Olib ket meni osmoning tomon, Baribir bir kun ilojsiz borsam. Assalomu alaykum Siz bu kanalda #Sanjarbek_Akbarov #Iroda_Qosimova #SarvarMuso lar ijodini kuzatib borishingiz mumkin Sanjarbekning rasmiy kanali: @Sanjarbek_Akbarov Admin: @Akbarov_Sanjarbek
Yetmaydi.
Tong otadi,qizdirib quyosh nechuk chiqmaydi,
Ko'chada odamlar ko'p kulib qo'ling siqmaydi,
Dunyoda vatanlar ko'p bari bag'riga chorlar,
Ishon do'stim tillolar qishlog'ingga yetmaydi.
Erkin yurar insonlar,qo'lda puli zari ko'p,
Qah qah urib kulishar,bu dunyoda g'ami yo'q,
Senda farzand ham ro'zg'or,hali qilar ishing ko'p,
G'amlaring ham o'tkinchi,tinch uyingga yetmaydi.
To'y qilganda yonida hamroh otasi yo'qdir,
Kunda qorni to'ysa bas,boshqa g'ami ham yo'qdir.
Ona mo'tabar zotmas,ular uchun bir do'stdir,
Dunyodagi go'zallar bir onangga yetmaydi.
Quchog'ingni to'ldirar yoningda o'g'il qizing,
Ortingdan yaxshi nomla qoluvchi o'chmas izing,
Yoningda senga mute bor ayoling yulduzing,
Jannatdayin oilang bor,senga qasr kerakmas,
Baland qasr qumshuvoq tinch uyingga yetmaydi.
✍Irodaxon Qosimova
Hayr sevgi.
Qishloqning chang ko'chalarida,
Mungli boqib turgan qizaloq,
Tongni kutib har kechalarda
Hayrlashar sevgi shoshqaloq.
Uzun yo'llar keti ko'rinmas,
Misli cheksiz poyonsiz yo'lak.
Uyqu kelmas,kiprik ilinmas,
Hayr sevgi, senga zo'r tilak.
Yoshlikni gul damlari bilan
Qochib ketdi sevgim,bir ishqim,
Qolib ketdim hijron,g'am ila,
Qochoq ishqqa bordir bir qasdim.
Hayr sevgi, endi yo'limiz,
Tutashmasin sen bilan aslo
Do'st bo'laylik,tutib qo'limiz,
Sevgi uchsin quchib keng samo.
📝Irodaxon Qosimova.
#Qisqa_Satrlarim
Hayot seni yig'latganda qil sabr,
Sendagi azoblar bor bizda ham.
Bahtsiz bo'ldik va topmadik qadir,
Sendagi azob bor har qizda ham.
Biz nechun keldik yorug' dunyoga,
O'zing qo'lga ol zaif ojiza.
Ahmoqlik qilib qolma g'avg'oga,
Kutgil bir kuni bo'lar mo'jiza.
✍Sanjarbek Akbarov
#Onam_
Milliard tashvishlar ona sizdadur,
Bering men ko'taray og'ir bo'lsa ham.
Hatto xayolingiz bargsiz kuzdadir,
O'ylamang osmonda yulduz so'nsa ham.
Tinim bilmay qoldi ona qo'lingiz,
O'zingizni o'ylang bir bor, iltimos.
Yoritay onajon borar yo'lingiz,
Yarashgay kiysangiz har qanday libos.
Bugun ham erta ham doim halaksiz,
Yetar, onajonim bo'lmang parishon.
Keraksiz inson, baribir keraksiz,
Qiynalsangiz undan chiqmas nom-nishon.
Dillarda qolmasin begona tuyg'u,
Qadrsiz insonlar topmas qabrini.
Onajonim emas, ichay men og'u,
Ammo sinamasin dunyo sabrini.
Mushtifarim bir zum siz tinim biling,
Men ham olay endi sizning dardingiz.
Mehrim tutayin siz yurakdan kuling,
Osmondan balandroq menga qadringiz.
Umrim sahifasi sizga payvasta,
Minglab zarralarga soching alamni.
Yoningizdaman bo'lmang siz dil xasta,
Suvga cho'ktirgayman yo'qsa olamni.
Qaro ko'zlarimda bir kun ko'rmasam,
Bir tiyin qadri yo'q sizsiz dunyoni.
Har dam holingizni borib so'rmasam,
Yurakda ko'ray men faqat ro'yoni.
✍Sanjarbek Akbarov
Azizim baxtning rangi qanaqa,
Chizib ber rangin qalamlar bilan.
Ko'rayin bir boqay bir to'yib olay,
His etay yurakning bor tafti bilan.
📝Irodaxon Qosimova
"Armon bo'lgan orzularim qaydasiz".
Qo'lim cho'zdim osmonlarga
yetmadi,
Orzular ortimdan birga
ketmadi,
Shirin so'zga xech yurak jiz
etmadi,
Armon bo'lgan orzularim qaydasiz?
To'ydim dedim lekin hamon
yasharman,
Yig'lamayin onam ko'nglin
g'ashlarman,
Yurakni qiynashni qachon
tashlarman,
Armon bo'lgan orzularim qaydasiz?
Ko'p tirmashdim lekin yiqildim
jardan,
Olib chiqing meni ummon
qaridan,
Armon deb sado kelar sal
naridan,
Armon bo'lgan orzularim qaydasiz?
Onang ming urinsin ketarkan
zoya,
Qulatarkan seni gohi bir
qoya,
Izingdan kuzatgay do'stingmas
soya,
Armon bo'lgan orzularim qaydasiz?
Kelmas nega armon bo'lgan
orzular,
Soyani ham yoritmaydi
yo'gdular,
Begonami menga o'sha
kulgular,
Armon bo'lgan orzularim qaydasiz?
✍Sanjarbek_Akbarov
Ayol sevsa.
Ayol sevsa bor mehrini berib sevar,
Kechalari uhlamaydi,hayol surar,
Yori uchun qancha zahmat cheksa hamki
Kerak bo'lsa jonini ham berib sevar.
Ayol sevsa sizdan mehr kutib sevar,
G'amlarini ichga yutib yutib suyar,
Dard cheksangiz bedor yurib kechalari
Uhlamasdan yoningizda yonib kuyar.
Ayol sevsa, dunyolardan kechib sevar
Kerak bo'lsa mingta davon oshib sevar.
Unga kerak sizdan faqat chin muhabbat,
Gar ketsangiz qabringizni quchib sevar.
📝Irodaxon Qosimova
Tilak.
Yangi yilda ne tilaging bor deyishsa,
Tinchlik so'rardim yurt uchun,
Barcha sog' bo'lsin va salomat,
Bir ozgina baxt so'rardim o'zim uchun.
Yangi yilda ne tilaging bor deyishsa,
Farovon kunlar so'rardim yurt uchun,
Omon bo'lsin yangi yilda xalqim butun,
Bir chimdim mehr so'rardim o'zim uchun.
📝Irodaxon Qosimova.
❄️Assalomu alaykum!❄️
❄️Barcha yurdoshlarimni va meni sherlarimni ishtiyoq bilan o'qiydigan sheriyat shaydolarini Kirib kelayotgan #Yangi 2021-yil bilan chin qalbim bilan tabriklab qolaman.
❄️Kimki qanday orzu va niyyat qilgan bo'lsa jamiyki barchasi ushalishini Allohimdan so'rab qo'laman.
❄️Yana bir bora yangi yil bayrami muborak bo'lsin!
Hurmat bilan: #Sanjarbek_Akbarov
#Otam
Bolalikdan meni ko'tarib yurib,
O'g'lonim bor deya maqtanib ishda.
Qo'lida yopinchiq tepamda turib,
Ustimni yopib siz asrardiz qishda.
Orzularim siz deb bo'lmagan armon,
Tutdingiz tilimdan chiqsa qo'limga.
Kasal damda doim yonimda darmon,
Zulmatdan chiroqlar yoqdiz yo'limga.
Hafa qilganimda menga so'z demay,
Sho'x bo'lib yursamda ko'targan har vaqt.
Yurmadingiz ichib doim tunda may,
Otajon Allohdan sizga so'ray baxt.
Ko'chamizdan yig'lab kirsam ovutib,
Men uchun tog'ni ham talqon qilgansiz.
Ro'zg'or tebratay deb alamlar yutib,
Baxtingizni baxtim deya bilgansiz.
Yo'qchilik kelganda yemay yedirib,
Tutdingiz bizlarga bir burda nonni.
Kechayu kunduzlar ishga zep berib,
Xatarga qo'ygansiz biz sabab jonni.
Endi keksayganda siz kuchdan qolib,
Havotir olmang xech axir biz bormiz.
Belingiz bukilib quvvatdan tolib,
Qiynalmang qaraylik duoga zormiz.
Biz uchun yashadiz endi bizga gal,
Jonimiz beraylik siz faqat kuling.
O'zingiz extiyot qiling endi sal,
Duo qilib farzand yonida turing.
✍Sanjarbek Akbarov
Hudoga soldim seni vijdonsiz!
Ne foyda olding qilib tuxmatdan,
Ranjidim menga kelgan kulfatdan,
Balki tug'ilding qora zulmatdan,
Hudoga soldim seni vijdonsiz.
Tuxmatdan qonab qolsachi tiling,
Og'rimas o'zing ranjitib diling,
Essiz ketgan umring, shuncha yiling,
Hudoga soldim seni vijdonsiz.
Dilni og'ritib vayron qil kabang,
Kech bo'lganda sen qilmagin tavbang,
O'tmaydi menga aytilgan nag'mang,
Hudoga soldim seni vijdonsiz,
Ikki dunyoing kuyib ketmasin,
Roziman yuraging jiz etmasin,
Allohga qalb tirnog'ing yetmasin,
Hudoga soldim seni vijdonsiz.
Meni ranchitib baxtiyor bo'lsang,
Iqror bo'lmay sen quvonchga to'lsang,
Javob berasan baribir o'lsang,
Hudoga soldim seni vijdonsiz.
Mayli kechay men senday insondan,
Ayrilma deyman endi iymondan,
Tushuncha olgin sen ham Islomdan,
Hudoga soldim seni vijdonsiz.
Gunohkor ojiz banda qulsan hudoga!
✍Sanjarbek_Akbarov
💔 AZOBLI DUNYO 💔 UYDA QOLING!
Kanalimizga xush kelibsiz 😊 🧿🧿🧿
📚Sherlar
🎥Videolar
📸Rasmlar
🎤Audio manaloglar
✏️Ajoyib hikoyalar
Izladingizmi?
Unda siz to'g'ri kanalga a'zo bo'ldingiz!
@Guli_officiall
Murojaat uchun 👉 @Sherlar_olamiida_gr ga yozinglar👍
/channel/Sherlar_olamiida
#Янги_Йил_Куйи
Янги йил ёқимли куйингни чалгин,
Кутганимдек ўтсин сенинг оқшоминг.
Арча жилоланар, тўкмасин баргин,
Нурга тўлар шу кун сени осмонинг.
Янги йил ёқимли куйингни чалгин,
Дилда қолмасин ғаму, ғуборинг ҳеч,
Қалбга эса гўзал орзулар солгин,
Бир биримиз йўқлашга бўлмасин кеч.
Янги йил ёқимли куйингни чалгин,
Бутун оламга етаклаб орзулар.
Умрбодга ҳамманинг ёдида қолгин,
Осмонда кўринсин рангли ёғдулар.
Янги йил ёқимли куйингни чалгин,
Болалар қувончдан яйрасин кулсин.
Ҳаста диллар дардин бизлардан олгин,
Одамзод ҳам умрбод саломат юрсин.
Янги йил ёқимли куйингни чалгин,
Қийналган кунларни унутайлик биз.
Соғиндик бизлар кузу ёзни балким,
Ўтиб кетди яна ўша олтин куз.
Янги йил ёқимли куйингни чалгин,
Орзу истагимиз жўшиб яйрасин.
Юртимиз тинч бўлсин юртбошим омон,
Аллоҳ паноҳида ўзи асрасин.
✍Иродахон Қосимова
✍Санжарбек Акбаров
Sendek Ayolim bor baxtliman hamon
Bir burda nonidan menga ham tutgan,
G'am yutsam men bilan birga g'am yutgan,
Yo'qchilik kelganda to'qlikni kutgan,
Sendek ayolim bor baxtliman hamon.
Onamga qiziday shirin mexri bor,
Sening bir kulgichingda qanday sexr bor,
Bir bor kulgin menda qolmasin g'ubor,
Sendek ayolim bor baxtliman hamon.
Bir tola sochingni alishmam xurga,
Sen kelgach ostonam to'lganku nurga,
Do'st bo'lib qolibman sabr-u shukurga,
Sendek ayolim bor baxtliman hamon.
Senla g'ururim ham baland tog'lardan,
Sevgimiz ham endi go'zal bog'lardan,
Ne kamimiz bordir qalbi sog'lardan,
Sendek ayolim bor baxtliman hamon,
Bolamni boshingda ko'tarib boqding,
Onamga esa hayo ila yoqding,
Ko'nglimning mexri daryosida oqding,
Sendek ayolim bor baxtliman hamon.
Sen birla taqdirim birlashgan damda,
Ne insonlar yetmay qolgan alamda,
Bu baxtni xech kimsa topolmas shamda,
Sendek ayolim bor baxtliman hamon.
✍Sanjarbek Akbarov
Onamni Sog'inib
Muallif: Sanjarbek Akbarov
Ijroda: Ahmadi Everest
#Musofirchilik...
Vatanimdan ketib, keldim qayerga,
Tirikchilik uchun bordim har yerga,
O'zga yurtda ishlab botaman terga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Migrant degan tamg'a bosildi yuzga,
Bu yerda yoz, bizga o'xshaydi kuzga,
Puling yo'q odamdek ko'rinmay ko'zga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
O'xshamas ekanku hatto palovi,
Kasal bo'lganingda bo'lmas qarovi,
Do'stlar bilan birga yo'q baliq ovi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Yurtimning shu yerda hamma mevasi,
Olib kelar doim RUS ning kemasi,
O'zbeklar bordur lek g'alat shevasi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Issiq nonlarini sog'indim yomon,
Akamdan jonating Ona men tomon,
Ko'nikmoqlik qiyin bo'lyapti hamon,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Sovuqqa ko'nikdim endi na iloj,
O'rmonda uylarni qurarkan yog'och,
O'zin o'ylamagan qolar ekan och,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Oilam sog'inchi qiynadi kunda,
O'ylab yig'laymanku har kuni tunda,
Ne sabab kelgandim, hayronman shunga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Bir uyda o'n kishi yashaymiz birga,
Erkakmi, ayolmi mas'ul kir-chirga,
Gohida o'zimman yugur-yugurga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Bolam tanimaydi hatto o'zimni,
Ekranda ko'rar goh qaro ko'zimni,
Uzoqdan aytaman doim so'zimni,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Ayolimga endi nima deymana,
Uvoliga qoldim o'zim ham mana,
Ey Hudo qaytishga imkon ber yana,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Yo'q bo'ldim qishloqda yaqinim o'ldi,
Sovuqda sog'inchdan sabrim ham to'ldi,
Birinchi reyisda qaytaman bo'ldi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
✍Sanjarbek Akbarov
#Қисқа_Сатрларим
Ҳаёт сени йиғлатганда қил сабр,
Сендаги азоблар бор бизда ҳам.
Баҳтсиз бўлдик ва топмадик қадир,
Сендаги азоб бор ҳар қизда ҳам.
Биз нечун келдик ёруғ дунёга,
Ўзинг қўлга ол заиф ожиза.
Аҳмоқлик қилиб қолма ғавғога,
Кутгил бир куни бўлар мўъжиза.
✍Санжарбек Акбаров
#Онам_
Миллиард ташвишлар она сиздадур,
Беринг мен кўтарай оғир бўлса ҳам.
Ҳатто хаёлингиз баргсиз куздадир,
Ўйламанг осмонда юлдуз сўнса ҳам.
Тиним билмай қолди она қўлингиз,
Ўзингизни ўйланг бир бор, илтимос.
Ёритай онажон борар йўлингиз,
Ярашгай кийсангиз ҳар қандай либос.
Бугун ҳам эрта ҳам доим ҳалаксиз,
Етар, онажоним бўлманг паришон.
Кераксиз инсон, барибир кераксиз,
Қийналсангиз ундан чиқмас ном-нишон.
Дилларда қолмасин бегона туйғу,
Қадрсиз инсонлар топмас қабрини.
Онажоним эмас, ичай мен оғу,
Аммо синамасин дунё сабрини.
Муштифарим бир зум сиз тиним билинг,
Мен ҳам олай энди сизнинг дардингиз.
Меҳрим тутайин сиз юракдан кулинг,
Осмондан баландроқ менга қадрингиз.
Умрим саҳифаси сизга пайваста,
Минглаб зарраларга сочинг аламни.
Ёнингиздаман бўлманг сиз дил хаста,
Сувга чўктиргайман йўқса оламни.
Қаро кўзларимда бир кун кўрмасам,
Бир тийин қадри йўқ сизсиз дунёни.
Ҳар дам ҳолингизни бориб сўрмасам,
Юракда кўрай мен фақат рўёни.
✍Санжарбек Акбаров
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
(Talablariga binoan)
Umr o'tib,yoshga yosh qo'shib,
Hayot karvon o'tib bormoqda.
Gohi qayg'u, goh hayot jo'shib,
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
Qatorlashib yuzda ajinlar,
Sochga qirov asta qo'nmoqda.
Sizga aytsam do'st-u, yoronlar,
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
Yuragimga quvonch to'ldirib,
O'g'il qizim shodon o'smoqda.
Ular uchun g'amni o'ldirib,
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
Muhabbatla yashab yuragim
Baxtdan masrur erkin urmoqda
Bo'lib hamki ishqqa keragim,
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
Qarab munis onam ko'ziga,
Quloq tutib otam so'ziga,
Termulgancha bosgan iziga,
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
Yelkada yuk, qo'limda ro'zg'or,
Hayot suvdek oqib ketmoqda.
Yoshligimga bo'lib intizor,
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
Bobom yurgan so'qmoq yo'llari,
Gilamlarda momom qo'llari,
G'o'r bolalik qani yillari,
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
Umr o'tar vaqt ham g'animat,
Allohgadir bu jon omonat,
Qiling tavba yaqin qiyomat,
Yosh 30 dan o'tib bormoqda.
30 asli umr bahori,
Hayotning eng gullagan chog'i,
Orzular ham so'nmasin hali,
Yosh 30 dan o'tib borsa ham.
📝Irodaxon Qosimova.
Yorijon.
Yorijon shumidi meni sevganing,
Kechalar uhlamay bedor yurganing,
Go'zallarni demay meni deganing
Vafolaring shuncha arzon bo'ldimi?
Shamollardan qizg'onib asrading nega
Sevgingga o'rgatib qiynading nega
Hijron yo'llariga boshlading nega
Sevganlaring shuncha arzon bo'ldimi?
Dilingni ezmasmi judo ayriliq,
Boshimda bormidi ushbu ko'rgulik,
Sevgida bormidi bundayin qiliq,
Mehrilaring shuncha arzon bo'ldimi?
Yurgan ko'chalardan izim izlaysan,
Sabolarga hali sevging so'zlaysan,
Yo'qotganing bilgach qara bo'zlaysan,
Sadoqating shuncha arzon bo'ldimi?
Bir kuni ko'kka qush bo'lib uchsam,
Sovuq tuproqni ushlasam quchsam,
Tushlaringga kirib,seni qo'rqitsam
O'tar umring shunch arzon bo'ldimi?
📝Irodaxon Qosimova
Tilagim.
Aziz qadrdonlarim! Yangi yilda sizlar uchun dunyodagi eng yaxshi tilaklarni tilayman. Umringiz uzoq,tanangiz sog',uyingiz bog',yaqinlaringiz salomat bo'lishsin. Meditsina tilida aytsam,"NOVAKAIN"day iliq,"GLUKOZA"day shirin,"CALSIY XLOR"day qaynoq va jo'shqin hayot tilayman. Ezgu istaklar doimo yo'ldosh bo'lsin deb Irodaxon Qosimova.
Qizg'onaman.
(Oshiq yigit nomasi.)
Mayin sabo esib, soching sekin silab o'tsa
Sho'x yomg'irlar dudog'ingdan asta o'psa.
Hazon barglar to'kilishib yo'ling to'ssa,
Ishon yorim men yonaman,qizg'onaman.
Kipriklaring quchoqlasa ko'z yoshlaring,
Surmalardan ming tovlansada qoshlaring.
So'zlarimdan ba'zan og'risa boshlaring,
Rost sevaman,seni deyman qizg'onaman.
Kulib o'tsang, bir qayrilib qarab ketsang,
Oshiqligim bilib meni g'arib etsang,
Qancha oshiq bor dunyoda senga bilsang,
Ba'zan seni o'zimdan ham qizg'onaman.
📝Irodaxon Qosimova.
#Отам
Болаликдан мени кўтариб юриб,
Ўғлоним бор дея мақтаниб ишда.
Қўлида ёпинчиқ тепамда туриб,
Устимни ёпиб сиз асрардиз қишда.
Орзуларим сиз деб бўлмаган армон,
Тутдингиз тилимдан чиқса қўлимга.
Касал дамда доим ёнимда дармон,
Зулматдан чироқлар ёқдиз йўлимга.
Ҳафа қилганимда менга сўз демай,
Шўх бўлиб юрсамда кўтарган ҳар вақт.
Юрмадингиз ичиб доим тунда май,
Отажон Аллоҳдан сизга сўрай бахт.
Кўчамиздан йиғлаб кирсам овутиб,
Мен учун тоғни ҳам талқон қилгансиз.
Рўзғор тебратай деб аламлар ютиб,
Бахтингизни бахтим дея билгансиз.
Йўқчилик келганда емай едириб,
Тутдингиз бизларга бир бурда нонни.
Кечаю кундузлар ишга зеп бериб,
Хатарга қўйгансиз биз сабаб жонни.
Энди кексайганда сиз кучдан қолиб,
Ҳавотир олманг хеч ахир биз бормиз.
Белингиз букилиб қувватдан толиб,
Қийналманг қарайлик дуога зормиз.
Биз учун яшадиз энди бизга гал,
Жонимиз берайлик сиз фақат кулинг.
Ўзингиз эхтиёт қилинг энди сал,
Дуо қилиб фарзанд ёнида туринг.
✍Санжарбек Акбаров
Ҳудога солдим сени виждонсиз!
Не фойда олдинг қилиб тухматдан,
Ранжидим менга келган кулфатдан,
Балки туғилдинг қора зулматдан,
Ҳудога солдим сени виждонсиз.
Тухматдан қонаб қолсачи тилинг,
Оғримас ўзинг ранжитиб дилинг,
Эссиз кетган умринг, шунча йилинг,
Ҳудога солдим сени виждонсиз.
Дилни оғритиб вайрон қил кабанг,
Кеч бўлганда сен қилмагин тавбанг,
Ўтмайди менга айтилган нағманг,
Ҳудога солдим сени виждонсиз,
Икки дунёинг куйиб кетмасин,
Розиман юрагинг жиз этмасин,
Аллоҳга қалб тирноғинг етмасин,
Ҳудога солдим сени виждонсиз.
Мени ранчитиб бахтиёр бўлсанг,
Иқрор бўлмай сен қувончга тўлсанг,
Жавоб берасан барибир ўлсанг,
Ҳудога солдим сени виждонсиз.
Майли кечай мен сендай инсондан,
Айрилма дейман энди иймондан,
Тушунча олгин сен ҳам Исломдан,
Ҳудога солдим сени виждонсиз.
Гуноҳкор ожиз банда қулсан ҳудога!
✍Санжарбек_Акбаров
Yig'la dil.
Yig'la dil, yurakni zardob qilmasdan,
Jim turib,sukutni ichga yutmasdan.
Vulqonday otginu,sochginhar yoqqa,
Saqlama,o'zingni ado qilmasdan.
Yig'la dil, uyatmay baqirib yig'la,
Dushmanlar dilini bir o'yib tig'la.
Qancha dard ko'rding va qancha alam
Bo'ldi dil ezilmay bir to'yib yig'la.
Yig'la dil, alamlarga qarg'ishlar otib
Chandiqlar qolmasin yurakda qotib,
Bu dunyo o'tkinchi, yolg'onchi asli
Yasha sabolarga ko'z yoshing sotib.
📝Irodaxon Qosimova
#Kutay.
Yorim kel, qulog'ingga bir gap aytay,
Dudog'ingdan bo'sa olib uyga qaytay,
Agar meni chindan sevsang, o'sha qari,
Majnuntol ostida tunda seni kutay.
Faqat shartim, nozlaringni tashlab chiqgin,
Arazlaring, g'amlaringni tashlab chiqgin,
Hovlidagi itingni ham bog'lab chiqgin,
Majnuntol ostida tunda seni kutay.
Akang qancha qovoq uysa ichga yutay,
Otang tayoq otganlaring ho'p unutay,
Onang qo'ling o'pib, so'ngra ko'zga surtay,
Majnuntol ostida tunda seni kutay.
Shirin suhbat qurib tongni bir kutaylik,
Dildan kulib,bor g'amlarni unutaylik,
O'zimizcha yulduzlarga gap otaylik,
Mayli degin umid bilan seni kutay.
✍Irodaxon Qosimova
#Yangi_Yil_Kuyi
Yangi yil yoqimli kuyingni chalgin,
Kutganimdek o'tsin sening oqshoming.
Archa jilolanar, to'kmasin bargin,
Nurga to'lar shu kun seni osmoning.
Yangi yil yoqimli kuyingni chalgin,
Dilda qolmasin g'am-u, g'uboring hech,
Qalbga esa go'zal orzular solgin,
Bir birimiz yo'qlashga bo'lmasin kech.
Yangi yil yoqimli kuyingni chalgin,
Butun olamga yetaklab orzular.
Umrbodga hammaning yodida qolgin,
Osmonda ko'rinsin rangli yog'dular.
Yangi yil yoqimli kuyingni chalgin,
Bolalar quvonchdan yayrasin kulsin.
Hasta dillar dardin bizlardan olgin,
Odamzod ham umrbod salomat yursin.
Yangi yil yoqimli kuyingni chalgin,
Qiynalgan kunlarni unutaylik biz.
Sog'indik bizlar kuz-u yozni balkim,
O'tib ketdi yana o'sha oltin kuz.
Yangi yil yoqimli kuyingni chalgin,
Orzu istagimiz jo'shib yayrasin.
Yurtimiz tinch bo'lsin yurtboshim omon,
Alloh panohida o'zi asrasin.
✍Irodaxon Qosimova
✍Sanjarbek Akbarov
Сендек Аёлим бор бахтлиман ҳамон
Бир бурда нонидан менга ҳам тутган,
Ғам ютсам мен билан бирга ғам ютган,
Йўқчилик келганда тўқликни кутган,
Сендек аёлим бор бахтлиман ҳамон.
Онамга қизидай ширин меҳри бор,
Сенинг бир кулгичингда қандай цехр бор,
Бир бор кулгин менда қолмасин ғубор,
Сендек аёлим бор бахтлиман ҳамон.
Бир тола сочингни алишмам хурга,
Сен келгач остонам тўлганку нурга,
Дўст бўлиб қолибман сабру шукурга,
Сендек аёлим бор бахтлиман ҳамон.
Сенла ғурурим ҳам баланд тоғлардан,
Севгимиз ҳам энди гўзал боғлардан,
Не камимиз бордир қалби соғлардан,
Сендек аёлим бор бахтлиман ҳамон,
Боламни бошингда кўтариб боқдинг,
Онамга эса ҳаё ила ёқдинг,
Кўнглимнинг мехри дарёсида оқдинг,
Сендек аёлим бор бахтлиман ҳамон.
Сен бирла тақдирим бирлашган дамда,
Не инсонлар етмай қолган аламда,
Бу бахтни хеч кимса тополмас шамда,
Сендек аёлим бор бахтлиман ҳамон.
✍Санжарбек Акбаров
🥀Qaydan topay endi senga o'xshashin
Muallif:Sanjarbek Akbarov
Ijroda: Guli