Unutilar eski xotira,
Yechiladi yuragdan tugun,
Xayolingga kelmaydi sira,
Biz tuproqda gullaymiz bir kun...
Latofat Amirova
@Zinnurayniy
Қўрқма ахир, юзимизга доғ тушмади,
Бошимизга ё осмон, ё тоғ тушмади.
Ҳайронамиз ҳайрати кўп дунёсида –
Шунча ғамдан сочимизга оқ тушмади.
Жўрабек Рамазон
@Zinnurayniy
Ikki kaftim orasida pichirlaydi so'z,
Ikki qarog'imdan sizilib yoshim,
Duolarim yoritsin yurgan yo'lingiz,
Suyanchim, tog'imsiz umr yo'ldoshim!
Baxt suvin ichganman yuragingizdan,
Siz bilan totlidir yegan non - oshim,
Allohim ko'tarsin kuragingizdan,
Yo'llaringiz oydin bo'lsin, quyoshim.
Ba'zan malomatlar qilib yoringiz,
Gar bo'lolmay qolsam malham doringiz,
Gunohimdan kechib qo'ying men o'sha -
Qiyshiq qovurg'angiz, aybdoringiz!
Siz yo'q saroylarning soyasidirman,
Siz bor adirlarning qoyasidirman,
Siz borki men baxtning doyasidirman,
Umrlari umrimga tutash qalbdoshim.
Muzdagi tomchidek eriydi ko'nglim,
Abadiy bahorman bog'laringizda,
Siz borki baxt bilan to'laman lim - lim,
Mangu shod bo'laylik ishq uyimizda!!!
Latofat Amirova
Bizni unutganlar sizga tashakkur,
Bizdan ketganlarga tilaymiz oq yo'l,
Bizni unutmoqni istagan do'stim,
Hamisha Allohning panohida bo'l!
😊
@Zinnurayniy
Bizni sog‘inganlar omon bo‘lsinlar,
Bizni unutganni unutmoq kerak,
Mayli fe’limizni yomon desinlar,
Bizni kutmaganni kutmoq ne kerak.
Bizni sog‘inganga tilaymiz to‘zim
Va bir tong yelarmiz shabboda bo‘lib
Tomog‘imda bo‘zim tirnoqda bo‘zim
Dardlar ham sitilgay bir kurtak bo‘lib.
Bizni unutganni unutdik biz ham
Garchi xohlasakda kelmas xushlarga
Hatto ko‘z gavhari bo‘lolmas malham
Yetti uxlasakda kirmas tushlarga.
Unutmoq matonat,unutmoq azob
Xotira umidlar jangida talash.
Faqat bizga baxtdir bizga iztirob
Bizga ichikkanga ichikib yashash.
✍ Farida Afroʻz
@Zinnurayniy
Tanishlaring, do'stlaring, yaqin birodar va senga havasda bo'lganlaring bo'la turib bir insonga "yopishib" olma!
Tuyg'ularingni tushunadiganlar albatta topiladi.
Dunyo bir kishidan iborat emas!!!
***
Mumkin emas edi, seni soĝinmoq,
Seni soĝinmoqlik eng oĝir gunoh,
Qismat qaroriga kõra unutmoq,
Va sendan voz kechmoq kerak edi,
Ohhh!!!
Lekin men...
Eng shirin gunohga botib...
seni soĝindim!!!
Javonlarni titmoq, rasmingni topmoq,
Kõzlaringga tõyiiib tikilmoq, õpmoq,
Sening isming tutmoq va qumsab aytmoq,
Gõyo bir umrlik qarĝishga botmoq...
Netay men...
Abadiy qarĝishga botib...
seni soĝindim!!!
Sening menga atab yozgan xatlaring...
Mangu ta'qiqlangan ishq nomalari.
Ushlagan ham emas, nazar tashlagan
Õlmoĝi lozimdir xoin singari!!!
Ammo men...
Ularga nigohim tikib...
seni soĝindim!!!
Manguga yiroqlab ketdik, azizim,
G'ururlandik!
Ishqqa ko'zni yumdik jim!
Yuragim yoshida oqayotganim
Endi sen hech kimsan...
Endi sen hech kim!
Bilki, ey –
abadiy hech kimim,
Seni soĝindim...
Latofat Amirova
@Zinnurayniy
Табассумга буркансин дунё,
Шодликларга кўмилиб яшанг,
Қалбингизга тўлсин нур-зиё,
Севиб яшанг, севилиб яшанг.
Кўзингизда кулсин муҳаббат,
Дилингизда унсин муҳаббат,
Бу ўткинчи дунёда фақат,
Севиб яшанг, севилиб яшанг.
Эгилмасин ғамга бошингиз,
Порлаб турсин бахт қуёшингиз,
Оқмасин ҳеч кўзда ёшингиз,
Севиб яшанг, севилиб яшанг.
Нолимоқлик,куймоқлик нечун,
Ҳеч нима йўқ меҳрдан устун,
Қадрингизни билганлар учун,
Севиб яшанг,севилиб яшанг.
Ҳаётнинг ёз,кўклами гўзал,
Умрингизнинг ҳар дами гўзал,
Қалбингизга қуринг тожмаҳал,
Севиб яшанг,севилиб яшанг.
Нур ёғилсин осмондан қат, қат,
Ҳамроҳ бўлсин сизга бахт-омад,
Маҳаббат ҳам Аллоҳдан неъмат,
Севиб яшанг,севилиб яшанг!
@Zinnurayniy
Yaxshilik izla, go'zallik izla, to'g'rilik izla!
Zinhor ayb izlama!
Izlaganingni topasan!
Rumiy
@Zinnurayniy
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi
Qalbini ishq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli o‘zlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin birorta o‘zbek!
✏️Qambar ota
@Zinnurayniy
***
Go'yo shu bugunni million yil kutdim,
Sendan ayro tushgan yo'llarga qasam,
Sog'inch o'rtamadi, aksi unutdim,
Shunchalar ko'nglimdan qolibsan bilsam.
Diydoringga mushtoq shoshmayapman hech,
Tun - u kun o'ylarim chuvalashmaydi,
Seni deb umrimni aylamadim kech,
Hislarim soatday quvalashmaydi.
Tindi to'fondayin tuyg'ular birdan,
Ruh-u ravonimga singdi sokinlik,
O'lgudayin qaysar tor bu felimdan,
Yaraldi sabo-yu samodek kenglik.
Bilganim bir ekan baland-u pastlik,
Tildan tovonimga dumalaydi so'z,
Ishq bu - may, tarqaydi bir kun alastlik,
Sen bilan qolgani yakka yolg'iz O'z !
Latofat Amirova
@Zinnurayniy
* * *
Кутиш ва кетишнинг оралиғида
Бир истак, бир имо, биргина қадам.
Муаллақ лаҳзани яшаб ўтди ва
Узоқ йўл юргандай чарчади одам.
©️Дадахон
@Zinnurayniy
🌿Ba'zi insonlar shunday go'zal joylarda saqlanadi
🌿Duoda...
🌿Qalbda...
🌿Aqlda...
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
@Zinnurayniy
Odamlar fikringiz qolib shaxsiyatingizga hujum qilsalar, buni argumentingiz kuchliligining e'tirofi sifatida qabul qiling. 😉
@Zinnurayniy
Senga yetib bormas maktublarimni,
Yuragim qariga bitganman,
So'nggi bor sabodan bo'salar yo'llab,
Senga qaytmas bo'lib ketganman....
Latofat Amirova
@Zinnurayniy
#yurakdan_yurakka
Istaklaringni sen istaganda rad etib, boshqalar istaganda senga ravo etadiganlardan hech narsa so'rama!
Siltangan qo'llarni tutadiganlar, yo'lingni intizor kutadiganlar uchun yasha. Oddiy yashama yashnab yasha❤️.
@Zinnurayniy
Навоий бўлмоқ учун,
Патдан қалам йўндирдим.
Чопон кийдим сал узун,
Бошга салла қўндирдим.
Сотиб олдим бир жуфт шам,
Вазирбоп пар ёстиқча.
...Энди фақат талант кам,
Ва хотин ҳам ортиқча.
© Анвар Обиджон
@Zinnurayniy