Musaffo ranglarga to‘lganda borliq,🌫
Xushbo‘y tabiatning yetti rangiday.🪷
Osmon gardishida qolganda yorliq,🪐
Eng porloq tuyg‘ular kamaligiday.🌈
Eng shirin orzularni tilayman sizga...🥰
Modasi o‘z yo‘liga...👕👚👗
Issiqroq kiyinib oling.🧥🧣🧤
Ko‘cha sovuq...☺️😶🌫🥶
#Kun_hikmati
Yaxshi insonlarning siz uchun qilgan duolari ijobatdir, inshaalloh.
Siz bexabar haqqingizga qilingan duolar ko‘p bo‘lsin!!! 🥰🤲
Kunlar ming tashvishga bo'lar doyalar,
Hijronlar yo'limga solar soyalar.
Bariga guvohdir mangu qoyalar,
Biz kelib ketguchi,tog'lar qoladi.
Chaqmoqlar osmonning chokini so'kar,
Bulutlar mung'ayib dilhun yosh to'kar.
Shamollar bodomning gulini to'kar,
Bulbullar ketgusi zog'lar qoladi.
Gulbog'lar umrini berar hazonga,
Bo'shatar o'rnini shomlar azonga,
Taqdirin topshirib dovul, to'zonga,
Hazonlar ketguchi bog'lar qoladi.
Zamonlar bo'ldiyey bir dorilamon,
Bisotlar yig'amiz bilmay sanoq-son,
Hisob posangisi tosh bossa yomon,
Biling, ortimizda dog'lar qoladi.
Shoirlarni derlar dalli- devona,
U ro'yo odami, yerga begona.
Eh, bir kam dunyosi qolsin ordona,
Dallilar ketamiz,..Sog'lar qoladi...
🌹 GULSIN OY 🌹
Go‘zal tarbiya
Bir kun yonimga Qur’ondan tahsil istab bir bolakay keldi. Bolakayga bir razm solgach, men undan so‘radim:
- Qur’ondan biror surani yoddan bilasanmi?
- Ha.
- Ammadan Qur’onni 30 oxirgi qismidan bilasanmi?
o‘qib berdi.
- Taborak surasini bilasanmi? Uni tilovatiga lol qolgan edim. Yana bir tilovat eshitish istagida undan naxl surasini so‘radim. Va qarangki uni ham yoddan bilar edi. Endi yana bir imtixon uchun bolakaydan uzun suralardan bo‘lmish bakara surasini so‘radim. U Bakara surasini o‘qiy boshladi. Bolakay so‘ralarni shunday go‘zal va tiniqlik bilan o‘qib berdiki man lol qolgan edim.
- O‘g‘lim Qur’onni to‘liq bilasanmi?
- Ha.
Ertaga otasi bilan kelishini so‘radim. Shunday oqil va ilmli farzandga kim ota ekanligini ko‘rgim keldi. Ammo uni padarini ko‘rgach yana ham hayron bo‘lib qoldim.
U sunnatga yergashgan odamga o‘hshamas edi.
U meni xayronligimni ko‘rib:
Mani shunday farzandni otasi ekanligimga ishonmayatganingiz ko‘rinib turibdi. Xozir sizga hammasini tushuntirib beraman.
- Bu bolani orqasida 1000 nafar erkak o‘rnini bosa oladigan odam turibdi. Mani 3 nafar o‘g‘lim bor. Har biri QURЪONNI yoddan biladi. 4 yoshli qizalog‘im ham bor. Qizalog‘im "Amma" qismini yodlagan.
- Qanday qilib?
- Ayolim farzandlarimiz gapirishni boshlashganida ularga Qur’on yodlatishni boshlaydi va albatta farzandlarimizga maqtovlar va samimiy so‘zlar bilan dalda bo‘ladi. Bolalarimizdan qaysi biri birinchi bo‘lib yodlasa, o‘sha farzandimiz kechki taomdan nima yeyishini o‘zi tanlaydi.
Kim birinchi bo‘lib qaytarib bersa, dam olish kunlari qayerga borishimizni tanlaydi. Birinchi bo‘lib Qur’onni bitirgan esa, ta’tilni qayerda o‘tkazishimizni tanlaydi.
Soliha bo‘lib uyini ham solihlarga to‘ldiruvchi ayol mana shudir!
🟠🟠🔴🔴🟠🔴🔴🟠🟠🟠
💥БУГУН 11-ДЕКАБРЬ
МУРОДБАХШ ЧОРШАНБА ТОНГИ МУБОРАК БЎЛСИН❤️
🍃🌼 Бошлаётган кунингиз, хайрли-барокатли ўтсин!
🍃🌼 Қанчадан бери амалга ошмаётган орзуларингиз рўёбга чиқсин!
🍃🌼 Ризқингиз кенг, ҳар бир босган қадамингиз тавфиқ, тавбаларингиз қабул, дуоларингиз ижобат бўлсин!
Аллоҳ паноҳида бўлинг! 🤲
🍃Чоршанба кунингиз хайрли ўтсин, азизларим🍃
🌸🌼 ХАЙРЛИ ТОНГ 🌷🌹
Истиғфор нақадар ажойиб!
Қулфларни очади.
Кўнглингни ёзади.
Мол-дунёни кўпайтиради.
Аҳволингни яхшилайди.
Ёмғир ёғдиради.
«Астағфируллооҳал-ъазиим ва атуубу илайҳ».
Самимият бор жойда сохталик бўлмайди. Шунинг учун ҳақиқий инсонлар самимийдирлар ва уларнинг улашган ҳар бир они ўзгачадир...
Bizlarni tanimaganlar uchun biz oddiy odammiz, yomon koʻrganlar uchun mutakabbirmiz, taniganlar uchun samimiy, sevganlar uchun esa tengi yoʻqmiz...
Shu sabab biron kishi uchun chiroyli, yaxshi koʻrinaman deb ovora boʻlmang. Baribir ular sizni oʻzi anglagandek biladi...
Xayrli tong yaxshi odamlar!
Tabassum muzni eritadi, barchaga xursandchilik ulashadi, ko‘ngil jarohatlariga, ozorlariga malham bo‘ladi...❤️🥰
Tabassum sof insoniy aloqalar kalitidir.
Go‘zalikka oshno qalblarim!
Bugungi kunimiz oppoq orzularga limmo-lim bo‘lsin!!!☺️🤗
☀️Hayrli tong!! ☀️
Assalomu alaykum aziz ustozlar, talabalar!!
Bugungi kun fayzli va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Har bir ishlaringgiz osonlik bilan amalga oshsin, bilimlaringizni yanada oshiradigan yangi imkoniyatlar ochilsin. Xayrli niyatlar, mustahkam sog‘lik va chin dildan erishgan yutuqlar sizlarni kutib tursin!
Taʼrifimiz
Biz hamma qatori ayrilmadik, yoʻq...
Bizlar hamma kabi boʻlmadik baxtli.
Bizga nasib etdi – qiyosi mavhum
Hammadan oʻzgacha boʻlishlik baxtin.
Sen goʻzal yaralding, men yaraldim rost,
Goʻzallikdan yondik haddan tashqari.
Iymon muhabbatdir,
Muhabbat – panoh
Bizni boqiylikka olsin chiqarib.
✍ Muhammadqodir
#Ёмғир ҳақида #Шеър:
Ёмғир эзиб ёғди
Дардим кўкарди.
Ёмғир бўлиб тўкилди
Севгим.
Юрак томонлардан
Бир насим эсди.
Ёмғирларга насиб этдикми,
Кўнглим?!
Сенинг кўнглингга ҳам
Ёғдими ёмғир?
Шаффоф томчилари
Ювдими сочинг?
Менинг юраккинам
Нимага оғрир,
Тилиб ўтдимикан
Ёки нигоҳинг?
Умрим йўлагида
Халқоб чайқалди.
Чўкиб кетганмиди
Ё унга бахтим?
Наҳот яна мени
Алдов алқайди,
Алданиб яшайди
Токайга кўнглим!
Менинг юрагимдан
Ёмғир тинмайди.
Ёмғир дунёсидан
Келмайди кетгим.
Тушунгин – барибир
Сени излайди
Ёмғирли йўлакда
Шалаббо кўнглим.
Комил МАЖИД,
23.10.2001
tiligirrom
СУКУТ ҲИКМАТДИР
Зафар вақтидаги сукут – ишончдир.
Ғазаб вақтида сукут – қувватдир.
Иш вақтида сукут – ижодкорликдир.
Ёмонлик вақтида сукут – ҳикматдир.
Мазах вақтида сукут –олийжанобликдир.
Фитна вақтида сукут –ғалабадир.
Насиҳат вақтида сукут –одобдир.
Қайғу вақтида сукут –шикоятинг фақат Аллоҳга эканидир.
Internetdan
Oppoq qorlarga belangan dunyo,
Bunchalar go‘zalsan, qalbim kabi oq.
Senga talpinib, olayin ziyo,
Qora kechmishlar bo‘lsinlar oppoq.....
✍ Oliya Ravshanova
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
#ТАФАККУР
Тонгга етказганига шукр. “Ким бир яхшилик қилса, унга ўн баробар қайтарилур. Ким бир ёмонлик қилса, унга фақат қилганига яраша жазо бўладур...”, дея ваъда қилган Меҳрибон Аллоҳдан барчамизни яхшиликлар сари йўллаб қўймоғини ҳамда ёмонлик ва зиёнлардан муҳофаза этмоғини сўраймиз.
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ВА РОҲМАТУЛЛОҲИ ВА БАРОКАТУҲУ!
КУНИНГИЗ ХАЙРЛИ БӮЛСИН!
ДЕКАБРЬ
Тошюрак кўнгилдан илтижо сўраб,
Ўз-ўзимга бугун қилдимми жабр?!!!
Вужудимни совуқ музларга ўраб,
Қучоғига олди-олди декабрь.
Тоабад севаман Аллоҳга қасам,
Сачраб ўтган менга меҳрдан учқун.
«Йўқ энди кўнглимдан чиқардим»-десам,
Ишонма ўшанда алдашим мумкин.
Сен мағрурсан доим бошинг осмонда,
Менинг эса доим қўлимда осмон.
Қандай ўтинчинг бор арзанда жонда,
Фақат ҳаё билан гапиргин жонон.
Эр кўксига ғурур-орни тақади,
Доим бўлар аёлларга у паноҳ.
Жойи келса алданиш ҳам ёқади,
Кўзларингга кўзим тушди баногоҳ.
Сен менга ибратсан, кўп соғинишда,
Балки бу мен учун чинакам омад.
Сени кўрмоқ истар, қизим Фаришта,
Яхшилар учун сен юргин саломат.
11.12.2024. 🕰07:10
© Маҳмуд АБДУЛҲАМИД
-Esingizdami?, yoshligimizda har bir qor parchasi uzoqdagi yulduzni eslatardi...✨
Haliyam o‘sha qor parcha bor...❄️
Yulduzlar ham osmonda...✨
Faqat biz ulg‘ayib qoldik!🥰
🎄❄️
❄️Ассаламу алайкум!❄️
🌤 #Хайрли_кун!
☀️ Роббимдан бугунги кунингизни дунё ва охиратингиз учун фойдали бўлган амаллар билан ўтишини сўрайман. Амийн.
🤲🤲🤲🤲🤲🤲
Umrimiz g‘animat, kimnidir, nimadir, o‘ylab hadeb, o‘zingizni qiynamang.
Agar kerak, bo‘lsangiz ketganlar qaytadi.
Qaytmasa bilingki, siz inson uchun, endi hech kim, emassiz...!!!
O‘zingiz uchun, ham yashang, mag‘rur yashang...!!!
Bu dunyoda, hech narsa abadiy emas.