zinnurayniy | Unsorted

Telegram-канал zinnurayniy - Ko'ngil bekati

-

So'z ila boshlangan dunyoni, Ishq bilan tugatib ketaman! Latofat Amirova @Zinnurayniy

Subscribe to a channel

Ko'ngil bekati

#Suhbat

Yurak devoridagi yozuv

– Ilmda ustoz-shogirdlik an’anasiga qanday qaraysiz? Adabiyotshunos olim sifatida shogirdlaringizga qo‘ygan talablaringiz biz uchun qiziq.

– Ustoz bo‘lish oson emas. Munosib shogird bo‘lish undan ham qiyin. Universitetda kimki saboq bersa, talaba xalqi barchasiga “ustoz” deb murojaat qiladi. Har ikki tomon – talaba va muallim shu maqomga munosibmi? Shu savol meni ko‘p o‘ylantiradi. Muallim talabaga ko‘ngildagidek bilim bermasa, ustoz nomiga isnod keltirgan bo‘ladi.

👉davomi...
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Siz sevgan kanal 🎧🫶

🎵
— 𝑫𝒍𝒚𝒂 𝑫𝒖𝒔𝒉𝒊ོ ✔️

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Faqat yomg'ir bo'lsa,
Sen bo'lsang,
Va bo'lsa bir adoqsiz ko'cha...

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

👶Farzandlar haqqiga qilinadigan goʻzal duolar.

👶Allohim, farzandlarimning mavqeini boshqalar qatorida ko’tar va ularga baxt, taqvo va boylik keltiradigan muvaffaqiyatlar ber.

👶Parvardigorim, farzandlarimni qalblari pok,
xayr-ehson, rahm-shafqat, boshqalarga yordam berishlikni sevadigan insonlardan qilgin.

👶Allohim, farzandlarimni xorlikdan, sharmandalikdan saqla. Ularga quvonch keltirgin , meni ham xursand qiladigan quvonchlardan bergin ularga.

👶Allohim, ularning qulogʻi, koʻzi va sogʻligʻini mukammal qil, aql-idrok va oliyjanob xulq ato et.

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Rahmat 😊❤️
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Sog'inchga ko'milgan ikki ko'zimning,
Qorachiqlarida yashaysan hamon,
Shoshib oqayotgan daryo umrimning,
O'n sakkiz yoshiga aylangan armon...
Endi nay, endi kuy eslatar seni,
Ko'kda oy, yerda may eslatar meni,
Baxtga bolish qilgin qolgan oningni,
Allohim asrasin mudom joningni!

Latofat Amirova

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

​Aka-uka opa-singillarning urishlari

Avvalgi maqolalarda eslab o’tganimizdek bolalar jismonan va ruhan rivojlanayapti, shuning uchun uydagi janglar bo’lib turishi tabiiy hol. Bolalar tortishib talashib boshqalar bilan muomala qilishni o’rganadi, lekin biz ota-onalarning ba’zi xatolarimiz bolalar o’rtasida mehrni o’ldirib, ularni bir birlariga suyanch emas , dushman qilib qo’yishi mumkin. Bolalar o’zaro urishganda nima qilish kerak, qanday qilib ularni bir birlariga mehrli qilib tarbiyalashimiz mumkin?

1.Bolalar o’rtasida adolatli bo’ling. Odatda urishlarda katta farzand jazolanadi, kichkinalar kechiriladi. Yoki uy ishlari kattalariga buyuriladi, kichkinalari esa televizor ko’rishda davom etishadi. Agar sizda ham shunday bo’lsa siz adolat qilmayotgan ekansiz, aksincha katta farzandingiz qalbida kichkinasiga nisbatan adovat uyg’onishiga , kichkina farzandingiz kattasini hurmat qilmasligiga sababchi bo’layapsiz ekan.

2.Urishlarni oldini oling. O’ynayotgan bolalarga yetarlicha o’yinchoq bo’lsin. Ayniqsa kichkina bolalarda urish boshlanishi mumkin bo’lgan holatda ular hayolini boshqa narsaga buring, yoki birgalikda o’ynash mumkin bo’lgan o’yin taklif qiling.

3.Uyda qoidalar o’rnating. Masalan, uy ishlarini qilishdagi navbat, oyinchoq o'ynashdagi navbat juda ko’p muammolarni hal qiladi. Hamma narsa qoida va vaqt bilan belgilansa tortishgani sabab qolmaydi.

4.Bolalarni oiladagi o’rnini bildiring. Masalan katta akani aka sifatidagi vazifasiyu, ukasini uka sifatidagi vazifasi va singilni huquqlari va vazifalari. Lekin adolatni unutmang, yoshlik va jinsga qarab kimdadir vazifa yoki imkoniyatlar ko’payib ketmasligi kerak.

5.Bolalar o’rtasida mehr uyg’oting. Silai rahm haqida, aka-uka haqlari haqida ko’p eslatib turing. Narsalarini, shirinliklarini bo'lishishni o'rgating.Farzandlaringizdan biri betob bo’lsa, boshqasiga unga qarashni vazifa qilib qo’ying, masalan isitmalagan bolaga ukasi har yarim soatda suv berib turishi mumkin. InshaAlloh, shu bilan bir birlari mehirni ko’proq sezadi, o’zlarini muhim ish qilgan his qiladi va albatta boshqalarga mehr ko’rsatishni o’rganadilar.

6.Bolalarga jahlni yengishni o’rgating. Masalan "astag’firulloh" deyishni,muammoni musht bilan emas kelishuv bilan hal qilish bo’yicha maslahatlar bering.

7.Eng asosiysi o’zingiz jahlingiz chiqqanida baqirmang va bolalarni urmang, chunki ular hammasini biz ota-onalardan o’rganadi. O’zingiz ularni jahl chiqqanida urgan holda urishmaslikni talab qilishingiz umuman ish bermaydi. Hech qachon bolalar urishini kaltak bilan to’xtatmang, bu bilan siz urishmaslikni emas, kuch bilan muammolarni hal qilishni o’rgatgan bo’lasiz.

© Muslimaonakundaligi
♻️АЛБАТТА ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ҲАМ ТАРҚАТИНГ!!!☝️📲
Sizlar uchun maxsus :
@Sizlarga_ham_ilindim

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

#hadis

Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kishi farzandini odobli etib tarbiyalashi uning uchun har kuni yarim so’ sadaqa qilishidan yaxshiroqdir», – dedilar».

Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar.
 
|«Baxtiyor oila» kitobidan
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

***

Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga,
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil qoramni oqlab ber menga.
Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so‘ndirma, Alloh.

©️Rauf Parfi

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Qo‘g‘irchoq
(baxtli turmush siri
)

Er va xotin butun umri davomida baxtli hayot kechirishdi. Ular bir-birlaridan umuman sir yashirishmasdi. Lekin xotini eridan faqat bitta narsani iltimos qilgandi. U ham bo‘lsa, shkafning yuqori javonida saqlagan eski poyabzal qutisiga hech qachon qaramaslikni.

Er hech qachon o‘sha qutida nima borligi haqida so‘ramagan. U shunchaki ayolining shaxsiy buyumi bo‘lsa kerak deb o‘ylardi.

Ammo bir kuni kampir kasal bo‘lib qoldi. U sirni ochish vaqti kelgani uchun eridan o‘sha qutini kasalxonaga olib kelishni so‘radi.

Chol uyiga kelib qutini topib ochdi. Qutining ichida 2 ta qo‘lda to‘qilgan qo‘g‘irchoq va bir dasta pul bor edi.  Sanab ko‘rsa, naq 195 ming dollar!

— Lekin nima uchun? Qanaqasiga?! — ajablandi chol. U kampirining shunchalik katta miqdordagi puli borligidan hayratlandi.

— Biz turmush qurishimizdan oldin,  — dedi kampir hayron bo‘lib qolgan eriga, — buvim menga baxtli turmush sirini aytib bergan edi. Buvim bobom bilan hech qachon janjallashmagan ekan. U menga har safar sizdan g‘azablanganimda, indamasdan o‘tirib, bitta qo‘g‘irchoq to‘qishni maslahat bergandi.

Chol yana qo‘lidagi qutiga qaradi, unda bor-yo‘g‘i ikki dona qo‘g‘irchoq bor edi. Demak, ellik yillik turmushi davomida xotini undan faqat ikki martagina g‘azablangan ekan-da. U mehri iyib ketib, kampirini quchoqlab o‘pdi.

— Ammo buncha pul qayerdan keldi? — u baribir hayron qolib, kampiridan so‘radi.

— Bu esa, — tabassum bilan javob berdi kampir, — Bu... mening qo‘g‘irchoq sotishdan topgan pulim.

©️ Billi Gramm
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

❤️Baxt bu hamma narsani o'rnini bosa oladigan insoning borligi...

Boringizga shukur, Halolim.

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Bir umr qolishni xohlagan bir manzilim bor...

BU      ¯ SENING QALBING!!!!!!
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

❤️Oilamizni boqish uchun to'kilayotgan har bir peshona teringiz, Jannatda daryoga aylansin.

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

©Shohrux Usmonov
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

O'zini o'zi hurmat qilish!

✨ Qirolichalardek gapiring mayda chuydalarga va maydakashlarga ahamiyat bermang.

✨ Hech kimga yalinmang o'z qadringizni baland tuting.

✨ G'aribona bo'lmang. Eng yengilgan kuningiz bu sizning eng kuchli kuningizdir.

✨ Har doim o'zingizdagi ezgu xislatlarlarni shakllantirib boring.

✨ Doimo hayotdan noliydiganlardan uzoqroqqa qoching. Chunki bunday insonlar o'zgalarning quvvatidan foydalanadilar.

✨ Tashqi ko'rinishingiz ya'ni imidjingizga muntazam e'tibor qarating bu sizga o'zingizni tan olishingiz hamda doimo kayfiyatingiz a'lo bo'lishida yordam beradi.

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Endi menga begonasan.
Inson qalbi bilan ham kimnidir tark etishi mumkin...

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Yomg'ir

Endi kulib qara, ko'ksingni ochgin,
Eng shirin so'zni ayt qalbing qaridan,
So'nggi bor, so'nggi bor bag'ringga bosgin,
Sen uchun kechdim deb aytgin baridan...

Lablaringga to'lsam obihayotdek,
His qilgin ko'ksingda yonajagimni,
Qaqragan yer ichra singsam najotdek
Anglagin qalbingda qolajagimni...

Sochlaring ichida adashay bugun,
Yuz - u ko'zlaringdan o'pay to'yguncha,
Butun borlig'ingni bergin men uchun,
Garchi fursat meni mag'lub qilguncha...

O'ylama! O'rtanma! Qilmagin faryod!
Yetmasmi dard chekib o'kinganlarim?!
Taqdirdan nolimay o'tdim umrbod,
Yomg'irman... Qaytmaydi to'kilganlarim!!!

Latofat Amirova
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

• اللَّهُمَّ صَيِّباً نَافِعاً
Allohumma soyyiban naafi'an. ☔
[Allohim xayrli yomg'ir ato et]

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Она, ҳеч бир қалбдан топмадим макон,
Юзлари гул эди, қалблари тикон.

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

***
   
Тунларга бор,
Бўронларга бор,
Кўрсатмагил томчи ёшингни.
Улар шундай – тиғ уриб, кейин
Силамоқчи бўлар бошингни!
Тоғларга чиқ,
булоқларга чиқ,
Қара, қандай яшайди мағрур!
Ич-ичидан йиғлаб турса ҳам,
Ҳовучида порлаб турар Нур!..

 Зебо Мирзо
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Men uchun aziyat chekibsan, erkam...
Balki, shudir ishqning chechak otgani....

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Farzandlarni hayollariga kirib ko’rishni hohlarmidiz?!
Unda ular bilan ko’proq gaplashing. Nimalar haqida o’ylashasi, nimalarni hohlashadi, orzulari qanaqa?, hammasi haqida so’rang, qiziqung. Zero agar siz ularni orzu istaklarini anglay olsangiz, va bu borada qo’llab quvvatlasangiz bolalaringiz oson o’z yo’llarini topib ketishadi. Hayotda kelajakda qiynalishmaydi. Ular kim bo’lib yetishishidan qat’iy nazar shu kasbda o’zlari ham, boshqalar ham manfaat oladigan bo’lsin!
Farzandlarni hohishlariga qarshi chiqib, majburlab o’ziz hohlagan yo’nalishada o’qitmang yoki ishlatmang. Doim ularni qiziqishlarini inobatga oling!

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

... Ba'zan hayotning rangsiz kunlarida uzoq qolib ketgandek tuyilasan kishi...

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

🇺🇿Bayramingiz bilan,
❤️Qalbim Generali!

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

⚡️Telefon yoki ta'lim...
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

❤️Sevgi

— Ayolingizni sevasizmi? - deya so‘radim yoshi ulug‘ bobodan. Xijolat chekdi, chog‘i, nuroniy yuzi qizarinqirab :
— Biz sevgi-muhabbatni bilmaymiz, jonim bolam, xolangiz ham menga biror marta "seni sevaman" demaganlar, - dedi va duv qizardi.
— Bilmasam, endi, lekin tishlarim yo‘q-a, nonning yumshog‘ini menga beradilar. Hayitda o‘zlariga poyabzal olmadilar, menga bir liboslik mayda gulli mato olib kelgandilar.
— Yaxshi ko‘rganim uchun barra piyozni, tarvuzning jigarini menga beradilar. Biror joyga borsak ham oldidagi go‘shtni men tomonga surib qo‘yaveradi. Ha, tag‘in "Orqamda qol, bobosi, orqamda qol" deyaveradilar-da. Shu yoshimgacha meni oq yuvib oq taradi endi bu yog‘iga meni galim…

Bilmasam endi, jonim bolam, sizlar aytayotgan sevgi-muhabbat shudir-da?...

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

📖Balki men ming bora o'qishim uchun,
Chiroyli yaratgan Alloh kitobing...


@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

***
Yuragimning jazirama chillasida,
Ruhim bilan eshigingga horib borsam,
Bir piyola sevgiga zor kechasida,
Bo'g'zimdagi tavba kabi tonib borsam,
Ket de!!!

Qolmoq gunoh manzilingga shoshsa bir yel,
Daryodayin to'lib borsa tashna ko'ngil,
Muhabbatim osmonida tinmasa sel,
Derazangni tomchi kabi chertsa bu dil,
Ket de!!!

Garchi ishqing tovongacha titratsa ham,
Bir nigohga bor vujuding bersa-da tan,
Kiprik qoqma hech so'zimni aylama shan,
Yodingda tut! Kelgan yerim boshqa vatan!
Ket de!!!

Latofat Amirova
@Zinnurayniy

Читать полностью…
Subscribe to a channel