xayolim | Unsorted

Telegram-канал xayolim - ☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

387

⚠️ Yoqmadimi? Shunchaki chiqib keting...😉 📌 Kanalda sizga yoqmaydigan postlar bo'lishi mumkin, hamma narsa sizga yoqishi shart emasku to'g'rimi ? 📬 Reklama uchun | @FARXODOVICH ✍🏻

Subscribe to a channel

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

-Sen pastga tushaver.. men ham tezda tushaman..😶
-Tushundim..
Zahro hech kim bilan xayrlashmadi.. aʼzolarda ham u bilan xayrlashish uchun ishtiyoq yoʻq shekilli hech kim indamadi..🤐
Zahro ketganidan keyin xuddi tuman tarqagandek barcha ishtiyoq bilan suhbatlasha boshladi..🗣
Hamma nimalarnidir muhokama qiladi..

Faqatgina Mirshoxid nigohlarini shundoqqina deraza ostida turgan qizga tikib olgan..👀

Unga yaqinlashgan Davronni payqagan Mirshoxid sokin jilmayib qoʻydi..😏
-Sen meni yurak xurujidan vafot etganim uchun gumondor boʻlib qolishini mumkin edi..
-Siz yurak xurujidan oʻlishni rejalashtirayotganingizda biz yigitlar bilan zir yugurib laʼnati mushaklarni zararsizlantirdik..🥵
-Hammasi joyidami..?!
-Ha havotir olmang qurbonlar yoʻq..😶‍🌫

Mirshoxid Zahroning unga qaragan nigohini sezib yetti oyda ilk bor tanish xotirjamlikni his qildi..😌
Zahro bir ikkinchi qavat derazasidan unga tikilib turgan Mirshoxidga qarasa..👀 bir Mirshoxid uning qoʻliga yashirincha topshirgan yozuv boʻlakchasiga qaraydi..🙄
Kiron Zahroning bezovta ekanligini sezib uzoq kuttirmasdan koʻchaga oshiqdi..🫠
Zahro mashinalar yonida ikkinchi qavat derazasidan koʻz uzmay turadi..
Kiron sezdirmasdan uning ortidan kelib ikkinchi qavatga ohista qaraydi..🙄
Deraza oldida hech kim yoʻq.. oq toʻr pardadan boshqa narsa koʻzga tashlanmaydi..🤔

-Meni izlayapsizmi yaxshi qiz..🙃
-Choʻchitib yubordiz..😟
-Ketdik gaplashib olishimiz kerak..

#Малак 🔐

#Davomi_bor... ❤️

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Bo'lajak turmush o'rtog'imga murojaat. O'ldim kuydim qilib kimlarnidir sevib yurma. Baribir meni peshonamga yozilgansan. O'zingni bilib yur. Bo'pti to'yda ko'rishamiz..

@Begim☘🫠

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

-Men sendan oʻshanda soʻragandim..🫠 Usiz yashay olasanmi deb..
Oradan deyarli yarim yil oʻtdi.. haliyam uni sogʻinyapsaňmi..🙄
-7 oy.. 210 kun.. 5048 soat.. Toʻyimizdan shuncha vaqt oʻtdi..😑 Uni eslamagan hech bir lahzam boʻlmadi Davron.. oʻsha kuni ajrim qogʻozlarini menda topshirganingda.. uni shunchaki qoʻyib yubora olmasligimni tushundim..😓
Endi bor Davron.. tayyorlan.. ertaga muhim kun..

***

-Ertaga biz bilan borasan..🙃
-Bugun quyosh gʻarb tomondan chiqqanmi..🥹. Men yigʻlamoqchiman..
-Tayyorlan qizaloq..😉 qasos olish vaqti keldi..

Zahro qiqirlab kulgancha eshikdan otilib chiqdi.. Kamin oldida oʻtirgan sharpa sokin ovoz chiqardi..😶‍🌫
-Nega unga aynan bugun ruxsat berding.. bu xavfsiz emas..
-Bu olovni yoqish uchun.. men ularni qanday qilib quyishqondan chiqarishni bilaman oyi..😉

Yoshi qirqlardan oshgandek koʻrinadigan.. istarasi issiq.. chiroyli ayol oʻrnidan turib oʻgʻliga yaqinlashdi..

-Men qarorlaringga qarshi chiqmaganman Kiron.. senga ishonaman.. lekin ehtiyot boʻl..😐 boshqa aʼzolar bu qizga yaxshi munosabatda boʻlishiga ishonchim komil emas..🙄
-Havotir olmang oyi.. hammasini menga qoʻyib bering..

***
Zahro qayerga borishlarini bu qanday toʻqnashuv ekanligini bilmaydi.. lekin maqsadiga yaqinlashish uchun u har qanday toʻqnashuvga tayyor..😏
Zahro Kiron sovgʻa qilgan toʻpponchani etigi orasiga yashirib oʻziga oynadan jilmayib qoʻydi..☺️
Shu on zanjirga ilingan uzuk koʻrinib turganini payqadi..💍
Bu oʻsha uzuk.. "Mea vita et anima es"
-Tez orada koʻrishguncha.. Mea vita..❤️‍🩹

***

Mirfayz Mirshoxidning allaqanday tarang koʻrinishini payqab unga yaqinlashdi..👀

-Yana nimani boshlading Mirshoxid..🤨
-Hech nima aka..
-Mendan nimadir yashira olaman deb oʻylaysanmi..? Men bu koʻzlarni yaxshi bilaman.. hoziroq ayt..😠

-Aʼzolar shu yerda..

Mirfayz akasiga teshib oʻtgudek nigoh tashlab toʻda vakillarining qarshisiga chiqdi..😶. Mirshoxid bir necha oʻnlab kishilar orasida tanish siluet koʻrinmagach biroz yengil tortgandek boʻldi..🫠
Hamma joylashgach muhokama boshlandi..🗣

-Oʻrtamizdagi ichki janjallar hech qachon yaxshilikka olib kelmaganini oʻzingiz yaxshi bilasiz.. Men ortiqcha gapirmayman.. nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishimiz zarur..
-Menda hech qanday sabab yoʻq.. Agar Mirshoxid suiqasdlarni toʻxtatsa.. men tinchlik kelishuviga tayyorman..👀
-Kironda hammasi aniq.. gapir Mirshoxid nimani xohlaysan..🤔
-Agar hamma tinchlik kelishuviga rozi boʻlsa qarshiligim yoʻq..🫠
Hamma jumladan Kiron va Mirfayz ham Mirshoxidga shubha bilan qaraydi..😶‍🌫 U bunchalar oson taslim boʻlishi hech qanday yaxshi narsani vaʼda qilmaydi..😑
Mirshoxid ularni yuqori qavatdan kuzatib turgan Davronga ishora berib soʻzini yakunladi..
Lekin Kiron tezda soʻzni oʻziga oldi..
-Men bir narsani unutdim.. Bizda yangi aʼzo bor..  Zahro kelaver..!!!

Mallatus sochlar endi qora tusda tovlanadi.. biroz boshini egib hijolat bilan tabassum qiluvchi hushchaqchaq qiz negadir koʻrinmaydi..🙄
Oʻziga ishongan.. istehzoli tabassumli bu qizni Zahro ekanligini eslatib turuvchi yagona belgi uning jon oluvchi koʻzlaridir..
Qora koʻzlar toʻqnashganida koʻrinadigan yagona tuygʻu yana oʻsha nafratdir..❤️‍🩹

#Малак 🔐

#Davomi_bor... ❤️

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

❤️‍🩹..NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

4-qism 📝

-Mirshoxid..!
-Xush kelibsiz aka..🙂
-Yaramas.. nega qaytmading..🤨
-Aka.. aytdimku.. men uchun shu yerda qulayroq..😕
-Yaxshi..😑. Men Kiron bilan gaplashdim.. Ertaga kelishuv uchun joyni tanlaymiz..
-Bu kelishuv nimanidir oʻzgartirishiga ishonmayman aka.. Bunda hech qanday naf koʻrmadim..🙄
-Men esa koʻryapman.. Toʻdalar oʻrtasidagi nizo hech qanday yaxshilik olib kelmagan..😬 nima shuncha vayronagarchiligingiz kammi..😠
-Kiron meniki boʻlgan narsani qaytarsin aka.. shu zahotiyoq barchasini toʻxtataman..☹️
-Bas qil Mirshoxid..!! Muammo faqat ikkalangizda emas.. hozir Yevropadagi ikki toʻda bizning ichki urushlarimizdan foydalanishga urinyapti..😡 biz esa bemani kelishmovchiliklarni bas qilib oʻzaro birlashishimiz kerak..😑
-Aka..😒
-Bu meni qarorim Mirshoxid..!!! U muhokama qilinmaydi..

Mirshoxid mushtlarini qisgancha Davronga qoʻngʻiroq qildi..📲

-Kechagi gʻoyangni amalga oshiramiz Davron.. boshqa choramiz qolmadi..😬

***

Mirshoxid oʻz xonasiga kirib divanga holsiz yiqildi..😓
Bu qiynoqli.. muammoli.. yetti oy.. aytishadiki oyning oʻn beshi yorugʻ boʻlsa, oʻn beshi qorongʻu boʻladi deb.. Mirshoxid uchun shu yetti oyda hech bir yorugʻlik boʻlmadi..😖
Tasavvurida yoshdan koʻzlari qizargan.. unga hayrat va ogʻriq aralash tikiladigan Zahroning nigohlari takror-takror qotib qolgan..💔. Bu nigohlar uni har doim taʼqib qiladi..
Eshikning beadab taqqillashi kim kelganini aniq maʼlum qildi..🤦‍♂
-Kel bosh ogʻrigʻi faqat sen yetmay turganding..😒

Davronning jilmaygan chehrasi eshikdan koʻrinishi bilan Mirshoxid joyidan qoʻzgʻaldi..😐
-Hammasi tayyormi..
-Tayyor Mirshoxid.. sizlar kelishuv oʻtlazadigan joyni aniqlashga muvaffaq boʻldim..😶 Bu "Night Angel"
-Zodagonlar mehmonxonasi..🤨
-Ha.. begona koʻzlardan uzoqda.. tinchgina joy..😕
-Asosiy mavzuga qayt..😑
-Ha asosiy mavzu u yerda Zahro boʻlmasligiga ishonchim komil..💯 Zahro hech qachon toʻqnashuvlarga olib kelinmagan.. yashirin maʼlumotlarga qaraganda u Big Bangni asosiy binosida yashaydi..😐
-Buni yana bir bor tekshir Davron..🙄. Xoʻsh nimalarni qayerga joylashtiramiz..

Davron binoning qurilish chizmasini ochgancha.. kichik portlovchilar joylashtiriladigan hududlarni koʻrsatdi..😶
Mirshoxidning koʻzlari chizmaga tikilsada.. oʻylari boshqa dunyoda ekanligi aniq..😵‍💫
-Men sendan oʻshanda soʻragandim..🫠 Usiz yashay olasanmi deb..
Oradan deyarli yarim yil oʻtdi.. haliyam uni sogʻinyapsaňmi..🙄
-7 oy.. 210 kun.. 5048 soat.. Toʻyimizdan shuncha vaqt oʻtdi..😑 Uni eslamagan hech bir lahzam boʻlmadi Davron.. oʻsha kuni ajrim qogʻozlarini menda topshirganingda.. uni shunchaki qoʻyib yubora olmasligimni tushundim..😓
Endi bor Davron.. tayyorlan.. ertaga muhim kun..

***

-Ertaga biz bilan borasan..🙃
-Bugun quyosh gʻarb tomondan chiqqanmi..🥹. Men yigʻlamoqchiman..
-Tayyorlan qizaloq..😉 qasos olish vaqti keldi..

Zahro qiqirlab kulgancha eshikdan otilib chiqdi.. Kamin oldida oʻtirgan sharpa sokin ovoz chiqardi..😶‍🌫
-Nega unga aynan bugun ruxsat berding.. bu xavfsiz emas..
-Bu olovni yoqish uchun.. men ularni qanday qilib quyishqondan chiqarishni bilaman oyi..😉

Yoshi qirqlardan oshgandek koʻrinadigan.. istarasi issiq.. chiroyli ayol oʻrnidan turib oʻgʻliga yaqinlashdi..

-Men qarorlaringga qarshi chiqmaganman Kiron.. senga ishonaman.. lekin ehtiyot boʻl..😐 boshqa aʼzolar bu qizga yaxshi munosabatda boʻlishiga ishonchim komil emas..🙄
-Havotir olmang oyi.. hammasini menga qoʻyib bering..

***
Zahro qayerga borishlarini bu qanday toʻqnashuv ekanligini bilmaydi.. lekin maqsadiga yaqinlashish uchun u har qanday toʻqnashuvga tayyor..😏
Zahro Kiron sovgʻa qilgan toʻpponchani etigi orasiga yashirib oʻziga oynadan jilmayib qoʻydi..☺️
Shu on zanjirga ilingan uzuk koʻrinib turganini payqadi..💍
Bu oʻsha uzuk.. "Mea vita et anima es"
-Tez orada koʻrishguncha.. Mea vita..❤️‍🩹

***

Mirfayz Mirshoxidning allaqanday tarang koʻrinishini payqab unga yaqinlashdi..👀

#Малак 🕊

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Oppoq qalbda keldim...🤍

@Begim

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

❤️‍🩹..NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

3-qism📝

Mirshoxid Kironning yoqasini qoʻyib yuborib.. bir zum oʻylanib qoldi...
Demak u adashmadimi..? Zahro uni har doim aldab kelganmi.. Lekin nima uchun..😑
-Kiron bu ombor hech nima emas.. shuni unutma..! Toki Zahroni qaytarmas ekansan.. butun hayotingni doʻzaxga aylantiraman..😠
-Nahotki..😏 ikki kun oldin uni hech ikkilanmasdan zaharlagan odam aytyaptimi buni..🤨

Mirshoxid indamadi..😑 uni aytadigan hech qanday gapi yoʻq.. U Zahro bilan munosabatlarini hech kim bilan muhokama qilmaydi..
Mirshoxid odamlari bilan omborni tark etgach, Kiron shundoqqina xona ostonasida  turgan Zahroni payqadi..👀
Zahro Mirshoxid ketgan tomonga tikilib, unga yaqinlashgan Kironni sezmaydi..🥺
-Afsuslanyapsanmi..😏
-Ha..!
-Nima..😟
-Lekin bundan hech qanday maʼno yoʻq..😣

Zahro Kironning javobini kutmasdan mashina tomon yurdi..
Ortga qaytish uchun boʻlgan soʻnggi eshik ham yopildi..😣 endi boshi berk koʻchadan chiqishga urinish emas.. tirik qolishga urinish zarur..
Kiron endi oson boʻlmasligini.. Zahro qaysar ekanligini.. Mirshoxid esa har lahzada uni bezovta qilishini juda yaxshi tushunadi..😑
Lekin Kiron barchasiga tayyor.. u koʻr emas, agar Zahro uniki boʻlishiga zarracha umid boʻlsa u butun dunyoni uning oyoqlari ostiga tashlashga tayyor..🫠

***

Ikkinchi qavatdagi qarsillagan tovushlar Zahroning xonasi vayron boʻlishi bilan yakunlandi..😵‍💫
-Hammasini chiqarib tashlang..😬
Mirshoxid boʻm boʻsh xonada oʻtirgancha gʻazabini jilovlay olmaydi.. Bir tomondan hammasi u xohagandek.. Zahro undan uzoqda.. uni eslatadigan hech nima yoʻq.. lekin ich ichingdan bir ovoz yuragingni kemirib.. norozi bosh koʻtaradi..😡
-Mirshoxid..🙄
-Meni bezovta qilmaslikni soʻradim..🤬
-Bu muhim boʻlmaganida kelmasdim.. uchta qurol omborimiz FBR tomonidan aniqlangan..😑 ular hozir shu yerda..
-Ming laʼnat..😡 Bu Kironni ishimi..?!
-Men bunday demagan boʻlardim.. Kiron bular haqida bilmasdi.. Bu Zahro..☹️

***

Oradan yetti oy oʻtdi..⚡️

-Kiron Zahro oldingizga kirishni talab qilyapti..😶
-Majlisdan keyin koʻrishamiz.. xonamda kutib tursin..😐
-Tushunarli..

Kiron kichik majlislar zaliga kirib yuzini bir zumda tabassum egalladi..😄
-Xoʻsh qaysi shamollar uchirdi yaxshi qiz..

Zahro katta oʻlchamli etiklarini stol yuzasiga qoʻygancha Kironning kreslosiga bemalol joylashib olgan.. qoʻlidagi toʻpponchasini majlisga kelganlarga oʻqtalgancha jilmayib turadi..🫠

-Soʻnggi paytlarda sizni faqat shu yoʻl bilan ushlash mumkin xolos Kiron..😏
-Yigʻilishdan keyin koʻrishamiz Zahro..😉
-Yoki hoziroq gaplashib olamiz.. yoki men bu yerda hech kimni tirik qoldirmayman..🙃
-Zahro..🤦
-Yigʻilish keyinga qoldirildi.. Bunga kimdir qarshimi..🤨

Xodimlar allaqachon oʻziga janoza ham oʻqishga ulgurgan shekilli.. yigʻilish qoldirilganini eshitishi bilan hamma tezda eshikdan chiqib gʻoyib boʻldi..😶‍🌫
-Oʻzingga juda koʻp ruxsat berasan..

Kiron Zahroning qoʻlidagi toʻpponchani tortib olib yoniga oʻtiradi..😐
-Bu toʻpponchani oʻzingni himoya qilishing uchun sovgʻa qilganman.. hammani qoʻrqitishing uchun emas..😑
-Kiron men snayper boʻlishni xohlamayman..☹️ bu juda zerikarli.. sabrsiz ekanligimni bilasiz..
-Aynan shuning uchun seni oʻsha yerga yubordim.. sen sabr qilishni oʻzingni jilovlashni oʻrganishing kerak..
-Siz menga qasos olishim uchun yordam bermoqchi edingiz lekin kelganimdan beri men bir marta ham toʻqnashuvlarga bormadim..
-Hali erta..😉
-Men har qanday toʻpponchadan foydalanishni bilaman.. jangda ham yaxshilanyapman..
-Isbotla..
Zahro ikkilanmasdan toʻpponchasini Kironning chakkasiga bosdi..
-Toʻpponcham oʻqlangan hali ham isbotlashimni istaysizmi..😏
Kiron unga jilmaydi.. lekin Zahro ajablanib unga qarashi bilan bir siltab toʻpponchasini tortib oldi..
-Toʻqnashuvlar uchun faqat oʻq uzishning oʻzi kamlik qiladi.. toki tajribangni orttirmaguningcha bu haqida eshitishni ham istamayman..

#Малак 🕊

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Kiron Zahroning iyagidan ushlab oʻziga qaratdi..🙄. Men Mirshoxidga tegishli ekanligingni bilmagandim..
-Men uchun faqatgina tirishqoq shogirdim eding xolos.. ha aqlga sigʻmas boʻlib koʻrinishi mumkin.. Lekin ishon senga zarracha ham gʻarazli niyat bilan qaramadim..😶 hech qachon..
-Mendan nima istaysan unda..🥲
-Ketma.. shu yerda qol.. Seni u yerda hech kim kutmayotganini bilaman.. Ishon senga yordam beraman.. hech qanday gʻarazli niyatlarsiz..😐
Qasos olishing uchun yordam beraman..
-Qasos..
-Hayotingni barbod qilganlar qilmishiga yarasha jazosini olishi zarur..😑

Zahro bir qoʻlidagi chiptalarga bir Kironning uzatilgan qoʻliga qaraydi..🙄
Oʻzgarishlar vaqtli keldi..

***

Kiron qurol omborlaridan biri egallanganini eshitishi bilan yoʻlga tushdi..😡. Bu Mirshoxidning ishi ekanligi esa gʻazabni ikki barobarga oshiradi.. Odatda toʻdalar boshqa guruhlarga zarar berishmaydi.. bu qoidalarga muvofiq emas..😑. Lekin agar ular qoidalarga rioya qilishganida bu qurol savdosi emas oʻyinchoqlar doʻkoni boʻlgan boʻlarmidi..

-Shaxsan Mirshoxidning oʻzi tashrif buyurganiga qaraganda oʻzim bilan faxrlansan arziydi..😏
-Men oʻzimga tegishli narsani olish uchun keldim..😠
-Menimcha adashyapsan.. bu yerda senga tegishli hech nima yoʻq..😏
-Zahro qayerda..😡
-Zahro..?! Bizda shunaqa ismli tanishimiz bormi..🧐 Mobodo sen bilmaysanmi..🤔

Kiron xuddi mazah qilgandek Davron va Mirshoxidga aktyorlik mahoratini yana bir bor namoyish qiladi..😬
Mirshoxidning toʻsatdan toʻpponchani Kironning boʻgʻziga bosishi ikkala tomonni ham choʻchitib qoʻydi..🤯
Ikkala tarafdan ham birvarakayiga qurollarning oʻqlangan tovushlari eshitildi..🔫
-Endi eslagandirsan..?!
-Ha esladim.. sen aldagan.. oʻldirishga uringan va allaqachon ajrashgan sobiq rafiqang haqida gapiryapsan..😠
-Zahro qayerda..🤬
-U seni koʻrishni istamaydi.. va bir narsada adashding.. u seni odaming emas..😏 boshidanoq meniki boʻlgan..!!

#Малак 🔐

#Davomi_bor... ❤️

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

🖤☘️ Yalla habibi

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

❤️‍🩹..NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

II fasl.📖

1-qism📝

-Men joylashtirgan ovoz yozish uskunalari evaziga shartnomadan xabardor boʻldim.. Big Bang guruhidagi odamimizga shartnoma haqida aytdim..😏 va voqealar rivoji sen koʻrganingdek..!
-Mirfayz rejangiz aʼlo darajada ishladi..
-Zayn men hech nimani shunchaki qoldirmayman..😏 Zahroga zarracha achinmayman.. bilishimcha uni Kiron bilan haqiqatdan ham aloqasi boʻlgan.. Zayn men Mirshoxidni uyimga oʻz qoʻlimda koʻtarib olib kirganman..😑 u juda kichik edi.. unga oʻzim ism qoʻydim.. mehr berdim..🫠
U mendan mehr olgan yagona odam bolasi.. bunga ishonishing mumkin..😶 Lekin uni qilgan ishlari orqamdan
urilgan pichoqdek boʻldi..🔪
-Mirfayz yana bironta rejangiz bormi..🙄
-Aslo Zayn.. aslo. Men ishonaman.. ukam qaytadi.. Zahroning qilmishlari unga dars boʻladi..😶

***

Koʻzimni ochganimda koʻrinadigan ilk manzara oppoq shift edi..🤧
Tomogʻimni kuydirgan ogʻriq nafas olishga yoʻl qoʻymas edi..😑 xuddi vaakumga tushgandek edim.. har bir harakat har bir holatni koʻrib tursamda hech nimani tushunmas.. miyam hech nimani anglamasdi..😵‍💫
Xonada paydo boʻlgan hamshira qanday tez kirgan boʻlsa.. xuddi shunday tezda ortiga qaytdi..👩‍⚕
Bir zumga qayerda ekanligimni anglamadim..
Miyamga urilgan xotiralar tasviridan nimanidir anglagandek edim..
Toʻy oqshomi.. chiroyli tabriklar.. Mirshoxid.. oʻsha laʼnati sharob va tubsizlik..🌑
-Yoʻq.. Mirshoxid.. Mirshoxid..
Hayolimdagi baqirigʻimdan choʻchib ketgan boʻlsamda.. ovozim chiqmas.. pichirlashim oʻzimga zoʻrgʻa eshitilardi..🤧
Shifokorlar toʻdasi atrofimda toʻplanganida koʻz yoshlarimni tiya olmas.. baqirgancha xirillar.. Mirshoxidni keltirishni soʻrab yolvorardim..😖
-Tinchlantoruvchi olib keling..!
-Yoʻq..!! Uxlashni xohlamayman iltimos..🥲 Mirshoxidni chaqiring.. men tushuntirishim kerak.. Tushuntirishim kerak..😭
Tinchlantiruvchi ukolning kuchli dozasi bir zumda uyquni keltirib chiqardi.. koʻzimni yumishimdan oldin soʻnggi jumla qulogʻimga chalindi..
-Uni uygʻonganini xabar qiling..

***

Davron shifokorlardan Zahroning oʻziga kelganini eshitishi bilan shifoxonaga yoʻl oldi..😶
Bir yil koʻz ochib yumguncha oʻtdi.. Davron Zahroni singlisidek yaxshi koʻrardi.. avvaliga unga befarq edi, keyinchalik bu qizga mehri tushdi.. ayni damda esa yana oʻsha befarqlik.. eʼtiborsizlik oʻz oʻrniga qaytdi..😑
-Oʻz vaqtida olib kelgansiz.. zaharni yuvib tashladik.. u tarqashga ulgurganida uygʻonmas edi.
-Tagʻsiri boʻladimi.?
-Yoʻq. qon shunchaki zahar oʻzini namoyish qilgani uchun oqqan. havotirlanmang.
Davron yetib kelganidan yarim soatcha chamasi vaqt oʻtgach Zahro oʻziga keldi.
Ichkariga kirgan Davronni koʻrishi bilan Zahro darrov jonlandi.😟
-Davron aka..! Davron aka Mirshoxid qayerda..🥲 men u bilan gaplashishim kerak..
-Umid qilamanki ertagacha tuzalib ketasan..😑
-Davron aka..😟
-Ertaga birinchi reys bilan Oʻzbekistonga qaytasan.. chiptalar allaqachon band qilingan..😶 Mana bu hujjatlarni imzolashing kerak..📑
-Davron aka nima bu..🥲 men tushunmayapman..
-Bu tibbiy kartang.. shuningdek ajrim qogʻozi..
-Ajrim..🥺
-Ikkalasiga ham imzo qoʻy..
-Davron aka..
-Vaziyatni chigallashtirma Zahro.. Mirshoxidning gʻazabi nimalarni keltirib chiqarishini oʻz koʻzing bilan koʻrding..😐
-Men hech nima qilmadim.. hech nima..
-Oldingda ikki yoʻl bor.. yoki hozir ikkala hujjatga ham tinchgina imzo qoʻyasan.. yoki ajrimga imzo qoʻydirish uchun  Mirshoxid seni yerni tagidan boʻlsa ham topadi..😏
Zahro qaltiragan qoʻllari bilan hujjatlarni ushlagancha koʻz yoshlarini tiya olmaydi..🥲
-Sen uchun ortiqcha vaqtim yoʻq Zahro..!

Zahro imzo qoʻyishi bilan Davron hujjatlarni olib eshik tomon yoʻnaldi..😶
Yashirincha unga konfetlar tutqazgan. kichik maslahatlar berib.. Zahroni qutqarish uchun jonini xatarga qoʻyishga ham ikkilanmagan Davron endi begonadek..😣

-Qaysi gunohlarim uchun..😭

***

#Малак 🔐

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

🔥 ox bla (xit) 🔥

track: xip xop xit trand

🔊 ▁ ▂ ▃ ▄ ▅ ▆ ▇ █
t.me/BABNIKCHAM_CLUB

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

-Kotibangiz chiroylimi..😄
-Nima..🤨
-Kechki ovqat uchun joy band qilgandim.. balki kotibangiz bilan boʻsh vaqtingiz bor yoki yoʻqligini restoranda muhokama qilarman..😁
Mirshoxid har doim u bilan hazilkashish yoʻllarini topadi.. uni jahlini chiqaradi.. jazavaga olib keladi..😬 va oxirida iliq quchoqlar.. boshqa tekkizilgan yumshoq oʻpishlar vaziyatni tinchlantirishda yordam beradi..
-Hech kim bilan hech qayerga bormaysiz..😠
-Albatta borolmayman..! Seni kotibang yoʻq yaxshi qiz oʻzingga kel..😂 hatto hayolingdagi kotibangdan ham meni rashk qilyapsan..🤦‍♂
Mirshoxid va Zahro shinamgina restoranga tashrif buyurishdi.. deyarli butun qavat chiroyli koʻrinadi..🤩
Automix chindan ham baland didlilar uchun ham ajoyib restoran.. siz bu yerda sushidan kalmargacha topishingiz mumkin..😋
Kecha ajoyib oʻta boshladi.. Mirshoxid ham ovqatdan ham Zahroni jigʻiga tegishdan rohatlanardi..😅
-Ishlaringiz qalay..
-Unchalikmas.. Big Bang bilan janjal yaqin.. oramizda ham xoin bor deb oʻylayapman..😕
-Kimligini bilasizmi..😟
-Yoʻq.. lekin havotir olma.. bu masalalar bilan toʻyimizdan keyin shugʻullanaman..😉
Zahro javoban jilmayib qoʻydi.. 🙂 keyin men hozir deya uzoqlashdi..
Ayni shu daqiqada Mirshoxidning telefoni xabar kelganligi haqidagi xabar bilan titradi..📱
Allaqanday surat.. Surat xira fonda olingan.. allaqanday yigit va qizni koʻrsatadi...👀 Ular nimalarnidir qizgʻin muhokama qilishayotgandi aniq..
Ulardan birini tanigan Mirshoxid chimirilib ketdi..🤨
Bittasi Big Bang rahbari Kiron.. va ikkinchisi..😳

-Nimadir boʻldimi..🙄
Mirshoxid bir telefonidagi suratga bir qarshisidagi Zahroga qaraydi..👀

#Малак 🔐

#Davomi_bor... ❤️

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Viuv viuv | Reaksiya 🔥🤣

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Скоро | tez kunda 😅😋

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Қайнона ҳар учта куёвини синамоқчи бўлибди.

Биринчи куёви дарвозадан кириб келиши билан, ўзини ҳовлидаги ҳовузга ташлабди. Катта куёв дарҳол қутқариб олибди. Эртасига катта куёвни дарвозаси олдида янги Нексия машинаси, уни устида "Севимли куёвимга қайнонасидан" деган ёзув турган эмиш.
Эртасига қайнона ўртанча куёвини ҳам ҳудди шундай синабди. Ўртанча куёви тонгда ташқарига чиқса, дарвозаси олдида янги Матиз машинаси, уни устида "Севимли куёвимга қайнонасидан" деган ёзув турган эмиш.
Учинчи куни қайнона кенжа куёвини синаш учун ўзини сувга ташлабди. Кенжа куёв ичида ўйлабди:
— Катта божамга Нексия, иккинчи божамга Матиз тегди. Менга эски Тико ёки шалоғи чиққан Жигули тегса керак, - дебди-да, қайнонасини қутқармабди.
Эртаси куни эрталаб кўчага чиқса, дарвозаси олдида янги Каптива турган эмиш. Устида "Севимли куёвимга қайнотасидан" деган ёзув турганмиш.

@Begim 👌🏻😅

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

❤️‍🩹.. NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

13-qism📝

-Gaplaringni oʻylab koʻrdim.. agar ketishni xohlasang seni ushlab turmayman..😑
-..😟. Nimalar deyapsiz..😳
-Aytdim-ku..?! Gaplaring haqida oʻylab koʻrdim..😐
-Men ketishni xohlayman demadim..🥺
-Bugun Mirfayz keldi..😕
-Nima..😥
-U bizga ortiq tahdid qilmaydi.. endi bizni tinch qoʻyadi.. ketishni xohlasang men qarshilik qilmayman..
-Sizchi..🥹 Siz ketishimni xohlayapsizmi.. javob bering..!!
-Bu seni qaroring Zahro..😤. Qiynalayotganingni koʻrib turibman..😠 kechagina xabar qilishdi.. darsga bormaganing uchun oʻqishdan haydalgansan.. meni deb oʻqishingdan ayrilding.. bu yerdagilarni tilini tushunmaysan.. men koʻr emasman Zahro..😡. Manzarasi goʻzal boʻlsa ham.. senga ogʻriq keltiradigan joyda qolishing toʻgʻri emas..😑
Zahro shashqator koʻz yoshlari bilan Mirshoxidga qaraydi.. Mirshoxid tinchlanish uchun boʻlsa kerak ortiga oʻgirilgancha boshini egib turadi..😞
Zahro yaqinlashib Mirshoxidni qoʻlidan ohista tortdi.. uni oʻziga qaratib.. ilk bora nafrat.. keyin esa hayratlanish.. bora bora faqat muhabbat bilan toʻldirilgan qora koʻzlarga tik qaradi..👀
Mirshoxidni koʻzlarida hech nima koʻrinmaydi.. ehtimol faqat ogʻriq..😣 Mirfayz unga nima deganini tahmin qilish qiyin..

-Men uchun sizni fikringiz muhim..🥺
-Zahro..
-Ketishimiz xohlaysizmi..🥲
Mirshoxid ikki oʻt orasida yonadi..🔥 lekin ilk bor miyasi ham.. qalbi ham bir fikrda toʻxtadi.. hatto Mirfayzning shuncha gaplaridan keyin ham u bu qizdan osongina voz kecholmaydi..❤️‍🩹

***
Bir soat oldin...
Mirshoxid oʻz joyida oʻtirgan Mirfayzni koʻrib joyiga mixlandi..😳

-Aka..? Bu yerda nima qilyapsiz..
-Men ham sendan shu haqida soʻramoqchiman..🤨. Sen va Zahro.. bu yerda nima qilyapsiz..😠
Mirshoxid akasi hammasini bilishini bir zumda anglab indamay xonasiga kirdi..😑
-Xato qildim.. sizga bu haqida eng boshidanoq aytishim kerak edi..😣. Aka.. Men Zahroni yaxshi koʻraman..❤️‍🩹
-Lekin men unga uylanayotganimda sen bu haqida hech nima demading..🤨
-Aka..!! Keling ochiqchasiga gaplashib olaylik..😶 bu unashtiruv.. toʻy tomoshalari..😬 shunchaki tomosha ekanligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz..😠. Men nimani koʻzlaganingizni tushunmayapman..
-Mirshoxid..! Qachon bu qadar oʻzgarding..😏 meni fikrlarimga qarshi chiqishni boshladingmi..?
-Aka..😣
-Sen Zahroni qanchadan beri taniysan..? Bir oy..? Yoki uch oymi..? U hatto mendan ham ishonchlimi..? Uni kimligini bilasanmi oʻzi..
-Ha hech nimani bilmayman..😐
Mirshoxid ovozini koʻtarib akasiga tik qaradi..
-Toʻgʻri u haqida bilmayman.. bilishni istamayman ham..☹️ men uni qayerda yashaganini.. qanday inson boʻlganini bilmayman.. Men uchun uni hozir yonimdaligi muhim.. men hozirgi Zahroni sevaman..  Meni kechiring aka..

Mirfayz oʻychan bir zum jim turdi..😶 Mirshoxid akasining bu odatini yaxshi biladi.. u odatda qaror qabul qilishga qiynalganida shunday qiladi..😑
Uzoq jimlikdan soʻng Mirfayz indamasdan eshik tomon yoʻnaldi.. orqasidan unga tikilib turgan Mirshoxidni payqasada ortiga oʻgirilmadi..😑
-Bu tanloving uchun bir kun kelib afsus qilasan Mirshoxid..😠 Lekin ortga qaytganingda kech boʻladi.. ortiq seni bezovta qilmayman.. lekin endi mendan yordam kutma..
Eshikning qarsillab yopilishi Mirshoxidning yuziga tarsaki tushirgandek boʻldi..😣
Mirshoxid bir kun kelib akasidan ajralishini bilardi.. lekin bu qadar tez emas..😑

***

-Ketma..!!! Ketishingni istamayman eshityapsanmi meni.. Bilaman oʻshanda ahmoqlik qildim.. seni azobladim.. lekin tushun seni bu balolardan uzoqroq tutmoqchi edim.. meni fikrimni soʻrayapsanmi..?! Unda ketma.. hech qachon ketma..
Mirshoxid Zahroga gapirishi uchun imkon bermaydi.. bagʻriga bosib.. uning sokin yurak urishini tinglaydi..🫂🫀
Hayolida esa akasining fikrlariga qalbi qarshi chiqadi.. yoʻq bu quchoqlar.. bu tabassumlar soxta emas.. bularning barchasi soxta ekanligiga ishonmaydi..❤️‍🩹

#Малак 🕊

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

❤️‍🩹..NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

5-qism 📝

Mirshoxid Zahroga sogʻingan koʻzlari bilan qaraydi.. uzoq ayriliqdan keyin uning koʻzlariga qaragisi, yana bir bor "oʻzining" Zahrosini koʻrgisi keladi..❤️‍🩹
Lekin uning nigohlari javobsiz.. tikilishlari eʼtiborsiz qoldirildi..😑
Xuddi ataylab qilgandek Zahro Kironning orqasida turgancha oʻziga tikilgan nigohlarni sezmagandek beparvo turardi..😏
Uni nigohlari bilan "burgʻulayotgan" faqat Mirshoxid emas.. Mirfayz ham ukasidan ham hayratda emas..😬. Zahroning xuddi hech nimani sezmagandek oʻzini tutishi..😶‍🌫 boshini tik turgancha Kirondan koʻz uzmasligidan Mirfayzning tishlarini gʻazabdan gʻichirlashiga olib keldi..😬
Mirfayz Mirshoxidning oʻtib boʻlmas koʻzlaridan u ham hech narsani bilmasligini tushundi..👀 
-Kiron.. Bu yerda begonalar nima qilayotganini bilmoqchiman..🤨
-Uni begona emasligini yaxshi bilasiz.. yashirincha josuslaringiz allaqachon uni kimligini yetkazishganiga ishonchim komil..😏
-Bu bilan nima demoqchisan..☹️
-Ha mayli oʻzim aytganim boʻlsin.. Zahro endi menga tegishli barcha shirkatlarning aksiyadori.. uning bu yerda boʻlmasligi gʻalati boʻlardi..😌
Aytilgan xabardan Zahro ham adashib qoldi.. hammasi uning ulkan koʻzlarida ochiq oydin yozilgandi..🙄
Mirshoxid bir zum mehmonxonaga joylashtirilgan kichik portlovchilarni oʻylab ich ichidan muzlab ketdi..🥶 agar hoziroq bino tark etilmasa keyin kech boʻlishi hech gap emas..😑
Hozirgina Mirshoxid ishora qilgan joyda Davronning yoʻqligi esa Mirshoxidning soʻnggi asab tolalarini ham uzib yubordi..😠
-Hozir qaytaman..
-Toʻxta Mirshoxid.. kelishuv imzolanishi bilan birga ketamiz..😶
Mirfayzning past ovozidan Mirshoxid qayta joyiga oʻtirsa-da ich ichidan oʻzini ming bor laʼnatlashga ulgurdi..😑
Hozir xuddi yangi yil oqshomidagi mushaklar kabi birin ketin zanjir qilib ulangan atomlar portlay boshlaydi..💣 agar oʻz vaqtida barcha binoni tark etmasa bu yerdan kimdir tirik chiqishi dargumon..
U oʻz joniga achinmaydi.. kelganidan buyon uni birgina sovuq nigohidan oʻzgasiga arzitmagan nigohlar egasiga qaygʻuradi..❤️‍🩹

***

Zahro kelishuv shartlari muhokama qilingunicha lom mim demadi..🤐 Unga berilgan savollarga Zahro hali hech narsani bilmagani uchun uning oʻrnidan Kiron javob beradi..🗣
Zahro Mirshoxidning unga tikilgan mehribon koʻzlari taʼsiriga tushib qolmaslik uchun boshini koʻtarmaydi..😞

-Zaahro..?!
Kutilmagan mehribon chaqiruv uni xotiralari ummoniga koʻmilishga majbur qildi..

— 𐤀 —

-Zaahro.. Boʻldi yigʻlamasangchi..😆
-🥲
-Xoʻp men aybdorman..🫠 seni boshqa qoʻrqinchli filmlarga olib bormayman..

Avvaliga Zahro Mirshoxid toʻsatdan kinoga borishlari haqida aytganida juda xursand edi..😌
Lekin filmning nomini eshitishi bilan Zahroning ob havosi birdan oʻzgarib bormayman deb turib oldi..😑.
Lekin Mirshoxid uni erkalab chaqirgan "Zaahro" si natijasida rozi boʻldi..
Va shu film natijasida Zahro ikki kun yolgʻiz qolishdan qorongʻu burchaklardan qoʻrqib baqirdi.. keyin esa ishdan kelgan Mirshoxidning yelkasiga mushtlab avvaliga uzoq yigʻladi..🥲 keyin esa uni tashlab ketmaslikni yolvorib soʻragandi..
Mirshoxid oʻshanda  tinimsiz kechirim soʻragan... uch kun ketma-ket barcha ishlarini bekor qilib vaqtini Zahro bilan oʻtkazdi..❤️‍🩹
Oʻshanda Mirshoxid Zahroni qoʻrqinchli filmlarga olib kirmaslik kerakligini tushungan.. lekin oʻsha mehrli "Zaahro" dan onda sonda foydalanishni toʻxtatmagan edi..🥲

— 𐤀 —

Lekin bu safar uni Mirshoxid emas.. balki Kiron shunday chaqirdi..🙄
-Nima..?!
-Hamma aʼzolar bilan tanishishing kerak.. rasman..
Zahro barcha bilan qoʻl siqishib chiqa boshladi..🤝 eng soʻnggi aʼzolar qatorida turgan Mirshoxidni koʻrishi bilan yuzidagi hissiyotlarini oʻchirish uchun bor kuchini ishga soldi..😑
Hamma bilan "rasman" tanishib chiqqan Zahro biroz charchagan koʻrinardi.. Kiron unga rahmi kelib tez yaqinlashdi..😐

#Малак 🔐

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

#ибратли

– Аллоҳнинг телефони борми? Бор бўлса, рақами нечи, биласизми? – деб, бир куни Шайх ҳазратларидан сўрашибди.
– Ҳа, бор, – деб жавоб қилибдилар Шайх.
– Рақамини биласизми?
– Ҳа, биламан. Ёзиб олинг. 2 2 4 4 2 4 3 2 4 2 3, – деб жавоб қилибдилар.
– Ия бу қанақа рақам бўлди?!
– 2 ракат Бомдоднинг суннати, 2 ракат фарзи, 4 ракат Пешиннинг суннати, 4 ракат фарзи, 2 ракат суннати, 4 ракат Асрнинг фарзи, 3 ракат Шомнинг фарзи, 2 ракат суннати, 4 ракат Хуфтоннинг фарзи, 2 ракат суннати, 3 ракат Витр. Шуни “теринг”, албатта, “кўтаради”! – деган эканлар.

P.S.: Аллоҳга "қўнғироқ" қилиб туришда собит бўлмоқ барчамизга насиб этсин!

☘️ @OLLOXIM 🤫 hammadan qizg'ongan kanalim

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

-Yana nimani boshlading Mirshoxid..🤨
-Hech nima aka..
-Mendan nimadir yashira olaman deb oʻylaysanmi..? Men bu koʻzlarni yaxshi bilaman.. hoziroq ayt..😠

-Aʼzolar shu yerda..

Mirfayz akasiga teshib oʻtgudek nigoh tashlab toʻda vakillarining qarshisiga chiqdi..😶. Mirshoxid bir necha oʻnlab kishilar orasida tanish siluet koʻrinmagach biroz yengil tortgandek boʻldi..🫠
Hamma joylashgach muhokama boshlandi..🗣

-Oʻrtamizdagi ichki janjallar hech qachon yaxshilikka olib kelmaganini oʻzingiz yaxshi bilasiz.. Men ortiqcha gapirmayman.. nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishimiz zarur..
-Menda hech qanday sabab yoʻq.. Agar Mirshoxid suiqasdlarni toʻxtatsa.. men tinchlik kelishuviga tayyorman..👀
-Kironda hammasi aniq.. gapir Mirshoxid nimani xohlaysan..🤔
-Agar hamma tinchlik kelishuviga rozi boʻlsa qarshiligim yoʻq..🫠
Hamma jumladan Kiron va Mirfayz ham Mirshoxidga shubha bilan qaraydi..😶‍🌫 U bunchalar oson taslim boʻlishi hech qanday yaxshi narsani vaʼda qilmaydi..😑
Mirshoxid ularni yuqori qavatdan kuzatib turgan Davronga ishora berib soʻzini yakunladi..
Lekin Kiron tezda soʻzni oʻziga oldi..
-Men bir narsani unutdim.. Bizda yangi aʼzo bor..  Zahro kelaver..!!!

Mallatus sochlar endi qora tusda tovlanadi.. biroz boshini egib hijolat bilan tabassum qiluvchi hushchaqchaq qiz negadir koʻrinmaydi..🙄
Oʻziga ishongan.. istehzoli tabassumli bu qizni Zahro ekanligini eslatib turuvchi yagona belgi uning jon oluvchi koʻzlaridir..
Qora koʻzlar toʻqnashganida koʻrinadigan yagona tuygʻu yana oʻsha nafratdir..❤️‍🩹

-Mirshoxid..!
-Xush kelibsiz aka..🙂
-Yaramas.. nega qaytmading..🤨
-Aka.. aytdimku.. men uchun shu yerda qulayroq..😕
-Yaxshi..😑. Men Kiron bilan gaplashdim.. Ertaga kelishuv uchun joyni tanlaymiz..
-Bu kelishuv nimanidir oʻzgartirishiga ishonmayman aka.. Bunda hech qanday naf koʻrmadim..🙄
-Men esa koʻryapman.. Toʻdalar oʻrtasidagi nizo hech qanday yaxshilik olib kelmagan..😬 nima shuncha vayronagarchiligingiz kammi..😠
-Kiron meniki boʻlgan narsani qaytarsin aka.. shu zahotiyoq barchasini toʻxtataman..☹️
-Bas qil Mirshoxid..!! Muammo faqat ikkalangizda emas.. hozir Yevropadagi ikki toʻda bizning ichki urushlarimizdan foydalanishga urinyapti..😡 biz esa bemani kelishmovchiliklarni bas qilib oʻzaro birlashishimiz kerak..😑
-Aka..😒
-Bu meni qarorim Mirshoxid..!!! U muhokama qilinmaydi..

Mirshoxid mushtlarini qisgancha Davronga qoʻngʻiroq qildi..📲

-Kechagi gʻoyangni amalga oshiramiz Davron.. boshqa choramiz qolmadi..😬

***

Mirshoxid oʻz xonasiga kirib divanga holsiz yiqildi..😓
Bu qiynoqli.. muammoli.. yetti oy.. aytishadiki oyning oʻn beshi yorugʻ boʻlsa, oʻn beshi qorongʻu boʻladi deb.. Mirshoxid uchun shu yetti oyda hech bir yorugʻlik boʻlmadi..😖
Tasavvurida yoshdan koʻzlari qizargan.. unga hayrat va ogʻriq aralash tikiladigan Zahroning nigohlari takror-takror qotib qolgan..💔. Bu nigohlar uni har doim taʼqib qiladi..
Eshikning beadab taqqillashi kim kelganini aniq maʼlum qildi..🤦‍♂
-Kel bosh ogʻrigʻi faqat sen yetmay turganding..😒

Davronning jilmaygan chehrasi eshikdan koʻrinishi bilan Mirshoxid joyidan qoʻzgʻaldi..😐
-Hammasi tayyormi..
-Tayyor Mirshoxid.. sizlar kelishuv oʻtlazadigan joyni aniqlashga muvaffaq boʻldim..😶 Bu "Night Angel"
-Zodagonlar mehmonxonasi..🤨
-Ha.. begona koʻzlardan uzoqda.. tinchgina joy..😕
-Asosiy mavzuga qayt..😑
-Ha asosiy mavzu u yerda Zahro boʻlmasligiga ishonchim komil..💯 Zahro hech qachon toʻqnashuvlarga olib kelinmagan.. yashirin maʼlumotlarga qaraganda u Big Bangni asosiy binosida yashaydi..😐
-Buni yana bir bor tekshir Davron..🙄. Xoʻsh nimalarni qayerga joylashtiramiz..

Davron binoning qurilish chizmasini ochgancha.. kichik portlovchilar joylashtiriladigan hududlarni koʻrsatdi..😶
Mirshoxidning koʻzlari chizmaga tikilsada.. oʻylari boshqa dunyoda ekanligi aniq..😵‍💫

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

🖤 ☘️ ex davrimda davron surganlar....

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Kiron yerga qaragancha jimgina nimalarnidir oʻylayotgan Zahroga mehr bilan qaradi..🫠
Zahro u bilan qolganidan buyon yetti oy oʻtdi..
Bebaho yetti oy.. Zahro uchun qurol bilan tanishish.. soatlab mashq qilish bilan oʻtdi..
Kiron esa unga shaxsan ustozlik.. kerak boʻlganida doʻst vazifasini bajardi..😌
Lekin Zahro har doim ular orasida masofa saqladi.. va vaqt oʻtishi bilan hammasi oʻzgaradi degan barcha umidlarni puchga chiqardi..💔

-Kel qizaloq xafa boʻlma..😉 yigʻilishni bekor qilganing uchun seni tushlik bilan mehmon qilaman..
Zahro Kironning uzatilgan qoʻlini koʻrmagandek tursada, lekin unga jimgina ergashadi..😐

***

-Bu bugungi barcha kelishuvlar koʻrib chiqishing kerak..😶
-Raxmat Davron..
-Ertaga Mirfayz shu yerda boʻladi..🙄
-Ha bilaman.. u echkidek qaysar fikridan qaytmaydi..😑
-U hali ham kelishuv tuzish mumkin deb oʻylayaptimi..?
-Biz har doim bir birimizni yoʻq qilishga urinamiz.. oddiygina kelishuv bilan hammasi tinchib ketadi deb oʻylashayotgan boʻlsa xato qilishadi..😤
-Mendan bir gʻoya bor Mirshoxid.. balki kelishuv tuzilayotganda ularni yoʻq qilishga urinarmiz..🤔
-Bu nima deganing..
-Barcha aʼzolar bir joyga toʻplanganida ularni yoʻq qilish zarur.. bunaqa imkon boshqa boʻlmasligi mumkin..😶
-Sen bir narsani unutding..
-Nimani..😯
-Zahro ham ularning aʼzosi ekanligini..😑
-Lekin Mirshoxid..😟
-Men bu qoidani takrorlashni yomon koʻraman..! Hech kim Zahroga zarar yetkazishga jurʼat qilmaydi..😠
-Tushunarli Mirshoxid..

Tepada har qanday soʻzdan ustun bir qoida bor.. "Hech kim Zahroga zarar yetkazishga jurʼat qilmaydi.." Kiron haligacha oʻldirilmaganligining yagona sababi ham shunda..🫠

#Малак 🔐

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

🎉Бугун, 26-Апрель “Дўстларни қучоқлаш“ куни

Бир-бирлани қучиб, далда беришни одат қилган дўстлар ва яқин қариндошлар стрессга кам дуч келишлари ва ўзаро меҳрибон бўлишар экан. Қучоқлаш пайтида танадаги бахт гормони (эндорфин) даражаси кескин кўтарилиши илмий исботланган. Бугун сиз яқинларингизни қучоқлаб, бироз ташвиш ва ғамларни четга сурадиган кун.

@Begim 🕊

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

❤️‍🩹..NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

2-qism 📝

-Seni yomon koʻraman..!!
-Nima uchun..🤨
-Hayotimni barbod qilding..🥲 seni deb bu dunyoda yaqin hech kimim qolmadi..😭
-Men hamma yoʻqotganlaringni oʻrnini toʻldirish uchun keldim..
-Ortiq koʻzimga koʻrinma..😑 sen bilan yonma-yon turishni ham xohlamayman..☹️
-Shuncha nafratingga loyiq nima qildim..?!
Zahro Kironni qoʻllaridan uzilib oldinga shoshila boshladi..😶. Ayni damda Zahro uni barcha balolarning sababchisi deb oʻylaydi..😣 agar u boʻlmaganida ehtimol hayoti bir tekisda oʻtar.. bugun hayotidagi eng baxtli kunlarini yashayotgan boʻlarmidi..💔

***
-Usiz yashay olishingga ishonching komilmi..?
-... yoʻq.. lekin shunisi aniqki, u bilan ham yashay olmayman..😶
-Bu ajrim qogʻozlari.. Zahroning imzosi allaqachon bor..
Davron ajrim qogʻozlari ustiga ruchkasini qoʻygancha davom etdi..✍
-Imzoingni qoʻy.. shirkatga ketyapman.. hujjatlarni  advokatingga topshiraman..😐

Mirshoxid ajrim qogʻoziga tikilib qoldi..👀 Zahroning imzosi biroz xiralashgan.. ehtimol koʻz yoshlari bilan yuvilgani uchun..😓
-Buni oʻzim hal qilaman.. sen boraver..😑
-Mirshoxid.. yana bir narsa.. uni ketayotgani haqida Mirfayzga aytib toʻgʻri qildingmikan..😕 bilaman bu seni qaroring.. lekin baribir Zahroni tashlab qoʻya olmaysan..
-Faqatgina shu yoʻl bilan u xavfsiz boʻladi.. akamga hech nimani aytmadim..😶 U Zahroga nimadir boʻlsa oʻzi gumonda qolishini biladi.. shuning uchun havotirga hojat yoʻq..😐.
-Tushundim..🙄

Oradan uch soatlar chamasi vaqt oʻtgach Mirshoxid ofisga kirib keldi..😶. Bugun dam olishini aytgan boʻlsa ham xotirjam oʻtirishi juda qiyin..😬. Mirfayz Zahroni yetib kelganligi haqida xabar bermadi.. unga tayinlangan yashirin qoʻriqchilar ham kuzatuvdan yoʻqolgan..☹️ Xuddi hamma Mirshoxidni aqldan ozdirishiga kelishib olgandek..
Mirshoxid oʻzini chalgʻitishga qancha urinmasin hech nima foyda bermadi.. yangi shartnomalar ham.. boʻlajak hamkorlar ham.. barchasi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.. Kutilgan qoʻngʻiroqdan Mirshoxid allaqanday xotirjamlikni his qildi..😶
-Aka.. odamlaringiz Zahroni kutib oldimi..?
-Shuni aniqlamoqchi edim.. birinchi, ikkinchi hatto uchinchi reysda ham Zahro yoʻq..😑
-Qanaqasiga..😳
-Reys qoldirildimi..? U hali ham yoningdami..🤨
-Aka keyinroq gaplashamiz..😬

-Davron..!!!

Mirshoxid butun aeroportni ostin-ustun qildi..🥴
Barcha kirish chiqish yoʻllari.. har bir yoʻlak nazoratga olingan.. Lekin Zahrodan bir nishon ham yoʻq..😠
-Kuzatuv kameralarini tekshirdingmi..
-Ha Mirshoxid.. kameralarda faqat men bilan bogʻliq yozuvlar bor..😕 keyin u kirish yoʻlagi tomonga yurgan va tamom..
-Qanaqasiga samalyotga chiqqan odam undan tushmasligi mumkin..😡
-Bunda Big Bangni qoʻli bor deb oʻylayapman..😑
-Nima..?
-Biz Zahroga ergashishi uchun yuborgan ikki qoʻriqchining jasadi shahar tashqarisidan topildi.. kameralarda ham ularning odamlari koʻzga tashlangan..🙄
-Ming laʼnat..🤬
-Ular menga qarshi chiqish nimaligini tushunishmayapti..😏. Yigitlarni toʻpla Davron.. Meni sabrim tugadi..

***

Toʻrt soat oldin.. Aeroport✈️

Kiron roʻyxatdan oʻtish punkti tomon yurayotgan Zahroni yukini tezda qoʻlidan tortib oʻzini ham sudray boshladi..😑
-Qoʻyib yubor..😬 esingni yedingmi..😳
-Men esimni yebmanmi..🤨 bu yerda yagona esini yegan sensan Zahro..!!  Kimga intilyapsan..?! Mirfayz seni jon deb kutib oladi deb oʻylaysanmi..😡. Yoki Mirshoxid..?? Qachondir u seni sevganmi oʻzi..?
-Bas qil..🥲
-Sen shunchaki ularning qoʻlidagi qoʻgʻirchoqsan..! Vaqtincha oʻynashadi.. joniga tekkanidan keyin boshqaga berib yuborishadi..😡

Qattiq tovushdan keyin Kiron Zahroning kichik qoʻli yaxshigina zarba bera olishini tushundi..👋
-U mendan foydalanmoqchi ekan.. senchi..? Seni ulardan nima farqing bor..😢. Nega aytganlaringga ishonishim kerak..?!
-Chunki seni hech qachon aldamaganman..🗣  Mirshoxid akangni chet elga yuborgan deb oʻylaysanmi..😏 u allaqachon oʻldirilgan..

Zahro oyogʻi ostidagi yer qulagandek holsiz oʻtirib qoldi..🫠 Ayol kishi nozik yelkasida juda ogʻir dardlarni koʻtarishi mushkul baʼzida..

-Menga qara..👀

#Малак 🔐

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

-Bu imkon Zahro.. yangi hayot boshlashing uchun imkon.. Men nima uchun bizga bunday qilganingni bilmayman.. bilishni ham istamayman.. endi esa ket..😑
-Mirshoxid qayerda..🥲
-U sen uchun oʻlgan Zahro.. uni ismini tilingga olishingni maslahat bermayman..
-Bu oxirimi..🥹
-Yoʻq Zahro.. bu yangi hayotning boshlanishi..

Zahro uzoqlashib borayotgan Davronning orqasidan tikilgancha jim qoldi.. qoʻlida chipta va pasport.. qalbida esa bitmas jarohat..
Bu jarohatning nomi esa NAFRATDIR..💔

***

Katta mashgʻulotlar zalida qarsillash tovushlari yaqqol eshitiladi.. Mirshoxid gʻazabini jilovlay olmagan vaqtlarda boks bilan shugʻullanishni afzal biladi..🥊
Mirshoxid toʻldirilgan qopni tinimsiz zarbalari bilan chayqatadi..😠 u yolgʻiz mashq qilishi kerak.. aks holda keyin raqibini murdasini yoʻq qilishga toʻgʻri kelishi mumkin..😡
Mirshoxid zalga kirgan Davronni payqasada toʻxtashni hayoliga ham keltirmadi..😡

Davron bu tomosha hali beri tugamasligini sezib qopni ushlab turgan zanjirni nishonga olib oʻq uzdi..🔫
Qop bilan birga charchagan Mirshoxid ham polga quladi..😓 keyin biroz qoʻzgʻalib suv ichdi.. qolgan suvni boshidan quygan Mirshoxid shundagina biroz tinchlanib Davronga qaradi..👀
-Nima boʻldi..😑
-Hammasi siz aytganingizdek.. Zahro birinchi reys bilan Toshkentga uchib ketadi..😶
-Tushunarli..😞
-Mirshoxid bu toʻgʻri fikr ekanligiga ishonching komilmi..🙄
-Sen har doim ham uni mendan qutqarib yura olmaysan Davron.. U iloji boricha mendan uzoqroqda boʻlishi kerak..😠
-Usiz yashay olishingga ishonching komilmi..

***

Roʻyxatdan oʻtish joyiga yetib kelgan Zahroni kuchli qoʻllar tezda ortiga oʻgirdi..
Zahro qarshisidagi yigitga koʻz yoshi va gʻazab aralash qaraydi..🥲
-Seni yomon koʻraman..!!!

#Малак 🔐

#Davomi_bor... ❤️

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

📌 @hikoyalarbegim кanalida o'qishga ulgurmagan hikoyalaringizni joylab quydik.

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

#ҳаётий

Kecha bir xorazmlik qiz manga sizni dushimda kordim deydi, o'lay agar birovni dushiga kirib yuvinmaganman 😅

@Begim 🤫

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

❤️‍🩹.. NAFRAT OGʻUSHIDAGI MUHABBAT..❤️‍🩹

14-qism📝

-Bu qachon sodir boʻldi..😑
-Kecha.. biz imzolamoqchi boʻlgan shartnoma allaqachon Big Bang tomonidan imzolandi..😬
-Ular bu haqida qanday bilishi mumkin..🤬
-Menimcha oramizda xoin bor Mirshoxid..☹️
-Ha..😠 bu maʼlumotlar shunchaki tarqala olmasdi.. Kimdandir shubhang bormi..😟
-Rejamizni barmoq bilan sanoqli odamlar bilishadi Mirshoxid.. ular juda muhim shaxslar.. asosiy yetkazib beruvchi.. uchta sheriklar va sen, men..
-Ularni hammasini shaxsan bilaman Davron..😑 agar xoin ulardan biri boʻlsa darrov sezgan boʻlardik..☹️
-Men yana bir marotaba ularni har birini tekshiraman Mirshoxid..
-Davron faqat senga ishonaman.. ortiqcha ish yuklayotganimni bilaman.. kechir doʻstim..☹️
-Bas qil Mirshoxid.. toʻyingga hozirlik koʻr.. boʻlmasa Zahro yana ertalabgacha shikoyat qilib chiqadi..🤦
-Sen tom maʼnoda boqcha akaga aylangansan..😂
-Mirshoxid boshlama..😒
Davron Mirshoxidning yelkasiga yengil musht tushirib eshikdan chiqarib yuboradi..😄
Hozir ikkalasi ham toʻy oldi kulgili va quvnoq boʻlsada ishdagi vaziyat havas qiladigan ahvolda emas..😐
Hozirda Mirshoxid oyoq kiyim sotish nomida qurol savdosi bilan shugʻullanadi..🔫 albatta faqat ishlab chiqarish emas.. bu yetkazib berish hatto bir qancha jiddiy toʻqnashuvlarga ham oʻz ichiga olishi mumkin..😵‍💫
Lekin Mirshoxid qandaydir qurolli hujumdan qoʻrqsa Mirshoxid boʻlmasdi.. odamlar nomalum xavfdan qoʻrqishadi..😥 lekin Mirshoxid emas.. chunki oʻsha nomaʼlum xavf Mirshoxidning oʻzidir..🔥

***

Zahro uydagi xizmatchi bilan ingliz tilida bemalol gaplashadi..🗣. Uning shtatlarga kelganiga yetti oydan oshdi..🌗 Hayot bir tekisda oʻta boshladi..😌
Avvaliga koʻzni quvnatib.. Zahro har kuni sayr qilishni xohlaydigan hududlar endi bir xillikda juda zerikarli koʻrinadi..🙄. Lekin Zahro bu haqida hech nima demaydi..
Unga Mirshoxid boʻlsa kifoya.. ular qoʻshma suhbatlar qurishadi..🫠 yostiqlar bilan janjallashishadi.. Zahro baʼzida Mirshoxidga qoʻshilib futbol chempionatlariga borsa.. Zahro Mirshoxidni oʻzining yigʻloqi dramalariga sudrab boradi..🥲🥰
Qoʻshma oʻtkazilgan vaqt kamdan kam sodir boʻladi.. lekin bu daqiqalar oltinga teng ekanligini inobatga olish lozim..❤️‍🩹

Toʻyga bir hafta qolganligi uchun Mirshoxid barcha ishini Davronga yuklab qoʻydi..😐
Albatta bunga osonlikcha erishilmadi.. Zahroning deyarli bir haftalik koʻz yoshlar oqimidan keyin Mirshoxid taʼtilga chiqqanini eʼlon qildi..🥳
Zahro unga berilgan imtiyozlar qay darajada ekanligini bilmaydi.. ehtimol undan boshqasi boʻlganida ilk nojoʻya harakatidanoq peshonasiga qoʻrgʻoshin joylanarmidi..
Mirshoxid ichkariga kirib shubhali tinch uyni koʻzdan kechirdi..👀
Odatda Zahro zalda boʻladi.. yoki oshxonada.. lekin bu safar Mirshoxid uni hatto balkondan ham topolmadi..
Faqatgina ikkinchi qavat zinasiga koʻtarilmoqchi boʻlganida oppoq kiyingan bir malak zina ostonasi tomon yura boshladi..👰‍♀
Mirshoxid tezda zina ortiga yashirinib xizmatchiga jim turishini ishora qildi..🤫
-Xoʻsh qalay..🥰 menga yarashdimi..?
-Judayam.. juda goʻzal kelin boʻlasiz..😊
-Sabrim yetmadi..😄 axiyri uni kiyib oldim..
Zahro jilmayib etishi keng oq koʻylagi bilan aylanadi.. yana biroz toʻy koʻylagini xizmatkorlarga koʻtsatgach Zahro tezda eshik tomon yoʻnaldi..
-Tez almashtiraman.. hozir Mirshoxid keladi..😉
Mirshoxid albatta uni koʻrgani haqida Zahroga aytmaydi..🤐 Bu haqida aytishi bilan Zahro:
-Kuyov kelinni toʻydan oldin oq koʻylakda koʻrmasligi kerak.. xosiyatsizlik boʻladi.. degan ahmoqona gaplarini boshlaydi..
Mirshoxid jilmayishini yashirib divanga oʻtirdi..🤭
Haqiqatdan ham Zahro oʻsha koʻylakda goʻyo parilardek edi..😇
-Allaqachon keldingiz..☺️
Zahro baland ovozda baqirib zinalardan shoshilib tushadi.. Mirshoxid tezda uni bagʻriga bosadi..🫂
-Bugunga qanday rejelaringiz bor xonim..😉
-Bu borada kotibam bilan bogʻlanishingiz kerak.. kun tartibini haqida sizga aytadi..😌

#Малак 🔐

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Фарходович " га хабар ёзамиз 💬🤫

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

#ибратли

Йигирма етти йил қозилик қилдим, эр-хотин ажралишининг аксарияти шу икки нарсада эканига амин бўлдим:
1 - Ғазабидан кўзлари кўр бўлган эркак.
2- Унга жавоб қайтарган ахмоқ хотин.

© Шайҳ Али Тантовий роҳимаҳуллоҳ

@Begim ☘️

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

Zahro kecha Mirshoxidni majburlab ovqat yeyishga majbur qilgani uchun Mirshoxid uni tongda yugurish uchun olib chiqdi..🏃‍♀🏃
Ikkinchi aylanadan keyin Zahro nafasi siqilib toʻxtashni xohlaydi..😥 faqatgina orqasidan uni itarib yuborayotgan Mirshoxid borligi uchun ham Zahro sabr qiladi..🥵
Lekin ikkinchi aylanaga yetib kelishlari bilan Zahro shundoqqina yoʻlakka choʻzilib oldi..🫠
-Ortiq yugurolmayman..😣
-Qani tur qizaloq bu haqida kecha menga bir oylik ovqatni yedirishdan oldin oʻylashing kerak edi..😄
Zahro quyosh nurlari koʻzini toʻsib qoʻygani uchun koʻzlarini ham ochmaydi..😓
Nihoyat Mirshoxid rahmi kelib uni yoniga oʻtirdi.. Zahroni qoʻlidan ushlab biroz tiklar ekan.. Zahro beholgina yelkasiga bosh qoʻyadi..🫠
Mirshoxid oʻzida hech qachon sezmagan yengillikni sezadi..😶
-Mirshoxid..🫠😌
-Nima..
-Anchadan beri sizga aytmoqchi edim..🙈
-..👀😄
-Raxmat..😊
-Raxmat..🤨🤦‍♂ faqat shumi..
-Ha mayli..🫠 katta rahmat..😂

Mirshoxid oʻzini eng oxirgi xafa boʻlgan odamdek tutsada.. yonoqlaridagi asabiy kulgu yaqqol seziladi..🤭
Mirshoxid boshqa gapirmadi.. unga suyangancha koʻzlarini yumib turgan Zahroni biroz turtib.. qoʻliga kichik quti tutqazadi..
Zahro qoʻlidagi qutiga qarab ichidagini aniq tahmin qiladi..🤩🥹
-Endi och..🗣
Mirshoxid sokinlik bilan pichirlaydi.. u shunday goʻzal lahzani buzishni aslo istamaydi..✨
Qora baxmal quti ichida oq brilliant oʻrnatilgan betakror uzuk koʻrinadi..💍
Uzukning ichki tomoniga oʻyilgan yozuv Zahroning koʻz yoshlariga sabab boʻladi.. "Mea vita et anima es"
-Buni faqat sen va men tushunishimiz kerak edi.. Shuning uchun yozuv lotin tilida..❤️‍🩹
Zahro yozuvni yana bir bor pichirlab oʻqiydi.. "Mea vita et anima es" yoki lotin tilidan.. "Sen mening hayotim va jonimsan..❤️‍🩹"

#Малак 🔐

#Davomi_bor... ❤️

/channel/+RtXx4cBNEwLiX3zK

Читать полностью…

☘️ Xayolim | Хаёлим | Hayotimdan

#ҳаётий

Ўзбекнинг вақт ўлчовлари:

•5 дақиқа кечроқ бораман = 10 дақиқага кечикаман.
•10 дақиқада бораман = ярим соатга кечикаман.
•Мaн пробкада қолиб кетдим! = Машинага ўтирдим!
•Мана чиқяпман! = Кийинишни бошлаяпман.

@OKtamov 🤫

Читать полностью…
Subscribe to a channel