xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Senatorlar “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunni maʼqulladi.

Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari belgilanmoqda.

Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon beradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 🇲🇳Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

To‘raxo‘jayev Halilillo Sobirjonovich Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib saylandi.

U bunga qadar Oliy sud raisi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana qayta 5 yil muddatga Bosh prokuror lavozimiga tayinlandi

Bugun bo‘lib o‘tayotgan Senatning yalpi majlisida Nig‘matilla Yo‘ldoshev nomzodi senatorlar tomonidan Bosh prokuror lavozimiga ma’qullandi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 95-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzodni Prezident taqdimiga binoan Senat ko‘rib chiqadi hamda ma’qullaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hukumat tizimida bir qator tayinlovlar bo‘ldi, bular quyidagilar:

Rafiqov Abduvaqqos Vohidovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi;

Axmedxadjayev Azim Israilovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;

Umarov Olimjon Muhammadjonovich Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;

Tursunov Jamshid Yunusovich Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi;

Abdurahmonov Amriddin Nasriddinovich Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;

Suvonqulov Ahmad Xudoyshukurovich «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#Euro2024

🇪🇺 20-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇸🇮 Sloveniya 1:1 🇷🇸 Serbiya

Gollar: Karnichnik 69’, Yovich 90+5’.

🇩🇰 Daniya 1:1 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya

Gollar: Keyn 18’, Yulmand 34’.

🇪🇸 Ispaniya 1:0 🇮🇹 Italiya

Gol: Kalafyori 55’ (avtogol).

➖➖➖➖➖➖➖

Bugungi uchrashuvlar:

18:00 🇸🇰 Slovakiya — 🇺🇦 Ukraina

21:00 🇵🇱 Polsha — 🇦🇹 Avstriya

23:59 🇳🇱 Niderlandiya — 🇫🇷 Fransiya

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi. Har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti bo‘ladi.

Har bir oliygoh Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi rivojlangan hamkor davlatlarning nufuzli texnika universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnashmoqda.

Yig‘ilish jiddiy tanqidiy ruhda o‘tmoqda. Eng avvalo oliygohlar amaliyotdan uzilib qolgani, yangi texnologiyalar bilan tanishmayotgani, uskuna va dastgohlarni o‘rganmayotgani, hokim va vazirlar esa o‘rtada ko‘prik bo‘lib, buni tashkillashtirmayotgani haqida qat’iy e’tiroz bildirildi.

Shuningdek, muhandislik yo‘nalishidagi oliygohlarning ilmiy tadqiqotlari, startap va innovatsion loyihalari amalga oshmay qolib ketayotgani qayd etildi.

Ayrim institutlardagi o‘qituvchilarning yuklamasi xorijga nisbatan 2 karra ko‘p. Masalan, Arxitektura universiteti va Andijon mashinasozlik institutidagi o‘qituvchilar yuklamasi 950 soat. Taqqoslash uchun Turin politexnika universiteti professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi 400-450 soat.

"950 soatlik yuklama bilan o‘qituvchi o‘z ustida ishlashga qachon vaqt topadi?", — dedi Shavkat Mirziyoyev.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qildi.

Prezident bu haqdagi Qonunni (O‘RQ-932-son, 19.06.2024-y.) imzoladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ucell’dan yangi — 3tasi 1da aksiyasi!

Ucell’ning 3tasi 1da aksiyasi bo‘yicha Infinix Smart 8 Pro smartfonini 3 oyga Katta Doimiy tarif rejasi hamda Keep Talk qo’shimcha kafolat xizmati bilan to‘plam holida manfaatli xarid qilish mumkin.

Diqqat, aksiya faqat Ucell sotuv ofislarida yangi ulanishda amal qiladi. Shoshiling, smartfonlar soni cheklangan!

Batafsil: https://shop.ucell.uz/
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda.

Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/24148


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Iqtisodchilar har doim qadrlanadi 💸

Toshkent amaliy fanlar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Kelajakda yuqori maoshli va nufuzli kasbga ega bo‘lishni istaysizmi? Toshkent amaliy fanlar universitetining iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirish — orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun ajoyib imkoniyatdir!

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Ariza topshirish onlayn va bepul: utas.uz/request

📄 Litsenziya (№ 029914, 14.06.2022-y.)

Telegram | Instagram
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qabul tugashiga 6 kun qoldi

Bugun, 19-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 365 ming 439 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:

joriy yil bitiruvchilari — 202 ming 742 nafar;

avvalgi yillar bitiruvchilari — 162 ming 697 nafar.

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar -- 174 539 nafar
👩🏻‍🔧 ayollar -- 190 900 nafar


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🕋 Hamyurtlarimiz haj safaridan 22-iyun – 12-iyul kunlari qaytishadi

Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar bermoqda.

Hojilarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlari orqali parvoz qilib qaytadilar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️2025-yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi berildi

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda quyidagi takliflar ilgari surilgan:

➖ attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqish;
➖ Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog‘cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi;
➖ Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga o‘tkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish;
➖ kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi tashkil qilinishi;
➖ Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish, yangilangan institutda ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, 5 ta ixtisoslik bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyati hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Taqdimot doirasida quyidagilar belgilandi:

➖ yangi o‘quv yilidan mingta maktabda Prezident maktabining baholash tizimi joriy etiladi;
270 ta maktab interaktiv doska, 365 tasi kompyuter sinflari bilan jihozlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“University of Business and Science” 2024-2025-o‘quv yili uchun 300 ta taʼlim granti e’lon qiladi!

UBSda o‘qimoqchi bo‘lgan har bir ilmli va salohiyatli abituriyent 300 ta grantdan birini yutib olish imkoniyatiga ega!

Grantlar bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli — barcha 20 ta yo‘nalish uchun amal qiladi.

👉 UBS’da bakalavriat yo‘nalishlari:
ubsu.uz/educations/bachelordirections

Bundan tashqari, UBSda yillik 3 mln so‘mlik stipendiya olish imkoniyati ham mavjud.


“University of Business and Science”ga hujjat topshirib, taʼlim granti va stipendiyaga ega bo‘ling.

🌐 qabul.ubsu.uz

☎️ +998781132626, +998907894242

📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y)

Telegram | Instagram

Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/20258

‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/20258

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;

➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

😃 Fan va texnologiyalar universitetiga qabul davom etmoqda!

Fan va texnologiyalar universiteti talabalar uchun zarur boʻlgan barcha imkoniyat va qulayliklarni taqdim etadi. Jumladan:

▪️Malakali professor-o‘qituvchilardan sifatli ta’lim;
▫️Xalqaro universitetlar bilan memorandumlar va hamkorlik aloqalari;
▪️Davlat namunasidagi bakalavr diplomi;
▪️4 yil davomida grant asosida ta’lim olish imkoniyati;
▫️Har semestrda talabalarga beriladigan “Rektor stipendiyasi”;
▪️Kontraktni yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati;
▫️Talabalar uchun birinchi kursdan amaliyot o‘tash imkoniyati.

Agar siz ham shunday universitet talabasi bo’lishni istasangiz, hoziroq hujjatlaringizni topshiring.

Onlayn hujjat topshirish: qabul.usat.uz
👉🏻 Mavjud ta’lim yo’nalishlari
👉🏻 Kontrakt narxlari

Murojaat uchun: 78-888-38-88 yoki @usat_admins

📄 Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

@usatuzb
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasini kengaytirish ishlari olib borilayotgani sabab 1-avgustga qadar Temur Malik ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi “Buyuk Turon” ko‘prigi avtomashinalar harakati uchun yopiladi.

Buyuk Ipak yo‘lidan harakatlanayotgan mashinalar Temur Malik yo‘li bilan aylanib o‘tib, o‘z harakatlarini davom ettirishi mumkin. Avtoulovlar harakatini tartibga keltirish maqsadida ushbu yo‘llar kesishmasida maxsus svetoforlar o‘rnatilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

😎 Sizga zamonaviy universitet kerakmi?

Unda Profi University Siz uchun munosib tanlov!

2024—2025-o’quv yili uchun Profi University’ga qabul davom etmoqda. Professional mutaxassislardan ta’lim olmoqchi bo’lsangiz, tezroq ro’yxatdan o’tishga shoshiling!

“Profi” oilasi Sizni kutmoqda!

📌 Ro’yxatdan o’tish: https://profiuniversity.uz/?ref=MklB

Profi University — Think out of the box

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

@profiuniversity
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anor. Oqshomning tongi (hikoya)

Izoh
: 37-yil oqshomi. Bokuning sokin ko’chalaridan biri. Oqshom taxminan soat ikkilarda ko‘cha sukunati qoq o‘rtasidan bo‘lindi — to‘rt qavatli bino oldida bir mashina to‘xtadi. Shosha-pisha kelgan va birdan to‘xtagan mashinaning qattiq bosilgan tormoz ovozi uydagilarning uyqusini pichoq kabi yirtib yubordi....

📖 Matnni o‘qish uchun:
xushnudbek/anor-oqshomning-tongi" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/anor-oqshomning-tongi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/WyEluS6YD2s

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklar qisqartiriladi, kafedralar birlashtiriladi.

Universitet to‘liq dual ta’lim tizimiga o‘tadi. Fanlar kamida 30 foizga qisqaradi.

Professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasi 400-450 soatga kamayadi.

Universitetda dekanatlarni talabalarga xizmat ko‘rsatish funksiyalari to‘liq raqamlashadi. Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinib, 11 nafar dekan va dekan o‘rinbosari lavozimi qisqaradi.

Oliygohdagi ta’lim Drezden texnika universiteti (Germaniya) va Sukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oriental universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul boshlandi!

2021-yilda tashkil etilgan Oriental universiteti yangi oʻquv yili uchun 4-yilgi qabulni boshladi!

Universitet qanday imkoniyatlarni bera oladi?

▫️50 ga yaqin yo’nalish va sifatli ta’lim;
▫️10 mln soʻmdan boshlanuvchi kontrakt va 5 mln soʻmgacha stipendiya;
▫️bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish;
▫️qulay yotoqxona;
▫️yuqori daromadli sohalar va zamonaviy kasblarni o’rganish.

Oriental bilan oʻz kelajagingiz yoʻnalishini tanlang!

Hoziroq biz bilan bogʻlaning:
☎️ +998781137686

📲 Onlayn hujjat topshirish

📄
Litsenziya (№ 247427, 25.05.2021-y.)

Telegram | Instagram | Facebook | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga kirish uchun dastlabki imtihon bekor bo‘ldimi?

Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2018-yildan buyon JIDUga kirish uchun alohida tartib o‘rnatilgan edi. Unga ko‘ra, abituriyentlar testga kirishdan avval JIDUning o‘zida ichki imtihon topshirar va o‘sha ichki imtihondan o‘ta olganlargina testga kiritilardi.

Ammo joriy yilda bunday ichki imtihon bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. JIDU rasmiy saytidagi ma’lumotda abituriyentlar hujjatlarini boshqa OTMlarga bo‘lgani kabi 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali topshirishi va testga kirishi aytilgan.

Bundan kelib chiqadiki, JIDUga kirish uchun alohida ichki imtihon bo‘lmaydi. Ammo 2018-yil 21-iyundagi PQ-3795-sonli Prezident qarori haliyam kuchida turibdi va unda dastlabki imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Juda qiziq. Undan ham qizig‘i JIDUning sahifalarida bu bo‘yicha biror og‘iz tushuntirish ham berilmagan. 5 yildan buyon amalda bo‘lgan tartib bekor bo‘ldimi, agar bekor qilingan bo‘lsa, bunga nima asos bo‘ldi, endi abituriyentlar dastlabki imtihon topshirmaydimi, shular haqida aniq va batafsil tushuntirish yoki bayonot berilishi kerak-ku. Qiyin ishmasku.

Meni yana bir narsa e’tiborimni tortdi. JIDU saytida qabul kvotalari ham keltirilgan. Demak, kvotalar tasdiqlanganmi? Unda nimaga e’lon qilinmayapti? Yoki JIDU uchun alohida tasdiqlanganu, boshqalar uchun hali yo‘qmi? Yoki JIDU hali tasdiqlanmagan kvotalarni e’lon qilganmi?

Nima bo‘lishidan qat’i nazar, tezroq umumiy kvotalarni e’lon qilish kerak. Qabul tugashiga atiga 5 kun qoldi, ammo kvotadan darak yo‘q. Axir abituriyentlar kvotalarga qarab mo‘ljal oladi-ku, qaysida sirtqi bor, qaysida masofaviy bor, degan elementar savollarga ham javob yo‘q hozircha. Bu yaxshimas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati tasdiqlandi
#abituriyent

Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan.

Masalan, ko‘pchilik so‘ragan tarix mutaxassisligi uchun B2 daraja, sog‘liqni saqlash uchun esa B1 daraja talab etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugundan yuridik akademik litseylarga qabul boshlandi

Bugun, 20-iyundan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan hujjat  topshirish jarayoni boshlandi.

Hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn topshiriladi.

📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:

➖ Ariza;

➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);

➖ 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda).

▶️ Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.

☎️ Ayni paytda akademik litseyda o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalarining qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida "Call-center" tashkil etilgan bo‘lib, quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:

▪️M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey —  +99871 241-72-44;

▪️Namangan viloyat akademik litseyi — +998 69 233-07-20;

▪️Samarqand viloyat akademik litseyi — +998 66 240-94-15.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#Euro2024

🇪🇺 19-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇭🇷 Xorvatiya 2:2 🇦🇱 Albaniya (B guruhi)

Gollar: Kramarich 74’, Gyasula (avtogol) 76’, Lyachi 11’, Gyasula 90+5’.

🇩🇪 Germaniya 2:0 🇭🇺 Vengriya (A)

Gollar: Musiala 22’, Gyundogan 67’.

🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 Shotlandiya 1:1 🇨🇭Shveytsariya (A)

Gollar: Maktominey 13’, Shakiri 26’.

➖➖➖➖➖➖➖

Bugungi uchrashuvlar:

18:00 🇸🇮 Sloveniya — 🇷🇸 Serbiya

21:00 🇩🇰 Daniya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya

23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🇮🇹 Italiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓4 yillik grant, har oy 1 million soʻm stipendiya, noutbuk, zamonaviy fitness zalga bir yillik yoʻllanma… va bu hali hammasi emas

TIFT Universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va KHISO olimpiada maktabi bilan hamkorlikda abituriyentlar uchun mantiqiy matematika boʻyicha katta sovrin jamgʻarmali olimpiadani e’lon qiladi.


🟢Olimpiadaning onlayn saralash bosqichi 21-22-23 iyun kunlari maxsus platformada  oʻtkaziladi.

🔵Saralangan ishtirokchilar iyul oyida TIFT Universiteti binosida oflayn olimpiadada ishtirok etadi.

🏆Gʻolib va ishtirokchilarni boshqa koʻplab sovgʻalar kutmoqda. Batafsil videoda tanishing!

🚀 Hoziroq roʻyxatdan oʻting  ➡️ @tiftolympiad_bot

—————

Yangi oʻquv yili uchun roʻyxatdan o'tish⬇️

💻 Ro‘yxatdan o‘tish: tift.uz | t.me/tift_admission_bot

📲 Aloqa markazi:
+998712029229

Litsenziya (№216331, 03.11.2022)

🎓TIFT — Orzularga yetaklaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | tiftuniversity">Youtube

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Italiyada magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun grant tanlovi e’lon qilindi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tushia universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasida shu haqda so’z borgan.

Tanlov uch bosqichda bo‘lib:

✅ birinchi bosqichda talabgor mazkur havola orqali ariza to‘ldiradi;

✅ ikkinchi bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (ta’lim yo‘nalishiga qarab) ta’lim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat natijasiga ko‘ra universitetga qabul qilinadi;

✅ uchinchi bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun quyidagi havolada keltirilgan hujjatlarni topshiradi.

Qo‘shimcha savollar uchun better.regulation@agro.uz email ga murojaat qilishingiz mumkin.

📄 Arizalar 2024-yiling 1-iyuliga qadar qabul qilinadi. Arizalarni qabul qilish muddati Tushia Universiteti tomonidan uzaytirildi, o‘qishga qabul qilinish va grant olishdagi GPA talablari yengillashtirildi.

Eslatma: grant loyihasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilingan talabalarning o‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi!

🔗Nizomni yuklab olish


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UMFTda 2024-2025 o’quv yili uchun qabul imtihonlari davom etmoqda.

Universitetda mavjud ushbu yo’nalishlardan birida kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shaklida tahsil olishingiz mumkin:

IT muxandislik fakulteti:
▫️Dasturiy injiniring
▫️Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
▫️Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi)
▫️Kompyuter injiniringi (Multimedia texnologiyalar)
▫️Infokommunikatsiya injiniringi

Iqtisodiyot va biznes boshqaruv fakulteti:
▫️Moliya va moliyaviy texnologiyalar
▫️Raqamli iqtisodiyot
▫️Menejment
▫️Logistika

Pedagogika va filologiya fakulteti:
▫️Pedagogika
▫️Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)
▫️Psixologiya


📄 Litsenziya (№242954; 09.11.2022)

⚠️  HUJJAT TOPSHIRISH

UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor

☎️
+998555068888 | +998555208888
📩
@umft_support
🌐
umft.uz
Reklama

Читать полностью…
Subscribe to a channel