Xorazm viloyat Yangibozor tuman 6-son umumta'lim maktablari oʻquvchilari Yangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan tashkil qilingan "Xorazm boʻylab sayohat" ichki turizm tadbirlari boʻyicha viloyatning Yoshlar kutubxonasi, IT markazi,Xiva shahar tarixiy muzeyi kabi ko'rkam joylariga tashrif buyurdilar. O'quvchilar bu orqali ma'muriy boshqaruv tizimlari, tarixiy obidalar haqida to'liq tushunchalar olishdilar. Bu orqali o'quvchilarning yurtimizning tarixiga qiziqish oshishi bilan birgalikda kasb egallashda boshqaruv tizimlarining mashaqqatlarini hozirdan yengish uchun turtki bo'ladi.
Читать полностью…PSIXOLOGLAR KASBIY MAXORATINI OSHIRISHGA QARATILGAN O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI
✅Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri rahbarligida joriy yilning 3-yanvar kuni "Vazir soati" yig‘ilishida umumta'lim muassasalari psixologlarining kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan o‘quvlar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
✅Ushbu berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Yangibozor tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida joriy yilning 6-yanvar kuni Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta'lim shubasi psixolog-metodisti U.Zaripbayev, trenerlar 4-sonli maktab psixologi Y.Urazbayeva, 33-sonli maktab psixologi S.Yuldashevalar tomonidan "Jinsiy zo‘ravonlik turlari va ularni oldini olish" mavzusida soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
🌈O‘quv-seminarda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari, jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish hamda profilaktikasi haqida maʼlumotlar berildi.
Ахборот 24 | Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятида ўқитувчилар қурултойи ўтказилди
#23dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining navbatdagi hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida Fan olimpiadalari va ma'naviy-ma'rifiy tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va maktab jamoalariga diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda 4 ta masala ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga kelishib olindi.
Yig‘ilish so‘ngida tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan “Raqamli ta‘lim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad ta‘lim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish va undan samarali foydalanish orqali ta‘lim samaradorligini ta‘minlash, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muammolariga yechim topish hamda ularni amaliyotga joriy qilishdir.
Konferensiyada vazirlik rahbariyati, sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va magistrlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek amaliyotchi pedagoglar ishtirok etdi.
Yangibozor tumani 33-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktabi Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Shaxlo Ikromova “Raqamli ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok qilib, sertifikat bilan taqdirlandi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Янгибозор
#байрам_тадбири
Тадбир иштирокчилари маҳалладаги мактабгача таълим ташкилотида ҳам бўлди. Бу ерда тарбияланувчилар иштирокида тайёрланган байрам дастурларини томоша қилдилар.
@yangibozor_hokimligi
Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan loyihaga mentorlar qabul qilinadi
📼Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qiladi:
🔍 Informatika va axborot texnologiyalari, dasturlash bo‘yicha mentorlar;
🔍Ingliz tili fani bo‘yicha mentorlar.
Qo'shimcha ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi linkka kiring⬇️
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfVWNzj4SuQld1PwrXQBYIliEi10Io9xEELlIeZUW2peEQv0A/viewform?usp=sf_link
✔️Arizalar 2023-yil 1-dekabriga qadar qabul qilinadi.
Ushbu lavozimlarga mutaxassisligidan qat’i nazar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga hamda tegishli o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha ta’lim berish malakasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tanlab olinadi.
Bugun Xorazm viloyat Yangibozor tumani 25-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya - xalqchil davlat barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” bosh g‘oyasini o‘zida mujassam etgan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida insho, diktant, "Zakovat" intellektual o‘yinlari, sportning marafon, mini futbol, kurash, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat, shashka kabi musobaqalar o‘tkazildi.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
Yangibozor tuman 1- son maktabda maktab " Yoshlar ittifoqi sardorlari" va "Kamalak sardorlari" ishtirokida "Kelajak-yoshlarniki" mavzusida seminar trening bo'lib o'tdi. Seminar treningda Yangibozor tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bosh mutaxassisi A.Karimov va tuman yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassisi S.Rajapov umumiy o'rta ta'lim maktablarining MMIBDO'lari ishtirok etishdi.
Читать полностью…Янгибозорда яна бир янги боғча иш бошлади
Янгибозор туманининг Боғолон маҳалласида 29-сон мактабгача таълим ташкилоти мукаммал таъмирланиб, фойдаланишга топширилди.
Тадбирнинг очилиш маросимида туман ҳокими Руслан Жуманиязов, сектор раҳбарлари, фахрийлар, маҳалла фаоллари, мактабгача таълим ташкилотлари мудиралари қатнашди.
90 ўринга мўлжалланган мазкур мактабгача таълим ташкилоти замонавий давлат талаблари асосида жиҳозланган бўлиб, тарбияланувчиларни сифатли таълим тарбия олишлари учун барча қулай шарт шароитлар яратилган.
Энг қувонарлиси боғчанинг ишга тушиши билан маҳалладаги боғча ёшидаги болаларнинг 100 фоиз қамровига эришилди. 20 нафар фуқаронинг иш бандлиги таъминланди.
Янгибозор туман ҳокимлиги матбуот хизмати
@yangibozor_hokimligi
Xorazm viloyat Yangibozor tumani 6-son umumiy o'rta ta'lim maktabida "Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz!" g'oyasi asosida "Ma'naviyat marafoni" doirasida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman", "Rasmlar tanlovi", "Insholar tanlovi" va sport musobaqalari loyihalari o‘tkazildi.
Читать полностью…Xorazm viloyati Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorlikda maktablarning "Zakovat jamoalari ishtirokida "Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz!" g'oyasi asosida "Ma'naviyat marafoni" loyihasi doirasida "Zakovat" o‘yinlari o'tkazildi.
Читать полностью…Xorazm viloyati Yangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun” - bosh g'oyasi asosida "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” shiori ostida o'tkaziladigan "Ma'naviyat marafoni” doirasida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, konsertda maktablardagi iqtidorli o‘quvchilar o‘zlarining musiqa va san'at bo‘yicha iqtidorlarini namoyish qildilar. Tadbir qatnashchilari olam-olam quvonch bilan ortga qaytdilar!
Читать полностью…#yashil_makon
✅ Bugungi kunda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalarida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Shu kunga qadar viloyatdagi maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida 104496 tup, jumladan:
➖Urganch shahar —6870 tup;
➖Xiva shahar — 6548 tup;
➖Bog‘ot tumani — 6155 tup;
➖Gurlan tumani — 12280 tup;
➖Qo‘shko‘pir tumani — 13530 tup;
➖Tuproqqal’a tumani — 3285 tup;
➖Urganch tumani —10890 tup;
➖Hazorasp tumani — 6450 tup;
➖Xonqa tumani — 7140 tup;
➖Xiva tumani — 5010 tup;
➖Shovot tumani — 7315 tup;
➖Yangiariq tumani — 9722 tup;
➖Yangibozor tumani — 9301 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
Xorazm viloyat Yangibozor tumanidagi 4-son umumiy o‘rta ta‘lim maktabidan bugun 08.11.2023 yil san'asida o'quvchilarimiz kuzgi ta'tilni maroqli o'tkazishi uchun Xiva shahrida Ichon qal'a tarixiy muzeyiga sayohat uyishtirdi. Sayohat davomida mutasaddilar tarixiy joylar va shaxslar to‘g‘risida ma'lumot berdilar. O‘quvchilar katta taasurotlar bilan ortga qaytdilar.
Читать полностью…Xorazm viloyat Yangibozor tumanidagi 29-son va 8-son umumta'lim maktablari oʻquvchilari qadimiy va navqiron Xiva shahriga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida o‘quvchilar qadimiy Xiva muzeyining diqqatga sazovor joylari, ko‘rgazmalar va boshqa qadimy obidalar bilan yaqindan tanishib, katta taasurot bilan qaytdilar.
Читать полностью…«Ҳар бирингиз — давлатимиз бойлигисиз» — Саида Мирзиёева
Танлов ва фан олимпиадалари ғолиблари учун президент администрациясига экскурсия уюштирилди.
👉 https://kun.uz/53137783
Kun.uz расмий канали
#Ўқитувчилар_қурултойи
#Xorazm
VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
❕Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.
➖ Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.
Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.
✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
INGLIZ TILI FANINI O'QITISH BO'YICHA MAHORAT DARSI
18.12.2023✅
📲@XorazmTELEKANAL✔️
Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
2026 йилда Информатика бўйича халқаро олимпиада илк бор Ўзбекистонда ўтказилади
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Янгибозор
#байрам_тадбири
Юқорибошқир маҳалласида ташкил этилган тадбир доирасида 2-сон умумтаълим мактабида "Беш ташаббус" тадбирлари ўтказилди.
@yangibozor_hokimligi
Ассалому алейкум. Ал-Хоразмий ворислари лойиҳаси бўйича менторликка топширган номзодлар рўйхати.
Боғот, Хива туманлари ҳамда Хива шаҳридан жуда кам номзод топширган.
Агар мактабдан ташқари қўшимча ишлаш истагидаги билимли, малакали педагоглар бўлса https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfVWNzj4SuQld1PwrXQBYIliEi10Io9xEELlIeZUW2peEQv0A/viewform?usp=sf_link 👈ушбу цилка орқали кириб маълумотлари(номзоди)ни киритиши тавсия қилинади.
Маълумот сифатида: Менторликка номзодлар IT ва Инглиз тили йўналишларида қабул қилинади.
Ойлик маошлари тўлиқ ставка ишласа 15-20 млн. атрофида бўлади
"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining buyrug'i asosida Jahon banki bilan hamkorlikda Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 30 nafar metodist-tarbiyachilari uchun 40 saotlik qisqa muddatli malaka oshirish kursining 3-bosqichi bo'lib o'tdi.
Читать полностью…G‘OLIBLAR ANIQLANDI!
#Vatan_madhi_yangrar_tilimda
▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida “Vatan madhi yangrar tilimda” challenge e’lon qilingan edi.
🎉Mazkur challengening mutlaq g'oliblari bilan tanishing!
🥇1-o'rin: Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaragi aʼzosi Dostonbek Zuxriddinov;
🥈2-o'rin: Samarqand viloyati, Ishtixon tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaragi aʼzosi Ozodbek Tirkashev;
🥉3-o'rin: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garagi a’zosi Asilbek Quranboyev.
🔰G'oliblar maxsus DIPLOM bilan taqdirlanadilar.
👏 G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!
👍👍👍👍👍👍
⬇️Bizni kuzatib boring!
Eng yangi hamda qiziqarli tanlovlar va loyihalar bizda!
✅ Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
📢📢📢📢📢 🟨🟨🟨🟨🟨 🧠💡📚
📢 Aziz yoshlar, Sizlarga ko'proq bilim va tajriba ulashish maqsadida yangi loyiha boshlayapmiz. IT-yo'nalishda xalqaro olimpiada va musobaqalarga qiziquvchi yoshlar uchun "Xalqaro IT-olimpiadalar" telegram kanali tashkil etildi.
➡️ Endilikda Siz, ushbu kanal orqali IT-sohasidagi olimpiadalar, musobaqa va hakatonlar haqida yangiliklardan habardor bo‘lishingiz, ishtirok etish shartlari, rag‘batlantirish imkoniyatlari va shu kabi muhim ma'lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin!
🌟 Xalqaro olimpiadalarda qatnashing va o'z bilimingizni sinab ko'ring. Zero, muvaffaqiyatga erishish o'z qo'lingizda. O'zingizni qayta kashf eting!
⬇️ Kanalga quyidagi havola orqali a'zo bo‘lishingiz mumkin:
🌐 Xalqaro IT-olimpiadalar
Xorazm viloyati Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorlikda "Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz!" g'oyasi asosida "Ma'naviyat marafoni" loyihasi doirasida "Kitob-mening taqdirimda" va "Milliy liboslar" tadbirlari o'tkazildi.
Читать полностью…O'QITUVCHILAR YANGI USLUBLAR BILAN TANISHTIRILDI
09.11.2023✅
📲@XorazmTELEKANAL✔️
Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
"Biz bir bo'lsak -yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!"
Xorazm viloyati Yangibozor tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi va tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun” - bosh g'oyasi asosida "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” shiori ostida o'tkaziladigan "Ma'naviyat marafoni” doirasida “Yangi ijod taqdimoti” nomli tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda "Ma'naviyat marafoni” KONSEPSIYASI ishlab chiqilganligi hamda mazkur konsepsiyaning asosiy maqsadi bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o’tildi.
“Ma'naviyat marafoni” doirasida 10-son, 12-son, 14-son, 19-son, 28-son umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarining chop qildirgan kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, ularning kelgusi ijodlarini rivojlantirish uchun ustozlar tomonidan tavsiyalar berildi!
Bugun 08.11.2023 yil Yangibozor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” mavzusida ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda o‘quvchilar o‘zlarining iqtidorini, huquqiy bilimlari va aktyorlik mahoratlarini namoyish qildilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra 28-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Читать полностью…Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida "Para shaxmat" va "Para shashka" sport turlari bo‘yicha tuman bosqicha bo‘lib o‘tdi.
Читать полностью…