xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440457

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Tugadi! G’alabaaaaa!!!!

Barakalla, yigitlar! Irodangiz va matonatingiz uchun rahmat!

📍U-17 Jahon chempionati | 1-tur

🇵🇾Paragvay 1:2 O‘zbekiston🇺🇿


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Azizbek Abdumo’minov tanaffusga chiqishdan oldin dubl qayd etdi!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Andijonda tuman hokimi o‘rinbosari 15 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi

Andijon viloyatidagi tumanlardan birining hokim o‘rinbosari tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yidagi 400 metr uzunlikdagi suv yo‘lini yopiq tizimga o‘tkazgan holda, buning hisobiga yuzaga keladigan 60 sotix yerni 8 ta do‘kon qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming AQSh dollari talab qilgan.

U so‘ralgan pulni olayotgan paytida ushlandi.

Hozirda hokim o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" va "v" bandlari va 28, 211-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚽️ Bugun oʻyin kuni!

Bugun soat 18:00 da futbol boʻyicha U-17 Jahon chempionati doirasida 🇺🇿Oʻzbekiston o‘smirlar terma jamoasi 🇵🇾Paragvay jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Oʻyin Qatardagi “Espayr” akademiyasi stadionida boʻlib oʻtadi.

Yigitlarimizga omad yor boʻlsin!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Milliy pedagogika universiteti qoshida “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazi faoliyat yuritmoqda.

Markaz Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, aholiga, psixologlarga va bu soha bilan qiziqqanlarga mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda treninglar tashkil etadi.

Markazda malakali mutaxassislar psixologik konsultatsiyalar o‘tkazib, insonning ruhiy salomatligini saqlash, stress, inqiroz va bog‘liqlik (addiktiv) xulq-atvor muammolarini yengish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatadi.

📌Treninglar orasida “O‘zingga o‘zing psixolog bo‘l”, oilaviy psixologiya, psixologik salomatlik va profilaktika yo‘nalishlari mavjud.

📚Markazda, shuningdek, quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qish imkoniyati mavjud:
Ta’lim tizimi uchun psixolog
Biznes psixolog
Tibbiyot psixologi
Yuridik psixologiya
Oila psixologi.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko'chasi 3-uy.
📞: +99871 215 55 66 | 71-255-56-96

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Vashington shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiylar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AI500! — O‘zbekistonning yirik sun’iy idrok hakatonlaridan biri!

Sun‘iy idrok yordamida insonlar hayotini o‘zgartiradigan mahsulot yaratmoqchi bo‘lganlar uchun imkoniyat!

Sovrin jamg‘armasi — 500 mln so‘m:
1-o‘rin — 200 mln so‘m;
2-o‘rin — 150 mln so‘m;
3-o‘rin — 100 mln so‘m.

Qolgan 50 mln so‘m 5 ta jamoa o‘rtasida taqsimlanadi.

Ishtirokchilar soni 1 nafardan 5 nafargacha bo‘lishi mumkin, yosh chegarasi esa 16 yoshdan yuqori. Hakatonning final bosqichi 13-dekabr kuni Toshkent shahri Agrobank bosh ofisida o‘tkaziladi.

Finalda qatnashuvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratilgan:

• Oʻz mahsulotini taqdim etish va sotish;
• Agrobank’dan ish taklifi olish;
• UDEA universitetida o‘qish uchun grant yutish hamda Agrobank va IT Community sertifikatlariga ega bo‘lish.

Ro‘yxatdan o‘tish 25-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇶🇦 Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Doha shahriga amaliy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Qatar strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❄️ Qamchiq dovonida qor yog‘moqda

Bugun, 4-noyabr kuni Qamchiq dovonining yuqori hududlarida qor yog‘ayotgani sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi, YPX va “Qamchiqavtoyo‘l” xodimlari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda.

Yo‘l qoplamasi muntazam qordan tozalanmoqda, muzlamaning oldi olinmoqda va qum-tuz aralashmasi sepilmoqda. Qor sababli yo‘lda qolgan haydovchilarga qutqaruvchilar tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini eslatmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛒 Korzinkada xaridlarga — siz xoʻjayin!

Bozorga borish — o‘ziga yarasha sarguzasht. Lekin Korzinkada esa hammasi oson: nima olishni o‘zingiz hal qilasiz, xariddan zavq olasiz va narxlardan mamnun bo‘lasiz!

🛍 Har doim unumli, qulay va betashvish xaridlar uchun — Korzinka siz bilan!

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident qarori bilan Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Prezident farmoyishi bilan Tursunov Rustam Raxmonovich Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi etib qayta tashkil etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Аfg'onistondagi 7 balli zilzila O’zbekistonda ham sezildi

Jumladan:

Surxandaryo — 5 ball;
Qashqadaryo — 3-4 ball;
Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo — 3 ball;
Toshkent shahri va Farg’ona — 2-3 ball;

Zilzila episentri: Samangon, Аfg'oniston
Magnituda: 6,8


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xaridlarida qatnashuvchi tadbirkorlar va tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda

Unda Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda Biznes-ombudsman vakillari ishtirok etmoqda.

Ushbu havola orqali muloqotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

👶 O‘zbekistonda 9 oyda 664 ming chaqaloq tug‘ilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDY organlarida respublika bo‘yicha 664,6 mingta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Shundan:

🔹 o‘g‘il bolalar – 343,6 ming (51,7%);
🔹 qiz bolalar – 321 ming (48,3%).

🌆 shahar joylarda – 319,3 ming (48%);
🏡 qishloq joylarda – 345,3 ming (52%) tug‘ilish qayd etilgan.

Mazkur davrda har ming nafar aholiga 23,5 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

89-daqiqada paragvayliklar penaltidan hisobni qisqartirishdi. Yana 7 daqiqa chidanglar, yigitlar!

📍U-17 Jahon chempionati | 1-tur

🇵🇾Paragvay 1:2 O‘zbekiston🇺🇿


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ukalarimiz super gol bilan boshlashibdi! Qoyil, bardavom bo'lsin, oxirigacha kurashish kerak.

Abdumoʻminov 25'

📍U-17 Jahon chempionati | 1-tur

🇵🇾Paragvay 0:1 O‘zbekiston🇺🇿


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qurbonov Mirshod Rustamovich Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Qashqadaryo viloyati hokimligida - viloyat hokimi yordamchisi edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shaffof qurilish: 2026-yildan boshlab qurilish sohasida bir qator yangiliklar joriy etiladi:

🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” ishlab chiqiladi.

🔹 Rekonstruksiya uchun ruxsatnoma, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va “kengash xulosasi” yagona hujjatga birlashtiriladi hamda inson omilisiz taqdim etiladi.

🔹 Binolarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

🔹 Fasadni kelishish to‘liq sun’iy intellekt orqali amalga oshiriladi, natija esa avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Bu haqida poytaxtda o‘tkazilgan “Qurilishda texnik me’yorlash va sohani raqamlashtirishda erishilgan natijalar va istiqboldagi muhim vazifalar” mavzusidagi Respublika seminarida ma’lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Amaliy tashrif bilan Vashington shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni AQSHda ishlayotgan va ta’lim olayotgan bir guruh vatandoshlarimiz kutib oldi.

Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashib, katta muvaffaqiyatlar tiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗Oʻzbekistonda 2026-yil 1-yanvardan boshlab chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan faqat onlayn tarzda, barcha elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev Qatarga amaliy tashrifini yakunlab, AQSHga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 🇶🇦Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Davlat rahbari o‘z nutqida ijtimoiy tenglik, ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish, mehnat migrantlari va iqlim o‘zgarishi kabi bir qator muhim masalalarni ko‘tardi.

Sammitdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlatiga amaliy tashrifi yakunlandi. Prezidentimizni Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev 🇺🇸AQSH Prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida qatnashish uchun Vashingtonga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚎 Surxondaryoga Xitoydan 35 ta yangi avtobus olib kelindi

Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi ma’lum qilishicha, 🇨🇳 Xitoyning “ZHONGTONG BUS” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 35 ta zamonaviy avtobus viloyatga olib kelingan.

Yangi avtobuslar Termiz shahrining ichki yo‘nalishlarida qatnovni boshlaydi.

Ma'lumot uchun, avvalroq Termiz shahri uchun 100 ta avtobus sotib olinishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️2026-yil 1-yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi o‘rtacha 40-50 foizga tushishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev kecha, 3-noyabr kuni bu bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Unga ko‘ra:

➖ Endilikda davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan kasalliklarning soni 5 tadan 10 taga kengaytiriladi, yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi.

Dasturni amalga oshirish uchun 2026-2030-yillarda jami 961 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda;

➖ Shifoxonalarda sifatsiz mahsulotlar xaridi va korrupsion omillarni bartaraf qilish maqsadida endilikda barcha davlat xaridlari farma.xarid.uz maxsus elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

Mazkur elektron tizim ishga tushirilganidan so‘ng davlat xaridlarida faqat ishlab chiqarish, yetkazib berish va mahsulot xavfsizligi bo‘yicha barcha zarur sertifikatlarga (GMP, ISO:13485 GDP) ega ishtirokchilar qatnasha oladi;

➖ Dori vositalarini texnologiyalar transferi orqali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning quvvatlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va tezlashtirilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoni yaratiladi;

➖ Endilikda xavfsizlik klassifikatsiyasi bo‘yicha 1-sinfga mansub tibbiy jihozlar laboratoriya sinovlaridan (steril, o‘lchov vositali va invaziv tibbiy jihozlar bundan mustasno) va klinik tadqiqotlardan o‘tkazilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni (PF-203, 03.11.2025) qabul qilindi, deya O’zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab AQSh fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha muddatga vizasiz rejim belgilanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎉UZCARD "Omad mavsumi" aksiyasining ikkinchi mavsumini boshlaydi!

2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan aksiyaning yangi mavsumi o‘tkazilmoqda!

💳 Kommunal xizmatlar, onlayn xaridlar uchun to‘lang va kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshiring. Har bir operatsiya uchun pul mukofotlari olish imkoniyatiga ega boʻling!

🔹 3 ta imkoniyat — kommunal xizmatlarni onlayn to‘lash uchun;
🔹 Kartalararo pul o‘tkazmalari uchun 2 ta imkoniyat;
🔹 1 ta imkoniyat — onlayn xaridlar va Tez QR orqali toʻlov uchun.

🎁 Har oy 25 million soʻmlik va 100 million soʻmlik 2 ta sertifikat oʻynaladi, finalda esa 50 va 200 mln so‘m pul mukofoti egasi boʻlishingiz mumkin.

Imkoniyatlarni tekshiring 👉 @UZCARD_promo_bot

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆 Škoda Group xoldingi O‘zbekistonda temiryo‘l transportini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda

Bu haqda xolding matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, qo‘shma korxona uchta asosiy yo‘nalishda faoliyat olib boradi:

1⃣ temiryo‘l transport vositalarini mahalliy sharoitda yig‘ish;

2⃣ transport vositalarining butun xizmat muddati davomida texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash;

3⃣ mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish uchun Škoda akademiyasini tashkil etish.

Bundan tashqari, Škoda Group vakillari va transport vaziri Ilhom Mahkamov temiryo‘l va shahar transporti sohasidagi hamkorlik rejalarini ham muhokama qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etish uchun 3-4-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida Qudratilla Rafiqov 91,9 foiz ovoz bilan Federatsiya raisi etib saylandi.

Bu yilgi qurultoyda ilk marta rais va uning o‘rinbosarlari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bitta xonadon uchun toʻlov qilib, ikkinchi xonadonni yutish imkoniga ega boʻling!

🎉 Xon Saroy kompaniyasi katta aksiya e’lon qildi.
✅ Endi siz Shirin Hayot loyihasida 1 ta xonadonga toʻlov qilib, ikkinchi xonadonni tekinga yutib olishingiz mumkin.

1 xonali xonadonlar uchun:
🔹 Bosh toʻlov 41,7 mln soʻmdan;
🔹 Oylik toʻlov 4,1 mln soʻmdan boshlanadi.

❗Ulgurib qoling, xonadonlar soni cheklangan!

Aksiya 1-noyabrdan 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil ma’lumot uchun
712007400 | Telegram | Reklama

Читать полностью…
Subscribe to a channel