Olib ket meni osmoning tomon, Baribir bir kun ilojsiz borsam. Assalomu alaykum Siz bu kanalda #Sanjarbek_Akbarov #Iroda_Qosimova #SarvarMuso lar ijodini kuzatib borishingiz mumkin Sanjarbekning rasmiy kanali: @Sanjarbek_Akbarov Admin: @Akbarov_Sanjarbek
TAQDIRDA BORINI KO'RAMIZ...
Dunyoni ajoyib oʻyni koʻp,
Jimgina indamay koʻramiz.
Ne boʻlsa yozilgan, xayot deb
Taqdirda borini koʻramiz.
Gul berib, dil berib sevgiga
Hijronni alamin olamiz.
Peshona, gar etsa ishq visol,
Taqdirda borini koʻramiz.
Yulduzlar poyondoz yoʻllarga,
Sadoqat uylarin quramiz.
Ergashib koʻngilni mayliga
Taqdirda borini koʻramiz.
Qismatdan qocholmay gohida,
Bosh qattiq, devorga uramiz.
Yigʻlaymiz daryolar toʻlguncha,
Taqdirda borini koʻramiz.
Haqman deb, adolat qidirib,
Sarsona dunyolar kezamiz.
Umr zum ketadi yugurib,
Taqdirda borini koʻramiz.
Boshga ish tushganda yolvorib,
Alloh deb, yigʻlaymiz, kuyamiz.
Birodar shukur de boriga,
Taqdirda borini koʻramiz.
Osuda tunlarda sirlashib,
Orzular karvonin tuzamiz.
Oʻtkinchi dunyoda IRODA
Taqdirda borini koʻramiz.
IRODAXON QOSIMOVA.
11.05.2022. 15:40
MEHRINGIZDAN SADAQA QILING.
Boylik,mansab o'tkinchi bari,
Goh ketarmiz jaholat sari.
Umrim tugab qolmasdan hali,
Mehringizdan sadaqa qiling!
Tabiat ham uyg'ondi mana,
Ochilar gul lolalar yana,
Yetar aytmang cho'pchak bahona,
Mehringizdan sadaqa qiling.
Mayli kiymay ohorli libos,
Faqat sizga yor bo'layin mos.
Yuragimdan chiqar bir ovoz,
Mehringizdan sadaqa qiling.
Jononlar aqlingiz shoshirsa
Maqtashib yuragim toshirsa
Kuydirib ishqingiz oshirsa
Mehringizdan sadaqa qiling.
Ko'p narsa kerakmas asli,
Dushmanlar ko'p,bor ular qasdi,
Qizg'onmang o'tinganim bir mehr asli,
Mehringizdan sadaqa qiling.
✍ Irodaxon Qosimova.
TABRIK.
Bayram tabriklarim kechikdi biroz,
Qadrdonim ranjimang,mendan iltimos.
Tilagim hamisha bo'ling salomat,
Baxtlarga yetishing,ketmasin omad.
Ishlarda qozoning faqat g'alaba,
Har kunni qarshilang qilib tantana,
Hayit bir bahona bo'lmasin bizga,
Har kuni yo'qlaylik qilib a'nana.
Kelasi bayramda yuzlashib hushxol,
Tinchlikda so'raylik qadrdon ahvol.
Iroda samimiy tilaklar bilan,
Siz uchun zo'r tilak so'raydi ming bor.
Qalbga yaqin qadrdonlarim sizlarni bugungi Ramazon Hayiti bilan qutlayman. Uyingizdan tinchlik,dasturxoningizdan baraka arimasin. Allohim barchamizni o'z panohida asrasin.
IRODAXON QOSIMOVA.
ONAM YOSHIN ARTIB QOʻY.
Nega qodirsan hayot,
Hayolimni bosar oʻy.
Qoʻlingdan kelsa agar
Onam yoshin artib qoʻy.
Soʻramayman mol dunyo
Mayli soʻyma, men chun qoʻy.
Yoshlansa gar koʻzlari
Onam yoshin artib qoʻy.
Sochlariga qoʻndi oq,
Yuzlar ajin, boʻldi dogʻ.
Nurli goʻzal, ox qandoq,
Onam yoshin artib qoʻy.
Koʻrdilar qancha jabr,
Bariga qilib sabr.
Shoshma, umr, besabr
Onam yoshin artib qoʻy.
Faqat boyga boqmasdan,
Nohaqlikka tartib qoʻy.
Nochorlikdan yigʻlasa,
Onam yoshin artib qoʻy.
Chirandim baxt deb qancha,
Hayot, charchadim ancha.
Yurak yonsin boricha,
Onam yoshin artib qoʻy.
Qadoqli issiq qoʻli,
Yuragi mehr koʻli.
Jannatdir yurgan yoʻli
Onam yoshin artib qoʻy.
Boshda harir oq roʻmol,
Oy havas qilgan jamol.
Kerak emas, dunyo mol
Onam yoshin artib qoʻy.
Hayot, men zoʻrman degan,
Ertagingni aytma qoʻy.
Sendan shudir oʻtinchim
Onam yoshin artib qoʻy.
IRODAXON QOSIMOVA.
25.04.2022. 19:35
Baxtga...
Termulib yulduzga deyman oʻzimcha
Men ham toʻkis baxtga yetarmikanman.
Magʻrur turar azob cheksa ham qancha,
Yuragim baxtlarga eltarmikanman.
Kiprikka ilingan sogʻinchlar ogʻir,
Orzuim,baxtdan mast aylansam gir gir,
Boʻgʻzimni alamim titratadi zir,
Yurak, men baxtga yetarmikanman.
Pinhona silayman yorning suratin,
Hayolda quchaman ul yor siyratin.
Taqdirni kutaman ajib himmatin,
Yurak, men baxtga yetarmikanman.
Baxt uyi olismi, yetmasmi qoʻlim,
Baxt koshonasiga tushmasmi yoʻlim.
Sendan olib ketsa agarda oʻlim,
Jannatlarda baxtga yetarmikanman.
Baxtga qachondir yetarmikanman...
IRODAXON QOSIMOVA.
11.04.2022. 20:40
SIRLASHAYLIK...
Bir chekkaga surib bor tashvishlarni,
Yelkadan irgʻitib bor yumushlarni.
Qoldirib ertaga muhim ishlarni
Kel yurak sirlashaylik.
Ayt, sirin kimnidir sevgansan yonib,
Ichgansan muhabbat suvidan qonib.
Kechalar tonggacha bedor toʻlgʻonib,
Kel yurak sirlashaylik.
Toʻldirma bagʻringni qoʻy zardoblarga,
Chidading qancha koʻp bu azoblarga.
Umrni almashma oʻy saroblarga,
Kel yurak sirlashaylik.
Yulduzlar makoniga uchaylik birga,
Oy bilan tonggacha yuraylik birga.
Sirdosh boʻl men bilan butun umrga,
Kel yurak sirlashaylik.
Kamalak uchiga orzular bogʻlab,
Eng goʻzal tilakni oxista joylab,
Yuraylik oʻzimiz asrab avaylab,
Kel yurak sirlashaylik.
Bugun dildan ketsin borki gʻuborlar,
Kel yurak sirlashaylik.
IRODAXON QOSIMOVA.
06.04.2022. 20:30
INDAMAYSAN...
Sogʻinch azob bersa, hoʻrsingancha jim
Labingda tabassum jilolanar nim.
Qiynoqlardan bagʻring boʻlsa ham tilim,
Yurak nega indamaysan?
Alamlar hanjarin botirsalar ham
Koʻksingdan ketmasa magʻrurlanib gʻam.
Sening bardoshingga qoyildir odam,
Yurak nega indamaysan?
Ox cheksang, dunyoga otashlar tushsa,
Yigʻlasang daryolar toʻlisa,toshsa,
Ichingga qancha dard, alamlar sigʻsa,
Yurak nega indamaysan?
Yonishni unutding,oʻchding sham misol,
Deding, ketar yorga, mayli, yaxshi qol.
Sen uchun armonmi, aytginchi visol,
Yurak nega indamaysan?
Jim turma, sirlaring aytgin yulduzga,
Tunlaring aylansin ishqli kunduzga.
Ayblaring aytgin, yashirmay yuzga
Yurak nega indamaysan?
Homush yuravermay, bir dildan quvon,
Osmonlarga uchaylik, kel, menga ishon.
Gʻanimat umrimiz, har soat, har on,
Yurak nega indamaysan?
Kel yurak, sirlashaylik bugun dildan.
IRODAXON QOSIMOVA.
27.03.2022 20:00.
MEN KETAMAN...
Qancha she'rlar yozdim toʻlib toʻkilib,
Gʻam alamlar qopi ketdi soʻkilib.
Goʻzal orzularim osmonga ilib,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Ayriliq kuyiga chunon oʻynadim,
Baxtsizlik kelsa ham baxtdan kuyladim.
Yurak istagingni hamon bilmadim
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Chorlaydi yulduzlar kel deb yonimga,
Oymomo allasi huzur jonimga.
Hasta yuragimni tashlab poyingga
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Kuyib ketsa yurak, oʻzgani suysang,
Pichirlab qulogʻiga sevaman desang.
Roziman sevgimni qabrga koʻmsang
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Farishta misoli koʻkni kezaman,
Qachondir eslaysan dildan sezaman.
Sogʻinsam dunyoni dod deb buzaman,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Yuzlaring silayman shabboda boʻlib,
Yurak alamlarga qoldiku toʻlib.
Men shodon emasman, boryapman soʻlib,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Yonmay boshqa yuragimga muz tashla,
Yigʻlamayman, mayli dilimni gʻashla.
Men roziman, oʻzgaga ishq bagʻishla,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Men ketaman...
IRODAXON QOSIMOVA.
22.03.2022. 19:20
SEN UXLAYSAN...
Sen uxlaysan qaydadir bir dil,
Seni qoʻmsab bedor yigʻlaydi.
Sirin aytib jimgina oyga,
Sogʻinchlardan qalbni tirnaydi.
Sen uxlaysan, shirin tushlarga,
Choʻmilasan baxtlarga butkul.
Qoʻling silkib deydi qushlarga,
Sogʻinganim yetkazgin bugun.
Sen uxlaysan,kimnidir qalbi,
Senga tezroq bormoq istaydi.
Oshib tezroq bor davonlardan,
Shirin visol nasib etsaydi.
Sen uxlaysan, kipriklar soʻzlar,
Dil istaging aytadi chindan.
Izlab izlab charchagan koʻzlar,
Quvonadi sening mehringdan.
Sen uxlaysan, bedor yuraging,
Tong otishing qoʻmsaydi bir zum.
Sen uyquda, sogʻingan dil chun,
Bedor tunlar uzundan uzun.
Sen uxlaysan.
IRODAXON QOSIMOVA.
18.03.2022. 22:40.
ODAMLAR...
Qayon ketib borarmiz,yoʻlimizda gʻavgʻolar,
Bizni ne kuyga soldi nagʻmasi koʻp savdolar.
Ayting, qanday malham bor dil yarasin davolar,
Eh odamlar, odamlar.
Koʻz tikilar bilsak ham nechun yana haromga,
Bilmam inson ketmoqda bu jaholat tomonga.
Ayb qidirma aybni toʻnkab hadeb zamonga,
Eh odamlar, odamlar.
Chin muhabbat qolganmish oʻshal goʻzal ertakda,
Oʻtmishlarda qolganmi farzand boqish etakda.
Ayting, shirin soʻz faqat kerak emas oʻlmakda,
Eh odamlar, odamlar.
Yozay desam qismatim,yetmas siyoh qalamim,
Oqibatni koʻrganda kelar nechuk alamim.
Afsus faqat poylaydi gʻanim bosgan qadamim,
Eh odamlar, odamlar.
Sarson kezib roʻyoni, adolatni topmoqqa,
Qancha mato ketadi, bor aybni yopmoqqa.
Gʻofil banda shoshilma yomon yoʻlga chopmoqqa,
Eh odamlar, odamlar.
IRODAXON QOSIMOVA.
11.03.2022. 18:40.
Sevma yurak...
Sevma yurak, bagʻri diling qon boʻldiku,
Qara sabring alam jomiga toʻldiku.
Yetar, kuyding, suyding, qancha azob chekding,
Orzu umid ushalmadi, hoʻp soʻldiku.
Sevma yurak, sadqai sar koʻz yoshlaring,
Tugamoqda qara metin bardoshlaring.
Bu dunyoda sevib yashash armon ekan,
Koʻz yoshlarni koʻrmasin bu qaroqlaring.
Sevma yurak, yashamoqni oʻrgan ozroq,
Alam, gʻamni eslamagin, yurgin yiroq.
Sitamlarga berma siring, handon otgin,
Hech chekingga tushmasinda boshqa firoq.
Sevma yurak, sevib nima koʻrding oʻzi,
Ba'zan dilni xira qilar yorning soʻzi.
Oʻylab, kulib aytarmanda ba'zan oʻzim,
Chindan koʻr boʻlar ekanda ishqning koʻzi.
IRODAXON QOSIMOVA.
05.03.2022. 21:00
KETDIM...
Qoʻl silkib, yurakning gʻam bozoriga,
Koʻnikdi oxir ishq dil ozoriga.
Koʻkda oy gʻamlardan rangi sargʻaydi,
Ilojsiz aylandi armon yoriga.
Kipriklar sogʻinchni koʻtarmay qoʻydi,
Yurak zardob boʻlib alamdan toʻydi.
Qimtinib lablarda qotdi tabassum,
Muhabbat dilimni ayovsiz oʻydi.
Ketolmay tushda ham bu alam gʻamlar,
Qani begʻuborlik, qani shoʻx damlar,
Istasam eshigin chertib yupanchni,
Koʻksimdan itardi yaxshi odamlar.
Qoʻl silkib yurakning gʻam bozoriga,
Ketdim,boshim olib baxtning gʻoriga.
Ketdim, baxtga...
IRODAXON QOSIMOVA.
28.02.2022. 18:45.
KELASANMI...
Kechalari yulduzlarga sirim aytsam,
Orzu qilib osmonlarda qushday uchsam.
Sogʻinganim aytolmayin ichga yutsam,
Kelasanmi?
Qaldirgʻochlar qanotida gul ulashsa,
Moviy osmon yulduzlari joy talashsa.
Bu dunyoni ishq muhabbatga belashsa,
Kelasanmi?
Yiroqlarda baxting soʻrab duo qilsam,
Hijronlardan hasta dilim tinmay tilsam.
Armonlarni sochlarini borin yulsam,
Kelasanmi?
Toʻsiqlardan oʻtolmasa gʻarib sevgi,
Ayriliqdan sado bersa biror belgi.
Agar nasib etsa bir kun sevgi sayri,
Kelasanmi?
Koʻzda yoshlar tinmay oqsa toʻxtamasa,
Bir yaqinim holim soʻrab yoʻqlamasa.
Qaysar yurak sendan boshqani demasa,
Kelasanmi?
Gul chechakka burkansa gar bogʻu roqlar,
Turnajonlar hosil qilsa argʻumchoqlar.
Qabrim uzra ochilsa gar qizgʻaldoqlar,
Kelasanmi?
IRODAXON QOSIMOVA.
12.02.2022. 21:20
Singlimga...
Yugurib ba'zan ish, ba'zan tashvish deb,
Yuribman oʻzimcha dunyo gʻamin yeb.
Bahonam qoʻngʻiroq qilmayin hadeb,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.
Ertaga soʻrayman ahvolin, holin,
Men uchun tikadi hayotin jonin.
Shunchalar bemehr, toshmanmi zolim,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.
Koʻz koʻzga tushganda quvongan oʻzi,
Jonimga jon berar har aytar soʻzi.
Eshikka umidvor termular koʻzi,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.
Ortmaydi roʻzgʻori gʻor tashvishidan
Ba'zan kir qidirar qilgan har ishdan.
Hech boshim chiqmaydi bitmas yumushdan,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.
Gʻam tilsa bildiradirmas jilmayar mayin,
Oqibat oʻlmoqda netay kun sayin.
U ham bir onadir, unga ham qiyin,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.
Sogʻinchdan koʻzlar ham namlanar yana,
Umr oʻtib bormoqda, ketmoqda mana.
Kutmayin endi bas biror tantana,
Singlim bir bor holing soʻrab boraman.
IRODAXON QOSIMOVA.
03.02.2022. 18:00
/channel/Irodaxon_Qosimova
Orom olay.
Issiq quchog'ingni qizg'onma mendan
Ozgina isinay,so'ng orom olay.
Sig'madim dunyoga,onam bag'riga
Alla ayt, yoningda bir umr qolay.
Otam silamagan sochimni sila,
Onam azob bergan qo'llarim ushla,
Pahmoqvoy iltimos sendan bir bora,
Men uchun tuganmas bir baxt so'ra.
Orom olay,unutib bir zum dunyoni,
Unutay yomonlik to'lgan ro'yoni,
Yashaylik birga chin sirdosh bo'lib,
Sochaylik olamga nur va ziyoni.
📝Irodaxon Qosimova
OSHIQ BO'LMANG...
Meni sevmang, qalbingizga ozor berib,
Oralamang ishq bogʻidan gullar terib.
Toshdan qattiq, bu yuragim, ketmas erib,
Oshiq boʻlmang,suymang, endi kuyib kuyib.
Qaldirgʻochning qanotiga gul bogʻlamang,
Mendek telba, bagʻritoshga dil bogʻlamang.
Sevaman deb aytmoqlikka, bel bogʻlamang,
Oshiq boʻlmang, bagʻri dilim tilib tilib.
Shamol sochim oʻynab qochsa,qosh chimirmang,
Qahrim qattiq, sevar bir kun deb yugurmang.
Sizni sevar oʻzga qizdan yuz oʻgirmang,
Oshiq boʻlmang, taqdirimga kulib kulib.
Yomgʻirlarga belangan koʻz yoshlarim ham,
Chiqmay qoldi alamlardan boshlarim ham,
Sizga endi keltirmayin ortiqcha gʻam,
Oshiq boʻlmang, telbadayin suyib suyib.
Majnun, Farxod muhabbati doston boʻldi,
Netay yurak armonlarga lim lim toʻldi.
Yuragimda ishq olovi oʻchdi,soʻndi,
Oshiq boʻlmang, ishqingizni oling yulib.
Muhabbat shul, shaydo qilar, devonadek,
Dunyolarni odamlarin begonadek,
Ishqingizni der dunyolar afsona, lek,
Oshiq boʻlmang, ishq rishtasin tashlang uzib.
IRODAXON QOSIMOVA.
10.05.2022. 20:40
ORZULAR...
Daryo boʻlsam, toʻlib toshib
Armonlarni yuvar edim.
Yer yuzidan jaholatni
Qoldirmayin quvar edim.
Quyosh boʻlsam nurim sochib,
Erkalardim bolalarni.
Chaman bogʻli, jannat qilib
Oʻstirardim lolalarni.
Qaddi baland togʻ boʻlsaydim,
Oʻtolmasa gina gʻamlar.
Koʻmar edim qabr qazib,
Bagʻrim tubiga alamlar.
Moviy, tengsiz osmon boʻlsam
Quchar edim yulduzlarni.
Bulutlarni haydab solib,
Yopardim yovuz ishlarni.
Yomgʻir boʻlsam, sharros quyib,
Yuvar edim koʻz yoshlarni.
Tahsin aytib oʻpar edim
Qalbi olmos bardoshlarni.
Shamol boʻlib, shoʻxlik qilib,
Tortsam tolning shoxlaridan.
Bu dunyoda shodon yashay,
Toʻydim, dushman oxlaridan.
Bir gul boʻlsam, zulmat ichra,
Toʻkilmasa yaproqlarim.
Baxtdan lov lov yonsa doim
Yosh koʻrmasa yanoqlarim.
Daryo boʻlsam ummonlarga,
Oqib ketsa hasta jonim.
IRODAXON QOSIMOVA.
04.05.2022. 20:10
XAYOT YANA YIG'LATDI...
Sokin desam dunyoni,
Bag'rim chunon tigʻlatdi.
Oʻynatib har hil kuyga
Hayot meni yigʻlatdi.
Shoir telba deyishib,
Bulbuldayin sayratdi.
Yiqilsam xandon otib
Xayot meni yigʻlatdi.
Ishq suvini sipqorsam
Hijron alyor kuylatdi.
Armon etib orzuni,
Xayot meni yigʻlatdi.
Koʻzdan yoshim chiqmasa,
Oʻksib oʻksib boʻzlatdi.
Doʻstlar boʻlib dushmanim
Xayot meni yigʻlatdi.
Yoʻl soʻrasam chorasiz,
Egri yoʻlni koʻrsatdi.
Qoʻyib qancha tomosha
Xayot meni yigʻlatdi.
IRODAXON QOSIMOVA.
01.05.19:35.
YULDUZLAR YONIGA...
Topmadi bu jonim halovat,
Kelmasin hech qachon bu kulfat.
Istagim, tilagim bir faqat
Yulduzlar yoniga uchsaydim.
Boqmayin ketardim gʻamlarga
Qoʻl silkib baxtiyor damlarga.
Bardoshim yetmas alamlarga,
Yulduzlar yoniga uchsaydim.
Oqibat koʻchasin qidirmay,
Yuragim ishq deya yugurmay,
Bor muhim ishlarga ulgurmay
Yulduzlar yoniga uchsaydim.
Oshigʻim koʻzlari yoshlansa,
Uni deb hasta dil gʻashlansa.
Toʻpolon qiyomat boshlansa,
Yulduzlar yoniga uchsaydim.
Gʻamlardan sargʻaysa volidam,
Ox chekib titrasa va otam.
Boʻzlama qaytaman jon bolam,
Yulduzlar yoniga uchsaydim.
Yulduzlar yoniga uchsaydim
Bir zumga dunyodan kechsaydim.
Boʻlsaydi tonggacha oy xamroh,
Eng goʻzal istakka yetsaydim.
Yulduzlar yoniga uchsaydim.
IRODAXON QOSIMOVA.
18.04.2022. 19:50
OʻZINGIZ ASRANG.
(Talablarga binoan.)
Yuribman musofir qattiq nonin yeb,
Ertamni mustaxkam devorini deb,
Havotir olmang hech onajon hadeb,
Onajon men uchun oʻzingiz asrang.
Jilmaying quyosh ham charaqlab ketsin,
Dildagi alam-u, dardlarim ketsin.
Sizga sogʻinchlarim shoshilib yetsin,
Onajon men uchun oʻzingiz asrang.
Hizmat qilolmayman kunda kechiring,
Sogʻinchdan dil pora yana kechiring.
Onajon gʻamlarni dildan oʻchiring,
Onajon men uchun oʻzingiz asrang.
Otamni yonida, duolar qilib,
Yigʻlamang onajon bagʻrimni tilib.
Muborak haj safar borsak intilib,
Onajon men uchun oʻzingiz asrang.
Nabiralar qiqirlab dardingiz olar,
Shirin damlaringiz hayolga solar.
Mendan faqat sizga bir mehrim qolar,
Onajon men uchun oʻzingiz asrang.
Kechiring koʻzlardagi sogʻinchlar uchun,
Sochlarga yogʻdirgan oq qorlar uchun.
Yuzlarga ajinlar tushurdim nechun
Onajon men uchun oʻzingiz asrang.
Oyogʻingiz oʻpib, koʻzimga suray,
Tonggacha uhlamay yonizda yuray.
Soʻzingiz sogʻindim "Bolam oʻrgilay"
Onajon men uchun oʻzingiz asrang.
IRODAXON QOSIMOVA.
2022.Aprel
ALLOH UCHUN KECHIRING...
Bilmay dil ogʻritgandim,
Qancha ozor bergandim.
Sizni yomon degandim
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Gunohlarim behisob,
Soʻrab oʻzimga insof.
Qiynalmay kelsa hisob,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Yolgʻon soʻzlar boʻldi koʻp,
Til ogʻrigʻi berdim koʻp.
Tavba qildim, bugun koʻp
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Qadrlisiz qadrdon.
Asli sizdir chin inson.
Chiqmasidan derman jon,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Koʻzlaringiz quvnasin,
Boshingiz gʻam koʻrmasin.
Qalbda qaygʻu qolmasin
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Yigʻlab duo qilarman,
Sizga umr tilarman.
Bil ilinchim soʻrarman,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Mukofotlab jannatda,
Qilsa goʻzal siyratda.
Gunohkorman albatta
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Qadrdonlarim dilingizni zarracha ogʻritgan boʻlsam ALLOH UCHUN KECHIRING lar.
IRODAXON QOSIMOVA.
30.03.2022. 20:25.
BORAMAN SEN TOMON....
Kulsalar gʻanimlar ishqim tufayli,
Dunyo qarshi boʻlsa sevgimga mayli. Koʻzimda yosh tomsa faqat alamli,
Boraman sen tomon bir kun muhabbat.
Quchoq ochsa armon kel, deya menga,
Hijron sepin yozsa, butun zaminga.
Meni yomon desa, dunyolar senga,
Boraman sen tomon boraveraman.
Boʻy choʻzsa sogʻinchim,yetmasa mador,
Bir shirin kalomga yurak boʻlsa zor.
Agarda koʻnglingda boʻlsa boshqa yor,
Boraman sen tomon boraveraman.
Yulduzlar sirdoshim boʻladi butkul,
Boshimdan socharlar baxt atalgan gul.
Ne boʻlsa koʻrishim kerak shu bugun,
Boraman sen tomon boraveraman.
Ma'yus jilmayadi ishqli koʻzlarim,
Seni rom etsaydi aytar soʻzlarim.
Qalbingdan oʻchmasdan sevgi izlarim,
Boraman sen tomon boraveraman.
IRODAXON QOSIMOVA.
25.03.2022.00:20.
🌺🌺🌺 SIZ UCHUN. 🌺🌺🌺
Assalomu alaykum dilga yaqin qadrdonim. Mehri osmonlardanda baland aziz insonlarim. Barchangizni yangilanish hamda yosharish bayrami Navroʻz Ayyomi bilan chin yurakdan tabriklayman.
Gul chechaklar olib kelsin
Sizga ajib baxtlarni.
Omad sizla yurib yelsin,
Bersin ishqli taxtlarni.
Baxtga toʻlsin qoʻrgʻoningiz
Yoʻlamasin baxtsizlik.
Sokin boʻlsin oshyoningiz
Hamroh boʻlsin ezgulik.
Umr karvon uzun boʻlsin
Yoʻlda ayro boʻlmasin.
Yuzlaringiz kulib tursin
Koʻzlar hech nam boʻlmasin.
Barchangizni yana bir bor bayram bilan tabriklayman. 🌹🌹🌹🌹🌺🌺🌺🌺🌸🌸🌸🌷🌷🌷🌷
IRODAXON QOSIMOVA.
YOMGʻIR...
Yogʻayotgan yomgʻir emas, alamlarim,
Yuragimni tubidagi bor gʻamlarim.
Chertib chertib yogʻar koʻnglim oynasini,
Qaytarmikin yomgʻir aytchi shoʻx damlarim.
Yomgʻir emas koʻzim yoshi oqar hamon,
Hijron ekan davosi yoʻq topmam hamon.
Oqib oqib ariqlarning boʻylariga,
Hasta dilim alamlardan kuydi yomon.
Kulgularim hasratlarga koʻmar yomgʻir,
Koʻzda yoshim daryolarni koʻmar yomgʻir.
Rozi edim bir tomchingga aylanmoqqa,
Olib ketgin samolarga bir zum yomgʻir.
Yogʻayotgan yomgʻir emas, alamlarim...
IRODAXON QOSIMOVA.
13.03.2022. 20:00
BOʻLMAYDI...
Oyni etak bilan yopib boʻlmaydi,
Netay peshonadan qochib boʻlmaydi.
Chiranib oʻzingcha yashama bekor,
Bevafo dunyoda yupanch boʻlmaydi.
Kipriklar sogʻinchni koʻtarolmas jim,
Hijron yoʻllaridan oʻchmaydi izim.
Adolat izlama barisi bekor,
Oʻtinchim soʻnmasin umid yulduzim.
Dunyo topishmoqdir, javobi mushkul,
Sirli tilsimlarni ochib boʻlmaydi.
Alamlar yurakni qilsa hamki kul,
Bu ajib dunyodan kechib boʻlmaydi.
Ishq deb yonsang gar, hijron boʻy choʻzar,
Yor mushtoq, vasliga yetib boʻlmaydi.
Sogʻinchlar bunchalar bagʻrimni ezar,
Yor olis boʻlsa ham kechib boʻlmaydi.
Tegramda aylanar mungli sukunat,
Yurak yonib yonib kuylab toʻlmaydi.
Yulduzlar sevgim ham sizga omonat,
Yaxshi yomon yordan kechib boʻlmaydi.
IRODAXON QOSIMOVA.
10.02.2022. 19:00
YIGʻLAMA...
Meni deb yigʻlama ketsam bosh olib,
Qarogʻing namlama koʻzga yosh olib.
Ketsam gar dunyoning bor alamlarin
Koʻtarib ketarman yurakka solib.
Yigʻlama, bagʻringni ezma hasratdan,
Iltimos nari yur, alam nafratdan.
Besh kunlik dunyoda oʻtmasin yigʻlab,
Bahra ol, hadislar, davra suhbatdan.
Yigʻlama, arzimas dunyo koʻz yoshga,
Magʻrur tur alamlar yogʻsa ham boshga.
Haqiqat qidirma, behuda kuyib,
Daryo toʻlib qolmas, kuysang, koʻz yoshga.
Yigʻlama, handon ot dunyo ishiga.
Qoʻl silkit alamlar, bor tashvishiga.
Qara sen deb kimdir kuydimi chindan,
Sen qachon singgasan baxt ogʻushiga.
Yigʻlama.
IRODAXON QOSIMOVA.
02.03.2022. 19:00
Yiroqlashib ketmaylik.
Yoʻlimizda uchrasa koʻp g'avgʻolar,
Tugamasa azobi koʻp savdolar.
Atrofingda aylansa ham shaydolar,
Yiroqlashib ketmaylik.
Koʻz yoshlansa kipriklarni nam etib,
Orzu ketsa armonlarga dil tikib,
Hech boʻlmasa doʻstlik baytini bitib,
Yiroqlashib ketmaylik.
Nim kulgular yarashmasa yuzlarga,
Bahorlarim almashsada kuzlarga.
Quvonch yoshi kelsin faqat koʻzlarga,
Yiroqlashib ketmaylik.
Koʻmsak hamki ishqni sukut mozorga,
Toʻldirmaylik qalbni gʻamli ozorga.
Qisqa umr oʻtmasin hech bekorga,
Yiroqlashib ketmaylik.
Qoʻl uzatsak, mehr qolsin bizlardan,
Gullar unsin yurar nurli izlardan.
Qadrdonlar iltimosim sizlardan
Yiroqlashib ketmaylik.
IRODAXON QOSIMOVA.
14.02.2022. 18:40
KOʻNIKTIR...
Derazam chertsa sogʻinch,
Yurak turolmasa tinch.
Senda qolsa dil ilinch,
Sensizlikka koʻniktir.
Tonglar seni deb otsa,
Boshga bolishlar botsa.
Sogʻinch yoʻllarda yotsa,
Sensizlikka koʻniktir.
Isming takrorlab tinmay,
Hijronni pisand qilmay.
Faqat qalbimni tilmay,
Sensizlikka koʻniktir.
Muhabbatla yonmayin,
Armon nima bilmayin.
Sochlarim silab mayin,
Sensizlikka koʻniktir.
Zulmatga qilmay tashrif,
Sevgila beray ta'rif.
Boʻlmay sensiz bir gʻarib,
Sensizlikka koʻniktir.
Iforing sogʻinsa dil,
Sen deb yonganini bil.
Mayli nima qilsang qil,
Sensizlikka koʻniktir.
Dilni qoʻymay jabrga,
Oʻrgat goʻzal sabrga.
Ishqni koʻmib qabrga,
Sensizlikka koʻniktir.
IRODAXON QOSIMOVA.
10.02.2022. 20:30.
Yolg'iz Ayol
Boshini egibdi og'irgina g'am,
Ko'zlari yoshlanar doim yurar nam,
Ko'rmasmi haloyiq uni ham odam,
Allohni bandasi yolg'iz ayol ham.
Ko'chalarda shodon yurolmas nechuk,
G'animlarga g'azab qilolmas nechuk,
Ortidan huradi hattoki kuchuk,
Allohni bandasi yolg'iz ayol ham.
Farzandi quvonsa,shodlanar kulib,
Dunyo tashvishidan ketgan u kuyib,
Kulfat ham bergandir Allohim suyib,
Allohni bandasi yolg'iz ayol ham.
Jilmaysa o'ylamang yuragi qondir,
Tanasin ko'targan bu quruq jondir,
Yomonmas sizdayin oddiy insondir,
Allohni bandasi yolg'iz ayol ham.
Bayramlarda kiymas lov yongan libos,
Iboli hayosi momolarga hos,
Yaxshilar,o'tinchim sizdan iltimos,
Allohni bandasi yolg'iz ayol ham.
✍Irodaxon Qosimova
#Nogiron_Nolasi
Men shunday yaraldim ayting ne qilay,
Onamni o'ylasam yuragim pora.
Shu ahvolimda ham men qanday kulay,
Nogiron demang o'ylang siz zora.
Asli men hastamas siz dili hasta,
Ko'rolmasamda men iymonim butun.
Nogirondan sizni qadringiz pastda,
Qalbingizga to'lgan zulmatda tutun.
Ustimdan kulmanglar men hastaman ho'p,
Oddiy yurishlar ham chiqqan hayoldan.
Mayli bechoraman qiynamanglar ko'p,
Yorlik so'ramayman sog'lom ayoldan.
Do'st bo'lib siz kabi kelar do'stlashgim,
Odamlar yuzingiz nega burasiz.
Sizlar kabi men ham kelar so'zlashgim,
Jirkanasiz o'zingizlar turasiz.
Meni ko'rsan demang ko'rsiz o'zingiz,
Ko'zingiz boylikdan boshqasin ko'rmas.
Ko'rligi yaxshiydi asli ko'zingiz,
Tilingiz faqirning dardini so'rmas.
Oyog'im yo'q lekin kezay men mozor,
Ziyorat qilay men o'tgan otamni.
Qalbingizga nolam bergandir ozor,
Kechirib qo'yasiz mendek hotamni.
✍Sanjarbek Akbarov