Toyota kompaniyasi biznes hamkorlariga kiberhujum qilinganligi sababli Yaponiyadagi barcha zavodlarining faoliyatini to`xtatdi
Toyota Motor korporatsiyasi 1-mart kuni Yaponiyadagi barcha zavodlarini yopishini ma’lum qildi. Kompaniyaning eng asosiy mijozlaridan biri bo`lgan avtomobillarning ichki va tashqi ehtiyot qisimlarini ishlab chiqaruvchi Kojima Press kompmaniyasi tizimda nosozlik kuzatilgani xaqida xabar qilgan, mutasaddilarning so'zlariga ko'ra kompaniya kiberhujumga uchragan. Hozirda kompaniya sabablarni o'rganmoqda.
Manba: NHK News
Yaponiya DXR va LXR ga sanksiya e’lon qildi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida, o’zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan Ukraina hududidagi Donbass hamda Luganssga qarshi sanksiyalarini e'lon qildi. Unga ko’ra sanksiya mazmuni DXR va LXR fuqarolariga viza berishni to'xtatish, kapitallarni muzlatish, respublikalar bilan eksport-import aloqalarini taqiqlash kabilarni o’z ichiga oladi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Xitoyda Yaponiya elchixonasi xodimlari hibsga olingani yuzasidan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xitoy tomonining uzr so‘rashini talab qildi
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi 22-fevral kuni Yaponiyaning Xitoydagi elchixonasi xodimlari 21-fevral kuni Xitoy rasmiylari tomonidan vaqtincha hibsga olinganini maʼlum qildi.
22-fevral kuni Vitse-vazir Takeo Mori qattiq norozilik bildirib, Xitoyning Yaponiyadagi elchixonasining muvaqqat ishlar vakilidan uzr soʻrashni talab qildi. Shuningdek, ushbu holat Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasini ochiqdan-ochiq buzish ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birgalikda, ayni holatni yana takrorlanishning oldini olish choralarini ko'rishga chaqirdi.
Ma’lumot o’rnida, Vena konventsiyasi diplomatlarning, jumladan, biznes va texnik xodimlarning hibsga olinmaslik imtiyozi hamda elchixonalar daxlsizligini tan oladi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Universitetlar va tashkilotlar ko'plab xorijliklar imkon qadar tezroq Yaponiyaga kirishini xohlashmoqda
Yapon universetlarining prezidentlari va boshqa tashkilot rahbarlari chet ellik talaba va ishchilarni tezroq Yaponiyaga kirishlari uchun o’z munosabatlarini bildirishmoqda.
Xabaringiz bor, Yaponiya hukumati mart oyidan boshlab xorijliklarning Yaponiyaga kirishiga ruxsat berishini e’lon qildi.
Qariyb 150 000 ga yaqin chet ellik talabalar Yaponiyada o'qishni kutishmoqda. AQShning Tokiodagi Templ universitetida koronavirus tarqalishidan oldin 900 nafar xorijlik talabalar tahsil olayotgan edi. Universitet hozir Yaponiyaga 300 dan ortiq talabalarining kirishini kutyapti.
Universitet prezidenti: "Ba'zi odamlar ishlash uchun keladi, shuning uchun kuniga 5000 kishi yetarli emas deb o'ylayman. Ba'zi talabalar Yaponiyaga kelish qaroridan vos kechib, boshqa mamlakatlarda o'qishga qaror qilishgan. "Men ko'plab xorijliklarni imkon qadar tezroq Yaponiyaga kirishini xohlayman" deya murojat qildi.
Saitama prefekturasida texnik stajyorlarga g'amxo'rlik qiladigan tashkilot shunday dedi: "Stajyorlar bir yildan ortiq kutishmoqda. Menimcha, chet eldan Yaponiyaga kirishni osonlashtirish yaxshidir".
Manba: NHK news
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
QR code haqida bilarmidingiz?
QR (Quick Response) kod tizimi 1994-yilda Yaponiyaning Denso Wave kompaniyasidan Masahiro Hara tomonidan ixtiro qilingan.
Dastlabki dizaynga GO (囲碁) o'yinidagi taxtaning oq-qora qismlar taʼsir qilgan. Uning maqsadi ishlab chiqarish vaqtida transport vositalarini kuzatish edi. U yuqori tezlikda komponentlarni skanerlash imkonini berish uchun ishlab chiqilgan.
Ajablanarlisi shundaki, Denso Wave kompaniyasi QR kodlaridan foydalanishda mualliflik huquqini olmagan yoki patent cheklovlarini qo'ymagan va ommabop foydalanish uchun yo'l ochib bergan. Va shu qarori bilan kamida ko'p millionlik daromadga ega bo'lish imkoniyatini boy bergan. 🤦♂
Yaponlarning ba'zi birlari mana shunday beg'araz ixtirochilar bo'ladi, shunga ham Yapon davlatida baraka bordir. Siz nima deb o'ylaysiz?
Manba: KAIZEN|Shaxsiy komillik sari kanali
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya hukumati Xitoyda josuslik uchun xibsga olingan fuqarosini ozod qilmoqchi
Yaponiya Xitoydan Shanxayda hibsga olingan yapon fuqarosini tezda ozod qilishni qat'iy talab qilmoqda.
Payshanba kuni navbatdagi matbuot anjumanida Vazirlar mahkamasining bosh kotibi Hirokazu Matsuno jurnalistlarga ma'lum qilishicha, Xitoy dekabr oyida Yaponiyaning Shanxaydagi Bosh konsulligiga 50 yoshlardagi yapon erkak Xitoy qonunlarini buzganlikda ayblanib hibsga olingani haqida xabar bergan.
Bosh kotibning so'zlariga ko'ra, Xitoy rasmiylari tomonidan erkakning sog'lig'ida muammolar yo’qligi aytilmoqda, ammo Bosh konsullik u bilan uchrashishni talab qilmoqda.
Janob Matsuno, shuningdek, hukumat turli imtiyozlar va imkoniyatlardan foydalanib uni muddatidan oldin ozod qilishga intilayotganini aytdi.
“Hukumat Yaponiya fuqarolarini himoya qilish nuqtai nazaridan ayblanuvchining oilasi bilan bog'lanib imkon qadar ko'proq yordam beradi” deydi u.
Ma’lumot o’rnida, 2015-yilda ham Pekinda josuslikda ayblanib hibsga olinganidan keyin 12 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan 70 yoshlardagi erkak yapon fuqorosi kasallikdan vafot etgan. Bu haqida Xitoy rasmiylari 7 fevral kuni Yaponiyaning Pekindagi elchixonasiga xabar bergan.
Manba: NHK news
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
⚡️Yaponiya mart oyigacha yana 10million doza “Pfizer” vaksinasini sotib oladi
Yaponiya sog’liqni saqlash vaziri Shigeyuki Goto, jurnalistlarga bergan intervyusida “Hukumat vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralarni davom ettiradi” deya ta’kidlab, 3-bosqich vaksinatsiyasi uchun yana 10milloin doza Pfizer sotib olinayotganini bildirdi.
Avvalroq, bosh vizir Fumio Kishida chegaralarni ochish uchun kuniga 1mln doza vaksinatsiya qilish zarur ekanligi haqida aytgan edi.
Tokio hamda Osaka prefekturalarida ommaviy vaksinalash uchun maxsus hajmdagi joylar tayyorlanmoqda.
Ma’lum qilinishicha mamlakat aholisining 7.9%igina 3-dozani olishga ulgirgan.
Ma’lumot o’rnida, Pfizer vaksinasidan tashqari, Moderna hamda Novavax kompaniyalaridan joriy yil 93mln hamda 150mln dozada vaksina sotib olishga kelishilgan edi.
#Vaksina
#YaponiyaSadosi
Yaponiya yangiliklari kanali👇🏻
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Telegram | Facebook | Instagram
Yaponiya Bosh vaziri Ukraina prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Bosh vazir Fumio Kishida 15-kuni Ukraina prezidenti Aleksandr Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu ikki yetakchining birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti bo‘ldi. Bosh vazir Rossiyaning harbiy bosqinidan xavotirga tushib, “Ukraina suvereniteti va hududi birligini izchil qo‘llab-quvvatlashi” haqidagi pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi. Ikki lider taranglikni yumshatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarini davom ettirishga kelishib oldi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
2030-yilga kelib Yaponiyada 630 ming xorijlik ishchilar yetishmasligi tahmin qilinmoqda
Yaponiyada ishchi kuchi yetishmasligi katta muammolardan biriga aylanib bormoqda.
JICA tadqiqot instituti 2030 yilda zarur bo’lgan chet ellik ishchilar sonini va hozirda Yaponiyada aholisi ko’p istiqomat qiladigan 13 mamlakatdan yaqin kelajakda qancha odam kelishini hisoblab chiqdi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, odamlar o'rniga texnika tomonidan ko'proq ish bajarilsa ham, 2030 yilda 4,19 million xorijlik ishchilar kerak bo'lib, 630 ming xorijlik ishchilar yetishmasligi aytilmoqda.
Bunga sabab, o‘z davlatining iqtisodining o‘sishi va ish haqining Yaponiyanikidan unchalik farq qilmasligi, bu davlatda bolalar sonining kamayishidir.
JICA, "Xorijlik ishchilar kuchiga muhtoj davlatlar soni tobora ko’payib bormoqda. Shu boisdan Yaponiya chet elliklar uzoq vaqt davomida xotirjamlik bilan ishlashlari mumkin bo'lgan jamiyat yaratishi kerak" deya takidlamoqda.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
#Tezkor #Siyosat
Yaponiyaning Kiyevdagi elchixonasi hodimlari mamlakatdan olib chiqib ketiladi.
13-fevral kuni Ukrainadagi vaziyat keskinlashish xavfi borligi sababli, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatdagi Yapon fuqarolarini tezroq chiqib ketishi bo’yicha ogohlantirildi. Yaponiya elchixonasi bugundan boshlab rasman yopiladi va Ukrainada 10kishidan ortiq bo’lmagan hodimlar qolishi aytiladi xabarda.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Hayashi Gavayida AQSH va Janubiy Korea bilan 3tomonlama muzokaralardan so’ng bergan intervyusida Ukrainadagi Yapon fuqarolarini zudlik bilan xavfsiz tarzda evakuatsiya qilinishini aytgan edi.
Kunchiqar yurtning Ukrainadagi elchisi Kuninori Matsuda, mamlakatda 10nafardan kam bo’lgan hodim qolishini bildirgan edi.
Yaponiya yangiliklari kanali👇🏻
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Telegram | Facebook | Instagram
Yaponiya shu oydan boshlab chet ellik ishchilar va talabalarga mamlakatga kirish uchun ruhsat beradi.
TOKYO–Nikkei axborot nashrining ma’lumotlariga ko’ra Yaponiya shu oydan boshlab chet elliklarning kelishiga qo'yilgan cheklovlarni yengillashtiradi va asta-sekin ko'proq tadbirkor sayohatchilar va talabalarga ruxsat beradi, chunki odamlarni ikki yil davomida mamlakatdan chetlashtirgan qattiq cheklovlar tufayli umidsizlik kuchayib bormoqda.
Omikron koronavirus variantiga javoban noyabr oyining oxirida amalga oshirilgan qattiqroq chegara nazorati endi bir nechta uzaytirishlardan keyin 1-Martda tugaydi. Bungacha hukumat kuniga 1000 dan ortiq odamni qabul qilishni boshlashni va asta-sekin cheklovni bir necha mingga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Maktablar va kompaniyalar homiyligida kelayotgan sayohatchilarni nazorat qilishlari kutiladi va tashrif buyuruvchilardan mamlakatga kirgandan keyin bir muddat karantinda turish so'raladi.
Tadbirkor sayohatchilarga nisbatan yumshoqroq cheklovlar qisqa muddatli xizmat safarlariga ham, uzoq muddatlisiga ham tegishli bo'ladi. Hukumat tadqiqotchilar va muhandislarga, shuningdek,"jamoat manfaatini" ta'minlovchi ishchilarga ustuvor ahamiyat beradi.
Yaponiya avvalroq hukumat homiyligidagi bir nechta chet ellik talabalarga mamlakatga kirishga ruxsat berishni boshlagan edi. Ushbu kengroq ochilish Yaponiyada shaxsiy darslarsiz bitira olmaydigan talabalarga ko’proq ustunlik beradi.
Karantin muddatlarini yetti kundan uch kunga yoki undan kamroq muddatga qisqartirish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Saralash uchun sayohatchilar, ham Yaponiya, ham chet el fuqarolari vaktsina olgan bo’lishlari va COVID-19 uchun sinovdan o'tishlari kerak. Hukumat talab qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirish va skrining jarayonini soddalashtirishni rejalashtirmoqda.
Koronavirus holatlari dinamikasiga qarab, keyingi haftada qaror qabul qilinadi.
Amaldagi qoidalarga ko'ra, doimiy yashash huquqiga ega bo'lmagan chet el fuqarolari, qoida tariqasida, faqat insonparvarlik yoki "jamoat manfaati" uchun Yaponiyaga kirishlari mumkin. Immigratsiya xizmatlari agentligi ma'lumotlariga ko'ra, dekabr oyida mamlakatga kelgan chet ellik sayohatchilar kuniga o'rtacha 767 nafarga qisqargan.
Ayni paytda esa 3500 ga yaqin kishi etib belgilangan kirish cheklovi 1-Mart oyida cheklovlar olib tashlanganidan so’ng oshiriladi. Ma’lumot uchun, Noyabr oyidagi cheklov o‘rnatilgunga qadar 5000 kishiga ruhsat etilgan edi. Kiruvchilar sonini haddan tashqari cheklab qo’yish ham tanqidlarga sabab bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Manba: NIKKEI Asia
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
🔥Yokohama Chinatown markazida yong'in yuz berdi
Yokohama Chinatownda 11-fevral kuni soat 10:35 atrofida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong’indi bartaraf etish uchun taxminan 30 ga yaqin o‘t o‘chirish mashinasi safarbar etilishi natijasida shaharda biroz tartibsizlikni yuzaga keldi!
Tushga yaqin yong‘in o‘chirildi, kuygan qoldiqlar orasidan bitta erkak kishining jasadi topildi. Kanagava prefekturasi politsiyasining Kagacho politsiya bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar haqida hozircha boshqa ma’lumotlar yo’q.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya hukumati Pfizer dori-darmonlarini mamlakatda ishlab chiqarilishiga ruxsat berdi
10-fevral kuni Yaponiya Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi Amerikaning Pfizer tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirusga qarshi ichiladigan dori sifatida “Pakirovid”ni ishlab chiqarish va sotishga ruxsat berdi. Bu Yaponiyada engil kasallar uchun ichiladigan dori sifatoda Merck kompaniyasining "Molnupiravir" dan keyin ikkinchi dori turi hisoblanadi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Narita Aeroportida haydovchisiz qatnovchi avtobus sinov rejimida ishga tushiriladi
Tez orada Tokyo tashqarisidagi Narita aeroportidagi terminallar o'rtasida haydovchisiz avtobus qatnovni amalga oshiriladi. Uning ishlab chiquvchilari avtobusni muntazam xizmat ko'rsatishga qo'yishni rejalashtirmoqda.
Yaponiyaning ikkita yetakchi aloqa operatorlari NTT East va KDDI ikki haftalik sinovni o‘tkazish uchun noyob hamkorlikni tashkil qilishdi. Dushanbadan boshlab avtobus 2 va 3-terminallar o'rtasida qatnay boshlaydi. Avtobusning dasturiy ta'minoti Yaponiyaning Tier IV startapi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib u 5G simsiz texnologiyasidan foydalanadi. Bort kameralari aniq tasvirlarni real vaqtda Narita monitoring markaziga uzatib turadi.
Favqulodda vaziyat sodir bo’lsa uzoqdagi odamlar avtobusni masofadan boshqarishi mumkin.
Manba: NHK news
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
#Siyosat
Bosh vazir Fumio Kishida sobiq bosh vazir Yoshihide Suga bilan uchrashuv o’tkazdi
Bosh vazir Fumio Kishida 10-fevral kuni ertalab Liberal-demokratik partiyaning sobiq bosh vaziri Yoshihide Suga bilan Parlamentda uchrashdi. Ma’lum bo'lishicha, ular yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi choralar, iqtisodiyot, siyosat va yozda bo'lib o'tadigan yuqori palataga saylovlar bo'yicha fikr almashgan.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya Putinning aktivlarini muzlatib qo'yadi va SWIFT sanktsiyasiga qo'shiladi
Yaponiya Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasiga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa muhim hukumat amaldorlarining moliyaviy aktivlarini muzlatishga qaror qildi.
Yakshanba kuni qarorni e'lon qilar ekan, Bosh vazir Fumio Kishida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi status-kvoni kuch bilan o'zgartirishga qaratilgan bir tomonlama urinish va xalqaro tartib poydevorini titratish, dedi. Janob Kishida, Rossiyaning bu harakati xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzish ekanligini, bunga hech qachon toqat qilib bo’lmasligi va Yaponiya buni keskin qoralashini aytdi. Shuningdek, u xalqaro tartib normalarini himoya qilish uchun birlashgan va qat'iy javob berish zarurligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, Yaponiya SWIFT xalqaro to'lov tarmog'idan Rossiyaning tanlangan banklarini uzishda AQSh va Evropa mamlakatlariga qo'shiladi.
Bundan tashqari janob Kishida Yaponiya Ukraina xalqiga favqulodda gumanitar yordam sifatida 100 million dollar ajratishini va qoʻshimcha ravishda 100 million dollarlik iyenadagi kreditlar ham taqdim etishini ta’kidladi.
Manba: NHK news
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Janubiy Koreya bosh vaziri Yaponiya bilan tarixiy muammolar yuzasidan ikki davlat shoshilinch muloqotga muhtojligini aytdi
Janubiy Koreya Bosh vaziri Kim Bu Gyeom kuni kecha xorij matbuoti bilan matbuot anjumani uyushtirib, Yaponiya bilan tarixiy muammolar yuzasidan "muloqot zudlik bilan zarur. Har ikki davlat rahbarlari kelajak avlodlar uchun harakat qilishlari kerak" dedi.
Janubiy Koreyada prezidentlik saylovlari mart oyida bo‘lib o‘tadi, may oyida esa yangi hukumat ishga tushadi. Janob Kim, "Hozirgi ma'muriyat muammoni hal qila olmasa ham, keyingi hukumat buni hal qiladi degan umiddaman" deya takidladi.
Shuningdek, janob Kim matbuot anjumanida "Tarixiy muammolar bo'yicha hukmlar va savdo mojarolari (Yaponiya-Koreya) har ikki davlat oldida turgan uyga vazifasidir", dedi.
Janubiy Koreya Oliy sudi 2018-yilda yapon kompaniyalarini yapon harbiylari tomonidan tarixda majburiy xizmatga yollangan va nomusi toptalgan koreyaliklar uchun kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklagani haqidagi qaror va Yaponiya hukumatining 2019-yilda Janubiy Koreyaga eksport cheklovlarini kuchaytirishi haqida so‘z yuritilishi kutilmoqda.
Janubiy Koreya Oliy sudi Qarori yuzasidan, Yaponiya hukumati Yaponiya-Koreya da'volari bo'yicha kelishuvning buzilishi deya baholab qarorga qarshi chiqib keladi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Nagoya pochta bo'limida o'g'irlik sodir bo’ldi
22-Fevral kuni ertalab soat 10:30 atrofida bir kishi qo’lida pichoq bilan Nagoya shahridagi "Nagoya Motosakurada pochta bo'limi" ga bostirib kirib, taxminan 90 000 yen naqd pulni o‘g‘irlab, qochib ketgan. Voqea joyida hech kimning jabrlanmagani aytilmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi pichoqni ko‘rsatib, xodimdan 90 ming yenga yaqin pulini o‘g‘irlab mototsiklda qochib ketgan. Politsiya talonchilik ishi sifatida qochib ketgan jinoyatchining qayerdaligini kuzatmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra jinoyatchi Erkak kishi bo’lib, taxminan 30-40 yoshlarda, bo‘yi 170 sm atrofida, egnida qora jemper va to‘q ko‘k shim kiygani aytiladi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yapon kashfiyotchilaridan o’zgacha, puflanadigan elektr skuter va divanlar - POIMO
Ayni vaqt sinov muddatini o’talayotgan ushbu qurilmalar, qulayligi va noodatiy ekani bilan ajralib turmoqda. Bir marta to’liq quvvatlantirilgan batareyka bilan 90daqiqa soatiga 15km tezlikda harakatlana oladi. Og’irligi 10kg chiqadigan ushbu qurilmaga bir necha soniya ichida dam berish mumkin. Tokio Universiteti izalanuvchisi, Sato Hirokining ta’kidlashicha, “Asosiy maqsadimiz jamoat transportlari yurmaydigan, ammo uydan yoki ish joyidan unchalik uzoq bo’lmaganlar shuningdek yoshi katta yoki nogironligi bor insonlar uchun qulaylik yaratish” ekani aytiladi.
Ofis va uyda dam olish maqsadida foydalaniladigan turlarini ham yaratish reja qilingan.
Ushbu elektr skuterlar Tokio Universiteti va “Mercari R4D” kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlanmoqda.
NHK manbasi
#Texnika
Qiziqarli ma’lumotlar kanali👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya Bosh Vaziri chet ellik talaba va tadbirkorlarni mamlakatga kirishiga ruxsat beruvchi qarorni qabul qildi
Yaponiya Bosh vaziri Kishida Fumio bugun, payshanba kuni hukumatning tadbirkor guruhlari va akademik doiralari bosimidan so'ng mart oyidan boshlab cheklangan miqdordagi chet ellik talabalar va tadbirkor sayohatchilarga mamlakatga kirishiga ruxsat berishini e'lon qildi.
Janob Kishida matbuot anjumanida "Omikronning butun mamlakat bo'ylab tarqalish sur'ati sekinlasha boshladi", "O'ttiz olti prefekturada kasallik yuqtirganlar sonining kamayishi kuzatilmoqda" dedi.
Mamlakatga kunlik kiruvchilarning limiti 3500 dan 5000 gacha ko'tariladi. Bunga chet elga yuborilgan yaponiyalik ishchilar ham kiradi, ular mart oyida yakunlanadigan moliyaviy yil oxirida mamlakatga keladi.
Janob Kishida chegara siyosatini ko'rib chiqishda "boshqa mamlakatlardagi vaziyat"ni hisobga olganini aytdi. "Biroq, [qoidalarni] birdaniga bo'shatish haqiqatga to'g'ri kelmaydi", deya qo'shimcha qildi u. U turistlar uchun qachon kirishga ruxsat berish muddatini ochiq qoldirdi.
AQShning Yaponiyadagi elchisi Rahm Emanuelning ta'kidlashicha, bu qaror talabalar va tadbirkor sayohatchilarga foydali bo'ladi, ular "Yaponiya va Qo'shma Shtatlar, shuningdek, boshqa hamfikr iqtisodiy sheriklar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar imkon qadar mustahkam bo'lishini ta'minlash uchun juda muhim" ”, dedi u bayonotida.
Yaponiyadagi Amerika Savdo palatasi ushbu harakatni olqishlab, "bu biznes egalari, uzoqda qolayotgan oilalar va chet ellik talabalarning shoshilinch ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, Yaponiya iqtisodiyotini rag'batlantirish uchun muhim qadam bo'lishini" aytdi.
Mamlakatga keluvchilar hali ham nominal ravishda yetti kun davomida karantin qilishlari kerak bo'ladi, ammo uchinchi kuni COVID-19 uchun salbiy test topshirgan va boshqa ba'zi talablarga javob beradigan odamlar karantinini tugatishlari mumkin. Vaksinaning uchta dozasini ham olgan va koronavirus tez tarqalmagan mamlakatdan kelganlar karantindan ozod etilishlari mumkin.
Yaponiyadagi Templ universiteti dekani Metyu Uilson hukumatdan kunlik limitni 10 000 kishigacha oshirishni so'radi. "Yaponiyaga kirishni kutayotgan deyarli 150 000 talaba bilan har kuni atigi 5 000 nafar sayohatchi Yaponiyaga kirish imkoniga ega bo'lsa, bu kelajakka hissa qo`shuvchilarni mamlakatga olib kirish uchun bir necha oy kerak bo'ladi", dedi u o'z bayonotida.
Manba: NIKKEI Asia news
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya imigratsiya qoidalarini kelasi oydan boshlab yumshatishni rejalashtirmoqda.
Hozirda xorijdan qaytganlar va mamlakatga qayta kiruvchilar 7 kun uyda karantinda o'tirishlari talab qilinmoqda.
Yangi siyosatga ko'ra infektsiya xavfi past deb hisoblangan mamlakatlar va mintaqalardan kelgan muhojirlar uchun karantin muddatini 3 kungacha qisqartirishdan iborat bo'ladi.
Shuningdek uchinchi emlashni hisobga olgan holda karantin muddatini bekor qilish rejasi ham ko'rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, Yaponiyaga kuniga eng ko‘p kiruvchi kishilar soni hozirda 3500 nafarni tashkil etadi, biroq endilikda davlatga kiruvchilar sonini yangi vizasi borlarni ham hisobga olgan holda 5000 nafarga yetkaziladi.
Bosh vazir Fumio Kishida 17-fevral kuni yangi siyosatni ommaga tushuntirish maqsadida matbuot anjumani o'tkazadi.
#YaponiyaSadosi
Yaponiya yangiliklari kanali👇🏻
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya yalpi ichki mahsuloti oktabr-dekabr oylarida yillik 5,4 foizga o'sdi
TOKYO—Seshanba kuni Vazirlar Mahkamasining ma'lumotlariga ko'ra, Yaponiyaning iqtisodiy o'sishi oktyabr-dekabr oylarida oldingi uch oylik davrga nisbatan 1,3 foizga yoki o'tgan yilning shu davriga nisbatan 5,4 foizga o'sdi, bu esa COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanazzuldan so’ng iqtisodning qayta tiklanganini ko’rsatadi.
2021 yil uchun ma’lumotlar dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti uch yil ichida birinchi marta 1,7 foizga o'sganini ko'rsatdi.
O'tgan yili mamlakat iqtisodiyoti har chorakda ijobiy va salbiy o'sish o'rtasida o'zgarib turdi, bu mamlakatni yanvar-sentyabr oylarining ko'p qismida favqulodda vaziyatda ushlab turgan COVID epidemiyasining takroriy to'lqinlarini aks ettirdi. Ko'pgina korxonalarning normal ishlashi cheklangani sababli avtomobil ishlab chiqaruvchilari asosiy komponentlarning yetishmasligidan aziyat chekishdi va ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo’lishdi, restoranlar esa erta yopildi.
2021-yil sentabr oxirida koronavirus sababli favqulodda holat bekor qilingandan keyin xususiy iste'mol tiklandi. Xususiy iste'mol avvalgi chorakka nisbatan 2,7 foizga o'sdi, va bu o'sishning katta qismini tashkil etdi.
Manba: NIKKEI news
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
#Repost
Qarang qancha mag'rur tursa ham,
Bir - biriga egilar Yapon,
Kunda ming bor ta'zim qilgandan,
Balkim, kasal bo'lmas hech qachon.
Kamtarindir aslo bir qadam,
O'tmas g'urur ostonasidan,
SHuning uchun bo'lmas "GRIJA",
Yapon! umurtqa pog'onasidan.
©️Bahodir Iskandarov
#LirikChekinish
#YaponiyaSadosi
Yaponcha she'rlar kanali👇🏻
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Telegram | Facebook | Instagram
Fumio Kishida Ukrainadagi Yaponiya fuqarolarini zudlik bilan evakuatsiya qilinishini buyurdi
Bosh vazir Fumio Kishida 14-fevral kuni tegishli vazirlarga Ukrainadagi keskin vaziyat yuzasidan Yaponiya fuqarolarini himoya qilish va diplomatik sa’y-harakatlarga nisbatan “bekamiko’st to’liq javob berish”ni topshirdi.
Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy bosimi tobora kuchayib borayotganligi bois "Vaziyatni oldindan aytib bo'lmaydigan holat tufayli biz yapon aholisini evakuatsiya qilishga chaqirdik" deydi Bosh vazir Fumio Kishida.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
#LIVE
⚠️O'zbekistonliklar uchun majburiy karantin muddati 6kunga uzaytirildi.
13 fevraldan boshlab O’zbekistondan kelayotganlar uchun belgilangan joyda(mehmonxonada ) majburiy karantin muddati 3 kundan 6 kunga uzaytirildi. Shuningdek Nepal, Misr va Pokistondan keluvchilar uchun ham shu qoidalar amalda.
11 fevraldan ba’zi davlat fuqarolari uchun esa 6 kundan 3 kunga kamaytirilgan yoki 3 kunga belgilanganlar bekor qilingan edi. Quyida batafsil berilgan.
❗️Eslatib o'tamiz, ushbu mehmonxona majburiy karantini harajatlari uchun to'lov undirilmaydi.
Yaponiya yangiliklari kanali👇🏻
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Telegram | Facebook | Instagram
Yaponiya va AQSh Ukrainadagi keskin vaziyat bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Hayashi va AQSh davlat kotibi Antoni Blinken Rossiyaning Ukraina bilan chegarasida harbiy kuchayishiga javob berish uchun o’z davlatlari yaqindan hamkorlik qilishda davom etishiga kelishib oldi.
Hayashi va Blinken bugun, 11-fevral juma kuni Avstraliyaning Melburn shahrida taxminan bir soat davomida muloqot qilishdi.
O‘zining ochilish nutqida Hayashi Yaponiya va Qo‘shma Shtatlar o‘zaro hamjihatlikni rivojlantirgan samarali muhokamalar orqali ikki tomonlama ittifoqni yanada mustahkamlashga muvaffaq bo‘lganini aytdi. U yanada yaqinroq hamjihatlikka intilish niyatini bildirdi.
Ikki rasmiy Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi va ikkala davlat ham jiddiy xavotir hissi bilan Ukraina chegarasi bo‘ylab rus qo‘shinlarining to‘planishini diqqat bilan kuzatayotgani haqida fikrlarini ma’qullashdi.
Ular sobiq sovet respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladilar.
Shuningdek, Blinken, Yaponiyaning tabiy suyultirilgan gaz importini Yevropaga yo'naltirish qarori uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Shimoliy Koreyaning so‘nggi haftalarda qayta-qayta ballistik raketa uchirishi borasida ikki rasmiy uning yadroviy va raketa ishlanmalaridan xavotirda ekanligini bildirdi. Ular Yaponiya-AQSh ittifoqining cheklash va javob berish imkoniyatlarini tobora jiddiy xavfsizlik muhitini hisobga olgan holda yanada kuchaytirish kerak degan fikrga kelishdi.
Kun tartibida Xitoyning dengiz faoliyatini jadallashtirish masalasi ham bor edi. Hayashi va Blinken o'z mamlakatlari status-kvodagi har qanday bir tomonlama va zo'ravonlikka va iqtisodiy qo'rqitishga qat'iy qarshilik ko'rsatishi haqida kelishib oldilar.
Shuningdek, ular AQSh prezidenti Jo Baydenning Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlikni davom ettirishga kelishib oldilar, chunki Tokio joriy yilning birinchi yarmida Quad sammitiga mezbonlik qilishi mumkin. Guruhga Avstraliya va Hindiston ham kiradi.
Manba: NHK news
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
TDR "Toy Story" mehmonxonasini bron qilish boshlandi
Tokio Disney Resort (TDR) da “O‘yinchoqlar tarixi(Toy Story)” filmi mavzusidagi mehmonxona paydo bo‘ldi. Ochilish sanasi 5 aprel, Mehmonxonani bron qilish esa 10-fevraldan boshlab start oldi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Talaba doʻstimga 7+ maslahat
Talaba boʻlish koʻpchilik uchun juda katta baxt. Lekin, "oltin davr" deb ataladigan bu 4 yillikni qanday oʻtkazish bilan inson oʻz kelajagini oʻzgartirishi mumkin.
Baʼzida, "Qani edi talabalik davrimga qayta olsam, bor kuchim bilan oʻqigan boʻlar edim" deb afsus qiladigan insonlar uchrab turadi.
Yaqinda nashr etilgan "Talaba doʻstimga 78+ maslahat" nomli kitob muallifi Umirdinov Alisher akamizdan yonib turgan yosh iqtidor egalari uchun eng sara 7 maslahatni jonli eshitamiz.
"Oltin davr"ni mazmunli va oʻzingiz istagandek oʻtkazish, keyinchalik afsus qilmaslik uchun ushbu suhbatni oʻtkazib yubormang.
🎙 Spiker: Nagoya Iqtisodiyot Universiteti professori Umirdinov Alisher.
⏰ Vaqt: 19-fevral, soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan)
Ushbu jonli suhbatga pastdagi link orqali bog'lanishingiz mumkin!
👉 @kaizen_jp_uz
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Sony’ning AI “Gran Turismo” si eng yaxshi haydovchini mag‘lub etdi
Sony Group kompaniyasi 9-fevral kuni "Gran Turismo (GT)" avtopoyga o'yini uchun sun'iy intellekt (AI) drayverini ishlab chiqqani va dunyoning eng yaxshi geymerlarini yutganini e'lon qildi.
"GT Sophie" deb nomlangan AI drayveri guruhning turli bo'limlari, jumladan, asosiy AI tadqiqotlari va ishlanmalari va syurrealistik real dunyo poyga simulyatorlari tajribasini birlashtirish orqali ishlab chiqilganligini ma'lum qildi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya restoranlarida kartoshka yetishmayapti
Yangi koronavirus muammosi tufayli ishchilar va yuklarni tashish uchun konteynerlar tanqisligi, xorijdan tovarlar kelishining kechikishiga sabab bo’lmoqda. Fried(Qovrulgan) kartoshka import qiluvchi restoranlar tobora ularni menyudan olib tashlamoqda.
Gamburger oshxonalari muzlatilgan kartoshkani AQSh va Kanadadan olib keladi, biroq kontreyner Yaponiyaga kechikib yetib kelmoqda. Shu sababli, Gamburger oshxonalari ham joriy oydan fried kartoshka turlarini kamaytirmoqda.
“Bikkuri Donkey” gamburger restorani muzlatilgan kartoshkalarni Belgiyadan import qiladi. Zavod va portlarda ishchilar yetishmasligi ushbu restoran uchun ham ayni muammoni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli, “Bikkuri Donkey” restoranlarining 40 foizida qovrilgan kartoshklarni sotishni to'xtatgan.
"Freshness Burger"ning ta'kidlashicha, hozircha ularda hech qanday muammo yo'q, chunki ular Hokkaydo kartoshkasidan foydalanishini aytmoqda!
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9