yasirabookshop | Unsorted

Telegram-канал yasirabookshop - YASIRA BOOKSHOP

655

Yasira book store'dan siz istalgan turdagi kitoblarni topa olasiz: 📚 Dunyo tan olgan "bestseller" kitoblar 📚 Diniy kitoblar 📚 Bolalar adabiyoti Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/yasirabookshop/ Admin: @yasira2

Subscribe to a channel

YASIRA BOOKSHOP

#notes

-Semyon!
-Ha?
-Biz begonaga yordam berdik, lekin nimaga bizga hech kim yordam bermasligini tushumayman
-Bilmasam, nima bo’lsa ham-da….

Semyon qanday javob bersa, yaxshi bo’lishini bilmasdan, shunchaki o’shandek yotganicha uxlab qoldi.

©️ “Odam nima bilan yashaydi“ Tolsoty

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

​​⭕️ NAPOLEON HAM YOZUVCHI BO'LGANINI BILARMIDINGIZ?


Napoleon “Klisson va Yevgeniya” nomli qissa yozgan. Asar prototipi uning oʻzi boʻlib, “Dezire” (fr. Orzu) laqabli Yevgeniya Klari degan ayol bilan munosabatlari haqida hikoya qiladi.

Fransuz inqilobi ishtirokchisi boʻlgan harbiy urushdan qaytadi va jamoat hammomida Yevgeniyani uchratib yoqtirib qoladi. Klisson iste’foga chiqib, Yevgeniya bilan turmush quradi, oʻrtada farzand tugʻiladi.

Biroz oʻtib ularning tinch hayotiga urush soya soladi. Klisson ona yurt himoyasiga otlanishni oʻz burchi deb biladi. Janglarning birida Klisson jarohat oladi va Yevgeniyaga doʻstidan xat berib yuboradi. Doʻsti esa unga xiyonat qilib Yevgeniyani oʻziga moyil qilib oladi va u eriga xat yozishni toʻxtatadi.

Gʻam-qaygʻu iskanjasida qolgan Klisson bevafo yoriga soʻnggi maktubini yozib, oʻzini otib oʻldiradi.

Haqiqiy hayotda Dezire kitobdagi personajlardan omadliroq ekan. U Shvetsiya taxti vorisi boʻlgan generalga turmushga chiqadi va Norvegiya va Shvetsiyaning qirolichasiga aylanadi.

Hayoti afsona va rivoyatlarga burkangan Napoleon Bonapart haqida yanada koʻproq ma’lumotga ega boʻlish uchun ushbu kitobni oʻqishni tavsiya etamiz...


♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#notes

Bu videoni Chol va Dengiz qissasiga o’xshatib yubordim kitobda qanday bo’lsa bu yerda ham shunday ko’rsatilagn. . .

🎯Barcha turdagi kitoblar buyurtmasi uchun : +998974273732 • @yasira2 ga murojaat qilishingiz mumkin!

♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#fikr


❗️Mamlakatimizda Аxborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari soni nechtaligini bilasizmi?

2000 yilda 6027
2001 yilda 5936
2002 yilda 5943
2003 yilda 6158
2004 yilda 5953
2005 yilda 5892
2006 yilda 1200
2007 yilda 1521
2008 yilda 1650
2009 yilda 2722
2010 yilda 2809
2011 yilda 2809
2012 yilda 2831
2013 yilda 2834
2014 yilda 2877
2015 yilda 2914
2016 yilda 2908
2017 yilda 2898
2018 yilda 2902
2019 yilda 398
2020 yilda 400
2021 yilda 402

2000 yilda 6027 kutubxonaning 1013 tasi shaharda, 5014 tasi qishloqlarda joylashgan boʼlsa, 2021 yilga kelib 402 ta kutubxonaning 365 tasi shaharda, 37 tasi esa qishloqlarda qolgan, xolos.


©️Normatovsmind

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#notes

❗️Dunyoqarash va Tafakkuringizni oshirish uchun 13 ta faoliyat (o'z talqinimda).

1. Kitob o‘qish – ayniqsa, roman o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Ilmiy kitoblarni o'qish dastlab sizni charchatishi mumkin. Siz ko'plab romanlarni o'qishingiz mumkin. Men detektiv, drama, klassik, fantastik, kontr-madaniyat romanlarini o'qishni tavsiya qilaman. Ilmiy va falsafiy kitoblarga keyinroq o‘tasiz.

2. Kino tomosha qilish – ayniqsa, falsafiy, o‘ylantiradigan, psixologik va fantastik filmlarni ko‘rishni tavsiya qilaman. Siz hatto filmlarni tomosha qilganingizdan so'ng YouTube'da ko'rib chiqish videolarini ko'rishingiz mumkin.

3. Sport bilan shug'ullanish - Haftada kamida 2 marotaba sport bilan mashg'ul bo'ling, hech bo'lmaganda kunda kunora kechki sayrni amalga oshiring.

4. Imkoni qadar ko'proq hujjatli filmni tomosha qiling - Netflix va Curiosity Stream platformalari ajoyib hujjatli filmlarga ega.

5. Kamida 2 ta til o'rganish - bu faqat chet tilidagi materiallarni o'zlashtirish emas, balki tilni o'rganish insonda yangi fikrlash tarzini yaratadi. Bugungi kunda siz uchun Ingliz va Xitoy tillarni o'rganish xozirgi globallashgan dunyoda, barcha yangilik va innovatsiyalardan xabardor bo'lishga undaydi.

6. IQ Kompyuter o‘yinlarini o‘ynash – kattalar bo‘sh vaqtida kuniga 1-2 soat IQ va strategiyalardan iborat kompyuter o‘yinlarini o‘ynasa, bundan unga zarar yetmaydi, tafakkuri rivojlanadi.

7. Bilimli odamlar bilan gaplashing - lekin ularni ko'proq tinglang.

8. Ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumot almashuvchi odamlar va sahifalarni kuzatib boring - meni facebook, instagram, youtube va telegramda kuzatib boring, masalan : )

9. Treninglar va konferensiyalarda qatnashish - bu odamni bo'shashtiradi, ijtimoiy faollikni yaratadi, shuningdek, boshqalardan ko'p narsalarni o'rganish imkoniyatini yaratadi. Albatta kerakli va manfaatli treninglarda qatnashish ancha foydali, turli safsataboz vebinarlardan qoching.

10. San'atga qiziqish - musiqa, teatr, rasm va boshqalar. San'atni tushunmagan odam dunyoviy hisoblanmaydi.

11. Savol berish - hamma narsani so'rash kerak. Hech qanday savol ahmoq emas. Sizni qiziqtirgan hech qanday savol berilmay qolmasligi kerak va uni javobini o'zingiz uchun aniq qilib oling.

12. Ilmiy maqolalarni o'qing - eng so'nggi nashr etilgan maqolalarni o'qish, ayniqsa, ilmiy sohada bo'lsangiz, bu siz uchun o'ta muhim.

13. Ba'zan qo'l qovushtirib o'ylash - bu holda fikr teranligini kashf eta boshlaysiz.

✅ Normatovsmind

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

​​#sotuvda

Mana bu kundalik shaklidagi kitob Inson qismati hukmdori – Vaqtni shaxsiy va umum manfaatlari uchun boshqarishning sir-sinoatlari bilan tanishtiradi. Menejment, biznes, intellektual mehnat, innovasiyalar, hal etuvchi muhim qarorlar haqidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali bilimlarni beradi.

Kitob professor Jozef Makьyarello sharofati bilan dunyoga kelgan. U Piter Drukerning eng muhim ta’kidlarni, asarlaridan, qo‘lyozma va maqolalaridan eng muhim eslatmalar, iqtiboslarni jamlagan. Natijada samarali menejmentni boshqarish bo‘yicha qo‘llanma vujudga kelgan.

Aytish joizki, rahbarning va har bir kishining o‘tmishdan xalos bo‘lib, kelajakning allaqachon boshlanganini anglashi va, albatta, tik qarab, o‘zgarishlar, yangiliklar yaratishga turtki bo‘ladi. Mazkur kitobni o‘qish bugungi rahbar xodimlar oldida turgan ko‘plab jiddiy masalalarni zudlik bilan yechishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

🏷 Asar nomi: Har kuni Druker bilan
📚 Muqova: Qattiq
📖 Sahifa : 400 bet
👨‍💼 Druker Piter Ferdinand, Makyarello Djozef

🛵 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud
☎️ Batafsil : @yasira2 yoki +998974273732 ga murojaat qiling !


♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

​​#sotuvda

"Fantom og'rig'i" -deb atalgan maqolalar to'plami bilan o'qirmanlarga yangi tafakkur usullarini taqdim qilgan adiba tarjimon-Marziya Saydamning navbattagi kitobi-"Suv hidi" Yozuvchining faktlarga yondashuvi barchaga xos bo'lgan umumiy tasavvurlardan farqlidir. Yozuvchi yana insoniyatni o'ylantiradigan dolzarb muommolarni qalamga oldi. U o'z bitiklari bilan kutubxonni irodali bo'lishga, kurashishga, xaqda sobit bo'lishga undaydi. Kutilmagan xulosalar, betakror o'xshatishlar, samimiy jumlalar sizni maftun qiladi. Balki xayot haqiqatlari bilan yashashga quvvatlantiradi. Yolg'ondan uzoq bo'lib, ro'stgo'ylik lazzatidan baxra olishga chaqiradi.

Kitobdan quyidagi savollarga javob topasiz:
• Xaqqa intilish yo'lidagi qiyinchiliklarga qanday kurashish kerak?
• Alloh bilan qalb suhbati qanday bo'ladi?
• Xayot haqiqatlari bilan yashashni boshlash uchun nima qiliash kerak?
• Kitobdan quyidagilarni bilib olasiz:
• Shayton intervali;
• Vijdonimiz daftarimiz;
• Qalbimizning qabri;
• O'lim bilan iftor qil;
• Allohda yo'q, bizda bor;
• Inson tabiati o'g'ridir;
• Qotil kit;
• Zikrning axamiyati;

🏷 Asar nomi: Suv hidi
📚 Muqova: Qattiq
📖 Sahifa : 236 bet


🛵 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud
☎️ Batafsil : @yasira2 yoki +998974273732 ga murojaat qiling !


♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

«Men» bas qil, ey nafs!

«Dunyo menman, men esa dunyoman. Men uni dunyoga ko‘mib, ko‘ziga parda, so‘zigayu yo‘liga to‘siq bo‘ldim, chunki qalbiga dushman edim».

📚 Ushbu kitob insondagi nafs tilidan hikoya qilingan badiiy asardir. Kitobda Aziz Mahmud Xudoiyning hayotlari misol qilib olingan.

Kitob nomi: Men
Muallif: Fotih Duman
Muqovasi: Yumshoq
Sahifasi: 299 sahifa
Narxi: 55 ming soʻm

☎️ +998974273732 yoki @yasira2 ga murojaat qiling


♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Zamzamning bekasi haqidagi kitob — “Zamzamning onasi — Hojar” sotuvda!

📮 “Zamzamning onasi — Hojar”
Muallif: Sibel Eraslan
Tarjimon: Umida Adizova
Muqova: yumshoq
Hajmi: 304 sahifa

📞 Buyurtma uchun: +998974273732

📍Manzillar:
Ⓜ️
Chilonzor, Flo do'koni yonida
Ⓜ️ Xalqlar do'stligi, Xalqlar do'stligi saroyi o'ng tarafida

    Instagram

♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

"Yaxshiyamki hayotimda yo’qsan"

📌Bu dunyodagi birdan bir yagona sinovingiz o'zingizdir... Qanday azoblarga, mag'lubiyatlarga, ayriliqlarga duch kelishingizdan qat'i nazar, kimgadir borligingizni eslatish uchun o'zingizni charchatmang.... Bilaman: sizni sevmasa ham, baribir, undan voz kecha olmayapsiz. Lekin shuni ham bilib qo'yingki, u ham bundan keyin o'zini hech kim siz sevganingizchalik sevmasligini bilsa-da, baribir, sizdan voz kechdi. Hamma narsa vaqti kelib unutilishi mumkin, lekin bu aslo unutilmaydi! Intiqom olish masalasiga kelsak, tark etgan inson chin dildan sevgan insonning la'natiga qoladi! Parvardigor hammasini ko'rib turibdi.

Muqova: yumshoq
Sahifa: bet

📞 Buyurtma uchun: +998974273732

📍Manzillar:
Ⓜ️
Chilonzor, Flo do'koni yonida
Ⓜ️ Xalqlar do'stligi, Xalqlar do'stligi saroyi o'ng tarafida

Instagram

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#notes

🚩 ​​ Yapon xalqining dono fikrlari:

🔥Shubhalanishdan oldin yetti marotaba ishon.

🔥Qo'lingdan kelganicha xarakat qil, qolganini taqdirga tashla.

🔥Xaddan ortiq to'g'rilik axmoqlik bilan o'lchanadi.

🔥Odamlari kulgan uyga baxt keladi.

🔥G'alaba faqatgina raqibdan ko'ra 30 daqiqa ko'proq chidaganga nasib qiladi.

🔥Kulib turgan yuzga o'q otmaydilar.

🔥Sovuq choy va sovub qolgan guruchga chidash mumkun. Ammo sovuq qarash va sovuq munosabatga emas!

🔥10 yoshda mo'jiza, 20 yoshda daho, 30 dan keyin oddiy odam.

🔥O'ylab hal qil, hal qilgach o'ylama!

🔥So'rasang bir necha daqiqa uyalasan, bilmasang - bir umr.

🔥Benuqson vaza yomon ustaning qo'lidan chiqmaydi.

🔥Chuqur ko'llar sekin oqadi.

♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#notes

Fuqaro Sulaymon al-Qosim och qoldi. Shu payt, boshqaruv tizimi haqidagi maqtovlar-u, kambag‘allikni tugatish uchun qo‘llanilayotgan xayrli ishlar haqida to‘lib toshgan gazetani olib yeb qo‘ydi.
Qorni to‘ygach, Allohga hamd aytdi va gazetada yozilgan narsalarning chindan ham “haqiqat” ekaniga ishonchi komil bo‘ldi!

(Zakariya Tamir: yozuvchi va adib)

Qani, barchamizga osh bo’lsin)


☎️ (97)-472-37-32
♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Yaponiyadagi ushbu haykal chuqur ma’noga egaligi bilan e’tiborimni tortdi. Mualliflar, kichik qizaloq o’zidan jussasi bir necha barobar kattaroq insondan ko’ra arg’imchoq/tarozi pallalarida og’irroq yuk bosayotganini va buning sababi kitob o’qish ekanligiga ishora qilishmoqda. Naqadar go’zal va mazmunli ish!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

''Sevgida aslo vafo yo'qmi?''

Uzoq bir yo‘l emish... Ko‘zimga yaqin ko‘rinayotgan, kashtadek naqshinkor sohil yo‘li. Yashil, pushti, moviy gullar yo‘l chetlariga zeb berib turibdi.. Ular qaytgunimcha meni kutib turadilar, deb o‘ylardim. Tikanlari yo‘q, to‘siqlari yo‘q deb hisoblaganim bu yo‘lda ko‘zlarim yumuq holda ketib borardim. Ha, boychechaklarni ko‘rish uchun oyoqlarimga qorlarni o‘ptirganim o‘sha yo‘lda.. Qorni matonat bilan yorib chiqqan boychechaklarni terish qanday maroqli, qanday go‘zal edi. Qanday yoqimli edi ularni hidlayotgandek harakat qilish, iforlaridan bahra olish. Qanday mazza edi uzoqdagi boychechak tomon yugurish. Hamma narsa ko‘zimga tarovatli, go‘zal bo‘lib ko‘ringan bu yo‘lda kutilmaganda hamma narsa sarobdek yo‘q bo‘lib qoldi.

Muqova: yumshoq
Sahifa: 224 bet

📞 Buyurtma uchun: +998974273732

📍Manzillar:
Ⓜ️
Chilonzor, Flo do'koni yonida
Ⓜ️ Xalqlar do'stligi, Xalqlar do'stligi saroyi o'ng tarafida

Instagram

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

“Bob laqabli mushukcha”

Hozirgi kunda Bob va Jeymsni nafaqat londonliklar, balki butun dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlar yaxshi bilishadi.

YouTube videolari, Facebook tarmog‘idagi fotosuratlari, Twitter postlari bir insonning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborgan mushukning ajoyib tarixini hikoya qiladi.

London, mushuklar, odamlar, giyohvandlik, qashshoqlik, zodagonlik, razillik, oila, umid, mo‘jiza - muqovasida malla mushukcha aks etgan bu kitob bir inson hayotining rang-barang tasvirini ifodalaydi.

Muqova: yumshoq
Sahifa: bet

📞 Buyurtma uchun: +998974273732

📍Manzillar:
Ⓜ️
Chilonzor, Flo do'koni yonida
Ⓜ️ Xalqlar do'stligi, Xalqlar do'stligi saroyi o'ng tarafida

Instagram

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

​​#tahlil

🚩 SHUKUR XOLMIRZAYEV – “YASHIL NIVA”

Sovet davrida “Niva” avtomobilini ko‘pincha raislar yoki boshliqlar minib yurishgan. U paytlarda inomarkalar bo‘lmagani sababli Jipga o‘xshab ketadigan “Niva” anchagina salobatli va qulay bo‘lgan.

Umuman sovet davrida bilamizki, oddiy xalq va rahbarlar o‘rtasida ziddiyatlar va keskin to‘qnashuvlar bo‘lib turar edi. Ayniqsa qishloqlarda raislarning qo‘li juda uzun bo‘lar, birovlarning xotinlarini yo‘ldan urishar, istagan zulmini qilib, hamma joyni bulg‘ab tashlashardi. Bu haqiqatlar XX asr o‘zbek adabiyotining muhim qismini tashkil etadi. “Sinchalak”, “Diyonat”, “Jimjitlik”, “2×2=5”, “Osiy banda” kabi asarlarda biz o‘sha davr raislarining turli qiyofalarini ko‘ramiz.

Yozuvchi Sh.Xolmirzayev esa kichkinagina “Yashil Niva” hikoyasida i o‘sha davrning eng katta ziddiyatli shaxsi bo‘lgan rais portretini yoritadi.

Hikoyada (so‘zlab beruvchi) universtitetdagi domla vodiyga ketayotganida oldidan o‘sha mashhur “Yashil Niva” chiqadi! U rosa kechikayotgan bo‘lsa ham Nivani ko‘rib izidan sekin yurishga majbur bo‘ladi. Chunki, “Yashil niva”ning egasi juda qasoskor bo‘lib, mashinasini quvib o‘tganlarni jazolashi, aqlini kiritib qo‘yishini hamma bilardi.

Hikoyada esa Niva ataylab sekin yurib, orqadagi mashinani kuzatib boradi. Qani u aylanib o‘tarmikan yoki yo‘qmi deb. Axiyri qaysidir nuqtada Niva aylanib boshqa yo‘ldan ketib, hikoyachi yengil tin oladi.

DAN postida esa “diktator”ga tegishli inspektor domlani to‘xtatib salomlashadi va: “Bularni joyiga solib qo‘ying domla. Xo‘jayin juda odobli bola ekan dedilar", deb kulib qo‘yadi.

Eng qizig‘i hikoyachi yana vodiyga shoshib ketayotganida o‘sha Nivaga yo‘liqadi. Yana qo‘rquv, yana majburlik... Kechikish havotiri... lekin ma’lum bo‘ladiki “Yashil Niva”ni ichida butunlay begona odam haydab borayotgan bo'ladi. Domlaning sekin izma-iz kelayotganidan g‘azablanib: Чё ты преследуешь? (Nega taqib qilyapsan?) – deb do‘q qiladi.

Xullas, domla “Yashil niva”ning diktator egasi qamoqqa olinganini postdagi tanish inspektordan eshitadi…

Qisqacha aytganda, Sh.Xolmirzayev “Yashil niva” hikoyasida 1970-80-yillarning eng mashhur raisi Ahmadjon Odilovni tasvirlaydi. Odilov o‘sha paytda Sharof Rashidovning eng yaqin odami bo‘lib, Xrushyov va Brejnevlar bilan shaxsan ko‘rishgan shaxs edi. Ammo keyinchalik Andropov davrida “o‘zbek ishi” ochilgach, qora ro‘yxatga tushadi va 1984-yilda qamoqqa olinadi.

O‘sha paytlarda Odilovning qo‘li juda uzun bo‘lib, odamlar undan judayam qo‘rqib yashashgan. U o‘sha Yashil nivasida hamma joyda sayr qilib yurgani, katta paxtazorlar orasiga ham tep-tekis asfalt yo‘l yotqizib, o‘zini yo‘liga aylantirgani, hechkim uni “обгон” qilib o‘ta olmagani haqida o‘sha davr kishilari ko‘p aytishgan...

Kuch-g‘ayratga to‘lgan, qattiqqo‘l va obro‘li bu shaxs 1991-yilda qamoqdan chiqib O‘zbekistonga qaytgach, siyosiy partiya tuzish harakatiga tushadi. Ammo mustaqillik yillarida qandaydir tuhmatlar bilan yana qamoqqa olinadi. Qamoqdalik paytida uning yillariga yana muddat qo‘shilaveradi. Va shu ketishda hech qanday sababsiz O‘zbekistonda yana 17 yil qamoqda yotadi...

Nihoyat kuchdan qolib, qarib qolgach – 83 yoshida (2008-yilda) qamoqdan ozod etiladi. Odilovning advokat o‘g‘li bayonot berishicha, otasi qamoqdan chiqayotganida: “Meni avval Islom aka bilan uchrashtiringlar, men shuni talab qilaman. Men 17 yil qaysi aybim uchun qamoqda yotganimni yuzimga aytsinlar. Tan olmagan nomard”deb janjal qilgan ekan. Lekin o‘g‘lining sa’y-harakatlari bilan A.Odilov uyiga ketgan. Shu tariqa sovet davrining mashhur raisi – 2017-yilda 93 yoshida vafot etadi.

Yozuvchi Shukur Xolmirzayev esa bu hikoyani 1987-yilda yozadi. Lekin unda ramzlardan foydalanib, hikoya qahramoni haqida ochiq aytmaydi. Faqatgina “Yashil niva” orqali unga ishoralar beradi.

Hikoyaning yana bir g‘oyasi shuki – adib diktatorlar va zulmkor rahbarlardan qo‘rqish sindromini qoralaydi. Bu o‘zbek xalqining eng katta kamchiligi ekanligi o‘zi misolida ko‘rsatib beradi.

♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

​​#sotuvda

📘 «Kod buzar. Jennifer Dauda, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi»

1953-yil DNK strukturasi kashf etilgach, yer yuzidagi barcha jonzotlarning hayot kodi maʼlum bo‘ldi. Bu misli ko‘rilmagan kashfiyot edi. Galdagi qadam ana shu kodni o‘zimiz yoza olishimiz, uni buzib, qayta tahrirlashni o‘rganish edi. Hayot kodini qayta yoza olsak, biz nafaqat turli tug‘ma genetik kasalliklardan va saratondan xalos bo‘lishimiz, balki tanamizni istalgan shaklda – rangimiz, mushaklarimiz hajmi, kasallikka qarshi immunitetimizni o‘zimiz istagan tomonga o‘zgartirishimiz mumkin bo‘lardi.

Uolter Ayzekson genetik kodni buzishga katta hissa qo‘shgan olim, Nobel mukofoti laureati Jennifer Daudnaning faoliyati, tadqiqotlari haqida hikoya qilar ekan, shu bahonada gen muhandisligi vujudga kelishi jarayonidagi murakkabliklar, axloqiy masalalar, olimlar o‘rtasidagi raqobatlar, ilmiy kashfiyot va ixtirolar qanday qilinishini o‘quvchiga qiziqarli shaklda so‘zlab beradi. Leonardo da Vinchi va Stiv Jobsning muallifi Nobel mukofoti sovrindori Jennifer Daudna va uning hamkasblari kasalliklarni davolash, viruslardan himoya qilish va sog‘lomroq chaqaloqlarga ega bo‘lish imkonini beradigan inqilobni qanday boshlagani haqidagi jozibali hikoyasi bilan qaytdi.

🏷 Asar nomi: Kod Buzar
📚 Muqova: Yumshoq
📖 Sahifa : 732 bet
👨‍💼 Uolter Ayzekson

🛵 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

☎️ Batafsil : @yasira2 yoki +998974273732 ga murojaat qiling !

♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#iqtibos

🔠 Inson aql-idroki quyidagi ikki og’iz so’zda mujassamlashgan:
“Kutmoq va umid qilmoq kerak”

Edmon monologi

✅“If qa’lasi mahbusi”

♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

​​#sotuvda

📘 «Kod buzar. Jennifer Dauda, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi»

1953-yil DNK strukturasi kashf etilgach, yer yuzidagi barcha jonzotlarning hayot kodi maʼlum bo‘ldi. Bu misli ko‘rilmagan kashfiyot edi. Galdagi qadam ana shu kodni o‘zimiz yoza olishimiz, uni buzib, qayta tahrirlashni o‘rganish edi. Hayot kodini qayta yoza olsak, biz nafaqat turli tug‘ma genetik kasalliklardan va saratondan xalos bo‘lishimiz, balki tanamizni istalgan shaklda – rangimiz, mushaklarimiz hajmi, kasallikka qarshi immunitetimizni o‘zimiz istagan tomonga o‘zgartirishimiz mumkin bo‘lardi.

Uolter Ayzekson genetik kodni buzishga katta hissa qo‘shgan olim, Nobel mukofoti laureati Jennifer Daudnaning faoliyati, tadqiqotlari haqida hikoya qilar ekan, shu bahonada gen muhandisligi vujudga kelishi jarayonidagi murakkabliklar, axloqiy masalalar, olimlar o‘rtasidagi raqobatlar, ilmiy kashfiyot va ixtirolar qanday qilinishini o‘quvchiga qiziqarli shaklda so‘zlab beradi. Leonardo da Vinchi va Stiv Jobsning muallifi Nobel mukofoti sovrindori Jennifer Daudna va uning hamkasblari kasalliklarni davolash, viruslardan himoya qilish va sog‘lomroq chaqaloqlarga ega bo‘lish imkonini beradigan inqilobni qanday boshlagani haqidagi jozibali hikoyasi bilan qaytdi.

🏷 Asar nomi: Kod Buzar
📚 Muqova: Yumshoq
📖 Sahifa : 732 bet
👨‍💼 Uolter Ayzekson

🛵 O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

☎️ Batafsil : @yasira2 yoki +998974273732 ga murojaat qiling !

♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#fikr

Bir asarning ikki tarjimasi.

Аnton Chexovning "Xameleon" hikoyasi ikki katta adib tarjimasida.

Аbdulla Qodiriy "Buqalamun"
Аbdulla Qahhor "Hameleon"

Oʼqing, kimga qay biri maʼqul? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!



♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#nazm

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, soʻzung mul, menging meynon.
Meynon menging, soʻzing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur koʻzum, koʻnglum qilurlar magar bordur,
Koʻzunga koʻngul vola, yuzunga koʻzum hayron.
Hayron koʻzum yuzunga, vola koʻngul koʻzunga,
Bordur magar, qilurlar koʻnglum, koʻzum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni koʻrdum emassen magar inson.
Inson magar emassen, koʻrdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.


✅ Zahiriddin Muhammad Bobur

🕊 @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#nazm

Holimni ko'rganlar ba'zida kuldi,
Ba'zida yig'ladi hayron bo'lg'uli.
Arzimas hayotta yashab qo'ydimmi,
Shuncha achinarli, shuncha kulguli..


Ko'ksimda jahd urar hayotning huni,
Sariq chaqasiga tikdimmi umrim ?
Yolg'on o'tirikni ko'rib har kuni,
Nahot uzilmadi bor bo'lsa tomrim.

Nahot yurak bo'lsa chap tomonimda,
Urdi, uraverdi nahot shunda ham
Shunchalik qo'rqoqlik bormi qonimda,
Munojot qilishda qo'rqdim tunda ham.

Nedir, halovatni yo'qotdim tubdan,
Umr borasida qochdi uquvim.
Jasadim haqida o'ylasam obdon,
Sochim tolasidan ko'proq qo'rquvim.

Ey meni titratgan ilohiy qasam
Bas yetar orom ham asabga tegar
Uyg'otgin agarda uxlagan bo'lsam,
O'ldir uyg'oqlim shu bo'lsa agar !

©️H.Xamidov

♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#nazm

Hayot – o`rmon tulkisi, och bo`riga o`xshaydi.
Tiz cho`kib yo`lbarslari, najot so`rab yig`laydi.
Hayot – hayot, odamlar, goh odamga o`xshamas.
Xokisor qalb yig`laydi, yetim nodon to`xtamas.

Hayot – osmon yulduzi, armon deydi eskilar.
Shohni ham, gadoni ham, mehmon deydi eskilar.
Hayot – karvon tuyasi, sahrodan suv so`raydi.
Sabrning kosasiga, o`rgimchak to`r o`raydi.

Hayot – sharob, quyilib, kayf yarmida tugaydi.
Bag`irlar kabob bo`lib, kir ko`rada tutaydi.
Hayot – bevafo go`zal, hech kimga qilmas vafo.
Bandang bilib bandangni, asragin qodir, Xudo.

Hayot – bekat, keladi va ketadi qanchalar.
Kimdir mag`rur yashaydi, Kimlar ostona yalar.
Hayot – achchiq haqiqat, u kimga ham yoqardi.
Haqni haq bilganlarning, go`rda sochi oqardi.

♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

"Faryod"

📌Ushbu asarda hayot baxtsizliklari oqibatida umidlari so‘nayotgan ikki insonning taqdiri moʻjizaviy tarzda bir onda kesishganligi haqida hikoya qilinadi. Unda hayot faqat oq va qoradan iborat emasligi, agar biz istasak, bir vaqtning o‘zida butun olamning turli xil rangda tovlanishini ko‘rishimiz mumkinligi bayon etiladi. Bugun biz ko‘rib turgan sim-siyoh rang ertaga butunlay boshqa rang bilan o‘rin almashishi mumkin. Hayot qonuni shunday: biz istasak baxtli, istamasak baxtsiz bo‘la olmaymiz. Umrimiz davomida quvonchli va qayg‘uli onlar o‘rin almashib turadi. Romanda tasvirlangan ikki inson o‘lim va hayotni bir vaqtda boshdan kechirgan.

Muqova: yumshoq
Sahifa: 144 bet

📞 Buyurtma uchun: +998974273732

📍Manzillar:
Ⓜ️
Chilonzor, Flo do'koni yonida
Ⓜ️ Xalqlar do'stligi, Xalqlar do'stligi saroyi o'ng tarafida

Instagram

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

"Xatolaring bilan sevaman"

Ikki jins vakilining umr bo‘yi birga yashashi ham mashaqqatli, ham yoqimlidir. Mashaqqatli tomoni: insonning noaniq feʼl-atvori va qatʼiyatsizligi, osonlikcha “ramka”ga tushmasligi munosabatlarga putur yetkazadi. Yoqimli tomoni: nima bo‘lishidan qatʼi nazar, inson o‘z qalbiga mos qalb topishi orqali shodligi va baxtini orttiradi, qayg‘u va tashvishlarini kamaytiradi. Ayrim oilalarda muhabbat yo‘qolib, muhabbatning esa nikohga yetolmayotgan bugungi zamonda yozuvchi va psixoterapevt Senai Demirji bu borada yangi eshiklarni ochib, «Keling, turmush o‘rtog‘imiz bilan ideal oila barpo qilaylik!» deydi va hech qachon unutmasligimiz kerak bo‘lgan haqiqatni eslatadi: nikohimizga maʼno va muhabbat bag‘ishlash o‘z qo‘limizda.

Muqova: yumshoq
Sahifa: 160 bet

📞 Buyurtma uchun: +998974273732

📍Manzillar:
Ⓜ️
Chilonzor, Flo do'koni yonida
Ⓜ️ Xalqlar do'stligi, Xalqlar do'stligi saroyi o'ng tarafida

Instagram

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#joke

⭕️ Kitob bilan shunaqa ish qilmagan odam boʻlmasa kerak-a?!

Sizlar ham yoshliklaringizda shunaqa qilganmisizlar ? 😃😃😃


♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

https://telegra.ph/START-WITH-WHY-06-09


📍 Chilonzor | Drujba
☎️ Batafsil : (97)-427-37-32

♻️@yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

#notes

⭕️ Kitob o‘qishga odatlanish kerak !

Har kun 25 sahifa o’qisangiz, bu har oy 750 sahifa degani (2-4 kitob). Bu yiliga 9000 sahifaga teng keladi (30-40 kitob). Natijada o’zingizda siz taxmin ham qilolmaydigan o’zgarishlarni ko’rasiz:

- hayot tarzida.
- dunyoqarashda.
- gaplashish tarzida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi.


Inson miyasi 2,5 petabayt sig’imga ega, ya’ni bu 2,5 mln gegabaytni tashkil qiladi. Bundan kelib chiqadiki, miya 5 mlrd kitobni bemalol sig’diradi. Qo’rqmasdan kitob o’qishingiz mumkin, hali-beri miyangiz to’lmaydi va to’ldira olmaydi!

♻️ @yasirabookshop

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

"Farishtalar va iblislar"

«Da Vinchi siri», «Raqamli qalʼa», “Ibtido” kabi sir-sinoatlarga boy, fantastik romanlarning muallifi Den Braun hali yosh bo‘lishiga qaramay millionlab kitobxonlarning qalbidan joy olishga ulgurgan.

Muallifning ushbu «Farishtalar va iblislar» kitobi dunyo bo‘ylab millionlab nusxada chop etilgan va 50 ga yaqin tilga tarjima Ushbu kitob fantastik, detektiv va Ilmiy syujetga qilingan. asoslangan. Kitobni o‘qishni boshlashingiz bilan, shubhasiz, o‘zingizni asar qahramoni kabi his etasiz.

Muqova: yumshoq
Sahifa: 640 bet

📞 Buyurtma uchun: +998974273732

📍Manzillar:
Ⓜ️
Chilonzor, Flo do'koni yonida
Ⓜ️ Xalqlar do'stligi, Xalqlar do'stligi saroyi o'ng tarafida

Instagram

Читать полностью…

YASIRA BOOKSHOP

Talabaning odoblari. Ilm safariga otlangan talaba uchun 35 tavsiya

📌 Ushbu
moʻjazgina kitob buyuk mutafakkirlar to‘plagan hikmat bulog‘laridan sarchashma bo‘lib, undan tolibi ilmlar uchun taʼlim yo‘lida rag‘bat uyg‘otuvchi oyati karimalaru hadisi shariflar va yana Islom ulamolarining tavsiyalari o‘rin olgan. Asarni o‘qigan har bir inson jamiyat rivojining asosi bo‘lgan ilm sari talpinishiga ilm shubhamiz yo‘q.

Muqova: yumshoq
Sahifa: 114 bet

📞 Buyurtma uchun: +998974273732

📍Manzillar:
Ⓜ️
Chilonzor, Flo do'koni yonida
Ⓜ️ Xalqlar do'stligi, Xalqlar do'stligi saroyi o'ng tarafida

Instagram

Читать полностью…
Subscribe to a channel