🌈 "Eng namunali sardorlar Kengashi" tanlovining Xorazm viloyati bosqichiga oz qoldi tayyormisiz?
• Eng namunali maktab sardorlar Kengashi tanlovining viloyat bosqichi 16-aprel kuni Xorazm viloyati yoshlar markazida
• Eng namunali tuman shahar sardorlar Kengashi tanlovining viloyat bosqichi 19-aprel kuni Xorazm viloyati yoshlar markazida boʻlib oʻtadi
Telegram • Instagram • Facebook
“Қувноқлар ва зукколар” турнирига старт берилди!
Турнир 5 та босқичда ўтказилади:
1. Маҳалла босқичи – 20-30 апрел;
2. Сектор босқичи – 2-6 май;
3. Туман босқичи – 16-май;
4. Вилоят босқичи – 26-июн;
5. Республика босқичи – 30-июн куни бўлиб ўтади.
Турнирда 16 ёшдан 30 ёшгача бўлган ёшлар 14 нафар аъзодан иборат маҳалла жамоаси билан иштирок этишлари мумкин.
Жамоалар @beshtashabbusbot орқали 23-апрелга қадар рўйхатдан ўтишлари лозим!
Батафсил ҳаволада танишишингиз мумкин.
@shzayniddinov👈
#Yoshlar_ittifoqi
#Yoshlar_agentligi
#Xalq_ta'limi_bo'limi
“Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy faoliyatni qo‘llab quvvatlash, tashkilot a’zolarining faoliyat tizimini yanada mustahkamlash hamda ijtimoiy nufuzini oshirish, kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlarini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Xiva tumani "Dashyoq madaniyat markazi" binosida #Kamalak_bilimdonlari Respublika tanlovining Xiva tuman bosqichi o'tkazildi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra
🥇1-o‘rinni 36-son maktab jamoasi
🥈2-o‘rinni 17-son va 33 son maktab jamoalari
🥉3-o‘rinni 9-son maktab jamoasi egalladi
XALQ DEPUTATLARI XIVA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI ELLIK SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 16 martdagi KQ-320-sonli qarori, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 10, 11 va 12-moddalariga muvofiq, shuningdek fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati 2022 yilning may oyida tugashi munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama qilingan masala yuzasidan tuman deputatlari Kengashining qarori qabul qilindi.
Jarayon ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn efirga uzatildi.
DIQQAT DIQQAT
⚽️ "Bolalar ligasi" mini futbol musobaqasi Xiva tumanida
"Kamalak" bolalar tashkilotiga a'zo bo‘lgan 10-14 yosh (2008-2012yillar) oralig‘idagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol musobaqasiga start berildi
Muddatlari:
🗓 10-17 mart kunlari mahalla bosqichi
🗓 18-19-mart kunlari sektor bosqichi
🗓 29-mart kuni Xiva tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar futbol jamoasi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Qatnashish istagida bo‘lgan yoshlar maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga murojaat qiling.
Ma'lumot uchun: (99) 965-65-94 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
#Tayinlov
⚡️Yo'ldashev G'ayrat Qudratovich “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Xorazm viloyati filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar G'.Yo'ldashev Toshkent shahar "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Yo'ldashev G'ayrat Qudratovichni yangi lavozim bilan tadbriklaymiz, shu bilan birga viloyatimiz yoshlarining tadbirkorlik faoliyatlarini yanada rivojlantirishda omadlar tilaymiz!
Telegram kanalimiz 👉@yoshlaragentligixorazm
#Tayinlov #Sotsial_lift
Yoshlar yetakchisi Sho'ba mudiri lavozimiga tayinlandi
Abdalniyazov Roman Sharifboy o'g'li- Xiva tumani hokimligi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazining Aholini tadbirkorlikka o'qitish va jalb qilish sho'basi mudiri etib tayinlandi!
Bugungi kungacha R.Abdalniyazov Xiva tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Shu munosabat bilan Yoshlar Ittifoqi Xiva tuman Kengashi Roman Abdalniyazovni yangi lavozim bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi!
“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, namuna ko‘rsatayotgan yoshlar taqdirlanadi.
Читать полностью…#Xiva_tuman
#Yetakchilar_oyligi
Joriy yilning 18-fevral kuni tasdiqlangan dasturga asosan Xiva tuman 5-son maktab binosida Yoshlar yetakchilari oyligi doirasida boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari o‘rtasida sportning futbol (erkaklar) turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
Futbol sport musobaqasida Juryon yoshlari jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tengsiz deb topildi.
#Xiva_tuman
#Hokim_kubogi
Xiva tumanida joriy yilning 12-fevral kuni tasdiqlangan rejaga asosan, uyushmagan yoshlar (ayollar) o‘rtasida Voleybol sport turi bo‘yicha Tuman hokimi kubogining Irdimzon hudud bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunida Istiqlol mahallasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqa jarayonidan fotolavhalar bilan tanishing.
#fevral_oyi
#yetakchilar_oyligi
🔥O'zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi tizimda e'lon qilingan "Umumiy o'rta ta'lim muassasalari yoshlar yetakchilari" oyligi munosabati bilan ijtimoiy-reklama roligi tayyorladi.
Bizning kanal👉@YoshlarIttifoqiXorazm
Туман ҳокими О.Матякубов 4-сонли мактабга ташриф буюрди. Аввало мактаб стадионида ташкил қилинадиган суний қопламали спорт майдончаси қуриладиган жойни кўздан кечирди ва стадион билан бир қаторда қўшимча кийиниш ва ювиниш хоналари, китоб дўконлари ташкил қилиш ҳақида кўрсатмалар берди. Мактабдаги дарс жараёнларида иштирок этиб ўқувчиларни дарсларга қизиқишлари, қўшимча адабиётлардан фойдаланишлари борасида суҳбатлашилди. Бундан ташқари мактабнинг юқори синфлардаги фаол ижодкор ёшлар билан давра суҳбати ташкил этилди. Ўқувчи ёшлар ўзларининг ёзган шерлари, ўқиган бадиий адабиётларидан парчалар келтиришиб, чизган расмларини йиғилганлар эътиборига ҳавола этишди. Ўз навбатида ёшлар, туман ҳокими, ҳалқ таълими бўлими, мактаб жамоасига яратиб берилган барча имкониятлар учун ўз миннатдорчиликларини билдиришди.
Читать полностью…Бугунги кунда ахборот технологиялари соҳасидаги кадрларни тайёрлаш тизимини такомиллаштириш «Рақамли Ўзбекистон — 2030» стратегиясини муваффақиятли амалга ошириш, рақамли технологияларни ривожлантириш ва аҳолининг кундалик ҳаётига кенг жорий этиш муҳим шартларидан бири ҳисобланади.
Ахборот технологиялари соҳасидаги касбга ўқитиш ва қайта тайёрлаш тизимининг самарадорлигини ошириш бўйича кўрилаётган чоралар давлат органлари ва тармоқ ташкилотларини малакали IT-мутахассислар билан таъминлаш учун мустаҳкам замин яратмоқда.
Туман ҳокими О.Матякубов 3-сон мактаб қошида ташкил қилинган рақамли технологиялар ўқув марказига ташриф буюриб, марказ томонидан амалга оширилаётган жараёнлар билан танишди. Марказда йил якунига қадар 600 нафар ўғил қизларга компьютер саводхонлиги бўйича билимлар бериш режалаштирилган. Туман ҳокими томонидан марказда бугунги кундаги шуғулланувлар сонини ошириш, қўшимча тўгаракларни ташкил қилиш борасида маъсулларга топшириқлар берди.
🇺🇿Bugun 30 yanvar - O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 83 yilligi.
✨Islom Abdug‘aniyevich bilan ilk bor ko'rishib, suhbatlashganimizda talaba edim. Keyinchalik ham bir necha bor suhbatlashdik, lekin birinchi uchrashuv katta taassurot qoldirgan.
Bugungi kunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan I.Karimov hotirasini abadiylashtirish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Zero, tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.
Ohiratlari obod bo‘lsin.
@akmal_jumaboyev
#Yoshlar_yetakchilari_ishonchli_kuch
O’zbekiston yoshlat ittifoqi tizimda “Umumiy o'rta ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oyligi"ni e’lon qiladi!
🔰 Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularga amaliy va uslubiy ko‘mak berish maqsadida joriy yilning 28-yanvaridan 28-fevraliga qadar barcha hududlarda “Umumiy o'rta ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oyligi" o‘tkaziladi!
Oylik doirasida:
🔷 Umumiy o'rta ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun tayyorlangan o'q'uv-uslubiy qo'llanmalar taqdimoti;
🔷 “Sotsial lift” loyihasi;
🔷 “Tajribangni o‘rgat” loyihasi;
🔷 “Zakovat”, “Munozara” intellektual o‘yinlari;
🔷mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan “Ochiq muloqot”lar;
🔷 turli xil mavzularda motivatsion o‘quv-seminarlar o‘tkaziladi.
✊Qadrli yoshlar yetakchilari! Oylik doirasidagi loyihalarda faol ishtirok eting. Unutmang, siz minglab oʼquvchilarning porloq kelajagi uchun daxldorsiz!
Kanalni kuzatish 👉 t.me/yoshlarittifoqi_uz
Халқ депутатлари Хива тумани Кенгашининг эллик тўққизинчи сессияси бўлиб ўтди.
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДА
Халқ депутатлари Хива тумани Кенгашининг 2022 йил
25 мартдаги фуқаролар йиғинлари раислари (оқсоқоллари) сайловига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисидаги VI-58-37-12-176-K/22-сонли қарорининг иловасига ўзгартириш киритиш тўғрисида, ўтган 2020-2021 ҳамда 2021-2022 ўқув йилида тумандаги умумтаълим мактабларда ўқувчиларга таълим бериш сифати, олий таълим муассасаларига кириш бўйича олиб борилаётган ишлар , жамоатчилик фикри асосида шакллантирилган тадбирларни танлаб олиш ва “Фуқаролар ташаббуси жамғармаси”даги маблағларни мазкур тадбирларга йўналтириш Хива туман маҳаллий бюджетининг қўшимча манбалари ҳисобидан маблағ ажратиш тўғрисида, Хива тумани “Темир дафтар” рўйхатига янгидан оилаларни киритиш ҳамда “Саховат ва кўмак” жамғармасидан маблағ ажратиш тўғрисида масалалар муҳокамага қўйилди. Кўрилган масалалар юзасидан Халқ депутатлари Хива туман Кенгаши қарори қабул қилинди.
Китобхон ёшлар диққатига!
“Зукко китобхон 2022” интеллектуал турнирига старт берилди.
Турнир 5 та босқичда ўтказилади:
1. Маҳалла босқичи – 25-апрел;
2. Сектор босқичи – 13-май;
3. Туман босқичи – 26-май;
4. Вилоят босқичи – 10-июн;
5. Республика босқичи – 25-июн куни бўлиб ўтади.
Интеллектуал турнирда “Ёшлар кутубхонаси” рукни остида чоп этилган 8 та китобдан фойдаланилади. Турнирда 16 ёшдан 30 ёшгача бўлган ёшлар 6 нафар аъзодан иборат маҳалла жамоаси билан иштирок этишлари мумкин.
Батафсил ҳаволада танишишингиз мумкин.
Жамоалар @beshtashabbusbot дан 23-апрелга қадар рўйхатдан ўтишлари лозим!
@shzayniddinov👈
#Yoshlar_agentligi
#Yoshlar_ittifoqi
#Xiva_tuman
#Eng_namunali_sardorlar_Kengashi
Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga asosan, joriy yilning 1-aprel kuni Xiva tumani "Dashyoq madaniyat markazi" binosida “Eng namunali Sardorlar Kengashi” tanlovining tuman boshqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovning 3 ta shart natijalariga ko’ra:
1-o’rinni 23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi
2-o’rinni 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabi
3-o’rinni 19-son umumiy o’rta ta’lim maktabi Sardorlar Kengashi g‘oliblikni qo’lga kiritdilar.
Tanlov g‘olibi 23-son maktab sardorlar Kengashiga viloyat bosqichida omad tilaymiz!!!
#Tayinlov #Sotsial_lift
Yuldashev Islombek Shuxratovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mas'ul lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Yuldashev O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Shuni ham alohida eslatib o'tishimiz kerak, I.Yuldashev yoshlar tashkilotidagi o'z faoliyatini Kamalak bolalar tashkilotida Sardorlikdan boshlagan.
🤝 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati jamoasi nomidan Islombek Shuxratovichni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!
Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligixorazm
#Kelajak_liderlari
#Xorazm_viloyati
#Xiva_tuman
Joriy yilning 8-fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʼrinbosari Otabek Abdurashidovich Xasanov Xorazm viloyati “Kelajak liderlari” klubi aʼzolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O.Xasanov klub aʼzolarining xar biriga mahallalardagi yoshlar yetakchilaridan 10 nafardan biriktirish hamda yosh liderlarni izlab topish maqsadida "Kelajak liderlari" klubining boshlang‘ich tashkilot Kengashini tuzish bo‘yicha topshiriq berilgandi.
Shu asosida Xorazm viloyati "Kelajak liderlari" klubi a'zosi R.Bardiyev tomonidan 11-fevral kuni Xiva tumani "Soyot" mahallasi "Kelajak liderlari" klubining boshlang‘ich tashkilot Kengashi tuzildi.
O‘zbekiston belgisi ko‘krak nishoniga hujjatlar qabul qilinishiga 3 kun qoldi
Ma'lumot uchun +998999656594
SEKTOR RAHBARLARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI ✅17.02.2021
📲@XorazmTELEKANAL
Kanalga ulanish⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
#Xiva_tuman
#Hokim_kubogi
Xiva tumanida joriy yilning 12-fevral kuni tasdiqlangan rejaga asosan, uyushmagan yoshlar (erkaklar) o‘rtasida Futbol sport turi bo‘yicha Tuman hokimi kubogining Shomohulum hudud bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunida G‘ovuk mahallasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Musobaqadan fotolavhalar
Бугун 8-сонли мактабда “Ҳоким ва ёшлар” учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда тумандаги давлат ва жамоат ташкилотлари раҳбарлари ҳамда туман ёшлари иштирок этишди. Учрашувда туман ҳокими О.Матякубов сўзга чиқиб, “Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили” доирасида ёшларга қилинаётган имкониятлар, бу борадаги амалга оширилган ислоҳатлар тўғрисида маълумот бериб ўтди. Шундан сўнг, туман ҳокими ёшлар билан очиқ мулоқотга киришди ва туман ёшлари ўзларининг саволлари, таклифлари ҳамда муаммолари билан туман ҳокимига мурожаат қилишди. Учрашув давомида ёшлар томонидан 12 та мурожаатлар тингланди. Мурожаатларнинг 8 таси тушунтириш ва тавсиялар берилиб, жойида қаноатлантирилди, бошқа мурожаатларни ўрганиб, ҳал этиш юзасидан туман ҳокими соҳа мутасаддиларига топшириқ ва кўрсатмалар берди. Бу каби тадбирлардан кўзланган асосий мақсад, ёшларни билим ва кўникмаларини ошириш, муаммоларига ечим топиш, тажрибаларни оммалаштириш ҳамда ҳалқига, юртига содиқ ўғил-қизларни тарбиялашдан иборат.
Читать полностью…Мамлакатимизда ёшларни ҳарбий-ватанпарварлик руҳида тарбиялаш масаласига жисмонан ва маънан соғлом авлодни вояга етказишга оид яхлит таълим-тарбия тизимининг узвий ва ажралмас қисми сифатида қаралиб, Она-Ватанимизни кўз қорачиғидек асраш, унинг шуҳратини дунёга тараннум этиш билан боғлиқ энг муҳим тушунчалар, ҳаётий ва профессионал кўникмаларни илм-маърифат асосида ёшларнинг қалби ва онгига илк болалик давридан бошлаб сингдириб бориш орқали Ўзбекистоннинг ҳақиқий ватанпарвар фуқароларини тарбиялаш асосий мақсад қилиб белгиланган.
Бугун туман ҳокими О.Матякубов 3-сонли мактабда бўлиб ЁЧБТ фани дарс жараёнида иштирок этди ҳамда ўқувчиларнинг қизиқишлари, орзу истаклари ва олдига қўйган мақсадлари билан танишди. Ўқувчиларга бугунги кунда ҳарбий хизматчиларга қўйилаётган талаблар ва имкониятлар борасида ўз тушунчаларини бериб, Ватан ҳимояси шарафли ва муқаддас бурч эканини ва ҳар бир фуқаро шу ватанга садоқат билан хизмат қилиши кераклигигни таъкидлаб ўтди.
Туман ҳокими О.Матякубов 3 ва 7-сонли мактабларга ташриф буюриб, дарс жараёнларида иштирок этди ва ўқувчилар билан очиқ мулоқот тарзида савол-жавоб ўтказди. 7-сонли мактабга туман ҳокимининг олдинги ташрифида ўқувчиларни китобга бўлган қизиқишларини ошириш, дунёқарашларини кенгайтириш ва фикрлаш доирасини ошириш мақсадида синов тариқасида мактабдаги 25 нафар юқори синф ўқувчиларига бадиий адабиётлар тарқатилган эди. Бугун анашу ўқувчилардан китобнинг мазмун-моҳияти, олган тасуротлари хақида суҳбатлашилди. Суҳбат давомида ўқувчиларда китоб ўқишга бўлган иштиёқ юқорилиги, уларни ўқиган асарлари бўйича саволларга тўлақонли жавоб бериб ўтганлигини инобатга олган холда ушбу тажрибани бутун туман мактабларида амалга ошириш ва маъсул ўқитувчилар беркитиш чоралари кўрилиб, туман ҳалқ таълими бўлими томонидан келгусида китобхонлар ўртасида мактаблар аро мусобоқалар ўтказиш режалаштирилди.
Читать полностью…#Motivator #Tizer #2Kun #Buxoro #Respublika_forumi
🔷 Respublika forumi qizg’in tus oldi!
✅ Tantanali ochilish marosimi
✅ Rahbarlar va yoshlar yetakchilarining ochiq muloqoti ✅ Yoshlar yetakchilari uchun uslubiy qo'llanmalar taqdimoti bo'lib o'tdi.
Shuningdek,
🔷 “Yoshlar yetakchilarida vaqtdan samarali foydalanishni shakllantirish texnologiyasi”,
🔷 “Yoshlar yetakchilarida nostandart, ijodiy, kreativ tafakkurni rivojlantirish yo‘llari”,
🔷“Yoshlar yetakchilarida liderlik xislatlarini rivojlantirish texnologiyalari” mavzularida treninglar o’tkazildi.
🤲 Ishtirokchilarning Hazrati Bahouddin Naqshband muqaddas qadamjosiga ziyorati tashkil etildi.
Forum davom etadi. Biz — muzaffar kelajak sari birlashdik!
Kanalni kuzatish 👉 t.me/yoshlarittifoqi_uz
🤩O'zbekiston yoshlar ittifoqidan zo'r taklif!
😎Qadrli yoshlar - "Google" yoki "Facebook" platformalaridagidek ish hayotiga ega bo'lishni xohlaysizmi?
😉U holda kelajakka qadamni bugundan boshlang!
👉Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi:
💡Kreativ fikrlovchi
📚Ingliz tilini yaxshi biladigan
📌Loyihalash boshqaruvi tushunchasidan boxabar
🧑💻Axborot texnoloxiyalari bilan "tanishgan" va IT sohasida bilimga ega bo'lgan
👨🎓Oliy ma'lumotli yoki oliy ta'lim muassasasining yuqori bosqichida ta'lim olayotgan
🔥20 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni ishga taklif qiladi.
🛎Aytgancha, IELTS sertifikatiga ega yoshlar qo'llab-quvvatlanadi.
📮Hujjatlar 28 yanvarga qadar qabul qilinadi. Ishga qabul qilinuvchilar esa suhbat orqali tanlab olinadi.
📃Online anketa to'ldiring yoki telefon orqali biz bilan bog'laning.
📋Suhbat 30-31 yanvar kunlari 10:00 dan boshlanadi.
📞Murojaat uchun tel: +998 99 965 66 02
Bizning kanal👉/channel/YoshlarIttifoqiXorazm