Yangi Sirdaryoni birgalikda quramiz! Yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanal orqali kuzatib boring. @Yangilanayotgan_Sirdaryo Feyzbukdagi sahifamiz: https://www.facebook.com/groups/292200475642012/members/
“ОАВ — ислоҳотларимизнинг кўзгуси, менинг ишончли кучим” — Шавкат Мирзиёев журналист ва блогерлар ҳақида
Читать полностью…GULISTONDA GANDBOL BAYRAMI BOSHLANDI
Guliston shahrida ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi boshlandi. Bu sirdaryolik muxlislar uchun o‘ziga xos gandbol bayramiga aylandi.
Zero, ular mamlakatimizning yetakchi ayollar jamoalarining bir-biridan qiziqarli o‘yinlarining bevosita guvohi bo‘lishadi.
Bugungi uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
OKMK – Xorazm - 39:28, Namangan – Samarqand - 31:36, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi-2004 – Sirdaryo viloyati - 21:31
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Sirdaryo viloyatidagi ishonchli vakili Sherali Mamadetsoyev Sayxunobod tuman hokimligi binosida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Batafsil
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
🕔 05.00
Тонги салқинлик.
Антициклон фаол қисми Навоий, Сирдарё, Жиззах ва Тошкент вилояти марказий шаҳарларида ҳаво ҳароратини +20 даражадан паст салқин кузатилишига олиб келди.
@uzb_meteo
⚡️Sirdaryo viloyati ishbilarmon va tadbirkorlar diqqatiga!
Joriy yilning 24-25 iyun kunlari Guliston shahridagi "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi" binosida Sirdaryo-Xitoy investitsion forumi bo'lib o'tadi.
Forumda Xitoy davlatining 200 ga yaqin yetakchi kompaniyalari ishtirok etadi.
Batafsil: Videolavhada 📹👆
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Boyovutlik g'allakorlar davlatga don topshirish rejasini ortig'i bilan bajardilar
Boyovut tumanida 2023-yil hosili uchun 337 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 11000 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarishlanib, davlatga 29 ming tonna don topshirish rejalashtirilgan.
Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli olib borilishi, g‘allani qisqa muddatda yig‘ib olish maqsadida tegishli otryadlar tuzilib, zarur texnikalar bilan ta’minlanishi o‘z samarasini berdi. O‘rim-yig‘im jarayonini uyushqoqlik bilan tashkil qilgan boyovutlik g‘allakorlar bugun davlatga qariyb 30 ming tonna don topshirib, shartnomaviy rejani ortig'i bilan bajardilar.
Tumanda o‘rim-yig‘imga alohida hozirlik ko‘rilib, barcha yumushlar uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Mavjud g‘alla maydonlari mavsumga puxta tayyorlanib, 26 ta otryadlar tashkil etildi, otryadlarga 47 ta yuqori unumli don o‘rish kombaynlar, 210 ta don tashish yuk avtomobillari, 4 ta ko‘chma ustaxonalar hamda 8 ta yoqilg‘i tarqatish agregatlari biriktirildi.
Tumandagi “Xasanboy-Xusanboy”, “Boyovut samarasi”, “Otamurod To'rayev”, “Shoyzoq ota”, “Sayohat zavqi”, “G'allakorlik Umidjon” fermer xo‘jaliklari 70-80 sentnerdan bug‘doy o‘rib, yuqori hosildorlikka erishdilar.
Shuningdek, “Sanjarbek Jo'rayev”, “Asilbek Jasurbek”, “Shohjaxon Zafarbekovich”, “Bekzod Obloqulov”, “Xo'jaqulov Akmal”, “Boyovutlik Xumoyun”, “Mehnatkashga omad yor” fermer xo‘jaliklarida 90-100 sentnerdan hosil olib, tuman xirmoniga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.
Boyovut g‘allachiligidagi bu muvaffaqiyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning jadallashganligi, klaster faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi, fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga egalik hissining oshganligi, zamonaviy usullarning izchillik bilan joriy etilganligining samarasidir.
| Telegram |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
Қурбон Ҳайити намозининг ўқилиш вақтлари - Ўзбекистон мусулмонлари идораси
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
“Китоб карвони” янги манзилда
Шу кунларда вилоятимиз бўйлаб "Ёшлар ойлиги" доирасида "Янги Ўзбекистон ёшлари бирлашайлик" шиори остида маънавий-маърифий тадбирлар ўтказилмоқда. Бугун бир гуруҳ «Маърифат» тарғиботчилари, зиёлилар, олимлар ва санъаткорлар Сирдарёга келишди.
Тарғиботчиларнинг илк тадбири "Китоб карвони" лойиҳаси бўлди. Лойиҳа доирасида 2500 дан зиёд китоблар вилоятдаги олий таълим муассасаларига тарқатилди. Шеърлар ўқилди, фикр-мулоҳазалар тингланди. Вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев ижодкорларнинг ташрифи ҳамда китоблар жамланмаси учун миннатдорлик билдирди.
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
🕐 13:00 holatiga
🔹 Viloyat hududidagi mini avtomatik meteostansiyalarda kuzatilgan faktik ob-havo ma'lumotlari
🌡 Havo harorati
Guliston +37,0 °C
Boyovut +35,5 °C
Oqoltin +38,1 °C
Sardoba +36,1 °C
Sayxunobod +37,0 °C
💨 Shamol tezligi
Guliston 3,5 m/s
Boyovut 4,5 m/s
Oqoltin 3,5 m/s
Sardoba 0,5 m/s
Sayxunobod 0,5 m/s
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Hurmatli hamkasblar!
Yurtimizning har qarich еri oltinga tеng.Uning goʻzal tabiati,musaffo havosi,ziloldеk tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini oʻziga maftun etadi. Mana shunday bеtakror goʻzallikni asrab avaylash,kеlajak avlodga bus - butunligicha еtkazish xar birimizning unutilmas burchimizdir.
Hurmatli hamkasblar! Sizlarni 5- iyun- “BUTUNJAHON ATROF-MUHIT KUNI” bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik -xotirjamlik hamda fayz-baraka va kelgusi ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Ona zaminimiz tinchligi, musaffoligi, osoyishtaligi, Vatanimiz ravnaqi hamda xalqimiz farovonligi yoʻlidagi masʼuliyatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin.
Hurmat bilan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Tagayev Ikromjon Komiljonovich
3️⃣3️⃣3️⃣3️⃣
‼️Ingliz tilidan yetarli bilimga egamisiz va IT sohasida tajribangiz bormi?
O‘z ko‘nikmalaringiz orqali yetakchi xorijiy kompaniyalarda masofaviy ishlashni xoxlaysizmi?
⚡️Biz sizga shunday imkoniyatlarni taqdim etamiz!
✅ IT Park Sirdaryo filiali Xitoyning Supermap Software kompaniyasi bilan hamkorlikda GIS xizmatlari bo‘yicha maxsus bepul o‘quv kurslariga qabul e‘lon qiladi. O‘quv jarayonlari Supermap Software kompaniyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan olib boriladi va kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilar xorijiy kompaniyada masofaviy ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌 Kursga yozilish uchun talablar:
➡️Yashash manzili: Sirdaryo viloyati
➡️Yoshi: 18-40 yosh oralig‘ida
➡️Ingliz tili darajasi: Intermediate
➡️Dasturlash tillari: Java, Python, PHP, JavaScript.
✅Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun:
+998 99 035 11 99
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Tabiat resurslari vazirligi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” deya qayta nomlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, Tabiat resurslari vazirligi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” deya qayta nomlandi.
Bundan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, raqamli texnologiyalar asosida zamonaviy ekologik monitoring mexanizmini yaratish, ekologik madaniyatni yanada oshirish, bioxilmaxillikni asrash va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tartibga solish, shuningdek, daraxt, butalarni ekish va yashil hududlarni tashkil qilish hamda ularni muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy qilish orqali ekologik vaziyatni tubdan yaxshilashdir.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
Шавкат Мирзиёев мигрантларга рахмат айтди.
“Мусофир юртларда турли қийинчиликларга чидаб, ҳалол меҳнат қилиб, нон топиш албатта осон эмас” – деди давлат раҳбари. Шавкат Мирзиёев сайловолди дастурида мигрантлар учун ривожланган, кўп ҳақ тўланадиган давлатларда ишлаш имконияти яратилишини айтиб ўтди.
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Sardoba tumanida Sayyor qabul bo'lib o'tdi!
Bugun Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi boshlig'ining Sardoba tumani "Ravot" mahallasida Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolari va takliflari tinglandi. Qabulda fuqarolar tomonidan asosan yer maydoni ajratish, kadastr hujjatidagi muammolar, Sizot suvlarining sizib chiqishi (Derenaj) masalalari aytib o'tildi.
Boshqarma boshlig'i Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarini tez fursatlarda bartaraf etish maqsadida tegishli rahbar hodimlarga ko'rsatma va topshiriqlar berib o'tdi.
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Toshkent shahri va viloyatida 2023—2024-yillarda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida 13 ta maktab quriladi. Bu haqda prezidentning 25-mayda imzolangan tegishli qarorida belgilandi.
Batafsil
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Бугун “Адолат” социал-демократик партиясидан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига кўрсатилган номзод Робахон Маҳмудованинг сайловчилар билан навбатдаги учрашуви Сирдарё вилояти Гулистон шаҳридаги Ёшлар марказида бўлиб ўтди.
Батафсил
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Биз келажак учун жавобгармиз!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Мы в ответе за будущее!
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзод Шавкат Мирзиёев:
"Биз олдин оммавий ахборот воситаларини эшитармидик, блогерлар бормиди? Бу ҳам бизни онгли равишда тарбиялаяпти"
@bayonotuz
#Хушхабар
Яшаш хонадонидан номаълум томонга кетиб бедарак йўқолган Қаршибоева Сарвара Бахтиёр қизи олиб борилган тезкор-қидирув тадбирлари давомида Тошкент шаҳридан топилиб яқинларига соғ-саломат топширилди
Қидирувда кўмак берган бефарқ бўлмаган барча фуқароларимизга Сирдарё вилояти ИИБ жамоаси номидан ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз.
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
O‘zLiDePдан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзод Шавкат Мирзиёевнинг Сирдарё вилоятдаги ишончли вакили Покиза Аҳмеджанова Ховос туманида сайловчилар билан учрашди.
👉 Батафсил
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
/channel/SirdaryoUz?livestream
Читать полностью…#Saylov_2023
#Ekopartiya
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xudoyqulovich Xamzayevning ishonchli vakili Qudratov Berdiqul Tursunbayevichning Guliston tumanida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan asosiy vazifalar to‘g‘risida saylovchilarga atroflicha ma’lumot berdi.
Jumladan, mamlakatning barqaror rivojlanishini taʼminlash va yashil iqtisodiyotga oʻtishni jadallashtirish hamda ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish yoʻnalishlarida ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida keng tushunchalar berib oʻtdi. Uchrashuv yakunida saylovchilar ishonchli vakilga o‘zlarining hududni yanada rivojlantirish borasidagi fikrlari hamda dastur bo‘yicha qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
O‘zLiDePдан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзод Шавкат Мирзиёевнинг Сирдарё вилоятдаги ишончли вакили Покиза Аҳмеджанова Мирзаобод туманида сайловчилар билан учрашди.
Батафсил
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
ЎзХДПдан Президентликка номзод Улуғбек Иноятовнинг Сирдарё вилоятидаги ишончли вакили Шерали Мамадетсоев Гулистон туман ҳокимлиги биносида сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Батафсил
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Қўшма баёнот
Халқаро меҳнат ташкилоти (ХМТ), БМТ Болалар жамғармаси (УНИCЕФ) ва Жаҳон банки Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузурида Миллий ижтимоий ҳимоя агентлиги ташкил этилганини олқишлайди.
Баёнотни тўлиқ матни билан танишиш учун ҳавола: https://bit.ly/3oHOLBK
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Чўлпонота шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президентига ажратилган қароргоҳда Президент Шавкат Мирзиёевнинг Европа Кенгаши Президенти Шарль Мишель билан учрашуви бошланди.
—
В отведенной для Президента Республики Узбекистан резиденции в городе Чолпон-Ате началась встреча Президента Шавката Мирзиёева с Президентом Европейского Совета Шарлем Мишелем.
Facebook|Instagram|Twitter
📸 Guliston shahrida 1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan bayram tadbirlari bo'lib o'tmoqda
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
Эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга қўшимча қабул кўрсаткичлари доирасида тавсиянома бериш учун аризалар қабул қилиш бошланди
Батафсил
Вилоят Оила ва хотин-қизлар бошқармаси Матбуот хизмати
Каналга уланиш 👉@sirdaryoning_ayoli
#Bilasizmi
💥Prezident qarori bilan 2022 – 2026-yillarda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlangan.
🔰Unga koʻra, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash quyidagi mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi:
🔸ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar;
🔸Davlat budjeti mablagʻlari;
🔸xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari;
🔸homiylik xayriyalari, xususiy sheriklar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari mablagʻlari.
@Yangilanayotgan_Sirdaryo
❗️ #Diqqat
⚡️⚡️⚡️"Сирдарё вилоят Телерадиокомпания"сида янгилик!!!
📊Вилоятимиз тадбиркорлари ва ишбилармонлари, корхона ва ташкилот раҳбарлари диққатига!
🔈Сирдарё вилояти телерадиокомпанияси сизларга тезкор ва сифатли хизматларини тақдим этади. Агар корхонангиз фаолияти ёки анжуман ва турли тадбирларингизни Сирдарё телеканали орқали тўғридан-тўғри эфирга узатмоқчимиз, унда марҳамат. Замонавий ускуналар билан жиҳозланган кўчма телевизион узатиш станциямиз орқали сизнинг буюртмангизни сифатли амалга ошириш имкониятига эгамиз. Шунингдек, жараёнлардан ёзиб олинган тасвирлар тўлиқ ҳажмда кўчириб берилади. Шартнома асосида буюртмаларни қабул қиламиз.
📌Манзилимиз: Гулистон шаҳри, Ҳалқлар дўстлиги 30 уй.
Мурожаат учун телефонларимиз:
☎️67-225-34-25,
☎️97-331-19-08
⚡️/channel/sirdaryoyangiliklari