eduuz | Unsorted

Telegram-канал eduuz - Edu.uz

115316

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/

Subscribe to a channel

Edu.uz

#Sharhsiz #YoshlarKuni

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Eʼtirof

Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi


Prezident qaroriga binoan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, tashabbuskorligi hamda samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz munosib rag‘batlantirildi.

Ular orasida talaba va doktorantlari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.

No‘monjonov Muhiddin G‘ulomjon o‘g‘li - Andijon davlat tibbiyot institutining biologik kimyo kafedrasi assistenti,

Yoriyev Shoxijahon O‘tkir o‘g‘li - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi;

Sunnatov Qudratulla Sundorqul o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 4-bosqich talabasi;

Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 1-bosqich magistranti;

Yerejepbayev Quanishbek Tursunovich - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich magistranti;

Rahimov Fayzullo Husanboy o‘g‘li - Namangan davlat texnika universitetining doktoranti;

Hakimov Feruz Xurshid o‘g‘li - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti;

Kleshko Mixail Sergeyevich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi;

Usmonov Azizbek Abdumurod o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi;

Qudratillayev Parvez Kamol o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi;

Egamberdiyev Muhammadibrohim Baqojon o‘g‘li - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-bosqich talabasi;

Xudoberdiyev Shavkatjon Nurmat o‘g‘li - Toshkent davlat texnika universitetining tayanch doktoranti;

Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li - “Yangi O‘zbekiston” universitetining 1-bosqich talabasi.

Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Dolzarb_90_kun

Akademiyada bitiruvchi talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi


O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotini taʼminlash maqsadida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi ham tashkil etildi.

“Dolzarb 90 kun” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda ish beruvchilarning bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari o‘tkazildi. Unda 10 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mehmonlar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Marosimda taʼkidlanganidek, akademiyada zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga, yoshlarni dunyodagi tengdoshlari bilan nafaqat raqobat qilishi, balki ularga o‘rnak bo‘la oladigan yuqori malakali kadrlar qilib tayyorlash jarayoniga  alohida eʼtibor qaratilmoqda.  

Maʼlumot o‘rnida aytish kerak, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik va Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 2024/2025-o‘quv yilida 309 nafar talaba bakalavriat hamda 95 nafar yigit-qiz magistratura bosqichini tamomlamoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#kasbiy_talim

Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi


2025/2026 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonlari, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish joriy yil 27-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov boshchiligida oʻtkazildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-son Farmonida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Unda vazirlikning tegishli tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, texnikumlar direktorlari hamda ushbu texnikumlarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64499

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#kibersport_taqdirlash #Dolzarb90kun

Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida o‘tkazilgan “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi OAV nigohida.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Eʼtibor #Eʼtirof

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri soha vakillari bilan uchrashdi

Tadbirda vazirlik bilan uzoq yillar davomida samarali hamkorlik olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va axborot targ‘ibotchilari qatnashdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabriklab, ommaviy axborot vositalarining vazirlik faoliyatini yoritish, jamoatchilikni haqqoniy axborot bilan ta’minlash va ijobiy ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Tadbir yakunida bir guruh jurnalist va blogerlar vazirlikning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#BayramTabrigi

🖋27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi yurtimizda so‘z erkinligi, oshkoralik va ijtimoiy faollikni targ‘ib etayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot xizmatlari xodimlari hamda faol blogerlarni ushbu kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Sizlarga sihat-salomatlik, ijodiy parvoz, tinchlik va xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda doim yutuq va muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#kibersport_taqdirlash #Dolzarb90kun

Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida o‘tkazilgan “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi yoshlar uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Vazir o‘rinbosari Farg‘ona viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

26-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov xizmat safari doirasida Farg‘ona viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.

Dastlab Farg‘ona shahar 1-son politexnikumiga borib, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlar, sport to‘garaklari va boshqa ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar bilan tanishdi.

Shuningdek, u Lolaxon Murotova nomidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan texnikumda mavjud loyihalar, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar va yangi tashabbuslarni o‘rgandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64187

#XizmatSafari #TopshiriqlarIjrosi #Fargʻona #KasbiyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#foydali

ScienceID nima?


ScienceID – bu ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun yagona elektron identifikatsiya tizimi. Ushbu platforma olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va innovatorlar uchun o‘z ilmiy faoliyatlarini raqamli formatda yuritish, natijalarini umumiy bazaga kiritish va ilmiy hamjamiyat bilan bog‘lanish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_kun

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni


Har yili 26-iyun sanasida butun dunyoda Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni keng nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 1987-yildan boshlab joriy etilgan ushbu sana global miqyosda giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamiyatni bu illatdan asrashga qaratilgan dolzarb kun sifatida e’tirof etiladi.

O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada qabul qilingan qonunlar, milliy dasturlar, profilaktik tadbirlar va ta’lim-tarbiyaviy loyihalar orqali keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Ayni kunlarda mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab yoshlar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, sport musobaqalari, davra suhbatlari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ularning barchasi yosh avlodni giyohvandlikning og‘ir oqibatlaridan ogoh etish, sog‘lom va baxtli hayot sari yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Unutmaylik, sog‘lom hayot – bizning tanlovimiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

❗️ 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Edu.uz

🟦🟦
#Kibersport #taqdirlash_marosimi

Ayni damda Farg‘ona viloyati “Eko city” amfiteatrida “Talabalar kibersport o’yinlari – 2025” final bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi va konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi javola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:

➡️ https://youtube.com/live/mIkwv6_9TC4?feature=share

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Koʻrgazma

BuxDTU Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zining ekologik yo‘nalishga ixtisoslashgan innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi

2025-yil iyun oyida Toshkent shahridagi CAEx ko‘rgazmalar majmuasida ekologik texnologiyalarga bag‘ishlangan “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada Buxoro davlat texnika universiteti ham ishtirok etib, o‘zining ekologik yo‘nalishga ixtisoslashgan innovatsion ishlanmalari – “Fandomat” chiqindi saralash mashinasi, quyosh panellarini tozalash qurilmasi, qozonxonalardan chiqadigan zaharli gazlarni tozalash qurilmasi kabi loyihalarni taqdim etdi. Mazkur ishlanmalar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va yashil texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida ilg‘or tashabbuslar sifatida e’tirof etildi.

Ko‘rgazma yakunida ushbu ishtirok uchun Buxoro davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Tashakkurnoma va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxrigi kuni!

📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 Abituriyentlar bugun, soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. 26-iyundan boshlab ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

🔔 Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️ Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️ Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️ Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.


🌐 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.uzbmb.uz

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun rasmiy sahifalar kuzatib borilishi tavsiya etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Edu.uz

#Dolzarb_90_kun #Bektemir_tumani

Bektemirda yoshlar bayrami!

28-iyun kuni Bektemir tumanida joylashgan "Yangi O’zbekiston" massivida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Bektemir tumani hokimligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni Bektemir tumani hokimi Nurilla Abduraxmanov hamda Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Bunyod Rajabov tabrik so’zi bilan ochib berdishdi.

Ta’kidlash joizki, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat jahon tillari universiteti tomonidan Bektemir tumanidagi 10 ta maktab va 1 ta texnikumda xorijiy tillarga o‘qitish, shuningdek Barkamol avlod markazida yoshlarni 5 ta kasb bo‘yicha o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu orqali yoshlarning yozgi bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishi ta’minlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#iqtisodiy_oʻqish

Iqtisodiy oʻqish seminari tashkil etildi


2025-yil 28-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rahbar va masʼul xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish dasturi doirasida onlayn va oflayn shaklda seminar-trening oʻtkazildi.

Oʻqish mavzusi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 16-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini oshirish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlandi.

Seminarga oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev raislik qildi. U oʻz nutqida taʼlim tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar va xalqaro grantlarni jalb qilish, ularni oʻzlashtirish, taʼlim xizmatlari eksportini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalarni atroflicha tahlil etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64547

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Texnikum bitiruvchilarining xorijda ishlash imkoniyatlari kengaymoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Xususiy bandlik agentliklari” uyushmasi o‘rtasida xorijda ishlash istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari bandligini ta’minlashga doir anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, texnikumlar va xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy ish beruvchilarning ehtiyojlariga mos maqsadli kadrlar tayyorlash, shuningdek, chet tillari o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Memorandumda shuningdek, xorijda ishlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun maqsadli uchrashuvlar o‘tkazish, ularga tavsiya va yo‘nalish berish, texnikumlarda tashqi mehnat bozori talablariga mos zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

#Hamkorlik #Memorandum #KasbiyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

“Dolzarb 90 kun” doirasida Uychida xalqaro politexnikum faoliyati o‘rganildi

27-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov va viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulahad Gafforov Uychi tumanidagi 1-son xalqaro politexnikumda o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Tashrif davomida 2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, xususan, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga oid topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64503

#Dolzarb90kun #KasbiyTaʼlim #XizmatSafari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

Namangan davlat texnika universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv seminari boshlandi

Tadbir avvalida ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Seminarning ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64395

#Ilmfan #Seminar #OliyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#PrezidentTabrigi

Jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston – Italiya: Perudja xorijliklar universiteti bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻllariga bagʻishlangan uchrashuv


2025 yil 26-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Italiya Respublikasi Perudja xorijliklar universiteti rektori Valerio De Chezaris oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64217

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#eʼtirof

27-iyun – OAV xodimlari kuni: jurnalistika rivojiga qo‘shilgan hissalar e’tirof etildi

27-iyun – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashabbusi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida soha fidoyilarini munosib rag‘batlantirish maqsadida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev, O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, yurtimizning yirik tahririyatlari rahbarlari, jurnalistlar, axborot tashkilotlari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, yirik ommaviy axborot vositalari rahbarlari, axborot tashkilotlari vakillari va fidoyi OAV xodimlariga O‘zJOKUning faxriy professori, faxriy dotsenti kabi yuksak e’tirof belgilari topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64211

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_reyting

TDYUning xalqaro reytingda 100 pog‘ona yuqorilagani e’tirof etildi

Toshkent davlat yuridik universitetining nufuzli xalqaro reyting – “Times Higher Education World Impact Ranking – 2025” natijalarida yuqori o‘rin egallagani munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev, universitet rektori Islombek Rustambekov, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64148

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#kibersport_taqdirlash

Fargʻonada talabalar kibersport oʻyinlari chempionati gʻoliblari tantanali taqdirlandi


Fargʻona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida “Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” respublika chempionati final bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, oliy ta’lim muassasalari jamoalari, shuningdek, Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

“CS2” yo‘nalishi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin – Qoraqalpoq davlat universiteti (Qoraqalpog‘iston)
🥈 2-o‘rin – Jizzax Sambhram universiteti (Jizzax)
🥉 3-o‘rin – Webster University (Toshkent shahar 2)

“Dota2” yo‘nalishi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin – Webster University (Toshkent shahar 1)
🥈 2-o‘rin – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent shahar 3)
🥉 3-o‘rin – Qoraqalpoq davlat universiteti (Qoraqalpog‘iston)

“FC25” bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin – Yangi Oʻzbekiston universiteti (Toshkent)
🥈 2-o‘rin – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Toshkent)
🥉 3-o‘rin – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (Farg‘ona)

“Just Dance” raqs yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent)
🥈 2-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Toshkent)
🥉 3-o‘rin – Andijon davlat texnika universiteti (Andijon)


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64176

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Qabul2025 #Statistika

📌Qabul yakunlandi. Bugun to‘lov qilishning so‘ngi kuni.

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

📊 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.

🔹Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili  — 644 027 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 71 476 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 14 959 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 949 nafar.

🔸Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
👦🏻 erkaklar — 346 299 nafar;
👧🏻 ayollar — 386 112 nafar.

❗️Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va YUNESKO: oliy taʼlim sohasidagi global hamkorlikning yangi bosqichi


2025-yil 25-iyun kuni Parij shahridagi YUNESKO shtab-kvartirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev YUNESKO bosh direktorining taʼlim boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Janini bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi strategik hamkorlik, jumladan, oliy va kasbiy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/63830

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Evrika_tanlovi

EVRIKA” TANLOVIDA ISHTIROK ETING!

🏆 Ilm, fan va innovatsiyalar yo‘lida siz ham o‘z o‘rningizni egallang!

O‘zR FA Ilm-fan targ‘ibot markazi va “Science and Innovation” tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “EVRIKA” tanlovi – bu 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ilm-fan ixlosmandlari uchun noyob imkoniyat!

Tanlovning maqsadi: davlat va jamiyat oldidagi fidokorlik, fan va innovatsiyadagi yutuqlarni munosib rag‘batlantirish.

🏅 5 YO‘NALISH – 15 G‘OLIB! Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan g‘olib aniqlanadi:
Raqamlar dunyoni boshqaradi
Tabiat va inson
Texnika va IT texnologiyalar olam
Jamiyat, tarix, madaniyat
Faol yosh olima ayollar uchun

Tanlov bosqichlari:
🔹 1-bosqich: 1-may – 15-iyul
Arizalarni qabul qilish va nomzodlarni birinchi bosqichda saralash
🔸 2-bosqich: 15-iyul – 1-sentabr
Saralash va 10 nafar finalistni aniqlash
🔹 3-bosqich: 1-sentabr – 1-oktabr
Final: taqdimotlar, baholash va g‘oliblarni aniqlash

💰 MUKOFOT FONDI:
🥇 1-o‘rin — BHMning 30 baravari
🥈 2-o‘rin — BHMning 20 baravari
🥉 3-o‘rin — BHMning 10 baravari
Har bir g‘olibga — statuetka va faxriy sertifikat

📥Hujjat topshirish va batafsil ma’lumot olish uchun:
🌐 evrika-academy.uz
☎️+998975127001

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#kibersport2025 #final #dolzarb_90_kun

🗣“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” final bosqichi yakunlandi

🎮 Farg‘ona davlat texnika universiteti mezbonligida o‘tgan kibersport musobaqasining respublika bosqichi talaba-yoshlarning jo‘shqin ishtiroki, qizg‘in bahslarga boy muhitda bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning 41 ta oliy ta’lim tashkilotlaridan 64 ta jamoalar safida 300 dan ortiq talabalar “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari va “Just dance” fidjital raqs bo‘yicha ishtirok etdi.

🔹Ushbu respublika musobaqa orqali umumiy hisobda 42 mingdan ortiq ishtirokchilarni, ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot orqali 300 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olishga erishildi. Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikka erishdi:

“CS2” bo‘yicha musobaqa g‘oliblari:

➡️1-o‘rin: Qoraqalpoq davlat universiteti (Qoraqalpog‘iston);
➡️2-o‘rin: Jizzax Sambhram universiteti (Jizzax) ;
➡️3-o‘rin: Webster University (Toshkent shahar 2)

“Dota2” bo‘yicha musobaqa g‘oliblari:

➡️1-o‘rin: Webster university (Toshkent shahar 1);
➡️2-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent shahar 3) ;
➡️3-o‘rin: Qoraqalpoq davlat universiteti (Qoraqalpog‘iston)

↪️“FC25” bo‘yicha 3-o‘rinni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi Shaxzodbek Ortiqov egalladi.
↪️“Just Dance” bo‘yicha esa Andijon davlat texnika universiteti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

“FC25” va “Just Dance” bo‘yicha yakuniy final bosqichi hamda musobaqa g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bugun soat 20:00 da Farg‘ona viloyatidagi Ekoshahar amfiteatrida o‘tkaziladi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Edu.uz

#Mirziyoyev #tashrif #Mugʻiliston

Mo‘g‘ulistonlik yoshlarining O‘zbekiston oliygohlarida ta’lim olishi kengaytiriladi

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifini amalga oshirdi. Ulan-Bator shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, Prezidentlar huzurida o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi.

Mo‘g‘uliston Davlat saroyida ikki davlat rahbarining tor doiradagi muzokaralari chog‘ida ham oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan kvotalar doirasida mo‘g‘ulistonlik yoshlarning O‘zbekistondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini qayta yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel