Olib ket meni osmoning tomon, Baribir bir kun ilojsiz borsam. Assalomu alaykum Siz bu kanalda #Sanjarbek_Akbarov #Iroda_Qosimova #SarvarMuso lar ijodini kuzatib borishingiz mumkin Sanjarbekning rasmiy kanali: @Sanjarbek_Akbarov Admin: @Akbarov_Sanjarbek
HALI KERAKSIZ...
Bari ôtar kuyinmang qóying,
Zamonaga bitta tirgaksiz.
Nima desa desin yomonlar
Onangizga hali keraksiz.
Joningizni bermang jabborga
Shóngʻib ketmang gʻorli rôzgʻorga.
Demang, yashab ótdim bekorga
Otangizga hali keraksiz.
Kulib qóying gʻamlar kelganda
Dôst, dushmanlar shodon kulganda.
Yuraklarni alam tilganda
Akangizga hali keraksiz.
Hayot misli kemaga ôxshar
Goh sokindir,gohida toshar.
Yuragingiz sogʻinib shoshar
Opangizga hali keraksiz.
Sirlashgancha yulduz bilan jim
Orzulari osmoncha lim lim.
Sizni kôrsa jilmayuvchi nim
Ukangizga hali keraksiz.
Qahramonim, borimsiz degan
Hayot borki zarbini yegan.
Otamdan sông siz otam degan
Singlingizga hali keraksiz.
Hayol surib gôzal gulbogʻda
Osh damlaysiz kuylab óchoqda.
Suyab turar yiqilgan chogʻda
Dôstingizga hali keraksiz.
Umr shunday beshavqat ótar
Soniyalar soatlar ketar.
Lekin sizga bitta gap yetar
Siz hayotga hali keraksiz.
IRODAXON QOSIMOVA. 29.03.2023. 19:30
@Irodaxon_Qosimova
#Free_fire o'ynovchilar oramizda bor bo'lsa lichkamga yozsin birga o'ynaymiz!
@Akbarov_Sanjarbek
MEN HAM....
Men ham sizlar kabi oddiy bir inson
Oddiy hizmatchiman oila oldida.
Yugurib yelaman, oʻzimni demay
Ba'zan ojizaman taqdir yonida.
Gohida zulmatga shoʻngʻiyman bir zum
Qidirib sarsona boʻlarman tinmay.
Taqdirning ayovsiz sinovlarida
Qolarman qaygadir qochishni bilmay.
Ish deyman,ulguray bari bariga
Umrimni sarhisob qilmasdan nechun.
Bolamga ilinib bor orzularim
Meni chorlayverar goʻzal bir ochun.
Qismatning ayovsiz kaltaklariga
Dosh bermay qolmoqda afsus boshlarim.
Nodonlar yaralar hasta dilimni
Essiz,qancha oqdi koʻzda yoshlarim.
Hayot shu koʻnikib yashamoq darkor
Debmanu,yurakni tilibman andak.
Aytibman, ezibman dardlarim bilan
Yashnardi bechora ilgari qanday.
Haqiqat qolmagan dunyoda aldab
Oʻzimcha oʻzimni hursand qilibman.
Essiz oʻtib ketdi qanchalar suvlar
Umr zumda ketdi, endi bilibman.
Taqdir qoʻllarida qoʻgʻirchoq boʻlib
Jimgina har kuyga oʻynadim behol.
Chopibman har ishga yugurib yelib
Hech kim yoʻqlamadi boʻlganda bemor.
Achchiq haqiqatni asalga qoʻshib
Ozgina zavq bersam qani hayotga.
Bezganda yuragim hech kimga boqmay
Uchib ketsam edi qanotli otda.
Cheksiz hayollarning payoni yiroq
Goh gʻamga choʻmadi bechora yurak.
Demaydi, desaydi zora bir bora
Iroda hayotga hali sen kerak.
Men ham sizlar kabi oddiy bir inson.
IRODAXON QOSIMOVA.
20.02.2023. 20:20.
@Irodaxon_Qosimova
Turkiya fojiasiga ta'sirlanib...
Yer ostida qolgan munchogʻim
Allalayin kel ovunchogʻim.
Onang bagʻri muzlagan chogʻi
Senga hayot berdi Allohim.
Yer ostida yangragan alla
Dunyo zulmat qoplagan palla.
Jigarlaring yuzing koʻrolmay
Senga atab aytmadi yalla.
Yer ostida qolgan polvonim
Hayot desa solar narvonin.
Dunyo senla quvondi qara
Boʻlgin buyuk turk el sarbonin.
Hayot davom etadi yana
Tirikliging qilib tantana.
Turkiy elning yorugʻ kuni koʻp,
Soʻnmas turkiy yoqqan masha'la.
Bolam deya kuymagin ona
Bu sinovdir, oʻtadi ota.
Duo qil, samoni buzib yigʻlama
Dunyoning koʻngli boʻlgan vayrona.
Harobada qolgan turk elim,
Senga jonin berar Oʻzbegim.
Oʻtmishga aylanar bu kunlar
Sinovdan olgʻa oʻt bardam turk elim.
IRODAXON QOSIMOVA.
13.02.2023. 18:40
@Irodaxon_Qosimova
Бaъзан фурсат топиб эслолмасам ҳам,
Юрак тўлиб тошганда дардлашмасам ҳам.
Баъзида дардингиз ололмасам ҳам,
Унутманг қадрдоним юрагимдасиз!
Ассаламу алайкум Саййудул айём Жума муборак бўлсин дилга яқиним!
•┈┈┈┈••┈┈┈┈•
@Irodaxon_Qosimova
KECHIR HAYOT...
Kechir hayot yuk boʻldim yana
Botmon botmon gʻamlarim bilan.
Koʻzda yoshlar toʻkilar tinmay
Ezmoqdaman dardlarim bilan.
Kechir hayot, ortiqcha boʻldim
Senga shodlik yoymadim netay.
Qoʻyib yubor endi qoʻllarim
Qiynamasdan maylimi ketay.
Kechir hayot, sevgi gulbogʻdan
Tikonlarni teribman faqat.
Kulib boqay desam olamga
Dunyosidan topmadim shavqat.
Kechir hayot, ash'orlar bitdim
Yoqay deya butun olamga.
Oʻylab koʻrsam ortiqcha ekan
Yozganlarim borki odamga.
Kechir hayot, izmingdan yurmay
Qancha qildi yurak gʻalayon.
Tomogʻimga qadaldi rosti
Javob istab bilmam bir tugʻyon.
Kechir hayot,azobli deya
Faqat seni qildim aybdor.
Yorugʻlikka elta olmadim
Oldingdaman endi gunohkor.
Kechir hayot, sitamlar bilan
Qancha dilni qiynadim,toʻydim.
Bugun hayot dardli yurakni
Qaytib chiqmas qabrga koʻmdim.
Kechir hayot...
IRODAXON QOSIMOVA.
31.01.2023. 20:50.
@Irodaxon_Qosimova
QIYNAB QOʻYDIM...
Sabolarga sirim aytib, yigʻladim jim
Doʻstlar kulib, qilsalarda jonim tilim.
Hayot shunday deya yana jilmayib nim
Men yurakni qiynab qoʻydim, qiynab qoʻydim.
Taqdir deya qismatimning qaygʻularin
Erinmasdan ichdim zahmat ogʻularin.
Anglab yetdim,essiz yoshim oʻtgan sarin
Men yurakni qiynab qoʻydim, qiynab qoʻydim.
Qoʻl silkidim,ortib ketdi hasratlarim
Yashirolmay qoldim netay bu dardlarim.
Boʻlib boʻlib tashlab ketsam quvonchlarim
Men yurakni qiynab qoʻydim, qiynab qoʻydim.
Sevgi deya ash'orlarni bitdim tinmay,
Ba'zan doʻstim soʻzlarini pisand qilmay.
Yuragimga malham boʻlib sirdosh boʻlmay
Men yurakni qiynab qoʻydim, qiynab qoʻydim.
Chopib chopib dunyosiga yetmadim men,
Qoʻl uzatib samolarni quchmadim men.
Bugun oʻylab barchasini angladim men
Men yurakni qiynab qoʻydim, qiynab qoʻydim.
IRODAXON QOSIMOVA.
25.01.2023. 20:30.
@Irodaxon_Qosimova
DARSLAR ONLINE EMISH...
Tarqaldi yana mish mish
Darslar online emish.
Uyda koʻpaydi yumush
Yana ortadi tashvish.
Koʻcha sovuq, qish boʻldi
Hammayoq qorga toʻldi.
Charchab boʻlarim boʻldi
Darslar online emish.
Internetga pul kerak
Roʻzgʻorga ul bul kerak.
Bolam oʻqishi kerak
Darslar online emish.
Chiroq oʻchar tinmasdan
Darslar ado boʻlmasdan
Xalq dardini bilmasdan
Darslar online emish.
Ishdan ortmas onasi
Vaqt topolmas otasi.
Tayyordir bahonasi
Darslar online emish.
Yurak bezillab qoldi
Maktab huvillab qoldi.
Oʻqish pullik boʻpqoldi
Darslar online emish.
Qaror chiqar hilma hil
Hoʻp deb indama, egil.
Ogʻir keldimi bu yil
Darslar online emish.
Telefon menga tegmas,
Ijodga-chi, vaqt boʻlmas.
Bu koʻngil hecham toʻlmas
Darslar online emish.
Niyat, oʻqisin bolam
Alloh eshitgin nolam.
Yana qilgani alam
Darslar online emish.
Yurtim tinch,osoyishta
Har oiladir sarishta.
Bogʻlansin mehr rishta
Darslar online emish.
Bu ham biz uchun sinov
Oʻtib ketguvchi bir yov.
Ilm uchun boʻlmas gʻov
Darslar online boʻlsa.
IRODAXON QOSIMOVA.
18.01.2023. 20:00.
@Irodaxon_Qosimova
DESANGIZ BAS...
Osmonimda quyosh zumda porlab ketar,
Yuragimga ezguliklar hissi eltar.
Menga faqat, faqat bitta kalom yetar,
Yaxshimisan, keragimsan desangiz bas.
Dunyolarga almashmasman tuygʻularim,
Sizga aslo soya solmas qaygʻularim.
Ichib boʻldim hayot degan ogʻularim
Omonmisan, keragimsan desangiz bas.
Hasratlardan yurak boʻlgan parcha parcha.
Aytay desam aytilmagan dardim qancha.
Bechora deb yurakni ham tildim ancha
Yaxshimisan, keragimsan desangiz bas.
Oyogʻimga toʻkmang mayli alvon gullar.
Ishqidan ham aziz emas oʻsha pullar.
Bir kun kelar, ikkimiz ham kutgan kunlar
Omonmisan, borligʻimsan desangiz bas.
IRODAXON QOSIMOVA.
15.01.2023. 18:50.
@Irodaxon_Qosimova
💔Sen Bilmaysan❤️🩹
Sen bilmaysan chindan tuyg'ularimni,
Sensizlikda o'tgan tunlarim guvoh.
Bir chetga yashirdim yolg'on kulgularimni,
Yurakdan bir onga so'rarman panoh.
Sen bilmaysan qancha qadamlar bosib,
Yurgan yo'llarimiz payhon qilganim.
Sen bilmaysan sevgim bo'g'zidan osib,
Jinoyat ishlarim pinhon bilganim.
Aslo bilolmaysan yonsam olovda,
Chunki qo'llarimdan ajragan qo'ling.
Sen bilmaysan bog'da bir novda,
Butazor singari to'sguncha yo'ling.
Har tomondan qurshab olsada ro'yo,
Jismingni ko'rsamda sendan tonganim.
Baribir bilmaysan ojizdek go'yo,
Ishqing olovida butkul yonganim.
Sen bilmaysan bir kun bizni bu taqdir,
Uchrashtirib qo'ysa yo'lda to'satdan.
Asli ayriliqqa ko'nikmoq haqdir,
Zaynabdek isming ham o'chsin ro'yhatdan.
©Sanjarbek Akbarov
Ko'rishguncha yurak
Afsuslar, nadomat menda g'alayon,
Shuncha intilsamda ortga qochganing.
Menga qalbingda joy yo'qligi ayon,
Unutmoq osonmas hamon kechganing.
Topolmaysan endi hatto izimni,
O'rtada mustahkam devorlar tayyor.
Ko'zlaringda aslo ko'rmay o'zimni,
Mendamas yolg'onlar asli sen ayyor.
Kechdim, ketdim sendan kuzatma zinxor,
Endi birga bog'lar qilmasman sayr.
Qaytmaydi tuyg'ular, qaytmas u bahor,
Ko'rishguncha yurak, senga ham xayr.
©Sanjarbek Akbarov
Iltijo (Hasta qiz nolasi) !!!
Bilmadim og'riqlar tanamni tutgan,
Dardlarim bilmaydi hasta bo'lmagan.
Onam ham men uchun azoblar yutgan,
Ajin yuzlarida hatto kulmagan.
Shuncha yil hazonga aylangan baxtim,
Ko'z yoshlar tufayli, og'riqlar sabab.
Yo'q, yurak og'rig'i emas mendagi,
Sinovga sabrimni qilmoqda talab.
Bu rangsiz hayotni bormi ohiri,
Qalbimdan qayg'ular ketadi qachon.
Men Alloh yaratgan dardkash zohiri,
Kun kelib barchadek beramanda jon.
Kutib yashayapman ohir kunimni,
Qilgan orzularim bari foydasiz.
Davosin topmadim bedor tunimni,
Men bilgan zamonlar hamon qoidasiz.
Har dam daryodek toshqin yoshlarim,
Boshlarim urishga yo'qdir qoyalar.
Hastaman takror, tez og'rib boshlarim,
Ko'rinar ko'zimga yolg'on soyalar.
Kutaman vaqt o'tib o'tar barchasi,
Dardimni shamollar ketgaydir olib.
Ochilar baxtimning balki darchasi,
Bu kunlar ortimda ketgaydir qolib.
©Sanjarbek Akbarov
AKAM...
ILTIMOSLARGA BINOAN YOZILDI...
Yonimda bir togʻ bor edi,
Qaygʻulari bisyor edi,
Kelin kutib, yor yor dedi
Samolarni quchgan akam.
Shamoldan ham asrar edi,
Alamlarim yutar edi,
Erkalayman kimga endi
Samolarni quchgan akam.
Munis onam boʻzlar tinmay,
Yupanchlarga qoldi koʻnmay,
Yoʻqotganim qoldim bilmay,
Samolarni quchgan akam.
Jigar boʻlib men ne qildim
Afsus doim yurak tildim.
Hatolarim koʻpdir bildim,
Samolarni quchgan akam.
Diydor qoldi qiyomatga,
Qoldim qancha malomatga,
Botdim kibr jaholatga
Samolarni quchgan akam.
Jaynamozni yigʻlab quchdim,
Dunyolardan butkul kechdim.
Kibr alam toʻnin yechdim,
Samolarni quchgan akam.
Men deb oʻzdan kechgan akam,
Samolarni quchgan akam.
IRODAXON QOSIMOVA.
18.08.2022. 20:50.
@Irodaxon_Qosimova
40ЁШДА...
Талаб ҳамда илтимосларига биноан.
Ҳазил, лекин аччиқ ҳақиқат.
Бугун қуёш кўзларимда порлаб кетди,
Арзим оҳир бориб, нахот, кўкка етди.
Юрак урар,кўксим узра ҳаяжонда,
Қирқ ёшда бир санамга ишқим тушди.
Ярашади нозлари ҳам, гўзал нетай,
Ул санам деб, қайга деса майли кетай,
Ишқим олов, тезроқ ёр васлига етай,
Қирқ ёшда бир санамга ишқим тушди.
Уйда хотин, болам чақам ўз йўлига,
Ҳаётимни ташлайман тақдир қўлига.
Пойлаб санам, қарайман ўнгу, сўлига,
Қирқ ёшда бир санамга ишқим тушди.
Қирқ ёшда севги девона қиларкан,
Кечалари висол, юракни тиларкан.
Яширмайман, севгимни ҳамма биларкан,
Қирқ ёшда бир санамга ишқим тушди.
Кулманг, сочим бўяб олдим қора қилиб,
Санам учун гуллар тердим,сара қилиб,
Ҳофиз тўғри айтган экан, дардим билиб,
Қирқ ёшда бир санамга ишқим тушди.
Қирқ ёшда қалб бошқача бўлар экан,
Қучсанг санам, эркаланиб кулар экан.
Ундан жаннат ифорлари келар экан,
Қирқ ёшда бир санамга ишқим тушди.
Сигир соғмас,бармоқлари бирам нозик,
Телефони жирингласа, туради дик,
Мени бегим деб эркалар,кўзи сузук,
Қирқ ёшда бир санамга ишқим
тушди.
Маош олсам, барин жойлайман ҳалтага,
Жонон билан учиб кетаман Ялтага.
Ҳаёт бошлай,янгидан энди эртага,
Қирқ ёшда бир санамга ишқим тушди.
ИРОДАХОН ҚОСИМОВА.
16.06.2022. 20:15.
SO'NGGI QO'NG'IROQ...
Bu kun ko'zlaringda yoshlar shashqator,
Maktab quchog'i ham ajib betakror,
Ilinjla aytishar takror va takror,
Ozgina chalinma so'nggi qo'ng'iroq.
Anvoyi gullardan quchoq to'ladi,
Hayot shunday pastu baland bo'ladi,
Ovozingdan yurak yig'lab kuyadi,
Ozgina chalinma,so'nggi qo'ng'iroq.
Ustozlar mehridan inadi yurak,
Jilmayib biz uchun tilaydi tilak,
Maktab quchog'iga qaytmoq bir istak,
Ozgina chalinma,so'nggi qo'ng'iroq.
Bo'y cho'zgandi shu yerda ilk sevgimiz,
Yashirgandik yaxshi yomon aybimiz,
Ko'zda yoshla,faqat, faqat deymiz biz,
Ozgina chalinma,so'nggi qo'ng'iroq.
IRODAXON QOSIMOVA.
25.05.2022 05:40
Rossiyachi bóp ketdi.
Bahor keldi qishloqqa
Olam guldek bóp ketdi.
Yurakni ezar hamma
Rossiyachi bóp ketdi.
Bóydoq ortib hurjunin
Kóray deb ózin kunin
Sogʻinchdan ótib tunin
Rossiyachi bóp ketdi.
Qiz chiqardi otalar
Yigʻlab ótgan onalar.
Bormidi shunday kunlar
Rossiyachi bóp ketdi.
Uy solib qavat qavat
Rôzgʻorni ôylar faqat.
Taqdir qilmasdan shavqat
Rossiyachi bóp ketdi.
Misqollab terib yigʻib
Rizqidan ozroq qiyib.
Bagʻrini óyib óyib
Rossiyachi bóp ketdi.
Bilganni chala ruscha
Qiynalib yana qancha.
Ózbekda ish óshancha
Rossiyachi bóp ketdi.
Mehr sarsona bólib
Yurak yigʻlaydi tólib.
Pul topishga qidirib
Rossiyachi bóp ketdi.
"IMO" da sórab holin
Bilmay qanday ahvolin.
Asramay bitta jonin
Rossiyachi bóp ketdi.
Kelsa tezroq yana qish
Tugasa sovuqda ish.
Umr ótsa betashvish
Rossiyachi bóp ketdi.
Ózbekning baland ori
Topar nonin haloli.
Temirdan qattiq joni
Rossiyachi bóp ketdi.
Qayda bôlsa tinch bólsin
Yurtim gullarga tólsin.
Rusdami, koreysdami
Ózbek elim boy bólsin.
IRODAXON QOSIMOVA.
27.02.2023. 20:50.
Muallif huquqi himoyalangan.
@Irodaxon_Qosimova
👨💻Agar u senga erkalansa?
Demak u hammaga o'zini mushuk qilib koʻrsatmaydi, faqat o'zimga haddi sig'adi, bu xarakterini tog'ri qabul qilaman!☺️
👨💻Agar u faqat sendan nimadur muhtojlik sezsa?
Demak u faqat o'zimga ishonadi va o'zimga suyanadi. Men unga tog' bo'laman. Bulut desa bulut qor desa qor hadya etaman, agar yomg'ir so'rasa yog'diraman, Yorug'likka muhtoj bo'lsa quyoshimni beraman😊
👨💻Agar u senga qilib qoʻygan bir yomon ishini aytmasa lekin u ishni qayta takrorlamasa?
Demak u afsusda!
Afsusda bo'lsa albatta takrorlamaydi. Menga aytmagani haqida fikr bildirsam ayrilishimizni xoxlamas ekan. U meni yo'qotib qo'yishdan qo'rqar ekan. Menga aytmagani yaxshi bo'libdi ahmoqlik qilib dilini og'ritib qo'yishim mumkin edi😁
👨💻Agar u tinmay seni sog'inganini takror aytsa?
Demak hayollari mendan bo'shamay qolibdi telbani!
Men ham uni sog'inaman😩
👨💻Seni yo'qotib qo'yishdan qo'rqishini qanday bilsang bo'ladi?
Har kuni urushgim kelib urush boshlasam gapni yoki boshqa mavzuga buradi yoki senga urush kerakmi deydida o'zi birozga yo'qolib qoladi. Men jahlimdan tushganimda o'zim yana sog'inch eshigini qoqaman. U eshik tirqishidan poylab turgan bo'ladi. Eshikni qattiq ochib yuboramanda keyin....😂
👨💻Sen uni qanchalik sevasan?
Men uni undan ko'proq sevaman❤️
U shunga arzirli inson🫶
Sanjarbek Akbarov
MENDEK BOʻLOLMAS...
Dunyoning biri kam bari toʻlolmas
Hijron alamlarim nechun oʻlolmas.
Sevgi deb yonsalar qoʻygin ishonma
Ishqingda kuyganlar mendek boʻlolmas.
✍IRODAXON QOSIMOVA....
✅🎙IJODKOR BEK...
@Irodaxon_Qosimova
Oy móralar, derazangda termulgancha jim,
Sen uxlaysan, yuzlaringda kulgularing nim.
Kóksim uzra sen deb yurak urar betinim,
Tongga qadar sevgim senga yóldosh azizim.
Kipriklaring bir jonimga nayzalar otar,
Jilolanar sunbul sochlar, jonimga yoqar.
Sen yonimda boʻlsang quyosh qalbimga botar,
Tongga qadar sevgim senga yoʻldosh azizim.
Alloh etsin tushlaringni hayrlarga boy,
Malagimsan tenglasholmas osmondagi oy.
Duo qilib, tunda olsang joynamozdan joy
Tongga qadar Alloh bizga yoʻldosh azizim.
IRODAXON QOSIMOVA.
@Irodaxon_Qosimova
Iltijo (Hasta qiz onasi)
Og'riqlaring menda bo'lsa maylidi,
Bir kunlik azobing yuki olamcha.
Ko'zlaring yoshidan tiysam qaniydi,
Eng katta azoblar bo'lmas nolamcha.
Yuragim tubiga berkinar baxting,
Shuncha yugursamda yetolmayapman.
Qurolmadim qizim tillodan taxting,
G'amlardan uzoqqa ketolmayapman.
Bir tabassuminga berardim jonim,
Kechardim yurakning har bir zarbidan.
Baxtingga erishgan har qaysi onim,
Afzaldir men uchun jismim dardidan.
Hamon ko'zlaringa qadalgan ko'zim,
Hayolim o'zingdan bo'shamas har on.
So'nggi nafasgacha yoningda o'zim,
Bagʻrimni tashvishlar qilib qo'ydi qon.
Bilaman vaqt o'tib toparsan baxting,
Hammasi ortingda qolar havasda.
Baxt kelsa sen uchun tillodan taxting,
Shukurla yasharsan har bir nafasda.
©Sanjarbek Akbarov
JUMA AYYOM BOR BOʻLSIN.
Qarindoshni yoʻqlashga,
Tanishlarni eslashga.
Hol ahvoling soʻrashga
JUMA AYYOM bor boʻlsin.
Kompaniya tabriklaydi
Hursand qilib yoʻqlaydi.
Boshqa kuni demaydi
JUMA AYYOM bor boʻlsin.
Oqibatidan soʻzlaymiz
Faqat bugun oʻylaymiz.
Bir habarla oʻlmaymiz
JUMA AYYOM bor boʻlsin.
Har kun yoʻqlamoq savob
Bahonalardir serob
Ogʻir boʻlmasin javob
JUMA AYYOM bor boʻlsin.
Kutmasdan Juma kunni
Bedor oʻtkazmang tunni
Goʻzal qiling yakunni
JUMA AYYOM bor boʻlsin.
Yetib shodonliklarga
Toʻlib ezguliklarga
Barcha Oʻzbekistonliklarga
JUMA MUBORAK BOʻLSIN.
IRODAXON QOSIMOVA.
27.01.2023. 8:00.
@Irodaxon_Qosimova
❤️Bilmaysan💔
Bilmaysan qanchalar sog'inganimni,
Har soniya isming takror aytganim.
Bilmaysan sog'inchdan og'ringanimni,
Darvozang yonidan abgor qaytganim.
Tugadi sabrim ham, tugar so'zlarim,
Savollar o'ylarga bo'lmoqda sabab.
Kutmoqdan qonlarga to'ldi ko'zlarim,
Quchog'im jismingni qilmoqda talab.
Bilmaysan qanchalar sog'inch so'rog'in,
Javob topolmaysan o'zingga qolsa.
Bilgaysan qidirmoq qanchalar og'ir,
Atrofga alanglab ko'zlaring tolsa.
Mayli qo'llarimga berma qo'lingni,
Istagim yo'lingda hamroxlik qilish.
Yoritsam bo'lgani yurgan yo'lingni,
Senga esa qolar men uchun kulish.
Bilmaysan qanchalar tuyg'ularim chin ,
Sen birla qilingan orzularim chin.
©Sanjarbek Akbarov
Iltijo (Baʼzi ota-onalar uchun)
Ota sizga farzand Alloh sovg'asi,
Kimlarga orzudir, kimlarga armon.
Ona sizga farzand Alloh sovg'asi,
Betob kuningizda dardlarga darmon.
Bir hil emas balki, o'gil siz bilan,
Balki kuchga to'la zabardast emas.
Tortishib o'tirmang har gal qiz bilan,
Balki siz yeganni, afsus u yemas.
Orzusi boshqadir sizda boshqacha,
Majburlik hech kimga bermaydi huzur.
Siz qanday edingiz shunday yoshgacha,
Achchiq so'zlarimga so'rayman uzur.
Qafasga solib siz cheklab tashlamang,
Bazida erkinlik his qilsin ular.
Orzusin so'ndirib ko'nglin g'ashlamang,
Sizga tayanch bo'lar vaqt o'tib shular.
Sizni ko'rganida yuzin burmasin,
Bunchalik bezitmang qaxringiz sochib.
Yomonlik yo'liga kirib yurmasin,
Jahannam qariga eshiklar ochib.
Boriga qo'l siltab kechib ketmasin,
Jinoyat qilmasin, bo'lmasin gunoh.
O'zin xo'rlangandek u his etmasin,
Qasd qilsa joniga qolarsiz gumroh.
Ko'zingiz siz oching o'tmoqda yoshi,
Yoshligi ketmasin armonga to'lib.
Otilib do'l kabi tuxmatlar toshi,
Ertaroq gul umri qolmasin so'lib.
©Sanjarbek Akbarov
🇺🇿Tavsiya etiladi
🎬Tinchlikni qadrlash haqida
🎙Sanjarbek Akbarov
Yurt posponlar.
Yurt tinch,hotirjam, sizlar bor sabab,
Mustahkam irodangiz bor nechuk ajab,
Sizlar bahodirsiz yot sizga g'azab,
Yurtim posponlari,mard o'g'lonlari,
Uhlaymizda osuda,chunki sizlar bor,
Tinch kunlarga yetolmay yurganlar bor zor,
Qadringiz balanddir,chekmangiz ozor,
Yurtim posponlari,mard o'g'lonlari.
Joningiz tikkansiz shu Vatan uchun
Ko'zlardan porlaydi,bir yorqin uchqun,
Ta'zimdadir yurt ham hizmatingiz chun,
Yurtim posponlari, mard o'g'lonlari.
📝Irodaxon Qosimova.
Qadrli aka, uka hamda birodarlar. Bugungi bayram bilan chin yurakdan tabriklayman. Sizlar bor yurt, olam tinch, boringizga shukur. Yana bir bayram muborak qadrdonlar.
@Irodaxon_Qosimova
AYBLAMANG...
Qiz bor uydan gullar ifori kelar,
Rayhon isi dilingni hushnud qilar.
Sizga faqat jannatni sovgʻa qilar,
Ayblamang,qiz tugʻding deb ayolni.
Yoʻllaringiz yoritguchi bir shamdir
Demang,qiz bu yelkamdagi bir gʻamdir.
Oʻgʻil suyar,lekin juda begʻamdir.
Ayblamang, qiz tugʻding deb ayolni.
Kech qolsangiz yoʻlingizga qaraydi
Tongda turib ahvolingiz soʻraydi.
Qariganda shu qizingiz yaraydi
Ayblamang, qiz tugʻding deb ayolni.
Deydilarki,har kim ekkanin oʻrar,
Peshona shu ne boʻlsa shuni koʻrar.
Shu qizingiz obroʻingiz koʻtarar
Ayblamang, qiz tugʻding deb ayolni.
Bir kun ketay, quchogʻingiz boʻshatib
Ham kuldirib, ham hammani yigʻlatib.
Oʻzga uyga yangalar alyor aytib
Ayblamang, qiz tugʻding deb ayolni.
Shukur qiling,qancha ona qizga zor
Siz, ayolga nega berarsiz ozor.
Hali bir kun yoʻl qaraysiz intizor
Ayblamang, qiz tugʻding deb ayolni.
IRODAXON QOSIMOVA.
05.01.2023. 20:30.
@Irodaxon_Qosimova
NABIRAM BIRGA TO'LDI...
Yana hoji onamiz dardlarini qog'ozga tushurdim qo'ldan kelgancha.
Ko'zim quvonchga to'ldi,
Uyim mehmonga to'ldi.
Qaqajon shiringina,
Nabiram birga to'ldi.
Asta qadam tashladi,
Gapirishni boshladi.
Hamyonimni quritib,
Nabiram birga to'ldi.
Bozorga borish kerak,
Ro'zg'or to'ldirish kerak.
Yana ne olish kerak,
Nabiram birga to'ldi.
Otasiga usti bosh,
Onaga uzun libos,
Bo'lib qolmayin vos vos,
Nabiram birga to'ldi.
Kamida uch hil kiyim,
Savat to'ladi lim lim.
Dod demay yonar dilim,
Nabiram birga to'ldi.
O'yinchoqlar bir vagon,
Bo'lsin deymanda omon.
Bu udum chiqqan qachon,
Nabiram birga to'ldi.
Ikki qavat tort ham bor,
Obormasang yog'ar qor.
Ushoqqa ham zorlar bor,
Nabiram birga to'ldi.
Shamsiz bo'lmasin yana,
Usiz o'tmas tantana.
O'lsin bo'lmay a'nana,
Nabiram birga to'ldi.
Bo'ladi kichik bir to'y,
So'yilmasa uyat qo'y.
Bir kallada ming hil o'y
Nabiram birga toʻldi.
Go'dak bilmas yallani
Unga ayting allani.
Yo'qoting shu g'alvani
Nabiram birga toʻldi.
Jichcha qorni to'ysa bas,
Uhlar sokin,chiqmay sas.
Biz o'zimiz esi pas,
Nabiram birga toʻldi.
Aytmang ziqna ekan deb,
Matolari arzon deb.
Yashaymiz shularni deb,
Nabiram birga toʻldi.
Topganimiz beramiz,
Yo'liga gul teramiz.
Asab tugab o'lamiz,
Nabiram birga toʻldi.
IRODAXON QOSIMOVA.
25.11.2021. 20:20
@Irodaxon_Qosimova
TOʻYIMDA BIR OʻYNAY OLMADI ONAM.
ILTIMOSLARGA BINOAN YOZILDI.
Har yigitning baxtli kunida volidasi yonida boʻlsin ekan😔😢😔
Boʻylarim ham boʻylarimga yetgan edi,
Dilimdagi armonlarim ketgan edi.
Baxtim soʻrab, peshonamdan kim oʻpar endi
Jannatlarda duo qilar onam mening.
Sanamlardan ortiq edi goʻzal, suluv,
Umr toʻxtab, turmas ekan oʻtarkan zuv,
Koʻzlarimdan toʻxtamas yosh toʻkilar duv,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Kelin olay deya, sarpo yiqqan edi,
Baxmallardan par yostiqlar tikkan edi.
Qizim qoʻyar deya, oʻsma ekkan edi
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Yonimda yor, salom berar, kulib kulib
Men yigʻlarman,bagʻri dilim tilib tilib.
Armon boʻldi, duo qilmas onam kulib,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Baxtim koʻrib, duo qilsa boʻlmasmidi,
Yarim koʻnglim, baxtdan toʻkis boʻlmasmidi.
Nabiralar koʻrib, yigʻlab kulmasmidi,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Bugun baxtdan masrurman, lek yuragim zor,
Volidamni yoʻqligi hoʻp berar ozor,
Umr bir kam tagi toʻlmas ekan bozor,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Hasta boʻlib, yonimda tursa ham mayli,
Qoʻllarimda koʻtarardim,tolsa mayli,
Yurtga foydam tegdi, mana siz tufayli,
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
Armon boshim kim silaydi,polvonim deb,
Kunda tunda ahvolimni gʻamini yeb,
Ona sizga she'rlar bitdim,yagonam deb
Jannatlarda duo qilar, onam mening.
IRODAXON QOSIMOVA.
Avgust 2022.
@Irodaxon_Qosimova
Agar sevgan yoring,qachondir seni tashlab ketsa, undan nafratlanib qargʻasang kerak.
-Yoʻq, aksincha, unga baxt tilab duo qilaman, chunki u menga sevishni oʻrgatdi.
IRODAXON QOSIMOVA.
KOʻZMUNCHOQ TAQQAN YIGIT.
Ushbu she'rni yozishdan avval koʻp oʻyladim,yigitlarni qadri yerga urilsachi degan oʻy hayol juda qiynadi.Lekin bir necha bor shunday holatga koʻzim tushgandan soʻng yozdim.Aziz yurtimiz mard yigitlari bu sizlar uchun emas, ba'zi qoʻshtirnoq ichidagi "yigitlar" uchun.
Qoʻllariga shodalab,
Terib olgan donalab,
Asab buzar ataylab,
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Koʻz tegarmikin shunga,
Yo yordan sovgʻa unga.
Ayting, qoldik, ne kunga
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Deydi, "Oʻzim oʻrgilay,
Charchab ketdim aylanay"
Ketingga boplab tepay,
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Gulli koʻylak, keng ishton,
Qosh terilgani yomon.
Attang, erkak degan nom,
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Qayda belda belbogʻi,
Yoʻqmi, nomusi ori.
Qat'iy emas qarori
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Koʻzlari suziladi,
Yuragim eziladi.
Asablar buziladi
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Havas qilganmi qizga,
Goʻzal, pari, oy qizga.
Taqmagandir bejizga,
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Bormi Alpomish qoni,
Qanday topadi noni.
Topsam yoqay makoni
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Ursang, yuzlarin toʻsar,
Sochlari uzun oʻsar.
Kiyimlari toʻrli, zar,
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Besh qoʻl barobar emas,
Guruch kurmaksiz boʻlmas.
Mard yigitlar kam emas
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Ranjimang mendan yana,
She'rimni qilmang tan'a.
Koʻrganim yozdim mana
Koʻzmunchoq taqqan yigit.
Mard yigitlar yurt koʻrki,
Zamona shu zoʻrniki.
Yigit boʻl, niyat shuki,
Koʻzmunchoq taqma yigit.
IRODAXON QOSIMOVA.
17.05.2022. 20:00