yaponiya_sadosi | Unsorted

Telegram-канал yaponiya_sadosi - Yaponiya Sadosi | LIVE

797

→Yaponiya va dunyo yangiliklarining qisqacha tahlili. →Yapon tilida yozilgan kitoblarning o'zbekcha tarjimasi. 🔵 fb.com/YaponiyaSadosi 🟡 instagram.com/YaponiyaSadosi 🔴 https://bit.ly/3mTqnHz Aloqa uchun👉🏻 @YScontact_bot Reklama uchun👉 @YSreklama

Subscribe to a channel

Yaponiya Sadosi | LIVE

Aziz do’stlar, ChatGPT🤖 haqida eshitdik, to’g’rimi?


🌐 U dunyodagi turli davlatlarda jiddiy munozaralarni keltirib chiqaryapti.

Sun’iy intellektga asoslangan ushbu chat bot ta’lim borasida kichkina inshodan tortib katta hajmdagi referatlarni ham yoza oladi. Bu esa joriy o‘quv dasturi va akademik yaxlitlikni buzib, talabaning ishini baholashni qiyinlashtiradi. Chunki, talaba professor tomonidan berilgan vazifani ChatGPTga ishlatishi mumkin-da!

Yaponiyada ham Tokyo, Kyoto va Sofia universiteti kabi ilm dargohlarida bunga qarshi harakatlat boshlandi. Ba’zi universitetlar (agar professor bunga ruxsat bermagan bo’lsa) yozma ishlarni ChatGPTga yozdirish mumkin emasligiga oid qoidani joriy etishmoqda.
Yaponiya Ta’lim vazirligi esa shu yaqin kunlarda ChatGPTga oid umumiy yo’nalishni belgilovchi hujjatni qabul qilish arafasida turibdi.

Davomini Professor - Alisher Umirdinovning "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanalida o’qishingiz mumkin👇

/channel/talaba_dostimga

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

2023-yil 21-mart kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida nishonlangan yasharish va yangilanish ayyomi- Navro`z bayrami haqida Chuunichi Shinbun nashrida maqola e`lon qilindi.

Batafsil ma'lumot FANUZ kanalida👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFj7wxLty1mK4kFzfQ

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Navro'z ayyomi xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy, eng ardoqli bayramdir. 21 mart kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir. Ayyomni Yaponiyaning Nagoya shahrida keng nishonlash maqsadida konsert dasturi hamda davra suhbatlari tashkil etiladi.
2023-yil 21-mart kuni soat 13:30dan kirish boshlanadi
Manzil: Nagoya Shaharrasmiy tantanalar markazi(Meijo metro liniyasidagi Nagoyajo bekati 3-chiqish yo`lagidan 3 daqiqa)
Tashkilotchilar: O`zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi, “Modern Art” jamoasiHamkorlar: Nagoya Shahar Hokimligi、Nagoya-O`zbekiston Do`stlik Jamiyati
Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin: https://forms.gle/FTiWVG4NhWzEzPwF7
*Joylar soni chegaralangani sababli, avvaldan ro'yxatdan o'tish shart.
-----------------------------------------------------------------
春を告げるナウルーズ
長く厳しい冬が続くウズベキスタンでは、春の気配を感じる3月21日は新しい1年の始まりとなる大切な日。各地で音楽やダンスの催しを開き、春の訪れを盛大に祝う「ナウルーズ」というウズベキスタン最大の祭日です。今回はウズベキスタンから来日した音楽家達を名古屋にお招きし、レクチャーコンサートを開催します。
日時:3月21日(祝・火) 午後1:30分開場(午後2時開始)
場所:名古屋市公館:地下鉄名城線「名古屋城」駅3番出口から南東へ3分
申込先: 名古屋ウズベキスタン友好協会(日本語・ウズベク語)- 40人
名古屋市国際交流課(日本語)- 40人
申込: https://forms.gle/68Lc3mLBPfb2kGti9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

O’zbekistonda ishlab chiqarilgan VIKO hamda Sochnaya Dolina sharbatlari Yaponiyaga export qilinmoqda. 12turdan iborat tabiiy soklarni Yaponiya bo’ylab onlayn harid qilish imkoni mavjud.

O’zbekistondan quruq meva, qovun hamda salqin ichimliklar kunchiqar mamlakatga importi bilan shug’ullanib kelayotgan “Global Silkroad Inc.” kompaniyasi tomonidan 2022-yilda ham 20turga yaqin shartbatlarni Yaponiya bozoriga import qilingan edi.
Joriy yilda ham mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tabiiy sharbatlarning 12turini Yaponiyadagi mijozlarga taqdim etishmoqda.

Ushbu sharbatlarni Nagoya shahridagi SIlkroadMarket do’konidan yoki onlayn orqali ham harid qilish imkoni mavjud.

Onlayn harid qilish buyerda


Shuningdek onlayn market orqali ham buyurtma berish imkoniyati mavjud.
👉 https://famimus.com/products/viko-and-sochnaya-dolina-juices


Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Xitoy hukumati Yaponiya fuqarolariga viza berishni to'xtatdi

Xitoy hukumati 10-yanvar kuni sayyohlik agentliklariga Yaponiyada viza berish tartibini to‘xtatgani haqida xabar berdi. Tokiodagi sayyohlik agentligiga ko‘ra, Xitoy elchixonasi ularga 10- va 11-yanvar kunlaridan vizaga uchun murojaatlarni qabul qilmasliklarini ma’lum qilgan.

Yanada ko’proq ma’lumot👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

📣📣📣 Career Forum in 名古屋

Ushbu tadbirda siz, turli kompaniyalarda ishlayotgan tajribali “Senpai”lar, “Job hunting” qilayotgan tengdoshlar va Recruiting kompaniyalarda ishlayotgan O’zbek mutaxassislar bilan muloqot qilib, foydali maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Bu tadbir, universitetning 1-4 kurs talabalari, “Senmon gakko" va Yapon tili maktabi talabalari uchun mo'ljallangan.

Tadbirda ishtirok etish istagida bo'lgan vatandoshlar quyidagi ilova orqali ro`yxatdan o`tishingiz mumkin.

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScCfhcstYRgsvnWUBD4dZvUVvZSjqDi8Uz5ucYirLzGkW8-7w/viewform?usp=sf_link

Barchangizni Nagoyada kutib qolami
z.

PS #1: Baito va boshqa ishlar ham muhim, lekin tadbirga qatnashish esa kelajagingiz uchun juda muhim (?!)

PS #2: 24-kuni (Shanba) @17:00~ Nagoya Nanzan Universitetda Yangi yil Bayrami bo’lib o’ta
di

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

📊近年いくつの新しい工業企業が設立されましたか。

🏢国家統計委員会によると、2022 年1月から10月までの間に設立された工業企業の数の成長率は、2018 年の同じ時期と比べたら、1.5 倍に増加しました。

✅過去5年間に新しく設立された工業企業の数:

2018年 — 9,509社

2019年 — 17, 506社

2020年 — 16, 048社

2021年 — 16, 691社

2022年 — 13, 856社

詳しい情報はこちら👇
/channel/+2hfGLJG8kCc0OTE1

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

XVIII-XIX асрларда Японияга борган европаликлар кўчалар тозалигига ва японларнинг саранжомликка интилувчанлигига эътибор қаратишган. Bloomberg ҳисоб-китобига кўра, Японияда аҳоли жон бошига Америкадагига қараганда икки баравар кам маиший чиқинди тўғри келади. Чиқиндиларни қайта ишлаш бўйича японлар америкаликлар ва инглизлардан олдинда туради. Бунга чиқинди полигонлари учун ер майдони етишмаслиги ҳам таъсир қилади.

Ёзувчи Даниэл Деметриу Токиони дунёдаги энг тоза шаҳарлардан бири деб ҳисоблайди. У шаҳарда 14 миллион киши истиқомат қилишига қарамай, аэропортлар, вокзаллар ва кўчалардаги озодаликни таъкидлайди: «Ҳатто юқори технологияли жамоат ҳожатхоналарида ҳам саранжомлик бор, камдан кам ҳолларда қоғоз йўқлигини кўриш мумкин».

Япония кўчаларида чиқиндилар ва чиқинди ташлайдиган қутилар деярли йўқ. 1995 йилда Токио метросига кимёвий қурол ёрдамида ҳужум қилинганидан кейин чиқинди қутилари сони камайтирилди. Унда 12 киши ҳалок бўлган ва бир неча минг киши заҳарланган эди. Шундан сўнг, темирйўл вокзаллари ва бошқа жамоат жойларидаги қутилар йўқолди, чунки улар янги ҳужумларни амалга оширишнинг қулай усули сифатида қабул қилинди.

Аммо катта сайёҳлик оқими туфайли Япония аста-секин кўчаларда чиқинди қутиларидан фойдаланишга қайтди. Энди кўплаб чиқинди қутилари шаффоф ва улар метро станцияларида назоратга олинган.

Чиқинди қутилари йўқлиги кўчалардаги чиқинди миқдорига таъсир қилмади. Японлар шунчаки чиқиндиларни уйига олиб кетишади ёки бунга мослаштирилган жойларга ташлашади. Ушбу амалиёт итлари билан сайр қиладиган одамларга ҳам тааллуқли.

The Washington Post мухбири Саймон Дениер шундай ёзган: «Ит эгалари ҳар доим, истисносиз, кўчада итининг нажасини тозалайди, сийдигини эса пластик идишда олиб юриладиган сув билан ювиб ташлайди. Нажасни пластик пакетга солиб, уйига олиб бориб, унитазга оқизиб юборади».

Японлар жамоат ҳожатхоналарида шиппак кияди, такси ҳайдовчилари қўлқопда, касал одамлар эса ниқобда юради

Японияда озодаликка эътибор кундалик ҳаётнинг кўплаб соҳаларини қамраб олади. Токиода 15 йилдан ортиқ яшаб келаётган журналист Юрий Синалеев уйлардаги ичимлик суви сифатига эътибор қаратди:

«Уни қўрқмасдан ичиш мумкин. Бир вақтлар Токио мэрияси ташаббуси билан сув ҳатто пластик бутилкаларда рамзий ҳақ эвазига сотилган. Шунингдек, махсус акция ўтказилиб, аҳолига текин пластик стаканлар юборилган, жўмракдан олинган сувни ичишдан қўрқмасликка чақирилган. 2011 йил март ойидаги ҳалокатли зилзиладан кейин, акция маълум муддатга тўхтатилди, бироқ ўшанда ҳам сувнинг сифати ҳеч қандай ташвиш туғдирмади».

Ёзувчи Юлия Андреева шундай ёзади: «Таксиларда ўриндиқларга оқ чехол кийдирилган бўлади, ҳайдовчилар тоза оқ қўлқоп кийишади. Сайловолди кампаниялари пайтида сиёсатчилар автобусларга ўтириб, кўчалар бўйлаб оқ қўлқопда ташвиқот ўтказишади».

Японлар европаликларнинг компютеридан жирканади, чунки биз улардан фарқли ўлароқ, сичқонча ва клавиатурани дезинфексия қилишга эътибор қаратмаймиз. Японлар уйида, ресторанда ёки меҳмонхонада ҳожатхонага бориш учун алоҳида махсус шиппак кияди.

Ўқувчилар мактабда пойабзалини ечиб қўйишади ва бошқа оёқ кийимини кийишади. Томошабинлар театрда оёқ кийимини алмаштиришади. Уйга чақирилган усталар остонада пойабзалини ечиб киришади.

Александр Прасол «Япония. Давр юзи» китобида хонага киришдан олдин пойабзални ечиш – стандарт жараён эканини ёзади: «Ички ва ташқи макон ўртасидаги чегарани белгилаш учун пол йигирма-ўттиз сантиметрга кўтарилган ҳолда бўлади».

Агар япониялик шамоллаб қолса, бошқаларга юқтирмаслик учун жамоат жойларида тиббий ниқоб тақиб юради.

Ёзувчи Даниэл Деметриу шундай таъкидлайди: «Японияда жамият уйғунлигига беғараз ҳурмат – миллий белги ҳисобланади. Бу унинг ўта пунктуаллиги ва жуда таъсирли меҳмондўстлигида ўз аксини топади».

Манба: Kun.uz

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiyada yangi banknotalar chiqariladi

💲2024-yilning birinchi yarmida yangi dizayndagi banknotalar muomalaga chiqarilishi arafasida bankomatlar va avtomatlar banknotalarni to‘g‘ri aniqlashi uchun test sinovlari o‘tkazilib, tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

💲Qalbaki pullarning oldini olish maqsadida hukumat 10 000, 5 000 va 1 000 iyenalik banknotlarning dizaynini yangilanadi.

💲Yangi banknotlarga dunyodagi birinchi eng zamonaviy gologramma texnologiyasi joriy etiladi. Banknota qiyshayganda portret uch oʻlchamli harakatlanayotgandek koʻrinadi.

Manba:NHK Japan

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yuqori haroratdan yana bir bog’cha bolasi unutilib avtobusda vafot etdi.

5-sentabr kuni Shizuoka prefekturasi Makinohara shahridagi bolalar bog’chasi avtobusida 3 yoshli Kavamoto China ismli qizaloq vafot etdi. Bunga o’sha kuni avtobusni 70 yoshli bog’cha direktori haydaganligi va qizaloqni bog’chada mashinadan tushirishni unutganligi sabab sifatida ko’rsatilmoqda. Mashinaning yon oynalari bo’lmaganligi sababli ham bolani undan keyin hech kim payqamay qolgan. Muhim shundaki, bolani bog’chaga kelganligini o’sha kuni bog’cha dasturiida ham qayd etilgan, ammo o’sha kungi bolalar ro’yhatini qizaloq guruhi rahbari ham tekshirmagan. Natijada bola faqat bog’cha vaqti tugab, bolachalar qaytadigan vaqtda sezib qolingan. Ungacha qizaloq China o’zining suv idishidagi butun suvini ichib tugatib bo’lgan va hushsiz holatda bo’lgan.

Ushbu voqea butun Yaponiya aholisini yuragini qaytadan qattiq og’ritdi. Chunki, o’tgan yili Iyul oyida ham boshqa bir viloyat, Fukuoka prefekturasida 5-yoshli boshqa bir bolacha bog’cha avtobusida esdan chiqarib qoldirilib, issiq haroratdan vafot etgandi. Hozirda ishki ishlar ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
• Yaponiya hukumati yana bog’chalarga bu masala yuzasidan diqqat qilish lozimligiga oid xabarnoma yuborish bilan birgalikda, bu muammo yuzasidan ishchi guruhni tuzganligi habar qilinmoqda. E’tiborlisi, bunday paytlarda ishchi guruhlar soha mutaxassislaridan tashkil topadi(faqat hukumat mulozimlari emas) va bu muammo yuzasidan batafsil hisobotni ishlab chiqib, o’z yechimlari bilan xalqqa e’lon qilinadi. Hukumat esa ushbu hisobotni qabul qilgan holda, unga asoslanib chora-tadbirlarni qabul qiladi.
• Qizaloq China vafot etgan bog’cha esa 7-sentabr kuni OAV uchun matbuot anjumani uyushtirib, unda diretor, uning o’rinbosari barchadan uzur so’radi. Bunday hollarda Yaponiya kompaniyalaridan talab etiladigan muhim qoida bu.
• Tezkorlik bilan yechim sifatida esa bog’cha avtobuslarining shaffof oynalik avtobuslarga almashtirish va bolachalar qolib ketganda ularning baqir-chaqirlarini eshitish uchun alohida censor – eshitgich moslamalarini avtobuslar ichiga joylash butun Yaponiyada boshlanib ketgan.

Manba👇
https://news.yahoo.co.jp/articles/1d679bd5de6bb71526dc2e7c19caab27730ca861

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​Yurishni o'rgatdi otam va onam,
Yurishni o'rgandim. Ketdim uzoqqa.
Orzular ortidan quvish bahonam,
Bir yilda bir bormas bo'ldim qishloqqa.
Hudbinlik bobida mendan zo'ri yo'q,
O'zimni o'ylayman, faqat o'zimni,
Sog'insam manglayi mendan sho'ri yo'q,
Bilmayman nimalar, yopdi ko'zimni.
Olisdaman osmon orzularni deb,
Otam, onam deydi yurakda sog'inch,
Nima qila oldim? men ularni deb,
Qalbda o'rmalaydi tinimsiz o'kinch.
Deyman kunchiqardan ketaman tamom,
Endi chuqurlari ko'rsin yelkani,
Hovurdan tushaman, ota-onam der:
"Bolam, bizga omon bo'lsang bo'lgani!"
Ota-onam so'zin eshitib darhol,
O'zimcha vijdonim poklayman go'yo,
Farovon hayotda o'ynab-kulaqol,
Degandek sehrlar yana Tokio.
Charxpalak aylandi. Ota bo'ldim men,
Baxtdan sig'may ketib butun olamga,
Farzandli bo'ldim-u, katta bo'ldim men,
Yurishni o'rgatdim men ham bolamga.
Yurishni o'rgatdim, otalarga xos,
Atak-chechak qilsa, yorishar ko'nglim,
Qo'rqaman yurishni o'rganib oz-moz,
Meningdek olisga ketsa gar o'g'lim.
Iltimos, olisga ketma jon o'g'lim!

2022/09/01
©Bahodir Iskandarov

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiya hukumati kelgusi oydan boshlab mamlakatni chet ellik sayohatchilar uchun bosqichma-bosqich ochish rejasini ko'rib chiqmoqda.

Bosh vazir Fumio Kishida payshanba kuni Buyuk Britaniyaga tashrifi chog'ida G7ning boshqa a'zolari bilan bir qatorda koronavirusga qarshi chegara nazorati yengillashtirilishini aytdi.

Hozirdan tegishli vazirlik va idoralar bilan muhokamalar olib borilmoqda.

Hukumat, shuningdek, to'liq qayta ochilishidan oldin sinov tariqasida ba'zi mamlakatlardan kichik guruhli tur sayyohlarni qabul qilishni boshlashi mumkin.

Rasmiylar, shuningdek, kunlik xorijdan kelishlar cheklovi muhokama qilmoqdalar, hozirda kuniga 10 000 kishi belgilangan.

Ular Yaponiyada ham, xorijda ham infektsiya holatini sinchkovlik bilan baholashni rejalashtirmoqdalar, shunda qayta ochilish yangi holatlarning ko'payishiga olib kelmaydi.

#YaponiyaSadosi
#TuristViza

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

YaponiyaTashqi ishlar vazirligi 31- mart kun kuni Yaponiya hukumati tomonidan qo‘llanilayotgan ukraincha joy nomlarining nomi ruscha talaffuzga asoslanib qo`llashdan ukraincha talaffuzga asoslanib qo`llashga o`tilishini ma’lum qildi. Qaror 31-mart kunidan kuchga kirdi. Poytaxt “Kiyev”dan “Kiev”ga, “Chernabil” esa “Chernobil”(Yapon tilida farq qiladi)ga o‘zgartiriladi.

Vazirlikning ta'kidlashicha, o'zgartirish sababi "Yaponiya hukumati sifatida Ukraina bilan yanada birdamlik ko'rsatish harakati". Shuningdek, u turli odamlar poytaxt nomini ukrainchaga o'zgartirish kerakligini ta'kidlaganini tushuntirdi.

Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hukumati bilan bog‘langanda, ular o‘zgartirishga rozi bo‘lishdi. Janubiy port shahri "Odessa" "Odessa", オデッサ」dan「オデーサ」、"Dnepr daryosi" esa "Dnepr daryosi”「ドニエプル川」dan「ドニプロ川) ga o'zgartiriladi.


Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Rossiya Kiyev va Chernigov atrofidagi harbiy harakatlarni kamaytirishga qaror qildi. Bu haqida Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Fomin Ukraina bilan Istanbulda bo`lib o`tgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan so‘ng ma’lum qildi.


Bloomberg



Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​⚡️Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator talablar bekor qilinadi

2022 yilning 16 martidan boshlab, O'zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o'tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasiga kirib keluvchilar respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PCR test natijasi bo'yicha manfiy natijali ma'lumotga ega bo'lishi talabi ham bekor qilinmoqda.

Endilikda xorijiy davlatlardan O'zbekistonga tashrif buyuruvchilarga tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo'lgan taqdirda, ulardan PCR test natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talabi qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇🏻
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Dear Friends

It is great honor for us to invite you to the Leadership Seminar
We hope to see you at Hilton Hotel 2F in Tashkent City. The event starts on Saturday, April. 22 at 15:00. I am sure you won’t get bored by attending “Role of Speech and Leadership” by Najot Nur. We are also planning to organize Workshop for groupwork and Project Competition.

Our Guests are Mr. Pheng Kouch JCI Treasurer, Najot Nur JCI Uzbekistan, Mr. Oudam Ly JCI APDC Councilor, Mr. Mark Joseph David CI APDC Councilor, and Mr. Taiji Tsukumo JCI APDC Treasurer.

That’s not all!!! Eid Party dinner also planned on the very day at 19:00. (Fee are just 50$ or 570.000 uzs for both dinner and seminar participation)

We will look forward to see you at our Leadership Seminar & Eid Party

Cheers,
JCI Uzbekistan Team.

For the registration please contact me by telegram: @RasulovS06

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

2023-yil 21-mart kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida nishonlangan yasharish va yangilanish ayyomi- Navro`z shodiyonasi ko'tarinki kayfiyatda nishonlandi. Ushbu bayramga 130ga yaqin vatandoshlarimiz hamda kunchiqar yurt vakillari tashrif buyurishdi. Tadbir mehmonlariga manzur bo'lgan konsert dasturi, barchada yodda qolarli bo'ldi. Bayram tashkilotchilari: O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi, "Modern ART" Jamoasi, Nagoya Shahar Meriyasi shuningdek hamkorlar: Nagoya O'zbekiston Do'stlik Jamiyati hamda Tabassum O'zbek Restoraniga chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.


Batafsil ma'lumot FANUZ kanalida👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFj7wxLty1mK4kFzfQ

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiya kompaniyalari mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

2022-yil oktyabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining kunchiqar mamlakatga tashrifi chog‘ida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda “Nagoya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati hamkorligida Nagoya shahrida mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilgan edi.

👉 http://www.migration.uz/news/view/1697

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Qadrli vatandoshlar!

⚡️"Vatandoshlar" jamoat fondidan Yangi yilda yangi taklif!

Fondning xorijiy mamlakatlardagi volontyorlari safida bo‘lishni istaysizmi?

O‘zingiz haqingizdagi maʼlumotlar va ijodiy ishlaringizdan namunalarni
15 yanvargacha
@vatandosh_volontyor_bot manziliga yuboring!

Batafsil videolavhada tanishing!

💬Facebook | 📸Instagram |📹 YouTube |
🌍Web-site

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida 6-Yanvar rasmiy qarorgohida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan taxminan 30 daqiqa telefon orqali suhbatlashdi.
Muloqotdan so’ng jurnalistlar bilan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Anjumanda, Janob Zelenskiy bosh vazirni Ukrainaga tashrif buyurishga taklif qilgani, Bosh vazir janob Kishida, ushbu taklifni turli holatlardan kelib chiqib ko‘rib chiqmoqchiligini ma’lum qildi.

Yaponiya 2023 Yil yanvar oyidan boshlab 1 yil davomida G7 (yettita yirik davlat) sammitiga raislik qiladi. “Rais davlat sifatida biz Ukraina bilan aloqa va hamkorliklarimizni kuchaytiramiz” dedi bosh vazir.

U Rossiyani Ukrainaga qarshi tajovuzni davom ettirayotgani uchun keskin qoraladi. Shuningdek, “Ukraina xalqini qishda qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha yordamlarni ayamaymiz”, deydi bosh vazir Kishida.

Joriy yilning May oyida Hiroshimada boʻlib oʻtadigan “G 7” sammitining asosiy kun tartibi Rossiya bilan munosabatlarga eʼtibor qaratilishi kutilmoqda.

Manba: Nikkei shinbun

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​2022 yil uchun Nagoya-O’zbekiston Do’stlik Jamiyati Stipendiyasi


1. Maqsadi:
Aichi prefekturasida tahsil olayotgan, qobiliyatli, O’zbekiston fuqarosi bo’lgan talabalarni rag’batlantirish uchun ta’sis etilgan stipendiya

2. Tanlov rezumesi:
(1) Qabul qilinadigan talabalar soni: 5 nafar
(2) Belgilangan stipendiya: 50000 yen (bir kishi uchun)

3. Topshirish shartlari:
(1) Fuqaroligi: O’zbekiston
(2) Kimlar topshira oladi: Aichi prefekturasida joylashgan universitet, kasb-hunar maktablari (yapon tili maktabi ham kiradi) da tahsil olayotgan bo’lishi;
(3) Yashash joyi: Aichi prefekturasi
(4) Baholar: Baholari a’lo hamda ariza topshirgunga qadar bo’lgan darslardagi ishtiroki 90% bo’lishi kerak.
(5) Quyidagi mavzuda esse yozib FANUZ elektron manzilimizga yuborilishi lozim.

日本語:「日本とウズベキスタンの国交正常化30周年」
英語:Essay topic: “30th anniversary of the establishment of diplomatic relations between Japan and Uzbekistan”

Diqqat qiling Esseni yapon tilida 3000 ta so’zdan iborat atrofida, ingliz tilida esa 1500 ta so’z atrofida yozib, topshirish lozim.

4. Ariza topshirish tartibi (davomi)ga:
Quyidagi taqdim etiladigan hujjatlarni yig’ib pastda ko’rsatilgan manzilga yuborish (Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi)

Taqdim etiladigan hujjatlar:
(1)Ilovada ko’rsatilgan shakldagi anketa
(2) Ilovada ko’rsatilgan shakldagi Eesse

Nagoya-O’zbekiston Do’stlik Jamiyati
Elektron manzil:
fanuzjp@gmail.com

5. Tanlash usuli:
Tanlov komissiyasi tomonidan ariza beruvchilarning hujjati va yozilgan esselar ko’rib chiqiladi va qaror qilinadi. Arizachiga ariza berilgan tashkilot orqali xabar qilinadi.

6. Muhim muddatlar

❗️(1) Hujjat va esseni topshirish muddati:
2022-yil, 21-dekabr 24:00 ga qadar (Chorshanba)

(2) Tanlab olish va g’oliblarga xabar qilish muddati
2022-yil, 23-dekabr (Juma)

(3) G’oliblarga sovrinlarni topshirish
2022-yil, 24-dekabr, Nagoyadagi FANUZ Yangi yil bayrami tadbirida bo’lib o’tadi.
G’oliblar ushbu tadbirga albatta qatnashishlari so’raladi.

7. Qabul qilingandan keyingi majburiyat:

Nagoya-O’zbekiston Do’stlik Jamiyati homiyligida o’tkaziladigan tadbirlar (seminar va hakozo)da ishtirok etish.

Quyidagi link orqali ariza blankasini yuklab olishingiz mumkin👇🏻

https://drive.google.com/drive/folders/1BJb6Kr8zDdBykGqcikQNXtFHQmg4jx7X?usp=share_link 

Batafsil ma'lumot FANUZ kanalida👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFj7wxLty1mK4kFzfQ

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Tozalık sız edar zıyolık!

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Японлар нега ҳамма жойни тозалаб юришади?

Спорт мусобақаларидан кейин японияликлар трибуналарни тозалаб, чиқиндиларни олиб кетишганини, футболчилар, спортчилар эса кийим алмаштириш хонасини йиғиштириб, мезбонларга миннатдорчилик хатини қолдиришгани ҳолатлари тез-тез учраб туради. Нега шундай?

Қатарда бўлиб ўтаётган жаҳон чемпионати ҳам истисно бўлмади. Япониялик мухлислар Германия устидан қозонилган ғалабадан сўнг трибунани тозалаб, чиқиндиларни йиғиштириб кетишди. «Биз японмиз, шунинг учун чиқинди қолдирмаймиз. Биз бу жойни ҳурмат қиламиз», деди мухлислардан бири.

Бундай мисоллар тез тарқалади ва дунёни ҳайратда қолдиради, гарчи японлар учун атрофни тозалаш ва саранжомлик ғайриоддий ҳодиса бўлмаса-да. Улар атроф-муҳит озодалигини жуда ҳурмат қилишади.

Озодалик маданияти японлар онгига сингиб кетган

Япон дунёқарашида муҳим ўринни покланиш эгаллайди: озодалик яхши, ифлослик – ёмон. Покликка қарама-қарши томонда «кегаре» туради – у ўлим, касаллик ва ҳаётнинг бошқа нохуш ҳодисаларини ўз ичига олади. Уларнинг олдини олиш учун японлар руҳий ва жисмоний покланишни муҳим деб ҳисоблашади.

The New Yorker нашрининг ёзишича, тозалаш ва озодалик маданияти «Энгишики» китоби билан боғлиқ. У 927 йилда ёзилган бўлиб, Япония императори фармонлари ва қонунчилик кодексидан иборат. Китобда Киотодаги император саройини ҳар йили тозалаш мажбурияти таъкидланган, бу маросим диний маънога эга: янги йилдан олдин ёвуз руҳлар ва омадсизликлар шу тарзда ҳайдалган. XIII асрдан бошлаб, бу одат ибодатхоналар ва зиёратгоҳларга ҳам жорий қилинди. Шундан сўнг, аҳоли орасида ҳам тарқалди.

Япония маданиятида жамият уйғунлигига катта эътибор берилади. Бу миллий хусусиятдир. Атроф-муҳитни тоза сақлаш тана ва руҳни тоза сақлашга тенглаштирилади.

Японлар кичиклигидан тоза юришга одатланган, ота-оналар эса боғчалардан болаларининг ифлос тагликларни олиб кетишади

Тозалаш – мактабдаги ўқув жараёнининг бир қисмидир. Болалар бу билан олти-етти ёшдан, биринчи синфга борганидан бошлаб шуғулланади. Синфни тозалаш улар томонидан жазо сифатида қабул қилинмайди, балки ўйин форматини олади ва одатга айланади. Бу одат уйда ҳам тозалик ва тартибни сақлашни талаб қиладиган ота-оналарнинг таъсири билан мустаҳкамланади. Шу тариқа, бола япон жамиятига интеграциялашиб, ўзида масъулият ва ўзаро ёрдам туйғусини ривожлантиради.

Тозалаш болаларга бутун мактаб даврида ҳамроҳ бўлади. Бошланғич синф ўқувчиларига юқори синф ўқувчилари ёрдам берса, ҳожатхоналарни тозалаш, таъмирлаш ишлари мутахассислар томонидан амалга оширилади. Тозалаш учун уйда бўлгани каби чангютгич эмас, балки супурги ва ҳокандоз ишлатилади. Ёзувчи Ютака Окиҳара «Мактабни тозалаш» китобида ёндашувни шундай ифодалаган: «Ҳар қандай иш, ҳатто ифлосликларни тозалаш ҳам ўқувчи учун жуда паст иш ҳисобланмайди. Мактабни озода сақлаш ҳар кимнинг бурчидир».

Япония мактабида таълим олган журналист Ҳироко Йода тозалаш жараёни ҳақида шундай дейди: «Ҳар куни дарс тугагач, биз бир неча гуруҳларга бўлиниб, навбатма-навбат парталарни артиб, полни супуриб, чиқиндиларни йиғиб чиқардик».

2007 йилда Японияга кўчиб ўтган ёзувчи Даниэл Деметриу шундай ёзади: «Боғчаларда ота-оналарга (ўзимга ҳам) болалари томонидан кун давомида ишлатилган тагликларни («памперслар») эҳтиёткорлик билан пакетларга ўраб, уйга бериб юборишади. Ота-оналар уларни уйда чиқинди қутисига ташлашади. Яқинда биринчи синфга борган 6 ёшли болам учун спорт тўплами, қалам қутилари билан бир қаторда, идиш-товоқ артадиган салфеткаларини ҳам сотиб олдим. Барча болалар биринчи кундан бошлаб синфни ва овқат қолдиқларини яхшилаб тозалашга ўргатилади».

«Бу ишлар фалсафа даражасида жиддий эмас», дейди япон мактаби ўқитувчиларидан бири. «Биз болаларга шуни ўргатмоқчимизки, агар бирор нарсадан фойдаланса ёки маълум бир жойда вақт ўтказса, хоҳ у синфда, хоҳ уйида бўладими, ҳамма нарсани ўзи тозалаши керак. Бу бизнинг одатимиз, бу биз учун табиийдир».

Япония кўчаларида чиқиндилар учун шаффоф қутилар бор, ит эгалари чиқиндини уйига олиб кетишади ва ҳожатхонага ташлашади

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​O’zbekistonda ilk bor Yapon kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro biznes, ekspo-forumi o'tkazilmoqda.

Mazkur ekspo Toshkent shahar hokimligi hamda Yaponiya-O'zbekiston Xalqaro Iqtisodiy Asotsatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, Yaponiyaning turli sohalar bo'yicha 50dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Ekspo 2022-yil 22-24-sentyabr kunlari Toshkent shahrining xalqaro kongreslar zalida bo'lib o'tadi.

Xalqaro ekspo doirasida ikki davlat tadbirkorlari uchun maxsus "Biznes Forumi", kunchiqar yurt vakillari hamda mamlakatimiz ishbilarmonlari ishtirokida "Business matching" hamda "B2B hamkorlik muloqoti" kabi tadbirlar reja qilingan.

Ekspoda ikki mamlakatdan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kompaniyalar ishtirok etmoqda:

1. Yapon oshxonasi(yaponcha taomlar)
2. Kosmetika
4. Quyosh elektro-stansiyasi
6. Sanoat(mebel, qolip, samorez hamda kanserva idishlar ishlab chiqarish)
8. Turizm va Mexmonxona
10. Moliya va Investetsiya
11. Investitsiya(Ko'chmas mulk va mikrofinans)
12. Human Resources(Kadrlar almashinuvi)
13. Yapon milliy hunarmandchiligi(kimono, keramik buyumlar)

Siz ham ishtirok etishingiz mumkin. Forumda kutib qolamiz.
Ro'yxatdan o'tish buyerda

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

📽Yaponiya kinolari

Yaponiya kinolari orasida qiziq bir holat bor. Ularda hukumat vazirliklari yoki kompaniyalarning bir bo’limi ichidagi vaziyatlar tez-tez seriallar darajasida ishlanadi. Bu orqali tomoshabin ham osha vazirlik yoki agentlik, yoki bo’lmasam ma’lum bir sohada ish yurituvchi kompaniyaning ichki holati, u yerdagi ehtimoliy muhit va ish mazmunidan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’ladi. Guardian of the Market (競争の番人) – yaqindan efirga uzatila boshlangan “Erkin bozor himoyachilari” filmi ham mana shunday filmlar turidan. Unda Yaponiyaning Raqobatni himoya qilish qo’mitasi (JFTC)asosiy markazda turadi. Kino qahramonlari ham ushbu qo’mita mutaxassislaridir.

Yurtimizda ham huddi shu kabi har bir kasb va uning mazmunini tomoshabinga yaqindan tanishtiradigan kinolar ko’payaversin.

https://www.fujitv.co.jp/kyosonobannin/introduction/index.html


Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Good News for Today!!!!

7-sentyabrdan boshlab kuniga Yaponiyaga kirishi ruhsat etilgan chet elliklar soni 20.000 kishidan 50.000 kishiga yetkaziladi.

Sayohat firmalari ishtirokisiz ham sayohat vizasi berilishi aytilmoqda.

#YaponiyaSadosi
#KirishRuhsatiniYengillashi

Yanada ko’proq m’alumotlar👇
/channel/yaponiya_sadosi

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Rossiya prezidenti maʼmuriyati maʼlumotlariga koʻra, Putin 6-aprel kuni Ukraina poytaxti Kiev yaqinidagi Bucha shahrida koʻp sonli tinch aholi jasadlari topilganini “qoʻpol va beadab provokatsiya” deb taʼkidlagan.

Putin Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida birinchi marta Bucha masalasi bo‘yicha fikr bildirdi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Meta kompaniyasiga tegishli "Metverse" loyihasi o`zining ilk virtual moda haftaligini o`tqazdi.



Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiyaning Eneos va Idemitsu neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya xomashyo bozorini tark etadi

Korporatsiyalar amaldagi shartnomalar tugashini kutmoqda va Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti tufayli endi Rossiya xom ashyosini sotib olmaydi.

Manba: @jahon_geosiyosati

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

1-Martdan boshlab Chet elliklarni Yaponiyaga kirishiga rasman ruxsat berildi.

Yaponiya hukumati rasman 1-Mart kunidan boshlab immigratsiya cheklovlarini yengillashtirdi. Kuniga mamlakatga kiradigan chet elliklarning maksimal soni 5000 nafarga ko'tarildi va biznesmenlar, texnik stajyorlar va xalqaro talabalar kabi turizmdan tashqari boshqa maqsadlar uchun printsipial jihatdan taqiqlangan xorijliklarning yangi kirishiga ruxsat berildi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…
Subscribe to a channel