⚡️⚡️⚡️ E’LON ⚡️⚡️⚡️
‘‘BUXORO MAKTABI’’ 2021-2022-o‘quv yili uchun quyidagi fanlardan tezlashtirilgan dastur asosida yangi guruhlar ochilishini e’lon qiladi:
❗️MATEMATIKA: dastlabki dars 1-mart, soat 08:30da;
Manzil: 17-maktab.
❗️ RUS TILI: dastlabki dars 1-mart, soat 10:00da (grammatika, so'zlashuv va MISiS yo'nalishlarida);
Fan o‘qituvchisi: Rahimberdiyev Durbek.
Manzil: 17-maktab.
❗️BIOLOGIYA: dastlabki dars 1-mart, soat 10:00da;
Fan o‘qituvchisi: Akbar Islomov.
Manzil: 17-maktab.
❗️FIZIKA: dastlabki dars 1-mart, soat 14:00da.
Fan o‘qituvchisi: Murod Boyg‘ozov va Mirjalol Salohiddinov.
Manzil: 17-maktab.
❗️ KIMYO: dastlabki dars 1-mart, soat 12:00da.
Fan o‘qituvchisi: Jamshid Zaripov.
Manzil: 17-maktab.
❗️ONA TILI VA ADABIYOT: dastlabki dars 1-mart, soat 09:00da.
Fan o‘qituvchisi: Mavlon Burxanov.
Manzil: 5/2 mavzesi 2-uy.
❗️TARIX: dastlabki dars 1-mart, soat 13:00da.
Fan o‘qituvchisi: Mirjalol Abdurazzoqov.
Manzil: 5/2 mavzesi 2-uy.
❗️INGLIZ TILI: dastlabki dars 1-mart, soat 14:00da.
Fan o‘qituvchisi: Ahmad Jo‘rayev va Asomiddin Saidusmonov.
Manzil: 5/2 mavzesi 2-uy.
❗️ARAB TILI: dastlabki dars 7-mart, soat 12:00da.
Fan o‘qituvchisi: Azizbek Isomiddinov.
Manzil: 5/2 mavzesi 2-uy.
Murojaat uchun tel.:
☎️ +99870 612 02 12
📞 +99893 378 58 57
📞 +99890 715 60 06
@buxoro_maktabi
Ушбу фильм атиги 4 дақиқа давом этади, 30 дақиқада суратга олинган ва «Оскар» олган.👍👍👍
Кўринг, фақат йиғламанг😢
@dunyo_garoyibotlari
1999-yil 16-fevral
#Video
#Terakt
1999-yil 16-fevral kuni, soat 10:45—12:00 oralig‘ida Toshkentning turli nuqtalarida oltita portlash yuz bergan edi. Terakt oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam tan jarohati olgan.
Portlashlardan biri Vazirlar Mahkamasi binosi oldida yuz bergan — bu yerda shu kuni hukumat majlisi o‘tkazilishi va unda Prezident Islom Karimov qatnashishi lozim edi.
Portlashdan ko‘p o‘tmay, Prezident hodisa joyiga yetib kelgan. U portlashlar yuzasidan bevosita hodisa joyida televideniyega intervyu berayotganida yana bir portlash yuz bergan...
O‘sha kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan yig‘ilish Oliy Majlis binosiga ko‘chirilgan. Prezident Islom Karimov yig‘ilishda uni bunday teraktlar bilan qo‘rqitib yoki o‘zgartirib bo‘lmasligini qat’iy ta’kidlagan edi.
@Mirjalol_tarix
Biz ham Bobur kabi hamma ayb-u nuqsonlarimizni ro‘y-rost qilib kundalikka yozib, kelajak avlodga qoldirsak, bizdan-da jirkanchroq inson bo‘lmasdi...
Читать полностью…14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun.
(Qisqaroq qilishga harakat qilaman)
O‘quvchilar orasida ‘‘Bobur undoq ekan, bundoq ekan’’ degan gaplarni eshityapman. Kim nima desa, desin. U zotning ishtihodida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgandir. Siz solishtirib ko‘ring: 20 yashar o‘spirin Bobur va 50 yashar tajribali Shayboniyxonning kuchini. Buning ustiga Bobur har qadamda xiyonatga duch kelgan, g‘o‘rlik qilib qilgan xatosi uchun Movaraunnahr aholisi ham uni qo‘llab-quvvatlamadi.
Amir Temurdan keyingi temuriyzodalar ichida eng iste’dodli sarkarda bu - Bobur! Buning isboti - u tuzgan Temuriy-boburiylar imperiyasi.
O‘zbek she’riyatida ham hazrat Navoiydan so‘ng hamma Bobur Mirzo turishini barcha birdek tan olgan.
Bobur - buyuk qalb egasi. Bu bilan Boburni ideal inson demoqchimasman.
Bobur haqida nimadir deyishdan oldin esa u to‘g‘risida hech yo‘q ‘‘Boburnoma’’ni o‘qing, ‘‘Tarixi Rashidiy’’ni o‘qing.
11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni!
💡 Ilm-fanning rivojlanish tarixi davomida uning dunyosi asosan erkaklar edi. Ammo ko‘plab taqiq va cheklovlarga qaramay, ayollar o‘z hissalarini qo‘shdilar va qo‘shishda davom etmoqdalar.
🔸 Aynan ayollar va qizlarning ilm-fanga to‘liq va teng ravishda kirish imkoniyatini va unda ishtirok etishlarini ta’minlash uchun 2015-yil 22-dekabrda BMT Bosh assambleyasi 11-fevralni "Xalqaro ayollar va qizlar kuni" deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi.
Ushbu kun ayollar va qizlar ilmiy-texnika jamoatchiligida muhim o‘rin tutishini va ularning ishtirokini oshirish kerakligini eslatib turadi.
@Mirjalol_tarix
❗️❗️❗️Ko'plab ota-onalar va abiturientlarning talablariga binoan 2021-yil 13-fevral 12:00 5/2-mavzesi 2-uyda noldan boshlab ona-tili adabiyotdan Mavlon Burxanovning oxirgi yangi guruhi ochilyapti. Darsga kech qolmasdan faqat tinglovchining o'zi yetib kelsin."BUXORO MAKTABI"
| Telegram | | Instagram |
📌2021-yilda 5 ta fandan test bo‘ladi
Hurmatli bilimga chanqoq abituriyentlar, kelgusi yilda 5 ta fandan imtihon boʻladi, bu Prezident qarori belgilangan.(Bu yil istisno tariqasida bu qaror bekor qilingan edi)
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 31.5 ball.
Matematika - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 31.5 ball.
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 31.5 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.
👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:
1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.
Umumiy holda, 2021/2022 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 105 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 280.5 ballni tashkil etadi.
@Mirjalol_tarix
🆘 E’LON 🆘
Kimyo fanidan olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "BUXORO MAKTABI" da kimyo fanidan ta’lim olayotgan barcha o‘quvchilarni qo‘shimcha darslarga taklif etamiz.
Dars mashg‘ulotlarini kimyo fani bo‘yicha respublikamizda taniqli bo‘lgan mutaxassis - JAMSHID ZARIPOV olib boradi.
Darslar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari ikki smenada: 7:00 dan 11:00 gacha va 12:00 dan 16:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
❗️ Darslarda faqat kimyo va biologiya fanlaridan "Buxoro maktabi" o'quv markazida tahsil olayotgan abiturientlar qatnashishlari mumkin 🚫
⭕️Darslar mutlaqo bepul!
📍Birinchi dars 5-fevral Juma kuni Olmaliq shahar 2-maktabda 1-smena 7:00 ; 2-smena 12:00 da boshlanadi
👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
@buxoro_maktabi
🆘🆘🆘
Kimyodan yangi ochilgan guruhning
1-darsi 7-fevral 15:00da 17-maktabda bo'lib o'tadi.
Darsga kech qolmay faqat tinglovchining o'zi yetib kelsin."BUXORO MAKTABI"
@BioAAI
Bugun 30-yanvar O'zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning tavallud ayyomlari! Agar ular hayot bo'lganlarida xozir 83yoshni qarshi olar edilar... Joylari Jannatda bo'lsin🤲
🔵Do'stlaringgizga ham ulashing!
🔵👇kanalga aʼzo boʻlish👇🔵
@Islom_Karimov_hikmatlarii
/channel/Islom_Karimov_hikmatlarii
MUVAFFAQIYATGA ERISHISHDA SIZDAN TALAB QILINADIGAN 7 ELEMENT
1. Qattiq mehnat
2. Qurbonlik
3. Qiyinchilik
4. Ishtiyoq
5. Ishonch
6. Sabr
7. Eng asosiysi, Allohga ibodatni unutib qo‘ymaslik.
P.S. Hayotim davomida shuni angladimki, ijobiy fikrlar va kelajakka umid bilan qarash — bu muvaffaqiyatli bo‘lish va istagan narsangizni yaratishning eng yaxshi usuli!
@Mirjalol_tarix
#Hikmat
Xalifa Xorun ar-Rashid xalq hayotini o‘rganish uchun faqir kiyinib, mol bozorini aylanib yursa, bir qassob bir qo‘yning baxosini so‘rabdi...
Sotuvchi qassobga :
-«20 tanga», debdi ...
Qassob buni eshitib:
- «Qo‘yingizning 14 kilo go‘shti 4,5 kilo yog‘i bor... Uning narxi 15 tanga xolos..», debdi va qo‘yni olmay ketibdi...
Xalifa navkarlaridan biriga qo‘yni sotib olishni, ikkinchisiga qassob ortidan borishni buyuribdi.
Bozordan qaytgach, o‘sha qo‘yni so‘yishibdi va qassob aytganidek, 14 kilo go‘sht va 4,5 kilo yog‘ chiqqanini ko‘rishibdi.
Qassobni topib kelishibdi va unga yana ikki qo‘chqorni ko‘rsatib, qancha go‘sht va yog‘ borligini so‘rashibdi. Qo‘chqorlar so‘yilganidan so‘ng qassob aytgan yog‘-go‘sht chiqibdi.
Halifa QOYIL qolibdi hamda undan dunyoviy va uxraviy ilmlardan so‘rabdi. Afsus, qassobning kallasi bu sohada BO‘MBO‘SH edi.
Shunda xalifa debdi.
-Ey qassobzoda..! Nahot hayotni faqat qassobchilikda deb tushunsang..? Qani senda vatanga muhabbat, xalqingga muhabbat..? Nahot halol va haromning farqiga yetmasang...!
Halifa jar chaqirtirib, e’lon qilibdi:
- Ushbu qassob shuncha zehni, shuncha ilmi bo‘la turib, yo dunyoviy, yo uxraviy ilm olmagani, halol-harom farqiga bormagani uchun boshqalarga ibrat bo‘lsin deb, kelgusi juma kuni uni DORGA ostiraman.
Hamma bu hukmdan rozi bo‘lib, uning odilligini tan olishibdi.
Ertasi kuni xalifa qabuliga ikki yosh yigitcha kirib kelibdi. Xalifa ularning xulqu-axloqini ko‘rib:
- «Farzanding bo‘lsa, shunday bo‘lsin..», deb qo‘yibdi.
Yigitlar xalifadan gapirishga izn so‘rashibdi va ruxsatdan so‘ng deyishibdi:
- Ey Amiral mu’minin..! Avvalo bizning bir qoshiq qonimizdan keching... Biz O‘LIMGA HUKM qilingan qassobning o‘g‘illarimiz. Otamizdan so‘ralgan savollarni bizdan so‘rasangiz...
Xalifa bolalarni - uzoq savolga tutib, ulardagi ilm, yetuklikni sezib, kuchliroq olim kishilarni chorlab, ilm majlisi o‘tkazib, bolalarning zehni va ilmiga qoyil qolibdi va debdi:
- Sizlarga tasanno, lekin otangizga chiqarilgan hukm hammaga ma’qul kelgan va ko‘pchilikka ibratdir...
Shunda qassobning katta o‘g‘li:
- Ey muhtaram jamoa..! Bola — loy, ota va ona — kulol emasmi..? Bola onadan o‘g‘ri, qotil yoki aldoqchi bo‘lib tug‘ilmaydi-ku...
Uni tarbiyalovchi ota-ona va tashqi muhitdir. Otamizga chiqargan hukmni otamizga emas, uning otasiga chiqarish kerak edi... Otamiz o‘zi ilmsiz bo‘lsa ham, bizni shunchalik ilmli, ma’rifatli bo‘lishimizga sharoit yaratdi... Otamiz TAHSINga loyiqdir, — dedi.
Xalifa uzoq sukut saqladi va dedi:
- Ey vazir..! Sen endi iste’foga chiq... Shu bola menga vazir bo‘lsin.
Ey jallod..! Qassobni olib kel, ustiga zarbop to‘n yop, bu elga ibrat bo‘lsin. Chunki bizning kelajagimiz — farzandlarimiz. Bola tarbiyalashdagi oliyjanobligi uchun QASSOB shunga loyiqdir. Qassobning otasi tirik bo‘lsa, olib keling, o‘lgan bo‘lsa, go‘ri ustiga o‘ttiz darra uring. Chunki shu qassob ham yoshligida o‘ta iste’dodli bo‘lgan. Otasi esa unga qassobchilikdan boshqa narsani o‘rgatmagan... - deb hukmni o‘zgartiribdi.
🍎 @Stiv_Jobs
#Hikmat
Albatta òqing!😊
Bir kishi vafot etdi. Ayoli yosh juvon, qo‘lidagi go‘dagi yetim qoldi. Uning akasi bu beva ayolni ko‘maksiz, bolakayni tarbiyasiz qolmasligi uchun hozir bo‘ldi. Ayol eridan qolgan barcha mulkni qaynakasining tasarrufiga topshirdi. Ko‘zlari qoraygan aka jiyanining haqqi bo‘lgan hamma mol-mulkni sotib, Amerikaga qarab juftakni rostladi. Uning omadi chopdi. U yerdan yaxshi ish topib, oq tanli ayolga uylandi. Bola - chaqali bo‘ldi. Ular avtomabil oldi - sotdisida mohir savdogarlarga aylanishdi. Ayol ham eriga pulni ko‘paytirishda qarashardi. Kun sayin boyishardi. Ukasining bevasi esa, qashshoqlashib borardi. Ayol bolasining go‘zal axloqli, o‘qimishli bo‘lishi uchun bor kuchini sarf etdi.
Oradan 15 yil o‘tib, aka o‘z yurtiga qaytdi. Katta yer sotib olib, hashamatli qasr qurdi. U o‘z savdosini davom ettirdi. Ukasining o‘g‘li yigit yoshiga yetgan edi. Amakisining oldiga otasidan qolgan merosdan hissa talab qilgani bordi.
- Senga beradigan bir chaqam ham yo‘q! Yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma, yana uyimga qadam bossang, o‘zingdan o‘pkalan! - dedi amaki.
Yigit siniq holda volidasining yoniga qaytdi.
Amakisi qasrini eng yangi, sara jihozlar bilan bezatdi. Amerikadagi oilasini chaqirdi. Ularni o‘zi kutib olishga qaror qildi. Lekin uyga qaytish chog‘ida avtohalokatga uchrashdi. Amaki, uning ayoli, farzandlari, barchalari vafot etishdi.
Ajablanarlisi shunda ediki, bu yetim yigit amakisining yolg‘iz, rasmiy merosxo‘riga aylangandi.
U eng qiyin, eng mashaqqatli damlarni yashayotganidan 15 yil o‘tib, Alloh uning amakisini mulkini ko‘paytirib berishiga sababchi, haqiqiy egasiga ziyodasi bilan qaytarishni taqdir qilganini bilmasdi.
Ehtimol bu sho‘rlik, mazluma onaning to‘siqsiz ijobat bo‘lgan duolarining samarasidir.
Xulosa
Inson birovga zulm qilishi, uning haqqini osongina yeb ketib, unutishi mumkin! Ammo...
☝️«Robbingiz unutuvchi emasdir!» ( Maryam surasi, 64-oyat).
☝️«Mazlumning duosidan ehtiyot bo‘l! Sababi, u bilan Alloh o‘rtasida to‘siq yo‘q!»
(Ahmad rivoyati)
🍎 @Stiv_Jobs
Quyida Bobur haqidagi fikrlarni keltirib o‘tamiz:
“Tarixi Rashidiy”dan: “U turli goʻzal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi”.
Hasanxoʻja Nisoriy: “Chigʻatoy sultonlarining eng sarasi va zoʻr shijoatlisi edi”.
Javoharlaʼl Neru: “Bobur dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq boʻlib, koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan”.
Monstyuart Elfinston: “Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U oʻz zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir”.
Rumer Goden: “Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan boʻlsa-da, u oʻz saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga koʻtarildi. Oʻz mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu oʻlkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi”.
Pirimqul Qodirov: “Bobur Mirzo soʻz bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni oʻzi ham sezar
«Илмга инвестиция — бу энг зўр инвестиция. Бу жамият ривожига хизмат қилади. Буни маданият даражасига олиб чиқиш зарур
Бугун АОКАда ташкил этилган матбуот анжуманида Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги директори ўринбосари Хушнуд Худойбердиев "Илмга инвестиция — бу энг зўр инвестиция. Бу жамият ривожига хизмат қилади. Буни маданият даражасига олиб чиқиш зарурлиги" ҳақида таъкидлаб ўтди:
🔎 «Metsenat» сўзининг маъноси — қадимги Юнонистондан кириб келган, яъни илмга, санъатга, маданиятга, фанга пул тикадиган саховатпеша ҳомийларга нисбатан қўлланилган.
👨🏻💻 Илмга пул тикиш — масалан, фарзандингиз ўқиши учун ҳар ҳафтада камида 20 минг сўмдан йиғиб бориш ҳам «Metsenat»ни англатади.
💰 Ҳозиргача metsenat.uz лойиҳасида 1677 нафар ғолибга 4 млрд 990 млн сўмлик 10 та лойиҳа эълон қилинган. «Ёшлар гранти» шулардан биттаси ҳисобланади. Шу платформа орқали пул ажратмоқчи бўлган хайрия лойиҳалари салкам 5 млрд сўмга яқинлашди.
📚 Ягона таълим портали расмий канали 👇👇👇
➡️ @TALIM_PORTALI
"Unutmoq osonmas sizlarni..."
O’tganlarni xotirlab... Juda taʼsirli aytilgan
Tarixda ochmas iz qoldirsang ,xalq seni unutmaydi.
@Mirjalol_tarix
#Xushxabar
⚠️"Buxoro maktabi" o'quv markazi abiturienti dastlab kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgandi keyinchalik DTM qayta ko'rib chiqib uni GRANT asosida qabul qilinganini ma'lum qildi
"Buxoro maktabi" o'quv markazi nomidan singlimizni TABRIKLAYMIZ❗❗❗
@buxoro_maktabi
⚡️Bitiruvchilarning baholarini OTMga kirish imtihonida inobatga olish tartibi e'lon qilindi
@Mirjalol_tarix
Brayn Treysidan ishlarni qanday bajarish haqida 4 ta maslahat.
1. "Jadval" tayyorlang. Nimaga intilayotganingizni aniq aniqlik bilan yozing. Maqsadning ravshanligi juda muhimdir. Ishga kirishishdan oldin maqsad va vazifalaringizni qog'ozga qo'ying.
2. Har bir kuningizni oldindan rejalashtiring. Qog'ozda o'ylang. Rejalashtirishga sarflagan har bir daqiqangiz ishingizdan besh-o'n daqiqani tejashga yordam beradi.
3. 80/20 qoidasini hamma narsaga qo'llang. Sizning barcha ishlaringizning 20 foizi siz erishgan natijalarning 80 foiziga to'g'ri keladi. Har doim barcha kuchingizni biznesning "eng yaxshi" 20 foiziga yo'naltirishga harakat qiling.
4. Oqibati haqida o'ylang. Sizning hayotingiz va ishingiz uchun eng jiddiy, ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib keladigan eng muhim vazifalaringizdir. Ularga ko'proq e'tibor bering.
@Mirjalol_tarix
Davlat test markazida titul varoqlarini maxsus skaner yordamida tekshirish jarayoni ...
@BioAAI
Bugun 30-yanvar Oʻzbekiston respublikasining 1-prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni
Oxiratlari obod boʻlsin🤲
@Mirjalol_tarix
#Qiziqarli_malumot🤦♂
1894-yil, kunlarning birida bo’lajak rohib daryoda cho’kayotgan bir bolakayni qutqarib qoladi.
Bu bolaning ismi Adolf Gitler edi.😫🤦♂️🤦♂️🤦♂️
@Mirjalol_tarix