yuksalish_maktablari | Unsorted

Telegram-канал yuksalish_maktablari - YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

2306

Biz farzandingizga eng kerakli bilimlarni berish orqali mustaqil hayotga tayyorlaymiz. Savollar va takliflar uchun @YuksalishMaktabi_Bot ga murojaat qiling.

Subscribe to a channel

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

"Zakovat" intellektual o‘yini 1-bosqich

⚜ Maktabimizning Toshkent filialida sinflar aro "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarimiz faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Quyida jamoalarning o‘rinlari bilan tanishing:
🥇 "Princeton" jamoasi
🥈 "Leaders" jamoasi
🥉 "London" jamoasi


Keyingi bosqichda barchalariga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Sport to‘garaklaridan lavhalar

💪🏻 Ushbu videoda siz maktabimiz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ,,Taekwondo to‘garagi" ishtirokchilarini ko‘rishingiz mumkin.

O‘quvchilarimiz salomatligi biz uchun muhim.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Success

⚡️ It doesn't matter where are You right now, however your future plans are vital important.
Your learning and studying process may create your future.

Analyze your plans and intentions, make up your mind.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Robototexnikada nimalar o‘rganiladi?

🤖 Robototexnika - robotlarni loyihalash va unga dastur kodlarini yozish sohasidir. Ushbu sohaga talab kun sayin oshib bormoqda.

📈 Kelajakda talabga mos taklif berish maqsadida maktabimizda robototexnika darslari o‘tiladi. Darslarda o‘quvchilar nimalarni o‘rganishlarini dizayn postimiz orqali yoritdik.

Ushbu soha sizda qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, biz bilan bog‘laning.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Koordinatorning vazifalari haqida

👤 Yuksalish maktablarining barcha filiallarida koordinatorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir sinf uchun alohida sinf rahbar hamda koordinator biriktirilgan.

♻️ O‘quvchilarning
• ertalab vaqtli uyg‘onishlarini;
• haftasiga bitta kitob o‘qishlarini;
• maktabda olayotgan baholarini;
• uyga berilgan vazifalarini;
• ota-onalariga bo‘lgan munosabatlarini
koordinator nazoratga oladi.

Bizning ushbu tizimimiz sizga ma'qul kelmoqdami?

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Natijalar bilan bo‘lishamiz

👦🏻 7- Westminster sinfi o‘quvchisi Abdurahmonning fizika fanidan qilgan ixtirolari - magnit maydonli Tesla va dasturli chiroqchalarni sizlarga ham ilindik. O‘quvchilarimizning nazariy bilimlarni amalda ham tez fursatda qo‘llay olishlari bizni quvontirmoqda.

Ko‘ring, baho bering va kommentariyada izoh qoldiring.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

O‘quvchi ota-onasi uchun yordamchi bo‘la oladimi?

✔️ Maktabimizda choraklar yakunida o‘quvchilardan sinov asosida imtihon olinadi. Imtihon natijasiga ko‘ra har chorak reytingida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘quvchilarga to‘lov borasida 50% chegirma taqdim etiladi.

📊 Har bir sinfdan bir nafar o‘quvchida ushbu imkoniyat mavjud, ya'ni o‘z sinfida eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchi chegirma egasiga aylanadi. In sha ALLOH bu an'ana yil bo‘yi har oy qo‘llaniladi.

👨‍👩‍👧 O‘quvchilarimizdan g‘ayrat va shijoat bilan o‘qib, ota-onalari uchun kichik bo‘lsa-da yengillik yaratishlarini so‘rab qolamiz.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

P.S. Ijodiy guruhni qo'llab-quvvatlang:
Rolikni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring va taassurotlaringizni izohlarda qoldiring.😊

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

,,Bugun nimani o‘rgandingiz?"

🤓 Ushbu nomdagi rubrikamiz davom etadi. Maktabimiz o‘quvchilaridan:
- Sabina
- Adham
- Mubina
- Robiya
- Abdulloh

darslarda nimalarni o‘rganganlari haqida ma'lumot beradilar.

🎥 Yuqoridagi video orqali o‘quvchilarimiz darslarni yaxshi o‘zlashtirib borayotganlarining guvohi bo‘lishingiz mumkin.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Yuksalish maktablari o'quvchilari tomonidan tayyorlangan 30 ta ixtirolar ko'rgazmasiga tashrif buyuring.

O'qishni boshlashganiga 1.5 oy bo'lganiga qaramasdan bir-biridan qiziqarli robotlar, foydali qurilmalar yasagan o'quvchilarimizni keling, birgalikda qo'llab-quvvatlaymiz.

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Futbolchilarimizga omad yor bo‘lsin!

⚽️ Yuksalish maktabi sinflari o‘rtasida o‘g‘il bolalarning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lgan futbol musobaqasi uyushtirildi.

🏆 Unda 8- sinfning ,,London" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa a'zolari diplom, medal hamda kubok bilan rag'batlantirildi.

O‘quvchi futbolistlarimizga nafaqat kichik doiralarda, balki yirik musobaqalar-u stadionlarda ham g‘alaba gashtini surish nasib qilsin.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

@Yuksalish_maktablari haqida bir kun davomida ishlangan rolik.

Ijodiy jamoamiz noodatiy yondashuv bilan maktablarimizdagi atmosferani yoritishibdi.
Ularning qilgan mehnatlariga baho bersangiz.😊

@Muhammadali_Eshonqulov

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Yuksalish maktabi o‘qituvchilari bilan tanishamiz

👨🏻‍🏫 Yuksalish xususiy maktablari Toshkent filialining rus tili fani o‘qituvchisi - Shuhratjon Haydarov. Ustozimiz o‘zlikni anglash borasidagi fikrlari, o‘z ilmlarini har tomonlama o‘quvchilarga singdira olishlari va bolalarga til o‘rgatish jarayonidagi shijoatlari bilan ajralib turadilar.

💡 Asosiy maqsadlari: o‘quvchilarga rus tilini milliy qadriyatlarimiz asosida o‘rgatish va ularni ayni shu qadriyatlar asosida kamol toptirish.

P. S. batafsil yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Maktabimizning sport to‘garaklari bilan tanishing

🏓 Inson jismonan sog‘lom bo‘lsa, bu bevosita aqliy va ruhiy holatga ham ijobiy ta'sir o‘tkazadi. Shu sababli Yuksalish xususiy maktabi darsdan tashqari o‘tiladigan sport va aqliy sport to‘garaklarini joriy qilgan.

💁🏻‍♂ O‘g‘il bolalar uchun:
Futbol
Shaxmat
Stol tennisi
Taekwondo

💁🏻‍♀ Qiz bolalar uchun:
Shaxmat
Gimnastika
Stol tennisi
Taekwondo

Sizning farzandingiz qanday sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadi, ularni izohlarda yozib qoldiring.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

O‘qituvchilarimizdan kinofilm tavsiyasi

🎞 Maktabimiz o‘qituvchilari ingliz tilini osonroq o‘rganish uchun bir qator kinolarni tavsiya qiladilar.

🔆 Ushbu kinofilmlar barchaga tanish bo‘lgani, oila munosabatlarini o‘z ichiga olgani va tarbiyaviy jihatdan ham foydali lavhalar borligi bilan ingliz tilini o‘rganish davomida beminnat yordamchi bo‘la oladi.

- ,,Matilda"
- ,,Harry Potter"
- ,,Home alone"
- ,,Charlie and the chocolate factory"


Siz qanday kinolarni bilasiz?

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Yuksalish maktabi o‘qituvchilari bilan tanishamiz

👩🏻‍🏫 Yuksalish xususiy maktablari Toshkent filialining ingliz tili fani o‘qituvchisi - Shahnoza Zikirova. Ustozimiz kasblariga bo‘lgan mas'uliyatlari, o‘quvchilar bilan do‘stona aloqa o‘rnata olishlari va teran fikrlashlari bilan ajralib turadilar.

💡 Asosiy maqsadlari: maktab bolalariga ingliz tilini chuqur o‘rgatib, kelajakda ularning yetuk, salohiyatli, bilimli va zukko avlod bo‘lib yetishishlarida hissa qo‘shish.

P. S. batafsil yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Ayni vaqtda Yuksalish maktablarida O'qituvchilar kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbirimiz Youtube sahifamizda efirga qo'yilmoqda😊

Tadbirni to'liq ko'rish uchun:
👇👇👇
https://youtu.be/62xA_K27HJM

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Yangi odatlarni shakllantirish usullari

♻️ Odat - doimiy ravishda bajariladigan harakat bo‘lib, insonning ma'lum vaziyatga nisbatan javob reaksiyasidir.

📄 Yangi odatlarni shakllantirish bo‘yicha maslahatlarni dizayn postimizdan topishingiz mumkin. Qo‘shimcha sifatida Jeyms Klirning ,,Atom odatlar" kitobini o‘qishni tavsiya qilamiz.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Maktabimiz atmosferasini birgalikda his qilamiz #2

🔥 Yuksalish maktabining Toshkent filialidagi muhit - o‘quvchilar va o‘qituvchilarning maktabdagi hayoti sizga qiziqmi?

U holda yuqoridagi videoni tomosha qiling.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Natijalar bilan bo‘lishamiz

👦🏻 7- Westminster sinfi o‘quvchisi Hayrullohning fizika fanidan qilgan ixtirolari - chiroqli magnitofon va harakatlanuvchi cho‘tkalarni sizlarga ham ilindik. O‘quvchilarimizning nazariy bilimlarni amalda ham tez fursatda qo‘llay olishlari bizni quvontirmoqda.

Ko‘ring, baho bering va kommentariyada izoh qoldiring.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Yuksalish maktabi o‘qituvchilari bilan tanishamiz

👩🏻‍🏫 Yuksalish xususiy maktablari Toshkent filialining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi - Nargiza Boymurodova. Ustozimiz ona tili va adabiyotga bo‘lgan o‘zgacha mehrlari, adiblarimiz hayotini batafsil tushuntirib berishlari va turli metodlar orqali o‘quvchilarga darsni singdira olishlari bilan ajralib turadilar.

💡 Asosiy maqsadlari: o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish, ularning ma'naviy olamini rivojlantirish.

P. S. batafsil yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Yuksalish maktablari o'quvchilari tomonidan tayyorlangan ijtimoiy rolik:

"
O'zimizni isloh qilmagunimizgacha hayotimiz isloh bo'lmaydi.
O'zgarishlarni o'zimizdan boshlaylik."


Yoshlik ne'mati hammamizga berilgan. Uni qanday o'tkazishimiz kelajagimizni belgilab beradi.
Yoshlikni kimdir o'yin-kulguga, kimdir foydali ishlarga sarflashi mumkin.
Umrimiz bahorida nima ekmoqdamiz?

O'quvchilarimiz ushbu rolik bilan "Hayotga bir marta kelasiz, davringizni surib qoling!" emas, "Hayotga bir marta kelasiz, samarali yashab qoling, insonlarga foydangiz tegsin" demoqchilar.

Hazrat Navoiy bejiz aytmaganlar:
Yoshligingda yig'gin ilmning mahzani,
Qarilik chog'i sarf qilg'il ani.

Mashqda ehtimol biroz qiyin bo'lar, lekin hayot atalmish jang maydonida yashashimiz ancha oson bo'ladi.😊

YUKSALISH MAKTABLARI
- ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

P.S. Ijodiy guruhni qo'llab-quvvatlang:
Rolikni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring va taassurotlaringizni izohlarda qoldiring.😊

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Ixtirolar musobaqasi bo'lib o'tdi

🕹 23-oktyabr kuni Yuksalish maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan 14 ta ixtiro taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Dastur so‘nggi robofutbol bilan yakunlandi.
Barcha ixtirochilarga maxsus sovg‘alar hamda sertifikatlar topshirildi.

Bunday tadbirlar in shaa ALLOH maktab o‘quvchilari uchun har oy tashkillashtiriladi. Qatnashishni istagan barcha uchun eshigimiz ochiq.

⚡️ Tadbirga homiylik qilgan
"SOLAR NATURE" korxonasiga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Ixtirolar bo'yicha hozir o'tkazilayotgan tadbirimizni jonli efirda Instagramdagi rasmiy sahifamiz orqali ko'rishingiz mumkin:

https://instagram.com/muhammadali_eshonqulov?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Yuksalish maktabi tilshunoslarni qutlaydi

🎉 Yuksalish maktabi jamoasi
21- oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barcha o‘zbek tili filologlarimizni hamda yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlaydi.

💁🏻‍♀ O‘sib kelayotgan yosh avlod tilimizning go‘zalligini saqlab qolish, qadrlash, ahamiyatini tushunib yetish, uning go‘zal ifoda vositalaridan o‘rinli foydalanishni o‘z burchlari deb bilishlari darkor.

🔰 Zero til - omonat. Biz esa omonatdorlarmiz!

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Yuksalish maktabi o‘qituvchilari bilan tanishamiz

👨🏻‍🏫 Yuksalish xususiy maktablari Toshkent filialining bosh koordinatori va ,,Yuksalish" darslari o‘qituvchisi- Abubakir Tursunboyev. Ustozimiz samimiy hazillari, turli mavzularda ravon, erkin nutq so‘zlay olishlari va auditoriyani o‘zlariga jalb qila olishlari bilan ajralib turadilar.

💡 Asosiy maqsadlari: har bir o‘quvchining kelajakda ota-onasiga, millatga, ummatga foydasi tegadigan loyihalarni amalga oshirishida yetarli bilim va ko‘nikmalarni ulashish.

P. S. batafsil yuqoridagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Dars jarayonidan lavhalar

🤓 Yuksalish maktablarida darslar biri biridan qiziqarli bo‘lib, o‘quvchilar hech ham zerikish, charchoq kabilarni his qilishmaydi. O‘qish mavsumi boshlanganiga oz fursat bo‘lgan bo‘lsa-da ular darslarni osongina o‘zlashtirib, bilimlarini oshirishda davom etishmoqda.

💕 Shuningdek, biz o‘quvchilarimizning ota-onalaridan ko‘plab minnatdorchilik xatlari, xabarlari olmoqdamiz va bundan juda mamnunmiz.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Akademiya va maktab hamkorligi

🤝 Yuksalish liderlar akademiyasi va Yuksalish xususiy maktablari doimiy hamkorlikda ishlashadi.

✅ Masalan, kuni kecha maktabda Mnemonika - eslab qolish san'ati bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi. Yuksalish liderlar akademiyasi o‘qituvchilari tomonidan berilgan testlarda maktabimiz o‘quvchilari faol ishtirok etib, yaxshi natijalarni qayd etishdi.

O‘quvchilarimizga har lahzada muvaffaqiyat hamroh bo‘lishini tilab qolamiz.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

,,Bugun nimani o‘rgandingiz?"

🤓 Biz ushbu nomdagi rubrikani boshlamoqdamiz. Bunda maktabimiz o‘quvchilari kun davomida nimani o‘rganganlari haqida ma'lumot beradilar.

♻️ Ota-onalar ham farzandlari uyga qaytganida
,,Bugun necha baho olding?" emas,
,,Bugun nimani o‘rganding?" deb so‘rasalar, nur alan-nur bo‘lar edi.

🎥 Yuqoridagi video orqali esa o‘quvchilarimiz darslarni yaxshi o‘zlashtirib borayotganlarining guvohi bo‘lishingiz mumkin.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan @Yuksalish_maktablari jamoasi, o'quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida unutilmas tadbir bo'lib o'tdi.

Bir-biridan qiziqarli sahna ko'rinishlar tayyorlagan ijodiy guruhga tashakkur izhor qilamiz.
Ustozlarimiz esa baxtimizga doimo sog'-salomat bo'lishsin.

Yaxshi ham Sizlar borsizlar, aziz Ustozlar.😊

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…

YUKSΛLISH MΛKTΛBLΛRI

Zullisonayn(ikki tilli) ta'lim haqida

⚡️ Maktabimizda bilingual - zullisonayn ta'lim tizimiga o‘tish nafaqat o‘quvchilar, balki, o‘qituvchilar orasida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

💁🏻‍♀ Bunda o‘quvchilar har qaysi fanda, hatto oddiy muloqot jarayonida ham o‘z fikrlarini o‘zbek va ingliz tillarida bayon etishlari mumkin.

Farzandingizni ham kelajakda ikki tilda so‘zlay oladigan lider sifatida ko‘rishni istasangiz, Yuksalish maktabiga marhamat.

YUKSALISH MAKTABLARI - ta'lim va tarbiya birlashgan dargoh!

📞 +998951010600
📨 Administrator

@Yuksalish_maktablari

Читать полностью…
Subscribe to a channel