Янгибозор туманида Ўзбекистон Республикаси Президенти соврини учун " Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танловининг биринчи (туман) босқичи ғолиблари тақдирланди.
1-ўринни қўлга киритган 14-мактаб жамоаси 100 миллион сўмлик ваучер, диплом ҳамда қимматбаҳо совғалар;
2-ўринни қўлга киритган 1-мактаб жамоаси 75 миллион сўмлик ваучер, диплом ҳамда қимматбахо совғалар;
3-ўринни қўлга киритган 6-мактаб жамоаси 50 миллион сўмлик ваучер, диплом ҳамда қимматбахо совғалар билан тақдирландилар.
Бундан ташқари асосий фан олимпиадасининг Республика босқичига география фанидан йўлланма олган 30-мактабнинг 11-синф ўқувчиси Барчиной Эргашева туман хокимлигининг ташаккурномаси ва қимматбахо совғалар билан тақдирланди.
Янгиланиш, яшариш фасли бошланди. Шукуҳли бу кунларда эса юртимизда Наврўз умумхалқ байрами кенг нишонланади.
Наврўз байрамининг юртимизда кенг нишонланиши боқий анъанамиздир.
Наврўз - айнан, баркамол авлодни маънан камолга етказувчи халқимизни эзгуликка чорлагувчи байрам саналади. Янгибозор туманида мактабгача таълим ташкилотларида ҳам байрам кенг нишонланмоқда.
Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати
@yangibozor_hokimligi
2024- yil 11-mart kuni “Tashkent International University” bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi. Tadbirda tumannning 33 ta maktab direktorlari va Ixtisoslashgan maktab direktori ham ishtirok qildi. Unda bu yilgi 11-sinf bitiruvchilarini universitetda ta'lim olishlariga taklif qildi. Universitetda o'qish davomida bir vaqtning o'zida ikkita mutaxasislikni egallashlari va talabalarga 100% gacha stipendiya va grantlar mavjudligi, shunigdek xorijda tahsil olgan va o'z sohalarida amaliy tajribaga ega bo'lgan professor -o'qituvchilar ta'lim berishi, nufuzli xorijiy universitetlar bilan bilan ikki tomonlama ta'lim va almashinuv dasturlari hamda "Work & Travel" dasturi orqali xorijiy mamlakatlarda ishlash va sayohat qilish imkoniyati mavjudligi haqida targ'bot qildilar. Universitetda kunduzgi,magistratura, masofaviy ta'lim yo'nalishlari va ikkinchi ta'lim yo'nalishlari haqida axborot berildi.
Читать полностью…Янгибозор туман мактабгача ва мактаб таълими бу́лими томонидан 2024 йил 1 март куни 9- синф ва 11-синф битирувчиларининг e.shahodatnoma.uz электрон базаси оркали умумий у́рта таълим муассасалари томонидан олтин кумуш медал ва аъло шаходатномага берилган буюртмалари Вазирлар Махкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140- сонли Низом асосида у́рганиб чикилди. У́рганиш жараёнида 38 та аъло шаходатномага берилган буюртмадан 31 таси Низомга лойик ва берилган 13 та олтин медалдан 12 таси Низомга лойик деб топилди. Шундан 9-синфларда 31 та аъло шаходатнома ва 11- синфларда 2 та кумуш, 12 та олтин медал учун даъвогар у́кувчиларнинг бахолари туман ишчи гурухи томонидан лойик деб топилди.
Читать полностью…#Видео_йўриқнома
🔊 Qadrli kuzatuvchilar!
❓ Ayni damda eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirish bo'yicha ko‘plab savol va murojaatlar kelib tushmoqda.
❗️ Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutaxassislari tomonidan video-yo‘riqnoma tayyorlandi.
➡️ Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.
🗺 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ишчи гуруҳ томонидан Янгибозор туманининг Ахборот кутубхона марказида “Беш ташаббус олимпиадаси” доирасида тадбирлар ўтказилди.
Унда кўрик-танловлар ҳамда спорт мусобақалари ғолиблари бўлган йигит-қизлар, фаол ёшлар ва ишчи гуруҳ вакиллари иштирок этди.
Тадбирда фаол қатнашган ўқувчи ёшлар эътироф этилди.
Тадбир давомида “Қувноқлар ва зукколар”, “Мушоира”, “Энг ёш китобхон", “Зукко китобхон” танловлари, "Заковат" интеллектуал ўйини ҳамда расмлар кўргазмалари намойиш қилинди.
”XORIJIY TILLARNI OʻQITISH BOʻYICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHI G’OLIBLARI BILAN TANISHING
📍URGANCH SHAHRI
🥇 16-umumta’lim maktabi
🥈 19-umumta’lim maktabi
🥉 1-umumta’lim maktabi
📍XIVA SHAHRI
🥇1-umumta’lim maktabi
🥈12-umumta’lim maktabi
🥉20-umumta’lim maktabi
📍BOG'OT TUMANI
🥇1-umumta’lim maktabi
🥈8-umumta’lim maktabi
🥉49-umumta’lim maktabi
📍GURLAN TUMANI
🥇5-umumta’lim maktabi
🥈23-umumta’lim maktabi
🥉7-umumta’lim maktabi
📍QOSHKO'PIR TUMANI
🥇4-AFCHO'SMUM
🥈49-umumta’lim maktabi
🥉18-umumta’lim maktabi.
📍URGANCH TUMANI
🥇38-umumta’lim maktabi
🥈45-IDUM
🥉44-umumta’lim maktabi
📍HAZORASP TUMANI
🥇12-umumta’lim maktabi
🥈11-umumta’lim maktabi
🥉9-umumta’lim maktabi
📍XONQA TUMANI
🥇48-umumta’lim maktabi
🥈33-umumta’lim maktabi
🥉11-umumta’lim maktabi
📍XIVA TUMANI
🥇18-umumta’lim maktabi
🥈 4-umumta’lim maktabi
🥉8-umumta’lim maktabi
📍SHOVOT TUMANI
🥇5-umumta’lim maktabi
🥈53-umumta’lim maktabi
🥉49-umumta’lim maktabi
📍YANGIARIQ TUMANI
🥇37-umumta’lim maktabi
🥈29-umumta’lim maktabi
🥉31-umumta’lim maktabi
📍YANGIBOZOR TUMANI
🥇14-umumta’lim maktabi
🥈1-umumta’lim maktabi
🥉6-umumta’lim maktabi
📍TUPROQQAL'A TUMANI
🥇2-umumta’lim maktabi
🥈10-umumta’lim maktabi
🥉14-umumta’lim maktabi
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Ўсиб келаётган ёш авлодни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, уларнинг қалби ва онгида юртга садоқат ва фидойилик туйғуларини уйғотиш энг долзарб масалалардан биридир.
Тумандаги таълим муассасаларида ўтказилаётган тарғибот тадбирлари ҳам айнан шу мавзуга қаратилган.
Хусусан, туман Фавқулодда вазиятлар бўлими томонидан мактабларда ёнғин ўчириш автомобилида мавжуд ёнғин ўчириш анжомлари намойиши ва бирламчи ёнғин ўчириш анжомларидан фойдаланиш тўғрисида тушунтириш ишлари олиб борилмоқда.
Шунингдек, ёнғин ўчириш автомобилининг тактик-техник хусусиятлари буйича маълумотлар берилмоқда.
Бу каби тадбирлар давом қилмоқда.
Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати
@yangibozor_hokimligi
"Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichini onlayn kuzating.
Jonli efir havolasi 👇
https://www.youtube.com/live/i4Bl6kvndfc?feature=shared
#Эълон
#Prezident_sovrini
📣 Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda
✅ Joriy yilning 26-fevral kuni Respublikamiz bo'ylab "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi
➖ Ma'lumot o'rnida: tanlovda ishtirok etish hozirga qadar 6442 ta maktab ro‘yxatga olingan.
❇️O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 15-dekabrdagi 02-02/1-2067-sonli xatiga muvofiq, 2023-2024-o‘quv yilida nashr etilishi rejalashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 8-sinf O‘zbekiston tarixi fani darsligi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmasining mazmun-mohiyatini o‘qitish maqsadida
❇️ Yangibozor tumani 19-sonli maktabning tarix fani o‘qituvchisi Abdrimova Feruza trenerligida joriy yilning 23 - fevral kuni o'quv - seminarning tuman bosqichi 1-sonli maktabda tashkil qilindi.
🔰O'quv - seminar jarayonida ishtirokchilarga:
🔰8-sinf O'zbekiston tarixi darsligining yangi nashri haqida;
🔰o'qituvchilar uchun nashr qilingan metodik qo'llanmaning mazmun - mohiyati haqida;
Tarix fanini o'qitishda samarali metodlardan foydalanish haqida tushunchalar berildi.
O'quv - seminar baxs - munozaralarga boy tarzda tashkil qilindi
#Dolzarb_mavzu
#Mobil_qaramlik
➖ Mobil qaramlik: zamonamiz kasalligidan farzandlarimizni qanday asrash mumkin?
➡️Mobil qaramlik o'zi nima? Uning qanday zararlari bor?
➡️Farzandi maktabda telefon ishlatsa, buning uchun ota-onalar jarimaga tortiladimi?
➡️Bolada mobil qaramlik aniqlanganda, mutaxassislar tomonidan qanday korreksion metodlardan foydalanish mumkin?
❗️Ko'pchilik o'quvchilarimiz korreksion metoddagi o'yinning yarmiga borib, davom ettirishni istashmaydi. Chunki, ular telefonga qaramlik ortidan nimalarni yo'qotib borishayotganini yaxshi tushuna boshlashadi.
#Eng_kitobxon_maktab
#Viloyat_bosqichi
✅ Bugun Xorazm viloyat bolalar kutubxonasida "Eng kitobxon maktab " tanlovining viloyat bosqichi bo`lib o`tdi.
Tanlovda
1 - o`rin Gurlan tumanidagi 30-son maktab jamoasi
2 - o`rin Yangibozor tumanidagi 24-son maktab jamoasi
3 - o`rin Yangiariq tumanidagi 18- son maktab jamoasi egalladilar.
Barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
#Xorazm_viloyat_bolalar_kutubxonasi_axborot_xizmati
Telegram |Facebook |Instagram |You tube
MAKTABGACHA TA'LIMDAGI QAMROV DARAJASI OSHIRILADI
17.02.2024 ✅
Yangibozor tumani
📲@XorazmTELEKANAL✔️
Telegram kanalga ulanish⤵️
/channel/+Sc_gfY0E_0jvYofuV
#SEMINAR
#PSIXOLOG
Xorazm viloyati Yangibozor tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologlariga Respublika tashxis markazining 9-fevraldagi 01/10-01-53-sonli xatiga asosan 14-fevral kuni "Voyaga yetmaganlarda autodestruktiv xulq-atvor turlari, sabablari va uning profilaktikasi", "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish" mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi
❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.
👉 IV oʻquv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
__________
Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта
Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2024 года (7 календарных дней).
Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2024 года.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevral kunidagi PQ-55-sonli va O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvadriyasi qo'mondonining 2024-yil 26-fevraldagi 4k/k/5k/k-sonli qarorlari ijrosini ta'minlashdagi fidoiyligi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faolligi uchun Abdirimova Gulshod Atanazarovna O'zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi Xorazm viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'i Bekchanov Ilxom Allaberganovich tomonidan FAXRIY YORLIQ bilan mukofotlandi.
Читать полностью…Yangibozor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta'lim maktablariga O‘zbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan futbol toplari qarqatildi.
shu munosabat bilan bilan tashkil qilingan tadbirda "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Viloyat fudbol federatsiyasi rahbariyatlari va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari ishtirok qilishdi.
Tadbir so‘ngida Futbol trenerlari ishtirokida o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari olib borildi
"Farzandimning quvonchi uchun o'yinchoq "tadbiri bo‘lib o‘tdi
🌈Bizning kelajagimiz, ya'ni jajji o'g'il-qizlarimiz tasavvurlar olamining kengayishi, nutqi ravon bo'lishi, narsa-buyumlarni his qila olishi, atrof-muhitiga bo'lgan munosabatlarini shakllanishida o'yinchoqlarning o'rni katta va muhim ahamiyatga ega.
🌈 Yangibozor tumanidagi barcha DMTTlarida ota-onalar hamkorligida "FARZANDIMNING QUVONCHI UCHUN O'YINCHOQ" tadbiri tashkil qilindi.
Ushbu tadbir bolalarimiz qalbida, ko'zlarida katta quvonch aks ettirdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Янгибозорда “Фарзандимга китоб совға қиламан!” шиори остида бадиий китоблар кўргазмаси ва тадбир ташкил этилди.
Ёшларни кенг китобхонликка жалб қилиш мақсадида Ҳамид Олимжон маҳалласидаги 4-сонли умумий ўрта таълим мактабида ўқувчилар ва уларнинг ота-оналари, ишчи гуруҳ вакиллари иштирок қилди.
Тадбирда “Ўзбек ва жаҳон адабиёти дурдоналари кутубхонаси” га киритилган янги турдаги бадиий китоблар кўргазмаси намойиш этилди.
Шунингдек, иштирокчиларга янгидан чоп этилган адабиётлар тўғрисида атрофлича маълумот берилди.
Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати
@yangibozor_hokimligi
”XORIJIY TILLARNI OʻQITISH BOʻYICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANDI
Читать полностью…📣 Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berildi.
❗️Tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natija qayd etgan maktablar viloyat bosqichiga yo'llanma olishadi.
⚡️Bundan tashqari, tanlovning tuman bosqichida:
🥇1-o'rinni egallagan maktab jamoasi 100 million,
🥈2-o'rinni egallagan maktab jamoasi 75 million,
🥉3-o'rinni egallagan maktab jamoasi esa 50 million so‘m pul mukofotini qo'lga kiritadi.
"Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichini onlayn kuzating.
Jonli efir havolasi 👇
https://www.youtube.com/live/i4Bl6kvndfc?feature=shared
Феврал ойи "Ёшлар орасида гиёҳвандлик воситаларининг тарқалишига қарши кураш" ойлиги, деб эълон қилинди. Ойлик доирасида таълим муассасалари ўқувчилари иштирокида давра суҳбатлари, учрашув ва танловлар бўлиб ўтмоқда.
Ўтказилаётган тадбирларда ички ишлар бошқармаси ходимлари, шифокорлар, маҳалла имомлари, фаоллари иштирок этиб, ёшларга гиёҳвандлик иллатининг инсон онгига, жамият тараққиётига кўрсатадиган салбий таъсири, унинг олдини олиш бўйича тушунча, маълумот ва тавсиялар бермоқда.
Куни кеча шу муносабат билан ўтказилган тарғибот тадбири ҳам айнан шу хусусида бўлди. Унда ҳамкор ташкилотлар вакиллари, мактаб директорларининг маънавий –маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари иштирок қилди.
Тадбирда мазкур йўналишдаги тарғибот ишлари самарадорлигини кучайтириш лозимлиги алоҳида қайд этилди.
Гиёҳвандликнинг инсон саломатлигига, руҳиятига, турмуш тарзига салбий таъсири, ушбу иллат охир-оқибат кишини жарликка қулатиши, жамиятни парокандаликка олиб келиши ҳаётий мисоллар асосида тушунтириб берилилди.
Bugun Xorazm viloyat bolalar kutubxonasida "Eng faol kitobxon o‘quvchi" tanlovining viloyat bosqichi o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra,
🥇1-o'rinni Tuproqqal’a tumani 12-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Qadamboyeva Go'zalxon
🥈2-o'rinni Yangibozor tumani 24-maktabning 5-sinf oʻquvchisi Ibragimova Marjona
🥉3-o`rinni Xonqa tumandagi 2-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Alimboyeva Ruxshona egalladilar.
Barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#uchrashuv
Maktabgacha ta'lim agentligi direktorining birinchi o'rinbosari F.Boboyev Yangibozor tumanida mas'ullar bilan yig'ilish o'tkazdi.
F.Boboyev mazkur tumanlarda nodavlat sektor imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, faoliyat ko'rsatayotgan DXSH asosidagi hamda oilaviy MTTlar rahbarlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.
Diqqat!
Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushuriladi.
Hurmatli pedagoglar, Sizdan ommalashtirishga topshiriladigan metodik ishlarni 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlatish so'raladi.
Shuningdek, 2024-yilning 20-fevralidan boshlab ommalashtirishga oid barcha savollar Ommalashtirishuzbot orqali qabul qilinadi va barcha savollarga javob beriladi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|edurtm_uz">You Tube|Facebook|Instagram
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov bugun Yangibozor tumanidagi 33-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ota-onalar yig‘ilishida ishtirok qildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, olib borilayotgan izchil islohotlar borasida atroflicha to‘xtaldi.
O‘quvchilar tarbiyasida pedagog xodimlar hamda ota-onalarning, mahallaning samarali hamkorligini yanada rivojlantirish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
🟥🟥🟥
✔️VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA.
🟢 Joriy yilning 19-fevral kuni soat 09:30 da Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilning 9 oyi davomida har oylik ustama to‘lash uchun talabgor bo‘lgan Xorazm viloyqtidagi 222 nafar pedagoglarga Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati binosida 1-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
📌Bino locasiyasi
🚀@T_Nurmetov
#Эълон
#Вазир_жамғармаси
VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA
✅ Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Bu yil Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi.
➖ Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.
📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
➡️ Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
➡️ Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.
❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
➡️ 1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.
👉 Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
📝 Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets