📢 JCI Denovga A’zo Bo‘lish Imkoniyati Ochildi!
JCI Denov yosh liderlar va tadbirkorlar uchun xalqaro imkoniyatlar eshigini ochadi! Endi siz ham global tarmoqning bir qismi bo‘lib, o‘z salohiyatingizni ro‘yobga chiqarishingiz mumkin.
JCI a’zosi bo‘lib, sizga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
✅ Shaxsiy va kasbiy rivojlanish;
✅ Yetakchilik ko‘nikmalarini oshirish;
✅ Mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
✅ Dunyo bo‘ylab yosh liderlar bilan aloqalar o‘rnatish;
✅ Jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar yaratish.
A’zo bo‘lish uchun:
📎 Ushbu havola orqali ma’lumotlarni to‘ldiring: https://forms.gle/twQUdmhvTLtgvhrf6
📧 E-mail: jci.denov@gmail.com
📱 Telegram: JCI Denov
🚀 JCI Denov safida o‘z o‘rningizni egallang va o‘zgarishlar yaratishga hissa qo‘shing!
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/JciDenov
NISSAN “o’lyabti”mi?
Yaqin kunlarda Yaponiyada shov-shuvli xabarlardan biri bu Nissan Motor’ning bu 2024-yilning yarim yillik hisoboti haqida.
Xo’sh, o’zi nimalar bo’lyabti?
Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, Nissan’ning 2024-yilning yarim yillik daromadi (foydasi), o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 90% kamaygan.
2024-yil 1-yarmidagi global sotuv tahminan 41 mlrd dollar bo’lib, foyda tahminan 227 mln dollar, umumiy savdoning 0.5%ni tashkil qilyabti. (O’tgan yilgi 1-yarim yillik foyda 2.3 mlrd dollarni tashkil etgan.)
Shu sababli, butun dunyo bo’ylab tahminan 9,000 hodimini ishdan bo’shatish hamda ishlab chiqarish miqdorini 20%ga kamaytirishni ma’lum qildi.
Xo’sh, foyda miqdorining tushib ketishiga sabab nima?
Asosan quyidagilar.
1. Yangi model mashinalarning yo’qligi
Misol uchun, Nissanning eng katta bozori hisoblanadigan Amerikada eng ko’p sotiladigan Nissan Rogue’ 2020-yilda yangilangan. 4-yil qisqa muddatdek eshitilishi mumkin, lekin Toyota yoki Suzuki deyarli har 3 yilda “full model change” qiladi.
2. Hybrid (gibdir) mashinalari yo’qligi.
Nissan uzoq yillardan beri o’zining e-Power sistemasiga urg’u berib keldi. (e-POWER va Hybrid haqida birozdan keyin alohida post qilamiz) Lekin uzoq masofa bosadigan amerikaliklar uchun yoqilg’i sarfi kam gibrid mashinalarga talab oshmoqda.
Unda, yangi gibrid modellarni ishlab chiqarsa muammo hal bo’ladimi? Yo’q! Chunki bitta yangi modeldagi mashinani yaratish uchun kamida 4-5 yil vaqt kerak bo’ladi. Yangi modelni ishlab chiqargandan keyin ham uni ko’p miqdorda sotadimi yo’qmi, bu yana alohida masala.
Muammo faqat sotuv va foyda kamligidami?
Foyda kamayishi, sotuv tushishi ham albatta katta muammo. Lekin Nissan’ni kutayotgan yanada katta muammo, 2026-yil 6 mlrd dollar miqdoridagi qarzini qaytarish. (Bu qarz 2020-yili kompaniya ichidagi muammolar va buning brend mavqesiga ta’siri sababli, kompaniyani qaytadan oyoqqa turg’izish uchun olingan qarz)
Bundan tashqari, AQShning keyingi prezidenti Trump, Meksikadan Amerikaga import qilinadigan mahsulotlarga bojxona soliqlarini oshirishni ta’kidladi. Meksikada Nissanning zavodlari ko’pligi va Amerika Nissan uchun eng katta bozorligini hisobga olsak, Nissan uchun teskari shamol bo’lishi aniq.
Xo’sh, Nissanning kelajagi nima bo’ladi?
Joriy yil, Yapon automakerlaridan biri bo’lgan Honda va Nissan “strategik hamkorlik”qilishga kelishishdi. Qisqacha qilib aytsak, Nissanning qiyin ahvolga tushib, qarzlarini qaytara olmay qolsa, uning aksiyalarini Honda sotib olishi mumkin, degan tahminlar ham bor.
Agar Nissan Motor’ning yaqin yillardagi tarixi haqida ham yanada ko’proq ma’lumot olishini istasangiz izohlaringizni qoldiring.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
[Prezident Lavozimini Topsirish Marosimi]
Har yili dekabr oyida JCI bir yillik muddat yakunida yangi yetakchiga lavozimni topshiradi. Ushbu marosim JCIda muhim rahbariyat almashinuvi sifatida nishonlanadi. Joriy yilda bu marosim ilk bor Osiyoda o‘tkaziladi. Tadbirda 2024-yilgi JCI Prezidenti Kaveen Kumar Kumaravel rahbarlikni 2025-yilgi JCI Prezidenti Yaponiyalik Keisuke Shimoyamadaga topshiradi. Ushbu marosim Facebook orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Tadbir tafsilotlari:
📅 Sana: 2024-yil 6-dekabr
⏰ Vaqt: O‘zbekiston vaqti bilan 12:00 (tushda)
🔗 Havola: Facebook orqali kuzatish
Kuzatuvchilarimizni ushbu oddiy, ammo ahamiyatli marosimni tomosha qilishga taklif qilamiz. Ushbu tadbir JCI a’zolarining dunyoni yanada yaxshilashga bo‘lgan uzviy intilishlarini nishonlaydi. 🌏✨
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/JciDenov
JCIga A’zo Davlatlarning A’zolar Soniga Ko‘ra Reytingi
JCI (Junior Chamber International) har yili a’zo davlatlarning ishtiroki va a’zolar soniga qarab reytingni yangilab boradi. Quyida eng ko‘p a’zoga ega bo‘lgan davlatlarning so‘nggi ma’lumotlarga asoslangan reytingi keltirilgan:
1. Hindiston – 60,000 ga yaqin a’zo. JCI Hindiston ijtimoiy loyihalari va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda juda faol.
2. Yaponiya – 35,000 dan ortiq a’zo. Yetakchilik treninglari va tadbirkorlik loyihalari bilan mashhur.
3. Filippin – 10,000 dan ortiq a’zo. Mahalliy va xalqaro loyihalardagi faol ishtiroki bilan ajralib turadi.
4.AQSh – 8,000 dan ortiq a’zo. JCIning ilk tashkil etilgan davlatlaridan biri.
5. Germaniya – 5,000 dan ortiq a’zo. Yevropadagi yetakchi JCI davlatlaridan biri.
JCI O‘zbekistonning Faolligi
JCI O‘zbekiston so‘nggi yillarda o‘zining faol ishtiroki bilan xalqaro maydonda e’tirof etilib kelmoqda. Mamlakatdagi a’zolar soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, va bu O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarda faol ishtirok etayotganini ko‘rsatadi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/JciDenov
#MenBilganYaponiya
Men va Yapon tili
Yaponiyaga ilk borganimda, sodda boʻlganman. Oʻzimcha Diplomatiyada 2 yil oʻrgangan yaponcham bilan koʻchadagi odamlar bilan gaplashib keta olaman, deb oʻylaganman. Yoshlarcha maksimalizm, nimayam deysiz. Qoʻlimni uzatsam, oyni olaman, deydigan davrlar.
Yaponiyaga borguncha, Angliyada, Manchesterda bir yil oʻqidim. Oʻzimcha buni gʻurur deb bildim, chunki bu bir yil umrimning undan oldingi yigirma uch yiliga tatigulikdek edi. Ammo Yaponiyaga borganimda, uzoqdan oʻrgangan, uzoqdan intilgan bu davlatimni umuman tushunmasiligimni tushundim. Buni ayniqsa yaponcha kitoblarga liq toʻla kitob doʻkoniga kirganimda his qilardim.
Qayerga borsam, kitob doʻkoniga kiradigan odam sifatida, u yerdagi minglab kitoblarni ochib oʻqiy olmasamda, yapon kitob doʻkonlariga tezda oshiq boʻldim. Oshiq boʻlishga arziydigan, vaqt va tashqi dunyoni unutadigan darajadagi joylar ular. Katta shaharlardagi kitobchilarda albatta inglizcha kitoblar boʻlimi boʻlardi.
Bu boʻlim kitob doʻkonining nari borsa 10 foizini egallab turar, unda inglizchadagi klassika va asosan biznes va siyosat sohasidagi yangi kitoblar sotilardi. Tokioning mashhur Maruzen kitob doʻkonida, yoki Kinokuniya doʻkonlarida birtalay inglizcha kitoblar sotuvda boʻlar, bular uncha-muncha odamga yetadigan kitoblar edi. Har borganimda kamida 2-3 kitobni qoʻltiqlab chiqardim. Ammo bu ajoyib kitoblar doʻkondagi yapon tilidagi kitoblarning oʻndan biri ham emasdi! Shuncha kitob ichida turib, birontasini ochib oʻqiy olmasligimni ich-ichimdan his qilardim!
Ikki yil Yaponiyada magistraturada oʻqidim. Angliyada olgan tajribamga tayanib, yapon universitetining kreditlarini bir yilda yopdim. Qolgan bir yilni dissertatsiya yozishga va yapon tilini oʻrganishga sarfladim. Har kuni ertalab velosipedda yapon tili darsiga borar, darsdan chiqib, tushlik qilish uchun yotoqxonaga kelar, tushlikdan keyin universitet kutubxonasining individual dars qilish uchun belgilangan kichik xonachalaridan biriga qulflanib olib, yaponcha oʻrganardim. Yaponchadan charchaganimda, roman oʻqirdim.
Til oʻrganishni hamisha yoqtirganman, ammo motivatsiyam tugab qolmasligi uchun, Yapon tili qobiliyat imtihoni (日本語能力試験) N2 darajasiga yozildim. Bu imtihonni yapon tilidagi IELTS deb osongina tushuntirsa boʻlar. IELTSda maksimum 9 olish mumkin; yaponcha imtihonda esa 5 daraja boʻlib, eng baland daraja N1, eng pasti esa N5 hisoblanadi. Imtihon yilda ikki marta, iyul va dekabrda boʻladi, unga bir necha oy oldindan yozilish kerak. Imtihonga yozilish paytida N2 darajasini ola olishimga umuman ishonmasdim. Shunga qaramay, tayyorlanishga sabab boʻlsin deb, ¥5500 (oʻsha paytdagi kurs bilan $59) toʻlab, imtixonga yozildim.
Imtihonning men uchun eng foydali jihati yaponchaga nisbatan qoʻrquvimni kamaytirdi. Bir bet yaponcha tekstni koʻrib, sarosimaga tushish oʻrniga, oʻqishga urinadigan boʻldim. Imtihondan bir necha oy soʻng, yapon kitob doʻkonidan kitoblar sotib ola boshlaganim esimda. Katta qismini oʻqib tushuna olmasdim, ammo lugʻat yordamida magʻzini chaqsa boʻlardi.
Odam biron bir tilni oʻrganishni qancha kech boshlasa, oʻzlashtirish shuncha qiyin boʻladi. Qanchalik harakat qilmay, yaponchani inglizcha yo ruschani bilganimdek bila olmayman. Bilgan taqdirimda ham, bilimimga ishonchim boʻlmaydi. Shunga qaramasdan, til oʻrganishning kechi boʻlmaydi.
#MenBilganYaponiya turkumi yozuvlarini juma kunlari chop qilaman.
Manba: @profsherzod
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
🇯🇵 Yaponiya universitetlariga kirish endi osonlashdi
🎙Nagoya Iqtisodiyot Universitetiga kirish imtihonlari Toshkentda o'tkaziladi
📝 Ariza topshirish muddati: Oktabr 21 ~ 28, 15:00 gacha.
😄Arizalar ushbu onlayn link orqali: https://forms.gle/Xw6jY2xJHsJ7AqvM6
📆 Imtihon sanasi: Noyabr 6, 10:30
📢 Natijalar e’loni: Noyabr 22
*Imtihonga hujjatlar asosida tanlovdan o'tgandan keyin kiriladi.
📝 Imtihon tartibi: Insho (2ta) va Intervyu
*Insho 300~400 harfdan iborat bo'ladi.
📱 Imtihon joyi: Center for Global Education and Exchange (CGEE) markazi
Profi Univetsiteti Beruniy Kampus (🚇 Beruniy metro bekatidan 5min).
👩💻 Ba'zi hujjatlar namunasi va ma'lumotlar quyidagi linkda:
https://drive.google.com/drive/folders/1pMpWuicsFamT8uJETh2OuUMzJHOsepHn?usp=share_link
🔖 Hujjatlar topshirishda qiynalsangiz, albatta CGEE markaziga murojaat qiling (xizmatlar pullik).
▫️ +998771602060
▫️ @cgee_uz
📱 Telegram I 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Website
#MenBilganYaponiya
Yapon ish madaniyati haqida
Oʻtgan kuni twitter foydalanuvchilaridan biri yapon hamkasbining gaplaridan yozganlarini oʻqib qoldim. Tvitterda ham qisqacha munosabat bildirdim, ammo u yerda koʻp narsa yozib boʻlmaydi, shu sabab bu yerda ham ikki ogʻiz yozsam.
Twitda sanab chiqilgan narsalar "yaponlar qattiq ishlashadi, hammaning hayot mazmuni ishlashda, hayotini shirkati yo tashkilotiga bagʻishlashda" degan stereotiplarga toʻgʻri keladi. Rostan ham, yaponlarda ish madaniyati ayovsiz, Yaponiyada bundan noliganlar ham koʻp, chetdan turib hayron qoladigan yo kuladiganlar ham. Ammo bunday muhokamalarda, odatdagidek, chuqurroq sabablar chetda qolib, yuzaki gaplar oldinga chiqadi.
Yapon ish madaniyatiga chuqurroq qaralsa, baʼzi oʻta mehnatkashlik boʻlib koʻrinadigan narsalar ortida boshqa sabablarni koʻrish mumkin:
Birinchidan, yapon jamiyatida ijtimoiy bosim (social pressure) nihoyatda kuchli. Konformizm—atrof bilan hisoblashish yashash, jamiyat va guruhni birinchi oʻringa qoʻyish odat hisoblanadi. Bu odat vaqt oʻtishi bilan yumshagandek, ammo baʼzi taʼsirlari hali hamon kuchli.
Ijtimoiy bosimni jamiyat va guruh talabiga koʻra oʻz hayoti va manfaatlarini oʻzgartirish, deb taʼriflasa boʻlar. Bunday bosim bizga tanish, chunki bizda ham "odamlar nima deydi" odati kuchli. Ammo Yaponiyada bu odat bizdagidan bir necha daraja balandroq—baʼzan odamlarni baxtsiz qila oladigan darajada. Bularning baʼzi ayanchli oqibatlarini #MenBilganYaponiya turkumining oldingi ikki yozuvimda (birinchi yozuv, ikkinchi yozuv) keltirgandim.
Bunga bir misol ishdan haydalganini qoʻni-qoʻshni bilib qolmasligi uchun, oradan oylar oʻtsada ertalab kiyinib, portfelini qoʻltiqlab "ishga" ketadigan erkaklar. Bunday erkaklar kunini qahvaxonalar, yo tunu kun ishlaydigan "manga" kafelarda oʻtkazib, ish kuni tugagach, yana uyga qaytib kelishadi.
Yana bir misol—yapon shirkatlarida mijozlar bilan ishlashda ularni mayxonayu oshxonalarga olib borib, mehmon qilish anʼanadir. Bunday oʻtirishlarga mijozlar bilan ishlaydigan xodimlar borishi, mehmonga oling-oling qilib, teppa-teng ichishi kerak. Endi umuman ichmaydigan, yoki ichishni yoqtirmaydigan, yoki uyida yosh bolasi bor xodimning ahvolini tasavvur qiling. Albatta, tushunadigan rahbarlar yoʻq emas, ammo koʻpincha bunday xodimlar kechgacha mayxonada qolishga majbur.
Ikkinchidan, konformizm sabab bizga "qattiq ish" boʻlib koʻrinadigan koʻp jarayonlar nomiga, koʻrgazma uchun qilinadi. Yaʼni, ofisda, ish stoli ustida oʻtkaziladigan vaqtning katta qismi ana shunday keraksiz, maʼnosiz mashgʻulotlarga ketib qoladi. Ofis ishchilarini kuzatib, bunga oʻzim amin boʻlganman.
Yaponiya haqida "samaradorlik past" deyish gʻalati, ammo koʻp ofis ishchilari kunini bekorga sarflaydi. Albatta, sanoati yo shirkatiga koʻra sharoit har xil. Shunga qaramay, bu gapim rost. Mubolagʻa boʻlmasin, ammo nazarimda oʻrtacha yapon ofis ishchisi bir kunda qiladigan ishni amerikalik yo nemis ikki soatda tugatadi.
Chunki nemis yo amerikalik har bir telefon qoʻngʻirogʻini 10 daqiqalik "assalomu alaykum, vaqtingizni olganim uchun uzr, falon kompaniyaning falon boʻlimining falonchisiman..." deb oʻtirmaydi. Avvalo telefon qilib ham oʻtirmas. Yaponlar esa arzimas mayda narsa (masalan, uchrashuvda qaysi suv shishalarini ishlatish) uchun yarim kunini sarflashganiga oʻzim guvoh boʻlganman.
Boshqa sabablar ham bor, bularning hammasini yozib oʻtirsam, yozuv juda uzun boʻlib ketadi. Bunday jarayonu odatlar nihoyatda murakkab boʻlib, chuqurroq nazar talab qiladi. Tarixiy va ijtimoiy sabablarini oʻylab koʻrilsa, yaxshiroq tushunish mumkin.
#MenBilganYaponiya turkumi yozuvlarini juma kunlari chop qilaman.
Manba: @profsherzod
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Xitoy, Yaponiya dengiz mahsulotlari importini qayta tiklaydi
Xitoy va Yaponiya bosqichma-bosqich Yaponiya dengiz mahsulotlari importini qayta tiklashga kelishib oldi. Bu kelishuv Xitoyning 2023-yil avgust oyida Fukusima-1 AESdan qayta ishlangan suvning chiqindisi tufayli Yaponiya mahsulotlarini import qilishni to‘xtatganidan so‘ng amalga oshdi. Importning qayta tiklanishi uchun suv xavfsizligini tasdiqlash maqsadida qo'shimcha monitoring o‘tkazilishi shart qilib qo‘yildi. Ikkala mamlakat ham ushbu yo‘nalish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Xitoy Yaponiya ishlab chiqargan dengiz mahsulotlarini import qilganining sababi, ularning sifati yuqori va ayniqsa yangi hamda mazali bo'lganligi bilan bog‘liq. Xitoy bozorida iste'molchilar va restoranlar orasida bunday mahsulotlarga talab katta hisoblanadi. Dengiz mahsulotlari, masalan, sushi va sashimi kabi taomlarda ishlatiladi.
Yaponiya dengiz mahsulotlariga aniq misollar sifatida skumbriya, taroq, losos, sakkizoyoqli baliq, dengiz uni va orkinosni keltirish mumkin. Bu mahsulotlar Yaponiyada ovlangan yoki yetishtirilgan baliq va dengiz mahsulotlarini anglatadi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiyalik taniqli aktyor va boshlovchi Keisuke Minami “O’zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi” etib tayinlandi.
**********************
日本人俳優で「旅サラダ」番組レポーターの南圭介が「ウズベキスタン観光大使」に任命されました。
*********************
Japanese actor Keisuke Minami has been appointed as the “Ambassador of the Tourism brand of Uzbekistan in Japan”.
МЕН МЕБЕЛСИЗ ХОТИН ОЛАМАН
Орсизликми? ёки пасткашлик,
Ҳодисотга ҳайрон қоламан,
Сизда қандай фикр билмам, лек,
Мен мебелсиз хотин оламан.
Эмиш эпли келинлар сепли,
Мақолинга ўт тушсин, хўпми,
Уйингизда бир “мужик“ йўқми?
Мен мебелсиз хотин оламан.
Эркаклари бўлса зардали,
Аёллари бўлар пардали,
Ўзбекка ор, бу- урф шармандали,
Мен мебелсиз хотин оламан.
Қилган эмиш орзу-ҳаваслар,
Ўғлин сотиб қўйган нокаслар,
Бўлди қилинг, эй молпарастлар,
Мен мебелсиз хотин оламан.
Италянча мебелдан кўра,
Кел зах ерда ётайлик , жўра,
Куёв салом қилгим йўқ, сира,
Мен мебельсиз хотин оламан.
Мебел олиш кўрсанг гар лозим,
Шимни тез еч, кийиб ол лозим,
Сенга эмас, шеърим, овозим,
Мен мебелсиз хотин оламан.
“Туретский сарпо қимапти“,
Дебди “Эркак“ ва тўй тўхтапти,
Куёвчак бу ишинг бўмапти,
Мен мебелсиз хотин оламан.
Бир умр ит бўлгандан кўра,
Бир ой итдек ишлайман жўра,
Ўзинг сотиб олсанг, “кайп“ бирам,
Мен мебелсиз хотин оламан .
✍️….Davomi bor..
Nankai Torafu 1-qism
Nankai Torafu (南海トラフ-Nankai Trough) zilzilasi haqida eshitganmisiz?
Yaponiya janubiy qirg'oqlari yaqinida joylashgan va Filippin dengizi plitasi Evroosiyo plitasi ostiga kirib boradigan joy. Bu torafu Tsuruga qirg’oqlaridan Shikoku hududigacha bo'lgan dengiz tubida joylashgan va taxminan 900 km masofani qamrab oladi.
Nankai Torafu o'tmishda bir necha bor yirik zilzilalarni keltirib chiqargan. Eng mashhur zilzila "Nankai Torafu gigant zilzilasi" bo'lib, bu M8 darajasidagi zilzilalarni o'z ichiga oladi va ko'pincha tsunami ham kuzatiladi. Bu zilzilalar takroriy bo'lib, ularning takrorlanish davri taxminan 100-150 yil bo'lib, lekin aniq tahmin qilish qiyin.
Hozirgi vaqtda Nankai Torafu hududida keyingi 30 yil ichida yirik zilzila yuz berish ehtimoli juda yuqori deb hisoblanadi va Yaponiya hukumati hamda mahalliy boshqaruv organlari bu borada turli tayyorgarlik choralari ko'rmoqda. Nankai Torafu zilzilasi sodir bo'lgan taqdirda, keng ko'lamli zarar yetishi kutilmoqda va oldindan tayyorgarlik ko'rish muhim hisoblanadi.
Davomi bor…
#nankai_torafu
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiyada Taifun!
Tayfun 7 : Og'ir kuchga ega bo'lib, 2024-yil 16-avgust holatiga ko'ra Yaponiyaning Kanto hududiga yaqinlashmoqda. Ushbu tayfun Kanto mintaqasining sharqiy qismlariga katta ta'sir ko'rsatadi deb taxmin qilinmoqda. Xususan, Chiba va Ibaraki prefekturalarida juda kuchli yomg'ir va kuchli shamollar bo’lishi kutilmoqda. Shu sababli, daryolarni toshishi, dengiz va okean qirg'oq bo'yida to'lqinlarning kuchayishi kabi xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkin. Transport vositalarida kechikishlar kutilishi tufayli zarurat bo'lmasa tashqariga chiqmaslik tavsiya etiladi.
G'arbiy Yaponiya va Tokai mintaqalarida tayfun ta'siri kam bo'lsa-da, havo harorati juda yuqori bo'lishi va issiqlik urishi ehtimoli mavjudligi sababli ehtiyotkorlikka chaqirilmoqda. Yaponiyada istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizdan taifun bo’yicha oxirgi yangiliklarni kuzatib borishlarini va kerakli choralarni ko'rishlarini so’rab qolamiz.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
🎙Tokai Gakuen Universitetiga biz bilan!
🏣Tarixi 1888 yilga borib taqaladi.
2024年8月2日から4日まで代々木第二体育館で開催されている第3回世界硬式空手道選手権大会に40名のウズベク人選手が出場し、あらゆる階級でオーストラリアやバングラデシュ、ブルガリア、ベラルーシ、アメリカ、香港、日本、ロシア、アゼルバイジャン、カナダなどの選手との試合に臨みます。
明日から出場するウズベク人選手たちの大勝利を願って、在日ウズベク人、日本人の皆さま、ぜひ応援に駆けつけてください。
**********
2024-yil 3-4-avgust kunlari Tokio shahrida joylashgan Milliy stadion Yoyogi 2-sonli sport saroyida "3rd World Koshiki Karate Championship" oʻtkazilmoqda!
Mazkur chempionatda turli vaznlarda 40 nafar o'zbekistonlik sportchilarimiz Avstraliya, Bangladesh, Balgariya, Belorus AQSH, Gangkong, Yaponiya, Rossiya, Ozarbayjon, Kanada kabi mamlakatlardan bo'lgan raqiblariga qarshi kuch sinashadilar.
Sportchilarimizga ertangiz kurash maydonida ulkan zafarlar tilagan holda, Yaponiyadagi vatandoshlarimiz va yapon do'stlarimizdan hamyurtlarimizni qo'llab-quvvatlash uchun musobaqalarga tashrif buyurishga chorlab qolamiz!
〒150-0041 東京都渋谷区神南2丁目1−1
https://maps.app.goo.gl/WR69KP234BM5DebT6
Amaldagi Olimpia chempioni Uta Abe mag’lubiyatga uchratildi.
Dzyudo bo‘yicha 2024-yilgi Parij Olimpiadasida Uta Abe (ayollar o‘rtasida 52 kilogramm vazn toifasida) ikkinchi davrada o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorovaga bir ippon farqi bilan mag‘lub bo‘lib, 5 yildan buyon ketma-ket davom ettirib kelayotgan chempionligidan mahrum bo‘ldi.
Birinchi raundda osonlik bilan g‘alaba qozongan Uta Abe ikkinchi raundda ham ustunlikka ega bo‘ldi, biroq ayni damda u to‘p tashlashga urinib ko‘rdi, raqibining qarshi hujumi uning chalqancha tatamiga cho‘kib ketishiga sabab bo‘ldi. O‘yindan chetlatilganidan so‘ng, Uta Abe murabbiyi yelkalariga bosh qo’yib baland ovozda yig‘lab yubordi.
Uning raqibi Keldiyorova jahon reytingida 1-o‘rinni egallab turgan kuchli sportchi.
U joriy yil Yaponiyaga Butunyapon o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashish uchun kelganida, Utadan randori ijro etish taklifini rad etgan edi. U o'z sirlarini shu tarzda yashirgan bo'lsa kerak deya taxmin qilinmoqda.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Hurmatli vatandoshlar, bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 32 yil to‘lmoqda. Ushbu muhim sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz!
• Har birimizning huquq va erkinliklarimizni kafolatlaydigan ushbu qonun O‘zbekistonning rivojlanishi, adolat, tinchlik va farovonlikni ta’minlashda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
• O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustahkam birligini, yorqin kelajagini ta’minlashda davom etsin!
@jciuzbekistan
@jciuzbekistan_juniorclub
JCI Prezident Lavozimini Topsirish Marosimi haqida
Bugun JCI uchun muhim va ramziy tadbir — Prezident Lavozimini Topsirish Marosimi bo‘lib o‘tdi. Har yili dekabr oyida tashkil etiladigan ushbu tadbir JCIning yangi rahbariyatini kutib olish va tashkilotning kelajakdagi maqsadlarini belgilash uchun muhim platforma hisoblanadi.
Bu yilgi marosim Kuala-Lumpur, Malayziyada o‘tkazilib, 2024-yilgi JCI Prezidenti Kaveen Kumar Kumaravel rahbarlikni tantanali ravishda 2025-yilgi JCI Prezidenti Keisuke Shimoyamadaga topshirdi. Tadbir davomida yangi rahbariyatga yuqori ishonch bildirilib, tashkilot a’zolarini yangi yilda yanada ulkan marralarga yetaklashga va’da berildi.
Jonli efir orqali Facebook’da namoyish etilgan ushbu tadbirni butun dunyo bo‘ylab minglab JCI a’zolari kuzatishdi. Tadbirda JCIning global yetakchilikdagi roli, yosh liderlarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yana bir bor ta’kidlandi.
Marosimning ramziy ahamiyati shundaki, u JCI a’zolari o‘rtasidagi birdamlikni, yangi yildagi ilhom va yutuqlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Bu nafaqat rahbariyat almashinuvi, balki tashkilotning yangi davrga qadam qo‘yishida muhim bosqich hisoblanadi.
JCI — dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi global liderlar harakati!
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/JciDenov
JCI Milliy Quriltoyida 2025-yil uchun yangi Prezident saylandi
16-noyabr kuni Toshkent shahridagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan JCI Milliy Quriltoyida muhim qarorlar qabul qilindi. Quriltoy doirasida 2025-yil uchun JCI Uzbekistanning yangi Prezidenti saylash jarayoni o‘tkazildi.
Delegatlar tomonidan bir ovozdan Bektosh Khatamov JCI Uzbekistanning 2025-yilgi Prezidenti etib saylandi. Bektosh Khatamov tashkilotning yangi strategik maqsadlarini amalga oshirish va JCIning butun mamlakat bo‘ylab faoliyatini yanada rivojlantirishga bel bog‘lagan.
Yangi Prezidentning saylanishi JCI Uzbekistan uchun yangi bosqichni boshlab beradi. Bektosh Xatamovni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/JciDenov
Yaponiyaning Savdo kompaniyalari (商社, Trading Company) ning rivojlanish tarixi va ishlashi
Meiji davri (1868~1912) boshlarida butun dunyo Amerika, Yevropa, Rossiya tomoniga o’tgandi. Yaponiya esa dehqonchilik va armiyanin rivojlantirishga kuchini qaratgan. O’sha paytda, allaqachon chet elda o’zining ishchilari va ofislariga ega Mitsui Bussan (三井物産) nomli Savdo Kompaniyasi (商社、Trading company) Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda chet eldan yuqori sifatli ishlab chiqarish uskunalarini Yaponiyaga olib keladi. O’sha paytdagi ishlab chiqaruvchi (maker) kompaniyalar asosan davlatga qarashli bo’lib, ulardagi uskunalar asosan chet eldan keltirilgan.
O’sha paytda makerlar bor kuchini ishlab chiqarish soni va sifatini oshirishda, xaridor topish va mahsulotni sotish kabi ishlar esa savdo kompaniyasining vazifasi bo’lgan.
Boshida yapon mahsulotlarining qiymati ancha past bo’lib, faqatgina to’qimachilik mahsulotlarigina dunyo bozoriga chiqa olgan. O’sha davrdan bugungacha, ko’p makerlar o’z mahsulotini faqatgina savdo kompaniyalari yoki dilerlar orqaligina sotishadi va bu Yaponiyaning noyob, o’ziga xos taraflaridan biri.
Quyida Yaponiyadagi top Savdo kompaniyalarining ro’yxati bilan tanishishingiz mumkin.
(O'zingni qiziqtirgan mavzular bo'lsa comment'da yozib qoldiring)
#Saylov_2024 #Fotolavha
🗣Xabar berib borayotganimizdek, O'zbekistondagi parlament saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
🇯🇵Yaponiyadagi vatandoshlarimiz ham muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.
⏳Ma'lumot uchun bugun, 23-oktabr muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarining so'ngi kuni.
✈️Kanalga ulanish:
/channel/vatandoshlar_fond
Bizni kuzatib boring.
📱Facebook | 🌐Instagram |
📹YouTube | 🌐Web-site
✍️Tarixiy fojialardan saboq olish zarur!
Koreyalik yozuvchi Han Gang, yaqinda Nobel mukofotini qo'lga kiritgandan so'ng, Shvetsiyaning SVT telekanali bilan uyida o'tkazilgan intervyusida hozirgi paytda e’tibor markazida bo'lishni xohlamasligini va tinchgina yozuvchilikka e’tibor qaratishni istayotganini bildirdi. U mukofotning hayotiga qanday ta’sir ko'rsatishini tushunishga vaqt kerakligini aytib, hozirda sokin va tinch hayot kechirishni ma'qul ko'rayotganini ta'kidladi.
Han Gang o'zining Nobel mukofotini nishonlamaganligi haqidagi savolga javoban, bu noto'g'ri tushuncha ekanini va o'g'li bilan birga romashka choyi ichib, kichik bayram qilganini tushuntirdi. Ammo dunyodagi urushlar va qiyinchiliklar sabab katta bayram qilishni istamaganini qo'shimcha qildi.
Yozuvchi tarixiy fojialardan saboq olish zarurligini, insoniyat o'tmishdagi xatolarni takrorlayotganini qayd etdi.
Han Gangning bu so'zlari uning nafaqat adabiyotdagi yutuqlari, balki hayotning chuqur ma'nolarini izlayotganini ham ochib beradi.
Manba:Yonhap News
Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida va AQSh Prezidenti Jo Bayden uchrashuv o’tkazdi
21-sentabrda Yaponiyaning Bosh vaziri Fumio Kishida va AQSh Prezidenti Jo Bayden Delaver shtatida uchrashuv o'tkazib, Yaponiya-AQSh ittifoqini yanada mustahkamlashni tasdiqlashdi. Ikkala yetakchi ham xalqaro tartib yangi qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir paytda, Yaponiya va AQSh hamkorligining muhimligi ortib borayotganini ta'kidlab, ilgari bo'lgandan ham mustahkam ittifoq tuzganliklarini o'zaro olqishladilar.
Uchrashuv davomida Xitoy va Hind-Tinch okeani mintaqasi xavfsizligi, Ukrainaga yordam va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi hamda Yaponiya va AQShning kelgusida yaqindan hamkorlik qilishlari tasdiqlandi. Shuningdek, iqtisodiyot sohasida Yashil Transformatsiya (GX) va yarimo'tkazgichlar kabi muhim texnologiyalar, shuningdek, energiya ta'minoti zanjirini mustahkamlash bo'yicha hamkorlik muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuv orqali Yaponiya va AQSh xavfsizlik va iqtisodiy yo'nalishlarda xalqaro hamjamiyatda yetakchilik qilishni davom ettirishni maqsad qilmoqda.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Raqamli transformatsiya vaziri Taro Kono 2-avgust kuni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida post qoldirib, faol ishchi avlod uchun ijtimoiy ta’minot sug’urta to’lovlarini kamaytirishni maqsad qilganini ma'lum qildi. U bosh vazir bo'lishni xohlayotganini va bu o'z maqsadiga erishish uchun amalga oshirmoqchi bo'lgan rejalari qatorida ekanligini ta'kidladi. Kono sentyabr oyida Liberal-demokratik partiya raisligi uchun saylovga nomzodini qo'yishini e’lon qildi va bu, aslida, uning saylovoldi dasturining bir qismi hisoblanadi.
U shunday izoh berdi: “Faol ishchi avlodning yukini ortiqcha qilmaslik uchun, keksa avlod o'rtasida o'zaro yordamni hozirgidan ham ko'proq kuchaytirish zarur.” Shuningdek, u “amaldagi tizimga ko'ra, keksa yoshdagi odamlarning tibbiy xarajatlarining ko'p qismini ishchi avlod ish haqiga solinadigan ‘soliq’ orqali qoplamoqda” deb ta'kidladi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
МЕН МЕБЕЛСИЗ ХОТИН ОЛАМАН
Davomi…..
Орсизликми?
Уйни кўрки парда, гиламмас,
Ёки қиммат мебель биланмас,
Хотин олинг иймон билан бас,
Мен мебелсиз хотин оламан.
Донолардан олдим ўгитни,
Манглайига берсин йигитни,
Нарсапараст йигит йигитми?
Мен мебелсиз хотин оламан.
Оғирингни ташлаб, хотинга,
Бир кун келиб солса бетинга,
Юмшоқ мебел ботар “кетинга“,
Мен мебелсиз хотин оламан.
Қайнота бир дуони қилинг,
Қизингизни сепсиз оламан,
Сарпосига иймонин беринг,
Мебелига виждонин беринг,
Мен мебелсиз хотин оламан.
Тингла дўстим,мендаги оҳни,
Бу “урф“ ларни юлиб отайлик,
Умматимиз ,Расулуллоҳни,
Кел , мебельсиз хотин олайлик.
Шеърни ўқиб қолсанг, эртага,
Кўрмасликка олма жўртага,
Духинг етса айтчи ҳаммага,
МEН қўй эмас, қўчқор боламан,
ВА МЕБЕЛСИЗ ХОТИН ОЛАМАН.
Муаллиф:
✍️…Бaҳодир Искандаров.
/channel/yaponiya_sadosi
Saylov jarayonlari
NHKning xabar berishicha, keyingi oyning 27-kuni ovoz berish kutilayotgan LDP rahbariyati saylovida Kobayashi Takayuki birinchi bo'lib nomzodini e'lon qildi va sobiq bosh kotib Ishiba ham shu hafta ichida nomzodini e'lon qilishi kutilmoqda.
Bu saylovda Kishida Bosh vazirining o'rnini tanlash rejalashtirilgan bo'lib, nomzodlar 12-kuni e'lon qilinadi va ovoz berish sentyabrning 27-kuni rasmiy tasdiqlanadi. Bu safargi saylov davri 1995-yildan buyon eng uzoq davom etayotgan va shu bilan birga eng maqbul nomzodni tanlashga bo’lgan ishonchning tiklanishi aytilmoqda. Digital Agentligi vaziri Kono Taro, sobiq Bosh kotib Kato, tashqi ishlar vaziri Kamikawa, Koizumi Shinjirō kabi 10 dan ortiq nomzodlar o'z nomlarini e'lon qilishgan va tavsiya qiluvchilarni yig'ish va nomzodlik e'lon qilish tayyorgarliklari davom etmoqda.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
NHK ning xabar berishicha, 2024 yilning 4-6 oylik davrida Yaponiya YaIM 3.1% ga o‘sdi va nominal YaIM birinchi marta 600 trillion yendan oshdi.
Bu o‘sish asosan avtomobil ishlab chiqarishning tiklanishi, shaxsiy iste’molning ortishi va kapital qo‘yilmalarining barqaror o‘sishi bilan bog‘liq. Ayniqsa, daromad muhitining yaxshilanishi shaxsiy iste’molni oshirdi. Lekin kelajakdagi xatarlar sifatida yenning mustahkamlanishi va AQSh iqtisodiyotining yomonlashishi xavfi borligi ham tilga olinmoqda.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida kelasi oyda lavozimidan ketishini e'lon qildi. Bu qaror, Liberal Demokratik Partiyasi (LDP) ichida siyosiy moliyalashtirish mojarosi bilan bog'liq bosimlar ortidan qabul qilindi. Kishida, LDP prezidenti sifatida qayta saylanish uchun nomzodini qo'ymasligini ma'lum qildi, bu esa uning bosh vazirlik davrini yakunlaydi.
Kishidaning iste'fosi uning reytingi tushib ketgan davr ortidan kelmoqda, hozirda bu reyting taxminan 25% ni tashkil etmoqda. Uning hukumati moliyalashtirish mojarosini boshqarishda tanqid qilindi va jamiyat hamda partiya ichida uning rahbarligi borasida noroziliklar paydo bo'ldi. LDP ichidagi kuchli fraksiyalarni parchalash orqali jamoatchilik ishonchini qayta tiklashga urinayotganiga qaramay, partiya ichida o'zgarishlarga bo'lgan bosim saqlanib qoldi.
Endi LDP yangi rahbarni saylashga tayyorlanmoqda, u Yaponiyaning keyingi bosh vaziri ham bo'ladi. Potentsial nomzodlar qatorida bir nechta yuqori lavozimli LDP qonunchilari bor, ammo hozirgi kunda aniq favorit yo'q. Kishidaning iste'fosi Yaponiyada siyosiy beqarorlik xavotirlarini keltirib chiqaradi, ayniqsa 2025 yil oktabriga qadar bo'lib o'tishi kerak bo'lgan umumiy saylovlar oldidan.
Ushbu o'tish davri, shuningdek, Yaponiyaning Qo'shma Shtatlar bilan munosabatlari va uning xalqaro roli uchun ham o'z ta'sirini o'tkazadi, ayniqsa mudofaa xarajatlari va mintaqaviy xavfsizlik ittifoqlari kontekstida.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Yaponiya Bosh vaziri janob Fumio Kishida 14- avgust kuni ertalab bosh vazirlik idorasida matbuot anjumani o‘tkazdi va sentabrga belgilangan Liberal-demokratik partiya raisligi saylovlarida qatnashmaslik niyatini bildirdi. Partiya fraksiyalari o‘rtasida siyosiy moliyalashtirish kabi muammolar tufayli xalq ishonchini yo‘qota olmagani uchun qayta saylovlar qiyin kechishi belgilandi. Partiyani qayta qurishni yangi shaxsga ishonib topshirish kekaklgini, u yangi rais saylanganidan keyin o'z lavozimini tark etadi.
Bosh vazir shunday dedi: ``Yangi Liberal-demokratik partiyani xalqqa aniq ko`rsatish kerak. Liberal-demokratik partiya o`zgarayotganini ko`rsatish uchun birinchi va eng aniq qadam bu mening lavozimimdan ketishimdir''.
Bosh vazir 2021-yil sentabrida partiya railik saylovlarida Taro Kono va boshqalarni mag‘lub etdi va o‘sha yilning oktyabr oyida Yoshixide Suganing vorisi etib tayinlandi. U 1000 kundan ortiq vaqtdan beri lavozimda edi, bu Nobusuke Kishidan keyingi sakkizinchi eng uzoq urushdan keyingi davr. Sentyabr oyi oxirida partiya prezidenti sifatidagi uch yillik muddati tugagach, u o‘z lavozimini tark etadi. Manba: Nikkei news. Ma'lumot uchun: Avgust oyida O'zbekistonga tashrifi bekor qilingan edi.
O'zbekistonning Nagoya shahridagi faxriy konsuli Ito Hiroyuki Konan Meriyasiga tashrif buyurdi
O'zbekistonning Nagoya shahridagi faxriy konsuli Ito Hiroyuki Konan Meriyasiga rasmiy tashrif buyurdi. Konsulni Konan shahar hokimi Sawada Kazunobu, hokim o'rinbosari Honda Hiroki va Ta'lim bo'limi boshlig'i Mura Yoshihirolar iliq va samimiy qarshi olishdi.
Uchrashuv Dzyudo bo'yicha sportchimiz Diyora Keldiyorovaning 5 yildan buyon davomiy mag'lubiyatsiz kelayotgan Uta Abe ustidan qozongan g'alabasi barchani hayratga solgani haqida tabassum bilan eslash bilan boshlandi. Bu voqea o'zbek sportchilarining yuksak salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Faxriy konsul uchrashuv davomida O'zbekistonning turizm hamda iqtisodiy salohiyati va xavfsizligi haqida batafsil tushuntirishlar berdi. Shuningdek, u O'zbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan ulkan islohatlar va ularning samarasi haqida ham ma'lumot berdi. O'zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va tabiiy go'zalliklari haqida ham ko'plab faktlar taqdim etdi. Zamonaviy rivojlanish yo'llari va investitsiya imkoniyatlari ham alohida ta'kidlandi.
Shahar hokimi Sawada Kazunobu faxriy konsulning Konan shahriga qilgan tashrifidan juda mamnun ekanligini bildirdi va O'zbekiston haqida qiziqishi ortganini ma'lum qildi. U kelajakda O'zbekiston bilan madaniy va iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yish istagini izhor etdi.
Uchrashuv so'ngida, hokim tomonidan joriy yilning 18-avgustida bo'lib o'tadigan Xalqaro almashinuv festivaliga faxriy konsullik ham taklif qilindi. Ushbu tadbirda O'zbekiston haqida ishtirokchilarga tanishtirish iltimos qilindi.
Bu taklif O'zbekiston va Konan shahri o'rtasidagi hamkorlikning yana bir bosqichi bo'lishi kutilmoqda.
Uchrashuv juda ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi va tomonlar sovg'alar almashishi bilan yakunlandi.
Bu tashrif ikki shahar o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9
Tokai Gakuen universiteti O‘zbekistondan xalqaro talabalarni qabul qiladi
Tokai Gakuen universiteti vitse-prezidenti Hisashi Ito bugun O’zbekistonning Nagoya shahridagi faxriy konsulligiga tashrif buyurdi va O‘zbekistondan xalqaro talabalarni qabul qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Ushbu tashrif ikki davlat oʻrtasida taʼlim sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirishda muhim qadam boʻldi.
Faxriy konsul Ito Hiroyuki dastlab Oʻzbekiston madaniyati, tarixi va taʼlim tizimi haqida batafsil maʼlumot berib, Oʻzbekiston taqdim etayotgan taʼlim sifati va xilma-xilligi haqida batafsil tanishtirib o’tdi.
Soʻngra Tokai Gakuen universiteti vitse-prezidenti kelasi yilning aprel oyidan boshlanadigan yangi semestrga Oʻzbekistondan chet ellik talabalarni qabul qilishga tayyorgarlikni noyabr oyidan boshlash istagini bildirdi. “O‘zbekistonlik chet ellik talabalar yaponiyalik talabalar bilan madaniy almashinuv orqali o‘zaro tushunishni chuqurlashtirishiga umid qilamiz”, — dedi vitse-prezident.
Tashrif yakunida tomonlar O‘zbekistondagi Global ta’lim va almashinuv markazi(Center for Global Education and Exchange) bilan hamkorlik qilish va ta’lim dasturlarini mustahkamlash va talabalar almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldilar. Ushbu memorandum Tokai Gakuen universiteti va O‘zbekistondagi ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.
Faxriy konsul “Ushbu hamkorlik har ikki davlat yoshlari uchun qimmatli bilim olish imkoniyatini beradi va ularning xalqaro dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi”, deb taʼkidladi va kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirishga umid bildirdi.
Ushbu munozara orqali Tokai Gakuen universiteti Oʻzbekistondan xalqaro talabalarni faol qabul qilishni va inson resurslarini global istiqbolga ega boʻlishga intilishni maqsad qilgan.
Yanada ko’proq ma’lumotlar👇
/channel/+UBghPNiV-lnLqDF9