Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/
Universiada-2025: Najmiddin Qosimxojiyev bronza medalini qo‘lga kiritdi
2025-yil 21-iyul kuni Germaniyaning Reyn-Rur shaharlari va Berlinda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada doirasida o‘tkazilgan taekvondo bahslarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi, milliy terma jamoamiz a’zosi Najmiddin Qosimxojiyev 74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Sportchimiz kuchli raqiblarga qarshi shiddatli bahslar olib borib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Najmiddin Qosimxojiyevni ushbu xalqaro sport maydonidagi yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi.
Yangi zafarlar, mustahkam iroda va bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlari Ginnes rekordi yo‘lida!
🇺🇿Yangi O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati! O‘zbek yoshlari yangi tarix, yangi rekord yaratish uchun maydonga tushishga shay!
📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!
📣Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!
Agar siz:
⏺Texnologiyaga qiziqsangiz
⏺ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
⏺ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan Siz uchun!
➡️Ro‘yxatdan o‘tish: missiya.edu.uz
2️⃣ Muddat: 25-iyulgacha!
📰 Ginnes — maqsadimiz. Texnologiya — yo‘limiz. Birdamlik — kuchimiz!
Bizni kuzating
📢 Navbatdagi ochiq muloqotga oz fursat qoldi
Biznes yuritishda muammolarga duch kelyapsizmi yoki takliflaringiz bormi? Sizni eshitishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz! Har bir ovoz biz uchun muhim.
Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan navbatdagi ochiq muloqoti doirasida o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
👍 Murojaatlaringizni quyidagi usullarda yuborishingiz mumkin:
📞 1094 yoki 1100 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.
👍 “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi orqali yozing.
Operatorlarimiz kecha-yu kunduz faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bizni kuzating
6-kun natijalari e’lon qilindi
2025-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Natijalarni 4 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani olish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).
2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Agentlikning quyidagi telegram botlariga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉 @bmba_natija_bot
👉 @bmba_natija_1bot
👉 @bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqamini yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).
Bizni kuzating
Test sinovlari davom etmoqda!
🎓 Minglab yoshlar bugun orzular sari bir qadam yaqinlashmoqda. Har bir javob, har bir daqiqa – mehnat, sabr va umidning mevasidir.
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Universiada-2025: O‘zbekiston terma jamoasi kuchli oltilikda
Germaniyaning Reyn-Rur shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Rhine-Ruhr 2025” yozgi Universiadasi jahon yoshlar sport hayotidagi eng yirik va nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. Unda 150 davlatdan 8500 nafardan ortiq talabalar-sportchilar ishtirok etmoqda. Ushbu katta sport bayramida O‘zbekiston terma jamoasi ham faol qatnashmoqda.
Yurtimiz sharafini 18 ta oliy ta’lim muassasasidan 53 nafar talaba-sportchi himoya qilmoqda. Ular Universiada doirasidagi 11 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etyapti.
O‘zbekiston 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan hozirgacha jami 6 ta medal to‘plab, umumiy hisobda 6-o‘rinni egallab turibdi. Bu yurtimiz yoshlari xalqaro maydonda tobora o‘z o‘rnini topayotganini, ularda yuksak salohiyat, intilish va iroda borligini yana bir bor namoyon etmoqda.
Mamlakatimizda yoshlar sportini rivojlantirish, sport infratuzilmasini mustahkamlash va xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotganini bu natijalar yaqqol ifoda etmoqda.
Universiada musobaqalari hali davom etmoqda va yurtimiz sportchilari oldida yana yangi imkoniyatlar ochiq. Biz ulardan yangi g‘alabalar va muvaffaqiyatli natijalarni kutib qolamiz.
Bizni kuzating
⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:
1️⃣ my.edu.uz platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;
2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
#Qabul2025 #AkademikLitsey #Ruxsatnoma
Bizni kuzating
#XUSHXABAR
O‘zbekiston delegatsiyasi Reyn-Rur-2025 yozgi Universiada o‘yinlarida ilk OLTIN medalni qo‘lga kiritdi!
2025-yilgi Reyn-Rur (Germaniya) yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Quvonarlisi, ushbu yutuq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Taxmina Ikromova hissasiga to‘g‘ri keldi.
Gimnastika yo‘nalishida ishtirok etgan sportchimiz bugun yakkalik bahslarda (obruch) 29,850 ball to‘plab, musobaqaning ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Bungacha T.Ikramova yakkalik koʻpkurash bahslarida kumush medalga sazovor boʻlgandi.
Bu muvaffaqiyat — nafaqat Taxminaning shaxsiy yutug‘i, balki yurtimiz yoshlari, xususan talabalarimiz uchun katta ilhom manbai sanaladi. Mazkur g‘alaba sportchilarimizni yanada ulkan maqsadlar sari ruhlantiradi.
💐Vazirlik jamoasi nomidan Taxmina Ikromovani ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusi faoliyatida yanada katta zafar va yutuqlar tilaymiz.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda.
Bizni kuzating
Eslatma: OTMlarda grant o‘rinlarini qayta taqsimlashda ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tmoqda!
Hurmatli talabalar! Davlat grantlari asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun OTM veb-saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!
🎓 Ta’lim grantlari turlari:
1️⃣ To‘liq ta’lim granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
2️⃣ To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti
🟢To‘lov-kontraktning 50% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya berilmaydi
🟢GPA: 3,5 va undan yuqori
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
3️⃣ Qo‘shimcha davlat granti
🟢O‘qitish xarajati 100% Davlat budjetidan qoplanadi
🟢Stipendiya beriladi
🟢GPA: 4,0 va undan yuqori
🟢Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20-iyulgacha
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
4️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti granti
🟢GPA: 3,3 dan 4,0 gacha
🟢Grant miqdori OTM tomonidan belgilanadi
🟢Faqat moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar talabalari ishtirok etadi
❗️Ro‘yxatdan o‘tish: OTM veb-sayti orqali
Ro‘yxatdan o‘tishda faollik ko‘rsating va OTM e’lonlarini doimiy kuzatib boring!
📎Batafsil ma’lumot: OTM rasmiy sahifasi yoki @eduuz kanalida.
Bizni kuzating
#xushxabar
BuxDU talabasi dovrug‘i dunyoga yoyildi: Oltin medal – O‘zbekiston uchun!
🥇Vengriyaning Paksh shahrida dunyoning 5 qit’asi 38 davlatidan kelgan 500 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan "Paks Junior European Cup 2025" dzyudo bo‘yicha musobaqasida BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 2-bosqich talabasi Dilshodbek Hamroyev -66 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo'ldi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi Dilshodbek Hamroyevni ushbu g'alaba bilan muborakbod etadi!
Bizni kuzating
#Qabul2025
Joriy yil xotin-qizlar uchun 4000 ta grant o‘rni ajratiladi
Prezident farmoyishiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;
🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
🔸 davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan hamda talabalar qabulini davlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini;
🔸 davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etuvchi oliy ta’lim tashkilotlarining takliflariga asosan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #bakalavr
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
Bizni kuzating
Germaniyadan yana bir xushxabar!
Yozgi Universiada oʻyinlari doirasida suzish boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqalarda Eldorbek Usmonov kumush medalni qoʻlga kiritdi.
18-iyul kuni u 50 metrgacha batterflyay usulida suzish yo’nalishida 23.33 soniyalik natija bilan finalda ikkinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
17-iyul kuni hamyurtimiz O'zbekistonning yangi rekordini oʻrnatib, finalga chiqqan edi.
🥈 Terma jamoamiz a’zosini munosib natija bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzating
📣Abituriyentlar diqqatiga!
Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!
💡Bu dastur sizga nima beradi?
✔️100 foiz grant asosida ta’lim olish
✔️ Xalqaro darajadagi kasb egasi bo‘lish
✔️ Buyuk Britaniyada amaliyot o‘tash
✔️ 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom
✔️ Yevropa, Osiyo va Amerikada o‘qish va ishlash imkoniyati.
🧑🏻💻 Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.
➡️Ta’lim shakli: kunduzgi
📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
🟢9-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈
🟢11-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈 (qabul avgust oyida boshlanadi)
➡️BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar ro‘yxati👈
✍️ Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!
#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025
Bizni kuzating
🏆O‘zbekiston maxsus olimpiadasi terma jamoalari xalqaro maydonda munosib g‘alabalarni qo‘lga kiritdi!
2025-yil 13–17-iyul kunlari, Shvetsiyaning Gyoteburg shahrida dunyoning eng yirik yoshlar futbol festivallaridan biri — Gothia Cup doirasida o‘tkazilgan Gothia Special Olympics Trophy 2025 xalqaro futbol turniri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikum o‘quvchilaridan iborat terma jamoa munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarda hilpiratdi.
Natijalarga ko‘ra;
🥇 O‘g‘il bolalar terma jamoasi musobaqaning barcha bosqichlarida yorqin o‘yin namoyish etib, sharafli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🥈 Qizlar terma jamoasi esa matonat bilan harakat qilib, 2-o‘rinni egallashga muyassar bo‘ldi.
🇺🇿 Biz g‘olib sportchilarimiz bilan faxrlanamiz va ularning bu zafarli yurishlari boshqa yoshlarimiz uchun ham ilhom manbai bo‘lishiga ishonamiz!
Bizni kuzating
#QonunchilikYangiliklari
Ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-son Farmoni bilan oliy ta’lim tashkilotlarining boshqaruv samaradorligini oshirish, xorijiy yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash va ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirishga qaratilgan qator o‘zgarishlar belgilandi.
Bizni kuzating
– Faxr bilan ayta olamanki, bugungi kunda yosh tadbirkor hisoblanaman!
Bizni kuzating
Reyn-Rur-2025 yozgi Universiada o‘yinlaridan yana bir xushxabar!
Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Shamsiddin Qurbonov taekvondo WT sport turi bo‘yicha 58 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sportchimiz musobaqa davomida yuksak mahorat va iroda namoyon etib, qator kuchli raqiblar bilan kechgan shiddatli janglar natijasida delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim etdi.
#Universiada #Germaniya #Natija #Bronza
Bizni kuzating
🎙 “Taxlilnoma”ning bugungi dasturidagi mavzulardan biri – Oliy ta’limga qabul: kecha va bugun.
📺 20-iyul kuni soat 21:00 da efirga uzatiladigan “Taxlilnoma”da oliy ta’limga qabul jarayonidagi katta o‘zgarishlar va superyangiliklar muhokama qilinadi.
🎓 Abituriyentlar, ularning ota-onalari, ustozlar va ta’lim sohasiga qiziquvchi barcha yurtdoshlarimiz uchun muhim va dolzarb ma’lumotlar!
Ko‘ring, xabar toping!
Bizni kuzating
Qarshi davlat texnika universiteti talabalari Ginnes rekordlari tarixida yangi sahifa ochishga bel bog‘laganlar!
Bizni kuzating
#Universiada2025
Madina Mirabzalova Universiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi
Germaniyada boʻlib oʻtayotgan Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlarining taekvondo WT bahslarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan sportchimiz, Oʻzbekiston Milliy Universiteti talabasi Madina Mirabzalova bronza medalini qoʻlga kiritdi.
U ushbu yutuq bilan Oʻzbekiston delegatsiyasi jamgʻarmasi hisobiga navbatdagi medalni taqdim etdi.
Yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘targan Madina Mirabzalovani ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzating
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
🟢birinchi smena soat 9:00 da;
🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
#Qabul2025 #Imtihon
Bizni kuzating
Toshkent davlat texnika universiteti yoshlari Ginnes rekordi sari odimlamoqda! Siz-chi, bunga tayyormisiz?
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025
Andijon davlat chet tillari institutida bitiruvchilar oqshomi bo‘lib o‘tdi
2024/2025-o‘quv yili yakuni munosabati bilan Andijon davlat chet tillari institutida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida o‘tkazildi.
Joriy o‘quv yili davomida universitetni jami 875 nafar bakalavriat bosqichi hamda 25 nafar magistratura bosqichi talabalari muvaffaqiyatli tamomladilar.
2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha bitiruvchilarning umumiy bandlik darajasi 100 foiz bo‘lib, barcha 900 nafar bitiruvchi ish bilan ta’minlangan.
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bitiruvchilar oqshomi bo‘lib o‘tdi
2024/2025-o‘quv yili yakuni munosabati bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar, ularning ota-onalari hamda universitetning sobiq bitiruvchilari ishtirokida o‘tkazildi.
Joriy o‘quv yili davomida universitetni jami 1850 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lib, ulardan 1321 nafari kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari, 501 nafari sirtqi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari, 28 nafari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsilni tugatganlar.
2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha bitiruvchilarning umumiy bandlik darajasi 81,03 foiz bo‘lib, 1499 nafar bitiruvchi ish bilan ta’minlangan.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #magistr
⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
Bizni kuzating
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi
Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishi (F–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:
🔸Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,
🔹Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.
Shuningdek:
➖Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta,
➖Xorijdagi vatandosh yoshlarga – 30 ta,
➖Xotin-qizlar uchun – 4 000 ta grant belgilandi.
Qabul parametrlarining taqsimoti:
▪️Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,
▪️Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,
▪️Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.
Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.
Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.
Bizni kuzating
Germaniyada boʻlib oʻtayotgan yozgi Universiada oʻyinlarida Taxmina Ikromova kumush medalni qoʻlga kiritdi
Shu kunlarda Germaniyada Reyn-Rur-2025 yozgi Universiada oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.
Univiersiada doirasida badiiy gimnastika sport turi bo'yicha sportchimiz Taxmina Ikromova bugun yakkalik koʻpkurash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Taxmina Ikromovaning mazkur yutug‘i nafaqat uning shaxsiy zafari, balki mamlakatimiz sport maktabi va yosh avlod uchun faxr va ilhom manbai sanaladi. Uning jahon arenasida qo‘lga kiritgan bu muvaffaqiyati yurtimiz sportchilarini yanada ulkan marralarni ko‘zlashga, baland maqsadlar sari intilishga ruhlantiradi.
Yurtimiz sportchisi Taxmina Ikromovani ushbu sharafli yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusida ham yangi zafarlar, muvaffaqiyatli chiqishlar tilab qolamiz.
Bizni kuzating
🎯BU E'LON AYNAN YOSH INNOVATORLAR UCHUN!
🏆Endi siz nafaqat ishlanmalaringiz, balki g'oyalaringiz bilan ham taqdirlanishingiz mumkin!
🧠 “INNOVATOR” jurnali #Dolzarb_90_kun doirasida "Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida" tanlovini e'lon qiladi!
Tanlov shartlari juda oddiy:
🌱 Atrof-muhit uchun foydali va ijtimoiy ahamiyatga ega G‘OYA yoki IXTIRONGIZ bormi?
✍️ Qo'lingizga qog'oz va qalam oling. G'oyangizni suratda aks ettiring va BIZ bilan bo‘lishing!
❗️ O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.
⚡️Videorolikda to‘liq ism-sharif, yosh va manzil ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
✔️ 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
📩 Surat va videolaringizni @innovator_jurnali adminiga yuboring!
😆 "ENG KREATIV G‘OYA" VA "ENG DOLZARB ISHLANMA" nominatsiyalari bo‘yicha bir nechta g‘oliblar saralab olinadi va "InnoWeek.2025" xalqaro haftaligi doirasida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!😊
⚡️Ha, aytgancha, "Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida" tanlovining muddati 10-SENTABRGA QADAR UZAYTIRILGANI HAQIDA MA'LUM QILAMIZ!
❗️G‘oliblar ro‘yxati 25-sentabr kuni 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ jurnali ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi!
🚀 Tanlov SIZga qiziqmi?
🖊Unda qo‘lingizga qalam oling, g‘oyangizni qog‘ozda aks ettiring va tanlovda hoziroq ishtirok eting!
Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱
#soʻragan_edingiz
Vazirlikning 1006 ishonch raqami hamda @EduuzuniversalBot’i orqali eng ko’p berilayotgan savollarga javoblar
❓Testlar kuni nechta smenada bo‘ladi?
❓Testga qachon yetib borishim kerak?
❓Testga kirishda qanday hujjatlar talab etiladi?
❓Kechiksam testga kira olamanmi?
Bizni kuzating