesinde student-jaslardıń bilim alıwǵa bolǵan qızıǵıwshılıǵın arttırıw, olardı sociallıq turmısqa jedel tartıw, sonday-aq, zamanagóy pedagogikalıq qatnaslar tiykarında tyutorlıq jumısın nátiyjeli shólkemlestiriw boyınsha jańa tájiriybeler menen tanıstı.

🟢Qánigeler tárepinen ótkerilgen lekciya hám ámeliy sabaqlarda student-jaslardıń jeke rawajlanıwına járdemlesiw, olardıń bos waqtın mazmunlı ótkeriwde tyutorlardıń ornı, sonday-aq, sanlı bilimlendiriw qurallarınan paydalanıw imkaniyatları keńnen sáwlelendirip berildi. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti tyutorları seminarda belsene qatnasıp, alıp barılıp atırǵan jumısları haqqında maǵlıwmat berdi. Olar universitette studentler menen islesiwde qollanılıp atırǵan innovaciyalıq kózqaraslar, sonıń ishinde, sociallıq joybarlar hám ruwxıy-aǵartıwshılıq ilajlardıń nátiyjelerin usındı. Bul seminar tyutorlardıń bilim hám kónlikpelerin jańalaw, olar arasında tájiriybe almasıwdı jolǵa qoyıw, bilimlendiriwdiń sapasın arttırıwǵa xızmet etetuǵın áhmiyetli qádem boldı.

⚡️Tyutorlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

🟢Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining tyutorlari ham faol ishtirok etdi. Seminarda ishtirokchilar ta’lim jarayonida talaba-yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yangi tajribalar bilan tanishdi.

🟢Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda talaba-yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda tyutorlarning o‘rni, shuningdek, raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari keng yoritib berildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tyutorlari seminarda faol ishtirok etib, olib borilayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi. Ular universitetda talabalar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, jumladan, ijtimoiy loyihalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar natijalarini taqdim etdi. Mazkur seminar tyutorlarning bilim va ko‘nikmalarini yangilash, ular o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi

Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:

➖yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

➖kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

➖o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

➖kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;

➖fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;

➖bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;

➖dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;

➖reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Muhandislik tanlovlari oliy ta’limning har bir yo‘nalishida o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi

O‘tgan yili muhandislik oliygohlari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda ixtirochilar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Kuni kecha to‘qqizta yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga elektromobil berildi. Ikkinchi o‘rin sohiblari xorijga stajirovkaga yuboriladi, uchinchi o‘rinni egallaganlar esa pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Endi bunday tanlovlar oliy ta’limning har bir yo‘nalishida, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ham o‘tkazilishi belgilandi. G‘oliblarga 250 million so‘mgacha pul mukofoti beriladi.

Respublika tanlovida eng ko‘p g‘oliblari bo‘lgan oliygohlarga zamonaviy laboratoriya, ilmiy adabiyotlar va boshqa jihozlar uchun 1 milliard so‘mdan beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

So‘nggi sakkiz yilda oliygohlar soni 77 tadan 202 taga, jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi.

Oliy ta’limda “o‘qishga kiritib qo‘yish” degan o‘ta salbiy illatga to‘liq barham berildi. Yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.

Professor-o‘qituvchilarning oyligi salmoqli darajada oshib, oliygoh muallimi bo‘lish ko‘pchilikning orzusiga aylandi.

Keyingi paytlarda aniq va tabiiy fanlarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda “ToshTech”, Bauman universiteti filiali, Olmaliq davlat texnika institutini ochish bo‘yicha qarorlar imzolandi. Xorazmda Al-Xorazmiy universitetiga tamal toshi qo‘yildi. Qolgan hududlarda ham uning filiallari bo‘ladi.

Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv ishlari faqat 2,5-3 ming metr chuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinchi marta Ustyurtda 6,5 ming metr yer qa’rini burg‘ilab, juda katta gaz zaxirasi topildi.

Yangi industrial davr – “to‘rtinchi sanoat inqilobi”ni amalga oshirish uchun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir necha karra ko‘paymoqda. Tahlillarga ko‘ra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10-15 foizi mintaqamizga to‘g‘ri keladi.

“Ushbu ulkan resurslarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirish uchun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak”,

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi

O‘tgan hafta imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.

Ular 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishi bo‘yicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yo‘naltiradi.

Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga o‘tib, maktabda o‘qish fikridan qaytgan yoshlar ham ta’limni texnikumda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi.

“Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning ro‘zg‘ori but bo‘ladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi”,

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

“Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi

Bir yil ichida 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ularning eng ilg‘or kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilinishi belgilandi.

Bundan tashqari, kasbiy ko‘nikmasi bor istalgan talabgor ushbu texnikumlarda xorijiy davlatlarning malakani baholash tizimi orqali imtihondan o‘tib, xalqaro sertifikat olishi mumkin bo‘ladi.

Joriy o‘quv yilidan Angliyaning “Pearson” kompaniyasi bilan hududlardagi 14 ta texnikumda “BTEC” xalqaro dasturi boshlandi. Bu orqali yoshlar xalqaro standartlar asosida turizm, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qurilish, logistika, elektrotexnika, energetika, mashinasozlik, biotexnologiya, kreativ iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda talab yuqori kasblarni egallaydi.

Kelasi yili sanoatda qariyb 45 milliard dollarlik 456 ta yirik loyiha boshlanadi. “Investor – tarmoq – texnikum” zanjiri asosida texnikumlarda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.

Korxonalar bilan aniq loyihalari bo‘lgan texnikumlar o‘rtasida zamonaviy ustaxonalarni barpo qilish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga ustaxona uchun zamonaviy uskuna va jihozlar, sport anjomlari olib beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish

Har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olyapti.

Masalan, 2016-yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili birgina xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlarimiz xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

Endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.

“Bugungi tadbirimizda o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuzlab o‘g‘il-qizlarimizni yuqori marralarga yetaklayotgan kogonlik qizimiz Billura Ikramova ham qatnashyapti.

Billura qizimiz top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirib, katta-katta idoralardan bo‘lgan takliflarni rad etib, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars bermoqda.

Yoki Oksford universiteti doktoranti Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyatini yo‘qotgan o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha innovatsion metodika yaratdi. Germaniya va AQSHdagi oliygohlarning professor-o‘qituvchilari bu metodikadan foydalanayotgani bizni quvontiradi.

Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish. Buning uchun har qanday sharoitlarni yaratib berishga tayyorman”,
– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi

Hozirda 7 mingdan ortiq davlat bog‘chalarida 120 mingga yaqin pedagoglar bo‘lgani bilan ularning atigi 34 foizi oliy ma’lumotga ega. Lekin hozirda tarbiyachilarning maktab o‘qituvchilari kabi toifa olishi uchun oliygoh diplomi talab etiladi. Shu sababli oliy ma’lumotli bilan o‘rta ma’lumotli tarbiyachining oyligida farq bor.

Shu bois, davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi.

Yana bir yangilik. Xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.

Eng muhimi, yangi metodikalarni o‘rganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bog‘cha tarbiyachilariga ham doimo ochiq bo‘ladi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

Iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!

So‘nggi sakkiz yilda ta’lim va tarbiya sohasida ham o‘n yillarga teng keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishilgani ta’kidlandi.

O‘tgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra o‘sdi, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi ham yil oxirigacha 130 milliard dollar bo‘ladi.

Barcha tarmoqlarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar kirib kelayotgani hisobiga bu yil eksport 25 milliard dollarga olib chiqiladi. O‘tgan 8-yilda esa mamlakatimizga 130 milliard dollar xorijiy sarmoya kiritildi.

E’tiborlisi, ilgari investitsiya asosan xomashyo resurslariga kiritilgan bo‘lsa, hozir har bir sohada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirilyapti.

“Men bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nima uchun ko‘p to‘xtalyapman? Chunki iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

KARSU.UZ

2025-yil 13-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

➖ Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

➖ Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

➖ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

➖ Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining akademik mobilligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel