baholashuz | Unsorted

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Subscribe to a channel

Bilimni baholash agentligi

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Akademik va harbiy-akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi

👍 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar, “Temurbeklar maktabi”, Jaloliddin Manguberdi nomidagi, “Yosh chegarachilar” hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi harbiy-akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 24–25-iyul kunlari o‘tkazildi.

✍️ Test sinovlari ikki smenada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida maxsus jihozlangan katta sig‘imli binolarda tashkil etildi.

🧑‍🎓 Test sinovlarida 57 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.

🧾 Test sinovi tartib-qoidalarini buzgani uchun 27 nafar talabgor jarayondan chetlatildi.

📲 Natijalar belgilangan tartibda hisoblanib, tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

O‘NINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 23-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ESLATMA! Ertaga akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanadi

Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
🟢birinchi smena soat 9:00 da;
🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud, sanasi hamda vaqti har bir abituriyentning ruxsatnomasida ko‘rsatilgan.

❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

#Qabul2025 #Imtihon

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Oliy ta’limga qabul: kecha va bugun

“Avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asoslangan qabul jarayonidagi eng so‘nggi o‘zgarishlar, yangilangan mexanizmlar, soddalashtirilgan imtihon, shuningdek, bu yilgi superyangiliklar haqida mutaxassislar fikri, real raqamlar va faktlar tahlili “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Tahlilnoma” dasturida muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Test sinovlari davom etmoqda!

Bugungi kunda test sinovlari barcha abituriyentlar uchun qulay sharoitlarda o‘tkazilmoqda.

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

OLTINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Test sinovlari davom etmoqda!

Bu testlar nafaqat bilim, balki iroda, sabr va halollik imtihonidir. Xuddi film qahramonlari kabi, har bir abituriyent ham bugun o‘z “chinori” ostida qaror qilmoqda – men kimman, va kim bo‘lishni xohlayman?

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

BESHINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#kvota2025 #davlat_buyurtmasi

Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:

🔸Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,

🔹Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.

Shuningdek:

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta,

Xorijdagi vatandosh yoshlarga – 30 ta,

Xotin-qizlar uchun – 4 000 ta grant belgilandi.

Qabul parametrlarining taqsimoti:

▪️Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,

▪️Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,

▪️Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.

Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.

Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

UCHINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

IKKINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#OʻqishniKoʻchirish #OʻtishBallari

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda👆

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Hurmatli abituriyentlar!

Taqiqlangan buyumlar bilan test hududiga kirish QAT'IYAN MAN QILINADI!

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Barchangizga omad!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🎓 2025-yilgi test sinovlari bugundan boshlandi!

📍 Testlar belgilangan joy va vaqtda, qat’iy tartib asosida o‘tkazilmoqda.
✅ Eslatmalar:
▪️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va testga kirish ruxsatnomasi bo‘lishi shart
▪️ Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin kelish tavsiya etiladi
📎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga omad tilaydi!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#tanlov2025 #Abituriyent2025

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

💻 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

🧑‍🎓 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

✒️ Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

✍️ Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

👍 Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#foydali

Huquq fanini o‘rganish uchun qulay va zarur kanal

❗️Sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar bo‘lmoqchimisiz?

🔰Huquq fani bo‘yicha qo‘shimcha darsliklar, o‘quv dasturlar va qo‘llanmalarga ega bo‘lishni istaysizmi?

Bunda sizga telegram ijtimoiy tarmog‘idagi HUQUQ TA’LIMI kanali yordam beradi.

Shuningdek, kanalda turli huquqiy munozaralar, podkastlar va savol-javoblar ham muntazam e’lon qilib boriladi.

Kanalga ulaning va sohangizga oid foydali bilimlarga ega bo‘ling!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

TO‘QQIZINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🟦🟦🟦

📢 SAT imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda "College Board" tashkiloti bilan hamkorlikda SAT imtihonlari tashkil etilmoqda.

🗓 Imtihon sanalari:
🗓 2025-yil 23-avgust
🗓 2025-yil 13-sentyabr
🗓 2025-yil 4-oktyabr
🗓 2025-yil 8-noyabr
🗓 2025-yil 6-dekabr
🗓 2026-yil 14-mart
🗓 2026-yil 2-may
🗓 2026-yil 6-iyun

🗺 Imtihon quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
1.  Farg‘ona
2.  Namangan

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil: USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

☎️ (95) 515-68-68

📨 @IlmiyMarkazUz

✍️ SAT imtihonida omad tilaymiz!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

SAKKIZINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

YETTINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Test sinovlari davom etmoqda!

🎓 Minglab yoshlar bugun orzular sari bir qadam yaqinlashmoqda. Har bir javob, har bir daqiqa – mehnat, sabr va umidning mevasidir.

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:

1️⃣ my.edu.uz platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;

2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

#Qabul2025 #AkademikLitsey #Ruxsatnoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Test sinovlari davom etmoqda!

Abituriyentlar uchun muhim kunlar!
Bugun ham sinovlar qizg‘in davom etmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

TO‘RTINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI

📆 2025-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#munosabat

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga yordam ko‘rsatilmoqda

2025-yil 15-iyul kuni 2-smenada Sirdaryo viloyatida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligining binosida bo‘lib o‘tgan test sinovida Muzaffarxon I.Q. 9-guruhda test sinovlarini topshirdi.

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan integratsiya orqali real vaqt rejimida olingan ma'lumotga asosan mazkur abituriyent nogironligi bo‘lgan shaxs toifasiga kiritilganligi aniqlangan.

🔸 Test jarayonida abituriyentning o‘ng qo‘lida muammo (qaltirash) mavjud bo‘lgani sababli, javoblar varaqasini mustaqil ravishda belgilashda qiyinchilik yuzaga kelgan. Shuning uchun guruh nazoratchisi tomonidan abituriyentga doirachalarni bo‘yashda amaliy yordam ko‘rsatildi.

🔸 Ushbu yordam test sinovi o‘tkazilayotgan guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi asosida, Bilimni baholash agentligi vakillari va nazoratchilar ishtirokida, shaffoflik va xolislik tamoyillariga rioya qilingan holda amalga oshirildi.

Bu kabi insonparvarlik yondashuvi test sinovlari jarayonining teng va adolatli tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_2025

BIRINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI

📆 2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

✅ Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan;

👨🏻‍💻 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

❗️ Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Izoh: O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Bugun hayotidagi eng muhim kunlardan birini boshdan kechirayotgan abituriyentlar — o‘z yo‘lini, kelajagini tanlamoqda.
Biz esa bu muhim jarayonni yoritishda davom etamiz.

Quyida – test sinovlaridan jonli kadrlar.

Videodan o'zingizni topdingizmi?

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Hurmatli abituriyentlar!

Ertadan barcha hududlarda 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi.

✅ Test sinovlari har kuni ikki smenada:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📝 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.