eduuz | Unsorted

Telegram-канал eduuz - Edu.uz

115316

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/

Subscribe to a channel

Edu.uz

Konservatoriyada ijodiy imtihonlarga tayyorgarlik holati o‘rganildi

4-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

Sh. Daliyev Konservatoriya rektori Kamoliddin Urinbayev hamrohligida imtihonlar o‘tkaziladigan auditoriyalar, texnik jihozlar, abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oshxona va tibbiyot punkti faoliyati bilan tanishildi.

Kasbiy imtihonlar jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, abituriyentlarning bilim va qobiliyatini baholashda xolislikni kuchaytirish maqsadida imtihonlarni onlayn tarzda kuzatish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘rganish yakunida Sh.Daliyev abituriyentlar va ularning yaqinlariga yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Dayjest #Dolzarb_90kunlik
#01-04.07.2025

“Dolzarb 90 kun” doirasida – ilm, ijod va tashabbus ruhi!


Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida talabalar va yoshlar uchun turli ilmiy-amaliy, ijodiy va tashkiliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

🔹Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔹Qoʻqon davlat universiteti;

🔹Andijon davlat universiteti;

🔹“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

🔹O‘zMU Jizzax filiali;

🔹TATU Urganch filiali;

🔹Buxoro davlat texnika universiteti;

🔹Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔹Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔹O’zbekiston Sharda universiteti;

🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔹Namangan davlat pedagogika instituti;

🔹Buxoro davlat universiteti;

🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti;

🔹O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🔹O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

🔹Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔹Namangan davlat texnika universiteti;

🔹Guliston davlat pedagogika instituti;

🔹Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti;

🔹TDIU Samarqand filiali;

🔹Andijon davlat tibbiyot instituti;

🔹Namangan davlat chet tillari instituti;

🔹SamDU Urgut filiali;

🔹TDTU Olmaliq filiali;

🔹Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

🔹SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

🔹Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🔹Andijon davlat chet tillari instituti;

🔹Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

🔹Jizzax politexnika instituti;

🔹Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;

🔹Urganch davlat universiteti;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;

🔹Toshkeht tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

🔹TKTI Yangiyer filiali;

🔹Nukus davlat pedagogika instituti;

🔹Toshkent davlat agrar universiteti;

🔹Urganch davlat pedagogika instituti;

🔹Andijon davlat pedagogika instituti;

🔹Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🔹Osiyo xalqaro universiteti;

🔹Termiz davlat universiteti;


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#maqola

Ma’rifatga asoslangan yuksalish sari


“Xalq so‘zi” gazetasining bugungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Maʼrifatga asoslangan yuksalish sari” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish
👉PDF shaklini yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Yozgi ta’til davomida 1500 dan ortiq yoshlar “Dolzarb 90 kun” dasturiga jalb etildi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida 12 turdagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularga 450 dan ortiq talaba va o‘quvchi jalb qilindi. 1-iyundan beri o‘tkazilgan sport, ijodiy va ma’naviy tadbirlarda esa 1500 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

#Jarayon #Dolzarb90kun #TopshiriqIjrosi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Sirdaryo tuman politexnikumi bitiruvchilari “Asaka Motors” zavodida ish faoliyatini boshlaydi

Sirdaryo tuman politexnikumining “Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 30 nafar bitiruvchiga diplom topshirish marosimi “Asaka Motors” avtomobil zavodida o‘tkazildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi. Ta’kidlash joizki, mazkur bitiruvchilar o‘quv jarayonining ishlab chiqarish amaliyotini aynan ushbu korxonada o‘tashgan va amaliy ko‘nikmalarni egallagan.

Bugungi kunga kelib, ular “Asaka Motors” zavodida doimiy ish faoliyatini boshlamoqdalar. Bu esa ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining samarali natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Mazkur tashabbus kasbiy ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy ifodasidir. Shu orqali bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyor holda yetkazish hamda ularning bandligini ta’minlashga erishilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

💵 “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlar tanlovi

📌 Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Davlatlararo kengash shafeligida, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa hamkor davlatlar prokuratura idoralari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” nomli yoshlar o‘rtasidagi xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilindi.

👥 Tanlovda 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha davlatlar fuqarolari qatnashish huquqiga ega.

✔️Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

➡️Eng yaxshi plakat – kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan holda.
➡️Eng yaxshi rasm – qo‘lda chizilgan ijodiy ish, A3 formatda, hajmi 15 MB dan oshmagan.
➡️Eng yaxshi video – mp4 formatda, 3840x2160 pikseldan ortiq bo‘lmagan, hajmi 300 MB gacha.

🏅Tanlov g‘olib va sovrindorlari tanlov ramzlari tushirilgan faxriy medallar, esdalik sovg‘alari, elektron sertifikat va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.

🗓 Tanlovga arizalar joriy yining 1-oktabrigacha qabul qilinadi.
🌐 Ariza yuborish: www.anticorruption.life

➡️ Ishtirokchi ariza namunasi

➡️ Batafsil tanlov nizomi

📣 Barchani ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” kursining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

3-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kursining 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Marosimda “Mirzo Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi Oqil Salimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, ushbu kursga 60 nafar iqtidorli talaba qabul qilingan bo‘lib, ular oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan va tanlov asosida saralangan edi.

Kurs davomida talabalar raqamli tahlil sohasidagi zamonaviy metodologiyalarni o‘rganib, davlat va xususiy sektor uchun amaliy ahamiyatga ega loyihalarda ishtirok etdilar.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu tayyorlov kursi 2023-yil 19-maydagi hukumat qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, raqamli savodxon yosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qonunchilik_yangiliklari

B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning lavozim maoshlariga 100 foizgacha oylik ustamalar toʻlanishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga davlat oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori qabul qilindi.


🌐Unga koʻra:

◀️ oliygohlarda xorijiy tillar boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning chet tilida maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun lavozim maoshlariga 100 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanishi mumkin (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno);

▶️ dotsent lavozimiga bir muddatga qabul qilingan professor-oʻqituvchilarga mos ravishda “Dotsent” boʻlimida nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari to‘lanishi belgilandi;

◀️oliygohda faoliyat yuritayotgan boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan oshmasligi belgilandi.

🖇 Shuningdek, talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan, biroq BHMning 3 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi.

☑️Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida jamoat transporti bekatlariga yaqin boʻlgan litsey, texnikum va oliy taʼlim tashkilotlarining boʻsh turgan maydonlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari o‘qitish uchun tadbirkorlik subyektlariga oʻquv markazlarini tashkil etish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolari orqali tanlov asosida ijaraga beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

📣 O‘zbek tilini o‘rganish endi yanada oson, qulay va bepul!

📱 “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan “O‘zbekistonlikmiz” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Bu o’zbek tilini yanada mukammal organishga ko’maklashuvchi, ko’plab darslik va oquv materiallarini oz ichiga olgan bepul mobil ilova.


Ilovadan barcha vatandoshlarimiz istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

Ilovani yuklab olish:
📱 Play market
📱 App store

🌐 Platforma orqali o‘rganish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

📹 Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

📹 60 dan ortiq hujjat imzolangan O‘zbekiston va Ozarbayjon oliygohlari rektorlari I forumidan videolavha (28–29.05.2025-y.)

#Videofakt #XalqaroHamkorlik #RektorlarForumi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Dolzarb90Kun

O‘zbekiston – yoshlar mamlakati!

1-iyul kuni Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy-texnik kvalifikatsiyalar instituti tomonidan Qibray tumanida yashovchi maktab o‘quvchilari, uyushmagan yoshlar hamda institut talabari uchun “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida ommaviy ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 400 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Unda sport turlari bo‘yicha musobaqalar, karaoke tanlovi hamda kibersport bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Bayram davomida O‘zbekistondagi Belarus madaniyati markazi vakillari o‘zlarini badiiy chiqishlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladilar.

Marosim so‘ngida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Bok-u shahriga keldi.

Poytaxtdagi Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Dasturga muvofiq, bugun Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga malaka toifalarini berish yo‘lga qo‘yildi


💬Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 29-maydagi 202-son buyrugʻi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (raqami – 3635). Mazkur buyruq bilan Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


Nizomga ko‘ra:

◀️ishlab chiqarish taʼlimi ustalari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʻyicha nazariy va amaliy imtihonlar orqali attestatsiyadan oʻtkaziladi;
▶️ta’lim ustalari attestatsiyada qayd etgan natijalariga qarab ularga birinchi va ikkinchi malaka toifalari beriladi;
◀️taʼlim ustalari oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin. Bunda, attestatsiyadan oʻta olmagan taʼlim ustalarining malaka toifasi tushirilmaydi va ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi;
▶️malaka toifasi ko‘tarilgan ishlab chiqarish ta’lim ustalarining oylik ish haqlari oshiriladi.

✔️Quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

🟠ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lganlar;
🟠pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga egalar;
🟠homilador ayollar;
🟠homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar;
🟠uch yoshgacha bola parvarishida bo‘lgan ayollar;
🟠uzoq davolanishni o‘tayotganlar;
🟠respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilganlar va h.k.


✔️Quyidagi taʼlim ustalarining malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan bir pog‘onaga oshiriladi:

🟢Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar;
🟢“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;
🟢Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlaganlar;
🟢respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlaganlar.


💠 Attestatsiyadan oʻtish har yili 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

⭐️Malaka toifasini attestatsiyasiz oshirish istagidagi taʼlim ustalari pedagog.edu.uz platformasi orqali so‘rovnomalarni mustaqil to‘ldiradilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#QonunchilikYangiliklari

TAQUda “Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

🔰 Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.

🗓 2025-yil 1-sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

✔️Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:

⚫️har oyda 1 marotaba 7–9-sinf o‘quvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida o‘qitadi;

⚫️o‘quvchilarning Universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishlarini ta’minlaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
#abituriyent   #qabul2025

🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Edu.uz

#Natija #Kasbiy_ta’lim

Oʻzbekistonlik texnikum o‘quvchilari ilk bor Germaniyada amaliyot o‘taydi


Oʻzbekistonda ilk bor turizm yo‘nalishidagi texnikum o‘quvchilari xorijda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Jumladan, Toshkent shahri, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi turizm texnikumlarining iqtidorli o‘quvchilaridan iborat 15 kishilik guruh Germaniya Federativ Respublikasining Sankt-Peter-Ording shahridagi mehmonxonalarda yozgi amaliyotni boshlamoqdalar.

Kelishuvga muvofiq, 2025-yilning iyul oyida 7 nafar, avgust oyida esa 8 nafar texnikum o‘quvchisi Germaniyada yozgi amaliyot o‘tashi belgilangan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/66059

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#diqqat_tanlov

Hujjatlar qabuli shu oyda yakunlanadigan tanlovlar ⬇️


📥 Xalqaro reyting va indekslarni birga tadqiq etamiz!
Muddat: 10.07.2025

📥 Farmatsevtika yo‘nalishidagi amaliy loyihalar tanlovi
Muddat: 15.07.2025

📥 “O‘zbekiston-Rossiya” xalqaro qo‘shma tanlovi
Muddat: 15.07.2025

📥 Seysmologiya sohasidagi muammolarni birga hal qilamiz!
Muddat: 16.07.2025

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Hujjatlar qabuli Avgust oyining 1-sanasida yakunlanadigan tanlovlar⬇️


📥 Elektrotexnika sohasidagi innovatsion loyihalar tanlovi
Muddat: 01.08.2025

📥 Davlat maqsadli dasturi tanlovi
Muddat: 01.08.2025

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | innovation.gov-uz">YouTube

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik mustahlamlanmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ispaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassalari ishtirokida tashkil etilgan hamkor universitetlar sammiti doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Barselona universiteti, Lleida universiteti vakillari bilan bir qatorda mamlakatimizdagi 10 ga yaqin oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari va xalqaro hamkorlik yo‘naliahiga mas’ul vakillar ishtirom etdi.

Davra suhbatida TDIU rektori T. Teshabayev, Toshkent davlat tibbiyot universtiteti rektori Sh. Boymurodov, Toshkent kimyo texnologiya universiteti rektori B. Usmonov, Toshkent Xalqaro universiteti rektori Jun Yong Wook, Toshkent kimyo xalqaro universiteti rektori K.Ahmedjonov, Urganch RANCH texnologiya universiteti rektori J.Otajonov taqdimot qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/65910

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

2025-yil 3-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Barselona universiteti prorektori Raul Ramos Labo, Lleida universiteti prorektori Antoni Granollers Saltiveri hamda Urganch RANCH texnologiya universiteti rektori Jur’atbek Atajonov ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda o‘quv dasturlari yo‘nalishlaridagi istiqbolli tashabbuslarni muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/65867

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Oliy taʼlim tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2025-yil 3–9-iyul kunlari “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etmoqda. Bugun malaka oshirish kursining ilk mashg‘ulotlariga start berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/65839

#malaka_oshirish #matbuot_kotiblari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qonunchilik_yangiliklari

Shuningdek, ushbu qaror bilan hukumatning 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Jumladan:

Endilikda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari mavjud boʻlgan ilmiy va taʼlim tashkilotlari har yili 2 marta (iyun-dekabr) izlanuvchilar faoliyatini ichki monitoring qiladi.

Doktorantlar tayanch doktorantlar yoki doktoranturadan chetlatilishi boʻyicha bir qator talablarga qoʻshimchalar kiritildi:

oʻz arizasiga muvofiq;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
yakka tartibdagi rejalarini bajarmaganda;
ilmiy yoki taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini tizimli (uch yoki undan ortiq) ravishda buzganda;
sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinganda;
hisobotlarni belgilangan muddatda taqdim etmaganda;
dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilish talabini buzganda.


Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va oʻqishga qayta tiklanmaydi.

Bunda doktoranturadan monitoring natijalari boʻyicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.

Ammo ilmiy yoki taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini buzgani uchun oʻqishdan chetlatilgan shaxslar oʻqishga qayta tiklanmaydi.

Shu bilan birga, yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun toʻlanadigan haq toʻxtatiladi.

Bunda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning rahbarlari hamda konsultantlari bir yil muddatga ilmiy rahbarlik qilishdan chetlashtiriladi.

Monitoringga koʻra tegishli ixtisoslik boʻyicha dissertatsiyalarni belgilangan muddatlarda himoya qilmagan izlanuvchilar (ketma-ket uch nafar va undan ortiq) aniqlangan taqdirda, ushbu oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutining faoliyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining qaroriga muvofiq har yili mart oyida toʻxtatiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Munosabat #PrezidentTashrifi #Ozarbayjon

📹Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi tafsilotlari va munosabatlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#IlmFan #etirof

Buxoro davlat texnika universiteti “Yashil Yevroosiyo” xalqaro iqlim tanlovida 1-o‘rinni egalladi

Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi 26–27 iyun kunlari Belorusiyada Xalqaro Yevroosiyo iqtisodiy sammiti doirasida tashkil etilgan “Yashil Yevroosiyo” xalqaro iqlim tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Universitet taqdim etgan “Yog‘och va sellyuloza materiallar uchun foto va termobarqaror polimerlar” loyihasi “Barqaror iqlimli shaharlar va infratuzilmalar” nominatsiyasida eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hujjatlar_almashinuvi

🇺🇿O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildilar.

📜 Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

✔️Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025–2029-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";

✔️Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

✔️Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

✔️2025–2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;

✔️2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;

✔️2025–2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;

✔️2025–2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

✔️Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

✔️Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Sh.Mirziyoyev: Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan


2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev “Zagulba” qarorgohida tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

Prezidentlar ko‘p qirrali hamkorlik barcha darajalarda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar. Jumladan, yaqinda Andijonda ilk bor rektorlar forumi tashkil etilib, 60 dan ortiq shartnoma imzolangani ham alohida qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu galgi davlat tashrifi va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi nishonlanayotgan yilda o‘tayotganini alohida ta’kidladi.

- Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan,

dedi O‘zbekiston yetakchisi.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #muzokara

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#TalabaMinbari

Konservatoriya talabalari Yevropaning nufuzli sahnasida chiqish qildi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talaba va bitiruvchilaridan iborat O‘zbekiston davlat simfonik orkestri Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan mashhur “Smetana Hall” konsert zalida musiqiy dastur bilan ishtirok etdi.

Konsertda O‘zbekiston xalq artisti, konservatoriya rektori Kamoliddin Urinbayev boshchiligidagi simfonik orkestr hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Maxsus fortepiano kafedrasi mudiri Madina Fayziyeva ishtirok etdi.

Tinglovchilarga A. Dvorjak, S. Raxmaninov, P. I. Chaykovskiy kabi jahon bastakorlarining mashhur asarlari taqdim etildi. 1200 dan ortiq tomoshabinni qamrab olgan “Smetana Hall”dagi ushbu konsert tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining tarkibini asosan konservatoriyaning iqtidorli talabalari va bitiruvchilari tashkil etadi.

Ularning katta sahnadagi bunday ishtiroklari yosh ijrochilar salohiyatini namoyon etish, professional tajriba orttirish hamda xalqaro maydonda o‘zbek musiqasini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Eʼtirof

Vazirlik axborot xizmati respublikada TOP-3 talikda

“O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovining uchinchi bosqichi sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ikki guruh: respublika bosqichiga yetib kelgan davlat organlari va hokimliklar hamda hududiy tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari beshta shart bo‘yicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra “Respublika tashkilotlari va hokimliklar axborot xizmatlari” yo‘nalishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar 1-iyul kuni AOKA tomonidan beshinchi bor o‘tkazilgan “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi milliy konferensiya ochilish marosimida tantanali taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#QonunchilikYangiliklari

“Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi

🔰 Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi. Ekotizim doirasida har yili:
✔️hamkorlik qilayotgan qurilish sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinadi;
✔️talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi 20 ta g‘oya” tanlovi e’lon qilinib, saralab olinadi;
✔️g‘olib loyihalar bo‘yicha laboratoriyalarda tadqiqotlar o‘tkazilishi ta’minlanadi.

➡️Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHMning 35 baravari miqdorida moliyaviy rag‘batlantiradi.

🗓 2025-yil 1-sentyabrdan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yo‘nalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#QonunchilikYangiliklari

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta’lim tizimi samaradorligi oshiriladi

“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Universitet faoliyatida erishiladigan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

✔️dual ta’lim shaklini to‘liq joriy qilish orqali ta’lim jarayonlarining amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash;

✔️ilmiy salohiyatni eksport qilish doirasida 2028-yil yakunigacha Universitet brendini shakllantirib, xorijiy davlatlardan kamida 1 000 nafar talabani jalb qilish.

🗓2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘qitishning dual ta’lim shakli joriy etiladi.

✔️ Dual ta’lim dasturi kredit-modul tamoyili asosida quyidagilarda o‘tkaziladi:
⚫️1-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;

⚫️2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel