O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi.
Uning o’rniga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlangan.
Bu haqda GazetaUz hamda KunUz xabar bermoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent halqa yo‘li bo‘yida (Bektemir tumani) barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi.
Ushbu kuzgi mavsumda “Yashil makon” loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Bahorda 138 million dona ko‘chat ekilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonda “Vatandosh” kartasi joriy qilinadi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasidan:
🔹 yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan;
🔹 mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan doʻstona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan;
🔹 respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotganlarga “Vatandosh” kartasi beriladi.
💳 “Vatandosh” kartasi 5 yil muddatga beriladi hamda karta egalari quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
✈️ Oʻzbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;
🏠 mamlakat hududida koʻchmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan koʻchmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
📃 xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shugʻullanish;
🏥 Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
❗️Karta egalarining oila aʼzolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹 amaldagi viza muddatini uzaytirishda Oʻzbekiston hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan koʻp martalik viza olish;
🔹 Oʻzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
🔹 vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.
👉 @xushnudbek 👈
🚧Toshkentdagi ko‘chalardan biri 10-dekabrgacha yopildi
❓Qaysi ko’cha?
🔹Furqat koʻchasining Beshyog'och maydonidan Seul ko'chasi keshishmasigacha bo'lgan bir tomonlama yo'nalishi;
🔹Beshyog'och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov koʻchalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo'nalish.
❓Qancha muddatga?
Bugun, 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10-dekabrga qadar;
❓Nima sababdan?
Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida 110 kVli yuqori kuchlanishli yerosti elektr kabel tarmoqlari o‘tkazilishi munosabati bilan.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Yusuf Idris. Sho‘rpeshona
Izoh: Butun umr yoʻqchilikdan qiynalib, pul dardida boshini har joyga suqib koʻrgan Abduga yangi ish topildi. Qiyin ish emas, daromadi ham yaxshigina. Unga koʻpchilikning havasi kelyapti. Ammo bu ish qahramonimizga qanchalik xayr olib keldi, bunisi qorongʻu.
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/yusuf-idris-shorpeshona" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/yusuf-idris-shorpeshona
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/QV0wkANSdfY
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
🎁 Yangi yil sovg‘alarini noyabrning oʻzida olishni istaysizmi?
Ucell mobil ilovasining yangi – 1.21-versiyasida hisobingizga 5000 so‘m sovg‘a va 30 kunga 100 GB internet-trafik olishga ulguring. Sovg‘ani olish tartibi:
✅ Yangi, avval Ucell mobil ilovasida ishlatilmagan bank kartasini qo‘shish (bog‘lash);
✅ Ucell abonent raqamining hisobini istalgan miqdorga to‘ldirish.
Yangi bog‘langan bank kartasidan balansi istalgan miqdorga to‘ldiriladigan abonent raqami aloqa xizmatlariga haq to‘lash uchun 5000 so‘m hamda 30 kunga 100 GB internet-trafik oladi.
Ilovani yuklab olishReklama
Deputatlar Bosh vazir o’rinbosarlarini ma’qulladi
Ochilboy Ramatov —
Bosh vazir o‘rinbosari;
Jamshid Qo‘chqorov — Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri;
Jamshid Xo‘jayev — Bosh vazir o‘rinbosari;
Zulayho Mahkamova — Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.
👉 @xushnudbek 👈
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan bugungi majlisdan fotosuratlar
👉 @xushnudbek 👈
“Xalqchil IPO”ning dastlabki natijalari eʼlon qilindi
Ushbu dastur doirasida 2024-yil 26-sentyabrdan 8-noyabrga qadar ommaviy joylashtirilgan 3 million 606 ming 466 dona aksiyani sotib olish uchun 46,6 milliard so‘mlik 12,6 mingta ariza kelib tushgan.
Bu rejalashtirilgan joylashtirish hajmining 108 foizini tashkil etadi.
Shundan 42,9 mlrd so‘mlik 11 298 ta ariza qanoatlantirilib, ular quyidagicha taqsimlangan:
👥 jismoniy shaxslar - 11 234 ta;
🏢 yuridik shaxslar - 64 ta.
Ma'lumot uchun, “Xalqchil IPO”da sotib olingan har bir aksiya uchun 4 tadan qo‘shimcha aksiya taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.
👉 @xushnudbek 👈
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. Bugun mutlaqo yangi vakolat va vazifalarga ega bo‘lgan Hukumat shakllanayotgani qayd etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Ucell’ning yangi yagona aloqa markazi ochildi
Toshkentning Vosit Vohidov ko‘chasida yangi, zamonaviy Ucell aloqa markazi faoliyat boshladi. Endi 9 million nafar abonent yanada tezkor va qulayroq ravishda xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ucell’ning bosh direktori Andrey Shishkovskiy shunday dedi:
“Mijozlar bilan aloqa kompaniyamizning asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Har bir qo‘ng‘iroq, har bir xabar foydalanuvchilarning ehtiyojlarini tinglash, tushunish va ularga eng yaxshi yechimlarni taklif qilish imkonini beradi. Yangi kontakt markazi esa mutlaqo yuqori darajadagi xizmatni ta’minlaydi”.
Reklama
Читать полностью…
Ayni vaqtda guruhimizdagi holat. Eron safarda Qirg’izistonni 1:0 hisobida mag’lub etmoqda. Bugun, shuningdek, BAA va Qatar ham o’zaro kuch sinashadi. Qaysidir raqibimiz ochko yo’qotishi aniq. Agar durang o’ynashsa, biz uchun yanada yaxshi.
👉 @xushnudbek 👈
O’yinda drama
Jarima maydonchasi ichida qo’l bilan o’ynalgani uchun Umar Eshmurodovga qizil kartochka ko’rsatildi va penalti belgilandi.
Lekin O’tkir Yusupov penaltini qaytardi!
O’yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qoldi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿O’zbekiston milliy terma jamoasining 🇰🇵Shimoliy Koreyaga qarshi oʻyindagi boshlang’ich tarkibi e’lon qilindi. Avvalgi uchrashuvda olingan jarohatlar sababli Eldor Shomurodov hamda Otabek Shukurov bugun bizga yordam bera olmaydi.
Uchrashuv soat 17:00 da boshlanadi. "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.
⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
➖davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.
🖥 Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):
🔹zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
🔹kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
🔹oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri atrofida "yashil" belbog‘ barpo etish loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida ishtirok etadi hamda Yangihayot tumaniga tashrif buyurib, sanoat korxonalari faoliyati va mahalladagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.
👉 @xushnudbek 👈
Mustahkam va suvga chidamli yangi HONOR X9c — Tez kunda!
HONOR X9c oʻzining takomillashgan texnologiyasi bilan kundalik hayotda shikastlanishdan himoya qilib, tushib ketish va zarbalarga bardosh bera oladi.
Qirilishlarga chidamli maxsus ekran va korpus qoplamasi tirnalishga yuqori chidamlilikni ta’minlaydi.
HONOR X9c IP65M sertifikat bilan suv va changdan ishonchli himoyalangan boʻlib, yomgʻir yoki changli sharoitda foydalanish uchun juda yaxshi tanlov.
HONOR X9c’ni tez kunda qarshi oling!
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
✈️ Mastercard Kapitalbank bilan — foydali sayohat! 💳
Mastercard Kapitalbankʼning “Chet elda keshbek” dasturi tufayli xorijga sayohatlar yanada qiziqarli!
Chet eldagi kafe va restoranlarda hisoblar uchun 5% gacha, taksi toʻlovlari uchun 10% gacha keshbek.
👛 Bir chekda maksimal keshbek — 35 000 so‘m, bir oyda restoranlar uchun 500 000 soʻmgacha, taksi uchun 250 000 soʻmgacha qaytarib olishingiz mumkin!
Batafsil maʼlumot Kapitalbank.uz va Mastercard.uz saytlarida mavjud.Reklama
🕋 “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berildi
Bular quyidagilar:
🔹“Ihlos travel 1” MChJ
🔹“Yuksak travel Air” XK
🔹“Muhtasham travel” MChJ
🔹“Musaffo turizm xizmati” MChJ
🔹“Risola travel lux” MChJ
🔹“Xorazm umra jamiyati” MChJ
🔹“Hikmat Umra Travel” MChJ
🔹“Real Dreams” MChJ
🔹“Travel with family” MChJ
🔹“Sofa Marva tour” MChJ
🔹“B2 Management” MChJ
🔹“Safar time exclusive” MChJ
❗️Litsenziyasiz “Umra” tadbirlarini tashkil etgan va oʻtkazgan yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) miqdorida jarima solinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Vazirlar ro‘yxati:
• Laziz Qudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
• Botir Zohidov — kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
• Ibrohim Abdurahmonov — qishloq xo‘jaligi vaziri
• Shavkat Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri
• Sherzod Hidoyatov — qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri
• Ilhom Mahkamov — transport vaziri
• Jo‘rabek Mirzamahmudov — energetika vaziri
• Bobur Islomov — tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri
• Sherzod Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri
• Aziz Abduhakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri
• Asilbek Xudayarov — sog‘liqni saqlash vaziri
• Hilola Umarova — maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
• Kongratbay Sharipov — oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
• Adxam Ikromov — sport vaziri
• Ozodbek Nazarbekov — madaniyat vaziri
• Akbar Toshqulov — adliya vaziri
• Baxtiyor Saidov — tashqi ishlar vaziri
• Abdulla Qo‘ldoshev — favqulodda vaziyatlar vaziri
• Po‘lat Bobojonov — ichki ishlar vaziri
• Bahodir Qurbonov — mudofaa vaziri
👉 @xushnudbek 👈
🏨 Toshkentdagi 2 ta mehmonxona sotildi
1⃣ “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasini “ALFA INVEST sug‘urta kompaniyasi” AJ 20 mln AQSh dollariga;
2⃣ “International” mehmonxonasini esa “Smart Fast Stroy” MChJ 26 mln AQSh dollariga sotib oldi.
Shuningdek, investor “InterHotel” MChJning tegishli bank oldidagi 14,7 mln yevro miqdoridagi kredit qarzdorligini ham o‘z zimmasiga oldi.
👉 @xushnudbek 👈
A.N. Aripovni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-noyabrdagi qarori bilan Bosh vazir lavozimiga A.N. Aripov ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq, Abdulla Nigmatovich Aripov O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tayinlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyev
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi.
Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega boʻlgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, masʼuliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani taʼkidlandi.
Ayni daqiqalarda Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturini taqdim etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
👉 @xushnudbek 👈
6-turdan keyin guruhimizdagi vaziyat.
Eron safarda Qirg’izistonni 3:2 hisobida mag’lub etgan bo’lsa, BAA o’z uyida Qatarni 5:0 hisobida yanchib tashladi.
Endi jamoalar bahorgacha tanaffus olishadi. Keyingi tur 20-mart kuni bo’lib o’tadi. O’zbekiston o’z uyida Qirg’iziston bilan o’ynasa, Eron BAAni, Qatar Shimoliy Koreyani qabul qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Xayriyatey, bir amallab, g’alabani ushlab qoldik.
G’alaba muborak! Bahorgacha guruhda 2-o’rinda mustahkam qoldik.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Hukumat iste’foga chiqdi
Vazirlar Mahkamasining 19-noyabrdagi tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.
O‘z navbatida, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi ma’lum qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈