🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda
✅ Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
📅 Test sinovlari 21-fevralga qadar davom etadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⭕️⭕️⭕️
⚠️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✅ “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🗓 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 18-fevraldan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
✅ Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 17-fevral kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚠️ Yozish ko‘nikmasi bo‘yicha diagnostik test sinovi endi yanada qulayroq!
😎 Chet tillari (🇺🇸 ingliz, 🇸🇦 arab, 🇹🇷 turk) dan yozish ko‘nikmasi bo‘yicha til bilish darajasini aniqlash uchun endilikda Bilimlarni baholash agentligiga borishingiz shart emas!
Talabgorlarga qulayliklar:
✅ Istalgan vaqtda, istalgan joydan, internet orqali testni topshirishingiz mumkin.
📱 Telefonda yoki kompyuterda yozib, topshiriqni yuboring.
➡️ USTIGA BOSING
🤖 Natijalarni 48 soat ichida olasiz!
👍👍 Yozma ishlar Bilim va malakalarni baholash agentligining sertifikatga ega bo‘lgan ekspertlari tomonidan baholanadi.
💰 Test narxi: 25 000 so‘m
🔽 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
➡️ USTIGA BOSING
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
Munosabat
Ma’lumki, 25–26-yanvar kunlari kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda talabgorlar tomonidan turli munosabatlar bildirildi. Shundan kelib chiqqan holda Bilimni baholash agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Talabgorlarga umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan tartibga solinadi.
Mazkur qarorning 3-bandiga asosan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat ta’lim standartlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan va savollar talabgorlarning bilim darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Test topshiriqlari fan ekspertlarining ijod mahsuli hisoblanadi va u darsliklar emas, balki o‘quv dasturlari asosida shakllantiriladi.
Pedagogik o‘lchovlar nazariyasiga ko‘ra faqat qiyinlik darajasi past bo‘lgan test topshiriqlari bilan talabgorlarning bilim darajasini baholashning imkoni mavjud emas. Shu sababli nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham bilim darajasi maqsadga muvofiq bo‘lgan meʼyorda - turli qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari bilan aniqlanadi. Bundan tashqari standartlik va qiyinlik darajalari meʼyorini taʼminlash uchun test variantlarida test topshiriqlari spetsifikatsiya asosida dasturda qamrab olingan mavzular va qiyinlik darajalari bo‘yicha taqsimlanadi.
Xususan, biologiya hamda kimyo fanlaridan qisqa javobni talab etuvchi ochiq test, kengaytirilgan javobni talab etuvchi ochiq test (ya’ni yozma ish), yopiq test topshiriqlaridan foydalanilgan.
Test tuzuvchilar test topshiriqlarini kiritayotganda bu topshiriqlarni bajarish uchun qanday ko‘nikmalar (malakalar, kompetensiyalar) ishga solinishi lozimligini tahlil qilishadi, bu ko‘nikmalar testning maqsadi bilan qay darajada mos ekanligiga baho berishadi.
Xorij tajribasini o‘rganish hamda aprobatsiya natijalarini hisobga olgan holda kimyo va biologiya fanlaridan milliy test sinovi tizimi uchun test spetsifikatsiyasi qayta ishlab chiqildi va Bilimni baholash agentligining 2024-yil 24-dekabrdagi 9-son Ilmiy-metodik kengashida tasdiqdan o‘tkazildi.
Yozma ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt me’yorlari xorij tajribasini o‘rganish hamda aprobatsiya natijalarini hisobga olgan holda (3 ta yozma ish uchun 80 daqiqa) belgilangan.
Test sinovi natijalari Rash modeli asosida ilmiy tahlil qilinadi, tahlil natijalariga ko‘ra test topshiriqlarini takomillashtirish, Rayt xaritasiga ko‘ra test variantida har bir qobiliyat darajasiga mos test topshiriqlari mavjud bo‘lishi yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur takliflar Bilimni baholash agentligining Ilmiy-metodik kengashida muhokama qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida test topshiriqlari qayta ishlanadi. O‘tkazilgan har bir milliy sertifikat imtihonidan so‘ng talabgorlarning test natijalari tahlil qilinadi va tahlil natijalari agentlikning rasmiy veb-saytida talabgorlar diqqatiga havola qilinadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun tanlov
📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.
✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.
2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.
📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⭕️⭕️⭕️
🇺🇸 Ingliz tili fani bo‘yicha faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!
🫵 Sizlarni 31-yanvar kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan vebinarda ishtirok etishga taklif qilamiz.
📖 Mavzu:
TOEFL iBT: test formatining tuzilishi, tayyorgarlik vositalari va ro‘yxatga olish jarayoni.
ℹ️ Bu nima uchun muhim?
TOEFL iBT - Ingliz tilini bilish darajasini aniq o‘lchaydigan xalqaro imtihondir.
TOEFL iBT - zamonaviy standartlarga asoslangan bilim darajasini aniqlash vositasi.
TOEFL iBT - xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatidan joy olgan.
Ushbu vebinarda talabalarni mazkur imtihonga samarali tayyorlashni o‘rganishga yordam beradi.
🎁 Sizni nima kutmoqda:
✅ TOEFL iBT tuzilmasi haqida batafsil tushuntiriladi;
✅ Tayyorlash uchun foydali manbalar va vositalar beriladi;
✅ Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish haqida bosqichma-bosqich ma'lumotlar beriladi;
✅ Savollaringizga javoblar olasiz;
🕑 Vaqti: 31-yanvar 15:00 (Uzbekistan time) 3:00 PM
📍 Format: Onlayn
Bu talabalarga yangiliklarni taklif qilishni istagan barcha professor-o‘qituvchilar uchun zo‘r imkoniyatdir.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi ETS EMEA Event, State Test Center, January 31, 2025
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Mazkur e'lon bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot
📚 Oxford Test of English va Oxford Test of English Advanced:
✅ Afzalliklari:
• test natijalari dunyodagi nufuzli universitetlar va ish beruvchilar tomonidan qabul qilinadi.
• CEFR darajalarini qamrab oladi:
o Oxford Test of English: A2, B1, B2 darajalarini;
o Oxford Test of English Advanced: B2 va C1 darajalarini baholaydi.
• Moslashuvchan test: test har bir ishtirokchining bilim darajasiga moslashadi, bu esa yanada aniq natijalarni beradi.
• Tezkor va qulay: test sinovi 2 soat davom etadi va uni yil davomida Agentlikda istalgan vaqtda topshirish mumkin.
📝 Formati:
• Listening (Tinglab tushunish)
• Reading (O‘qib tushunish)
• Writing (Yozish)
• Speaking (So‘zlashish)
🏢 Qaysi tashkilot tomonidan tashkil etiladi?
Oxford Test of English va Advanced versiyasi Oxford University Press tomonidan ishlab chiqilgan va butun dunyo bo‘ylab tan olingan.
🌟 Nega bu testni tanlash kerak?
• CEFRga mos ravishda qamrab oluvchi darajalar.
• natijalar ishonchli va tezkor.
• moslashuvchan va arzon narxda.
📖 Tayyorlanish uchun qo'shimcha resurslar:
• namuna testlar: Demo testlar va tayyorlanish resurslari
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar olish maqsadida test sinovlarida ishtirok etmoqdalar.
👉Qoraqalpog’iston Respublikasi
👉Toshkent shahri
👉Andijon viloyati
👉Qashqadaryo viloyati
👉Samarqand viloyati
👉Farg’ona viloyati
👉Surxondaryo viloyati
👉Namangan viloyati
👉Navoiy viloyati
👉Xorazm viloyati
👉Sirdaryo viloyati
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 2025-yil 25–26-yanvar kunlari kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 25 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 14 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazildi
📆 Joriy yil 23-yanvar kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi.
📍Test sinovlarida ishtirok etgan nomzodlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha imtihon topshirdi.
✅ Test sinovi natijalari belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#sertifikat_natija
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#intervyu
#harbiy_xizmatchi
✍🏼 Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Sirdaryo tumanida joylashgan harbiy qism askarlari uchun test sinovi o‘tkazildi.
👨🚀 Mazkur test sinovida ishtirok etgan oddiy askar Saidov Samandar o‘zining fikrlarini bildirdi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#TV 🔴 JASLAR TV / "QARAQALPAQSTAN ONLINE" (НДТК)
Нукус гарнизонида муддатли ҳарбий хизматчилар тест синовларини топширгани ҳақида лавҳа
Эфир 21.01.2025 й.
Каналга уланиш учун шу ерга босинг
🟢 Telegram: /channel/mudofaa_shimoliy
⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda
✅ Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
📅 Test sinovlari 21-fevralga qadar davom etadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi va “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
➡️ Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences) ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
TOEFL iBT - Ingliz tilini bilish darajasini aniq o'lchaydigan xalqaro imtihondir.
TOEFL iBT - zamonaviy standartlarga asoslangan bilim darajasini aniqlash vositasi.
TOEFL iBT - xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxatidan joy olgan.
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallar va yo‘riqnomalar bilan tanishish www.ets.org sayti orqali amalga oshiriladi.
✍️ Test o‘tkazish kuni - 15-fevral soat 14-00 da bo‘lib o‘tadi.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
📖 Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo‘yicha test topshiriqlalini shakllantirish o‘quv dasturi asosida malaka oshirish kurslari
📖 Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo'yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🗓 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, darslar 18-fevraldan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Malaka oshirish kursida mashg‘ulotlar test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy shaklda o‘zbek tilida o‘tkaziladi.
✅ Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda A+ va A darajadagi Milliy sertifikatga talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
😎 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 17-fevral kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda
✅ Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
📅 Test sinovlari 21-fevralga qadar davom etadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2025-yil 19-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 20-yanvardan 31-yanvarga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.
👨🏻🎓 Unda 11 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
❕ Izoh: Test sinovi natijalari 7-fevralda e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda
✅ Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
📅 Test sinovlari 21-fevralga qadar davom etadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda
✅ 2025-yil 20-yanvardan barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlangan edi.
📌 Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
📚 Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshirig‘i berilmoqda.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⭕️⭕️⭕️
🏢 BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY - O‘QUV AMALIY MARKAZI TOMONIDAN “OXFORD TEST OF ENGLISH” HAMDA “OXFORD TEST OF ENGLISH ADVANCED” XALQARO IMTIHONLARI TASHKIL ETILMOQDA
👤 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Oxford Test of English” hamda “Oxford Test of English Advanced” imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
🔎 Ma’lumot uchun: Oksford ingliz tili imtihonlari dunyoning bir qator nufuzli ta’lim muassasalari tomonidan, xususan, Oksford universiteti tomonidan tan olingan adaptiv test hisoblanadi. Adaptiv test (moslashuvchan test) – bu nomzodning javoblariga qarab savollarning darajasini moslashtiruvchi baholash usuli. Bu imtihon nomzodlarga o‘z bilim darajasini aniqroq baholash imkonini beradi.
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish my.uzbmb.uz sayti “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 10-fevral soat 10:00 ga qadar davom etadi.
🖥 Imtihon 20-fevral kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy, Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.
✅ “Oxford Test of English” hamda “Oxford Test of English Advanced” imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga “Oxford University Press” tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
❗️Ushbu sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar jahonning nufuzli OTMlarida tahsil olishlari mumkin!
💰 Imtihon topshirish narxi - 1 300 000 so‘m.
🔽 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
➡️ USTIGA BOSING
🔽 Test namunalari:
➡️ Oxford Test of English Advanced
☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Milliy sertifikat imtihoni jarayonlaridan videolavhalar
🇺🇿 2025-yil 25–26-yanvar kunlari kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni jarayonlaridan videolavhalar.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2024-yil 26-dekabrdan 2025-yil 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27–29-yanvar kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari yanvar, mart va may oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Eslatma:
‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2025-yil 12-yanvar kuni turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 13-yanvardan 22-yanvarga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.
❕ Izoh: Test sinovi natijalari 29-yanvarda e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Ахборот 24 | Тестовые испытания военнослужащих срочной службы
#22jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
https://uza.uz/uz/posts/askarlar-imtiyozli-tavsiyanoma-uchun-test-sinovlarini-topshirmoqda_679707
Читать полностью…