🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!
📢 Hurmatli talabgorlar!
Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:
📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 21-aprelgacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 my.uzbmb.uz/ilmiy-service
💰 To‘lov havolasi:👉 payme.uz to‘lov sahifasi
💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m
📊 Natijalar: 24 soat ichida e'lon qilinadi.
🇺🇸 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!
📚 iTEP diagnostik test:
👉 https://www.iteptest.com/preview
🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi
✅ 2025-yil 14-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.
📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.
🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✅ Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 2025-yil 12–13-aprel kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 39 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 11 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
✅ Mazkur fandan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📆 Sayyor qabul o‘tkazildi
😎 Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
🗓Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 11-aprel kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkazildi.
✅ Ushbu tadbir Navoiy viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida tashkil etildi. Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid ma'lumotlar taqdim etildi hamda fuqarolarning savollariga batafsil javob berildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📚 Bugun - Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun!
🗓 10-aprel 1894
Bugun o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, roman janrining asoschisi, nodir iste’dod egasi Abdulla Qodiriy dunyoga kelgan kun!
✍️ U “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” kabi durdona asarlari bilan o‘zbek adabiyotida yangi sahifa ochgan. Qodiriy ijodida millat, erk, muhabbat va halollik kabi ulug‘ tushunchalar o‘z aksini topgan.
🕊 U 1938-yilda hayotdan erta ketgan bo‘lsa-da, uning ma’naviy merosi hanuz xalq yuragida yashab kelmoqda.
📖 Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining otasi!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Sayyor_qabul
Navoiy viloyatida sayyor qabul
📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi direktor maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkaziladi.
✅ Sayyor qabul 11-aprel kuni soat 15:00 da – Navoiy viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 41a-uy)da bo‘lib o‘tadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📚 ONLAYN DIAGNOSTIK TEST — Endi test topshiriqlarini elektron shaklda – onlayn ishlang va natijangizni darhol bilib oling!
🏢 Universitetga kirish testlariga tayyorlanyapsizmi? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat mavjud!
📤 Endi abituriyentlar diagnostik test materiallarini elektron shaklda olishlari, test topshiriqlarini onlayn yechishlari va javoblarini darhol tekshirishlari mumkin!
🖥 Xizmat qanday ishlaydi?
✅ Rasmiy platformaga kirib ro‘yxatdan o‘ting: https://my.uzbmb.uz/
✅ Test fanlarini tanlang va diagnostik testni yuklab oling
✅ Javoblaringizni tizim orqali avtomatik tekshirib, natijangizni bilib oling
Nega bu test sizga foydali?
🎯 Test savollarining shakli va murakkabligi haqidagi real tasavvurga ega bo‘lasiz.
🧠 Bilimingizni baholaysiz va qaysi yo‘nalishlarda tayyorgarlikni kuchaytirish kerakligini aniqlaysiz.
🏫 Universitetga kirish testlarining formati bilan tanishasiz.
📈 Imkoniyatlaringizni oshirasiz!
💡 Kimlar uchun?
• Abituriyentlar
• Universitetga tayyorlanayotgan o‘quvchilar
• Repetitorlar bilan shug‘ullanayotganlar
• Test savollarini oldindan ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan barcha
🕐 Foydalanishga oson, qulay va istalgan vaqtda onlayn!
🏢 @IlmiyMarkazUz
#Ovozli_chat
Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat
📆 Ertaga (9-aprel kuni) soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2025-yil 5-6-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 31,7 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 27 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari 2025-yil 2-mayda e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇺🇸🇺🇸🇺🇸 😊😊😊
Chet tilini (🇺🇸 ingliz, 🇸🇦 arab, 🇹🇷 turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi
✅ 2025-yil 14-aprel kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan tashkil etiladigan chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi
🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
🗓 Ro‘yxatga olish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
⏳ To‘lov qilish muddati — 07-aprel soat 10-00 ga qadar.
✍️ Test o‘tkazish kuni — 14-aprel.
🤖 Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.
👥 MOCK guruhi @mockbba
☎️ (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
#Sayyor_qabul
📆 Sayyor qabul o‘tkazildi
😎 Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
🗓Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 4-aprel kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazildi.
✅ Ushbu tadbir Jizzax viloyat xalq qabulxonasida tashkil etildi. Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid ma'lumotlar taqdim etildi hamda fuqarolarning savollariga batafsil javob berildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat
Chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat
📆 Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat 5-6 aprel kunlari o‘tkaziladigan chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etishdi va savollarga javob berildi.
#Ovozli_chat
Chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat
📆 Ertaga (4-aprel kuni) soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat 5-6 aprel kunlari o‘tkaziladigan chet tilidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari yakunlandi
📆 2025-yil 24-martdan 1-aprelga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
📝 O‘quv-seminar mashg‘ulotlari guruh nazoratchiligiga 2-tanlovga ro‘yxatdan o‘tgan (2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar) nomzodlar uchun har kuni 2 smenada tashkil etildi.
✅ Unda guruh nazoratcihligiga 2-tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning 6,2 ming nafardan ziyodi ishtirok etdi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
"Олдимизда минтақамизни нафақат барқарор, балки фаровон маконга айлантириш учун тарихий имконият турибди". Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанддаги "Марказий Осиё - Европа Иттифоқи" биринчи саммити олдидан "Euronews"га берган эксклюзив интервьюси.
—
"Перед нами стоит исторический шанс сделать наш регион не только устойчивым, но и процветающим". Эксклюзивное интервью Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Euronews" в преддверии первого саммита "Центральная Азия - Европейский Союз" в Самарканде.
—
"We are facing a historic chance to make our region not only sustainable but also prosperous". Exclusive interview of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to Euronews on the eve of the first “Central Asia - European Union” summit in Samarkand.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#sertifikat_natija
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2025-yil 15–16-mart kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️
⚡️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi
🆔 2025-yil 14-apreldan 🧑🔬 kimyo, 🌓 fizika, 🏛 tarix, 🌱 biologiya, ➕ matematika va 🌎 geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi.
✍️ Ro‘yxatga olish 20-aprel 23:59 ga qadar davom etadi.
❗️21-aprel – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.
🗓 Test sinovlarini 3-4-, 24-25-may kunlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Test sinovining aniq sanasi, joyi va vaqti ruxsatnoma orqali ma’lum qilinadi
❗️ DIQQAT! Test sinovining aniq sanalari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Ichki ishlar vazirligi tizimidagi xodimlarning bilimi sinovdan o‘tkazildi
🇺🇿Davlat boshqaruv akademiyasida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari, tashkiliy boshqarma boshlig'ining o‘rinbosarlari hamda ichki ishlar akademiyasi magistratura tinglovchilari uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahalla jinoyatchiligini barvaqt oldini olish hamda energetik xavfsizlikni ta'minlash faoliyatini samarali tashkil etish mavzularida o‘quv-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.
⚖️ 2025-yil 12-aprel kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘quv-amaliy seminar yakuni bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
💻Test sinovi kompyuterda elektron shaklda o‘tkazilib, talabgorlar o‘z natijalarini shu zahotiyoq bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#imtihon_video_lavha_1
📹 5-6-aprel kunlari o‘tkazilgan chet tili imtihonlarining yozma qismidan video lavhalar
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi
✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.
🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 10-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👨🏭Test sinovlarida jami 513 nafar talabgor ishtirok etdi.
🚫Test sinovlaridan jami 5 nafar talabgor tartib qoidalarni buzgani uchun chetlatildi.
❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Ovozli_chat
Milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat
📆 Bugun soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ovozli chat o‘tkazildi.
✅ Ovozli chat 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va ishtirokchilarning savollariga javob berdi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🌐 TOEFL iBT va GRE testlari ETS tashkilotining rasmiy test markazi – Ilmiy-o‘quv amaliy markazida!
📣 Rasmiy ETS hamkorligi asosida! Promo kod orqali $30 chegirma bilan test topshiring!
💎 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi dunyo miqyosida tan olingan — TOEFL iBT va GRE testlarini o‘tkazish bo‘yicha ETS (Educational Testing Service) bilan rasmiy hamkorlik qilmoqda.
👑 TOEFL IBT testini topshirish to‘lov miqdori ETS tashkiloti tomonidan 195 AQSh dollari etib belgilangan. Lekin ro‘yxatdan o‘tish jarayonida markazning UZB1013101 promo kodini kiritish orqali siz 30 AQSh dollari miqdorida chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin.
🟢 Promo kod: UZB1013101
🗺 Test markazi: Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and Educational Practical Center under The Agency for Assessment of Knowledge and Competences)
Nega aynan TOEFL iBT va GRE?
🌍 TOEFL iBT — AQSh, Kanada, Yevropa va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi 11 500+ universitetda tan olinadi.
🎓 GRE — magistratura va doktorantura bosqichiga kirishda talab etiladigan yetakchi test.
✅ Testlarni markazimizda qulay, zamonaviy sharoitda, rasmiy va xavfsiz muhitda topshirasiz.
Ilmiy-o‘quv amaliy markaz sizga taklif qiladi:
• ETS tomonidan akkreditatsiyalangan test markazi
• Malakali texnik ko‘mak va koordinatorlar
• Bepul ro‘yxatga olish bo‘yicha maslahat (@bba_ilmiy_markaz)
• Chegirmali promo kod orqali tejamkor imkoniyat
________________________________________
💎 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: (@bba_ilmiy_markaz)
🏢 @IlmiyMarkazUz
#test
Milliy test tizimida ekspertlik, imtihonlar va malaka oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar!
🧑🔬 Kimyo fanidan ekspert sifatida ishlash imkoniyati
🔶 Ona tili va adabiyot fanidan tashqi ekspert sifatida ishlash imkoniyati
🇹🇷 Turk tilidan jamoatchi (tashqi) ekspert sifatida ishlash imkoniyati
🌱 Biologiya fanidan ekspert sifatida ishlash imkoniyati
⚠️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
❗️ TOEFL iBT va GRE imtihonlari
🇺🇸 iTEP imtihoni
😎 Attanal Alarabi imtihoni
🔷 Chet tilini (ingliz, arab, turk tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi
🇺🇿 Ona tili va adabiyot fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha ) repetitsion test sinovi
Bizni kuzating
Tuman (shahar) prokurorlarining bilimi sinovdan o‘tkazildi
🇺🇿2025-yil 1-5-aprel kunlari Davlat boshqaruv akademiyasida tuman (shahar) prokurorlari uchun o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi.
⚖O‘quv-seminari jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanishda yangicha yondashuvga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosini taʼminlash hamda nazoratni amalga oshirishni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda yurtimizning barcha hududlaridan 230 nafardan ziyod tuman (shahar) prokurorlari ishtirok etdi.
🧑💻2025-yil 5-aprel kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan seminarda ishtirok etgan tuman(shahar) prokurorlari uchun o‘quv-seminari yakuni bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
💻Test sinovi kompyuterda elektron shaklda o‘tkazilib, talabgorlar o‘z natijalarini shu zahotiyoq bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Profilaktika ishlari olib borilmoqda
2025-yil 5-aprel Agentlikning my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Shu sababli 5-aprel kuni 11:00 dan 15:00 gacha my.uzbmb.uz saytida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.
⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇹🇷 Turk tilidan jamoatchi (tashqi) ekspert sifatida ishlash imkoniyati‼️
🎙 “Turk tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🗓 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 22-apreldan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
⏳ Unda tinglovchilarga turk tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
✅Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan (portfolio)
✅Turk tilidan C1 darajasidagi sertifikatga ega (Milliy sertifikat yoki TYS)
✅Oliy ta'lim diplomiga ega
(Filologiya va tillarni o'qitish(turk tili), Lingvistika (turk tili), Adabiyotshunoslik (turk), Tarjima nazaryasi va amaliyoti (turk tili), Sinxron tarjima (turk tili), Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (turk) yo'nalishlari yoki shunga tenglashtirilgan va tan olingan xalqaro diplom) talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
#Sayyor_qabul
Jizzax viloyatida sayyor qabul
😎 Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
🗓 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkaziladi.
✅ Sayyor qabul 4-aprel kuni soat 14:00 da – Jizzax viloyat Xalq qabulxonasi (Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 117-uy)da bo‘lib o‘tadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Milliy test tizimida Biologiya fanidan ekspert sifatida ishlash imkoniyati
🧬 Biologiya fanidan bilim darajasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi!
👤 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 11-aprel kuni Zoom platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etiladi.
📚 Kurs mazmuni:
⏳ Tinglovchilarga Biologiya fanidan test topshiriqlarni shakllantirish, ochiq test topshiriqlarini hamda yozma ishlarni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
✅ Malaka oshirish kursini MUVAFFAQIYATLI tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimlarni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
✅ Ilmiy-o‘quv amaliy markazida Biologiya fanidan malakasini oshirgan fan mutaxassislaridan kurs yakunida portfolio, mutaxassislik bo‘yicha diplom, hamda Milliy sertifikat (B, B+, A yoki A+ daraja) talab qilinadi.
🎯 Kimlar qatnashishi mumkin?
✅ Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan, jamiyat va Vatan rivojiga hissa qo‘shishga chin dildan intilgan, fidoiy pedagoglarni kutib qolamiz.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-aprelga qadar my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
📞 Murojaat uchun: (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️imtihonning yozma qismi — 5-6-aprel kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/Chet-tili-04-01-4
❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
⚠️Talabgorlarni imtihon o'tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube