Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси марказий девони Суриштирувни мувофиқлаштириш бошқармаси бошлиғи Адлия полковниги Зайитов Улуғбек Абдурахманович мурожаати
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Hurmatli hamshaharlar!
⚡️ Yangiyo‘l shahar iste’molchilarining "Toshkent suv ta’minot" Yangiyo‘l shahar filiali oldidagi debitor qarzdorligi o‘z vaqtida to‘lashingizni so‘rab qolamiz.
📍Xususan, mavjud qarzdorliklar vaqtida to‘lanadigan bo‘lsa aksariyat loyihalar va rejalashtirilgan joriy hamda kapital ta’mirlash ishlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishi, kuz-qish mavsumida kuzatilishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarni bartaraf etish hamda ishchi-xodimlarning moddiy ta’minotini, ya’ni ish haqqilari uchun yo‘naltiriladi.
✅ Hurmatli shahrimiz aholisi! Ichimlik suvidan mavjud qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lanishi uchun har birimiz ma’sulyatni his qilishimiz zarur.
✨ Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Жорий йилнинг олти ойида вилоятда 440 миллион долларлик экспорт амалга оширилган.
Лекин Янгийўл тумани, Бекобод ва Чирчиқ шаҳарларида тўқимачилик маҳсулотлари; Зангиота ва Юқоричирчиқда электротехника маҳсулотлари; Олмалиқ шаҳрида қурилиш материаллари экспорти ўтган йилга нисбатан камайган.
Сўнгги уч йилда вилоятда саноат ҳажми 19 фоизга ўсиб, 94 триллион сўмга етди. Лекин ушбу даврда саноат маҳсулотлари Бекобод туманида 3,6 фоизга камайган бўлса, Паркентда бор йўғи 2,6 фоизга ошган.
Ўтган уч йилда Зангиотанинг вилоят саноатидаги улуши 8,3 фоиздан 3,5 фоизга, Ангрен шаҳрида эса 7,5 фоиздан 4,8 фоизга камайган.
Жорий йилнинг олти ойида вилоятда хизматлар ҳажми 7,3 фоизга ўсган бўлса-да, бу кўрсаткич Қибрай ва Янгийўл туманларида 1 фоизга ҳам етмайди.
Жорий йилда қурилиши режа қилинган 114 та кўп қаватли уй-жойлардан бугунги кунгача атиги 9 таси фойдаланишга топширилди.
Шу ва бошқа камчиликларга йўл қўйгани, ишларни лозим даражада ташкил қилмагани учун:
- Тошкент вилояти ҳокимининг биринчи ўринбосари М.Файзиев, Қибрай тумани ҳокими М.Мирқосимов ва Янгийўл тумани ҳокими У.Ялгашев ҳамда ушбу туманларнинг бошқа сектор раҳбарларини лавозимидан озод қилиш;
- вилоят ҳокимининг саноат ва инвестицияларга масъул ўринбосари Н.Шарипов, қурилишга масъул ўринбосари Ш.Маҳмудовга ҳайфсан эълон қилишга кўрсатма берилди.
Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш орқали солиқ базасини кенгайтириш бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
Йиғилиш бежиз Тошкент вилоятида ўтказилмаётгани, ҳудуддаги иқтисодий натижалар Тошкент вилоятининг ҳақиқий салоҳиятига мос келмаслиги таъкидланди.
“Маҳаллабай” ишлаш тизимини йўлга қўйиб, алоҳида дастурлар ишлаб чиқилгани ҳисобига мамлакатимизда камбағаллик даражаси 17 фоиздан 14 фоизга тушди.
Бу бир ярим йилнинг ўзида 3 миллион аҳоли доимий даромадга эга бўлди, 1,5 миллион аҳоли эса камбағалликдан қутилди, дегани.
Умуман, республикамиздаги 347 та маҳалла камбағалликдан холи, яна 1,5 мингга яқин маҳалла эса ишсизлик бўлмаган ҳудудга айланди.
“Вазирлар ва ҳокимлар бир нарсани аниқ тушуниб олиши зарур. Камбағалликни қисқартириш битта вазирлик ёки агентликнинг иши эмас, аҳолига фақатгина моддий ёрдам ёки кредит беришнинг ўзи етарли бўлмайди.
Бунинг учун, энг аввало, ҳудудларда инфратузилма бўлиши, бу орқали ишлаб чиқариш ва хизматлар ривожланиши керак”, - деди Президент.
Facebook|Instagram|Twitter
Yangiyo‘l sihatgohini rekonstruksiya qilinishiga start berildi
Yangiyo‘l shahrining "Bahor" mahallasi hududida joylashgan 1983-yil qurib bitkazilib foydalanishga topshirilgan bugungi kunda ta'mirga muhtoj holga kelib qolgan O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli Yangiyo‘l sihatgohi (Nov sanatoriyasi) 64 mlrd so‘mlik Respublika mablag‘lari hisobidan to‘liq rekonstruksiya qilinishi belgilangan edi.
Bugun ushbu sihatgohda rekonstruksiya ishlariga start berilishi munosabati bilan hokim o‘rinbosarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Qur’on tilovat qilinib, jonliq so‘yilib, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu-baraka, sihatgohda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab, duoga qo‘l ochildi.
Endilikda to‘liq rekonstruksiya ishlari bajarilib, jihozlangandan so‘ng sihatgoh 220 o‘rinli bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев "Ангрен" эркин иқтисодий зонасидаги корхоналар билан танишмоқда
—
Президент Шавкат Мирзиёев посещает предприятия в свободной экономической зоне "Ангрен"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Yangiyo‘l shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi ogohlantiradi!
Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!
——————-
OЧС предупреждает!
Купаться в запрещённых местах - опасно для жизни!
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятига ташриф буюради. Йирик саноат мажмуалари ва спорт объектлари билан танишиш, янги корхоналарни ишга тушириш режалаштирилган.
Шунингдек, камбағалликни қисқартириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ҳамда маҳаллий бюджет даромадларини кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилиши кутилмоқда.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Ташкентскую область. Предусматривается ознакомление с крупными промышленными комплексами и спортивными объектами, запуск новых предприятий.
Также ожидается проведение видеоселекторного совещания по мерам сокращения бедности, обеспечения занятости населения и увеличения доходов местного бюджета.
Facebook|Instagram|Twitter
🔠🔠🔠🔠🔠
"E-AUKSION" platformasida elektron raqamli imzo kalitini olish
(yangi videoqo'llanma)
🔘elektron raqamli imzo kalitini olish tartibi
🔘ERI olish uchun ariza berish
🔘ERI olish uchun talab etiladigan hujjatlar
🔘ERI kalitini yuklab olish
🔘"E-imzo" modulini o'rnatish
🔘ERI kaliti faylini o'rnatish
🫥 86,4 mb
⏳ 2 daqiqa 4 sekund
📨Telegram | 👨Facebook | 🖼Instagram | 👍Youtube
#2023_yil_1_avgustdan
🗓 1-avgustdan nimalar o'zgaradi?
🔹Ish stajiga ega bo'lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi ➖ BATAFSIL
🔹Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suisidolog lavozimlari joriy etiladi ➖ BATAFSIL
🔹Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi ➖ BATAFSIL
🔹Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi ➖ BATAFSIL
🔹Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin ➖ BATAFSIL
🔹Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20 foiz miqdorda ustama to'lanadi ➖ BATAFSIL
🔹Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi ➖ BATAFSIL
🔹Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizasiya qilish ishlari boshlanadi ➖ BATAFSIL
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
DIQQAT, DIQQAT!
📣 Toshkent viloyatida joriy yilning 31-7-avgust kunlari Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” "CYBER WEEK" kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
🎁 Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
✅ Tanlov uchun materiallar /channel/Cyber102Bot telegram boti orqali qabul qilinadi.
ℹ️ Eslatma: tanlovlarda faqat Toshkent viloyati hududida yashovchi fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
❗️Tanlovda faol ishtirok eting va oʻzingiz hamda yaqinlaringizni kibertahdidlardan asrang.
/channel/AOKBToshvil
#Bilasizmi
1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Tibbiyot muassasalaridagi yangi lavozimlar
Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagilar lavozimlar joriy etiladi:
tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;
statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.
Ota-onalar daromad solig‘idan ozod etiladi
1 avgustdan soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimiga joriy etiladi.
Elektron platforma
“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi.
Suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat organlari rahbarlari o‘qitiladi
Davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.
Yoshlarga kompyuter xaridi uchun ajratiladigan mablag‘ kartaga o‘tkazilishi mumkin
Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida, “Yoshlar daftari” va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg‘armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag‘larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko‘ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari modernizatsiyasi
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlanadi.
Ijtimoiy soha obyektlarida O‘zbekistonda 1 yil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlar o‘rnatiladi.
Davlat organlarining IT-sohasida ishlovchi malakali xodimlariga ustamalar to‘lanadi
Qonunchilikka ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to‘lanadi.
Alkogol ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha talab
Endi ishlab chiqaruvchilar alkogol mahsulotlarining tovar belgilari Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Иш стажига эга бўлмаганларга бериладиган нафақа миқдори оширилади
“Ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли қатламларини моддий қўллаб-қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–120-сон, 28.07.2023 й.) қабул қилинди
🔰Фармонга кўра, 2023 йил 1 августдан:
🔹зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм;
🔹иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – ойига
568 000 сўм;
🔹ўзгалар парваришига муҳтож ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларнинг парвариши билан банд бўлган боланинг қонуний вакилига бериладиган нафақа миқдори – ойига
568 000 сўм;
🔹боқувчисини йўқотганлик нафақаси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм ва кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун – 198 000 сўм этиб белгиланади;
🔹боқувчисини йўқотганлик пенсияси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун пенсиянинг энг кам миқдори – ойига 568 000 сўм этиб белгиланиб, кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун амалдаги тартибга мувофиқ пенсия тўланади.
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#Билдириш
Диққат, онлайн аудио мулоқотга марҳамат!
📣Бугун соат 19:30 да тажрибали оила ва болалар психологи Шоира Исакова билан онлайн аудио суҳбат ўтказилади.
❓Мулоқотга сиз ҳам қўшилинг, ёшлардаги психологик ўзгаришлар, жиноятчиликнинг ортиши, ота-оналар билан кечадиган зиддият ва муаммолар, хуллас ўзингиз ва яқинларингизни қийнаётган психологик муаммоларга жавоб олинг.
▶️ Суҳбат манзили
💬Telegram 🌐Website 📱Instagram📱Facebook 🌐YouTube
Ўзбекистон халқига Халқлар дўстлиги куни муносабати билан байрам табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yoʻl_harakati_xavfsizligi_tadbirlari
Toshkent viloyatidagi avtomobil qatnov yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash borasida qator maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda
✉Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Йиғилишда Тошкент вилоятидаги янги имконият ва ташаббуслар Оҳангарон тумани ва Ангрен шаҳри мисолида кўриб чиқилди.
Янги имкониятларни ишга солиш орқали Оҳангарон туманида йил якунигача қўшимча 180 миллион долларлик 100 та лойиҳани бошлаш учун барча шароитлар етарли.
Бунинг ҳисобига 5 мингдан зиёд иш ўрни ташкил қилинади ва қўшимча 40 миллиард сўм солиқ тушумларига замин яратилади.
Ангренда эса 150 миллион долларлик 80 та лойиҳани амалга ошириш, 7 минг нафар аҳолини банд қилиш ва қўшимча 35 миллиард сўмлик солиқ тушуми манбасини яратиш мумкинлиги ҳисоб-китоб қилинган.
Умуман, Тошкент вилоятида ишларни самарали ташкил қилиш орқали йил якунига қадар 2 миллиард долларлик янги лойиҳаларни бошлаш, бюджетга қўшимча 1 триллион сўм тушириш учун барча имкониятлар борлиги қайд этилди.
Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда ўтган йилда Тошкент вилоятида тўғридан-тўғри хорижий инвестиция ўзлаштириш ҳажми 135 фоизга ўсиб, 480 миллион долларни ташкил қилгани таъкидланди.
Лекин бу кўрсаткич 8 та туман ва шаҳарда 2021 йилдаги ҳажмга ҳам етмагани кўрсатиб ўтилди.
Шунингдек, ўтган олти ойда инвестиция дастурлари доирасида 240 миллион долларлик 322 та лойиҳа ишга туширилиб, 8 мингта иш ўрни яратилди.
Лекин айрим туман ва шаҳар ҳокимлари фақат кичик ва ўрта лойиҳаларни амалга ошириш билан чекланиб қолмоқда.
Мисол учун, Ўртачирчиқ, Чиноз, Қибрай, Тошкент, Янгийўл туманлари ва Нурафшон шаҳрида бирорта ҳам йирик лойиҳа йўқ.
Давлатимиз раҳбари ҳар бир туман ва шаҳар ҳокимига
йил якуни билан камида 100 миллион доллардан тўғридан-тўғри инвестиция жалб қилиш бўйича топшириқ берди.
Facebook|Instagram|Twitter
Давлатимиз раҳбари Юқори Чирчиқ туманида барпо этилётган Футбол бўйича миллий терма жамоалар марказини бориб кўрди.
—
Глава нашего государства посетил строящийся в Юкоричирчикском районе Центр сборных команд по футболу.
#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #futbol
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔠🔠🔠🔠🔠
"E-AUKSION" platformasida savdolardan ishtirok etish (yangi videoqo'llanma)
🔘ariza berish
🔘auksion qadamiga bog'liq bo'lmagan narx berish
🔘savdoda qatnashish (auksion va tanlovda)
🔘auksion jarayoni
🔘bayonnomani yuklab olish
🔘g'olib manfaatlarini himoyalash
🔘nohalol ishtirokchilar reestri
🫥: 83,1 mb
⏳: 2 daqiqa 9 sekund
📨Telegram | 👨Facebook | 🖼Instagram | 👍Youtube
📊Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) qanchaga o‘sdi?
👉BATAFSIL...
📊Rasmiy sahifalar👇
Facebook |Telegram
HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN HAMKORLIKDAGI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Bugun Yangiyo‘l shahar hokimligining majlislar zalida hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, IIB hodimlari ishtirokida joriy yilning 30-mart kundagi Ichki ishlar vaziri, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda Yoshlar siyosati va sport vazirining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhutni yaratish mexanizimini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shma qarorida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta'minlash hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#YANGIYO‘L_SHAHRI
30 ИЮЛЬ - ХАЛҚЛАР ДЎСТЛИГИ КУНИ MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI.
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
⚡️⚡️⚡️
11 nafar ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi
Yangiyo‘l shahar hokimligi tomonidan "Olmos" va "Yangihayot" mahallalari hokim yordamchilarining tavsiyalariga asosan mazkur mahallalardagi 11 nafar ishsiz ayollarga o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#diqqat
Hurmatli tadbirkorlar!
Barchangizni davlat rahbarining tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan uchinchi ochiq muloqotida faol boʻlishga chorlaymiz!
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
#дўстлик_куни
30 ИЮЛЬ - ХАЛҚЛАР ДЎСТЛИГИ КУНИ
🔖 Бугун Янгийўл шаҳар ёшлар ҳиёбонида "Алея" шаҳар ҳокимлиги, Республика Маънавият ва маърифат маркази шаҳар бўлинмаси, шаҳар Маданият бўлими ҳамда шаҳардаги Миллий маданий марказлар томонидан 30 июль - Халқлар дўстлиги куни муносабати билан байрам тадбири ташкил этилди.
Тадбир Рус, Татар, Қозоқ ва Корейс миллий маданият марказлари томонидан ўз миллий урф-одатларини акс эттирган концерт дастурлари билан давом этди.
Байрам тадбирида бадиий жамоаларнинг чиқишлари иштирокчиларга хуш кайфият бағишлади.
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram
Sodir etilgan jinoyatlarni muhokamasi o‘tkazildi
Bugun yoshlar xiyobonida (Aleya) tumanlararo to‘rtinchi mintaqa rahbari, Yangiyo‘l shahar IIB boshlig‘i N.Sayidov, shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Narbayev va "Navro‘z" mahallasi nuroniylari, ko‘cha boshlari, yoshlar ishtirokida mahallada jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari muhokamasi o‘tkazildi.
Каналга уланиш: http://t.me/yangiyulshahar
✉️Telegram |🎞 Youtube|📱Facebook |📥 Instagram |
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Халқлар дўстлиги куни муносабати билан бир гуруҳ юртдошларимизни мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы соотечественников в связи с Днем дружбы народов"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#ватанпарварлик
#тарғибот
🎗Ватанпарварлик ойлиги муносабати билан "Ким Ватанга содиқ бўлса - мендирман ушал!" шиори остида шаҳардаги 13-Мактабгача таълим ташкилотида Республика Маънавият ва маърифат маркази Янгийўл шаҳар бўлинмаси, Маънавият тарғиботчилари, шаҳар Мактабгача таълим бўлими ва 83384-сонли ҳарбий қисм ҳамкорлигида тадбир ташкил этилди.
❇️Тадбирда иштирок этган МТТ раҳбарлари, тарбиячилар ва 100 га яқин ишчи-ходимларга қисмнинг ҳарбий кисм бадиий ҳаваскорлик гуруҳи ижросида кўргазмали ва шеърий бадиий чиқишлари хамда "Қувноқлар ва зукколар" гуруҳининг томошалари намойиш этилди.
🔰Шунингдек, тадбирда Янгийўл шаҳар Маънавият ва маърифат бўлинмасининг тарғиботчилари томонидан тадбирга бағишланган суҳбат ташкил этилди.
✍️Республика Маънавият ва маърифат маркази Янгийўл шаҳар бўлинмаси
@yangiyulshahar