Ушбу каналда таълимга оид янгиликлар, тизимдаги камчиликлар ҳамда муаммоли саволларга жавоб бериб борилади. 👉https://youtube.com/@xalqtaliminfo Шахсий: @u_pulatoff Тижорий ҳамкорлик учун: @XalqinfoREK
Ta’ziya
“Tanaffus” podkasti boshlovchisi, pedagog, jamoatchilik faoli va bloger Isroil Tillaboyevning otalari vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz.
Xalqtaliminfo.uz tahririyati marhumning boshqa oila a’zolari va yaqinlariga ham chuqur ta’ziya izhor etadi. Bizning qadrdon jamoamiz a’zosi Isroil Tillaboyevga esa sabr-toqat va bardosh tilaymiz.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
#Attestatsiya
O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi
2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni bo‘yicha vazirlik jami 6 marta sudga berilgan bo‘lib, 1 ta sud ishida vazirlik yutqazgani, 4 tasida esa yutib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Navbatdagi yana bir sud ishi endi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Shuningdek, bahorgi attestatsiya test sinovlarida qatnashgan ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari qayd etgan natijalar ham ochiqlandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1250
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi maktab uchun ajratilgan yerga ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1249
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Bu podkastni ko'rmagan pedagoglar o'z o'rnini sun'iy intellektga bo'shatib berishga majbur bo'ladi
Yaqin kelajakda pedagoglarning o‘rnini sun'iy intellekt egallashi mumkinmi? Sun’iy intellekt — o‘qituvchining raqibimi yoki yordamchisi?
Yaqin kelajakda ishsiz qolmaslik uchun ushbu podkastni hoziroq ko'ring yoki o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'yicha belgilab qo'yilgan vaqt ko'rsatgichi ustiga bosing va darhol javobni bilib oling:
➡️ 02:44 - Sun’iy intellekt nima?
➡️ 06:07 - Podkast mehmonlari haqida qisqacha ma’lumot
➡️ 06:56 - Ta’lim nima uchun kerak?
➡️ 08:49 - Maktabning vazifasi nima?
➡️ 10:27 - Raqamli inqilob boshlandi
➡️ 12:36 - O‘qituvchilar sun’iy intellekt imkoniyatlaring qanchasidan foydalanmoqda?
➡️ 15:43 - O‘zbekiston maktablarida hali ham konspekt va tesizlar talab qilinadi?
➡️ 18:23 - O‘qituvchilar o‘rnini sun’iy intellekt egallashi mumkinmi?
➡️ 21:45 - Meta fikrlash haqida
➡️ 27:44 - Sun’iy intellektda odamdek his-tuyg‘ular bormi?
➡️ 31:45 - Sun’iy intellektning dastlabki shakllari qanday bo‘lgan?
➡️ 35:06 - Sun’iy intellektning xavfli tomoni nimada?
➡️ 41:06 - Bolalar sun’iy intellektga o‘rganib qolyapti
➡️ 42:19 - Ta’limning uch maqsadi
➡️ 43:33 - Sun’iy intellekt bizni manipulyatsiya qilmoqda
➡️ 47:23 - Endi biz nima qilishimiz kerak?
➡️ 48:37 - Rivojlangan mamlakatlar qanday yo‘l tutadi?
➡️ 51:50 - Sun’iy intellektda fikr almashish xususiyati yo‘q
➡️ 53:55 - Biz nega rivojlanmaymiz?
➡️ 54:49 - Sun’iy intellektdan ko‘p foydalanish zararlimi?
➡️ 59:29 - Sun’iy intellekt etikasi
➡️ 01:01:42 - O‘qituvchilar “faktcheking” qilishni o‘rganishi kerak
➡️ 01:02:39 - Malaka oshirish tizimi zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak
➡️ 01:03:22 - Kitobda yozilgan hamma narsa ham haqiqat emas
➡️ 01:06:42 - O‘zbekiston aholisining aksariyat qismi juda ham sodda
➡️ 01:08:13 - Biz faktlarga asoslangan xotiraga tayanamiz
➡️ 01:09:25 - PISA tadqiqotida qatnashish yechim emas
➡️ 01:13:01 - Ta’limni reytinglarga solish mumkin emas
➡️ 01:15:37 - Yevropa davlatlari turli xil reytinglardan voz kechmoqda
➡️ 01:16:21 - Prezident maktablari tabaqalanishni kuchaytiradimi?
➡️ 01:23:13 - Elita maktab bitiruvchilari kelajakda jamiyatni boshqaradimi?
➡️ 01:27:45 - Ta’lim kutib turmaydi
➡️ 01:28:39 - Biz o‘quvchilarga mahbuslar kabi qarayapmiz
➡️ 01:29:39 - Maktab ta’lim bilan birga tarbiya ham berishi kerakmi?
➡️ 01:34:24 - El-yurt umidi jamg‘armasi haqida
▶️ To'liq podkast — https://youtu.be/Zxcb_f7zmg4
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Uyga vazifa
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ota-onalar o‘z farzandlarining ta’lim olishi va rivojlanishida faol ishtirok etganlarida, bolalar ko‘proq muvaffaqiyatga erishmoqdalar.
Ota-onalarning maktablardagi yig‘ilishlarga qatnashishi, farzandining uy vazifalariga yordam berishi va ularning ta’lim faoliyatini muntazam kuzatishi bolalarning muvaffaqiyatini oshiradi.
Ammo bizning tizim bolalarga ota-onalari bilan birgalikda vaqt o'tkazishiga imkon beryaptimi?
Xalq ta'lim Info jamoasi tomonidan tayyorlangan navbatdagi ijtimoiy rolik aynan shu haqda.
Agar ushbu videorolikda o'zingiz yoki yaqiningiz hayotini ko'rgan bo'lsangiz, bu haqda izohlarda yozib qoldiring.
📝 Izoh yozish
📷 Instagramda ko'rish
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
O'tgan hafta mobaynida ta’limga oid qanday xabarlar e'lon qilindi?
Bolalarni diniy ta’lim olishi uchun o‘qishga berish taqiqlanganmi?
➡️ BATAFSIL
"Dadam "svarshik", onam o'qituvchi" — prezident bilan uchrashgan Hadicha Suyarova
➡️ BATAFSIL
Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shattirib, uning darslarini olsa bo‘ladimi?
➡️ BATAFSIL
1-sinfga qabul uchun ota-onalardan qanday tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi?
➡️ BATAFSIL
Bolalar nima ko’ryapti?
➡️ BATAFSIL
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi
➡️ BATAFSIL
Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi
➡️ BATAFSIL
Ota-onalar bolaning qo'liga telefon berib, uni nazorat qilmaydimi?
➡️ BATAFSIL
Rus maktablari yopilishi mumkin — Ozarbayjon
➡️ BATAFSIL
Attestatsiya bo‘yicha sud ishiga yana bir nechta advokatlar ko‘ngilli ravishda qo‘shilmoqchi
➡️ BATAFSIL
Yoshlar qayerga qarab ketmoqda?
➡️ BATAFSIL
8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
➡️ BATAFSIL
Nega ota-onalar farzandining maktabdagi uy vazifalarini bajarishga yordamlashmay qo'ydi?
➡️ BATAFSIL
Yaqin kelajakda o‘qituvchilar ishsiz qoladimi?
➡️ BATAFSIL
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Nega ota-onalar farzandining maktabdagi uy vazifalarini bajarishga yordamlashmay qo'ydi?
2022-yilda o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, atigi 5 % otalar farzandlarining ta’lim jarayonlarida ishtirok etishi ma'lum bo'lgan. Bu foizlar 2025-yilga kelib ham o'zgarmagan bo'lsa kerak.
Maktabda bolalarga ta'lim, tarbiya berilsa-yu, ammo ota-onalar farzandining ta'limi bilan qiziqmasa, hech qachon natijaga erisholmaymiz.
Xo'sh, biz qayerda xato qilyapmiz?
Nima uchun ota-onalar farzandlariga vaqt ajratolmayapti, ayb kimda o'zi?
Shu sababli, xalqtaliminfo.uz jamoasi aynan mana shu mavzuda ijtimoiy rolik tayyorladi. Marhamat, Instagram sahifamizga o'tib, rolikni tomosha qiling.
Fikrlaringizni esa izohlarda yozib qoldiring. Bu bizga yanada ko’proq ijod qilishimiz uchun turtki beradi.
Rolikni ko'rish — https://www.instagram.com/reel/DLusDmItUt7/?igsh=MWswYm92Nmp5Z2NvOA==
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Xalq ta'lim Info iqtibosi
“Ta’lim bir tomonlama axborot berish emas, balki erkin muloqot orqali o‘zaro o‘rganishdir.
Agar fikrlar almashinuvi bo‘lmasa, ta’lim ham diktaturaga aylanadi…”
Yoshlar qayerga qarab ketmoqda?
Ushbu videoni siz allaqachon ko'rib ulgurgan bo'lsangiz kerak. Unda bir guruh maktab o'quvchilari bir nafar "strimer"ning ortidan ergashib ketayotganini ko'rish mumkin.
Siz nima deb o'ylaysiz?
Ular shunchaki kibersport bo'yicha yosh mutaxassislarmi yoki o'yinga mukkasidan ketgan yosh avlodmi?
Buni to'xtatish kerakmi yoki aksincha? Balki, ularni o'z holiga qo'yish kerakdir...
Izohlarda fikrlaringizni kutamiz.
📝 Izoh yozish
▶️ Mavzuga oid video — https://youtu.be/d_Hs70D4I8o
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Rus maktablari yopilishi mumkin — Ozarbayjon
Ozarbayjonda rus tilida ta’lim beruvchi maktablar bosqichma-bosqich yopilishi mumkin. Ayrim ota-onalar maktablar bilan bog‘liq WhatsApp guruhlariga bu borada xabarnomalar kelganini bildirgan.
Avvalroq, O‘zbekistonda ham “rus maktab”larini kamaytirish taklif qilingandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1245
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Attestatsiya
Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi
Attestatsiya natijalaridan norozi bo'lgan o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy zarar va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1244
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Bolalar nima ko’ryapti?
Bugungi kunning bolalari endi qumlikda o‘ynamaydi, velosipedlarda ko'chalarni changitmaydi, varraklar ortidan yugurmaydi, yon-atrofini, tabiatni kuzatmaydi. Ular faqatgina telefon ekranni kuzatadi. Soatlab, har kuni.
Ekran ortida ulg‘ayayotgan bolalar darslarga ham quloq solmayapti. Ustozning gapidan ko‘ra, ayrim "vaynerlarning" so‘zlariga ishonyapti.
Xo‘sh, endi biz nima qilishimiz kerak?
Endilikda telefonni taqiqlash emas, u orqali bolalarga kerakli bilimlarni o‘rgatish vaqti kelmadimikan?
Keling, yaxshisi Farg'ona viloyati, Bag'dod tumanidagi 15-maktabda tayyorlangan ushbu ko'rsatuvning to'liq qismini ko'rgan holda, izohlarda fikr almashaylik.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/d_Hs70D4I8o
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
#Sõragan_edingiz
1-sinfga qabul uchun ota-onalardan qanday tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi?
Umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan bolalarning ham jismonan, ham ruhan sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, bolalarni maktabga qabul qilishda ota-onalardan bir qancha tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi.
Xo‘sh, ular qaysilar? Bu haqda Instagram sahifamizga joylangan video orqali bilib olishingiz mumkin.
Javob — https://www.instagram.com/xalqtaliminfo
Shunga o'xshash kerakli ma'lumotlarni kuzatib borish uchun Instagram sahifamizga obuna bo'ling.
Biz o‘zimizga nimani ravo ko‘rsak, sizlarga ham shuni ravo ko‘ramiz
Telegramda sifatli kontent topish somon ichidan igna izlashdek mushkul. Biz esa siz uchun bu ishni osonlashtirdik — eng sara bloglarni jamladik!
Bir-birini takrorlamaydigan, xabarlari bilan charchatmaydigan va foydali ma’lumot beruvchi bloglar ro‘yxati siz uchun tayyor.
Biz eng yaxshilarini sizga ilindik — siz esa yaqinlaringizga ulashing!
👉 /channel/addlist/uavg5tjM_vJiYzgy 👈
#Sõragan_edingiz
Bolalarni diniy ta’lim olishi uchun o‘qishga berish taqiqlanganmi?
Savol
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
"Tanaffus" podkasti davom etadi
"Tanaffus" podkasti ta'limga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishda davom etadi. To'g'ri, ba'zan unda aytilayotgan fikrlar mas'ullarga yoqmasligi mumkin.
Ammo, tizimdagi kamchiliklar shu yo'sinda ko'rsatib, muhokama qilib borilmasa, muammolar yanada gazak olib ketishi mumkin.
Shu sababli, "Tanaffus"ning bu galgi sonida iqtisod fanlari doktori, professor Barnogul Sanakulova bilan maktab ta'limiga oid bo'lgan juda ham dolzarb mavzuda suhbatlashdik.
Tez kunlarda yangi sonimizni ham e'lon qilamiz. Unga qadar esa xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube sahifamizga obuna bo'lib, bizni qo'llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz.
▶️ xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube sahifamiz
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
#Eslatma
“Qizil” maktabda ishlamoqchi bo‘lgan pedagoglar 25-iyulga qadar tegishli maktab direktoriga murojaat qilishi lozim
Ayni vaqtda respublikamizda 470 ta ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar mavjud. Mazkur maktabga borib ishlaydigan pedagoglarga esa 50 foizdan – 100 foizgacha ustama to‘lab beriladi.
Xo'sh, qo'shimcha ustama olib, bu kabi maktablarda ishlash uchun maktab ma'muriyatiga qachon va qay tartibda murojaat qilinadi?
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/732
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Sõragan_edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Bahorgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to'lanishi haqida xalqtaliminfo.uz'ga savol yo'llamoqda.
Ushbu murojaatlarni inobatga olgan holda batafsil ma'lumot tayyorladik. Marhamat, ushbu savolning javobi bilan saytimizda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.
Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/1248
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi
Ushbu topshiriq prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgandi.
Endilikda, mahalliy hokimliklar ushbu topshiriq ijrosini ta'minlashi kerak bo'ladi. Bu bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ham alohida ko'rsatma berilgan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1247
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
2 000 dan ortiq abituriyent talabaga aylandi!
20 mingdan ortiq abituriyent Profi University’ni tanladi.
2025-yil 2-iyul holatiga ko‘ra, profiuniversity.uz sayti orqali 23 085 abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan va imtihonlarda ishtirok etgan. Ulardan 2 187 nafari esa universitetga tavsiya etilgan.
Shuningdek, 896 nafar abituriyent 2025/2026-o‘quv yilida Profi University’da stipendiya asosida ta’lim oladi.
28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan imtihon natijalarini esa 5 000 ga yaqin abituriyent kutib turibdi.
Yaqin kelajakda o‘qituvchilar ishsiz qoladimi?
2025-yildan boshlab ayrim mamlakatlarda sun’iy intellekt maktab o‘quvchilariga dars berishni boshladi. Rivojlangan davlatlar sun’iy intellektni ta’lim tizimiga ham faol jalb qilmoqda.
Xo‘sh, O‘zbekiston-chi?
Hozirda biz pedagoglardan o‘z ahamiyatini allaqachon yo‘qotib bo'lgan konspekt va tezislar haligacha talab qilinayotgan bir davrda yashayapmiz.
Sun’iy intellekt — o‘qituvchining raqibimi yoki yordamchisi? Biz sun'iy intellekt imkoniyatlaridan dars jarayonida foydalanishga tayyormizmi?
Yaqin kelajakda pedagoglarning o‘rnini sun'iy intellekt egallashiga yo‘l qo‘yib bermaymizmi?
Aynan mana shu savollarga "Tanaffus" podkastining 19-sonida soha mutaxassislari Hadicha Suyarova hamda Abdulaziz Suyarov bilan birgalikda javob izladik.
Podkastda sun’iy intellekt va o‘qituvchining ertangi kuni haqida so‘z boradi. Tomosha qiling, bu safar suhbat nihoyatda dolzarb.
Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.
“Profi” ta’lim muassasalari tarmog’i asoschisi Bektosh Xatamov nodavlat ta’lim bozori ishdan chiqarib yuborilishi mumkinligini aytib, yaqinda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 403-sonli qarorini umuman qayta ko‘rib chiqish kerakligini ma’lum qildi.
Batafsil — /channel/bektoshkhatamov/3543
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
Xorijiy til o‘qituvchilaridan B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talab etilayotgan bir vaqtda 8 yoshli o‘quvchi Kozim Baxtiyraov ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1246
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Attestatsiya
Attestatsiya bo‘yicha sud ishiga yana bir nechta advokatlar ko‘ngilli ravishda qo‘shilmoqchi
Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan yana bir nechta advokatlari vazirlik bilan bo'lib o'tadigan sudda pedagoglar huquqlarini himoya qilish maqsadida attestatsiya bilan bog'liq sud ishida ko‘ngilli ravishda ishtirok etish istagini bildirgan.
Shu o‘rinda xalqtaliminfo.uz tahririyati ham mazkur sud jarayonini bosqichma-bosqich, to'liq yoritib borishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga bergandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1244
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Ota-onalar bolaning qo'liga telefon berib, uni nazorat qilmaydimi?
Maktablarga bolalar tomonidan mobil telefon olib kelish odat tusiga kirib qoldi. Aksariyat ota-onalar bolalar uchun telefondan foydalanishni taqiqlash kerak degan fikrga ham qarshi.
Xo'sh, siz nima deb o'ylaysiz?
Bu borada ota-onalarda ham ayb bormi? Bolalarga telefonni taqiqlash kerakmi, yoki aksincha?
Izohlarda fikrlaringizni kutamiz.
📝 Izoh yozish
▶️ To'liq video — https://youtu.be/d_Hs70D4I8o
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi
Endilikda har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o'qitiladi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1243
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#yutuqli_savol
Sizningcha, bugun Xalq ta'lim Info'da qanday mavzudagi ko'rsatuv e'lon qilinadi?
Yaqinda xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">Xalq ta'lim Info jamoasi bilan birgalikda kichik bir ko'rsatuv tayyorlagandik.
Nasib qilsa, bugun soat 19.00 da ana shu ko'rsatuvni xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube sahifamizda e'lon qilamiz.
Xo'sh, bu qanday mavzudagi ko'rsatuv bo'lishi mumkin?
xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">
Agar sizda javob tayyor bo'lsa,xalqtaliminfo?sub_confirmation=1"> YouTube sahifamizga a'zo bo'lgan holda xalqtaliminfo/posts">izohlarda o'z taxminingizni yozib qoldiring.
🎁Ko'rsatuv mavzusini to'g'ri topgan obunachimizga esa xalqtaliminfo.uz tahririyatining esdalik sovg'asi beriladi.
❗️Eslatma: Buning uchun izoh egasi xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube sahifamizga a'zo bo'lgan bo'lishi kerak.
#Sõragan_edingiz
Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shattirib, uning darslarini olsa bo‘ladimi?
Savol
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
"Dadam "svarshik", onam o'qituvchi" — prezident bilan uchrashgan Hadicha Suyarova
Kecha, yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda "El-yurt umidi" jamg‘armasi magistranti Buyuk Britaniyada tahsil olib qaytgan Hadicha Suyarova prezidentga o’zining eaten.uz loyihasini taqdimot qilib berdi.
Biz esa "Tanaffus" podkastining yangi sonida Hadicha Suyarova va uning turmush o'rtog'i Abdulaziz Suyarov bilan ta'lim va sun'iy intellekt mavzusida suhbatlashdik.
Tez kunda "Tanaffus"ning yangi sonini e'lon qilamiz.
Buning uchun hoziroq xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube sahifamizga obuna bo'lib oling.
▶️ YouTube sahifamiz — xalqtaliminfo?sub_confirmation=1" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo?sub_confirmation=1
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Kirish imtihonida siz ham ishtirok eting!
Joriy yil, 28-iyun kuni Profi Universityga kirish imtihonlari o‘tkazildi. Unda 5000 nafarga yaqin abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashdi.
Ular his qilgan emotsiyalarni siz ham his qilib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Qachon, qanday qilib, deysizmi?
Unda 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi kirish imtihonida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan o‘tish: profiuniversity.uz
➡️ Universitet haqida batafsil
Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l
➡️ HUJJAT TOPSHIRISH
Telegram l Instagram l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube