xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

“Milliy sertifikat”ni pul evaziga olib berishni va’da qilgan o‘qituvchi va hokim yordamchisi ushlandi

Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi medotikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisi N.Sh. (muqaddam sudlangan) o‘qituvchi D.X.dan 20 nafar o‘qituvchining oylik maoshiga ustama qo‘shilishini ta’minlovchi va 39 nafar abituriyentga oliy o‘quv yurtiga kirishga imtiyoz beruvchi “Milliy sertifikat” olib berish evaziga jami 17 ming 700 AQSh dollari talab qilib, shundan 6 ming 600 dollarni qo‘lga kiritib, qolgan 11 ming 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Davom etgan tezkor tadbirda Qarshi shahridagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi Sh.R. o‘qituvchi va abituriyentlarga qalbaki “Milliy sertifikat” tayyorlab berish evaziga N.Sh.dan 6 ming 600 dollarni olganligi aniqlanib, yana 11 ming 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining IMC Krems xalqaro fakultetiga qabul davom etmoqda!

Endilikda siz 2 ta universitet talabasi bo'lish va 2 ta diplomni qo'lga kiritish imkoniyatiga egasiz!

IMC Krems xalqaro fakultetining afzalliklari:
▫️ Grant o'rinlari
▫️ "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish
▫️ "Work and Travel"
▫️ Ingliz tilida ta'lim
▫️ 60% xorijlik o'qituvchilar
▫️ Chet-elda amaliyot o'tash

Yo'nalishlar:
👨🏻‍💻 International Business Management
(Xalqaro Biznesni Boshqarish)
🧑🏻‍💼Tourism and Leisure Management
(Turizm va dam olish Menejmenti)

📆 Hujjatlar 28-iyulgacha qabul qilinadi!

✍️ Kirish imtihonlari 29-iyul kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi.

👉Hujjat topshirish uchun havola

☎️
Murojaat uchun:
+998909691011 | +998997618909
+998900169099 | +998997858909
+998909950110 | +998997648909

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.

Telegram | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Hoshimov Iqtisodiyoti"ning yangi sonida iqtisodchi olim Komiljon Akramov bilan qiziq suhbat o‘tkazilibdi. Unda quyidagi mavzular yuzasidan fikr almashilgan:

➖ O‘zbek bolalarining bo‘yi yoshiga nisbatan pastroqligi;

➖ O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish va iste’mol muammolari;

➖ Ovqatlanish (nutrition) tarixi va buguni;

➖ AQShdagi ilmiy faoliyat va boshqa mavzular.

Suhbatni ko’rish uchun havola:
https://youtu.be/6nMos05hzfQ


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda

Universitetimiz talaba bo'lish istagidagi yoshlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.

✔️ Ta'lim o'zbek va rus tillarida olib boriladi;
✔️ Shuningdek ta'limning kunduzgi, kechki va sirtqi shakllari mavjud;
✔️ Talabalar xorijiy va mahalliy universitetlardan o'qishini ko'chirishlari mumkin.

🌐 Arizalarni qabul.oxu.uz rasmiy sayti orqali qoldirishingiz mumkin.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998 55 305 0009

📲 @oxu_admin

🌐
www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar soni 700 minglik dovondan oshdi
#abituriyent

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 711 ming 653 nafarga yetdi (2023-yil 17-iyul 18:00 holatiga).

Kechagi xuddi shu vaqt bilan solishtirganda, 24 soat ichida 65 ming abituriyent hujjat topshirgan. Bu qabul boshlangandan buyon rekord ko'rsatkich. Albatta, oxirgi 3 kunlikda bu raqam yana ham oshishi tabiiy.

Agar kelgusi 3 kunlikda har kuni o'rtacha 100 ming abituriyent topshirsa, unda abituriyentlar soni milliondan oshishi mumkin.

Ma'lumot uchun: o'tgan yili qabul tugashiga 3 kun qolganda abituriyentlar soni 1 milliondan oshgan edi. Yakunda esa umumiy soni 1 mln 214 ming nafarga yetgandi. Ko'ramiz, bu yil qanaqa bo'larkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xonsaroy'dan maxsus aksiya!

Ota-onangizga xonadon hadya qilishingiz uchun qulay imkoniyat! 

Endilikda siz pastki qavatlardagi xonadonlarni aksiyada 312 mln 852 ming so‘mdan boshlab xarid qilishingiz va ota-onangizga hadya etishingiz mumkin!

Bot orqali bog‘lanish

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ 712007400
☎️ 555017400

🌐 хonsaroy.uz | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xalqaro imtihonlarda yuqori natijaga erishgan 17 mingdan oshiq yoshlarga 30 mlrd so’mdan ortiq summa qoplab berildi

2021-yil 1-maydan 5 turdagi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT), 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga (kamida C1 daraja) erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilmoqda.

Bugunga qadar mazkur tizim orqali 17 ming 460 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb
30,3 mlrd so‘mni
tashkil qilgan.

E’tiborlisi, mazkur tizimda kompensatsiya olgan qizlar soni yigitlar sonidan ko‘p. Xotin-qizlarimiz 9 ming 489 nafarni, yigitlar esa 7 ming 975 nafarni tashkil etmoqda.

Ro’yxatga qarasak, eng ko’p xarajati qoplangan imtihon tizimi IELTS bo’lib turibdi. Ya’ni boshqacha aytganda, 2 yil ichida 12 ming 713 nafar yoshlar IELTSda C1 va undan yuqori natija qayd etgan.

Barakalla, yoshlar! Barakalla, qizlar!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent 

Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:

1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.

Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;

2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.

Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi.

Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas.

3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar

Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;

4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.

Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.

Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;

5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.

Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.

Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar online va offline qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish

(Litsenziya 0033-son, 8.09.2021y)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy, mo‘ljal: "Uz Mal-oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Carrefour supermarketi (Sayram Korzinka)
📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Perevod” uchun pul to’lanadimi?

Bunda 2 xil qoida bor:

1️⃣ Agar “tashqi perevod” bo’lsa, ya’ni xorijdan yoki O’zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga ko’chirish uchun ariza berilayotganda Bilimlarni baholash agentligiga 165 ming so’m miqdorida to’lov qilinadi, chunki ular testga kiradi;

2️⃣ Agar “ichki perevod” bo’lsa, ya’ni bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga yoki bir OTM ichida o’qishni ko’chirmoqchi bo’lsa, unda hech qanday to’lov qilinmaydi. Chunki ular testga kirmaydi.

Yana ham oson tushunish uchun:

my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, to’lov qilinadi, transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, to’lov qilinmaydi.

Chunki:

Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz orqali;

Davlatdan davlatga — transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.

❗️Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da bor, “ichki perevod”da super-kontrakt yo’q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
#abituriyent

🗓 Kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyul kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

⏰ Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

1️⃣-smena soat 9:00 da;
2️⃣-smena soat 15:00 da boshlanadi.

📝 Akademik litseyga kirish uchun test sinovida jami 60 ta savol beriladi.

Shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha savollar bo’ladi va 1,1 ball beriladi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa jami 40 ta savol beriladi va unga 3,1 ball beriladi.

To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146.

❗️Test sinovlarini oʻtkazilish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

✔️ Eslatma: Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) asosan bu yildan e’tiboran ALga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan.

➖ Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezoni bu yerda:
/channel/xushnudbek/19856

➖ IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati yuqoridagi suratda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan o‘sha yerga topshiring. Perevodni unuting.
#abituriyent

Mevachilik va uzumchilikka kirib, keyin shifokor bo‘laman, degan xomxayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Mevachilik qayerdayu tibbiyot qayerda.

Shifokor bo‘lmoqchimisiz, marhamat, hozir yaxshi o‘qing va jiddiy tayyorlaning, tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga topshirib, yuqori ball bilan talaba bo‘ling.

Lekin “keyin perevod qivolaman” degan ko‘zbo‘yamachilikka bormang, Xudo xayringizni bersin, iltimos.

‼️ Yana bir iltimos, qaysi hududda o‘qish sizga qulay bo‘lsa, o‘sha hududga topshiring.

Ball pastroq bo‘larkan, deb uzoq hududga hujjat topshirib, o‘qishga kirgach, 1 yildan keyin “voy-dod, bu yerda qiynalib ketdimku, bizni dardimizni ham eshitadigan odam bormi, meni yashash joyimga, ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb nolib yurmang. Sizni hech kim boshqa hududga topshirsin, deb majburlayotgani yo‘q, qarorni o‘zingiz mustaqil qabul qilyapsiz, demak, o‘zingiz javob bering endi shunga.

Sharoitingiz bo‘lsa, boshqa hududga topshiring, sharoitingiz bo‘lmasa, topshirmang. Perevoddan umid qilmang. 99% holatda perevod qilolmaysiz.

‼️Kelajagingiz uchun masʼuliyatli bo‘ling, qaror qabul qilishda jiddiyroq yondoshing, iltimos.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏥 Nufuzli tibbiyot oliygohlarida o‘qishni xohlaysizmi? Buxoro viloyatidagi “Nodirbek Ismoilov o‘quv markazi” yangi o‘quv yili uchun 7-8-9-10-11-sinf o‘quvchilariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi!

O‘quv markazi TIBBIYOT OLIYGOHLARIGA yo‘naltirilgan bo‘lib, sifatli ta’lim berishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

🔹KIMYO haftada 6 kun;
🔹BIOLOGIYA haftada 6 kun;
🔹ONA TILI haftada 2 kun;
🔹MATEMATIKA haftada 2 kun;
🔹TARIX haftada 2 kun.
KIMYO darsi ”Buxoro” uslubida noldan, ya’ni dastlabki matematik tushunchalardan boshlanadi va kalkulyator ishlatmasdan hisoblash usullari o‘rgatiladi;

❗️Darslar 15-avgustdan boshlanadi. Boshqa hududlardan kelgan abituriyentlar esa sharoitlarga ega yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, KIMYO va BIOLOGIYA fanlaridan MILLIY SERTIFIKAT imtihonlariga tayyorlovchi maxsus guruhlar mavjud!

Manzil: Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, Armechan MFY, Frishkent qishlog‘i (mo‘ljal: 20-maktab)

Murojaat uchun: +998973070303, +998913373010, +998973086336, +998916450747, +998888669960

Telegram | Ismoilov_ziyo">YouTube | Instagram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim savollarga javoblar:

➖ “Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, IELTS yoki CEFR sertifikati, maqsadli qabul degan narsalar yo‘q va o‘tmaydi;

➖ “Perevod”da 5 ta yo‘nalish tanlash degan narsa yo‘q, faqat bittasi tanlanadi;

➖ Xorijdan va O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning o‘tish ballari mana bu yerda bor:
/channel/xushnudbek/20079

➖ Xorijdan va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda kvota yo‘q, yaʼni kim yuqoridagi o‘tish ballaridan o‘tkaza olsa, nechta bo‘lishidan qatʼi nazar o‘shalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat o‘z bilimi bilan kurashadi xolos.

“Perevod”ga oid yana-da ko’proq qo‘shimcha maʼlumotlar bu yerda:
/channel/xushnudbek/20257


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️TURDOSH YO‘NALISHLAR-2023
#perevod

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

ESLATMA: xorijdagi OTMlardan davlat OTMlaridagi turdosh bo’lmagan yo’nalishga “perevod” qilishga ruxsat berilmaydi. O’zbekistondagi nodavlat OTMlardan esa davlat OTMlarining turdosh bo’lmagan yo’nalishlariga bir martalik super-kontrakt pulini to’lab, o’qishni ko’chirishga ruxsat beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident maktablari imidji uchun hal qiluvchi nuqta: beparvolik tiklab bo‘lmas ishonchsizlikka olib keladi

Har qanday tanlovda mag‘lublar bormi, demak norozilar ham bor. Bu aksiomadek gap, ayniqsa O‘zbekiston sharoitida. Lekin bildirilayotgan eʼtirozlarning mazmuni ko‘p narsani hal qiladi. Ayrimlari mayda-chuyda shubha-gumonlar bo‘lsa, ayrimlari faktlar va asoslar bilan bo‘ladi.

Prezident maktablari bilan bog‘liq vaziyat ham hozir ayni shunday nuqtada.

O‘zi nima gap?

1️⃣ Test savollari qaytarildi va ular murakkab

15-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 3 ta smenada o‘tkazildi. Imtihon o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalar eʼtiroz bildirishni boshladi. Eʼtirozning asosiy mazmuni: bitta smenada tushgan savollar, keyingi smenada yana qayta tushgan, shuningdek, ayrim savollar 4-sinfni tugatgan bola uchun o‘ta murakkab va hali o‘tilmagan mavzulardan bo’lgan.

Bu DTM testlarida ham doim savol ostiga olinadigan holat. DTM (hozirgi BBA) ham doim "biz savollarni takrorlamaymiz, savollarimiz dastur asosida" deb takrorlab keladi. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ham bayonot berib, biz savollarni takrorlamaganmiz, murakkablik darajasi dasturga to‘liq tushadi, dedi.

2️⃣ Cambridge Assessment test olyaptimi?

Keyin yana boshqa jiddiy masala ko‘tarildi. Prezident maktablariga testni Cambridge Assessment Admissions Testing olmayotgan ekan, sababi ushbu tashkilot vakili elektron pochta orqali javobda "bizning tashkilot bu yil O‘zbekistonda test olmayapti" deb javob bergan.

Bunga ham raddiya berildi va Cambridge University Press&Assessment vakili “biz O‘zbekistondagi Prezident maktablari testlarida ishtirok etyapmiz” dedi.

Ko‘rinib turibdiki, Cambridge Assessment tashkilotining o‘zidan ham turli xil javoblar berilgan. Bir qarasa O‘zbekistonda test olmayapmiz, degan, yana bir qarasa “olyapmiz” degan. Bu shubhalarni yana-da ko‘paytirib yubordi.

Nima qilish kerak?

Birinchidan,
vaziyatga yuzaki qarab, oddiy bayonotlar bilan o‘tib ketamiz, deb o‘ylamaslik kerak. Vazirlar Mahkamasidagilar ham, agentlikdagilar ham shunaqa o‘ylayotgan bo‘lsa, qattiq adashadi. Ishonchsizlikka olib keluvchi kichik uchqun, ertaga katta gulxan bo‘ladi. Oxir-oqibat Prezident nomi bilan bog‘langan tizim imidji uchun tiklab bo‘lmas putur yetishi mumkin.

Ikkinchidan, har qanday eʼtirozga qarshi, agar ular o‘rinsiz bo‘lsa, jamoatchilik va OAV ishtiroki bilan keskin javob qaytarish kerak. Yaʼni "oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ich".

Hozirgi holatda, hali vaziyat unchalik gazak olmagan, chunki test natijalari chiqqani yo‘q. Natijalar chiqqach, bitta norozi yoniga mingtasi qo‘shiladi.

Shu sababli eʼtirozlarga javob qaytarishning 3 ta oson yo‘li bor:

1) Cambridge Assessment bilan tuzilgan shartnomani (yoki boshqa rasmiy hujjat) eʼlon qilish;

2) smenalarda ishlatilgan test savollarini ochiqlash. Buni ochiq dostupga eʼlon qilib bo‘lmasa, unda hech bo‘lmasa jamoatchilik faollari va mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzib, ularga ko‘rsatish;

3) o‘quvchilarning smenalar kesimida ko‘rsatgan natijalarini eʼlon qilish. Masalan, 1-smenada juda past ko‘rsatkich, lekin 2-smenada o‘ta yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lsa, unda bu yerda nimadir noto‘g‘ri ketgan bo‘ladi.

Bo‘ldi, hozirgi vaziyatda eʼtirozlar uchqunini o‘chirish uchun eng osoni shu, menimcha.

Shavkat Mirziyoyev doim faxr bilan tilga oladigan va “Xudo xohlasa O‘zbekistondagi har bir maktabni shunaqa qilishimiz kerak”, deydigan Prezident maktablari imidji uchun hal qiluvchi nuqtada qo‘l qovushtirmasdan, tezkor amaliy choralar ko‘rilishi shart.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.b. bo‘lib ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonlik kibersportchilar jamoasi CS:GO bo‘yicha Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida g‘olib bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan “Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun 18-19-iyul kunlari Jidda shahrida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ham xorijdan perevodga ariza topshirib, ham abituriyent sifatida imtihonga kirib ko’rsa bo’ladimi?

JAVOB: Ha, bo’ladi.

Ma’lumki, 15-iyuldan boshlab o’qishni ko’chirish, jumladan xorijiy OTMlardan perevod qilish bo’yicha arizalar qabul qilish boshlandi. Bunda xorijdan perevod qilayotganlar ham pul to’lab, testga kiradi va yetarli o’tish balini to’plasa, O’zbekistonga o’qishini ko’chirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, xorijda o’qiyotganlar oddiy abituriyent sifatida davlat OTMlariga 5 tagacha yo’nalish tanlab, hujjat topshirishlari ham mumkin. Boshqacha aytganda, ular 2 marta omadlarini sinab ko’rsa bo’ladi. Agar ikkalasi ham ijobiy natija bo’lib qolsa, unda istaganini tanlaydi. Xohlasa, 1-kursdan yangi kirgan joyida o’qiydi, xohlasa o’qishini ko’chirgan joyda ruxsat berilgan kursdan tahsil olishni boshlaydi.

Bunga hech qanday cheklov yo’q.

To’lovni ikkalasiga alohida qiladi, chunki 2 marta alohida testga kiradi.

Yuqoridagi xuddi shu tartib O’zbekistondagi nodavlat OTMlarda o’qiyotgan talabalar uchun ham bir xil. Ya'ni ular ham o’zlarini oddiy abituriyent sifatida sinab ko'rsa ham bo'ladi, perevodga ariza yozib, sinab ko’rsa ham bo’ladi.


🔘@xushnudbekuz

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugundan “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi boshlandi

1-bosqichda fuqarolar https://openbudget.uz/boards-list/31 sayti orqali tashabbuslar kiritishi mumkin. Tashabbus kiritish 6-avgustgacha davom etadi.

❗️Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🌐 UZTELECOMdan biznesingiz uchun foydali takliflar!

UZTELECOM bir vaqtning o‘zida ikkita ajoyib “Ko‘proq xizmatlar – ko‘proq foyda” va “Ko‘proq tezlik” aksiyalarini ishga tushirmoqda. Aksiyalarda yuridik shaxs bo‘lgan amaldagi va yangi abonentlar oylik abonent to‘lovi uchun ortiqcha pul to‘lamasdan oshirilgan internet tezligidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Misol uchun, agar siz U2B-6 tarif rejasiga 100 Mbit/s ulanish tezligi bilan ulangan bo‘lsangiz, aksiya doirasida tezlik 300 Mbit/sni tashkil etadi. Asosiysi, abonent to‘lovi oshmaydi!

Shoshiling, aksiya muddati chegaralangan!

📞 Batafsil: 1155

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qabul tugashiga 4 kun qoldi
#abituriyent

17-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 667 ming 256 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 361 ming 464 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 305 ming 792 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).

❗️Kunlik topshiruvchilar soni sekin-asta oshib bormoqda. So’nggi kunlarda shunaqa bo’ladi o’zi. Iltimos, iloji bo’lsa, so’nggi kunga taqamang, bugun-erta topshirib qo’ying.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 25 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Oskar Uayld. Baxtiyor shahzoda (ertak-hikoya)

Izoh
: Hayot bizga bir marta beriladi. Tirikligimizda yaxshi ishlar qilishga ulgurib qolishimiz kerak. Shahar markaziga o'rnatilgan, qimmatbaho toshli, oltin qoplamali haykal mana endi shu xulosaga kelib ko'z yosh to'kmoqda. Bu haykal butun umri davomida o'ynab-kulib yashagan, o'zining maishatidan ortmagan, xalqning nochor ahvolidan xabar olmagan shahzodaning xotirasiga o'rnatilgan. Qani endi mo'jiza yuz bersayu hammasini ortga qaytarib bo'lsa... Kunlardan bir kuni mo'jiza yuz berdi, haykalning oldiga qaldirg'och uchib keldi...

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/oskar-uayld-baxtiyor-shahzoda" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/oskar-uayld-baxtiyor-shahzoda

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/GsgyJPVg45I

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚚 Furgon, kran manipulyator, vodovoz yoki benzovoz kerakmi? Sunlong-Group kompaniyasidan xarid qiling!

Kompaniya texnikalarni Xitoydan olib keladi va ularga 1 yillik kafolat taqdim etadi. Shuningdek, servis xizmati ham mavjud.

❗️ Eng muhimi, texnikalar Toshkentda tayyor turibdi, xarid qilganingizda hujjatlar rasmiylashtirilishini uzoq kutib qolmaysiz va ishingiz 15 daqiqada bitadi.

💳 Narxlar:
20 tonnalik furgon (350 ot kuchi) – 479 mln so‘m;
6,3 - 12 tonnalik kran manipulyatorlar – 649 mln so‘mdan boshlab;
6 - 20 tonnalik vodovozlar – 315 mln so‘mdan boshlab;
20 - 30 kublik benzovozlar – 569 mln so‘mdan boshlab.

📍Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, "Drivers village" avtosaloni yonida
📞 Telefon: +99890-110-88-85, +99891-009-88-85
Batafsil ma’lumot: @sunlonguzzzz

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 3 smenada bo‘lib o‘tdi

Imtihonlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 31-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Lavhada Toshkent shahridagi bugungi jarayonlar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓“Perevod” imtihonida qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?
#perevod

Xorijdagi OTMlardan yoki yurtimizdagi nodavlat va xorijiy OTMlardan davlat oliygohlariga o’qishni ko’chirish uchun talabgorlar imtihon topshirishlari kerak. Imtihonda belgilangan o’tish balini olgan talabalarga “perevod” uchun ruxsat beriladi.

2023-yil uchun o’tish ballari mana bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

Ko’pchilik joriy yilgi “perevod”da qaysi fandan imtihon olinishi haqida savol bermoqda. Buning javobi quyidagicha:

✅ joriy yilgi “perevod”da o’tgan yilgi qabulda qaysi fanlardan imtihon olingan bo’lsa, o’shalardan imtihon olinadi. Bular:

👉 Majburiy fanlar bloki:
(barcha yo’nalish uchun tushadi)

1) Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) O‘zbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.

Majburiy blokdan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Taʼlim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar:
(yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi)

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball.

Mutaxassislik fanidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

⌛️ O‘ylash uchun jami 3 soat vaqt.

XULOSA: joriy yil “perevod” imtihonida 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

❓Yurisprudensiya yo’nalishlarida qaysi fandan imtihon bo’ladi?

Buning javobi ham oddiy. O’tgan yili qaysi fandan test bo’lgan bo’lsa, bu yil ham shundan bo’ladi. Ya’ni o’tgan yili yurisprudensiya yo’nalishi uchun tarix fani 1-blok asosiy mutaxassislik fani bo’lgan. Shu sababli joriy yilgi “perevod” imtihonida ham tarixdan savol beriladi, huquqdan emas.

Chunki huquqdan birinchi marta bu yil test savollari tushadi. Bu degani kelgusi yilgi “perevod” imtihonlarida yurisprudensiya yo’nalishlari uchun huquqdan savol tushadi, tarixdan emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Chet tilidan ijodiy imtihon sanalari e’lon qilindi
#abituriyent

📆 17-23-iyul kunlari barcha hududlarda 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.

✅ Imtihon 2 bosqichda tashkil etilib:

1️⃣-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuterda;

2️⃣-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin.

📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-13

❗️ Izoh: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Yangi O‘zbekiston universitetida o‘qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Mazkur davlat universiteti Prezidentnining tegishli qaroriga binoan tashkil etilgan.

Abituriyentlar muhandislik, raqamli texnologiyalar, gumanitar va tabiiy fanlar hamda menejment maktablarida o‘zlari qiziqqan yo‘nalishga hujjat topshirishlari mumkin.

Imtihon 5-avgust kuni yurtimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish 28-iyul 17:00 ga qadar davom etadi.

⬆️ Universitet talabalarga ko‘plab grantlar taqdim etadi. Ushbu grantlar soni talabgorlar bir xil ball to‘plaganda oshadi.

Universitetda darslar xalqaro standartlar asosida ingliz tilida olib boriladi. Talabalarga o‘z startap loyihalari ustida ishlash hamda xorijda amaliyot o‘tash imkoniyatlari ham beriladi.

Murojaat uchun: +998712024111, @newuucontact_bot

Batafsil: t.me/newuzbekistanuniversity/2130

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔄 “Perevod” uchun bugundan arizalar qabul qilinadi. Tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/20258

‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/20258

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga.

☝️Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli)
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel