yaponiya_sadosi | Unsorted

Telegram-канал yaponiya_sadosi - Yaponiya Sadosi | LIVE

797

→Yaponiya va dunyo yangiliklarining qisqacha tahlili. →Yapon tilida yozilgan kitoblarning o'zbekcha tarjimasi. 🔵 fb.com/YaponiyaSadosi 🟡 instagram.com/YaponiyaSadosi 🔴 https://bit.ly/3mTqnHz Aloqa uchun👉🏻 @YScontact_bot Reklama uchun👉 @YSreklama

Subscribe to a channel

Yaponiya Sadosi | LIVE

🇯🇵 Bugun 9-fevral kuni Yaponiya Hukumati, Rossiya va Ukraina o‘rtasida mojaro yuzaga kelishi oqibatida tabiiy gaz uzilishidan xavotirda boʻlgan Yevropa uchun suyultirilgan gazni (LNG) Yevropa Ittifoqi hududiga favqulodda yetkazib berishini ma’lum qildi.

Manba: Kyodo News

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Hyundai Motor kompaniyasi elektromobillar bilan Yaponiya bozoriga qaytmoqchi

Janubiy Koreyaning Hyundai Motor kompaniyasi Yaponiya avtomobil bozoridan chiqqanidan keyin o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tib, mamlakatda sotuvlarini qaytadan boshlashga tayyorlanmoqda – bu safar elektromobillarga e’tibor qaratmoqda. Goldman Sachs kompaniyasining Asia Autos Research rahbari Yuzawa Kotaning aytishicha, Yaponiyaning EV (elektromobil) bozori nisbatan kichik bo'lsa-da, bu keyingi bir necha yil ichida yangi kelganlar, jumladan, Janubiy Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun muhim sinov maydonchasi bo'ladi.

Manba: NHK news

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiya Rossiya bilan shimoliy orollar bo’yicha tinchlik shartnomasini tuzmoqchi

"Shimoliy hududlar kuni" munosabati bilan 7-fevral kunida hukumat va tegishli tashkilotlar Tokyoda "Shimoliy hududlarni qaytarish bo'yicha milliy konventsiya"ni o'tkazdilar va to'rtta shimoliy orollar "Rossiya tomonidan qonuniy asoslarsiz 76 yil davomida egalik qilib kelinayotgani mutlaqo kechirib bo’lmas holat" ekanligini ilgari surdi.
Anjuman ishtirokchilarining fikriga javoban, Bosh vazir Fumio Kishida Rossiya bilan o‘tgan kelishuvlarga asoslanib, “hududiy nizolarni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzish siyosati doirasida muzokaralarni qat’iyat bilan davom ettirishini” ma’lum qildi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

AQSh Yaponiyani Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo’llashga chaqirmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, AQSh hukumati Yaponiyani Ukrainadagi keskinlik tufayli Rossiyaning harbiy bosqiniga tayyorgarlik ko‘rish uchun iqtisodiy sanksiyalarni ko‘rib chiqishga chaqirgan.

AQSH-Yaponiya diplomatik manbalariga koʻra, 21-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Yaponiya-AQSh sammitida AQSh tomoni Rossiya Ukrainaga bostirib kirganida iqtisodiy sanksiyalarni tushuntirib bergan, Yaponiya ham sanksiyalarga muvofiq qadam tashlashni so’ragan.

Biroq,Yaponiya bunga javoban hozirgacha hechqanday harakatsiz jim kelmoqda.

Boshqa tomondan, Rossiyaning resurslariga bog'liq bo'lgan Germaniya kabi Yevropa ittifoqdoshlarida harorat farqi bo'lishi kutilayotgani uchun iqtisodiy sanksiyalar tartibga solish davom etmoqda.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiyaning chet elliklar uchun qayta ochilishiga yordam beruvchi eng samarali yo’l

2020-yil boshidan beri oʻz chegaralarini mahkam yopib qoʻyganidan soʻng, Yaponiya norezidentlar uchun kirishni cheklashni davom ettirayotgan “Yettilik guruhi”ning yagona davlati boʻlib qolmoqda, 370 000 ga yaqin talabalar va boshqa viza egalari tezroq mamlakat bo’ylab o’z ishlarini boshlash, universitetlardagi oʻrinlarini egallashni, yoki oilalar va do’stlar tezroq uchrashishni intizorlik bilan kutishayotgani sir emas.

Bu abadiy davom eta olmaydi…

Davomi buyerda…👇👇👇

https://telegra.ph/Yaponiya-02-06

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​​​"Panasonic" ning dunyoga kelishi

Matsushita Osakaga kelib, isitish pechkasi do’koniga ishga kiradi va farrosh bo’lib ishlay boshlaydi. Lekin, ming afsuski 3 oydan keyin, bu do’kon yopiladi va Matsushita boshqa ish izlashga majbur bo’ladi.

🚲 Keyingi ishi veloseped do’koni bo’ladi. Yangi rahbar qo’l ostida, ishlay boshlaydi va aynan mana shu do’konda juda ko’plab narsalarni o’rganadi. Masalan, so’zlarni qanday qo’llash va ulardan qanday foydalanish, xaridorga bo’ladigan munosabat kabilar.

Osaka shahriga kelganidan 5 yil o’tgach, temir yo’llar ishga tushishni boshlaydi. Buni ko’rgan Matsushita, “kelayotgan asr bu elektr asri” deb o’ylashni boshlaydi. Va ishini o’zgartirib, “Osaka elektr-energiya” AJ ga ishga kiradi.

U yerda ko’p amaliy bilimlarni o’zlashtiradi, ish haqi ham ancha yaxshi holatga keladi. Natijada, Matsushita ayoli bilan birga mustaqil biznes ochishni reja qiladi va "Matsushita Elektr ta’minoti" nomli kompaniya tashkil qiladi va keyinchalik ”Panasonic” ka o’zgaradi.

Bu paytda Matsushita 22 yoshda edi. Mustaqil ish boshlagan bo’lsada, mablag’i juda kam, sog’lig’i ham yaxshi holatda emas, na bir universitedda o’qigan, ota-onasi va aka-uka, opa-singillarining yarmi olamdan o’rgan payt edi.

😞 Xullas, juda katta tashvish kelgan bir holat edi. Lekin, Matsushitani bu holat sindirib qo’ya olmadi. Uning o’zi bu holatni quyidagicha ta’riflaydi:

- Tug’ma kuchsiz va nimjon bo’lganligim uchun, insonlardan qanday foydalanishni o’rgandim.
- Boyligim bo’lmaganligi uchun, bolaligimdan ishladim va turli xil kasblarni o’rgandim.
- Boshlang’ich, o’rta va oliy ta’limda o’qimaganligim uchun, har kimdan so’rab o’rgandim.

Xullas unga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan har bir salbiy tomonlardan to’g’ri foydalandi va “Panasonic” ni dunyoga tanitdi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Tokyoda 21,122 nafar kishida korona virus aniqlanib, 10 kishi vafot etdi

Tokyo Metropolitan hukumati 5-fevral kuni 21,122 nafar kishi infektsiya aniqlangani va 10 kishi vafot etganini e'lon qildi.
Shuningdek 44 nafar kishining ahvoli og’ir. 1 Haftada yangi kasallanganlarning oʻrtacha soni 5-fevral holatiga koʻra 17895,1 nafarni tashkil etdi, bu oʻtgan haftaga nisbatan 129,8% ni ko’rsatmoqda. Tokyodagi bemorlarning umumiy soni esa 675 403 nafarga yetdi.
Kasallanganlarning aksariyati 30 yosh atrofidagilar bo‘lib, 3778 kishini tashkil etadi. 10 yoshgacha bo‘lganlar 3070 nafar, o‘smirlar 2288 nafar, 20 yosh atrofidagilar 3758 nafar, 40 yosh atrofidagilar 3678 nafar, 50 yosh atrofidagilar 2125 nafar, 65 yoshdan oshgan keksalar 1844 nafarni tashkil etdi.
70-90 yoshlardagi 10 nafar erkak va ayol vafot etdi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Panasonic asoschisi haqida

Konosuke Matsushita 1897-yil 27-noyabrda Senda-no-ki shahrida tug‘ilgan. Otasi Masakusu, onasi Tokuedalar kichik yer egalari va badavlat insonlar bo'lishgan.

🤏 8 farzandning eng kichigi bo'lgan Matsushita ota-onasining e’tibor markazida bo'lgan va har dam olish kunida enagasi bilan daryoda baliq ovlash, o'yinqaroqlik qilish orqali vaqt o'tkazgan.

😞 Ammo, baxtli kunlar uzoq davom etmadi. Qahramonimiz to'rt yoshga to'lganida, otasi AQSh bozorida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi va oila ajdodlaridan me'ros qolgan yerni sotib, o'zlari Vakayama shahriga ko'chib o'tishga majbur bo'ldilar. Otasi Masakusu esa Osaka shahriga ishlash maqsadida ketdi.

📝 Keyinchalik otasi xat yuborib, Matsushitani ishlash uchun chaqirdi. Matsushita yolg'iz o'zi Osakaga ishlash uchun boradi. Bu vaqtda u 9 yoshda bo'lib, boshlang'ich maktabning 4-sinf o'quvchisi edi.
Davomi bor…

Manba:KAIZEN|Shaxsiy komillik sari /channel/kaizen_jp_uz

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiya hukumati IShID yetakchisining o‘limi “Tinchlik uchun Muhim qadam” deb hisoblaydi

Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Hirokazu Matsuno 4-fevral kuni AQSh hukumati e’lon qilgan “Islomiy davlat” (IS) jangari guruhining oliy rahbarining oʻlimini “Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlik yoʻlidagi muhim qadam” deb hisoblashini ma’lum qildi.
Eslatib o’tamiz AQSh prezidenti Jo Bayden 3-fevral kuni Oq uyda nutq so‘zlab, IShID oliy rahbari Abu Ibrohim Hoshimiyning o‘limi haqida e’lon qilgan edi!

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Mamlakat bo'ylab koronavirus yuqtirganlar soni 100,000 dan oshib, yangi rekord darajani qayd etdi

Yaponiya bo’ylab Yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 3-Fevral kuni 104,465 kishiga yetdi va ilk bor 100,000 dan oshdi. Bu ko’rsatkich 2-Fevraldagi 94,913 rekord ko'rsatkichdan oshib ketdi.

Tokyoda koronavirus yuqtirganlar soni ikki kun ketma-ket 20,000 dan oshib, 20,679 ga yetdi.
Osaka prefekturasida 19,615 kishi, Kanagava prefekturasida 7,090 kishi,
Xyogo prefekturasida 6,502 kishi,
Aichi prefekturasida 5,827 kishi yangi koronavirus bilan kasallangani tasdiqlandi.

Shu bilan mamlakat boʻylab kasallanganlarning umumiy soni 3,025,664 kishini tashkil etib, birinchi marta 3 milliondan oshdi.
3-Fevral kuni, butun mamlakat bo'ylab 88 nafar kishi vafot etganligi tasdiqlandi.
Shu kungacha butun mamlakat bo'ylab vafot etganlarning umumiy soni 19,055 nafarni tashkil etdi.

Yangiliklar kanali👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiyada vaksinaning uchinchi bosqich emlanishi farqli bo’lishi kutilmoqda

Yangi koronavirusning Omikron shtammi juda tez tarqalmoqda. Mamlakat uchinchi emlashni iloji boricha tezroq qilishni xohlamoqda. Biroq,ba'zi odamlar uchinchi emlashda boshqa kompaniyaning vaksinasini olishdan havotirlanmoqda.
Ikkinchi martagacha, taxminan 80% odamlar Pfizer vaksinalarini olgan edi. Biroq, uchinchi marta hukumat Pfizerga qaraganda ko'proq Moderna vaksinalarini tayyorlayotgani xabar qilinmoqda. Shu sababli, mamlakat, agar ko'pchilik bir xil Pfizerdan uchinchi marta foydalanmoqchi bo'lsa, ularda Pfizer vaksinasi yetmay qolishi mumkin, deb hisoblaydi.

Hukumatning aytishicha "Xorijiy tadqiqotlar uchinchi marta emlashda kompaniya farq qilsa ham xavfsiz va foydali ekanligini ko’rsatmoqda." Va aholini uchinchi marta moderna vaksinasini olish haqida o’ylab ko’rishga chaqirmoqda.

Manba: NHKnews

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Mamlakatda yangi korona virus tufayli savdosi pasaygan kompaniya va do‘konlarga yordam berish tizimi yaratildi.
O‘tgan yilning Noyabr oyidan joriy yilning Mart oyigacha oylik savdosi avvalgiga nisbatan 30 foizdan ko‘proqqa kamaygan kompaniyalar uchun davlat tomonidan yordam puli ajratiladi.
Agar u 50% yoki undan ko'proqqa kamaysa, yillik savdosi 100 million yen kam bo'lgan kompaniyalar uchun 1 million yenagacha yordam puli beriladi.
Shuningdek,savdosi 100 million yenadan 500 million yenagacha yoki undan kamroq kompaniyalar uchun 1,5 million yengacha va 500 million yendan ortiq savdosi bo'lgan kompaniyalar uchun 2,5 million yenagacha yordam puli ajratiladi.
Kompaniyalardan tashqari, shaxsiy biznesiga ega shaxslar ham ish turidan qat’iy nazar yordam pulidan olishlari mumkin!
Ushbu tizim Biznesni qayta jonlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi deb nomlanadi va unga Iqtisodiyot,savdo va sanoat vazirligining veb-sayti orqali murojaat qilish mumkin.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

⚡️#LIVE

Yaponiyada ilk bor korona virusga chalinganlar soni 94 930 nafardan oshdi

2-Fevral kuni Yaponiya bo’ylab virus yuqtirganlar soni 94,930 kishi bo’lib rekord darajaga yetdi. Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat boʻylab ogʻir kasallar soni 886 nafarni tashkil etib, 1-Fevral kuniga nisbatan 82 nafarga koʻpaygan.

Tokyo shahrining o’zida 2-Fevralda 21,576 nafar kishida yangi korona virus aniqlangani e'lon qilinib, birinchi marta kuniga yangi kasallanganlar soni 20 000 nafardan oshdi.

Osaka prefekturasida esa 2-Fevral kuni 11 171 nafar odam korona virus bilan kasallangan. Bu ko’rsatkich bilan ketma-ket ikki kundan beri kasallanganlar soni 10 mingdan oshmoqda.

Bundan tashqari, ertadan ochilishi kutilayotgan Pekin qishqi Olimpiyada ishrikot etishi kutilayotgan yapon sportchilarida ham virus aniqlanganlari borligi aytilmoq. Biroq aniq sonlar hozircha noma’lum.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Tokyoda korona virus bilan bog’liq holat jiddiy tus olmoqda

Tokyoda 2-fevral kuni 21,576 kishi virus yuqtirganligi aniqlandi. Bugungi holat o’tgan haftadagi eng yuqori ko’rsatkichdan ham 1.5 barobar oshib, Yaponiyada kunlik rekord bo’ldi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/yaponiya_sadosi

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Toyota bZ4X (Beyond Zero)

Toyotaning ilk elektromobili, Subaru bilan birgalikda ishlab chiqargan bZ4X 2022-yil aprel oyidan sotuvga chiqishi kutilmoqda. Avtomobil katalogiga ko’ra bZ4Xning FWD (front wheel drive) va 4WD ( 4 wheel drive) turlari ishlab chiqarilishi ta’kidlangan. FWD turi to’la zaryad bilan 500km, AWD turi esa 460 km atrofi harakatlana oladi.
Narxi 6mln 380ming yen (tahminan 58ming AQSh dollar) bo’lishi kutilmoqda.
Toyotaning raqobatdoshi Nissan ham Ariya nomli elelktromobilni sotuvga chiqargan va uning narxi ham bZ4Xdan ko’p farq qilmaydi (FWD modeli 6mln 360ming yen). Shu sababli ham, aynan Nissanni sevuvchi haridor bo’lmasa Ariyaga bergan buyurtmani bekor qilib, bZ4X sotib olishi ham mumkin degan qarashlar ham yo’q emas.
bZ4Xning Yaponiyada 2022-yilning o’rtalarida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Ma’lumot o’rnida, Toyota 2030-yilgacha 30ta elektromobil ishlab chiqirishni reja qilgan va bZ4X bu rejaning ilk namunasi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/yaponiya_sadosi

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​Yaponiya imperator xonadonining a’zosi malika Yoko koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi

8-fevral, Seshanba kuni imperator oilasi koronavirus infeksiyasining birinchi holatini tasdiqladi, 38 yoshli malika Yoko Covid-19 tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Imperator xonadoni xo'jalik agentligi ma'lumotlariga ko'ra, malika, sobiq imperator Akixitoning amakivachchasi, marhum shahzoda Mikasa Tomoxitoning kenja qizi, dushanba kuni tomoq og'rig'idan shikoyat qilgan va seshanba kuni virus uchun topshirgan test natijasi Positive deb topilgan. U imperator saroyi ichidagi kasalxonaga yotqizilgan.

Agentlik xabariga ko'ra, malika Yoko ikki kun avval opasi, 40 yoshli malika Akiko bilan uchrashganligi sababli u ham sinovdan o'tkaziladi.

Shuningdek agentlikning xabar qilishicha, malika Yoko yaqin vaqt ichida oziq-ovqat va ichimliklar bilan bog'liq biron bir yig'ilishda qatnashmagan va infektsiya sababi hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Ammo u 30-yanvar kuni saroyda marhum imperatorni xotirlash marosimida ishtirok etgani aytilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, uning xodimlari orasida hech qanday infektsiya tasdiqlanmagan va hech kim o'zini kasal his qilgani haqida xabar bermagan.

Malumot o’rnida, Malika Yoko Tokioda joylashgan ijtimoiy ta'minot korporatsiyasi rahbari Yuai Jujikay, shuningdek, eshitish qobiliyatini yo'qotgan odamlarga yordam beradigan notijorat tashkilot - Yaponiya Universal Sound Design Association faxriy prezidenti sifatida faoliyat yuritadi.

Manba: The Japan Times

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Tokyo Disneylendning muhim xodimlarida koronavirus aniqlangani sababli birinchi spektakli bekor qilindi

Tokyo Disneylendni yurituvchi Oriental Land Co., Ltd. "Club Mouse Beat" ko'ngilochar dasturining tashkilotchi 4 nafar xodimi yangi koronavirus infektsiyasiga chalinganligi tufayli kerakli xodimlar yetishmasligi sababidan 8-fevraldan boshlab bir necha kungacha to'xtatib qo'yishini e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, Disneylendda korona infektsiyasi tufayli spektakl birinchi marta to'xtatilmoqda.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​Yaponiyaning Zao Tulkilar Qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Mo'ynali hayvonlarni sevuvchilar uchun yaxshi yangilik, Miyagi prefekturasida tulkilarni ovqatlanayotgan va o'ynayotganini yaqindan ko'rishingiz mumkin bo'lgan diqqatga sazovor sayyohlik joylari mavjud. Bu joy Zao Fox qishlog'i deb ataladi, shuningdek, kitsune mura (yapon tilida "tulki qishlog'i" degan ma'noni anglatadi).

Bu qishloq Miyagi prefekturasining Shiroishi shahrida joylashgan. U yerda har xil turdagi 100 dan ortiq tulkilar bor, lekin rasmda ko'rib turganingizdek, ularning asosini yapon qizil tulkisi tashkil qiladi. Bu yerdagi tulkilar tabiatan odamlarga yovvoyi tabiatdagi tulkilarga qaraganda ko‘proq tanish, chunki ular qishloq xodimlari tomonidan parvarishlangan. Biroq, ular hali ham yovvoyi hayvonlar hisoblanadi.

Ma’lumot o’rnida, Yaponiyada tulkilarning ayrim turlari, shu jumladan yapon qizil tulkilari, arktik tulkilar va boshqalar yashaydi. Ular butun Yaponiya bo’ylab keng tarqalgan. Ular tog'li hududlarda yashaydilar va qiyshaygan ko'zlari, uchburchak shaklidagi quloqlari va qalin mo'ynalari bilan yoqimli ko'rinishga ega bo'lsalar ham, atrofdagi odamlarning mavjudligi bilan umuman tanish bo'lmagan yovvoyi hayvonlardir. Shuning uchun, odatda, biz ularni yovvoyi tabiatda tasodifan uchratadigan bo'lsak ham, ularga yaqinlasha olmaymiz.

Manba: Food Diversity

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​Yaponiyada o’qishni rejalashtirgan Chet elliklar butun dunyo bo'ylab immigratsiya cheklovlarini yengillashtirishni so’rashmoqda

Yaponiya hukumati Omicron shtammining tarqalishini chegaralash maqsadida chet elliklarning yangi kirishini printsipial jihatdan to'xtatib qo'yganligi yuzasidan, Evropa va Osiyo kabi 8 ta davlatda Yaponiyada o'qishni istagan chet elliklar o’z davlatidagi Yaponiya elchixonasi oldiga yig‘ilib, immigratsiya cheklovlarini yumshatishni so‘rab namoyishlar o’tkazmoqda!
Germaniya, Ispaniya va Bangladeshda oʻtkazilgan namoyishlar shular jumlasidandir.
Namoyishchilar Yaponiya elchixonasi va oldida "immigratsiya cheklovlarini to'xtatishingizni istaymiz", “Ikki yildan beri kirishni kutmoqdamiz” yozuvi bor qog'ozlarni olib, kirish cheklovlarini yumshatishni so'rashmoqda.
Yaponiya Immigratsiya byurosi maʼlumotlariga koʻra, Yaponiyaga oʻqishga kemoqchi bo’lgan, ammo Yaponiyaga kira olmayotgan xorijliklar soni 2021-yil 1-oktabr holatiga koʻra taxminan 147 800 nafarni tashkil etadi.
Chet elliklarni ushbu namoyishi haqida Xitotsubashi universiteti professori Xiroshi Ota, “Xalqaro talabalar ichida Yaponiyada ishlab qoluvchi yoki muntazam yashab qoluvchilari bor bo’lib, bu Yaponiya kelajagining “inson resurslari urug’idir". Menimcha, hozirgi vaziyat Yaponiyaning milliy manfaatlari uchun zararga ishlamoqda"deya baholadi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​TPS (Toyota Production System) haqida eshitganmisiz?

Butun dunyoga mashxur Toyotaning asosini tashkil qiluvchi TPS 2 qismga bo'linadi:
1. JIT (Just In Time)
2. Jidouka (Autonomation)

Just In Time: Toyotaning bu strategiyasi mashinaning butlovchi qismlarini kerakli qismni kerakli vaqtda, kerakli miqdorda yetkazib berish ma'nosini bildiradi. 1ta mashinani yig'ish uchun tahminan 30,000ta butlovchi qism kerak bo'ladi. Toyota bu butlovchi qismlarni keragidan ortiqcha buyurtma qilib, ortiqcha joyni band qilmaslik uchun, Just In Time strategiyasidan foydalanadi. Buning yaxshi va yomon taraflari bor. Yaxshi tarafi: yuqorida aytganimizdek, ortiqcha qismlarni saqlash uchun ombor va unga ketadigan harajat kamayadi va avtomobilning tan narxi ham qisman arzonlashadi. Yomon tarafi esa, butlovchi qism yetkazib beruvchi firmalarda favqulotda vaziyatlarda kerakli miqdorda mahsulot topilmasa avtomobil ishlab chiqarishga ta'sir qiladi.

JIDOUKA (Autonomation): Toyotaning ko'plab zavodlarida foydalaniladigan robotlar zamonaviylashgan bo'lib, mashinani butlash bilan bir vaqtda uning sifatini ham tekshiradi. Ishlab chiqarishda avtomobil bir necha jarayondan o'tadi. Agarda robotlar biror jarayonda avtomobilning qaysidir qismida nuqson yoki talabga javob bermaydigan nosozlik sezga birdagina ishlashdan to'xtaydi. Va nuqson shu joyning o'zida bartaraf etilib, oxirgi jarayonga borib sifatsiz avtomobil chiqishini oldi olinadi. Bu jarayon yapon tilida 自働化 (jidouka) deyilib, o'zi mustaqil ishlash degan ma'noni bildiradi.

O’zingizni qiziqtirgan mavzular haqida fikringizni qoldiring va biz qo’limizdan kelgancha siz uchun qiziq mavzularda post qilishga harakat qilamiz!

Yanada ko’proq ma’lumotlar 👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Foydali ma’lumot, o’tkazib yubormang

⚡️5-fevral (shanba) kuni soat 18:00 ( Yaponiya vaqti 22:00) da ovozli suhbat bo'lib o'tadi.

🔥Suhbat mavzusi: “Yaponiyada stipendiyasiz kelib universitetda ta'lim olish va universitetni bitirib ishga joylashish".

🎙Spiker: Jalilov Akbar

Nagoya Iqtisodiyot Universiteti PhD talabasi, EIKO HOLDING kompaniyasi hisobchisi va “KAIZEN” telegram kanali adminstratori.

✏️Mavzu yuzasidan o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarni shu post ostidagi izohlarda qoldirishingiz mumkin!

Suhbatni “Yapon tili va Yaponiya”kanalida
Ushbu link orqali tinglashingiz mumkin👇
@yapontili_uzbekistan

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Niqobda bo’lsa ham 50 sm masofada virus yuqish xavfi mavjud

Kobedagi Fizika va Kimyo ilmiy tadqiqot markazi "Tomitake" superkompyuteri yordamida yangi koronavirus bo’yicha, gapirayotganda tuprik qanday tarqalishini o'rganmoqda.
Ilmiy izlanishlarga ko’ra, Omicron shtammi Delta shtammiga qaraganda 1,5 barobar ko'proq tez yuquvchan ekani ma’lum bo’ldi. Shuningdek, Omicron shtammi yuqtirgan inson bilan niqob taqqan holatda 15 daqiqa 1 metr dan ortiq masofada turib gaplashilsa, virus deyarli yuqmaydi. Agar oraliq masofa 50 sm dan yaqinroq bo'lsa, virus taxminan 14% yuqishi aniqlandi.
Niqobsiz holatda oraliq masofa 1 metr bo’lganda virus 60%, agar 50 sm da bo’lsa deyarli 100% virus yuqadi ekan. Ilmiy tadqiqot natijalari gapirayotganda albatta niqob taqishi va oraliq masofaga diqqat qilish nihoyatda zarur degan xulosaga keldi.


Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

#tez_kunda

"TALABA DO‘STIMGA 78+ TAVSIYA"

🧑‍🎓Talabalik – oltin davr! Keyingi hayotingiz ko‘p jihatdan o‘sha “oltin davr”ni qanday o‘tkazganingizga bog‘liq. Shunchaki, do‘stlar bilan o‘yin-kulgudami yoki katta hayotga tayyorgarlik bosqichi sifatidami?

📖 Kitobdan parcha

📙 Mundarija

⏳ Kitob 2022-yil 5-fevraldan sotuvga chiqariladi.

Мuallif: Alisher Umirdinov,
Nagoya Iqtisodiyot universiteti professori

Tili: O'zbek (lotin alifbosida)
Hajmi: 224 bet
Format: 84х108 1/32
ISBN: 978-9943-7580-3-2
Muqova: Yumshoq

📍 Дўконимиз манзили: Геолокация

🛵
Уйингизга етказиб берамиз!

✍️ Мурожаат қилиш

Биз билан боғланиш:

☎️ +998 99 554-70-70
☎️ +998 93 554-63-70
☎️ +998 99 850-73-40
Telegram | Facebook | Instagram

Yanada ko’proq malumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

#Live

Toyama prefekturasidagi yapon tili maktabi yangi o’quv yilini faqatgina bitta chet ellik talaba bilan boshlaydi

Yangi koronavirusning tarqalishi ko'pchilik xalqaro talabalarning Yaponiyaga kelishiga to'sqinlik qilmoqda.
Toyama prefekturasidagi yapon tili maktabida o‘qishi kerak bo‘lgan 26 nafar talaba Yaponiyaga kela olmay, o‘z yurtida kutishmoqda. Shu yilning Aprel oyidan ushbu maktabda faqatgina bitta xorijlik talaba tahsil olishi mumkinligini aytilmoqda.
Xorijlik talabalar kela olmayotgani bois Maktablar davlat tomonidan ajratilgan pul hisobidan o‘z faoliyatini davom ettirmoqda!Ammo bu holat davom etsa, o’qituvchilarning oylik to’lovlari ham muammo bo’lib, maktab faoliyatini ortiq davom ettira olmasligini aytadi.
Maktab direktorining so’zlariga ko’ra “Kelgusi yil maktab faoliyatini davom ettirish mushkul ekani va Toyamaga foydasi tegishi mumkin bo’lgan iqtidorli chet ellik talabalar kamayib ketishi” aytilmoqda

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Akita prefekturasining Yokote shahriga sayohat qilamiz…

Akita prefekturasining Yokote shahridagi "Kamakura" festivali- taxminan 450 yillik an'anaga ega bo'lib, yaponlar etiqodi bo’yicha u suv xudosiga bag'ishlangan kichik yangi yil tadbiridir.
Har yili fevral oyida o'tkaziladigan festival davomida shaharda 100 ga yaqin “kamakura” o'rnatiladi va ichkariga qarasangiz, bolalar sizni hayratlanarli va guruchli tortlar bilan xursand qilishadi. Bundan tashqari, ko'plab mini-kamakuralar tayyorlanib yorug'lik manzarasi kishi qalbiga nihoyatda huzur bag’ishlaydi.
Sovuqda ham iliqlikni his qilish mumkin bo'lgan Toxokudagi "qishning ajoyib manzarasi" qalbingizni isitadi.

‼️Kamakura bu-bolalar uy o'ynaydigan qor kulbalari

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

⚡️#LIVE

Yaponiyada benzinning narxi so’ngi 13 yil ichida eng yuqori narxda sotilmoqda.

Yaponiyada benzinning kuchliligiga qarab 2turi mavjud:
1. Oddiy (Regular) - odatiy turdagi mashinalarga quyiladi
2. Kuchli (Premium) - asosan motorining ot kuchi kuchli va sportkarlarga quyilib, narxi Regulardan tahminan 10~12 yen qimmat bo’ladi!
Regular benzinning o’rtacha narxi 170.9 yen (0.94 dollar)ga yetgani aytilmoqda. Benzin narxining qachon pasayishi haqida esa aniq ma’lumot yo’q.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

400 nafardan ortiq talabalar uchun Yaponiyaga kirishga ruxsat beriladi

Ushbu qaror Seshanba kuni Ta'lim Vazirligi tomonidan qo'shma yig'ilishda ma’lum qilingan.

Unga ko’ra, 400 nafar talaba orasida hukumat tomonidan homiylik qilinadigan va oʻzini-oʻzi taʼminlovchi universitet talabalari hamda oʻrta maktab oʻquvchilari ham bor. Hukumat talabalarning ishi jamoat manfaati va shoshilinch ekanligini hisobga olib, ularga istisno holatlar sifatida kirishga ruxsat etilishi kerak deb hisoblaydi.

Yanvar oyida kirish ruxsatnomasi berilgan 87 nafar chet ellik talabalarning barchasi hukumat tomonidan moliyalashtirilgan talabalar edi. Bu safar ruxsat berilgan talabalar qatoriga bir yildan kamroq vaqt ichida o‘z kurslarini tugatadigan yoki bitiradiganlar hamda o‘qishlari shaxsiy tajriba yoki darslarni talab qiladigan talabalar kiradi. Ushbu talabalar fevral oyining oʻrtalaridan boshlab Yaponiyaga kela boshlaydi.

©️Yomiuri Shinbun

Yangiliklar kanali
👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Hokkaydoga sayohat qilamiz…

Siz rasmda ko’rib turgan joy Hokkaydoning Chitose shahridagi Shikotsu ko'li bo’lib, taxminan 32000 yil oldin vulqon otilishi natijasida yuzaga kelgan Kaldera ko'li hisoblanadi.
Ushbu ko'lda o'tkaziladigan "Chitose•Shikotsu ko'li muz festivali" Hokkaydoni eng mashxur qishki festivalidir.

Shikotsu ko'li suvini purkagich bilan purkash natijasida muzlatib, ko'p sonli katta va kichik muz ob'ektlari barpo etilgan.
Kunduzi Shikotsu ko'li deb ataluvchi tabiiy ko'k rangda, kechasi esa turli xil ranglar uyg’unligida yoritilgani uchun O’zgacha bir dunyo vujudga keladi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiya Immigratsiya qoidalarida yana o’zgarish yuz berdi

Hukumatning qaroriga ko’ra endilikda O’zbekistondan Yaponiyaga kelevchilar immigratsiya qoidalari bo’yicha Maxsus karantin uchun belgilangan Hotelda 3 kun karantinda qolishadi!
Ushbu qoida, immigratsiya tartibini yumshatish asnosida avvalroq bekor qilingan edi.
Vaziyat yuzasidan Yaponiya Sadosi muhburi Yaponiyaning Immigratsiya Buyurosi bilan bog’lanib ushbu ma’lumotga aniqlik kiritdi! Unga ko’ra mamlakatda korona virusga chalinayotganlar soni haddan tashqari ko’payib borayotganligi bois 2022-yil 31-yanvardan yana qayta joriy etilgani ma’lum bo’ldi.
Ma’lumot o’rnida 3 kunlik Hotel harajatlari davlat tomonidan qoplanadi!

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/yaponiya_sadosi

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Foydali ma’lumot

⚡️5-fevral (shanba) kuni soat 18:00 ( Yaponiya vaqti 22:00) da ovozli suhbat bo'lib o'tadi.

🔥Suhbat mavzusi: “Yaponiyada stipendiyasiz kelib universitetda ta'lim olish va universitetni bitirib ishga joylashish".

🎙Spiker: Jalilov Akbar

Nagoya Iqtisodiyot Universiteti PhD talabasi, EIKO HOLDING kompaniyasi hisobchisi va “KAIZEN” telegram kanali adminstratori.

✏️Mavzu yuzasidan o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarni shu post ostidagi izohlarda qoldirishingiz mumkin!

Suhbatni “Yapon tili va Yaponiya”kanalida
Ushbu link orqali tinglashingiz mumkin👇
@yapontili_uzbekistan

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇

/channel/yaponiya_sadosi

Читать полностью…
Subscribe to a channel