zinnurayniy | Unsorted

Telegram-канал zinnurayniy - Ko'ngil bekati

-

So'z ila boshlangan dunyoni, Ishq bilan tugatib ketaman! Latofat Amirova @Zinnurayniy

Subscribe to a channel

Ko'ngil bekati

***
Bebaxt lahzalarning kechishi mushkul
Intiho izlayman kun-u oy osha.
Balki baxtning umri qisqaroq edi
Men yetmagan manzil — peshonanggacha.

O, kimning koʻzida koʻrindim bekam,
Yashash osonmidi ich-etimni yeb?!
Yaxshiman, deb oʻzni aldashim uchun
Menga nimadir yoz
omonmisan, deb.

©Hilola Jo'raqulova
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

😊Birinchidan, o'z qobiliyatinga ishonch hosil qil!
🤓Ikkinchidan: imkoniyatingni boy berma!
🥳Uchinchidan: o'z idealing va kamoling sari yo'lda to'xtama!
😎Sen kuchlisan, hamma narsaga dosh bera olasan.Jimgina maqsadlaring sari qadam bos, o'zing uchun o'zing kurash va o'zing uchun faqat o'zing yordam berishingni tushunib yet!
Hammasi sening qo'lingda!!!

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

So'qir tilanchini tunab ketishdi | @XizrAbdulkarim #abdukarimmirzayev
https://youtube.com/watch?v=4YtfNTl_IOs&si=mxR56_R2E1UKYW89

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

***
 
Бир қарасам ҳамма нарса бор:
Бир майсанинг титроғигача.
Бир қарасам ҳеч нарса йўқдай,
Мен қолиб ой тўлишган кеча.
 
Ҳамма нарса тугал, ботартиб,
Кечикканман, куйганман, жимман.
Лекин сиғмай кетаман ерга,
Ё Худоё, айтгин мен кимман?
 
©️Дадахон Муҳаммадиев
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Ba'zan shunaqangi yolg'izlik, sokinlikni qumsaymanki, ich - ichimga, qalbimning tub - tubiga tushgim keladi.
Xatolarimni, qiziqqonlik va shoshqaloqliklarimni yoshligimizda "tetris" o'ynardik:agarda g'ishtinchalarni to'g'ri tersangiz ular o'chib ketadi. Xuddi shu g'ishtinlardek terib hayot kitobimdan o'chirib tashlashni istardim. Dunyo o'zgaradimi yo'qmi bilmadim-u, ammo inson o'zgaradi. Bu o'zgarishlarni salbiy deb ham hisoblamayman, axir besh yoshimizda kiygan kiyimni o'ttiz yoshda ham kiymaymiz-ku?!

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Nomozlaringizni vaqtida o'qishga harakat qiling.
Ro'za oyida savoblar yig'ib oling. Tabassum, shirinso'z bilan sadaqa ulashing. Hozirgina bir qo'shnimiz (er va xotin)ni ayvon bosib qolib vafot etganini eshitib yosh edi-ya deb qoldik. O'ylab ko'ring, orzu qilib, pul topib kuchingizni sarflab, ibodatdan qolib qurmoqchi bo'layotgan binolaringiz, erishmoqchi bo'lgan maqsadlaringiz, ko'rmoqchi bo'lgan kelajagingiz ichida balki, siz yo'qdirsiz!

Shunchaki fikr qiling...

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

#Premyera 🔥
Nomi: Kung fu panda
Sifati: TS 720p
Yil: 2024
Janr: 
#Kamediya #Sarguzasht
Davlat: AQSH
Tarjima: O'zbek tilida
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

🍃Farzandlar haqqiga duo

🤲 Farzandlarimni ruhiniyu jismini yomon hasadchining hasadidan Allohning panohiga omonat topshiraman.

🤲 Ularning jismlarini Allohga omonat qilaman. Ulardan mashaqqat va kasalliklarni uzoq qilgin.

🤲 Ularning axloqlarini Allohga omonat qilaman. Ularni husni xulqda ibrat qilgin.

🤲 Ularning rizqlarini Allohga omonat qilaman. Ularni pokiza halol neʼmatlaring ila rizqlantirgin.

🤲 Ularni aslo O'zingdan o'zgaga yuzlantirib, hollarini topshirib qo'ymagin, ey Robbim!

© Husni Xulq
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

***

Қочган   ҳам ,  қувган   ҳам   Аллоҳим   дейди 
Қочган   ҳам ,  қувган   ҳам   эмасман   дўстим .
Менинг   изтиробим   шул   эди ,
Инсондан   ўзгани   демасман   дўстим .
Инсонки   то   ҳануз   ваҳший   ва   ғаддор .
Бир - бирин   тинимсиз   қулатар   чоҳга 
Бундайин   қисматга   кўникмоқ   душвор 
Нетай   ҳасратимни   айтгум   Аллоҳга . 

Абдулла Орипов
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

🍃 Kun kelib, shunday bir duoingiz qabul bo'ladiki, o'tmishda yashab o'tgan qayg'ularingiz, baxtsizliklaringizni bir zumda unutib yuborasiz...

Isyon qilmang, shukr qiling... Bo'lmaydi demang, duo qiling... Shoshmang, sabr qiling...

Robbim "bo'l" deydi va bo'ladi, Inshaalloh... )) 🙂

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Chin dildan ista, o'zing xohla eng avval, ishonch bilan so'ra Xudodan, maqsading bo'lsin faqat senga tegishli.
Bahonalardan kech, halovatdan kech, shunchalar qalbing, tun-kunlaringni bedor qilgulik orzuying uchun intil!
Yolg'izliging, kuchsizliging, vaziyating, sharoiting ortiqcha yuk bo'lib yelkangga minib olishiga yo'l qo'yma! Aksincha odamlar sening holatingda ham qanday marralarni zabt etish mumkin ekanligini ko'rib qo'ysin!

Zinnurayniy
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

"Taraqqiyotning umumiy ko'lamida har bir millatning o'rni o'sha millat o'qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi "

Fransuz olimi - Eduard Labule
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Dunyoda shunday tuyg'ular bo'ladiki, ifodalashni, izhor etishni va unga nom berishning imkoni yo'q.
Uni faqatgina ko'ngilning ko'zgusi - ko'zlar orqaligina his etish mumkin.

Zinnurayniy
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

***
Ismimni unutgan debsan xatingda,
Araz, kesatiq va talay ginalar,
O'ylabsan butkulga chiqdim yodidan,
Qalbingni cho'lg'abdi alla nimalar...

O'tmishni eslabsan kiborligingni,
Men uchun har ishga tayyorligingni,
Ammo, unutibsan xushyorligingni,
Necha bir ishvaga xushtorligingni...

Ha, men voz kechganman sendan, azizim.
Baxtli bo'l deganding baxtimni topdim...
Hissiz hayotingdan chiqib ketdim jim...
Mensiz kim ekansan , ey takabburim???

Latofat Amirova
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

“Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola,
bo‘lgay balo sizga,

Vujudi tarbiyat topsa,
bo‘lur ul rahnamo sizga,

Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim,

Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa,
bo‘lg‘usi zolim.

© Abdulla Avloniy
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Nima orzuingiz bo'lsa, shuni kôp ayting❗️

✿•┈┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈┈•✿
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

@ZINNURAYNIY

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Osmonlaru yerdagi borliq Allohnikidir. O'zi xohlagan kishini mag'firat qiladi, xohlagan kishini jazolaydi. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.

OLI IMRON SURASI
129 - oyat.
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

***
Ismingni hech kimga aytmadim,
Va yoki qaygadir yozmadim,
Men uchun tabarruk u nomni,
Qalbimning tubida asradim...

Hayotda nelardir yanglishdir,
Sen uchun bor umrim alishdim,
Samoda malaklar bilishdi,
Ismingni hech kimga aytmadim!

Latofat Amirova
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Rosululloh ﷺ aytdilar:
"Kim bir yaxshilikka birovni yo'llab qo'ysa unga o'sha ishni qilganlik ajri bor"

(Imom Muslim)
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Oilamiz ichidagi bayramlarda yoki tug'ilgan kunlarda akam doim qiziqarli kino va multfilmlar bilan bizni hursand etardilar. O'sha maxsus kunlardagina barchamiz yig'ilishib akamni "notebooke"larida nimadir tomosha qilardik. Qolgan hamma vaqt faqat o'qish, ish bilan band bo'lardik. Akam, singillarim bilan o'tgan o'sha vaqtlarni juda - juda sog'inaman. Doim nimadir bilan band bo'lib, ular bilan ko'proq vaqt o'tkazmaganimga achinaman. Aslida, doim hammamiz band bo'lganmiz hech qachon uyimizda televizor ko'rilmagan!
Bugun ulardan olisda qandaydir yangi multfilm ko'rib qolsam, doim o'sha paytlar ko'z oldimga keladi. Akamni sog'inaman, singillarimni sog'inaman, o'sha unutilmas odatlarimizni qumsayman...

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

“AYOL HAQIDA ODDIY SHE’R”
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

#Tafakkur

Alloh taolo ayolga “hijoblan” demadi balki, “ziynatlaringni ko‘rsatma” dedi. Chunki, ayol hatto hijobda bo‘lsa ham ziynatlarini qanday ko‘z-ko‘z qilishni yaxshi biladi.

Doktor Xolid Idrisiy.
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Shunchaki ko'nglingiz oqqan tomonga boring,
Ko'nglingizga yaqin insonlar bilan bo'ling
Muhabbat-mukammalikda emas!
Muhabbat-samimiylikda.

@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

*  *  *

Кўп йиғлама,
оғрийди бошинг,
ахир бахтли бўлмоғимиз шарт.
Ёмон бўлар агар кўзёшинг
тугаб қолса, келгунича Бахт.

Кўзёшингни сочма тунларга.
асраб қўйгин яхши кунларга...

© Шавкат Раҳмон
@Zinnurayniy

Читать полностью…

Ko'ngil bekati

Bahor yaqinlashar diydor singari,
Muzdagi tomchidek eriydi ko'nglim,
Yashaging keladi yashagan sari,
Piyolang zavq bilan  to'ladi lim - lim.

Bahor yuragingda ungan bir chechak,
Ilk muhabbat kabi nash'asi totli,
Baxtidan mast bo'lgan suluv kelinchak,
Kulguchlarida choy quyar novvotli.

Shoshib oqaverar umrlar, yillar,
Ko'zlar o'zgarmaydi, ko'ngil qarimas,
Kecha qiqir - qiqir kulgan oyyuzlar,
Qirqqa kirgan juvon endi parimas.

Alp edi qadlari, qadamlari tik,
Olovlar sachrardi yurgan yo'lidan.
Tashvishlar qayirgan yelkasi egik,
Hassa yetaklaydi endi qo'lidan.

Bahorim barg yozgan tumorim o'zing,
Teta-poya qilgan bolamdek shirin,
Yo'lingga intizor mushtoqdir ko'zim,
Qalblarga yozib kel hayotning sirin!

Bahor yaqinlashar diydor singari...

Latofat Amirova
@Zinnurayniy

Читать полностью…
Subscribe to a channel