RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan. Barcha videolar: youtube.com/c/ZAKOVATTV Sayt: zakovatklubi.uz
🏆 “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha Yoshlar kubogi bo‘lib o‘tdi!
🚫 Musobaqa 26-iyun - Хаlqаrо giyohvandlikka qarshi kurаsh kuniga bag‘ishlab respublikamizning barcha hududlarida tashkil etildi.
🏆 60 ta jamoa ishtirok etgan Toshkent shahridagi o‘yinda Interstellar jamoasi 1-o‘rinni egallab, Yoshlar kubogini qo‘lga kiritdi!
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
📷 Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yoshlar kubogi o‘yinidan lavhalar
Ayni vaqtda respublikamizning barcha hududlarida Yoshlar kubogi o‘yini bo‘lib o‘tmoqda.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
📹 Bo‘stonliq tumanidagi “Nihol” oromgohida o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yinidan videolavha
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
🏆 “O‘zbekgidroenergo” AJ xodimlari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi
📖 Yoshlar kuni munosabati bilan “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimi xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, kasbiy bilim va intellektual salohiyatini mustahkamlash, o‘zaro hamkorlik va jamoaviylik ruhini kuchaytirish maqsadida “Zakovat” musobaqasi tashkil etildi.
💪 Mazkur bellashuvda “O‘zbekgidroenergo” AJ Ijro apparati hamda tizimga qarashli filial va tashkilotlardan jami 25 ta jamoa ishtirok etdi.
🔥 Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan o‘yin yakunida g‘oliblikni quyidagi jamoalar qo‘lga kiritdi:
🥇1-o‘rin: “Chirchiq GESlar kaskadi” filiali jamoasi;
🥈2-o‘rin: “Farhod GES” filiali jamoasi;
🥉3-o‘rin: “O‘zbekgidroenergo” AJ Ijro apparati jamoasi.
🎁 Turnir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Barcha ishtirokchilar esa tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
📌 Shanba, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi yozgi mavsumning ikkinchi o‘yinida ishtirok etadi.
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
👭 “Zakovat” o'yini oromgohlarda!
“Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Farg‘ona viloyatidagi “Rishton” sog‘lomlashtirish bolalar oromgohida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” o‘yinidan lavhalar.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
😎 “Zakovat” teleo‘yini yozgi mavsumining birinchi o‘yini - Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi
👉 To‘liq o‘yinni ko‘rish
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
⚡️ “Dolzarb 90 kun” tashabbusi hamda Yoshlar oyligi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, intellektual salohiyatini rivojlantirish va bilimga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun “Zakovat” musobaqasi tashkil etildi.
🧠 Aql va zukkolik sinovida mahalla yoshlari, talabalar, harbiylar hamda ijtimoiy tarmoqlarda faol blogerlar ishtirok etdi. Musobaqa nafaqat bilim, balki jamoaviylik, mantiqiy fikrlash va tezkorlik bellashuviga aylandi.
🏆 O‘yin yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇 1-o‘rin: Google jamoasi
🥈 2-o‘rin: Magnum jamoasi
🥉 3-o‘rin: Pikovit jamoasi.
🎁 G‘olib jamoalar boshqarma boshlig‘i kubogi, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
🎤O‘tkir Muhammadxo‘jayev bugungi o‘yin va undagi savollar haqida fikr bildirdi
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
OAV xodimlari o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yini yakuniy jadvali
Izoh: 3-o‘rin egasi qo‘shimcha savollar orqali aniqlandi va unda “Yoshlar” jamoasining qo‘li baland keldi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
“Savollar saviyasi yuqori. Bizni ayab o‘tirishmayapti”
🎤A’zam Qahramoniydan musobaqa haqida qisqa intervyu
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
🎤OAV xodimlari o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yinidan lavhalar
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
✅ Yuqoridagi savolning javobi
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
✒️ 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan "Zakovat" o‘yini bo‘lib o‘tmoqda
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
❓ OAV xodimlari o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yinining 1-savoli:
Yuliy Sezarning buyrug‘iga ko‘ra senat majlisi bayonlari, sarkardalar axboroltari va qo‘shni davlat hukmdorlari xabarlari ko‘chirilib, Rim shahri maydonlariga osib qo‘yilgan va shu yo‘l bilan xalqqa yetkazilgan. Ushbu ma’lumotlar U haqidagi maqoladan olingan.
Savol: Uni italyanchadan kirib kelgan so‘zda yozib bering.
📷 Hududlarda bo‘lib o‘tayotgan Yoshlar kubogi o‘yinlaridan lavhalar
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
Jurnalistlar va axborot xizmati vakillari “Zakovat” intellektual o‘yinida kuch sinashdi
Efir: 24.06.2025 | 19:00
#Toshkent
Muxbir: Zarnigor Tolibova
🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM
🌐FACEBOOK | 📹RENESSANSTV-RTV">YOUTUBE
🏆 “Zakovat” - oromgohlarda!
9️⃣0️⃣ “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida respublikamizning barcha hududlaridagi yoshlar oromgohlarida “Zakovat” o‘yini o‘tkazilmoqda.
✅ “Zakovat” klubi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti hamkorligida Bo‘stonliq tumanidagi “Nihol” oromgohida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.
❓O‘yinda ishtirok etgan bolalar jamoalari bir-biridan qiziqarli savollarga javob berdi va bilimlarini yanada oshirdi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
Zakovatchi shoira
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining “Yosh ijodkorlar” to’garagi a’zolari tomonidan yozilgan she’rlar “Gulxan” jurnalining iyun oyidagi sonida nashr etilibdi.
E’tiborli jihati, nashr etilgan she’rlar orasida “Zakovat” o’yini bo’yicha O’quvchilar ligasining 2024/25-o’quv yili yakunlari bo’yicha mutlaq g’olibi bo’lgan “Iqtidor” jamoasi a’zosi Farangiz Yigitaliyeva muallifligidagi she’r ham mavjud. She’r bevosita “Zakovat” o’yinidan olingan taassurotlar ostida yozilgan. Ijodkor zakovatchilarimiz ko’paysin!
Quyida ushbu she’rni sizlar bilan ham ulashamiz.
IQTIDOR
Dunyo ajoyibdir... Xohish teskari,
Oldinlash payida chopib qolasan.
Nogahon ichingda bir asalari,
Zim etib chaqqanda qotib qolasan.
Bor-yoʻgʻing berganda javob boʻlmasa,
Cheksiz oʻy domiga tinmay tortadi.
Ishtiyoq gullari hech ham soʻlmasa,
Koʻngil ortga tortar, qadam ortadi.
Qani imkon boʻlsa, toʻkib sochsaydim,
Miyamning milliardlab hujayralarin.
Fikr sandiqchasin qani ochsaydim,
Balki, zabt etardim bor marralarin.
Kichkina uchquncha olov boʻlganda,
Jami koinotni yoritar takror.
Yurak alangaga mutlaq toʻlganda,
Yonsa, ZAKOVATdan yonar IQTIDOR.
✍️ Farangiz Yigitaliyeva
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
“Maza qildik... Yana qilinglar”
“Zakovat Quiz”ning musiqa mavzusidagi o‘yini ko‘pchilikka manzur bo‘ldi 🤩
❓“Zakovat Quiz” o‘yini yana qanday mavzularda o‘tkazilishini xohlaysiz?
➖ @zakovatquiz ➖
❗️Yoshlar kubogi ishtirokchilari diqqatiga!
✅ Ishtirokchilardan kelib tushgan ko‘plab taklif va istaklarni inobatga olib, musobaqa ishtirokchilarining yosh chegarasi o‘zgartirildi. Endi musobaqada 31 yoshga to‘lmagan barcha yoshlar qatnashishi mumkin bo‘ladi.
✍️ Musobaqada qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar ushbu havola orqali 26-iyun kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
🗓 O‘yin 27-iyun, juma kuni soat 14:00 da boshlanadi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
📹 Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” o‘yinidan videorolik
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
“Zakovat o‘yinlari menga begona emas”
🎤OAV xodimlari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasi qatnashchisi mashhur teleboshlovchi Nilufar Umrzoqova “Zakovat”ning sportcha versiyasida birinchi marta qatnashayotgan bo‘lsa-da, televizion formatdagi “Zakovat” o‘yinida ilgari ham o‘ynaganini ta’kidladi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
🖋 OAV xodimlari o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yini yakunlandi!
🗞 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi.
🤝 Xalqaro press klub, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada jami 29 ta OAV jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan bellashuv yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇 1-o‘rin: “Oyina” jamoasi
🥈 2-o‘rin: “O‘zJOKU” jamoasi
🥉 3-o‘rin: “Yoshlar” jamoasi
🎁 Musobaqa g‘oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlandi:
1-o‘rin: 18 mln so‘m va Samarqandga sayohat yo‘llanmasi
2-o‘rin: 15 mln so‘m
3-o‘rin: 12 mln so‘m
🎁 Shuningdek, musobaqada qatnashgan barcha jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
“Bunaqa ko‘rinishdagi “Zakovat” o‘yinida birinchi marta ishtirok etishim”
OAV xodimlari o‘rtasidagi musobaqada “Milliy tv” jamoasi tarkibida qatnashayotgan Zokir Ochildiyev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
❓ OAV xodimlari o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yinining 1-turi natijalari
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
❓ OAV xodimlari o‘rtasidagi “Zakovat” o‘yinidan yana bir qiziqarli savol
✍️ Variantingizni izohda yozib qoldiring
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
Javob: Gazeta.
Izoh: Gazeta so‘zi Italiyadagi kichik tanga – gazetadan kelib chiqqan.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
🤩 Birozdan so‘ng, Ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini boshlanadi!
✒ Musobaqa 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab tashkil etilmoqda.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok