🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
🌙Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmatli yurtdoshlar!
🌙 Bilim va malakalarni baholash agentligi siz azizlarni ulug‘ va qutlug‘ bayram — Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!
🕋 Bayram har bir xonadonga fayz-u baraka, sog‘lik, tinchlik va totuvlik olib kelsin!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#sertifikat_natija
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝2025-yil 23-24-25-may kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📌 Qashqadaryo viloyatida chet tilidan gapirish imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!
🗓 2–5 va 9–10-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan chet tilidan gapirish imtihonlari boshqa binoga ko‘chirildi.
📍Yangi bino:
Qarshi davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti” binosi, 2-qavat (sobiq Qarshi axborot texnologiyalari kolleji)
📫 Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 226-uy
📌 Mo‘ljal: "Nasaf" markaziy stadioni
📍 Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/rnTWX9z1VUuh6Et68
‼️ Talabgorlar binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtda yetib kelishi lozim. Boshqa hududlarda binolar bo‘yicha o‘zgarishlar mavjud emas.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📢 6-iyun kuni gapirish sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!
📅 2025-yil 6-iyun Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilindi.
🎙 Shu munosabat bilan 6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari quyidagi sanalarga ko‘chirildi:
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi – faqat 13-iyun kuniga;
✅ Namangan viloyati – 9-12-iyun kunlariga;
✅ Farg‘ona viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
✅ Buxoro viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
✅ Xorazm viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
✅ Surxondaryo viloyati– faqat 13-iyun kuniga;
✅ Qashqadaryo viloyati– faqat 10-iyun kuniga;
✅ Samarqand viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
✅ Toshkent shahri – faqat 10-iyun kuniga;
📍Talabgorlar gapirish imtihonini topshirishi uchun belgilangan kunlardan birida ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqt va manzilga kelishi lozim!
❗️Bu faqat 6-iyun kuniga tegishli bo'lib, boshqa kunlari imtihon topshiruvchilarda hech qanday o'zgarishlar mavjud emas.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#natija_chet_tili
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!
📢 Hurmatli talabgorlar!
Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:
📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-iyungacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 my.uzbmb.uz/ilmiy-service
💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m
📊 Natijalar: 24 soat ichida e'lon qilinadi.
🇺🇸 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!
📚 iTEP diagnostik test:
👉 https://www.iteptest.com/preview
🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi
📆 2025-yil 1-iyun (yakshanba) kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.
📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.
❗️ Talabgorlarni kiritish 8:30 dan 9:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi. 9:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi
✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.
🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 27-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👨🏭Test sinovlarida jami 469 nafar talabgor ishtirok etdi. 3 nafar talabgor tartib-qoidalarni buzganligi uchun chetlatildi.
❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🤩🙇♂️
Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 57,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 35 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Izoh: Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
SAT imtihonlari Agentlikda tashkil etiladi.
✅ Joriy yilning 22-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda “College Board” tashkiloti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
🔰Memorandum doirasida SAT imtihonlarini respublikaning barcha hududlarida tashkil etish hamda xalqaro ta’lim standartlarini yaxshilashga qaratilgan seminarlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.
🌐 Bu hamkorlik natijasida mamlakatimizdagi talabgorlar o‘z qobiliyatlarini xalqaro darajada namoyon etish, dunyo miqyosidagi oliy ta’lim muassasalariga yo‘l ochish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube
⚡️ Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi
✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.
❕ Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
📅 Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 22-may kuni to‘xtatiladi.
❗️ Qabul qilingan buyurtmalar 27-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 3-iyungacha qabul qilinadi va 5-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
✍️ Chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonidan video-lavhalar
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
📅 23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 11:00 dan 12:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 12:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 3-smena uchun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. (3-smenada soat 16:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
📅 24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 12:30 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
❔ Хусусий секторга ўтказилиши таклиф этилаётган давлат функциялари ва хизматлари юзасидан сўровнома
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 27 февралдаги “Хизматлар соҳаси барқарор ривожланиши учун қулай шарт-шароитлар яратишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-78-сонли қарорининг 5-иловаси, 14.3-бандида хусусий секторга ўтказилиши таклиф этилаётган давлат функциялари ва хизматлари юзасидан сўровнома ўтказилмоқда.
📃Функция (хизмат)лар рўйхати
❓ Сўровнома ҳаволаси
Мазкур сўровномада фаол иштирок этишингизни сўраб қоламиз. Сизнинг фикрингиз биз учун муҳим!
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🙇♂️🤩🙇♂️
Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2025-yil 12-may kuni geografiya va 13-may kuni fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 10,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Izoh: Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
👍👍👍👍👍🕸
2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlandi
📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.
📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.
2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.
🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini , kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!
📢 Hurmatli talabgorlar!
Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:
📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-iyungacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 my.uzbmb.uz/ilmiy-service
💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m
📊 Natijalar: 24 soat ichida e'lon qilinadi.
🇺🇸 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!
📚 iTEP diagnostik test:
👉 https://www.iteptest.com/preview
🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube
Maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon bo‘lib o‘tdi
✅ 2025-yil 1-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) o‘tkazildi.
📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi va unda 2,4 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.
⏳ Maxsus psixologik tanlovda talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 40 daqiqa vaqt berildi.
📝 Yozma imtihon esa audiomatn asosida diktant shaklida o‘tkazildi.
💯 Maxsus psixologik tanlovda ham, yozma imtihonda ham maksimal ball 100 ballni tashkil etadi. Imtihon natijalari tekshirib bo‘linganidan so‘ng, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga taqdim etiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#sertifikat_natija
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2025-yil 3–4–5-may kunlari kimyo va biologiya hamda 12-may kuni geografiya va 13-may kuni fizika fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan At-tanal Al-Arabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda!
🇸🇦 At-tanal Al-Arabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihon hisoblanadi.
🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:
💻 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-iyungacha
💰 Imtihon narxi: 1 547 000 so‘m
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: USTIGA BOSING
🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube
🚒 "Dolzarb 30 kun" doirasida yong‘in xavfsizligi mashg‘uloti!
🔻 20-maydan 20-iyunga qadar mamlakatimiz bo‘ylab yong‘in xavfsizligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan "Dolzarb 30 kun" tadbirlari davom etmoqda.
🧯 Bugun ushbu tashabbus doirasida Bilimni baholash agentligida amaliy yong‘in o‘chirish mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlarga o‘t o‘chirgichdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi hamda real sharoitda mashq bajarildi.
👨🚒 Tadbir yong‘in xavfsizligini oshirish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini kuchaytirish maqsadida muhim qadam bo‘ldi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#sertifikat_natija
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2025-yil 19–20-aprel kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩
🌐 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi
🗓 2025-yil 26-may kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.
🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✅ Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.
➡️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot
🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot
📱 /channel/NostrifikatsiyaBBA
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Sayyor_qabul
Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 23-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Nurmatov Javlonbek Abdunabiyevich tomonidan Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi bo‘limi binosida o‘tkazildi.
📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan chet tili va umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar va yangiliklar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
🔰 Sayyor qabulga tashrif buyurgan o‘qituvchilar, yoshlar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Sayyor_qabul
Sirdaryo viloyatida sayyor qabul
📋 Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi direktor maslahatchisi Nurmatov Javlonbek Abdunabiyevich tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi.
✅ Sayyor qabul 23-may kuni soat 15:00 da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tadi.
📍Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi, Viloyat arxivi, Guliston davlat pedagogika instituti
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#maxsus_imtihon
⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tilidan maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 14-may kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi.
Maxsus imtihonda ishtirok etgan 103 nafar talabgorlarning:
5 nafari - C1 darajadagi
40 nafari - B2 darajadagi
41 nafari - B1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishdi. Shuningdek,17 nafar talabgor sertifikat talabini bajarishmadi.
👨🏻💻 Maxsus imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇺🇸🇺🇸🇺🇸
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2025-yil 17–19-may kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Malaka imtihoni talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 47,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 161 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun malaka imtihonidan chetlatildi.
🎤 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).
Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 20-iyunda e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🇺🇸🇺🇸🇺🇸
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2025-yil 14–16-may kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi. Unda talabgorlar fransuz, arab, nemis, pushtu, hindiy, koreys va dariy tillaridan tinglab tushunish, o‘qish hamda yozish ko‘nikmalari bo‘yicha sinovlarda qatnashdi.
📍 Malaka imtihoni talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 7 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun malaka imtihonidan chetlatildi.
👍 Chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari 17–19-may kunlari davom etadi.
🎤 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).
Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 20-iyunda e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#maxsus_imtihon
⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tili imtihoni o‘tkazildi
📆 2025-yil 14-may kuni ko‘zi ojiz shaxslar uchun alohida format asosida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari ham talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida o‘tkazildi.
💻 Maxsus imtihonda ishtirok etadigan ko‘zi ojiz shaxslar uchun yordamchi (assistent)lar biriktirildi.
🎧 Imtihon tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini baholashga asoslangan bo‘lib, respublika bo‘yicha jami 106 nafar talabgor ushbu maxsus imtihonda ishtirok etdi.
Izoh: Maxsus imtihon natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 21-mayda e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
“Farovon oila sari” shiori ostida tadbir о‘tkazildi
👍 2025-yil 12-may kuni “Farovon oila sari” shiori ostida “Yangi О‘zbekistonning ibratli oilasi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari doirasida tadbir tashkil etildi.
👩👩👦 Agentlikning Xotin-qizlar qо‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti a’zosi G.Babajanovaning oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi masalalari hamda bu borada har bir inson mas’uliyatli bo’lish muhim ekanligi xususidagi ma’ruzasi yig‘ilish ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.
🧠 Shuningdek, ayni jarayonning mazmuniy davomi sifatida o‘tkazilgan 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oilamga ehtirom” loyihasi doirasida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-psixologik trening ham ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube