yaponiya_sadosi | Unsorted

Telegram-канал yaponiya_sadosi - Yaponiya Sadosi | LIVE

797

→Yaponiya va dunyo yangiliklarining qisqacha tahlili. →Yapon tilida yozilgan kitoblarning o'zbekcha tarjimasi. 🔵 fb.com/YaponiyaSadosi 🟡 instagram.com/YaponiyaSadosi 🔴 https://bit.ly/3mTqnHz Aloqa uchun👉🏻 @YScontact_bot Reklama uchun👉 @YSreklama

Subscribe to a channel

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiyada chet elliklarga bo’lgan munosabat…

Yaponiyada xorijliklarga munosabat turli omillarga bog'liq. Quyida ba'zi umumiy fikrlar haqida qisqacha.

Ishdagi munosabat:

Yaponiya kompaniyalari xorijiy ishchilarni ko'proq qabul qilmoqda. Ko'pgina kompaniyalar chet elliklarni, ayniqsa malaka va tajribaga ega bo'lganlarni jadal qabul qilmoqda.
Biroq, til to'siqlari va madaniy farqlar tufayli, muloqot qilish va ish muhitiga moslashishda qiyinchiliklar ham yuzaga kelmoqda.

Ijtimoiy munosabat:

Umuman olganda, yaponlar muloyim va ko'pincha chet elliklarga do'stona munosabatda bo'lishadi. Biroq, ba'zi hududlarda va vaziyatlarda chet elliklar o'zlarini izolyatsiya qilingan his qilish holatlari ham mavjud.
Yaponiya jamiyati nisbatan bir xil bo’lgani uchun, chet elliklarni tushunish va qabul qilishda biroz vaqt kerak bo'ladi.

Qonunlar va tizimlar:

Yaponiyada xorijlik ishchilar va xalqaro talabalar uchun yaxshi rivojlangan viza tizimi mavjud, ammo ba'zi tartib va qoidalar qat'iy tuyulishi mumkin.
Shuningdek, joyi va holatga qarab sizdan yapon tilini bilish testi(JLPT) yoki malaka imtihonini topshirish talab qilinishi ham mumkin.

Madaniy almashinuv va yordam:

Ko'pgina mahalliy hukumatlar va tashkilotlar xorijliklarni qo'llab-quvvatlash va madaniy almashinuv dasturlarini taklif qiladi. Bu chet elliklarga Yaponiyadagi hayotga moslashishda muhim yordam beradi.

Umuman olganda, Yaponiyada xorijliklarga munosabat mintaqa va individual sharoitlarga qarab farq qilsa-da, ijobiy yo'nalishda o’sib bormoqda, deyish mumkin.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiya aholisi 860 ming kamaydi, chet elliklar 1 marta 3 mln dan oshdi 24-kuni Umumiy ishlar vazirlikning ma'lumotiga ko'ra Rezidentlarning asosiy reestriga asoslangan demografik holatni e’lon qildi. 1-yanvar holatiga ko‘ra, yaponiyaliklar soni 121 561 801 kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 861 237 kishiga kamaygan. Bu ketma-ket 15-yillik pasayishdir va yillik pasayish so'rov 1968 yilda boshlanganidan beri eng katta pasayishdir.

Chet elliklar soni 11,01 foiz ortib, rekord darajadagi 3 million 323 ming 374 nafarga yetib, birinchi marta 3 milliondan oshdi. O'sish 329 535 kishi bilan tarixdagi eng katta ko'rsatkich bo'ldi. Manba:Nikkei news @bunyodbeks

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

“Ватандошлар” жамоат фонди хориждаги ватандошлар учун “Сиз Ўзбекистонни биласизми?” халқаро онлайн викторинасининг III мавсумида иштирок этиш давом этаётганини маълум қилади.

Халқаро онлайн викторинада иштирок этиш учун vatandoshlarfondi.uz электрон порталидан жорий йилнинг 27 июлига қадар рўйхатдан ўтиб, иншо ёзинг, тест синовларида қатнашиб, ғолибликни қўлга киритинг ҳамда Ўзбекистонга махсус дастур асосида ташриф буюринг!

Қўшимча саволлар билан шу ерга мурожаат қилинг.

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

🎙 Dunyoning Top Universitetlarida Master yoki PhD qilishni istaganlar uchun

- Graduate School Preparation kursiga xush kelibsiz!!!


Dars jarayonidan lavhalar

🚀Kuzating va keyingi imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Biz bilan dunyoning TOP universitetlariga intiling va yangi cho'qqilarni zabt eting!

— Malakali o'qituvchilar👩‍🏫👨‍🏫
— Sifatli ta'lim kafolati📋

Navbatdagi GSP kursimizga OKTYABRDAN START beriladi.

✉️ Agar sizga qiziqarli bo'lsa, ro'yxatdan o'tish: shu yerda

📞 77 160 20 60

📱@globaleduexchange

📱 Instagram 📱 Facebook

📱Website

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

O’zbekiston Faxriy konsuli Inuyama shahri meri bilan uchrashdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasining Nagoya shahridagi faxriy konsuli janob Xiroyuki Ito rasmiy tashrif bilan Inuyama meriyasiga tashrif buyurdi va Inuyama shahri meri bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Faxriy konsulni Hokim iliq va samimiy qarshi oldi.
Uchrashuv O‘zbekiston haqida tanishtirishdan boshlandi. Shundan so‘ng O‘zbekistonning turizm hamda iqtisodiy salohiyati shuningdek, xavfsizligi haqida qizg‘in tushuntirishlar bilan davom etdi.

Uchrashuv yakunida Konsul tomonidan Inuyama shahri va O’zbekistonning Shahrisabiz ​​shaharlarini kelajakda do‘stlik shaharlari sifatida bog‘lash taklifi bildirildi va bu shahar hokimini quvontirdi.
Bundan tashqari, tomonlar o'zaro sovg'alar almashishdi.

Ushbu uchrashuv ikki shahar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashiga umid bildirildi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

めんどくさいからやる」(Mendokusaikara yaru)

Yuqoridagi yaponcha so’zni o’zbekchaga qanday tarjima qilishga qiynaldim. To’g’ri tarjima bo’lmasligi mumkinu lekin, taxminan quyidagicha ma’nolarda ishlatiladi:

- Yoqimsiz bo’lganligi uchun ham qil
- Xalaqt bersa ham bajar va hkz.

Bu nima degani?

Tasavvur qiling, do’konga non olib kelish uchun ketayapsiz. Oldingizdan sochilib yotgan axlat chiqib qoldi. Nima qilgan bo’lardingiz?

Aniqki ko’pchilik indamasdan, ko’rmagandek o’tib ketadi. Chunki, axlatning hidi yoqmaydi va qo’limizni kir qilgimiz kelmaydi. Shu bilan birga, uni tozalab, axlatxonaga olib borish uchun vaqtimiz ketadi.

Lekin, 100 ta odamdan 1 tasi shu ishni yoqimsiz bo’lsa ham qiladi. Chunki, aynan mana shunday insonlarda liderlik qobiliyati bo’ladi. Ular, nafaqat o’zini balki boshqalarni o’ylaydigan insonlar bo’ladi.

Ko’pchilikka yoqmaydigan ishlarni qilgani uchun ham, ular muvaffaqiyat qozonishadi. Erinchoqlikning insonning rivojlanishiga to’siq bo’lishini bilishadi.

Xulosa o’zingizdan!

@jalilov_akbar

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Qohira Universiteteti bitiruvchisi Koike Yuriko 2 marta Tokio gubernatori sifatadi qayta saylandi va 3 muddatga gubernatori sifatida faoliyat yuritadigan bo'ldi. 2016 yildan buyon Tokio gubernatori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Koike Yuriko Tokyoning birinchi ayol gubernatoridir.

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Ғурури топталганига чидолмай, ривожланган халқ — Японияда илмга муносабат ҳақида

Икки аср давомида дунёдан изоляцияда яшаган Япония қандай қилиб бунча тезда оёққа турди? Kun.uz кунчиқар юртга ижодий сафари давомида бу мамлакатнинг ривожланиш сирларини ўрганишга ҳаракат қилди. Ҳаммага маълум бу “сир”лардан бири эса – илмга муносабат. Бу ҳақда бизга Нагоя иқтисодиёт университети профессори Алишер Умирдинов батафсил сўзлаб берди.

📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Умирдинов жамоаси тайёрлаган китобларни харид қилиш бўйича қуйидаги рақамларга мурожаат қилинг:

☎️ +998 99 554-70-70

☎️ +998 99 517-70-70

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​Xatikomi yoki Hachiko?

Tokioda yoqqan qalin qor yapon twitterida yangilik yasamoqda (u yerda qor katta yangilik emas, ammo bunday katta qor bir necha yilda bir bo'ladi). Qor rasmlari orasida Tokioning Shibuya (Sibuya emas!) dahasidagi mashhur it Hachiko haykali yoniga havaskor haykaltarosh kichkinaroq kuchukni yasab qo'ygani Twitterda mini-shov-shuvga sabab bo'ldi. Men ham twitlar orasidan "Hachiko va ukasi" deganini topib, o'zbekchaga o'girib, repost qildim.

Twitga yozilgan mulohazalar meni hayron qoldirdi. "Xatikomasmidi?" degan bir o'quvchim. Yana bittasi esa: "Xatiko bo'lsin, iltimos".

Aslida, hayron qoladigan narsa emas. Yaponiya va boshqa chet el mahsulotlarini asosan rus tilida iste'mol qiladigan xalqimiz Hachikoni Xatiko, sport turi judoni "dzyudo" deb bilishi tabiiy. Yapon taomi sushini ruslardek "susi" deyishmaganiga ham rahmat!

Hali bu mavzuga yana qaytaman, ammo qisqacha: yaponchadagi "chi" ruschada "ti"ga yaqinroq, ruslar o'z tilida yo'q "j" ni rasvosini chiqarib, "dz"ga aylantiradi. Biz rus emasmiz. Biz "ch" va "j" ni ayta olamiz.

Manba: @profsherzod


Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Assalomu alaykum qadrli kanalimiz kuzatuvchilari. Bir muddat tanaffusdan so'ng, siz azizlarga Yaponiya haqida qiziqarli va foydali ma'lumotlar, yangiliklar hamda video materiallar tayyorlab, berib borishda davom etamiz.

Kanalimizni kuzatib boring, yangiliklarimiz juda ko'p!


Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Assalomu Alaykum guruhimiz a’zolari!

Sizlarga eslatma sifatida yana shuni aytib o’tmoqchimizki, ertaga 12- avgust kuni soat 16:00 da seminar trainingimiz boshlanadi. Bu galgi mehmonimiz OXUS University Prorektori Bekzod Zakirov.

Bekzod Zakirov nafaqat Yaponiyada balik dunyodagi top universitetlar sirasiga kiruvchi Tokyo Universitetida Doktorlik Dissertatsiyasini yoqlagan hamda Nagoya Universitetida Bakalavr va Magistratura bosqichida tamomlagan. Hozirda Westminster Universiteti professori va OXUS universiteti Prorektori lkavozimida ishlab kelmoqda.

Ertangi training mavzusi “Study and Research in Japan”.

Bu galgi tashkilotchimiz JCI Tashkent klubi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telegram accountiga aloqaga chiqishingiz mumkin : @RasulovS06

Bizning manzil: Yunusobod tumani, C-6 mavzesi, Minor ko'chasi 57-uy. Ground Zero binosining 2- qavati.

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Тадбиркор бўлиш учун нима қилиш керак?

Шу саволни охирги пайт мендан жуда кўп сўрашмоқда, кейин ўйлаб қолдим, ўзи ростан ҳам тадбиркор бўлиш учун нима қилиш керак деган саволни ўзимга бериб кўрдим, мен ўзи нима қилганман? Қаердан ва нимадан бошлаганман?

Менда тадбиркор бўлиш ҳақида аниқ бир формула йўқ ёки мана бу китобни ўқиб чиқсанг, зўр бўлиб кетасан дейдиган китобим ҳам йўқ, лекин битта нарсани биламан тадбиркор бўлиш учун “таниш-билиш” керак.

Ростан ҳам таниш-билиш керак, мен ўзим тадбиркорликни бошлаган пайтимни эсласам, оддий шу бир-икки одам билан танишиб қолиб бизнесим бошланиб кетган экан. Шунинг учун тадбиркорлар, бизнес олами йиғиладиган давраларга имкон борича вақт топишга ҳаракат қиламан.

Таниш-билиш деганда сиз ўзингиз каби фикрлайдиган одамлар, ўзингиздай бизнес қилиш истагида, дунёни яхшиликка ўзгартириш истагидаги одамлар билан ҳамсуҳбат бўлишни назарда тутмоқдаман.

Энди ана шундай учрашувнинг катта халқаро формати 28-29 июль кунлари Тошкентда бўлиб ўтади, яъни эртага соат 15:00, 29-июль куни эса 9:30 бошланадиган, унда халқаро даражадаги ёш ва тажрибали тадбиркорлар ўзларининг мастер-класслари билан иштирок этишади. Сизда жуда ҳам кўплаб тадбиркорлар билан танишиш, фикр алмашиш ва маслаҳатлар олиш имконияти бўлади.

Тадбирда қатнашиш ғирт текин, сиздан фақат мана шу 👉 линк орқали рўйхатдан ўтиш талаб этилади. Спикерлар ва тадбир мундарижаси билан юқоридаги постер орқали танишишингиз мумкин.

Ҳа, мен ҳам ўша ерда бўламан, кўрашармиз-а… 😉

@bektoshkhatamov

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Японияга “суриш”.

Японияга бориб келганимдан сўнг жуда кўпчилик мендан Японияга кетиш ҳақида сўрамоқда. Умуман Японияда ўқиш учун ҳам, ишлаш учун ҳам ва мазза қилиб яшаш учун ҳам жуда кўп имкониятлар мавжуд.

Масалан, йўлини билсангиз, бемалол ўқиб, ишлаб, яна турли фондлар орқали стипендия ва грантлар ютишингиз мумкин. Магистратура қиламан, докторантура қиламан деганлар учун эса айниқса имкониятлар жуда юқори, ҳозир Япониянинг ўзида магистратура ўқимоқчи бўлган ёшлар камайиб кетган, шунга жуда катта грантлар эълон қилишган.

Худди шундай ишлаш, оила билан кетиб яшаш ва ҳатто бизнес қилиш учун ҳам имкониятлар жуда кенг. Мен ростини айтсам қандай бориш, нима қилиш кераклигини билмайман, аммо мен Японияда ўн беш йилдан бери яшаб, бизнес қилиб, катта ўзбек-япон компаниясига асос солган, айнан ўзбекистонликлар учун махсус фонд ташкил қилган ўзбек ўғлони Бунёд Ибрагимов билан учрашув ташкил қилиб бера оламан.

Сиз учрашувда ўзингизни қизиқтирган барча саволларга жавоб топишингиз мумкин бўлади, турли маслаҳатлар олишингиз мумкин. Учрашув 04 август куни соат 10:00 да @profiuniversity Бектемир туманидаги фаоллар залида бошланади.

Учрашувда қатнашиш учун нима қилиш керак?

1. Мана бу 👉 сўровномани тўлдириб чиқинг.

2. Учрашувда қатнашиш учун албатта бир одамни шерик қилиб кўрсатишингиз керак, акс ҳолда таклифнома юбора олмаймиз, у одам ҳам албатта Японияда ўқиш, ишлаш ёки яшашга қизиқадиган одам бўлиши керак. Бундан мақсад фақат ўзингизни ўйламаяпсизми? (Япон маданиятини ҳозирдан қабул қилинг, ўзингизга илинган нарсани бошқага ҳам раво кўринг).

3. Учрашув жойига вақтида етиб келиш, бир дақиқа кечикканлар ҳам учрашувга қўйилмайди, учрашув локациясини тез орада @profiuniversity каналидан олишингиз мумкин.

Кўришгунча. 😉

@bektoshkhatamov

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiyaning Nagoya iqtisodiy universiteti professori Alisher Umirdinov bilan suhbat boshlandi. Onlayn shaklda ham kuzatishingiz mumkin azizlar!

✅Uchrashuvda:

1. Muallifning kitoblari taqdimoti: “Talaba do’stimga 78+ tavsiya” va “Xorijda magistratura”

2. Vatandoshlar bilan suhbat ko’zda tutilgan.

3. Yaponiyada o’qish va ishga kirish mavzusida ham savollarga javob beradilar.

Onlayn kuzatish uchun link👇🏻
https://instagram.com/korea.haqida/live/17985358136143836?igshid=MzRlODBiNWFlZA==


📍Manzil: Oʼzbekiston elchixonasi

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

JCI Uzbekistan o’zining lidership seminarlarini boshladi.

JCI Uzbekistan- Junior Chamber International Uzbekistan.
Xalqaro Yosh Tadbirkorlar Platasi


🗓 “Nutqning Liderlikdagi o’rni” deb nomlangan seminarimiz Toshkent shahrining Hilton mehmonxonasida tashkil etildi hamda seminarga JCI tashkilotiga a’zo bo’lgan Hindiston, Kambodja, Bangladesh, Yaponiya hamda Filippinlik tadbirkorlar tashrif buyurishdi.

🎤Mazkur tadbirni iste'dotli boshlovchi, mahoratli jurnalist, professional ijodkor "Notiqlik Mahorati Markazi" va "Audionoma" loyihalari asoschisi Najot Nur tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Nutqning Liderlikdagi o’rni” ruknidagi treningi seminar jarayonini ko’tarinki ruhda o’tishiga o’z hissasini qo’shdi.

✍️Mazkur tadbirda chet ellik mehmonlarimiz janob Pheng Kouch-JCI Xazinabon, janob Oudam Ly-JCI APDC Kengash a’zosi, janob Mark Joseph David- CI APDC Kengash a’zosi va janob Taiji Tsukumo-JCI APDC Xazinabonlar ishtirok etadilar. Davra suhbatida, chet eldan tashrif buyurgan mehmonlarimiz JCI tarixi, o’zlarining tajribalari hamda JCI tashkilotiga qo’shgan hissalari haqida so’zlab berishdi.

⏳Tadbir yakunida esa, JCI a'zolari va O'zbekistonlik M Faktor loyihasi asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar, Biznes Koach Ibrohim Gulyamov, hamda Profi education asoschisi Bektosh Hotamov larning dastur mehmoni sifatida ishtiroklari bilan tadbirga oʻzgacha zavq bagʻishladi hamda shaxsiy tarkibning madaniy hordiq olishlari uchun xizmat qildi va ushbu qizg'iz suhbat kechki dasturxon ustida davom etdi.

JCI Uzbekistan jamoasi

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Yaponiya haqida qisqacha…

1. Iqtisodiyot: Yaponiya dunyoda uchinchi yirik iqtisodiyotga ega davlat bo‘lib, ishlab chiqarish va texnologik innovatsiyalar muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, mamlakat tug'ilishning kamayishi va qariyalarning ko’payishi, ishchi kuchi tanqisligi va iqtisodiy o'sishning turg'unligi kabi muammolarga ham duch kelmoqda.

2. Jamiyat: Yaponiya yuqori turmush darajasi bilan faxrlanadi, lekin uning aholisi kamayib, qariyalar soni ortib bormoqda, bu esa uning ijtimoiy xavfsizlik va tibbiy tizimlariga ta'sir ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, yoshlarni ish bilan ta'minlashdagi qiyinchilik va mintaqaviy tafovutlar ham muammo sifatida ko'rilmoqda.

3. Siyosat: Yaponiya siyosati barqaror bo‘lsa-da, siyosatni ishlab chiqishda ko‘plab muammolar mavjud. Xususan, iqtisodiy va tashqi siyosatga turli ichki va xalqaro omillar ta'sir ko'rsatadi.

4. Atrof-muhit muammolari: Yaponiya ko'plab tabiiy ofatlarni boshidan kechiradigan mamlakat, shuning uchun zilzilalar va tayfunlarga tayyor bo'lish muhimdir. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, issiqxona gazlarini kamaytirish kabi masalalar bilan birga ekologik muammolarni hal etish borasida ham ishlar olib borilmoqda.

5. Xalqaro munosabatlar: Yaponiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida muhim rol o'ynaydi, uning AQSh va Xitoy bilan munosabatlariga alohida e'tibor beriladi. Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikka oid masalalar muhokama qilinmoqda.


Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

SKIPシティ国際Dシネマ映画祭2024において、ショキーロフ・コリコヴ監督の「日曜日」が最優秀作品賞を受賞しました。
本映画祭は7月11日から20日まで開催され、国際コンペティション部門にはフランスや日本、ハンガリー、トルコ、インド、ウズベキスタンなどの作品がノミネートされました。
**********
O'zbekistonlik rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” filmi Yaponiyada oʻtkazilgan “Skip City International D-Cinema” festivalida oliy sovrin — Gran-pri bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, kinofestival 11-20-iyul kunlari tashkil etilgan boʻlib, festival doirasida ishtirok uchun 10 ta xalqaro film saralab olingan. Unda Fransiya, Yaponiya, Vengriya, Turkiya, Hindiston, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar kinoijodkorlari oʻz asarlari bilan qatnashdi. Shuningdek, mazkur festival bu yil o'zining 20 yilligini nishonladi.

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

🇯🇵Yaponiya Universitetlariga kirishni istaysizmi?

Endi kirish imtihonlari Noyabrda Toshkentda o'tadi!


Yoki, Dekabrda JLPT N3, N2 yoki N1 darajalaridan birini qo'lga kiritishnichi?

🎙Unda, imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Biz bilan Yapon tili va universitetga kirish imtihonlariga tayyorlaning!

INTENSIV YAPON TILI KURSLARI KIMLAR UCHUN
- Yaponiya universitetlariga:
• 2024-yil Noyabrda Toshkentda imtihon topshirib,
• 2025-yil Apreldan Yaponiyada Bakalavr, Magistr yoki PhD o'qimoqchilar

- Yapon tilini:
• boshlang'ich (N5), elementar (N4), o'rta (N3~N2) saviyada biluvchi,
• va, 2024-yil Dekabrda JLPT N3, N2 va N1 darajasiga topshiruvchilar

✉️ Agar sizga qiziqarli bo'lsa, ro'yxatdan o'tish: shu yerda

💯 Har bir daraja kursida sanoqli joylar qoldi. Shoshiling!

🚀Boshlanish sanasi: Avgust oyida
✍️Universitetlar haqida qo'shimcha ma'lumotlarni kanalimizda berib boramiz.

📞 77 160 20 60

📱@globaleduexchange

📱 Instagram 📱 Facebook

📱Website

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Axborot 24 | «O`zbekiston-Yaponiya ekspert muloqoti: yangi sharoitlarda strategik sheriklik» mavzusidagi anjuman
#20july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

2024年7月11日、東京において「日本・ウズベキスタン間シンクタンク協議 -新たな環境に於ける戦略的パートナーシップ-」がウズベキスタンと日本の外務省の協力のもと、ウズベキスタンの国際関係情報分析センターと日本国際問題研究所の主催で開催されました。
*************
2024-йилнинг 11-июль куни Япония пойтахти Токио шаҳрида “Ўзбекистон-Япония эксперт мулоқоти: янги шароитда стратегик шериклик” конференция бўлиб ўтди.

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Sohada chuqurlashish yoki Ixtisoslashuv

Epizod 1

Doktoranturada o’qishim davomida, soatbay ishlash uchun, Mexanik Muxandislik sohasida katta professor qo’lida, oddiy ishlarni qilib turardim.

Kaminada g’ayrioddiy ko’ringan narsalarni, biladigan odamdan so’raydigan odatim bor edi. Imkon topganda ustozni savolga tutdim:
- Ustoz, nega Yaponiya universitetlari xalqaro reytingda pastlayapti, yoki reytingga e’tibor berilmayapti?
- Chunki, buni bizga qizig’i yo’q. Toyota kabi sanoatlarimiz dunyoda oldinda bo’lsa yetarli.
- Nega, ustoz?
- Bizga ilm va uni saqlab qolish muhim. Yaponiyaning ilmiy salohiyati, uni qo’ldan boy berib qo’ymaslikni 2 narsa saqlab turadi. Ulardan birisi, bu - bizda ilm yapon tilida. Agar ilmiy yangiliklar, innovatsiyalar, ixtirolar bitilgan maqolalarimizni ingliz tiliga o’tsa, boshqa millatlar bizdan andoza olib/o’zlashtirib, bu narsalarda o’zib ketishi mumkin. Masalan, Avtomobilsozlik (Automotive Engineering) sohasida bizning ilmiy jurnalimiz dunyo avtomobilsozlik jurnalidan yangilik va ixtirolarda doim 6 oy oldin yuradi.


Epizod 2

Yaponiya Xalqaro Iqtisodiyot Jamiyati a’zosi sifatida, iqtisodiyot sohalarida qaysi yapon professorlari ilg’or ekanligini bilib turishga qiziqardim.
E’tiborimni dunyo top universitetlarida doktorlik qilgan Hitosubashi, Keio va Vaseda universitetlarining pragmatik va nisbatan yosh avlod professorlari tortardi. Va, ularning shaxsiy sahifalarida shu jumlalarni topish mumkin edi:
“Yapon talabalariga: Yapon kitoblari yoki ilmiy maqolalarini o'qimang, faqat boshida so'rov o'tkazish uchun bo’lsa, mayli. Muhim akademik natijalar deyarli har doim ingliz tilida yoziladi.”

Ehtimol, bu ikki epizoddagi paradoksdan - sohalar, kelib chiqqan akademik muhit, oldin-ketin kelgan avlodlar, dunyoqarashlardagi farqliliklar kabilarni fahmlash mumkindir.

Ammo, bilishimiz lozim eng muhim nuqta shu:

Qaysi sohada bo’lmaylik, jamiyatga hissa qo’shish niyati bilan, o’z ustimizda, hamkasblarimiz, jamoamiz, laboratoriyamiz, tadqiqot proyektlarimiz ustida doimiy ishlash, chegara bilmay, yangilik qilishda bardavom bo’lish, ixtisoslashish, o’sha sohamizning ilg’ori bo’lish muhim ekan.


*Bugun yapon jamiyatida qarorning jiddiyati sabab unda kechikishlar, mas'uliyat olishdan cho'chish, ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiqiga nisbatan standatlar qattiqqo'lligi kabi omillar - bu ilmiy yangilikning dunyo yuzini ko'rishida kechikishni yuzaga chiqaryapti. Ayni paytda esa, har sohada turli millatlarning tadqiqot institutlari va laboratoriyalari ilg'orlikni olib ketyapti. Yaqin o'n yilliklarda laboratoriya testlarining ko'pchiligining Hindistonga ko'chishi ajablanarli hol emasdi.

**O'zimizga savol beraylik. Men nimada mutaxassisman, nimada ilg'orman?

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

名古屋市とタシケント市とのパートナー都市連携の5周年を記念して名古屋市で「ウズベキスタン共和国観光 PR イベント」が開催されました。
**********************
Toshkent va Nagoya shaharlari o’rtasida imzolangan hamkorlik bitimining 5 yilligi munosabati bilan Nagoya shahrida “O’zbekistonning turizm salohiyati” mavzusida tadbir o’tkazildi.
******************
To mark the 5th anniversary of the cooperation agreement between the cities of Tashkent and Nagoya, an event titled "Tourism Potential of Uzbekistan" was held in Nagoya.

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

🇯🇵 Yaponiyaga Borishni Istaysizmi?

Endi sizda barcha imkonlar bor! 🎉
Yaponiya universitetlari, kompaniyalari va maktablariga biz bilan to’g’ridan-to’g’ri topshiring.


Ushbu Intensiv Yapon tili kursi niyatingiz amalga oshishiga xizmat qiladi.

👨‍🏫 Tajribali O’qituvchilar

🏆 Yaponiya universitetlari va kompaniyalarga to'g'ridan-to'g'ri topshirish eksklyuziv imkoniyati

🚀 Kursga yoziling va hayotingizni o’zgartiruvchi ilk qadamni tashlang!

Eslatma: Shoshilib qoling, joylar soni cheklangan.

Kurs davomiyli: 5 oy (Boshlang'ich ~ Yuqori daraja)
Boshlanish kuni: 17-iyun

📱 Profi Universiteti Beruniy Kampusi, Tashkent
Beruniy Metrosidan 5min.

Ro’yhatdan o’tish : meni ustimga bosing

Oxirgi muddat: 15-iyun, 18:00

📱 @globaleduexchange

📱 Instagram 📱 Facebook

📱Website

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

​​2024-yil uchun Yaponiya soliq tizimidagi o'zgarishlar.

Kuni kecha Yaponiya hukumati 2024-yil uchun soliq islohotlarini amalga oshirish rejasini e'lon qildi. Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun manfaatli bo'lishini hisobga olgan holda, eng muhimlarini keltirib o'tamiz.

① Daromad solig'ini kamaytirish


2024-yil iyun oyidan boshlab aholi jon boshiga daromad solig‘i 30,000 yen va rezident solig‘i 10,000 yenga kamaytiriladi. Soliq to'lovchining o'zidan tashqari, uning turmush o'rtog'i va qaramog'idagi shaxslar ham inobatga olinadi.

SHARX: Yillik daromadi 3,1 million yen(310万円)atrofidagi kishilar uchun umumiy soliq 40,000yenga kamaytiriladi.

Yillik daromadi 2.7million yen(270万円)atrofida bo'lsa, daromad solig'dan ozod etilib, faqat rezident solig'i to'laydi.
Bundan tashqari Yaponiyada istiqomat qilayotgan 5 milion fuqarolarga har bir xonadon hisobiga 100ming yen miqdorida yordam berish nazarda tutilgan. Farzandi bor oilalar uchun har bir bola boshiga 50,000 yen yordam puli beriladi.(Ushbu imtiyoz keyingi yil fevral yoki mart oylaridan boshlash rejalashtirimoqda)
Yillik daromadi 2,55 million yendan kam bo'lgan va rezident solig'i yoki daromad solig'iga tortilmaydigan 25 million kishiga, xonadon boshiga 70,000yendan yordam puli beriladi. Farzandi bor oilalar uchun har bir bola boshiga 50,000yen yordam puli beriladi.


Ba'zi chegirmalarni kamaytirish hisobiga, bolalar uchun betriladigan nafaqa pulini yoshini 18yoshgacha uzaytirish.



O'z ishchi xodimlarini oyligini 7%gacha oshirgan kompaniyalar uchun Soliq imtiyozlarini joriy qilish.



Manba buyerda


Telegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

“Қудуқ” подкастимизнинг илк сони эфирга кетди.

Мана бу ҳавола 👉 https://youtu.be/DYG-J1c5cak 👈🏿 орқали ўтиб томоша қилишингиз мумкин, албатта фикрларингизга ва қўллаб-қувватлашингизга умид қилиб қоламиз.

@bektoshkhatamov

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Siz azizlarni keyingi seminarlarimizda kutib qolamiz!

Aziz do’stlar bugun bo’lib o’tadigan trainingimiz mashxur yaponiyalik biznes koach, 1,000 dan ortiq yuqori elita va siyosat vakillariga omma oldida so’zlash haqida ustozlik qilgan Okamo Junko kitobi asosida bo’lib o’tadi. Uning so’ngi “Muloqotning dunyodagi eng zo’r usuli: zamonaviy muloqot” kitobi qisqa vaqt ichida 150,000 nusxada sotilgan bestseller kitoblar sirasiga kirdi. U yaponiyaning Waseda Universiteti, Angliyaning Kembrij Universiteti hamda AQSHning MIT Universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. 2021- yilda Forbes Japan va yil odami 100 ligiga kirgan.

Eslatib o’tamiz tadbirimiz seminar trainingimiz 17:30 da boshlanadi.

Qatnashish esa mutlaqo bepul.

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Xurmatli guruh a‘zolari seminar trainingimizga bor yo‘g‘i 2 kun qoldi. Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Ha aytkancha sizlarni tashkilotchilarimiz bilan tanishtirish yodimizdan ko‘tarilibdi. Ular JCI Uzbekistan (Xalqaro Yosh Tadbirkorlar Palatasi), JCI APDC (Osiyo Tinch Okeani Rivojlanish Konsulligi hamda WAYU (O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi)

28- iyul kuni soat 15:00 da sizlarni kutib qolamiz

Seminar traininglarimizga qatnashish istagida bo‘lganlar, quyidagi havolani to‘ldirishingizni so‘raymiz.

https://docs.google.com/forms/d/19zMhngwe7xiXn4_Vf527NUih0LdiCd0Rmc56WxT4Kz0/edit

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telegram accountiga aloqaga chiqishingiz mumkin : @RasulovS06

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

"ARENDAGA OILA"Bugun Antiqa reklama ko'rib qoldim. "IJARAGA O'GIL" deb yozilgan edi. Bir ramziy ma'nosi bor shekilli deb o'yladim. Surishtirib ko'rsam arendaga oila xizmati yo'lga qo'yilgan ekan. "Ijaraga olingan oila" atamasi odatda Yaponiyaning xizmat ko'rsatish sohasidagi ma'lum bir biznes modeli. Bu yolg'iz yoki ijtimoiy muammolarga duch kelgan odamlar uchun vaqtinchalik oila va do'st sifatida harakat qilishni maqsad qilgan xizmatdir.

Oddiy "ijaraga olingan oila" xizmati mijozlarga ma'lum vaqt davomida oila va do'stlar rolini o'ynash uchun odamlarni tanlash imkonini beradi. Bu ota-ona, aka-uka, turmush o'rtog'i va do'st kabi turli rollarni o'z ichiga olishi mumkin. Mijozlar birgalikda ovqatlanish, suhbatlashish va tadbirlarda qatnashish kabi oddiy oila va do'stlarga o'xshash tadbirlarni baham ko'rishlari mumkin.
Biroq, "Ijaraga beriladigan oila" xizmatining tafsilotlari va ko'lami operatorga qarab farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, bunday xizmatlar Yaponiyada nisbatan keng tarqalgan deb aytilgan bo'lsa-da, ular boshqa mamlakatlar yoki mintaqalarda yaxshi ma'lum bo'lmasligi mumkin.

Muhimi, ijaraga beriladigan oilaviy xizmatlar vaqtinchalik bo'lib, haqiqiy oila va do'stlar o'rnini bosa olmaydi. Shuning uchun, agar siz haqiqiy aloqa va qo'llab-quvvatlashni izlayotgan bo'lsangiz, uzoq muddatli munosabatlar va professional yordam xizmatlarini izlash muhimdir. Qanday holatlar ishlatiladi deysizmi o'zimizda ham universitetdan haydalmaslik uchun kechirim so'rash, ishdan haydalgan payti, sovchilik kabi turli holatlari ham bor ekan. Shu bilan birga ijaraga "baxtli oila" ham bor ekan. Muallif: Ibragimov Bunyodbek "Yaponiyada ko'rgan kechirganlarim daftaridan" O'zi bu daftarni bugun birinchi marta yozdi shekilli Photo quidagi linkdan olingan. Nima deb o'ylaysiz shu biznes ma'naviyatga to'gri kelarmikan??? Fikrlarizni komentda kutaman http://thanksosaka.jp

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

Аziz vatandoshlar!

📌
Oramizda siyosat, huquq mavzusiga qiziqadiganlar va shu yo’nalishda tahsil oladiganlar talaygina.

11-iyun sanasida
Yaponiyaning Nagoya iqtisodiy universiteti professori Alisher Umirdinov bilan suhbat tashkil qilinadi.

✅Uchrashuvda:

1.
Muallifning kitoblari taqdimoti: “Talaba do’stimga 78+ tavsiya” va “Xorijda magistratura”

2.
Vatandoshlar bilan suhbat ko’zda tutilgan.

3. Yaponiyada o’qish va ishga kirish mavzusida ham savollarga javob beradilar.

Uchrashuvga ro’yxatdan o’tish
bu yerda

‼️Agar muallif faoliyati bilan yaqindan tanishish
ni istasangiz
kun.uz da chiqqan intervyularini ko’rishingiz mumkin. Hamda uchrashuvda qo’shimcha savol-javobga ham imkon bo’ladi.

📍Manzil: Oʼzbekiston elchixonasi

Instagram | Telegram | wayu_korea">YouTube | Facebook

Читать полностью…

Yaponiya Sadosi | LIVE

JCI Uzbekistan has stated its Leadership Seminars.

JCI Uzbekistan- Junior Chamber International Uzbekistan.


🗓"The Role of Speech in Leadership" seminar was held at the Hilton Hotel in Tashkent. The members of the JCI organization and also who are the business owners from India, Cambodia, Bangladesh, Japan and the Philippines participated in this conference.

🎤The training in the column "Role of Speech in Leadership" was organized by the initiative of Najot Nur, the founder of the "Speaking Skills Center" and "Audionoma" projects, the talented host of this event, a skilled journalist, professional creator, made the seminar process pass in an upbeat spirit.

✍️Our guests Mr. Pheng Kouch-JCI Treasurer, Mr. Oudam Ly-JCI APDC Board Member, Mr. Mark Joseph David-CI APDC Board Member, and Mr. Taiji Tsukumo-JCI APDC Treasurer participated in this event. At the roundtable discussion, our guests from abroad talked about the history of JCI, their experiences, and their contributions to the JCI organization.

⏳At the end of the event, the participation of JCI members and the founders of the M Factor project from Uzbekistan, Hasan and Husan Mamasaidov, Business Coach Ibrahim Gulyamov, and Bektosh Hotamov- the founder of Profi education, as guests of the program, gave a special pleasure to the event and a service for the cultural recreation of the personal content. Furthermore this heated discussion continued around the table.

JCI Uzbekistan Team.

Читать полностью…
Subscribe to a channel