Samarqanddagi superfosfat zavodi modernizatsiya qilinadi
“Sovet davrida, qariyb 70 yil avval ishga tushirilgan zavod hozirgi kunda ma’nan eskirgan va yangilanishga muhtoj”, - deyiladi xabarda.
“Samarqandkimyo” AJ modernizatsiyasi bilan murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi agrokimyoviy kompleks korxonalarining qurilishini boshqaradigan Ferkensco Management Ltd. xorijiy investitsiya kompaniyasi shug‘ullanadi.
Investor tomonidan topografik, geologik qidiruvlar va gidrogeologik tadqiqotlar amalga oshirildi. Shuningdek, atorf-muhitga ta'sir ko‘rsatishi bo‘yicha ijobiy xulosa olindi. Ayni paytda obyektda qurilish-montaj ishlari boshlandi. Zavodni 2023-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Rasul Kusherbayev vazir maslahatchisi etib tayinlandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sobiq deputati Rasul Kusherbayev tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlangani xabar qilindi.
Ekologiya qo’mitasi negizida tashkil etilgan ushbu yangi vazirlikka Aziz Abduhakimov vazir etib tayinlangan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Buxorodagi Turkiston yangi innovatsiyalar universitetiga qabul davom etmoqda
🏛 2023-yilning 19-yanvar kuni "Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti" nodavlat oliygohiga 059123-sonli litsenziya taqdim etildi.
🎓 Yangi universitetga 8 ta bakalavr yo‘nalishlari va 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda:
⏺BAKALAVRIAT:
➖ Tarix
➖ Iqtisodiyot
➖ Musiqa ta'limi
➖ Boshlangʻich taʼlim
➖ Maktabgacha taʼlim
➖ Jismoniy madaniyat
➖ Ingliz tili va adabiyoti
➖ O'zbek tili va adabiyoti
⏺MAGISTRATURA:
➖Musiqa ta’limi va san’at
➖ Xorijiy til va adabiyoti (ingiliz tili)
➖ Jismoniy tarbiya sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
➖ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
(Litsenziya №059123, 19.01.2023-y.)
💰Kontrakt miqdorlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: /channel/TYIU_BUKHARA/15
Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida olib boriladi.
Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo‘yicha o‘qishni ko‘chirishingiz mumkin.
✅ Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi va u O‘zbekiston bo‘ylab tan olinadi.
☎️ Murojaat uchun:
+998914427788 | onlayn murojaat
+998907150775 | onlayn murojaat
📍Manzil: Buxoro shahri, Bog‘dasht MFY, Piridasgir ko‘chasi 10-uy
🌐Universitet telegram kanali: /channel/TYIU_BUKHARATa’lim reklamasi
6️⃣ Oltinchidan:
Barcha ijtimoiy ob’yektlardagi 3 mingta eskirgan qozonlarni zamonaviy uskunaga almashtirish zarur.
Bunda joriy yilda davlat-xususiy sherikchilik asosida 250 milliard so‘m ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
4️⃣ To’rtinchidan:
Yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatiladi.
Vodiyda 1 ming 408 ta yirik korxona mavjud.
Umuman, vodiydagi yirik korxonalar o‘zining elektr ehtiyojini 100 foiz o‘zi ta’minlashga o‘tkazish viloyat hokimlari, Energetika vazirligi va tarmoq rahbarlari uchun ustuvor vazifa bo‘lishi kerak.
Sanoat korxonalarida quyosh panellari o‘rnatish va kichik stansiyalar qurish uchun xalqaro moliya tashkilotlaridan 2 milliard dollar jalb qilish choralari ko’riladi.
👉 @xushnudbek 👈
2️⃣ Ikkinchidan:
Vodiy viloyatlarida 160 Megavattli quyosh panellari va 100 ta mikro GESlar quriladi.
1-iyulga qadar tadbirkorlar jalb qilinib, Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farg‘onada 27 ta mikro GES qurish boshlanadi.
Bu ishlarni joylarda to‘g‘ri tashkil etish, masalalarni hal qilish uchun viloyat hokimlarining 1-o‘rinbosarlari mas’ul bo‘ladi va hamma ishlardan ozod qilinadi. Ularga respublika bank rahbarlari biriktiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident energetika tizimidagi muammolar va ularning yechimi haqida gapirmoqda
Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida faollar bilan uchrashib, suhbat qurmoqda.
Yig’ilishda iqtisodiyotimiz o‘sishi, aholimiz yashash sharoiti yaxshilanishi bilan bir qatorda, elektr iste’moli ham kundan-kunga oshgani ta’kidlandi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida elektrga talab 40 foizga ko‘paygan.
Shu sababli oxirgi besh yilda 14 ta elektr stansiyasi ishga tushirildi va yillik elektr ishlab chiqarish qo‘shimcha 16 milliard kilovatt soatga ko‘paydi.
Shunga qaramay, bu yil juda sovuq kelgan qish kunlarida respublikada 3,1 milliard kilovatt soat (vodiy viloyatlarida 1,1 mlrd kVt soat) elektr yetishmovchiligi yuzaga keldi.
Jumladan:
Andijonda - 384 million, Namanganda - 288 million, Farg‘onada - 441 million kilovatt soat.
Ayrim kunlari aholining elektrga talabi birdaniga 30 foizga oshgani, ko‘plab avariyalarga ham sabab bo‘ldi.
“Nima uchun mas’ul rahbarlar o‘z hududida yetishmovchilikni qoplash, “yashil energiya”ni joriy qilish, tejamkorlik haqida o‘ylamagan?” - dedi davlatimiz rahbari.
👉 @xushnudbek 👈
Bosh prokuratura bayonoti
Joriy yilning 31-yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v, z" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oylarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.
ℹ️ Ma’lumot uchun:
JK 97-modda — qasddan odam o’ldirish;
“v” bandi — aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni;
“z” bandi — nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda.
Belgilangan jazo: 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga keldi.
Davlatimiz rahbari Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston 2022-yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi
Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Tour D'or” — “Oltin minora” sovrinini qabul qilib olishdi.
Ushbu sovrin o’zbekistonlik shaxmatchilarning 2022-yilda qayd etgan natijalari (ayniqsa Shaxmat olimpiadasi g’olibligi) uchun berildi.
👉 @xushnudbek 👈
Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1-iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bunda aholi orasida so‘rov o‘tkazib, ularning fikrlarini olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident yil yakuniga qadar barcha avtobus marshrutlari aholi ehtiyoji asosida qayta ko‘rib chiqilishi shartligini ta’kidladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident qarori bilan:
➖ Omonullo Nasritdinxodjayev Tog‘-kon va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
➖ A’zam Kadirxodjayev Tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
➖ Azizxo‘ja Qobilov Tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi (avval Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi edi).
👉 @xushnudbek 👈
Asadulla Qayumov va Farrux Karabayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Bahodir Yusupaliyev Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident qarori bilan:
➖ Obidjon Qudratov tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
➖ Jusipbek Kazbekov tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
➖ Sherzod Xabibullayev Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
😳 Haftasiga 7 kun dars!
🇺🇸 Ingliz tilini o’rganishingiz uchun munosib joy bu: “HardWork”!
Sababi:
🔹 Bizda darslar haftasiga 7️⃣ marta;
🔹 To’lovlar esa hamyonbop;
🔹 Har bir guruh uchun 2️⃣ nafardan o’qituvchi;
🔹 O’quvchilar o’z ustida ishlashi uchun kutubxona;
🔹 Qulay joylashuv;
💰Oylik to’lov: 400 000 so’m
📌 “HardWork” — tanlovda adashmang!
🕹Bizning manzillar:
1️⃣ Chilonzor metrosi, “Integro” biznes markazi, 7 va 8- qavat!
📞 998874003
932444448
@hardwork_integro
@Xolmirzayev571
2️⃣ Beruniy metro, Bellissimo pizza 2-qavat
📞 911801999
@axiy1020
Telegram | Instagram | YouTubeTa’lim reklamasi
❗️Rasman: Ertaga, 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi metan “zapravka”lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Bunda ertadan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
7️⃣ Yettinchidan:
Vodiyda yiliga 120 million kub metr gaz sarflayotgan 170 ta issiqxona, 64 ta g‘isht va ohak korxonalarini ko‘mirga o‘tkazishni tezlashtirish kerak.
Mas’ullar ishlarni hozirdan boshlab, 1-oktyabrga qadar yakunlashi haqida topshiriq berildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️5️⃣ Beshinchidan:
Endilikda, aholiga quyosh energiyasidan foydalanish uchun jozibador tizim yaratiladi.
Vodiydan boshlab, xonadonlarda ishlab chiqarilgan va tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat uchun 1 ming so‘mdan hisob-kitob qilinadi (hozir 295 so‘m).
❗️Ya’ni siz uyingizga quyosh paneli o’rnatsangiz, ehtiyojingizdan ortib qolgan elektrni 1 ming so’mdan davlatga sotasiz. Aslida hozir davlat aholiga elektr energiyasini 295 so’mdan sotadi, lekin aholining o’zidan ming so’mdan sotib oladi.
👉 @xushnudbek 👈
3️⃣ Uchinchidan:
Ijtimoiy soha ob’yektlarida “quyosh energiyasi”dan foydalanish uchun alohida kompaniya tashkil etiladi. Unga 200 million dollar mablag‘ beriladi.
Kompaniya quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini o‘zi o‘rnatadi va “yashil energiya”ni byudjet korxonasiga sotadi.
Shuningdek, bu soha daromadliligini tadbirkorlarga tushuntirib, ularni jalb qilish kerak.
Kichik quyosh panelidan olinadigan 1 kilovatt-soat elektr energiya tannarxi o‘rtacha 450 so‘m, byudjet tashkilotiga 800 so‘mga sotish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
❓Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash uchun nimalar qilish kerak?
Prezident bu haqdagi chora-tadbirlarni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari misolida aytib bermoqda.
1️⃣ Birinchidan:
Yirik quyosh va shamol stansiyalari loyihalarini tezlashtirish kerak.
Bu yil Pop va Farg‘ona tumanlarida 600 Megavattli 2 ta quyosh stansiyasi quriladi.
Shuningdek, Yangi Andijondagi 192 ta ko‘p qavatli uylar va 6 ta ijtimoiy ob’yektlarni kafolatli issiqlik bilan ta’minlash uchun 20 Megavatt quvvatli ko‘mirda ishlaydigan kogeneratsiya loyihasi amalga oshiriladi.
Ushbu stansiya issiqlik bilan birga yiliga 80 mln kVt soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Uning 1-bosqichi joriy yil dekabrda ishga tushadi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident tashrifi doirasida Andijon tumanidagi 55-maktabda o’quvchilarni ta’lim hamda kasbga hamohang o’qitish bo’yicha yo’lga qo’yilgan tajriba namoyish etildi.
55-maktab 2019-yil ochilgan. O’tgan yili 60 ga yaqin bitiruvchidan atigi 2 nafari oliy ta’limga o’qishga kira olgan.
Hozirda maktabning bo‘sh turgan yerto‘lasi tadbirkorlarga ajratib berilib, 14 ta xonada 6 ta yo‘nalishda (tikuvchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak ishlab chiqarish, mebelchilik, poyabzal va qandolatchilik) ishlab chiqarish va kasbga o‘rgatish tashkil etilgan.
Shuningdek, maktab hududida nonvoyxona, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, elektortexnika, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etilgan.
Maktabning 10 va 11-sinf o‘quvchilaridan 75 nafari darsdan keyin ishlayapti, hunar o’rganyapti ekan. O’quvchilar bilan suhbatlashsak, kuniga o’rtacha 25-30 ming so’m atrofida ish haqi olishyapti ekan.
“Ishlab topgan pulimiz oila byudjetiga yordam bo’lyapti” deydi o’quvchilar.
“Bizga yaxshi shogirdlar yetishmas edi, hozir o’zimiz o’rgatyapmiz, hunarimizni olishyapti” deydi tadbirkorlar.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Eski tartibga ko‘ra, bu muddat 5 kunni tashkil etardi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari chegarani kesib o‘tgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishi mumkin. Ammo umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kundan, ya’ni 6 oy davomida 3 marta kirib-chiqishi va jami bo‘lish muddati 3 oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ushbu yangi qoida Qozog‘istonga 2023-yil 27-yanvardan keyin kirgan shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.
👉 @xushnudbek 👈
📢 "University of Business and Science"da qishki qabul davom etmoqda
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'z hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin:
➖ Buxgalteriya hisobi va moliya
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari
➖ Boshlang'ich ta'lim
➖ Iqtisodiyot
➖ Maktabgacha ta'lim
➖ Pedagogika va psixologiya
➖ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➖ Tarix
➖ O'zbek tili va adabiyoti
➖ Soliqlar va soliqqa tortish
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
➖ Bank ishi va auditi
➖ Menejment
➖ Turizm
Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo'yicha o'qishni ko‘chirishingiz mumkin.
Bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
🌐 UBS diplomi O‘zbekiston bo‘ylab tan olinadi.
(Litsenziya №056221, 29.12.2022-y.)
Kontrakt narxlari 9 mln so‘mdan boshlanadi.
📍 Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY Beshkapa koʻchasi, 111-uy
📞 Telefon: +998781132626 +998907894242
🖥 Onlayn murojaat: @ubs_admin @ubsuzbekistan_bot
📨 Telegram |🌐Instagram | 🖥 Website
Ta’lim reklamasi
🏛 Toshkent amaliy fanlar universitetida tahsil olish
🎯 Universitetimizning maqsadi — ta'limning ta'sir doirasini maksimal darajada oshirish va uni amalda qo'llash.
Innovatsion texnologiyalar va malakali o'qituvchilar bizga bu borada yordam beradi.
Toshkent amaliy fanlar universiteti — kelajagingni birga quramiz!
(Litsenziya № 029914, 14.06.2022y.)
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YoutubeTa’lim reklamasi
Jamoat transportida “kunlik tushum plani” amaliyoti bekor qilinadi
Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish boshlandi.
Unda transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yo‘lovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.
Endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.
Xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim bo‘ladi.
Bunda, tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli to‘lovni oladi.
❌ Shu paytgacha bo‘lgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
❗️Bundan tashqari, aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
😍 Xalqaro tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan STARS International University "52309000 - Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi bo'yicha ta’limning sirtqi shakliga abituriyentlar hamda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun qishki qabulni e’lon qiladi.
STARS International University ta'limning sirtqi shakli talabalari uchun quyidagi imkoniyat va sharoitlarni taqdim etadi:
☑️ Davlat OTMlarining bakalavr diplomi bilan teng kuchga ega STARS International University bakalavr diplomi (O’zbekiston);
☑️ ACCA xalqaro tashkiloti tomonidan Britaniya diplomi (Buyuk Britaniya);
☑️ Oxford Brookes University diplomi (Buyuk Britaniya);
☑️ Kunlik bepul issiq ovqat;
☑️ Zamonaviy va shinam talabalar turar joyi.
📄Shuningdek, universitetda SAP (Germaniya) va Microsoft (AQSH) dasturlari asosida o'qitish yo'lga qo'yilgan.
⭐️ Hoziroq onlayn ariza topshiring.
Litsenziya: №0024, 07.06.2021-y.
Shoshiling❗️Joylar soni cheklangan.
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998 78 129 19 19
🧭 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yo'li ko'chasi, Qutb 2
stars.university.uz
✈Telegram 📷 Instagram | 📒Facebook | 🖤YouTube |Taʼlim reklamasi
Agzam Ikramov va Zoxidjon Ziyayev Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktorining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident qarori bilan:
➖ Baxtiyor Kamalov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
➖ Dilshodjon Xodjiaxmedov suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
➖ Zafar Irisboyev Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’yektlari xavfisizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident qarori bilan:
Erkin Muxitdinov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
Jamshid Abruyev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari edi);
Mirzoxid Ubaydullayev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
Ozoda Parpibayeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈