❓ Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini qayerdan yuklab olishi mumkin?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buning quyidagi ikki usulini taqdim etgan:
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali.
➖ Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma’lumotlarini kiritish orqali.
❗️ Ma’lumot o‘rnida, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi"ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan. Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
#Euro2024
🇪🇺 18-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:
🇹🇷 Turkiya 3:1 🇬🇪 Gruziya (F)
Gollar: Myuldur 25’, Mikautadze 32’, Guler 65’, Akturkoglu 90+7’.
🇵🇹 Portugaliya 2:1 🇨🇿 Chexiya (F)
Gollar: Lukash Provod 62’, Robin Granach (avtogol) 69’, Konseysau 90+2’.
➖➖➖➖➖➖➖
Bugungi uchrashuvlar:
18:00 🇭🇷 Xorvatiya — 🇦🇱 Albaniya (B)
21:00 🇩🇪 Germaniya — 🇭🇺 Vengriya (A)
23:59 🏴 Shotlandiya — 🇨🇭Shveytsariya (A)
👉 @xushnudbek 👈
Ertaga barcha uchun ish kuni
Bugun Qurbon hayiti munosabati bilan berilgan dam olish kunlarining oxirgisi. Ertaga, 19-iyun chorshanba kuni barcha uchun ish kuni hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈
🚴♂️ Toshkent shahrida 23-iyun kuni Pepsi Zero Marathon bo‘lib o‘tadi!
Avtomobilni uyda qoldirib, Magic City'ga keling va bizga qo‘shiling. Velomarafon qahramoniga aylaning — tetiklaning va musaffo kelajakka hissa qo‘shing! 🌿
🏞 Sizni Toshkentning rang-barang ko‘chalari bo‘ylab 15 km lik masofa, shuningdek, qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyati kutmoqda!
🏅 Har bir ishtirokchiga:
- Start-to‘plam (raqam va futbolka)
- Ishtirok etish uchun medal beriladi.
⭐️ Har bir nominatsiya bo’yicha mukofot jamg’armasi:
1-o‘rin – 15 million so‘m
2-o‘rin – 7,5 million so‘m
3-o‘rin – 2,5 million so‘m
🎫 Ro‘yxatdan o‘tish: iTicket.uz
Chipta sotuvidan tushgan barcha mablag‘ xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.Reklama
#Euro2024
🇪🇺 17-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:
🇷🇴 Ruminiya 3:0 🇺🇦 Ukraina (E)
Gollar: Nikolae Stanchu 28’, Razvan Marin 52’, Denis Dragus 56’
🇧🇪 Belgiya 0:1 🇸🇰 Slovakiya (E)
Gol: Ivan Shranz 6’
🇦🇹 Avstriya 0:1 🇫🇷 Fransiya (D)
Gol: Maksimillian Vober 37’
➖➖➖➖➖➖➖
Bugungi uchrashuvlar:
21:00 🇹🇷 Turkiya – 🇬🇪 Gruziya (F)
00:00 🇵🇹 Portugaliya – 🇨🇿Chexiya (F)
👉 @xushnudbek 👈
Bugun soat 02:30 da Hazorasp tumanidagi bozorda (“Hazorasp unversal savdo kompleksi” AJ) yong'in sodir bo‘lgan.
O‘t o‘chiruvchilar guruhi soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, soat 04:04 da yong‘in bartaraf qilingan.
Hodisa natijasida 300 kv.m maydonda aralash turdagi mollar savdo do‘konlari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘inning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Renessans ta'lim universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul boshlandi
RTU’da 40 ga yaqin ta'lim yoʻnalishlari mavjud
Universitet quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
➖ grant asosida oʻqish;
➖ Koreya, Xitoy kabi mamlakatlardagi xalqaro universitetlarda ta'limni davom ettirish dasturi;
➖ davlat standartidagi diplom;
➖ xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;
➖ kontraktdan 25 foiz chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa).
📋 Onlayn ariza va imtihon topshirish www.renessans-edu.uz 👈 sayti orqali boʻlib oʻtadi.
Reklama
Читать полностью…
Google Qozogʻistonda qidiruv tizimini tanlash oynasini joriy qildi
Google Markaziy Osiyoda birinchi va dunyo boʻyicha uchinchi boʻlib Qozogʻiston foydalanuvchilari uchun mazkur imkoniyatni joriy qildi. Bu qadam yirik texnologik kompaniyaning mahalliy regulyator talablariga itoat qilishga tayyorligini ko’rsatmoqda.
Bunga Qozogʻiston Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligining Google MChJ, Google Ireland Limited va Google Commerce Limited bozorda oʻzining hukmron mavqeyini suiisteʼmol qilayotgani boʻyicha bildirishnoma yuborgani sabab boʻlgan.
Yaʼni, Qozogʻiston regulyatori Google’dan raqamli bozorda adolatli raqobat tamoyiliga amal qilishni talab qilgan. Bu holat raqobatni rag'batlantiradi va kichikroq kompaniyalar uchun bozorga kirish imkoniyatini beradi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda ko’rinmayapti?
#abituriyent
Ko‘plab abituriyentlar xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida ko‘rinmayapti-ku, deb so’rashmoqda.
Chunki Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hozircha tavsiyanoma berilganlar ro’yxatini tegishli reestrga kiritmagan. Shu sababli saytda ko’rinmayapti.
❓Tavsiyanoma chiqmasa, o’zim qo’lda kiritsam bo’ladimi?
Yo’q, hech bir imtiyoz qo’lda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik o’zi chiqadi. Faqat bittagina chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat, masalan IELTS sertifikati qo’lda kiritiladi xolos, qolgan hammasi avtomatik ko’rinadi.
Agar sizda xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma bo’lsa-yu, lekin u saytda ko’rinmayotgan bo’lsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar 25-iyunga qadar Bilimlarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi.
Va imtiyoz ko’rinmayotgan bo’lsa ham, fanlar majmuasini tanlab qo’ysangiz bo’laveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qo’shilmay qoladi, deb xavotir olmang.
Agar siz tavsiyanoma olish uchun ariza yuborgan bo’lsangiz-u, lekin haligacha javobi chiqmagan bo’lsa, ya’ni na qanoatlantirilgani, na rad etilganini aniqlay olmayotgan bo’lsangiz, unda Oila va xotin-qizlar qo’mitasiga murojaat qiling.
👉 @xushnudbek 👈
Geologiya fanlari universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
🌐Ariza topshirish:
https://my.uzbmb.uz
📚Bakalavriat yo‘nalishlari:
• Iqtisodiyot;
• Geologiya;
• Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi;
• Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi;
• Geodeziya va geoinformatika;
• Konchilik ishi;
• Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi;
• Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi.
🏛Magistratura mutaxassisliklari:
• Geologiya;
• Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi;
• Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi;
• Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi.
☎️ Batafsil ma'lumot uchun: (Call-markaz)
+998 71 209-11-48, +998 71 209-11-49
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Olimlar kо‘chasi 64-uy (mo'ljal – Respublika endokrinologiya markazi qarama-qarshisida)
Telegram uzgeouniver2196/featured">| uzgeouniver2196/featured">YouTube | Facebook | InstagramTa'lim reklamasi
Qurbon hayiti munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati.
Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va ular bilan bog’lanib, tez orada «Oltin silsila – Sahihul Buxoriy» to‘liq to‘plamini (8 juz) yetkazamiz. 1 yillik Telegram Premium uchun obuna havolasi g’oliblarga shaxsiy xabar orqali avtomatik yuborildi.
G’olib bo’lmaganlar esa xafa bo’lishmasin. Bu kabi tanlovlarni kanalimizda yana tez-tez o’tkazamiz, Xudo xohlasa.
👉 @xushnudbek 👈
#euro2024
🇪🇺 Yevropa chempionati doirasida hozirgacha oʻtkazilgan oʻyinlar
14-iyun:
🇩🇪 Germaniya 5:1 🏴 Shotlandiya (“A” guruhi)
Gollar: Florian Virts 10’, Jamal Musiala 19’, Kay Xaverts 45’, Niklas Fyullkrug 68’, Antonio Ryudiger (avtogol) 87’, Emre Jan 90’.
15-iyun:
🇭🇺 Vengriya 1:3 🇨🇭 Shveytsariya (A)
Gollar: Varga 66’, Dua 12’, Ebisher 45’, Embolo 90+3’.
🇪🇸 Ispaniya 3:0 🇭🇷 Xorvatiya (B)
Gollar: Morata 29’, Fabian Ruis 32’, Karvaxal 45+2’.
🇮🇹 Italiya 2:1 🇦🇱 Albaniya (B)
Gollar: Bayrami 1’, Bastoni 11’, Barella 16’.
➖➖➖➖➖➖➖
Bugungi uchrashuvlar:
18:00 🇵🇱 Polsha — 🇳🇱 Niderlandiya (D)
🎙 Alisher Uzoqov
21:00 🇸🇮 Sloveniya — 🇩🇰 Daniya (C)
🎙 Xayrulla Hamidov
23:50 🇷🇸 Serbiya — 🏴Angliya (C)
🎙 Davron Fayziyev
👉 @xushnudbek 👈
“Inson uchun” xayriya platformasi yordamida 50 nafar bolaga yordam koʻrsatildi
Joriy yilning aprel oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Mehrli qoʻllar” fondi hamda Click kompaniyasi bemorlarga xayr-ehson qilish imkonini beruvchi “Inson uchun” xayriya platformasini ishga tushirgan edi.
Oʻtgan ikki oy davomida ushbu platforma yordamida 1 milliard 312 million soʻmdan ortiq xayriya mablagʻlari yigʻilib, tugʻma patologik muammosi boʻlgan 50 nafar bolaga yordam koʻrsatildi.
Maʼlumot uchun, mazkur platforma orqali xayriya qilgan yurtdoshlarimiz oʻz mablagʻlari maqsadli sarflanayotganini kuzatib borishlari mumkin. Shuningdek, bemor bolalarning taqdiri, ularning keyingi hayoti haqida ham muntazam ravishda maʼlumot berib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈
🌙 QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlaridan tabrik.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqalari bilan Samarqand shahriga tashrif buyurdi
👉 @xushnudbek 👈
Osiyo xalqaro universitetida yangi o’quv yili uchun qabul davom etmoqda!
📌 Osiyo xalqaro universitetida talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Iqtidorli va faol talabalar uchun stipendiya va rag‘batlantirishlar, talabalar turar joyi, turli amaliyot dasturlari va zamonaviy taʼlim shular jumlasidandir.
🔝 Hozirgi kunda universitetda 20 ta bakalavr yo’nalishlari mavjud bo'lib, abituriyentlar o’zlari qiziqqan sohaga doir yo’nalishni topa oladi.
✅ Magistraturada o‘qish imkoniyati ham bor.
👉 Ariza topshirish
📂 Litsenziya №249847, 10.11.2022-y.
📞 Batafsil maʼlumot uchun: +998553050009
📌 Manzil: Buxoro shahri
Sayt | Telegram | Ta'lim reklamasi
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vitaliy Vasilevich Fen 77 yoshida vafot etibdi.
U 25 yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqardi. Vitaliy Fen “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Qabul tugashiga 1 hafta qoldi
Roppa-rosa 1 haftadan so’ng qabul yakunlanadi.
Bugun, 18-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 288 ming 407 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan:
➖ joriy yil bitiruvchilari — 152 ming 683 nafar;
➖ avvalgi yillar bitiruvchilari — 135 ming 724 nafar.
👉 @xushnudbek 👈
❓Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.
❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2024-2025 yil qabuli davom etmoqda
Universitetda talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Iqtidorli va faol talabalar uchun stipendiya va rag‘batlantirishlar, talabalar turar joyi, turli amaliyot dasturlari shular jumlasidandir.
Magistratura, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarida o‘qish imkoniyati bor.
Arizalar my.uzbmb.uz saytida 25-iyunga qadar (bakalavr uchun) qabul qilinadi.
📞 Batafsil ma’lumot uchun:
+998712070905
Facebook | Instagram
Telegram | www.uzjoku.uz | Reklama
600 nafar o‘zbekistonlik haydovchi Latviyaga ishga jalb etiladi
Bu haqda 10-17-iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi yirik "Kreiss" kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasidagi muzokaralarda kelishilgan.
Shuningdek, "Vatanparvar" tashkiloti bilan unga tegishli avtomaktablar platformasida o'zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolangan.
Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o'tgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishlari va YEI davlatlarida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
❓Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.
Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Sifatli ta’lim olishni maqsad qilgan yoshlar uchun ajoyib yangilik
⚡️ Yangi O‘zbekiston universiteti davlat oliygohi hisoblanib, ta’lim dasturlari dunyoda top-30 talikka kirgan Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda tuzilgan.
✅ Mazkur oliygohda amaliy matematika, pedagogika, kimyo va materialshunoslik muhandisligi hamda mexanika muhandisligi kabi zamonaviy va mutaxassislarga talab yuqori yo‘nalishlarda tahsil olishingiz mumkin.
💥 Universitetda tahsil olish uchun siz 50%, 70%, va hattoki 100% lik grantni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
❗️Shuningdek, muhandislik yo‘nalishlariga qabul qilinsangiz, 4 yillik 40% grant beriladi.
👉 Oʻqishga arizalar qabuli davom etmoqda: https://newuu.uz/apply
✅ Darslar kuchli bilim va tajribaga ega xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilar tomonidan to‘liq ingliz tilida olib boriladi.
👉Telegram
Reklama
Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent
❓Qabul kvotalari tasdiqlandimi?
✅ JAVOB: Yo‘q, hozircha qabul kvotalari tasdiqlanmadi. Tuya go‘shtini yegan kvotalar har yili qabul boshlanib ketgach tasdiqlanishi odatiy holga aylangan. Garchi joriy yilda dastlabki bosqichda faqat fanlar majmuasi tanlanayotgan bo‘lsa-da, lekin bu qabul kvotalarini istagancha kech tasdiqlash mumkin degani emas. Abituriyentlar kvotalarga qarab fanlar majmuasini tanlashi ham mumkin edi. Afsuski, haligacha kvotalar ma’lum emas. Qachon tasdiqlanishi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q.
❓Joriy yilda ham beshta yo‘nalish tanlasa bo‘ladimi?
✅ JAVOB: Ha, bo‘ladi. Hozir abiturentlar faqat fanlar majmuasini tanlayapti. Test sinovlari to‘liq yakunlangach esa, 15 kun ichida beshtagacha yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi.
❓Joriy yildan sirtqi ta’lim bo‘lmaydimi?
✅ JAVOB: Bo‘ladi, sirtqilar yopilgani yo‘q. Ko‘pchilik pedagogika sohasidagi 14 ta yo‘nalishning sirtqisiga faqat pedagogik staji borlargina topshirishi mumkinli haqidagi xabarlarni o‘qib, barcha sirtqi yo‘nalishlar yopilibdi, deb xato tushunadi. Aslida sirtqilar yopilgani yo‘q.
Mana bu yerda batafsil javob bor:
/channel/xushnudbek/19225
👉 @xushnudbek 👈
#Euro2024
🇪🇺 16-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:
🇵🇱 Polsha 1:2 🇳🇱 Niderlandiya (D guruhi)
Gollar: Buksa 16ʼ, Gakpo 29ʼ, Vegxorst 83ʼ.
🇸🇮 Sloveniya 1:1 🇩🇰 Daniya (C)
Gollar: Eriksen 17ʼ, Yanja 77ʼ.
🇷🇸 Serbiya 0:1 🏴 Angliya (C)
Gol: Bellingem 13ʼ.
➖➖➖➖➖➖➖
Bugungi uchrashuvlar:
18:00 🇷🇴 Ruminiya — 🇺🇦 Ukraina (E)
21:00 🇧🇪 Belgiya — 🇸🇰 Slovakiya (E)
00:00 🇦🇹 Avstriya — 🇫🇷 Fransiya (D)
👉 @xushnudbek 👈
2024-yil 16-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 213 ming 463 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan:
joriy yil bitiruvchilari — 107 ming 536 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 105 ming 927 nafar.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik boʻyicha 2023-yilning oʻzida 3 mingga yaqin jinoyat ishi ochilgan
Mamlakatimizda 2023-yil 11-aprelda Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Mazkur qonun kuchga kirganidan soʻng, 2023-yilning oʻzida 2638 ta jinoyat ishi hamda 10091 ta maʼmuriy huquqbuzarlik ishi koʻrib chiqilgan. Buning doirasida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan 4343 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 2344 nafariga jarima, 1999 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.
Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan esa 134 kishi sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 83 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.
Shuningdek, 2024-yilning oʻtgan 6 oyi davomida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan shahvoniy shilqimlik qilishda ayblangan 318 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Mintaqamizda kuzatilgan va katta rezonansga sabab boʻlgan “Bishimbayev ishi” fonida Qozog‘iston jamoatchiligi ham biznikiday qonun qabul qilinishi zarurligini muhokama qilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
BYD Song Plus Champion avtomobilini yutib olishni xohlaysizmi?
Mobiuz mobil operatorining “MobiDRIVE” aksiyasi doirasida shunday avtomobillardan uchtasini yutib olish uchun ajoyib imkoniyat mavjud!
Aksiyada ishtirok etish uchun oyiga 35 ming so‘m va undan kattaroq abonent to‘loviga ega tarif rejasiga (jismoniy shaxslar uchun) ulanish kifoya!
Ulangandan so‘ng, abonent avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Aksiyaning batafsil shartlari www.mobi.uz saytida.Reklama
Qurbon hayiti munosabati bilan kanalimizda tashkil qilinayotgan tanlov (giveaway) uchun mukofotga qo‘yilgan kitoblar to‘plami egalarini kutmoqda.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Oltin silsila – Sahihul Buxoriy» to‘liq to‘plami (8 juz)dan 10 dona xarid qilindi.
Shuningdek, obunachilarimiz orasidan 10 kishiga 1 yillik Telegram Premium ham sovg‘a qilinadi.
⏳G’olib nomi ertaga, 16-iyun kuni soat 20:00 da ma’lum bo’ladi.
‼️Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.
Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.
❗️Bu muhim: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
📖 Qurbonlik haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar
00:00 Qurbonlik qilish kimlarga vojib?
01:38 Qurbonlik qilishni vojib qiladigan boylikning miqdori qanday hisoblanadi?
04:20 Butun bir oiladan birgina qo‘y kifoya qiladimi?
05:03 Bir kishi ruxsatsiz xotini yoki katta o‘g‘li nomidan qurbonlik so‘yishi joizmi?
06:25 Beparvolik qilib qurbonlik qilmagan kishi nima qiladi?
06:54 O‘tganlarning nomidan qurbonlik qilinadimi?
08:02 Erkak yoki urg‘ochi hayvonlardan qaysi birini qurbonlik qilish afzal?
08:30 Qurbon hayiti kuni qurbonlik qilishdan avval biror narsa yemay turishning diniy asosi bormi?
09:00 Qurbonlik qilishni niyat qilgan kishi tirnoq va sochlarini olmasligi kerakmi?
12:02 Vakillik yo‘li bilan qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
12:25 Qurbonlikni vaqti haqida to‘xtalib o‘tsangiz?
13:42 Qurbonlik qilish mumkin bo‘lgan kunlardan qaysi birida qurbonlik qilish afzal?
14:21 Musofir kishiga qurbonlik qilish vojib bo‘ladimi?
14:47 Qassobga qurbonlik go‘shtidan yoki terisini ish haqi qilib berish joizmi?
16:13 Qurbonlik so‘yishda "Bismillahi Allohu akbar" demasdan "Bismillah" desa ham o‘tadimi?
16:30 Qurbonlik uchun sotib olingan hayvonga keyinchalik boshqalar sherik bo‘la oladimi?
17:38 Qurbonlik go‘shtidan boylarga bersa bo‘ladimi?
18:24 Hayvon sotib olinganidan so‘ng kasal bo‘lib qolsa uni qurbonlik qilsa bo‘ladimi?
19:25 Qurbonlik go‘shtidan o‘zga din vakillariga ham berish mumkinmi?
19:43 Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga atab qurbonlik uchun qo‘y so‘yish mumkinmi?
20:16 Aqiqa va Hayitning qurbonligini bitta qilsa bo‘ladimi?
21:18 Tuya va sigirga bir kishi qurbonlik, yana biri nazr, yana biri aqiqa, yana biri nafl niyatida qo‘shilsa bo‘ladimi?
22:21 Hayvon so‘yganda uni og‘iz bilan puflab shishirish joizmi?
23:31 Qurbonlik qilinadigan hayvon necha yosh bo‘lishi kerak?
24:00 Qurbonlikka yig‘ilgan pulni ehson qilish afzalmi?
24:37 Hajdagi qurbonlik, vojib qurbonlikka o‘tadimi?
26:37 Qurbonlik qilishda maxsus duo bormi?
27:24 O‘zi so‘ygani yaxshimi yoki qassobga so‘ydirganimi?
28:43 Qurbonlik qilayotganda hayvonning oyog‘idan ushlab turish kerakmi?
29:03 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatning nomidan qurbonlik qilganmilar?
#qurbonlik
Manba: MuslimUz
👉 @xushnudbek 👈