Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования Instagram - https://www.instagram.com/edu.uz/ Facebook - https://www.facebook.com/eduuzrasmiy Youtube - https://www.youtube.com/channel/
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvchi yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi
10-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va ularni kasbga yo‘naltirishga qaratilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zmilliybank” AJ, “Kelajakka qadam” markazi va 50 dan ortiq xususiy tadbirkorlar hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda 2 ming nafardan ortiq bitiruvchi talaba-yoshlar, yirik tadbirkorlar, OTM rahbarlari va sohaga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ochiq muloqotlar, “Biznes marafon” doirasida motivatsion seminar-treninglar va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.
Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan yoshlarga biznes boshlash bo‘yicha moliyaviy va huquqiy maslahatlar berildi, ishga joylashish imkoniyatlari haqida amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
#Biznes_marafon #Bitiruvchi_2025 #Seminar_trening
Bizni kuzating
#yangilik #xalqaro_talim
💨 Buyuk Britaniya ta'lim standartlari endi O‘zbekistonda! Endi siz O‘zbekistonni tark etmagan holda, Buyuk Britaniya universiteti darajasini qo‘lga kiritishingiz mumkin!
🗣Bu imkoniyat Xalqaro malakalar va baholash markazi (IQAC) tomonidan taqdim etilmoqda. Mazkur Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida rasmiy faoliyat yuritadi. IQAC dasturlari Buyuk Britaniyaning OFQUAL malakalar tizimi bilan to‘liq moslashtirilgan.
👨🎓 Yo‘nalishlar haqida batafsil.
Bizni kuzating
#Texnikum #Malaka_oshirish
Texnikum o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshirmoqda
Qashqadaryo viloyatining 6 ta texnikumida nemis ta’lim standartlarini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur texnikumlarning o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari Germaniyaning Layptsig shahrida joylashgan Hunarmandlar palatasi Ta’lim va texnologiyalar markazida 2 oylik malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Ular “Metallar texnologiyasi” hamda “Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni to‘liq nemis standartlari asosida o‘zlashtirishmoqda.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Qarshi, Shahrisabz, Koson, Chiroqchi va G‘uzor tumanlaridagi texnikumlarda nemis standartlariga asoslangan Ausbildung tizimi joriy etiladi. O‘quvchilar ushbu tizimga maxsus test sinovlari orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzating
#Tayinlov
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga yangi rahbar tayinlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoliqov Abduvali Jonizoqovich Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi.
Bungacha A. Xoliqov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig’i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Bizni kuzating
#dayjest #Bitiruvchi_bandligi_2025
“Bitiruvchi bandligi – 2025”: Respublika bo‘ylab yoshlarga kasb va ishga yo‘naltirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda
Oliy ta’lim muassalarida “Bitiruvchi bandligi – 2025” loyihasi doirasida mehnat yarmarkalari, “Karyera kuni” hamda “Biznes marafon” seminar-trening tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
➡️Farg‘ona davlat texnika universitetida “Muvaffaqiyatli bandlik – sifatli ta’limning ishonchli kafolati!” shiori ostida mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” tashkil etildi.
➡️Buxoro davlat universitetida “Bitiruvchi bandligi – 2025” loyihasi doirasida “Karyera kuni” yarmarkasi va “Biznes marafon” seminar-treningi o‘tkazildi.
➡️Namangan davlat texnika universitetida viloyatdagi OTMlar bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” o‘tkazildi.
➡️Jizzax politexnika institutida “Bitiruvchi bandligi – 2025” biznes marafoni boʻlib oʻtdi.
➡️TATU Urganch filialida “Karyera kuni” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda biznes marafon bo‘lib o‘tdi.
➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Karyera kuni” – mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
➡️Qoraqalpoq davlat universitetida yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish maqsadida "Karyera kuni" bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Biznes marafon” seminar-treninglari tashkil etildi.
➡️Urganch davlat universitetida “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treninglari tashkil etildi.
➡️Buxoro davlat texnika universitetida “Bitiruvchi bandligi – 2025” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
➡️Guliston davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalar uchun “Biznes-marafon” tadbiri tashkil etildi.
➡️Toshkent davlat agrar universitetida bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” doirasida “Biznes marafon” bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
#dayjest #kasbiy_ijodiy_imtihon #3_kun
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
Eslatib o‘tamiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida 19-iyul sanasigacha o‘tkaziladi.
✔️O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
✔️Samarqand davlat universiteti:
✔️Namangan davlat universiteti;
✔️O‘zbekiston Milliy universiteti;
✔️Urganch davlat universiteti;
✔️Guliston davlat pedagogika instituti;
✔️Andijon davlat pedagogika instituti;
✔️Qoraqalpoq davlat universiteti;
✔️O‘zDJSTU Nukus filiali;
✔️Qo‘qon davlat universiteti;
✔️Andijon davlat universiteti;
✔️Toshkent davlat texnika universiteti;
✔️Buxoro davlat pedagogika instituti;
✔️Milliy estrada san’ati instituti;
✔️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
✔️Qo‘qon davlat universiteti;
✔️O‘zDJTSU Nukus filiali;
✔️Samarqand davlat pedagogika instituti;
✔️Namangan davlat pedagogika instituti;
✔️Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
✔️O‘zDSMI Nukus filiali;
✔️Navoiy davlat universiteti;
✔️O‘zDXA Urganch filiali;
✔️Urganch davlat pedagogika instituti;
✔️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
✔️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;
✔️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
✔️Nukus davlat pedagogika instituti;
✔️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
✔️Milliy rassomlik va dizayn instituti;
✔️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
✔️Qoraqalpoq davlat universiteti;
✔️Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
✔️Qarshi davlat universiteti
✔️Farg‘ona davlat universiteti;
✔️Termiz davlat pedagogika instituti;
✔️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;
✔️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Bizni kuzating
⚡️Eslatma: Akademik litseyga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyat amalda
O‘tgan yillardagi kabi, joriy yilda ham akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratilgan.
Gap shundaki, 9-sinf bitiruvchilari my.edu.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabinet orqali texnikumlar qabuliga ham bir vaqtning o‘zida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Bu imkoniyat akademik litseylarning saralash bosqichidan o‘ta olmagan abituriyentlarga texnikumlarda o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.
🗓 Texnikumlarga ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 20-iyulgacha (shu kuni ham)
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: my.edu.uz platformasida
▶️ Video yo‘riqnoma
#Qabul2025 #Texnikum #Qulaylik #Eslatma
Bizni kuzating
⚡️“Bitiruvchi bandligi – 2025” Sizning kelajagingiz sari qadam!
Ertaga, 9-iyul kuni soat 10:00 da Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro shahridagi Yoshlar markazida, shuningdek, soat 09:00 da Namangan davlat texnika universitetida, 10:00 da Samarqand shahar Yoshlar markazida bitiruvchilar uchun “Biznes marafon”, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan motivatsion seminar-trening hamda oliy ma’lumot talab qilinadigan vakant ish o‘rinlari taqdimotlari va mehnat yarmarkalari tashkil etiladi.
Keng ko‘lamda tashkil etilayotgan mazkur tadbirlarda respublikamizning barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari va bitiruvchilarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.
O‘z karyerangizni boshlash uchun kelajagingizni hozirdan rejalashtiring – ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bizni kuzating
#XalqaroReyting #Akkreditatsiya #Eʼtirof #Taqdirlash
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro reytinglarda koʻrsatgan natijalari eʼtirof etildi
QS xalqaro reyting agentligi tomonidan eʼlon qilingan “QS World University Rankings – 2026” natijalarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilk bor dunyo universitetlari orasida 1001–1200 oʻrinni egalladi.
Shuningdek, TDIU Markaziy Osiyo oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi boʻlib ACBSP xalqaro akkreditatsiyasini qoʻlga kiritgan oliy taʼlim muassasasiga aylandi.
Shu munosabat bilan TDIUda sertifikatlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adxam Xudoyqulov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, TDIU rektori Toʻlqin Teshabayev va universitet jamoasi ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/66800
Bizni kuzating
💖 Guliston davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 8-12-iyul kunlari o‘tkaziladi.
➡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvalini yuklab olish 👇
/channel/gulDPIuz/15387
✅ Guliston davlat pedagogika instituti kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan yoʻnalishlarida abituriyentlarning guruhlarga taqsimoti
✅ 60111200-Jismoniy madaniyat
✅ 60110500-Musiqa taʼlimi
✅ 60110600-Tasviriy sanʼat
✅Maslahat markazining (Call-center) quyida koʻrsatilgan telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilib, savollaringizga javob olishingiz mumkin.
📞+998556519102
📞+998556519103
Bizni kuzating
☄️Navoiy davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar shu yilning 8-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Aloqa uchun telefon raqamlar:
📞+998 79 225-19-23;
📞+998 79 225-08-14;
📞+998 79 225-19-27;
📞+998 79 225-19-37.
Eslatma: Abituriyentlardan imtihon bo‘ladigan binoga belgilangan vaqtdan bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi. Kechikkan abituriyentlar binoga kiritilmaydi.
Bizni kuzating
⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
#Qabul2025 #Magistratura
Bizni kuzating
NukusDPIda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 8-11-iyul kunlari o‘tkaziladi
◾️2025-2026-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-yilning 8-11-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi.
🟩Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari:
60110600 – Musiqa ta’limi
60111200 – Jismoniy madaniyat
60111200 – Jismoniy madaniyat (nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun)
60111500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
✅Maslahat markazining (Call-center) quyida koʻrsatilgan telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilib, savollaringizga javob olishingiz mumkin.
📞+998612294095
📞+998612294101
Bizni kuzating
Farg‘ona davlat universitetida 2025-2026-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 30ga yaqin yo‘nalishlarda joriy yilning 7-iyuldan 19-iyul sanasiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari:
➖Farg‘ona viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
➖Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasi;
➖Farg‘ona viloyati Futbol akademiyasi(sobiq to‘imachilik stadion;
➖Farg‘ona shahar Yakka kurashlarga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
➖Farg‘ona shahar 1-sonli sport maktabi;
➖Farg‘ona “TEMURBEKLAR MAKTABI” akademik litseyi;
➖Farg‘ona viloyat sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi;
➖FarDU pedagogika psixologiya va san'atshunoslik fakulteti sport zali;
➖FarDU Tarix fakulteti o‘quv binosi;
➖Farg‘ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ertalabki va kechki navbatlarda tashkil etiladi.
Bizni kuzating
#Qabul2025 #Kasbiy_ijodiy_imtihon
🤩 Urganch davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 8-11-iyul kunlari o‘tkaziladi
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan sana, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishing:
🗣 Ijodiy imtihon kuni, vaqti va joyi
Ijodiy imtihon talablari, dasturlari va baholash mezonlari bilan tanishing👇
Bizni kuzating
#Qabul2025 #Abituriyent2025
📌 Test sinovlarini o‘tkazish tartibi (o‘zbek tilida)
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Fargʻona texnikumlarida yoshlar uchun toʻgaraklar va kurslar keng yoʻlga qoʻyilmoqda
9-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Fargʻona viloyatidagi bir qator texnikumlarda boʻlib, taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Uchkoʻprik tumanidagi 2-sonli politexnikumda oʻtkazilgan uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosari va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi rahbari, shuningdek, viloyatdagi barcha kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari hamda yoshlar ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/67499
#Kasbiy_taʼlim #Texnikum
Bizni kuzating
#Qabul_2025 #Eslatma #Videoqoʻllanma
Bugun, akademik litseylarga hujjat topshirishning soʻngi kuni
2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.
Bunda abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
🔹 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar) — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Bizni kuzating
#Qabul2025 #Eslatma
2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
✅ Akademik litseylarga qabul
📊 Bugungacha 47 500+ ta ariza kelib tushgan.
🗓 Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
▶️Video qo‘llanma
✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul
📊 Bugungacha 128 000+ ta ariza kelib tushgan
🗓 Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
▶️Video qo‘llanma
✅ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul
📊 Bugungacha 900+ ta ariza kelib tushgan
🗓 Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
▶️Video qo‘llanma
✅ Magistraturaga qabul
📊 Bugungacha 4400+ ta ariza kelib tushgan.
🗓 Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
▶️Video qo‘llanma
📞 Ishonch telefoni: 1006
📞 Texnik savollar uchun: +998712031324
🤖 @my_edu_yordam_bot
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025
ADTIda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Andijon davlat texnika institutining bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichlarini tamomlagan bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tashkil etildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, yirik ish beruvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.
Marosim davomida muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fikrlar bildirildi.
Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida Andijon davlat texnika institutini transport, energetika, qurilish, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 2116 nafar bitiruvchi tamomladi.
Bizni kuzating
Prezident raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha yangi tizim samara berishni boshlagani ta’kidlandi. Yil boshidan staji kam haydovchilarning qoidabuzarligi 15 foizga, og‘ir avariyalar 30 foizga qisqardi.
Lekin piyodalar, ayniqsa yoshlarning madaniyati va yo‘l harakati qoidalari haqidagi bilimlarini oshirish – dolzarb masala ekani ta’kidlandi.
#Mirziyoyev #videoselektor #yigʻilish
Bizni kuzating
🎓 Bitiruvchi talabalar uchun “Biznes marafon”
Joriy yilning 10-iyul kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvchi kurs talabalari uchun muvaffaqiyatga erishgan taniqli tadbirkorlar bilan “Biznes marafon” motivatsion seminar-treninglari tashkil etiladi.
Soha vakillari va mutasaddilar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilinib, ishga joylashish, amaliyot hamda tavsiyanomalar bo‘yicha kerakli taklif va ma’lumotlar beriladi.
“Kelajagingiz haqida birga o‘ylaymiz — Toshkent shahridagi barcha bitiruvchi yoshlarimizni uchrashuvga chorlaymiz!”
Bizni kuzating
#dayjest #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
Eslatib o‘tamiz kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida 7-iyuldan 19-iyul sanasigacha o‘tkaziladi.
✔️Namangan davlat universiteti;
✔️Milliy estrada san’ati instituti;
✔️Guliston davlat universiteti;
✔️Buxoro davlat universiteti;
✔️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
✔️Nukus davlat pedagogika instituti;
✔️Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
✔️OʻzDJTSU Nukus filiali;
✔️O‘zbekiston Milliy universiteti;
✔️O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
✔️Qoraqalpoq davlat universiteti;
✔️O‘zDSMI Nukus filiali;
✔️Urganch davlat pedagogika instituti;
✔️Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
✔️Samarqand davlat universiteti;
✔️Andijon davlat universiteti;
✔️Farg‘ona davlat universiteti;
✔️Namangan davlat pedagogika instituti;
✔️Qo‘qon davlat universiteti;
✔️Qarshi davlat universiteti;
✔️Buxoro davlat pedagogika instituti;
✔️Nukus davlat pedagogika instituti;
✔️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;
✔️Milliy rassomlik va dizayn instituti;
✔️Andijon davlat pedagogika instituti;
✔️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;
✔️O’zbekiston milliy pedagogika universiteti;
✔️O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
✔️Guliston davlat pedagogika instituti;
✔️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;
✔️Urganch davlat universiteti;
✔️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
✔️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
✔️Termiz davlat universiteti;
Bizni kuzating
✅ Namangan davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yil 10-iyuldan 11-iyulga qadar o‘tkaziladi
Quyidagi havola orqali universitetda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishni belgilagan abituriyentlar imtihon kuni, vaqti va guruhini bilib olishi mumkin:
60210400 – Dizayn: (Kostyum);
60210400 – Dizayn: (to‘qimachilik va yengil sanoat)
💬 Bogʻlanish uchun telefon raqam:
📞 (+99869) 234-37-56
📍Manzil: Namangan shahri, Davlatobod tumani, “Gulobod” MFY, Janubiy aylanma halqa yo‘li ko‘chasi, 17-uy.
📌Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.
#Qabul2025 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon
Bizni kuzating
✅#Olimlar_minbari
#30.06-06.07.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“O‘zbekiston va Ozarbayjon: Ma’rifatga asoslangan yuksalish sari” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
“Ilm – tarbiya – innovatsiya kelajak avlod kamolotining eng asosiy ustunidir” — Fazliddin MO‘MINOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i;
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning ozod tafakkur g‘oyasi haqida o‘ylar” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;
“Raqamli dunyoda O‘zbekiston: Yutuqlar va muammolar” — Baxtiyor MAHKAMOV, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor;
“Xalq salomatligi – oliy saodat” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;
“Ta’lim – kelajak sarmoyasi” — Bahodir MAʼMUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“O‘zbekiston – EOII: Savdo, investitsiya, transport hamkorligi yo‘lida” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;
“O‘zbekistonning yangi timsoli” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;
“Yashnayotgan Qashqadaryo: Farovonlik sari” — Sayyora TOʻYCHIYEVA, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori;
“O‘zbekiston sayyohlar uchun qulay manzil” — Erkinjon BOTIROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;
«Синергия инноваций, или страна на передовой педагогических технологий» — Александра ЕКАБСОНС, заведующая кафедрой Чирчикского государственного педагогического университета доцент, PhD;
«Образование для туризма: интеграция в целях устойчивого развития» — Умида ТУРСУНОВА, доцент ТГЗУ;
“Sun’iy intellekt ta’lim uchun tahdidmi yoki imkoniyat” — Shahzod SAYDULLAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti;
«Молодежная политика Нового Узбекистана на историческом этапе подъема» — Джамиля АБДУГАНИЕВА, доцент Узбекского государственного университета мировых языков;
“Tashrif Qashqadaryo yuksalishiga yangi sur’at bag‘ishladi” — Charos HAMROYEVA, Shahrisabz davlat pedagogika instituti matbuot kotibi;
Bizni kuzating
#infografika #faoliyat_iyun
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil iyun oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari
Bizni kuzating
#XalqaroReyting #Akkreditatsiya #E’tirof #Taqdirlash
Vazir O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasini QS reytingidagi muvaffaqiyatli natija bilan qutladi
Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib, oliygoh jamoasini 2026-yil uchun e’lon qilingan QS World University Rankings dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida 60 pog‘ona yuqorilab, 721-730-o‘rinlarni qayd etgani bilan tabrikladi.
Ushrashuvda universitet rektori Inom Madjidov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda olimlar ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/66675
Bizni kuzating
#Bitiruvchi_2025
Buxoro davlat universitetida “Bitiruvchi–2025: Diplom topshirish marosimi” yuqori ruhda o‘tkazildi
Tadbir davomida bitiruvchilarga universitet rahbariyati, sohaga aloqador tashkilotlar vakillari, taniqli mehmonlar va hamkor oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan diplomlar tantanali tarzda topshirildi.
Joriy yilda universitet bo‘yicha umumiy bitiruvchilar soni 5099 nafarni tashkil etdi. Shundan 51 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida 2549 nafar, 17 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shaklida 2335 nafar, jami 4884 nafar talaba bakalavr bosqichini tamomladi. Magistratura bosqichi bo‘yicha 36 ta mutaxassislikda 215 nafar talaba o‘qishni yakunladi. 52 nafar talaba o‘qishni a’lo baholarda tamomlab, imtiyozli diplomga ega bo‘ldi.
Marosim doirasida Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti tomonidan e’lon qilingan so‘nggi natijalarga ko‘ra, BuxDU dunyoning yetakchi TOP-800 oliy ta’lim muassasalari safidan o‘rin olgani alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzating
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!
❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.
📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
✅Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.
⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.
❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
⭐️ Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Qabul_2025 #Kasbiy_ijodiy_imtihon
🗣 Termiz davlat universitetida 7-15-iyul kunlari oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning manzili, guruhi, sanasi, vaqti bilan tanishing!
🟢Dizayn (milliy kostyum)
🟢Rangtasvir (dastgohli)
🟢Amaliy san’at (badiiy kulolchilik)
🟢Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto
🟢Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)
🟢Cholgʻu ijrochiligi (rubob prima, qashqar va afgʻon rubobi)
🟢Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)
🟢Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)
📍Manzil: 37.2319033,67.2880272,360m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352da6b0f82173:0xce5acbd6b7550acb!8m2!3d37.2317828!4d67.2884525!16s%2Fg%2F11t0s_5hbc?entry=ttu">Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv binosi
🟢Sport faoliyati (kurash)
🟢Sport faoliyati (dzyudo)
🟢Sport faoliyati (boks)
🟢Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
🟢Sport faoliyati (erkin kurash)
🟢Sport faoliyati (ogʻir atletika)
📍Manzil: 37.2333952,67.2877795,254m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352dfe5155b759:0x5b08afb1c3af4df9!8m2!3d37.2340057!4d67.2871618!16s%2Fg%2F11c4cz68mt?entry=ttu">Termiz davlat universiteti kurash va boks zali
🟢Sport faoliyati (yengil atletika)
🟢Sport faoliyati (futbol)
📍Manzil: 37.2319033,67.2880272,360m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352d53eb689c81:0x3a5f57b58824f494!8m2!3d37.2320035!4d67.2876982!16s%2Fg%2F11t2c697hv?entry=ttu">Termiz davlat universiteti stadioni
🟢Sport faoliyati (voleybol)
🟢Sport faoliyati gandbol (qo‘l to‘pi)
🟢Sport faoliyati (basketbol)
📍Manzil: 37.2321565,67.2881607,180m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x3f352deb988afc23:0x4a66157cdf2a061c!8m2!3d37.2323812!4d67.2881699!16s%2Fg%2F11t0s_5rmz?entry=ttu">Termiz davlat universiteti sport zali
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning UMUMIY JADVALI (dasturi)
✅Ta’lim yoʻnalishlari va guruhlar kesimida.
⁉️Eslatma: Abituriyentlardan imtihon bo‘ladigan binoga belgilangan vaqtdan bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi so‘raladi.
Bizni kuzating