baholashuz | Unsorted

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Subscribe to a channel

Bilimni baholash agentligi

⚡️Turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari ko‘p darajali shaklda o‘tkaziladi

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qaroriga asosan turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari ham ko‘p darajali (multi-level) shaklda o‘tkazilishi belgilandi. Shunga ko‘ra 2025-yildan boshlab Bilimni baholash agentligi tomonidan turk tilidan milliy sertifikat imtihonlari (multi-level) shaklda tashkil etiladi.

📆 Talabgorlar 2025-yil 1-yarmida turk tilidan o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlarining o‘tkazilish jadvali bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.

🖥 Shuningdek, turk tilidan milliy serifikat testining yangi formati, namunaviy test topshiriqlari hamda baholash mezonlari bo‘yicha agentlikning rasmiy veb-sayti orqali ma'lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

2025-yil 2-yanvardagi gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni boshqa kunga ko‘chirildi

📣 2024-yil 23-dekabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi imtihon sanalari e’lon qilingan edi.

🔰 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-452-son qarori bilan 2025-yil 2-yanvar dam olish kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2-yanvar kuni o‘tkazilishi belgilangan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari boshqa kunga ko‘chirildi.

✅ Bunda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida — 2025-yil 4-yanvar kuni;

Samarqand viloyatida — 2025-yil 5-yanvar kuni o‘tkazilishi belgilangan.

Qayd etish kerakki, ushbu o‘zgartirish faqatgina 2025-yil 2-yanvar kuniga rejalashtirilgan gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoniga tegishli bo‘lib, boshqa kundagi imtihonlarda hech qanday o‘zgarish mavjud emas.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari yanvar, mart va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Eslatma:

‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy sertifikat imtihonidan videolavhalar

🇺🇿 2024-yil 21–22-dekabr kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonidan videolavhalar.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2024-yil 21–22-dekabr kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 35,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 11 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📆 Sayyor qabullar o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabullar 2024-yil 20-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi mas'ullari A.Hayitov, Z.Shakarov, A.Baratovlar tomonidan Qashqadaryo, Xorazm va Navoiy viloyatlarida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar viloyatlardagi Prezident xalq qabulxonalarida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabullar davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul
Qashqadaryo, Xorazm va Navoiy viloyatlarida sayyor qabul

📋 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabullar Agentlik direktori maslahatchilari Abduvahob Hayitov tomonidan Qashqadaryo viloyatida, Zohid Shakarov tomonidan Xorazm viloyatida hamda Agentlik huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz boshlig‘i Akmal Baratov tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabullar:

📍20-dekabr kuni soat 11:00 da – Qashqadaryo viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Qarshi shahri I.Karimov (sobiq O‘zbekiston) ko‘chasi 249-uy)da;

📍20-dekabr kuni soat 16:00 da – Xorazm viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Urganch shahri G‘.G‘ulom 1-tor ko‘chasi 6-uy)da;

📍20-dekabr kuni soat 15:00 da – Navoiy viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 41-"A" uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 4-dekabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tillaridan joriy yil 28–29-dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan milliy sertifikat imtihonlari 26–27-dekabr kunlari tashkil etiladi.

‼️ Talabgorlardan test sinovi uchun ruxsatnomalar e'lon qilinganidan so‘ng ruxsatnomada ko‘rsatilgan sanada imtihonda ishtirok etishlari so‘raladi.

‼️ 28–29-dekabr kunlari chet tillaridan imtihonlar o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 23–24-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 29 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 20-dekabrda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

RASMIY MUNOSABAT

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-qarori asosida chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Agentlik tomonidan chet tili sertifikatlari pullanayotgani, tanish-bilishchilik orqali taqdim etilayotgani haqida asossiz xabarlar tarqamoqda. Bilimni baholash agentligi nafaqat chet tilidan sertifikat imtihonlarini o‘tkazish va sertifikat berishda xolislik, adolat va shaffoflikni ta’minlashda o‘z prinsiplariga sodiqligini, har qanday korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarda doim ochiqligini bildiradi.

Shuningdek, chet tilini bilish darajasini baholash sinovining tinglab tushunish va o‘qish qismlari inson omili ishtirokisiz to‘liq avtomatlashtirilgan tartibda tekshiriladi. Yozish va gapirish bo‘limlari uchun berilgan javoblarni tekshirish masofaviy holda elektron platforma orqali amalga oshiriladi hamda tekshiruvchi ekspertlar tasodifiy (random) tanlanadi. Ushbu tartib baholashda inson omili ta’sirini minimallashtirishini ta’kidlaymiz.

Agentlik faoliyatining barcha bosqichlari, jumladan, sinovlar va baholash natijalari jamoatchilikka ochiq bo‘lib, tegishli tartibda nazorat qilinadi.

Agentlik tomonidan tashkil etilib, o‘tkazilayotgan imtihonlarda korrupsiya holatlari kuzatilsa yoki talabgorlar, ularning ota-onalari shunday holatlarga guvoh bo‘lishsa, Agentlikning ishonch telefoniga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Bilimni baholash agentligi imtihonlarni o‘tkazishda xolislik, adolatlilik va shaffoflik tarafdori ekanligini bildiramiz.

Shuning bilan birga, jamoatchilikdan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmasliklarini, bu o‘z navbatida javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ TALABGORLARGA ESLATMA

❇️ Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilgan.

Hozirda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi asosida 9 ta – ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur imtihonlarda belgilangan talabni bajargan talabgorlarga
A+, A, B+, B, C+, C darajadagi sertifikat taqdim etiladi. Bunda:

💯 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💯 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

👉 Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari tasdiqlangan bo‘lib, ushbu fanlar majmuasi ikki qismdan: birinchi qism barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus), matematika, O‘zbekiston tarixi fanlari, ikkinchi qism bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan iborat bo‘ladi. Shu o‘rinda majburiy fanlar blokidagi ona tili fani bo‘yicha test topshiriqlari ta’lim tiliga mos ravishda uch tilda – o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va rus tili bo‘yicha shakllantirilishini ma’lumot sifatida keltirib o‘tish joiz.

❗️Milliy sertifikat imtihonlarida ham o‘zbek tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, rus tili va adabiyot fanlaridan test topshiriqlari alohida-alohida shakllantiriladi va har bir fan bo‘yicha sertifikat beriladi. Ushbu fanlardan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda ta’lim tiliga mos ravishda majburiy fandan maksimal ball, mutaxassislik fanidan maksimal ball yoki maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Guruh nazoratchiligiga tanlov

‼️ Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazorachisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish 6-dekabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi.

👍 Mazkur tanlovda 2024–2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.

🔗 Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ "Ochiq eshiklar" kuni o‘tkazildi

🏢 Bilimni baholash agentligida 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi 102- va 106-son kar va zaif eshituvchilar maxsus maktab-internatining bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdi.

❇️ Tadbir davomida o‘quvchilarga Agentlik faoliyati, test sinovlarini o‘tkazishda shaffoflik va adolatni ta'minlashda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar Agentlikning yopiq rejimda ishlaydigan binosidagi ish jarayonlari bilan tanishishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Maktab bitiruvchilari oliy ta'lim tashkilotlariga kirishda fanlar majmuasidagi majburiy fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini ham sinab ko‘rishdi va natijalari shu kunning o‘zida ularga taqdim etildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

⏳ 2024-yil 4-dekabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

✅ Unda talabgorlarning o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

🖥 Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 1-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika, fizika, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

📣
Ma’lumki, 2024-yil 6-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi.

✅ Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan 2025-yil 6-7-yanvar kunlari suhbat o‘tkaziladi.

📱 Nomzodlar suhbat kuni, joyi hamda vaqtini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga birinchi tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va suhbatda ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

‼️Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtiriladi.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/32

Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 26–27-dekabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 2-yanvardan 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-12-23

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 23-dekabrdan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 23-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 23–25-dekabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

🔰 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorining ikkinchi va uchinchi ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan.

📆 Shu maqsadda 2024-yil 17-dekabr kuni Bilimni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

🎓 Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan 68 nafar talabgorning 64 nafari ishtirok etdi.

✅ Unda talabgorlarning chet tillari, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi.

📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 21–22-dekabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2024-yil 16-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 322 nafar talabgor ishtirok etdi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Apellatsiya natijalari

📣 2024-yil 2-3-noyabr kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 28-noyabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, komissiyasi qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limida Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ 8-DEKABR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN

Bilimni baholash agentligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan muborakbod etadi. Bosh qomusimiz xalqimiz farovonligi, ularning tinch-omonlikda hayot kechirishlari uchun mustahkam poydevordir.

❇️ O‘zbekiston xalqiga bayram qutlug‘ bo‘lsin!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Bilimni baholashga agentligi tomonidan chet tillaridan joriy yil 28–29-dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan milliy sertifikat imtihonlari 26–27-dekabr kunlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

‼️ Talabgorlardan imtihonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda o‘zgarishni inobatga olishlari so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Diqqat TANLOV!

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq ona(o‘zbek) tili va adabiyot fanidan A+ va A darajali sertifikatga ega bo‘lgan fan mutaxassislarini Bilimni baholash agentligi tanlov asosida jamoatchi (tashqi) ekspertlikka taklif etadi.

Murojaatlar 12-dekabrga qadar qabul qilinadi.

👉 Batafsil: /channel/tashqi_ekspertlar_tanlov_guruhi

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2024-yil 4-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 236 nafar talabgor ishtirok etdi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel