yasirabookshop | Unsorted

Telegram-канал yasirabookshop - YASIRA BOOKSHOP

655

Yasira book store'dan siz istalgan turdagi kitoblarni topa olasiz: 📚 Dunyo tan olgan "bestseller" kitoblar 📚 Diniy kitoblar 📚 Bolalar adabiyoti Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/yasirabookshop/ Admin: @yasira2

Subscribe to a channel

YASIRA BOOKSHOP

#nazm

Balo dashtida Majnundek, manim devonadur ko'nglim,
Junun bozorida mansur kabi afsonadur ko'nglim.
Muhabbat deb, boshim so'zon bo'lib parvonadur ko'nglim,
Tushib zindonu, g'am ichra, ki bandi xonadon ko'nglim.

Asiri g'am bo'lib bandi ichra rangi zafarondurman,
G'aribu bekasu bemanzilu ham bemakondurman


Tamomi mulki olamni ajalning chokari ko'rdim,
Hayolimga nazar qildim, o'zimni ozari ko'rdim
Borib royiga man yurdim, ki nafsi kofari ko'rdim
Bu dayri ko'hnaga keldim ey, buzilgan langari ko'rdim.

Ki men yo'l o'tguvchi bundan ey, g'arib bir karvondurman
G'aribu bekasu bemanzilu ham bemakondurman.


Jahonni bebaho derlar, qani Kayhusravu dono,
Qani Jamshid, Iskandar, qani Rustam, Qani Suqrot....
Qani jumla avliyolar, qani ul sohibi Mehrob ....
Qani Abu-Bakru Siddiqu, Umar, Usmon duri noyob.
Qani Temur derdilar : Ki men Sohibqirondurman.
G'aribu bekasu bemanzilu ham bemakondurman.

Iloho, rahmi qil men xastaga, ko'p notovondurman,
Qizil gul g'unchasidek  tax-batahkim bag'ri qondurman....


♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Nahotki boshqa hech kimda kitob o'qish "plan" yo'q...😳

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Bu rasmlarni qachon olganimni eslolmayapman😂 chunki ko'p rasmlarga oldim yaqinda mobilograf bo'b ketsam kerak😁

Lekin... rasmla chiroyli chiqibdi a?
Chiroyli chiqibdi deganla ❤️)
Bu men uchun motivatsiya😊

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Kechikishlar uchun uzur)

Qolgan kitoblarni ham ko'ramizmi?

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Xo'sh xo'sh kecha kelgan kitoblar orasida avval do'konimizda yo'qlari ham bor ekan, yangilar bilan tanishib chiqamizmi?

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#nazm

Kirmoqchi bo'larlar yuragimgacha
Noxushlik qilsamda maqtab tonggacha
Kirmoqchi bo'larlar yuragimgacha
Noxushlik qilsamda maqtab tonggacha
Xudo ko'rsatmasin yiqilsam agar
Mening atrofimdan qochganlar qancha

Barchani muzlatgan qorsan deydilar
Yaxshiyam dunyoda borsan deydilar
Lochin yo'lda qolar sarson deydilar
Qarang! Osmonimda uchganlar qancha

Sirimni o'g'irlab mehrim o'g'irlab
Xatoim to'g'irlab dilim sehrlab
Kelib qulog'imga asta pichirlab
Yechilmas tugunni yechganlar qancha

Dardlarim yotadi titrab tanamda
Bitirar ishini ko'ngilxonamda
Jigardan yaqinim deb ostonamda
Maqtab sharobimni ichganlar qancha


Ishondim ko'zdagi yoshlarin artib
Ketgan yaqinlarim kelganda qaytib
Belimda kuch qolmay qolsam gar qarib
Darrov kafanimni bichganlar qancha

G'iybat eshigini yopdim qiynalib
Yopguncha ming bora ketdim loylanib
Soch-u suluvlarga qolsam boylanib
Yana shu eshikni ochganlar qancha

Ko'plarim bilmaysiz dardim ichimda
Dard bor san'atimdan olgan kuchimda
G'am bilan to'qnashgan har bir kunimda
Bir bir hayolimdan o'tganlar qancha

O'shal g'animlarga zo'rlik qilmayman
Omonlik tilayman sog'lik tilayman
Bilmaysiz do'stlarim men ham bilmayman
Sodiq do'stlaridan kechganlar qancha

Bilmaysiz do'stlarim men ham bilmayman ?!

Sodiq do'stlaridan kechganlar qancha.....

Maqtab sharobimni ichganlar qancha......

Darrov kafanimni bichganlar qancha......

♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#tanishuv

Assalomu alaykum va rahmatulloh

Xurmatli Yasira BookShop kanali a'zolari. Men Yasira kitob do'koniga yaqinda ishga keldim. O'zlaring yangi ishga o'rganish oson emasligini kimdandir eshitgandirsila yoki boshlaringdan o'tgandir). Lekin menda bu yerdagi ahil jamoa tufayli umuman qiyin bo'lmadi, Alhamdulillah. Ko'pchilik aytishdi, kutubxona yoki kitob do'koni zerikarli joy deb, men o'ylayman shunday degan insonlarning o'zlari zerikarli bo'lsa kerak😄( hazil) ).
Shunday qilib sizlar bilan tanishganimdan xursandman).

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Assalomu alaykum va rohmatulloh

"Halovat topishni xohlagan inson muhabbat kutmaydi, balki ulashadi. Qadrlaydi, qadr kutmaydi. Yordam beradi, tama qilmaydi... Uzr aytadi, uzr kutmaydi..."
Abdulqodir Duru

📚 "Gunohning ranggi"
© Ahmad Gunbay Yildiz

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Xo'p mayli to'g'ri javob berganlar uchun Yasira kitob do'konidan xohlagan bitta kitobingizni 50% chegirmada harid qilishingiz mumkin😊

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

G'olibimizni tabriklaymiz😊
Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin.

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Hali endi ikkita kitob taxmin qilindi.
Siz ham urinib ko'rishingiz mumkin.

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

"Abdulloh Ibn Muborak ismli bola yoshligidan ko'pgina ustozlardan ilm o'raganadi va shu ilmi orqali bozorga borib, tarjimonlik qiladi va bu uning ilmi orqali birinchi topgan pullari bo'ladi. Shunday qilib bozorda u o'zini gazlama do'konini ochadi. Ko'pchilik haridorlar uning oldiga faqat gazlamasi uchun emas, balki uning go'zal muomalasi uchun kelishadi. Bir kuni uning bir qo'shnisi eri vafot etgandan so'ng, ularning uyida hech narsalari qolmaganini, shuning uchun harom mol go'shtini yemoqchi bo'lganlarini eshitgan paytda u Haj safariga yo'l olishi kerak edi. Lekin Haj safari uchun bo'lgan pulni o'sha qo'shnisining oilasiga hayr-ehson sifatida berib yuboradi. Boshqa Haj safarini ado etib kelgan qo'shnilari " Biz sizni ko'rdikku, biz siz bilan birga Haj safarini ado etdikku" deyishadi. U bechora oilaga ehson qilib Haj safarini ado etganga teng savob oladi! Va Abdullohning ishlari yana yurishgandan yurishib ketadi."

Men sizlarga bir asarni kichik hikoya sifatida so'zlab berdim.
❓Savol shundan iboratki: men hikoya qilib bergan asar nomi nima? va muallifi kim?

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Soat 22:00 da savolni yuboraman.

Faqatgina birinchi va to'g'ri javob bergan kitobxon g'olib bo'ladi.
"Men javobni bilardim faqat vaqtida kirolmay qoldim😔"- demaslik uchun kanalni qadab qo'ying😊

Hammangizga omad tilayman😇

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#notes

"Yigirma bir yoshdaman, ammo yigit emasman. Yigit kishi, haqiqiy er kishi boʼlganimda Istanbulni qaytarib olardim. Mard boʼlganimda Rimga koʼz tikkan boʼlardim. Vaholanki, burnimning tagidagini ham koʼrishga ojizman. Nomardlar bizni qoʼgʼirchoqqa aylantirib qoʼydi. Jilovim ularning qoʼlida. Tayyorlov kursi, imtihon, universitet... Birgina qiladigan foydali ishim test yechish. Аncha avval oʼzgartirilishi lozim boʼlgan tizim izmida yuribman.

Istanbulni yoʼqotdim, Bagʼdodni yoʼqotdim. Quddusni boy berdim. Rimni unutdim. Maqsadlarim oddiy: yaxshi fakulьtet, baland maoshli ish, iloji boʼlsa goʼzal rafiqa, ishlaydigan boʼlsa, yanada yaxshi. Аxir bu davrda birgina erkakning topgani nima boʼlardi? Yashash qiyin. Keyin yaxshi uy, undan keyin yangi mashina, bola-chaqa, xullas, shu tarzda yashab oʼtamiz. Eh, meni kim shu koʼyga soldi?..”

Turk adibi Umar Foruq Doʼnmazning “Hamza” nomli asaridan

©MubashshirAhmad

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#notes

Kitobxonlarga tavsiya


♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Va nihoyat men uydaman)

Yana 8 ta odam ovoz bersa o'sha paytni o'zida loyihaga ro'yxatdan o'tishni boshlimiz InShaa'Allah.
Yordam berila shu ovoz yig'ilishiga..)

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Assalomu alaykum va rahmatulloh.

Kunni yaxshi boshlab oldingizmi?

Ko'rib turganiladek kitob javonlarimizda bo'sh joylar bor(
Biz o'sha bo'sh joylarni to'ldirmoqchimiz) faqat qanaqa kitoblar bilan to'ldirishni bilmayapmiz. Bizga yordam bering😁
Qaysi kitoblarni sotib olishni "plan" qilgansiz kommetlarda yozib qoldiring)

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#diniy

Ahmad Lutfiy Qozonchi
"Saodat asri qissalari"

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#inglizcha

"Harry Potter" J.K Rowling

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Assalomu alaykum va rahmatulloh

Hayrli tong🌸

Kunila hayrli va barakotli o'tsin🌸

Ertalabdan ishimga azgina kech qolishimga saal qoldi, kecha kechki payt shunaqa ko'ppale yangi kitobla keldi do'konga😁 hozir tahlab bo'ldim hammasini

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Hurmatli bookishlar (kitobxonlar) agar shu so'rovnomada 70 kishi ovoz bersa yangi kichikroq loyihacha boshlimiz, albatta sovg'alari bilan.

Loyihacha boshlanishini xohlasangiz bookish do'stlaringizga ulashing, taklif qiling.

/channel/yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

​​#hazil

🚩HABASHLAR VODIYSI

Turklarning "Kurtlar vadisi" serialini ko'rgansiz. Unda Ali Candan davlat vazifasini bajarish uchun yuzini plastik operatsiya qildirib, Polat Alemdarga aylanadi. Uyog'ini ham bilasiz...

Adabiyotda ham shunaqa tarix bo'lishini bir tasavvur qilib ko'ring.
Janjalkash va oqsuyak Pushkin 1837-yilda duelda halok bo'ladi. Keyin esa Fransiyada Dyuma ismli mashhur yozuvchi paydo bo'ladi. Baqaloq Dyuma xuddi Pushkin kabi jingalak sochli, ayollar va kayfu safoni sevadigan odam edi.
Yana bir o'xshash tarafi Pushkinning ham, Dyumaning ham ajdodlari Afrikalik edi...

Bunisi ham mayli. Pushkinni otgan odam - Dantes deb atalgan.
Dyumaning "Graf Monte Kristo" romanidagi qasoskor qahramoni ham Edmon Dantes nomini olgan.

Xullas, ayrim fantaziyaga boy jurnalistlar Pushkin va Dyumani bitta odam deb hisoblashadi.

Lekin bu shunchaki to'qima. Dyuma ham, Pushkin ham alohida shaxslar bo'lishgan.


@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#nazm

Mayda tashvishlarda maydalandim men — Ming taraf yugurdi mingta bo‘lagim.
Eski yo‘llarimda qaytalandim men — Tilagim to‘zidi, toldi yuragim.

Betoqat kurashning vayronligida Yiqildim — vujudu ruhim chilparchin.
Mening mag‘lubligim zindonligiga Botinib boqmadi biror Oybarchin. Yolg‘izlikning buyuk sukunatida Qorong‘u osmonga boqarkan ko‘zim,
Miyamning shovqindan yiroq qatida Sharpaday "lip" etdi to‘zg‘igan o‘zim.
Bir tirik nuqtaga jamlab dardimni, Dil o‘zlik ortidan choparkan halak — Yuragimga qo‘ydi bitta gardimni Yolg‘izlik — mehribon tilsiz kapalak

©️ Usmon A’zim

♻️
@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Qolgan to'g'ri javob berganlarni ham tabriklayman. Asosiysi sizda ilm bor bu sizning eng katta yutug'ingizdir!

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Ahadquli Holmuhammad o'g'li qalamiga mansub " Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti"

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Xo'sh xo'sh taxminlarni aytsangiz ham sizni hech kim urushib bermaydi😉

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Tayyormizmi?

Sovg'a meniki bo'ladi deganlar reaksiya bosib qo'yamiz😊

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Assalomu alaykum va rahmatulloh.

Hurmatli "Yasira BookShop" kanalini doimiy kuzatuvchilari. Bugun sizlarni bilimingizni ozgina sinamoqchiman😉, nima deysizlar?

Bugun kanalga bir savol tashlayman, albatta savol kitob haqida bo'ladi. Havotir olmang savol unchalik ham qiyin bo'lmaydi, lekin birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan kitobxonga sovg'a beramiz.

Xo'sh savolimiz kimga qiziq?
Kim birinchi bo'lib to'g'ri javob bermoqchi?

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

​​#notes

"Ikki eshik orasida" Orif Raisni mana shu ishiga malades.

Qisqartirdim
Qora amma hikoyasi
"Yulduzi yulduziga to'g'ri kepti"

–Orif oqsoqol koʻrpa tagini ochib nosini sandalga tupladi.
–Xoʻsh, nima boʻpti? - dedi qoʻlini paxsa qilib.
–Ikki yoshning yulduzi yulduziga toʻgʻri kelgan boʻlsa, sen nimaga obidiyda qilasan, ahmoq xotin? Oʻqi, oʻsha joyini yana oʻqi, qizim! Potma kelin oʻsha gaplani qaytadan shoshilmasdan oʻqidi:
–Eshitishimga qaraganda Robiyaga sovchilar kelayotganmish. Oʻshanda bir gapni aytishga uyalgandim. Endi aytib qoʻyay: –Robiyani uzatib yubormanglar. Agar shunday qilsanglar Toshkentni suvi menga harom. Qizingiz bilan ahd-u paymon qilib qoʻyganmiz. Meni oʻgʻlim desangiz Robiyaning boshini bogʻlab qoʻyinglar, borgan kunim toʻy qilamiz...»

Oqsoqol shaxt bilan qaddini rostlagan joyida oʻdagʻayladi.
–Oʻgʻling Robiyani yaxshi koʻradi. Endi tushundingmi? Yo haliyam aqling yetmayaptimi? Robiyani suxsurdek qiz boʻlsa, tagʻin nima deysan, xumgazak?

–Menga qarang, Oqsoqol... El-yurt nima deydi?
–E, yana gapiradi-ya! -Oqsoqol beli ogʻriganiga qaramay, qaddini rostladi. Afti burishib ketdi. Sandal ustiga yozilgan quroq dasturxonni jahl bilan mushtladi, turshak-jiydalar har yoqqa sachrab ketdi. –Ikki yosh bir-biriga koʻngil qoʻyganmi, axir! Ogʻziga kuchi yetmaganlar bilan nima ishing bor?

–Sen, kelin, esli-hushli xotinsan. Xayrli ishni kechiktirib boʻlmaydi. Duma kelsa, darrov buyoqqa gʻirillat!
.....


♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

“Inson uchun irodani toblashning eng yaxshi yoʻli oʻzi uchun qiyin boʻlgan ishni har kuni qilishdir”.

-Gassion

♻️@yasirabook

Читать полностью…
Subscribe to a channel