ЯХШИЛИККА ИНТИЛИНГ
Одамларга зарари ҳам, фойдаси ҳам тегмайдиган кишидан кўра фақирроқ одам йўқ.
Қобус
Мақсад талаби йўлида ҳимматингиз онқадар бўлсинким, башарти менинг бошимга оёқ қўйиб ўтишга тўғри келса-ю ва сиз ўтмасангиз — асло кечирмасмен.
Баҳоуддин Нақшбанд
Ёмон ҳам ўтар, яхши ҳам — яхши бил,
Сени яхши ном бирла ёд этсин эл.
Саъдий Шерозий
💥 Бугун 16 декабр – Халқаро Ҳолажонлар куни
Онамдайин энг меҳрибоним - ҳолажоним!
Онамга ўхшаган нурли юзлигим,
Тўйиб эркалатган ширин сўзлигим,
Осмонда юлдузим, оҳу кўзлигим,
Меҳр-ла сийлаган, гулим жонажон.
Жониз омон бўлсин, жоним Ҳолажон!
Байрамингиз муборак азиз ҳолажонлар!
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барокатуҳ!
Хайрли тонг, Азизлар!
Ҳар тонгимиз Бисмиллоҳ ила бошланиб, ҳар кунимиз Алҳамдулиллаҳ ила якунлансин. Барчамизга дунё ва охиратимизни саодатга боғлайдиган хайрли амаллар қилиш насиб этсин!!
Кўнгил поклиги, қалб ва руҳ хотиржамлиги, ақл соғломлиги, тану-жон омонлиги доимий ҳамроҳимиз бўлсин!!
Ҳамиша, ҳар ерда ва ҳар ишда омад ёр, Яратган эгам ўзи мададкор бўлсин, Иншааллаҳ!
Қалбимиз ва дуоларимиздаги азиз инсонларимизни Аллоҳим паноҳида асрасин!!
Аллоҳ ҳар биримизнинг хонадонимизга файзу-барокат, кетмас давлат, шукронаи неъмат ва тинчлик-тотувлик ато этсин!
Янги кунга "Бисмиллаx".
🏁 “𝙌𝙊𝙈𝙐𝙎𝙄𝙈𝙄𝙕 𝙆𝙊𝙉𝙎𝙏𝙄𝙏𝙐𝙏𝙎𝙄𝙔𝘼𝙈𝙄𝙕 𝙃𝘼𝙌𝙄𝘿𝘼 𝙌𝘼𝙉𝘾𝙃𝘼𝙇𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙇𝘼𝙎𝙄𝙕 ? 𝙏𝙪𝙯𝙪𝙫𝙘𝙝𝙞 ✰✰✰✰✰. @test_baza_007 𝙪𝙘𝙝𝙪𝙣. 𝙃𝙖𝙢𝙢𝙖𝙢𝙞𝙯𝙙𝙖𝙣 𝙮𝙖𝙭𝙨𝙝𝙞 𝙖𝙢𝙖𝙡𝙡𝙖𝙧 𝙦𝙤𝙡𝙨𝙞𝙣.” testi yakunlandi!
25 ta savolga javob berildi
🥇 Rustam Sodiqov – 12 (6 daqiqa 54 soniya)
🥈 Muhammadiyev_N_A – 5 (2 daqiqa 49 soniya)
🥉 Atamurodov – 5 (3 daqiqa 56 soniya)
4. Sirojiddin Toshtemirov – 2 (41.6 soniya)
5. Yahyobek – 2 (57 soniya)
6. @valijon09 – 1 (28.5 soniya)
7. Zarafshon Kazakova – 1 (34.9 soniya)
8. Bahrom Hasanov – 0 (6.4 soniya)
9. @azam_10_07 – 0 (10.1 soniya)
10. Aysara Bayniyazova – 0 (10.4 soniya)
11. Asqar Eshmirzayev – 0 (14.2 soniya)
12. @shodiyona_86 – 0 (27.9 soniya)
13. Умурзоқ – 0 (53.7 soniya)
🏆 Gʻoliblarni tabriklaymiz!
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
Читать полностью…Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir.
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
Читать полностью…Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Читать полностью…O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududdagi barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi.
Читать полностью…O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Инсонга бир марта бериладиган ҳаётда у умридан, ўтган кунидан қониқиб яшаши керак.
Виждонига хилоф иш қилмай яшаса – бундан улуғ бахт йўқ.
Ҳар бир айтган сўзинг, ишинг ўзингнинг хоҳишингга мувофиқ бўлса – энг катта бахт шу.
Аксинча, инсоннинг ўз ички интилишлари, қалби, эътиқоди, сўзи билан иши ўртасида зиддият пайдо бўлса, виждони буюрганини қилолмаса, бу – инсон учун жуда катта бахтсизликдир.
Эркин Воҳидов
Бисмиллаҳ..
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳу ва баракатуҳ .
Ибодатларини гўзал бажарган қадрлигим!!!
Хайрли тонг қалбидаги
Аллоҳга бўлган ишқи
уйқусидан кучлироқ бўлган мўмин мўминаларим.
Эрта тонгда
дунёнинг жамики яхши нарсалариданда аълороқ неъматга
ҳамда Аллоҳнинг ҳимоясига эришишлик бахтига
муяссар бўлган азизларим.
Тонгда қилинган зикр
кунингизга файз бағишласин.
Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи
Аллоҳ ибодатингизни
даргоҳида қабул қилсин.
Субҳаналлоҳ
Алҳамдулиллаҳ
Лаа илаҳа иллаллоҳ
Аллоҳу Акбар
Welcome, JCRamosD Village boy study
🔸 @fovbot — professional tool for managing Telegram groups
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir.
Читать полностью…Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.
Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
Har kim ta’lim olish huquqiga ega.
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.
Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.
Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas.
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi lavozimini egallaydi.
Читать полностью…Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.